{"id":48563,"date":"2026-03-03T09:27:43","date_gmt":"2026-03-03T04:27:43","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563"},"modified":"2026-03-03T09:27:43","modified_gmt":"2026-03-03T04:27:43","slug":"yaxshidan-bog%ca%bb-qoladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz","title":{"rendered":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu mashhur ibora xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayotiy, milliy va diniy qadriyatlarini o\u02bbzida mujassam etgan. Ammo uning bevosita sadaqai joriya (to\u02bbxtamaydigan, davomli savob) tushunchasi bilan chambarchas bog\u02bbliq ekanini hamma ham bilavermasa kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sadaqai joriya \u2013 insonga uning hayotligida ham, vafotidan keyin ham uzluksiz ajr yetkazib turadigan ezgu amal. Boshqacha aytganda, kishi bu dunyoni tark etganidan so\u02bbng ham nomai a\u02bcmoliga savob yozilib turishiga sabab bo\u02bbladigan ma\u02bcnaviy sarmoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sadaqai joriyaning fazilati va ahamiyati ko\u02bbplab hadislarda zikr qilingan. Xususan, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cInson vafot etsa, uning uch narsadan boshqa amallari to\u02bbxtaydi. Ular: sadaqai joriya<\/em><\/strong><em>,<strong> manfaat olinadigan ilm, haqqiga duoi xayr qiluvchi solih farzand\u201d,<\/strong><\/em> deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sadaqai joriya faqat moddiy yordam bilan cheklanmaydi. Insonga uzluksiz ravishda uzoq muddatli foyda keltiradigan har qanday xayrli ish sadaqai joriya hisoblanadi. Ilm tarqatish, kitob yozish, yo\u02bbl, ko\u02bbprik, maktab, kutubxona, masjid, shifoxona qurish, kam ta\u02bcminlangan oilalarga uy-joy barpo etish, quduq va ariqlar qazish, suv va gaz tarmoqlarini o\u02bbtkazish, bog\u02bb-rog\u02bb barpo qilish shular jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sadaqai joriya qilish uchun boy bo\u02bblish shart emas. Har kim o\u02bbz imkoniyatidan kelib chiqqan holda bunga qo\u02bbl urishi mumkin. Hatto bir qultum suv yo bir dona xurmo berish ham savobli amaldir. Bunday xayrli ishlarning ayrimlari zamon va makon bilan cheklanmaydi, ayrimlari muayyan hududga xos bo\u02bbladi. Yana boshqalari esa ma\u02bclum bir mavsumda ado etiladi. Shulardan biri \u2013 ko\u02bbchat o\u02bbtqazish, ya\u02bcni bog\u02bb barpo qilishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Inson bu dunyodan hech narsa olib ketmaydi. Ammo nima qoldirishi muhim masaladir. Yaxshi amal, ezgu nom va albatta, undirilgan bog\u02bb insondan qoladigan moddiy va ma\u02bcnaviy merosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shunday qilib, \u201cYaxshidan bog\u02bb qoladi\u201d degan hikmatli naqlga yetib keldik. Bir qarashda, ko\u02bbchat o\u02bbtqazish oddiy bir o\u02bbtkinchi ishdek tuyulishi mumkin. Ammo uning zamirida chuqur ma\u02bcno mujassam. Bir tup daraxt nafaqat soya, balki ne\u02bcmat, toza havo, daromad va baraka manbaidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ajdodlarimiz qadimdan bahor faslini yangilanish va obodonlik mavsumi sifatida alohida mehr bilan kutib olgan. Shu kunlarga sog\u02bb-omon yetgani uchun Yaratganga shukronalar aytib, ezgu niyatlar bilan yerga urug\u02bb qadagan, mevali va manzarali daraxtlar ekkan. Albatta, bu ishlarni ularning fazilati nechog\u02bbli ulug\u02bb ekanini anglagan holda, qalb amri \u2013 ixlos bilan savob umidida amalga oshirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cHar bir musulmon biror ko\u02bbchat <\/em><\/strong><em>(daraxt)<strong> yoxud biror ekin eksa-yu uning hosili \u2013 mevasidan inson, qush yo hayvon yesa, bu uning <\/strong><\/em>(<em>ekkan kishi)<\/em> <strong><em>uchun sadaqa bo\u02bbladi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugun