{"id":48432,"date":"2026-02-19T09:43:13","date_gmt":"2026-02-19T04:43:13","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432"},"modified":"2026-02-18T12:44:51","modified_gmt":"2026-02-18T07:44:51","slug":"kiyinish-odob-axloqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz","title":{"rendered":"KIYINISH ODOB-AXLOQI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini insonning tashqi ko\u02bbrinishi, kiyinish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratadi. Libos go\u02bbzallik, ziynat bo\u02bblish bilan bir qatorda kishining ruhiy kechinmalarini ifoda etuvchi, ichki olamini bayon qiluvchi oynadir. Kishining diyonati ham ko\u02bbpincha uning liboslarida aks etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo A\u02bcrof surasida marhamat qiladi:<strong> \u201cEy Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to\u02bbsadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. <\/strong><strong>Taqvo libosi, ana o\u02bbsha yaxshidir. Ana<\/strong> <strong>o\u02bbshalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki eslasalar\u201d <\/strong>(26-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson o\u02bbz fitratidan kelib chiqib ham jismoniy, ham ma\u02bcnaviy libosga ehtiyoj sezadi. Chunki Hazrati Odam bilan Havvo onamiz jannatda o\u02bbzlaridan boshqa inson bo\u02bblmasa-da, uyalganlaridan o\u02bbzlarini barglar bilan o\u02bbrashlari bu sifat inson tabiatidagi eng chuqur ildizlardan biri ekaniga dalolatdir. Hech kim kiyimsiz bo\u02bblishni va boshqalarni kiyimsiz ko\u02bbrishni xohlamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha ishlarda bo\u02bblgani singari, libos kiyishning ham me\u02bcyor va tartib-qoidalari bor. Inson bu borada o\u02bbzi bilganicha, ko\u02bbngli tusaganicha harakat qilish huquqiga ega emas. Kiyinish diniy me\u02bcyorlar, milliy qadriyatlarga muvofiq bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kiyimning ham o\u02bbziga xos jihatlari bor. Insonning shaxsiyat va o\u02bbziga xosligini yaqqol ifoda etadigan jihat ham kiyim tanlovidir. Kishi egnidagi go\u02bbzal libos doimo atrofga ijobiy ishora beradi. Xalq orasida keng tarqalgan \u201cInson kiyimi bilan kutiladi, fikri bilan kuzatiladi\u201d degan so\u02bbz shu nuqtayi nazardan mantiqiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon kishi kiyimi bilan doimo odamlarga o\u02bbrnak bo\u02bblishi, yaxshi taassurot qoldirishga intilishi kerak. Ichki go\u02bbzalligi tashqi tomonda ham aks etishi lozim. Ayniqsa, biron joyga borayotgan kishi o\u02bbziga yaxshi e\u02bctibor qaratishi, kiyim-kechagi, yurish-turishiga diqqatli bo\u02bblishi muhimdir. Zero, u safar davomida nafaqat o\u02bbzining, balki ortida qolgan yurti va millati sha\u02bcni uchun ham javobgardir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqqan ayrim sahobalarga quyidagi nasihatni qilganlari bejiz emas: <strong><em>\u201cSizlar, birodarlaringizning oldiga boryapsizlar. Ulovlaringizga yaxshi qarang, kiyimlaringizni tuzating! Yuzdagi xol qanday diqqat tortadigan bo\u02bblsa, siz ham odamlar orasida shunday ko\u02bbzga tashlaning! Chunki Alloh chirkin ko\u02bbrinish, chirkin so\u02bbz va harakatni yoqtirmaydi\u201d <\/em><\/strong>(Imom Abu Dovud rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Libosning halolligi masalasiga kelsak, kishi uni xarid qilishda matosiga jiddiy e\u02bctibor berishi kerak. Erkak kishiga ipak matodan tikilgan kiyim, shuningdek, tilla harom qilingan. Ali (roziyallohu anhu)dan qilingan rivoyatda: \u201cBir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam ipak matoni olib o\u02bbng tomonlariga qo\u02bbydilar, tillani olib chap tomonlariga qo\u02bbydilar. So\u02bbng: \u201cMana bu ikki narsa ummatimning erkaklariga haromdir!\u201d dedilar\u201d, deyilgan (Imom Abu Dovud rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaxshi va go\u02bbzal kiyinishni erkagu ayol barobar istaydi. Bezanish, ko\u02bbrkam ko\u02bbrinish istagi esa ko\u02bbproq ayollarga xosdir. Shundan kelib chiqib, islom ta\u02bclimotida mayinlik va hassoslikni ko\u02bbrsatuvchi ipak kiyimlar, oltin kabi bezaklar ayollarga xoslangan, erkaklardan bunday kiyimlardan uzoq turishi talab qilingan. Shu sababli, Payg\u02bbambarimiz alayhissalomga to\u02bbliq ipakdan to\u02bbqilgan kiyim sovg\u02bba qilinganda, uni Ali roziyallohu anhuga yuborganlar. Hazrati Alining <em>\u201cBuni nima qilaman?