{"id":48235,"date":"2026-02-13T09:44:00","date_gmt":"2026-02-13T04:44:00","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235"},"modified":"2026-02-11T11:48:35","modified_gmt":"2026-02-11T06:48:35","slug":"sahoba-va-ulamolar-uzilmas-silsila","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz","title":{"rendered":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shariat ilmlari o\u02bbz-o\u02bbzidan shakllanib qolmagan, balki avloddan-avlodga o\u02bbtib kelgan ta\u02bclimotdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ilmni sahobalarga o\u02bbrgatganlar. Sahobalar tobeinlarga, ular esa \u2013 keyingilarga. Bizga yetib kelgan har bir hadis, har bir fiqhiy masala shu silsilaning mahsulidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar bunday deydi: \u201cModomiki, sen \u201cAlloh aytdi, Rasuli aytdi, Rasulullohning so\u02bbzlarini sahobalar mana bunaqa tushungan ekan\u201d deyapsan ekan, demak, kattalardan ilm olayapsan. Bu gapni aytayotgan odam o\u02bbn yashar bola bo\u02bblsa ham. Kichkinalardan kelsa halok bo\u02bbladi, degani shuki, sahobalardan keyingi avlodning gapini ko\u02bbtarib yursang, unaqa odamlar halok bo\u02bbladi. Hozir \u201csahobalar aytgan\u201d desang, bittasi keladi-da, \u201cImom Moturidiy aytgan\u201d deydi. Sahobalar kattami, imom Moturidiymi? \u201cSahobalar aytgan desang\u201d, \u201cAbu Hanifa rahimahulloh aytgan\u201d deb dalil qilmoqchi bo\u02bbladi. Hech kim o\u02bbz-o\u02bbzicha gapirmaydi. Lekin bu degani \u201cso\u02bbzlovchi hamma narsani biladi\u201d degani emas-da\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu so\u02bbzlarda bir necha jiddiy ilmiy xato bor. Usulga oid muammolar ham. Bu fikr zohirda sahobalarni ulug\u02bblashdek tuyuladi, lekin pirovardida ahli sunna usuliga zid natijalarga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKichiklardan ilm kelsa halokat bo\u02bbladi\u201d degan gapning yoshga taalluqli joyi yo\u02bbq. Salafi solih ulamolar bu ma\u02bcnodagi rivoyatlar yosh emas, balki ilm va usul masalasi ekanini bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Muborakdan \u201ckichiklar\u201d haqida so\u02bbralganda, \u201cUlar shaxsiy fikri bilan gapiradiganlardir. Ammo katta olimdan rivoyat qilayotgan yosh kishi kichik hisoblanmaydi\u201d, degan. Boshqa rivoyatga ko\u02bbra, Ibn Muborak \u201ckichiklar\u201d deganda, ahli bid\u02bcatni nazarda tutgan, sunnat ahlini emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm odamlarining ba\u02bczilari: \u201cKichik\u201d degani odamlar fatvo so\u02bbraydigan, ammo o\u02bbzi ilmsiz kimsa, \u201ckatta\u201d esa, yoshi nechchida ekanidan qat\u02bci nazar, olimdir\u201d, degan. Shuningdek, \u201cjohil kishi yoshi katta bo\u02bblsa ham kichikdir, olim esa yoshi kichik bo\u02bblsa ham kattadir\u201d, deyiladi. Dalili bunday: \u201cAbdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu yosh bo\u02bblishiga qaramay, undan fatvo so\u02bbralardi. Muoz ibn Jabal va Attob ibn Usayd roziyallohu anhumo ham yosh bo\u02bblishiga qaramay, odamlarga fatvo bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni yoshligiga qaramay hokim etib tayinlaganlar\u201d <em>(Ibn Abdulbarrning \u201cJomi\u02bc bayonil ilmi va fazlih\u201d asaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ta\u02bcriflardan ko\u02bbrinib turiptiki, \u201ckichiklar\u201d deganda yoshi kichik bo\u02bblganlar emas, balki ilmda pishiq bo\u02bblmagan, sunnatdan uzoq yoki havoi nafsga ergashgan kimsalar nazarda tutilgan ekan. Agar inson yoshi kichik bo\u02bblsa ham, ilmni sahobalar manhaji (yo\u02bbli)dagi katta ulamolardan olsa, bu halokat emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois mujtahid ulamolar mazkur tahdid doirasiga kirmaydi. Ilmning qadri uning qaysi manbaga suyangani bilan o\u02bblchanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahobalar kattami yo mujtahid imomlar?