{"id":48259,"date":"2026-02-13T16:11:17","date_gmt":"2026-02-13T11:11:17","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259"},"modified":"2026-02-11T16:31:24","modified_gmt":"2026-02-11T11:31:24","slug":"ramazon-ro%ca%bbzasining-ijtimoiy-foydalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz","title":{"rendered":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u02bbza \u2013 buyuk ibodat. U faqatgina yeb-ichishdan tiyilishdan iborat emas. U jamiyatda tenglik va mehr-oqibatdan iborat yangicha ruhni shakllantirish uchun joriy qilingan ilohiy tarbiya uslubi hamdir. Shuning uchun samoviy dinlarning barchasida turli ko\u02bbrinishlarda farz qilingan. Bu ma\u02bcno Qur\u02bconi karimning ushbu oyatida ta\u02bckidlab qo\u02bbyilgan: <strong>\u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi <\/strong>(ummat)<strong>larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz qilindi, shoyad <\/strong>(u sababli)<strong> taqvoli bo\u02bblsangiz\u201d<\/strong> (<em>Baqara surasi, 183-oyat<\/em>). Bundan ayon bo\u02bbladiki, ro\u02bbza ibodati Odam alayhissalomdan boshlab, Muhammad alayhissalom davrlariga qadar yashab o\u02bbtgan barcha payg\u02bbambarlar va ularning ummatlariga farz qilingan, faqat shartlari va tartib-qoidalari turlicha bo\u02bblgan. Binobarin, ro\u02bbza kishining nafsini poklash, go\u02bbzal xulqlar va adolat hukm suradigan hamjihat jamiyat barpo qilish maqsadida indirilgan ilohiy amrdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u02bbzaning ijtimoiy foydalari quyidagilar misolida namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi \u2013 jamiyatda tenglik va birdamlik ruhini paydo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u02bbza \u2013 uni tutishga qodir bo\u02bblgan boyga ham, kambag\u02bbalga ham birdek farz. Binobarin, u sababli jamiyatdagi sinfiy tafovut yo\u02bbqoladi, har bir shaxs boshqalarning muhtojligini o\u02bbz tanasida his qiladi. Ana shu tuyg\u02bbu o\u02bbzaro xayrixohlikni paydo qiladi, saxovatli bo\u02bblishga, ko\u02bbproq xayr-ehson qilishga undaydi. Ramazon oyida bajariladigan bir amal borki, o\u02bbz o\u02bbrniga tushadigan bo\u02bblsa, undan savobliroq saxovat va xayr-es\u02bchon yo\u02bbqdir. U \u2013 kam ta\u02bcminlangan va ehtiyojmand insonlardan ro\u02bbza tutganlariga iftorlik qilib berishdir. Bu xususda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKim bir ro\u02bbzadorga iftorlik qilib bersa, unga o\u02bbsha ro\u02bbzadorga beriladigan ajrning misli beriladi, ammo uning ajridan biror narsa kamaymaydi\u201d<\/em><\/strong>, deb xushxabar berganlar (<em>Imom Termiziy rivoyati<\/em>). Demak, Ramazon ro\u02bbzasi xayr-ehsonning ajrini bu qadar yuksaltirish orqali insonlarni yaxshilik qilishga rag\u02bbbatlantirib, jamiyatdagi birdamlik eshiklarini ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi \u2013 oilaviy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saharlik va iftorlik vaqtida yozilgan dasturxon oila a\u02bczolari va qarindoshlar o\u02bbrtasidagi aloqalar mustahkamlanishiga, pirovardida silai rahm va mehr-oqibat tuyg\u02bbulari ziyodalashishiga xizmat qiladi. Nabiy alayhissalom: <strong><em>\u201cSaharlik qilinglar, chunki saharlik qilishda baraka bordir\u201d<\/em><\/strong>, deganlar (<em>Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan<\/em>). Bu baraka nafaqat taomda, balki hamjihatlikda ham namoyon bo\u02bbladi. Ahillik bo\u02bblmagan joyda baraka bo\u02bblmasligi tayin, axir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi \u2013 jamiyat a\u02bczolarida bag\u02bbrikenglik va halimlik hissini paydo qiladi, kimda bu xislatlar mavjud bo\u02bblsa, uning fazilatlari darajasini oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u02bbza tutish insonga sabrli bo\u02bblish va g\u02bbazabni ichga yutishni o\u02bbrgatadi. Ochlik va tashnalikning o\u02bbzi kishini ancha vazminlashtirib qo\u02bbyadi. G\u02bbazab kelganda o\u02bbzni bosish fenomeni orqali esa, jamiyatda turli nizolar va janjallar kamayadi, kechirimlilik ruhi hukm suradi. Nabiy alayhissalom bunday ko\u02bbrsatma berganlar: <strong><em>\u201cBirortangiz ro\u02bbza tutadigan bo\u02bblsa, axloqsiz so\u02bbzlarni gapirmasin, baqir-chaqir qilmasin. Biror kishi uni haqorat qiladigan yo u bilan janjallashadigan bo\u02bblsa: \u201cMen ro\u02bbzadorman\u201d, deb aytsin\u201d<\/em><\/strong> (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Shunga ko\u02bbra, ro\u02bbza tutish