\u201d <\/em>degan savoliga, rafiqasi Fotimani, onasi Fotima binti Asadni va amakisi Hamza roziyallohu anhuning qizi Fotimani nazarda tutib, <strong><em>\u201cUni ro\u02bbmol qilib Fotimalar orasida tarqat\u201d<\/em><\/strong>, deb javob berganlar (Ibn Moja rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ipak kiyimlar va oltin bezaklarga qo\u02bbyilgan taqiq sabablaridan yana biri bu buyumlarning kibr va xo\u02bbjako\u02bbrsinga olib kelishidir. Kibr va ko\u02bbz-ko\u02bbz qilish go\u02bbzal bezakli liboslar kiyib jamiyatga aralashgan har bir inson duch kelishi mumkin bo\u02bblgan salbiy his-tuyg\u02bbulardir. Bu illatni anglagan Payg\u02bbambar alayhissalom bir tomondan mo\u02bbminlarga go\u02bbzal va toza kiyinishni tavsiya qilgan bo\u02bblsalar, boshqa tomondan bu ne\u02bcmatni odamlarga yuqoridan qarash vositasiga aylantirmaslikka amr qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson o\u02bbziga yarashib turgan go\u02bbzal liboslarni kiyishi kerak. Shayx Sha\u02bcbiy: \u201cAhmoqlar ustingdan kulmaydigan va faqihlar (shariat bilimdonlari) ayblamaydigan kiyimni kiy\u201d, degan. Unutmaslik lozimki, kiyim kibrlanish, o\u02bbzidagi boylikni ko\u02bbz-ko\u02bbz qilish vositasi emas. Imom Ahmadning \u201cMusnad\u201dda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: \u201cKimki, dunyoda shuhrat libosini kiysa, Qiyomat kunida Alloh unga xorlik libosini kiygizadi\u201d. Demak, kiyinish kibru havo, o\u02bbzini o\u02bbzgalardan yuqori tutish, shuhrat qozonish uchun bo\u02bblmaydi. Abu Homid G\u02bbazzoliy \u201cQalb ajoyibotlari\u201d kitobida ko\u02bbrkam va qimmatbaho kiyimlarga o\u02bbchlik shaytonning inson qalbini zabt etish uchun kiradigan eshiklaridan biri ekani haqida yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash lozimki, insonning tabiiy istagi bo\u02bblgan go\u02bbzal ko\u02bbrinish bilan kibr hissini qorishtirib yubormaslik kerak. Abdulloh ibn Mas\u02bcud rivoyat qilgan hadisda aynan shu ikki jihat aniq ajratib ko\u02bbrsatilgan. Mazkur hadisda Payg\u02bbambarimiz bunday deganlar: <strong><em>\u201cYuragida zarracha kibr bo\u02bblgan kishi jannatga kirmaydi\u201d<\/em><\/strong>. Bu so\u02bbzdan so\u02bbng bir odam, \u201cInson kiyimi va poyabzali go\u02bbzal bo\u02bblishidan xursand bo\u02bbladi\u201d, deganida, Payg\u02bbambar alayhissalom: <strong><em>\u201cShubhasiz, Alloh go\u02bbzaldir, go\u02bbzallikni yaxshi ko\u02bbradi. Kibr esa haqiqatni inkor etish va odamlarni kichik ko\u02bbrishdir\u201d<\/em><\/strong>, deb javob berganlar (Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, libos kishining ijtimoiy holatini ham ko\u02bbrsatib turadigan, imkoniyati va maqomiga mos bo\u02bblishi kerak. Kengchilik, mol-davlat ato etilgan insonlar o\u02bbzidagi bu ne\u02bcmatni kiyimlarida aks ettirishi maqsadga muvofiq. Zero, Alloh bandasining ustida unga bergan ne\u02bcmatining asarini ko\u02bbrishni sevadi. Abul Ahvas nomli sahobiy o\u02bbz otasidan rivoyat qiladi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga past (eskirib ketgan, uvada) kiyimlarda keldim. Shunda u kishi menga: \u201cSening mol-davlating bormi?\u201d dedilar. Men: \u201cBor!\u201d dedim. \u201cNimalaring bor?\u201d so\u02bbradilar. Men: \u201cAlloh menga tuya, qo\u02bby, ot hamda qullar ato qilgan\u201d dedim. Buni eshitgach, Nabiy alayhissalom: \u201cAlloh senga mol-dunyo ato qilgan bo\u02bblsa, Uning senga bergan ne\u02bcmati va ikromining asari ko\u02bbrinib tursin!\u201d dedilar (Abu Dovud rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo ne\u02bcmatlarni libosda aks ettirish, yuqorida ta\u02bckidlanganidek, kibru havodan uzoq turish sharti bilangina to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczan ko\u02bbcha-ko\u02bbyda o\u02bbzini ayolga o\u02bbxshatgan erkaklar yoki erkakcha kiyingan ayollarni ko\u02bbramiz. Bu ish og\u02bbir gunoh va la\u02bcnatga qolishga sabab bo\u02bbladi. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyiladi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam (kiyinishda) o\u02bbzini ayollarga o\u02bbxshatadigan erkaklarni va erkaklarga o\u02bbxshab kiyinadigan ayollarni la\u02bcnatladilar\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha ishda bo\u02bblgani singari, liboslarda ham poklik birlamchi vazifadir. Islom poklik dinidir, poklik imondandir. Qur\u02bconi karimda ham <strong>\u201cAlloh poklanuvchilarni yaxshi ko\u02bbradi\u201d <\/strong>(Tavba surasi, 108-oyat), deya kishilar ruhiy, ma\u02bcnaviy, jismoniy poklikka da\u02bcvat etilgan. \u201cMuddassir\u201d surasida Nabiy alayhissalomga qarata <strong>\u201cKiyimlaringni pok tut!