{"id":48272,"date":"2026-02-12T09:21:00","date_gmt":"2026-02-12T04:21:00","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272"},"modified":"2026-02-12T14:00:33","modified_gmt":"2026-02-12T09:00:33","slug":"islom-ummatining-eng-mo%ca%bbtabar-avlodi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arabiston yarim oroli VII asrga kelib har jihatdan jaholatga botgan o\u02bblkaga aylandi. U yerda yashovchi qabila va elatlar inson tabiatini bezovchi go\u02bbzal fazilatlardan tamoman uzoqlashgan edi. Ahvol shu darajaga yetgan ediki, hududda yashovchi qabilalar biri-biriga hujum qilib, odamlarni asir olar, tabiiyki, asir olingan insonlar qul qilib sotilar edi. Bu davrda qullarni sababsiz o\u02bbldirish odatiy holga aylangan edi. Shu va boshqa omillar tufayli Arabiston yarim oroli razolat va axloqsizlik o\u02bbchog\u02bbiga aylangan, oddiy xalq esa qashshoqlikdan qattiq aziyat chekar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, bu davrda insonni mast qiluvchi ichimliklar ko\u02bbplab iste\u02bcmol qilinar, qimor, fohishabozlik va sudxo\u02bbrlik kabi illatlar chuqur ildiz otgan edi. Qabilalar o\u02bbrtasidagi xun olish odati esa eng og\u02bbriqli muammolardan biriga aylangan edi. Ba\u02bczi qabilalar o\u02bbrtasidagi bunday adovat bir necha asr davom etardi. Bunga misol sifatida Madinadagi Avs va Xazraj qabilalarining 130-yildan beri davom etayotgan dushmanlik munosabatlarini keltirish mumkin. Bunday holat hududning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga o\u02bbzining salbiy ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatmoqda edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrdagi eng jirkanch holatlardan holatlardan yana biri qiz bolalarning tiriklayin ko\u02bbmilishidir. Odatda, ko\u02bbpdan beri davom etayotgan an\u02bcanalarga ko\u02bbra, qiz bola sharm-hayo ramzi deya baholangan va uni turmushga berish o\u02bbsha xonadon uchun or hisoblangan. Bu esa, yuqorida aytilganidek, o\u02bbta yaramas odatning paydo bo\u02bblishiga olib kelgan. Mazkur holat ham Arabiston yarim orolida yashovchi xalqlarning nechog\u02bblik jaholat botqog\u02bbiga botganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, zikr qilinayotgan davrda odamlar tosh va yog\u02bbochdan o\u02bbz qo\u02bbli bilan yasagan butlarga sig\u02bbinar, ular nomidan qurbonliklar keltirishardi. Shuningdek, odamlar turli soxta ilohlarga nazr ulashib, ularga iltijo va duo qilardi. Bunday shikr odatlar arablar hayotiga chuqur singib ketgan edi. Shuning uchun ular: \u201cBiz bobolarimizni shu yo\u02bblda topdik. Bu yo\u02bbl to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldir. Nima bo\u02bblsa bo\u02bblsin, yo\u02bblimizdan qaytmaymiz\u201d, degan qoidaga qat\u02bciy amal qilar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday insonlarga najot yo\u02bblini kim ko\u02bbrsatadi, ularning his-tuyg\u02bbusi va qobiliyatini kim yo\u02bbnaltiradi va rivojlantiradi? Ularning boshini kim \u00a0qovushtiradi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bir kishi kelishi kerak ediki, u olamning qanday ma\u02bcno kasb etganini, insonning kimligini, nega yaratilganini, bu dunyoga qanday maqsad bilan yuborilganini, vazifasi nimadan iborat ekanini o\u02bbrgatishi lozim edi. Tushunarsiz bir kitob, ma\u02bcnosiz qog\u02bboz to\u02bbplamiga aylangan olamni ma\u02bcnosizlikdan qutqarib, nimalarni anglatishini bayon qilishi va insonning mazkur buyuk kitob oldida qanday turishi kerakligini ko\u02bbrsatishi lozim edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bir zot kelishi kerak ediki, u zot insonga o\u02bbxshab yashashni, hayotdan haqiqiy lazzat olishni, haq-huquq, adolat, tenglik, muhabbat, hurmat, rostgo\u02bbylik va halollikni mukammal joriy qilishi lozim edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat yana qancha kutishi mumkin edi? Faqat insoniyat emas, tog\u02bb-tosh, tirik va jonsiz har bir mavjudot ham o\u02bbsha qutqaruvchini sog\u02bbinch va intizorlik bilan kutib, yonar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Janobi Haq