o\u02bbtqazilgan ko\u02bbchat ertaga soya beradi, meva hadya etadi, havoni musaffo qiladi. Ayniqsa, yurtimizda so\u02bbnggi yillarda amalga oshirilayotgan \u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi doirasida millionlab daraxtlar ekilayotgani ezgu an\u02bcanalarning izchil davomidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bir tupgina daraxt yillar davomida o\u02bbnlab, yuzlab va undan ham ko\u02bbp insonlarga naf keltiradi. Demak, bu bir marta qilingan yaxshilikning uzoq yillik samarasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ajdodlarimiz doim tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo\u02bblgan. Xususan, Bahouddin Naqshband \u201cDil ba yoru dast ba kor\u201d (\u201cKo\u02bbngil Allohda, qo\u02bbl mehnatda bo\u02bblsin\u201d) shiorini ilgari surgan. Bu shior insonning ruhiy kamoloti amaliy mehnat bilan uyg\u02bbun bo\u02bblishi lozimligini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rivoyat qilinishicha, bir kuni odamlar keksayib, qoshlari ko\u02bbzini to\u02bbsgan bir kishining mashaqqat bilan ko\u02bbchat ekayotganini ko\u02bbrib: \u201cOtaxon, yoshingiz ancha ulug\u02bb ekan, shunga qaramay daraxt ekish bilan ovorasiz-a! Dam olsangiz bo\u02bblmaydimi?!\u201d debdi. U kishi mashhur sahoba Abu Dardo roziyallohu anhu ekan. \u201cHabibim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga aytganlarki&#8230;\u201d deb, mana bu hadisni rivoyat qilibdi: <strong><em>\u201cQiyomat qoim bo\u02bblib qolsa-yu qaysi biringizning qo\u02bblida ekaman deb turgan ko\u02bbchat niholi bo\u02bblsa, uni ekib qo\u02bbysin\u201d<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, daraxt, ekin ekish, umuman, yaxshilik qilishning fazilati shunchalar ulug\u02bb ekanki, hatto \u201cqiyomat qo\u02bbpti\u201d degan paytda ham inson undan to\u02bbxtamasligi kerak ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dovud ibn Abu Dovud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cBir kun Abdulloh ibn Salom menga: <em>\u201cXurmo ko\u02bbchatini o\u02bbtqazayotgan bo\u02bblsang, Dajjol chiqqanini eshitsang ham to\u02bbxtama. Shoshilmay, uni isloh qil (ekib ol). Hali undan <\/em>(Dajjoldan)<em> keyin ham odamlar yashaydi\u201d, <\/em>dedi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, xurmo daraxti sekin o\u02bbsadi va uzoq yillardan keyin hosilga kiradi. Hadisda aynan xurmo misol qilib keltirilishi insonning uzoqni ko\u02bbzlab, sabr va matonat bilan amal qilishi kerakligini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rivoyat qilishlaricha, Amirul mo\u02bbminin Horun Ar-Rashid bir kuni navkarlari bilan ovga otlanib, shahardan chiqib ketayotganida, dalada bir mo\u02bbysafidning ko\u02bbchat ekayotganiga ko\u02bbzi tushibdi. Yaqinlashib: \u201cEy otaxon, o\u02bbzingiz keksayib qolgan bo\u02bblsangiz-da, ko\u02bbchat o\u02bbtqazishingizni qanday tushunish mumkin?! Axir, bu navnihollar meva bergunga qadar yashaysizmi-yo\u02bbqmi, bilmaysiz-ku?!\u201d debdi. Mo\u02bbysafid: \u201cGapingiz to\u02bbg\u02bbri, lekin shu yoshimgacha mendan oldin ko\u02bbchat o\u02bbtqazib ketgan insonlar daraxtlarining mevasini yeb keldim. Bu ko\u02bbchatlarimning mevasidan o\u02bbzim yemasam-da, keyingi avlod yeydi, deb ekayapman\u201d, deb javob beribdi. Amirul mo\u02bbminin bu javobdan zavqlanib, xazinabonga dehqonga bir hamyon tilla berishni buyuribdi. Shunda mo\u02bbysafid: \u201cMana, ko\u02bbrdingizmi, ekayotgan ko\u02bbchatim hozirdan meva berishni boshladi\u201d, debdi. Amirul mo\u02bbmininga uning bu so\u02bbzlari ham yoqib ketib, xazinabonga: \u201cYana bir hamyon berib yubor\u201d, deb buyuribdi. Shunda mo\u02bbysafid: \u201cAna, ko\u02bbrdingizmi, boshqalarning ekkan daraxti bir yilda bir marta hosil bersa, mening ko\u02bbchatim bir yilda ikki marta hosil berdi\u201d, debdi. Bu