{"id":48488,"date":"2026-02-26T08:59:41","date_gmt":"2026-02-26T03:59:41","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488"},"modified":"2026-02-25T09:01:57","modified_gmt":"2026-02-25T04:01:57","slug":"ta%ca%bclim-olish-farz-amallaridandir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz","title":{"rendered":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm olish dinimizda ulug\u02bb ibodatlardan sanaladi. Ilk nozil bo\u02bblgan vahiyning <strong>\u201cO\u02bbqi\u201d <\/strong>deb boshlanishi so\u02bbzimizning yorqin dalilidir. Shuning uchun ham mo\u02bbtabar manbalarda ilm targ\u02bbib qilingan va ilm sohibi uchun baland darajalar va\u02bcda qilingan. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda:<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlloh sizlardan imon keltirgan va<\/strong> <strong>ilm ato etilgan zotlarni <\/strong>(baland) <strong>daraja <\/strong>(martaba)<strong>larga ko\u02bbtarur\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><strong>[1]<\/strong><\/a> degan. Alloh taolo yana: <strong>\u201cAyting: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo\u02bblurmi?!\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a> va \u201cBandalari orasida Allohdan ulamolargina qo\u02bbrqarlar\u201d<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>, <\/strong>degan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bu oyatlarda ilmni ne\u02bcmat o\u02bblaroq zikr qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cAlloh adolatda <\/strong>(barqaror)<strong> turib, shunday guvohlik berdi: \u201cAllohdan o\u02bbzga iloh yo\u02bbqdir\u201d, farishtalar va ilm egalari ham. <\/strong>(Albatta)<strong>, Undan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq. U Aziz <\/strong>(qudratli)<strong> va Hakim <\/strong>(hikmatli)<strong> dir\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a><\/strong>, degan. Bu oyatda Alloh taolo avval o\u02bbzini, keyin farishtalarni, so\u02bbngra ilm ahlini zikr etdi. Mana shuning o\u02bbzi ilmning sharafli, fazilatli va ulug\u02bb ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo: \u201cOlimlar darajasi ilm olmagan mo\u02bbminlar darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz yillik yo\u02bblga tengdir\u201d, degan. Ali roziyallohu anhu ilm haqida: \u201cIlm pastda turganlarni yuqori darajaga ko\u02bbtaradi. Bilimsizlik esa tepada turganlarni pastga tushiradi. Ilm mol-davlatdan ustundir, chunki boylikni sen qo\u02bbriqlaysan. Ilm esa seni qo\u02bbriqlaydi\u201d, degan. Demak, mazkur oyat va hadisi sharifda ilm olishga targ\u02bbib etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar alayhissalomning hayotlari va aytgan so\u02bbzlari ham ilmga da\u02bcvat bilan to\u02bbladir. Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cPayg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKim ilm talab qilish yo\u02bblida yursa, Alloh unga jannat yo\u02bblini oson qilib qo\u02bbyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo\u02bbyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig\u02bbfor aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o\u02bbxshaydi. Albatta, olimlar payg\u02bbambarlarning merosxo\u02bbrlaridir. Albatta, payg\u02bbambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o\u02bbshani olsa, ulug\u02bb nasibani olibdi\u201d, <\/em><\/strong>deganlar\u201d (Abu Dovud va Termiziy rivoyati)<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a><strong><em>.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih <\/em><\/strong><em>(teran anglovchi) <strong>qilib qo\u02bbyadi va unga to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni ko\u02bbrsatadi\u201d, <\/strong><\/em>deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana: <strong><em>\u201cOlimlar Payg\u02bbambarlarning vorislari <\/em><\/strong><em>(merosxo\u02bbrlari)<strong>dir\u201d, <\/strong><\/em>deb marhamat qilganlar. Ma\u02bclumki, Payg\u02bbambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo\u02bbq va bu rutbaga merosxo\u02bbr bo\u02bblish oliy sharafdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOlimga yerdagi va osmondagi barcha narsalar istig\u02bbfor aytadi\u201d, <\/em><\/strong>deganlar. Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi farishtalar istig\u02bbfor aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam yana: <strong><em>\u201cHikmat sharafli kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko\u02bbtaradi\u201d, <\/em><\/strong>deganlar. Bu hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinmoqda. Ammo oxiratdagi mevasi undan-da xayrli va abadiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cQiyomat kuni olimlar qalamining siyohi shahidlar qoni bilan o\u02bblchanadi\u201d, <\/em><\/strong>deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cUmmatimdan kim qirq hadisni odamlarga ta\u02bclim berish uchun yodlasa, men qiyomat kuni unga shafoatchi va guvoh bo\u02bblaman\u201d, <\/em><\/strong>deb marhamat qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ilmning shahidlik va obidlikdan afzalligi haqida: <strong><em>\u201cOlimning obiddan afzalligi mening quyi darajadagi sahobiydan afzalligim kabidir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarangki, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ilmni nabiylik darajasiga yaqin qo\u02bbyib, ilmsiz qilingan amaldan ustun ko\u02bbrdilar. Agar obid qilayotgan ibodati haqida ilmga ega bo\u02bblmaganida, ibodati davomli bo\u02bblmas edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmga targ\u02bbib va uning inson hayotidagi o\u02bbrni haqida Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlaridan ba\u02bczi misollar keltiramiz. Badr degan joyda mushriklar bilan urushdan so\u02bbng Muhammad alayhissalom har bir asirga ozod bo\u02bblishi uchun o\u02bbnta musulmonga o\u02bbqish, yozishni o\u02bbrgatib qo\u02bbyishni shart qilganlar. O\u02bbsha o\u02bbrinda pul, mol yoki xohlagan boshqa narsa so\u02bbralishi mumkin edi. Lekin ilm hamma narsadan ustun turgani uchun shu so\u02bbralgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cIlm talab qilish har bir musulmon kishi va muslima ayolga farzdir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar. Ushbu hadisdan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, islom dini ayol kishiga ham ilm talab qilishni farz qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hafsa onamizga uylanmoqchi bo\u02bblganlarida Hazrati Umar islom ummatiga yuksak bir fazilatni ko\u02bbrsatdi. U ham bo\u02bblsa, otalik mas\u02bculiyatini his qilgan holda qizlari Hafsani turmushga berish oldidan unga o\u02bbqish, yozish va dinga doir ilmlarni berdi. Hattoki, qizlariga o\u02bbqish va yozishdan ta\u02bclim berish uchun Bani Adiy qabilasidan bir ayolni yolladi. Hafsa onamiz haligi ayoldan yetarlicha ilm olganidan so\u02bbng Nabiy sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqdi. To\u02bbydan so\u02bbng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Umardan haligi ayol kelib Hafsaga qolgan ilmlardan ham darsni davom ettirishini aytdilar. Hazrati Umar: \u201cEy Rasululloh! Hafsa ilmni yaxshi egallab oldi\u201d, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201c<strong><em>Hafsa ilmni mukammalroq egallashini xohlayman\u201d, <\/em><\/strong>dedilar<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ilm talab qilishni ibodat darajasiga ko\u02bbtaradi. Ulamolarning siyohini shahidlarning qoniga tenglashtirdi. Hadisi sharifda: <strong><em>\u201cKimki dunyoni xohlasa, ilm olsin, kimki oxiratni xohlasa ham, ilm olsin\u201d, <\/em><\/strong>deb aytilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasan Basriy: \u201cOlimlar qalamining siyohi shahidlar qoni bilan o\u02bblchanadi. Shunda olimlar qalamining siyohi shahidlar qonidan og\u02bbir keladi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhu: \u201cIlm ko\u02bbtarilmasidan uni o\u02bbrganinglar. Ilm olimlarning vafoti tufayli ko\u02bbtariladi. Jonim qo\u02bblida bo\u02bblgan Zotga qasamki, Alloh yo\u02bblida shahid bo\u02bblgan kishilar (qiyomat kunida) olimlarga berilgan karomat-darajalarni ko\u02bbrib: \u201cKoshki bizni ham Alloh olim qilib tiriltirsa\u201d, deb orzu qiladi. Zero, hech kim olim bo\u02bblib tug\u02bbilmaydi. Ilm o\u02bbrganish ta\u02bclim olish bilan egallanadi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abbos roziyallohu anhumo: \u201cKechaning bir qismida ilm muzokarasi bilan mashg\u02bbul bo\u02bblish menga kechani butunlay bedor o\u02bbtkazishdan yaxshiroqdir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ali roziyallohu anhu: \u201cOlim kishi kechalari qoyim, kunduzlari ro\u02bbzador mujohiddan afzaldir. Olim vafot etsa, islomda bir yoriq paydo bo\u02bbladi. U yoriqni faqat olimning o\u02bbrinbosarigina to\u02bbldiradi\u201d, degan. So\u02bbng Ali roziyallohu anhu quyidagi she\u02bcrni o\u02bbqidi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ilm ahli sharafli, hidoyat<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>istaganlarga yo\u02bbl ko\u02bbrsatgay, <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Har kishining qadri,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>bilki, qilgan ishi-la o\u02bblchangay.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Johil &#8211; olim dushmani, <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>lek kanda qilma ilm izlashni,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ilm birla umr boqiy,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>ilmsizlar hayotdan erta ketgay.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm \u2013 hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik esa johillikdir. Ilm dinning asosi, ustunidir. Ilm hikmat, fazilat bo\u02bblib, dinning rivoji va yoyilishini ta\u02bcminlaydi. Ilmni o\u02bbqish, takrorlash, yozish bilan mustahkamlash lozim. Ilmga amal qilinmasa, foydasiz bo\u02bblib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda ilm-fanni egallash, ma\u02bcrifatli bo\u02bblish juda savobli ish. Hadislarda: \u201c<strong><em>Sadaqaning eng afzali ilm o\u02bbrganib, so\u02bbng uni boshqalarga o\u02bbrgatishdir\u201d, <\/em><\/strong>deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Yusuf: \u201cFarzandim vafot etdi. O\u02bbsha kuni Abu Hanifani darsi bor edi. Darsiga qatnasha olmaslikdan qo\u02bbrqib, o\u02bbg\u02bblimning dafn marosimini boshqa odamga topshirdim\u201d, degan. Imom Abu Yusufning bu gapi ilm olish va ustozining darsida bardavom bo\u02bblish naqadar muhim ekanini anglatadi. Shuningdek, bu maktab va oliy o\u02bbquv yurtlarida ham ustozlarining darslarini sababsiz qoldirmaslikka chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm olish borasida yurtimizda ibrat bo\u02bblarli allomalar juda ham ko\u02bbp. Nafaqat yurtimizda, balki butun olamga mashhur bo\u02bblgan Imom Buxoriy shular jumlasidandir. U kishi haqida Muhammad ibn Is\u02bchoq ibn Xuzayma bunday degan: \u201cBu dunyoda hadis ilmida Muhammad ibn Ismoildan ko\u02bbra biluvchiroq va yod oluvchiroq biror kishini ko\u02bbrmadim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy: \u201cYuz ming sahih, ikki yuz ming sahih bo\u02bblmagan hadisni yod oldim. Sahih kitobimga bir hadisni yozishdan oldin g\u02bbusl qilib, ikki rakat namoz o\u02bbqirdim. U sahih hadislarni olti yuz ming hadislar orasidan tanlab oldim va uni o\u02bbn olti yilda yozib tugatdim. So\u02bbngra uni o\u02bbzim bilan Robbim o\u02bbrtasida hujjat qildim\u201d, degan. Allomaning bu so\u02bbzlarini eshitgan insonda ilm olishga rag\u02bbbat va ishtiyoq paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, ma\u02bcrifatni jam qilgan ilmlarni egallagan kishining ikki dunyosi obod bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm \u2013 hayot va turmushda orttirilgan tajribalarning amaliy va nazariy natijasi. Inson ilm tufayli har qanday qiyinchilikdan oson chiqib ketishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yoshlarni dunyoviy ilmlar sohibi va hunarli bo\u02bblishga targ\u02bbib qilish ham eng muhim masalalardan sanaladi. Hazrati Ali roziyallohu anhu har bir davrda o\u02bbziga xos bo\u02bblgan ilmlarni o\u02bbrganishga ishora qilib: \u201cBolalaringizga