bu sog\u02bbinchli ko\u02bbzlarni yo\u02bblda qoldirmadi. Sevikli Rasuli Hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni yubordi. U zotning kelishi olamlarga rahmat bo\u02bbldi. Bir zumda olam charog\u02bbon bo\u02bbldi va ma\u02bcno kasb etdi, insoniyat u zotga bog\u02bblanib o\u02bbzini topdi. Insonlar u zot orqali to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblni topdi. U zotga berilgan eng buyuk mo\u02bbjiza \u2014 Qur\u02bconni qo\u02bbliga oldi, olamni o\u02bbqidi va o\u02bbqitdi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cQarang, <\/em><em>\u2013 dedilar u zot, \u2013 shu muhtasham olamga, shu muhtasham yulduzlar bilan bezatilgan osmonga; quyoshga, oyga qarang, qanday nozik hisoblar bilan aylantirilayotganini ko\u02bbring&#8230; Qarang kechaga, kunduzga, qanday bir-birini izlab kelayotganini ko\u02bbring&#8230; Shu tog\u02bblarga, sahrolarga, daryolarga, irmoqlarga, yer ostiga ko\u02bbmilgan va yana tirilib chiqadigan sanoqsiz o\u02bbsimliklarga qarang. O\u02bbz yaratilishingizga qarang. Sizlarni bir qatra suvdan Yaratgan zot haqida tafakkur qiling.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Aqllaringizni ishlating. Bu ishlar tasodifiy ishlar emas, o\u02bbz-o\u02bbzidan bo\u02bblishi mumkin emas. <\/em><em>Bir Yaratguchining ilmi, qudrati va irodasi bilan shunday mukammal tartibga solingan. Bularni anglab, hech kimga zarar va foyda ber<\/em><em>a <\/em><em>olmaydigan butlarga sig\u02bbinishdan voz keching. Bu ma\u02bcnosiz va kulgili e\u02bctiqodlar bilan o\u02bbzingizni <\/em><em>pastga u<\/em><em>rmang. Sizlarni inson qilib yaratgan Robbingizga imon keltiring va sanoqsiz ne\u02bcmatlar bilan sizlarni yashatgan Xoliqingizga shukr qiling va faqat Unga ibodat qiling\u00bb<\/em><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aqlini ishlatgan insonlar mazkur ilohiy da\u02bcvatga itoat etdi. Ularning qiynalgan ruhiga abadiylik mamlakati eshiklari ochildi. Shirkdan qutilib, tavhid jannatiga kirdilar. Ular hidoyat nuriga parvona va nubuvvat quyoshining manzumasiga bog\u02bblangan yulduzlar bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olamning asl mohiyatini bilishni istamagan kimsalar esa mavhumlikdan qutula olmadi. Ularning qaysar qalbi o\u02bbzini aldadi, qattiqqo\u02bbl g\u02bbururi yo\u02bbldan ozdirdi. Aqlini ishlatmagan toifalar ularni bu saodatdan mahrum etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imon bilan kufr orasi kengayib bordi. Qorong\u02bbulik bilan yorug\u02bblik, kecha bilan kunduz kabi&#8230;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U zot tengi va misli ko\u02bbrilmagan shunday ulkan inqilob qildiki, qisqa vaqt ichida o\u02bbsha talonchi, parokanda, yovvoyi odamlardan dunyoning eng madaniyatli va ilmli insonlari yetishib chiqdi. U zot ularning ruhiga singib ketgan bir emas, yuzlab odat va xulqni o\u02bbzgartirdi. Bir-birining qonini to\u02bbkishdan qaytmagan millatni, hatto chumoliga ozor bera olmaydigan darajadagi rahm-shafqat timsoliga aylantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu tanlangan insonlarning hammasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nur halqasi ichida tarbiya topdi. Rasululloh ularga insonning kimligini, qayerdan kelib, qayerga ketishini, vazifalarining nimadan iborat ekanini tushuntirdilar. Ularning boshboshdoq bo\u02bbla olmasligini, bu dunyoga imtihon uchun yuborilganini, natijada, mo\u02bbminlar bilan kofirlar, yaxshilar bilan yomonlarning ajratilishini bayon qildilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular orasidan shunday buyuk insonlar chiqdiki, do\u02bbst-dushman hammasi ularni taqdir etdi. Masalan, Hazrati Abu Bakr, Rasulullohni tanish bilan payg\u02bbambarlardan keyin eng ulug\u02bb inson maqomiga yetdi. Hayotini haq yo\u02bblga bag\u02bbishladi, bor-budini Alloh yo\u02bbliga sarfladi. Rahm-shafqati, hurmat-ehtiromi, olijanobligi, kelajakni ko\u02bbra bilishi va matonati bilan ajralib turdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomdan oldin johil va qattiqqo\u02bbl bo\u02bblgan Umar, imon lazzatidan totib, Payg\u02bbambar alayhissalom tarbiyasini olgach, adolati bilan butun olamga mashhur bo\u02bbldi va nomi tarixga oltin harflar bilan yozildi. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam: \u201cAgar mendan keyin bir payg\u02bbambar keladigan bo\u02bblsa, Xattob o\u02bbg\u02bbli Umar kelar edi\u201d, degan ta\u02bcrifga sazovor bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U zotning tarbiyasi bilan farishtalar ham hurmat qilgan va nihoyatda saxiyligi bilan shuhrat qozongan Hazrati Usmon hamda ilm va irfon oshig\u02bbi, zuhd va taqvo timsoli bo\u02bblgan qahramon Hazrati Ali kabi shaxsiyatlar yetishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oddiy bir askar bo\u02bblgani holda birdan \u201cAllohning qilichi\u201dga aylangan, jang maydonining dovyurak jangchisi Xolid ibn Valid, siyosat dahosi Amr ibn Os, oddiy bir qul bo\u02bblgani holda umrining oxirigacha bosh qo\u02bbmondonlik maqomini saqlab qolgan Zayd ibn Horisa va uning o\u02bbg\u02bbli Usoma, avval cho\u02bbpon bo\u02bblgani holda keyinchalik Eron viloyati hokimi bo\u02bblib, o\u02bbsha maqomda ham oddiy insonlar kabi hayot kechirgan Salmon Forsiy singari zotlar \u2013 ana shu o\u02bbn sakkiz ming olamga rahmat qilib yuborilgan payg\u02bbambar alayhissalomdan saboq olib, yorqin siymolarga aylandilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu insonlar ushbu nur daryosidan shunday bir uchqun oldilarki, natijada, ular eng madaniy, eng ma\u02bcrifatli inson bo\u02bblib yetishdi, eng yuqori cho\u02bbqqilarga ko\u02bbtarildi. Shu bilan birga, ular o\u02bbsha fayz bilan jo\u02bbshib, haq va haqiqatni eshitish va ta\u02bcminlash uchun mamlakatma-mamlakat kezib yurar edi. Yuqorida nomlari zikr qilingan ulug\u02bb insonlar eng madaniyatli xalqlarga ham ustoz bo\u02bblib qoldilar.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><strong>katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arabiston yarim oroli VII asrga kelib har jihatdan jaholatga botgan o\u02bblkaga aylandi. U yerda yashovchi qabila va elatlar inson tabiatini bezovchi go\u02bbzal fazilatlardan tamoman uzoqlashgan edi. Ahvol shu darajaga yetgan ediki, hududda yashovchi qabilalar biri-biriga hujum qilib, odamlarni asir olar, tabiiyki, asir olingan insonlar qul qilib sotilar edi. Bu davrda qullarni sababsiz o\u02bbldirish odatiy holga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48273,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-12T04:21:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-12T09:00:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"608\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-12T04:21:00+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-12T09:00:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg\",\"width\":660,\"height\":608},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-12T04:21:00+00:00","article_modified_time":"2026-02-12T09:00:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":608,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz","name":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg","datePublished":"2026-02-12T04:21:00+00:00","dateModified":"2026-02-12T09:00:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/musulmon1202.jpg","width":660,"height":608},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48272&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM UMMATINING ENG MO\u02bbTABAR AVLODI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48272"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48272"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48272\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48318,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48272\/revisions\/48318"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48273"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48272"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48272"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48272"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}