\u201d <\/strong>deyilgan xitob libos pokizaligi nihoyatda muhim ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Libos kiyishda ayrim sunnat amallar ham aytib o\u02bbtilgan. Hadislarga ko\u02bbra libosni o\u02bbng tomondan boshlab kiyish sunnatdir. Oisha (roziyallohu anho) aytadi: \u201cNabiy alayhissalomga poklanishda (ya\u02bcni tahorat va yuvinishlarda), soch tarashda va oyoq kiyim kiyishda o\u02bbng tomondan boshlash yoqar edi\u201d. (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Shuningdek, kiyim kiyishda ayrim duolarni o\u02bbqish ham sunnat amallardandir. Nabiy alayhissalom ko\u02bbp hollarda, jumladan, libos kiyishda ham Allohni zikr qilardilar. Hadislarda kelgan \u201cAlhamdu lillahillaziy kasaaniy haza va rozaqoniyhi min g\u02bboyri havlin minniy valaa quvvah\u201d, ya\u02bcni \u201cBarcha hamdu sanolar o\u02bbzimda hech qanday kuch-qudrat va imkoniyat bo\u02bblmagan holda bu libosni menga kiydirgan va rizq qilib bergan Allohga xosdir\u201d singari duolarni o\u02bbqib, kiyim kiyish savobli ishlardandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis kitoblaridagi kiyinishga doir rivoyatlar uning axloqiy tomonlari haqida bizga muhim ma\u02bclumotlar taqdim etadi. Shuningdek, musulmon kishi yangi va go\u02bbzal kiyim kiyganda, kibr va maqtanishga yo\u02bbl qo\u02bbyish o\u02bbrniga, o\u02bbzidagi bu ne\u02bcmatning asl sohibini eslab, Allohga shukur qilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Globallashuv jarayonidagi murakkab va tezkor hayot keltirib chiqargan ijtimoiy o\u02bbzgarishlar, yangiliklar insonning boshqa inson va jamiyat bilan munosabatlariga doir turli xavotirlarni kuchaytirmoqda. Shu sababli, mo\u02bbmin kishi imon chaqirig\u02bbi va vijdon amridan kelib chiqib kiyinishi, xohish-istaklarini qondirishda Qur\u02bconi karimda ifodalanganidek \u201ctaqvo libosini\u201dni kiyishni unutmasligi kerak. Toki ushbu ma\u02bcnaviy libos uning hislari bilan chambarchas bog\u02bblanib, tashqi ko\u02bbrinishida ham go\u02bbzal ifodasini topsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Usmonxon MUHAMMADIYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dini insonning tashqi ko\u02bbrinishi, kiyinish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratadi. Libos go\u02bbzallik, ziynat bo\u02bblish bilan bir qatorda kishining ruhiy kechinmalarini ifoda etuvchi, ichki olamini bayon qiluvchi oynadir. Kishining diyonati ham ko\u02bbpincha uning liboslarida aks etadi. Alloh taolo A\u02bcrof surasida marhamat qiladi: \u201cEy Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to\u02bbsadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48433,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"KIYINISH ODOB-AXLOQI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"KIYINISH ODOB-AXLOQI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-19T04:43:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-18T07:44:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"698\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz\",\"name\":\"KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-19T04:43:13+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-18T07:44:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"KIYINISH ODOB-AXLOQI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg\",\"width\":660,\"height\":698},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"KIYINISH ODOB-AXLOQI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"KIYINISH ODOB-AXLOQI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"KIYINISH ODOB-AXLOQI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-19T04:43:13+00:00","article_modified_time":"2026-02-18T07:44:51+00:00","og_image":[{"width":660,"height":698,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz","name":"KIYINISH ODOB-AXLOQI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg","datePublished":"2026-02-19T04:43:13+00:00","dateModified":"2026-02-18T07:44:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"KIYINISH ODOB-AXLOQI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/kiyinish190226.jpg","width":660,"height":698},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48432&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"KIYINISH ODOB-AXLOQI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48432"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48432"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48432\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48434,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48432\/revisions\/48434"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48433"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48432"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48432"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48432"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}