o\u02bbzlari yashayotgan davr ilmlarini o\u02bbrgating, chunki ular sizning davringizdan boshqa davrda dunyoga kelgan\u201d, degan. Insonning kelajakda solih va barkamol bo\u02bblishi, yoshligida olgan odob-axloqi va ilm-ma\u02bcrifatiga bog\u02bbliqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nemis sharqshunos olimasi Zingfrid Xenka \u201cArab quyoshi G\u02bbarbga ziyo sochadi\u201d nomli yirik asarida bu masalani atroflicha yoritgan. Xususan, kitobning \u201cMadrasaga qatnayotgan xalq\u201d deb ataluvchi bobida G\u02bbarb aholisining 95 foizi savodsiz bo\u02bblgan, buyuk Sharl qarigan chog\u02bbida o\u02bbqish, yozishni qiynalib o\u02bbrganayotgan, hatto, ibodatxonalarda qalam tutishni biladiganlar nodir bo\u02bblgan IX-XII asrlarda islom olamining shaharu qishloqlaridagi minglab madrasalar millionlab o\u02bbg\u02bbil-qizlarni kutib olayotgani, ular islom talabiga asosan ilmni rag\u02bbbat bilan o\u02bbrgatayotgani haqida hikoya qilinadi. Bu ma\u02bclumotlardan islom dinining ilmga targ\u02bbib qilishini bilib olishimiz mumkin. Islom dini hamisha insoniyatni ilmga chorlab kelgan. Qur\u02bconi karimda \u201cilm\u201d so\u02bbzi turli hollarda 765-marta takrorlangan. Bu ham islom dinida ilmning muhimligidandir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Mujodala surasi, 11-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Zumar surasi, 9-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Fotir surasi, 28-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Oli Imron surasi, 18-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. 3-juz. \u2013 B. 103.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Muhammad Mutavalli Sha\u02bcroviy. Musulmon ayol fiqhi. \u2013 B.15.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abduvosi SHONAZAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilm olish dinimizda ulug\u02bb ibodatlardan sanaladi. Ilk nozil bo\u02bblgan vahiyning \u201cO\u02bbqi\u201d deb boshlanishi so\u02bbzimizning yorqin dalilidir. Shuning uchun ham mo\u02bbtabar manbalarda ilm targ\u02bbib qilingan va ilm sohibi uchun baland darajalar va\u02bcda qilingan. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: \u201cAlloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko\u02bbtarur\u201d[1] degan. Alloh taolo yana: \u201cAyting: Biladiganlar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48489,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-26T03:59:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-25T04:01:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"698\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz\",\"name\":\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-26T03:59:41+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-25T04:01:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg\",\"width\":660,\"height\":698},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-26T03:59:41+00:00","article_modified_time":"2026-02-25T04:01:57+00:00","og_image":[{"width":660,"height":698,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz","name":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg","datePublished":"2026-02-26T03:59:41+00:00","dateModified":"2026-02-25T04:01:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Talimolish2602.jpg","width":660,"height":698},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48488&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TA\u02bcLIM OLISH FARZ AMALLARIDANDIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48488"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48488"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48488\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48490,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48488\/revisions\/48490"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48489"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48488"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48488"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48488"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}