\u201d deb qarama-qarshi qo\u02bbyish to\u02bbg\u02bbri emas. Sahobalar \u2013 asos, imomlar esa shu asosni saqlab qolgan olimlardir. Mujtahid imomlar bo\u02bblmaganida, har kim \u201cfalon sahoba bunday degan\u201d deb, to\u02bbg\u02bbrimi-noto\u02bbg\u02bbrimi, o\u02bbz fikriga suyangan bo\u02bblardi. Imomlarni tan olmaydigan ayrimlarda bu holat hozir ham namoyon bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahobalar ummatning eng afzal tabaqasi ekani qat\u02bciyan ma\u02bclum. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: <strong><em>\u201cSizlarning yaxshilaringiz \u2013 mening zamonimdagilar. So\u02bbng ulardan keyin keladiganlar, so\u02bbng ulardan keyin keladiganlar&#8230;\u201d<\/em><\/strong> <em>(Buxoriy rivoyati)<\/em>. Biroq ularning fazilatini dalil qilib, mujtahid ulamolarni chetga surish buzuq qiyosdir. Sahobalarning so\u02bbzlarini har kim ham o\u02bbz aqli bilan tushuntirib bera olmaydi. Shuning uchun Alloh ummatga olimlarni ato etgan. Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofeiy, Imom Ahmad, Imom Moturidiy kabi allomalar sahobalarga qarshi gap aytmagan, balki ular aytgan ma\u02bcnolarni tartiblab, himoya qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Hanifa rahimahulloh tobein bo\u02bblib, sahoba va tobeinlardan ilm olgan. Fiqhni sahobalar qavli (so\u02bbzi) va sunnat asosida tizimlagan. Imom Moturidiy rahimahulloh esa, ilmiy uslubda, dalillar bilan sahoba va tobeinlarning aqidasini bid\u02bcat ahlidan himoya qilgan. Ular sahobalarga raqib emas, balki ularning ilmdagi vorislaridir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cUlamolar nabiylarning merosxo\u02bbrlaridir\u201d,<\/em><\/strong> deganlar <em>(Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilgan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navaviy \u201cMajmu\u02bc sharhul muhazzab\u201d asarida mana bu rivoyatni keltirgan: \u201cIbn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: \u201cKim faqihga aziyat yetkazsa, Rasululloh sollallohu alayh vasallamga aziyat yetkazibdi. Kim Rasululloh sollallohu alayh vasallamga aziyat yetkazsa, Alloh azza va jallaga aziyat yetkazibdi\u201d. Bu yerda \u201caziyat yetkazish\u201d deganda, jismoniy zarar emas, kamsitish, haqorat qilish, ilmini yengil sanash, obro\u02bbsini tushirish nazarda tutiladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarni haqorat qilish Payg\u02bbambar sollallohu alayh vasallamning meroslarini kamsitishga, bu esa Alloh taoloning diniga hurmatsizlik qilishga olib boradi. Holbuki, islomni Alloh bandalariga qiyinchilik tug\u02bbdirish uchun emas, rahmat o\u02bblaroq joriy etgan. Alloh taolo Moida surasining 6-oyatida bunday deydi: <strong>\u201cAlloh sizlarga biror qiyinchilik <\/strong>(paydo)<strong> qilishni ravo ko\u02bbrmaydi, aksincha, sizlarni poklash va ne\u02bcmat<\/strong>(lar)<strong>ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangiz\u201d<\/strong>. Haj surasining 78-oyatida <strong>\u201cSizlarni <\/strong>(shu din uchun)<strong> U tanladi va dinda sizlarga biror tanglik <\/strong>(qiyinchilik)<strong> qilmadi\u201d<\/strong> deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur rivoyat \u201cfaqihlar xato qilmaydi\u201d deb da\u02bcvo qilish uchun emas, balki ularning ilmiy maqomini tan olish, ahli ilmni hurmat qilish, dinni tushunishda ularni chetga surmaslik lozimligini uqtiradi. Bu ulamolarga nisbatan odob saqlash, ilm ahlini qadrlash va shariat kimlar orqali saqlanib kelayotganini anglashga chaqiriqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUlar hamma narsani bilavermaydi\u201d degan gap to\u02bbg\u02bbri, lekin buni asos qilib, ulamolarni chetga surib qo\u02bbyish kerak emas. Alloh taolo: <strong>\u201cBilmasangiz, ilm ahlidan so\u02bbrang\u201d<\/strong> degan <em>(Anbiyo surasi, 7-oyat)<\/em>. Bu umumiy va doimiy qoidadir. Ya\u02bcni, bilmagan odam olimga murojaat qilishi lozim. Hech bir ahli sunna olimi o\u02bbzini xatodan xoli deb bilmagan. Biroq bu iqror uning ilmiy hujjat ekanini inkor qilishga asos bo\u02bbla olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahobalarning so\u02bbzlarini ulamolarsiz \u201cto\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri\u201d olish da\u02bcvosi amalda har kimning o\u02bbz aqliga tayanib ish tutishini keltirib chiqaradi. Tarixda xavorij, mo\u02bbtazila va boshqa bid\u02bcat firqalar aynan shunday shior bilan chiqqan. Ular sahobalarni tilga olgan, ammo sahobalar fahmini saqlab qolgan ilmiy yo\u02bbldan uzoqlashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolarni inkor qilish sahobalarni ulug\u02bblash emas, balki ularning gap va amallarini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilishga yo\u02bbl ochadi va ilmda havoi nafsga ergashishga olib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa yo\u02bbli Qur\u02bcon, Sunnat, sahobalar fahmi va shu fahmni saqlab kelgan mutaqaddim (eng avvalgi) ulamolar yo\u02bblidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shariat ilmlari o\u02bbz-o\u02bbzidan shakllanib qolmagan, balki avloddan-avlodga o\u02bbtib kelgan ta\u02bclimotdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ilmni sahobalarga o\u02bbrgatganlar. Sahobalar tobeinlarga, ular esa \u2013 keyingilarga. Bizga yetib kelgan har bir hadis, har bir fiqhiy masala shu silsilaning mahsulidir. Ba\u02bczilar bunday deydi: \u201cModomiki, sen \u201cAlloh aytdi, Rasuli aytdi, Rasulullohning so\u02bbzlarini sahobalar mana bunaqa tushungan ekan\u201d deyapsan ekan, demak, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48236,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-13T04:44:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-11T06:48:35+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"851\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz\",\"name\":\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-13T04:44:00+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-11T06:48:35+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg\",\"width\":660,\"height\":851},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-13T04:44:00+00:00","article_modified_time":"2026-02-11T06:48:35+00:00","og_image":[{"width":660,"height":851,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz","name":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg","datePublished":"2026-02-13T04:44:00+00:00","dateModified":"2026-02-11T06:48:35+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/uzilmas1302.jpg","width":660,"height":851},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48235&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SAHOBA VA ULAMOLAR \u2013 UZILMAS SILSILA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48235"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48235"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48235\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48237,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48235\/revisions\/48237"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48236"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48235"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48235"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48235"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}