gapdan so\u02bbng amir vaziriga: \u201cBu yerdan tezroq keta qolaylik, yo\u02bbqsa, bu qariya xazinamizni quritadiganga o\u02bbxshaydi\u201d, deb yo\u02bblida davom etgan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qissadan-hissa shuki, chin insoniylik va afzallik kelajak uchun ishlashda, faqat o\u02bbz nafsini o\u02bbylamay, keyingi avlodlar manfaati uchun harakat qilishda namoyon bo\u02bbladi. Mo\u02bbysafidning ko\u02bbchat ekishi \u2013 bu fidoyilik va kelajakni o\u02bbylash ramzidir. Hatto yoshligimizda qilgan ishlarimizning mevasini ko\u02bbrmasak ham, ular boshqalarga foyda keltirishi mumkin. Bu qissa sabr, donolik va iroda qadriyatlarini targ\u02bbib qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dehqon va bog\u02bbbonlar bunday ezgu amallar orqali nafaqat o\u02bbz manfaatini, balki keyingi avlodlar foydasi va jamiyat farovonligini ham ko\u02bbzlaydi. Ular tabiatni obod etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va kelajak avlodga munosib sharoit yaratishga hissa qo\u02bbshmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yurtimizning qay hududiga bormaylik, rang-barang bog\u02bblar va manzarali daraxtlar ko\u02bbzga tashlanadi. Yo\u02bblovchilar daraxtlar soyasida dam oladi, bolalar mevalardan bahramand bo\u02bbladi. Shunda beixtiyor ularni ekkan insonlar haqqiga duo qilinadi. Eng oddiy, oson va yengil, hammaning qo\u02bblidan keladigan, katta mablag\u02bb va mashaqqat talab qilmaydigan sadaqai joriyalardan biri shu.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bahor \u2013 yangilanish va bunyodkorlik fasli. Keling, shu muborak mavsumda hovlilarimiz, mahalla va ko\u02bbchalarimizni mevali va manzarali daraxtlar bilan bezab, yurtimizning yanada ko\u02bbrkam va obod bo\u02bblishiga o\u02bbz hissamizni qo\u02bbshaylik. Zero, o\u02bbtqazilgan har bir ko\u02bbchat kelajakka qaratilgan xayrli qadamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu mashhur ibora xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayotiy, milliy va diniy qadriyatlarini o\u02bbzida mujassam etgan. Ammo uning bevosita sadaqai joriya (to\u02bbxtamaydigan, davomli savob) tushunchasi bilan chambarchas bog\u02bbliq ekanini hamma ham bilavermasa kerak. Sadaqai joriya \u2013 insonga uning hayotligida ham, vafotidan keyin ham uzluksiz ajr yetkazib turadigan ezgu amal. Boshqacha aytganda, kishi bu dunyoni tark etganidan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48564,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-03-03T04:27:43+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"584\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz\",\"name\":\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg\",\"datePublished\":\"2026-03-03T04:27:43+00:00\",\"dateModified\":\"2026-03-03T04:27:43+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg\",\"width\":660,\"height\":584},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-03-03T04:27:43+00:00","og_image":[{"width":660,"height":584,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz","name":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg","datePublished":"2026-03-03T04:27:43+00:00","dateModified":"2026-03-03T04:27:43+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/maqolayaxshidanbog.jpg","width":660,"height":584},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48563&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YAXSHIDAN BOG\u02bb QOLADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48563"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48563"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48565,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48563\/revisions\/48565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48564"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}