ijtimoiy bag\u02bbrikenglikni jamiyat hayotiga tatbiq etish uchun katta imkoniyatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbrtinchi \u2013 ijtimoiy tartib-intizom o\u02bbrnatilishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ro\u02bbza \u2013 jamiyat hayotini bir maromda ushlab turadi, odamlar undan tartib-intizomli va axloqan mas\u02bculiyatli bo\u02bblishni o\u02bbrganadi. Bu \u2013 jamiyat hayotida o\u02bbzining ijobiy samarasini berishi shubhasiz. Ana shu ijtimoiy tartib-intizom birlik ruhini mustahkamlaydi va aloqadorlik hissini kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctibor bersangiz, Ramazon oyida kishi hatto ro\u02bbza tutmagan bo\u02bblsa ham o\u02bbzini ro\u02bbzadordek tutadi. Bu \u2013 jamoat joylarda yemay-ichmay yurishning o\u02bbzigina emas, balki o\u02bbzgargan muomala, yaxshiroq xulq-odob, til parhezi, nazar parhezi, davra parhezi, umuman, parhez so\u02bbz va amallardir. Muqaddas oyning ruhiyati mana shunday omillarda namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beshinchi \u2013 ro\u02bbza kishilar qalbida muhtojlarga nisbatan rahm-shafqatli bo\u02bblish tuyg\u02bbusini paydo qiladi, kimda bor bo\u02bblsa, yana ham mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hodisa jamiyatning umumiy saviyasi, ma\u02bcnaviyati va qadriyatlari yuksalishiga sabab bo\u02bbladi. Shuning uchun Rasululloh alayhissalom: <strong><em>\u201cRo\u02bbza \u2013 sabr oyi. Sabrning mukofoti jannatdir. U o\u02bbzaro tenglik oyidir\u201d<\/em><\/strong>, deganlar (<em>Ibn Xuzayma rivoyati<\/em>). Demak, Ramazon \u2013 rahm-shafqat va o\u02bbzaro tenglikning eng oliy ko\u02bbrinishlari namoyon bo\u02bbladigan oydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nafsilamrini aytganda, ro\u02bbza \u2013 manfaati bir shaxs bilan chegaralanib qolmaydigan, balki butun jamiyatni qamrab oladigan ibodat turidir. U o\u02bbzaro aloqalarni mustahkamlaydi, kechirimli, rahm-shafqatli, tartib-intizomli bo\u02bblishga o\u02bbrgatadi. Shuningdek, mehr-oqibat va adolat hukmron bo\u02bblgan, mustahkam va barqaror jamiyat barpo qilishda ishonchli ustun vazifasini bajaradi. Shuning uchun har bir musulmon Ramazon ro\u02bbzasini individuallikdan ko\u02bbra ko\u02bbproq ijtimoiy foydalar bilan o\u02bbtkazish harakatida bo\u02bblishi maqsadga muvofiqdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin NE\u02bcMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot <\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ro\u02bbza \u2013 buyuk ibodat. U faqatgina yeb-ichishdan tiyilishdan iborat emas. U jamiyatda tenglik va mehr-oqibatdan iborat yangicha ruhni shakllantirish uchun joriy qilingan ilohiy tarbiya uslubi hamdir. Shuning uchun samoviy dinlarning barchasida turli ko\u02bbrinishlarda farz qilingan. Bu ma\u02bcno Qur\u02bconi karimning ushbu oyatida ta\u02bckidlab qo\u02bbyilgan: \u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48260,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-13T11:11:17+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-11T11:31:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz\",\"name\":\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-13T11:11:17+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-11T11:31:24+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-13T11:11:17+00:00","article_modified_time":"2026-02-11T11:31:24+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"3 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz","name":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg","datePublished":"2026-02-13T11:11:17+00:00","dateModified":"2026-02-11T11:31:24+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/ruza1302.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48259&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"RAMAZON RO\u02bbZASINING IJTIMOIY FOYDALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48259"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48259"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48259\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48261,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48259\/revisions\/48261"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48260"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48259"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48259"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48259"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}