{"id":48162,"date":"2026-02-09T09:03:08","date_gmt":"2026-02-09T04:03:08","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162"},"modified":"2026-02-06T18:17:59","modified_gmt":"2026-02-06T13:17:59","slug":"alisher-navoiyning-sabai-sayyor-dostonida-arab-leksik-qatlamining-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz","title":{"rendered":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy \u2013 buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi bo\u2018lib, o\u2018zbek adabiy tilining rivojlanishiga ulkan hissa qo\u2018shgan. U o\u2018z asarlarida til imkoniyatlaridan samarali foydalanib, arab va fors tillarining leksik qatlamlarini o\u2018ziga xos mahorat bilan uyg\u2018unlashtirgan. Xususan, \u201cSab\u2019ai Sayyor\u201d dostonida arabcha so\u2018zlarning qo\u2018llanilishi, ularning semantik va stilistik jihatlari, poetik tasvirning boyitilishidagi o\u2018rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola Navoiyning til me\u2019yorlariga munosabati, uning asarlaridagi arabcha leksik qatlamning xususiyatlari hamda badiiy ifoda usullarini tahlil etishga bag\u2018ishlangan. Bu maqolada nafaqat Navoiy tilining o\u2018ziga xos jihatlari yoritiladi, balki o\u2018sha davr o\u2018zbek adabiy tilining umumiy xususiyatlari ham ochib beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy o\u2018zining barcha asarlarida til qonuniyatlariga to\u2018liq amal qilib, o\u2018zbek adabiy tilining imkoniyatlaridan unumli foydalangan. \u201cSab\u2019ai sayyor\u201d dostonida o\u2018zbek tili bilan birga, arab va fors tillari leksikonlarini ham mohirona istifoda qila olgan. Bu holat doston matnida tabiat tasviri ifodalangan misralarda ko\u2018p uchraydi. Masalan:<\/span><\/p>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0633\u0628\u0632\u0647 \u0627\u0637\u0631\u0627\u0641\u0641\u064a\u062f\u0627 \u0646\u0633\u064a\u0645 \u0628\u0647\u0627\u0631\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u0633\u0645\u0646 \u0648 \u0633\u0646\u0628\u0644 \u0622\u0686\u062a\u064a \u0644\u064a\u0644 \u0648\u0646\u0647\u0627\u0631<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u062d\u0631\u0643\u062a \u0628\u0631\u0644\u0627 \u0627\u0648\u0644 \u062e\u062c\u0633\u062a\u0647 \u0646\u0633\u064a\u0645\u00a0\u00a0 \u0633\u0627\u0686\u062a\u0649 \u0643\u0644 \u0628\u0627\u0634\u064a\u063a\u0627 \u0633\u0645\u0646 \u062f\u064a\u0646 \u0633\u064a\u0645<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0637\u0631\u0647 \u0633\u064a\u063a\u0647 \u062a\u0648\u0643\u0648\u0628 \u0628\u0646\u0641\u0634\u0647 \u0639\u0628\u064a\u0631\u00a0\u00a0\u00a0 \u0639\u0637\u0631\u0649 \u0627\u064a\u062a\u0649 \u062f\u0645\u0627\u063a\u0649 \u063a\u0627 \u062a\u0627\u062b\u064a\u0631<\/span><\/strong><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0698\u0627\u0644\u0647 \u062c\u0633\u0645\u064a\u0646 \u0627\u0648\u0631\u0648\u0628 \u0646\u0643\u0648\u0646 \u0642\u064a\u0644\u062f\u0649\u00a0\u00a0 \u0643\u0645 \u062a\u0646\u064a\u0646 \u0636\u0631\u0628\u064a \u0646\u064a\u0644\u0643\u0648\u0646 \u0642\u064a\u0644\u062f\u0649 [2]<\/span><\/strong><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Sabza atrofida nasimi bahor, sumanu sunbul ochti laylu nahor.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>H<\/em><em>arakat birla ul xujasta nasim,<\/em> <em>s<\/em><em>ochti gul boshig\u2018a sumandin siym.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Turrasig\u2018a to\u2018kub binafsha abir,<\/em><em> a<\/em><em>tri etti dimog\u2018ig\u2018a ta\u2019sir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jola jismin urub nigun qildi<\/em><em>,<\/em> <em>k<\/em><em>im, tanin zarbi nilgun qildi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu misralarda Navoiy tabiat tasviri obyektini tanlar ekan, uni yorqin ifodalaydigan aniq poetik so\u2018zlardan foydalangan. Masalan: \u201cnasim\u201d &#8211; \u201c\u0646\u0633\u064a\u0645\u201d \u2013 shabada (\u0646\u0633\u064a\u0645 \u0628\u0647\u0627\u0631 \u2013 nasimi bahor, ma\u2019nosi: bahor shabadasi), \u201clayl\u201d \u2013 \u201c\u0644\u064a\u0644\u201d \u2013 tun, \u201cabir\u201d \u2013 \u201c\u0639\u0628\u064a\u0631\u201d \u2013 xushbo\u2018y, \u201catri\u201d \u2013 \u201c\u0639\u0637\u0631\u201d \u2013 hid ma\u2019nolarini ifodalashda arabcha so\u2018zlarni qo\u2018llagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Izlanishlar dostonda arab tilidan o\u2018zlashgan leksik birliklar katta qatlamni tashkil etishini ko\u2018rsatdi. \u201cNavoiy tilida arabizmlarning ko\u2018p yoki oz foizni tashkil etishi, birinchidan, o\u2018sha davrning o\u2018zbek adabiy tili spetsifik xususiyatlari bilan izohlansa, ikkinchidan, shoirning arab tiliga bo\u2018lgan munosabati\u201d [1:116], asarlarining janr xususiyatlari, ifoda qilinayotgan g\u2018oyaviy mazmun, yuqori darajadagi badiiy uslub va mumtoz poetik san\u2019at bilan aloqadordir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navoiy asarlarida qo\u2018llangan arabcha so\u2018zlarning leksik birliklari shoir tomonidan o\u2018zlashtirilmagan, balki ularning ko\u2018p qismi arab adabiy tili an\u2019analari, shuningdek, fors tili orqali o\u2018tgan. Bu so\u2018zlar Navoiygacha yashagan va undan keyingi davr so\u2018z ustalarining asarlarida ham keng qo\u2018llangan. Aniqrog\u2018i, turkiy tillardagi, jumladan, o\u2018zbek tilidagi arabcha so\u2018zlar, arab tilining o\u2018zidan o\u2018zlashgan bo\u2018lsa, ikkinchidan, XV asrdagi adabiy tillardan biri hisoblangan fors tili orqali ham kirib kelgan. Bu haqda Navoiy shunday yozadi: \u201c&#8230; chun mazkur bo\u2018lgon qoida bilakim ado topdi \u2013 mayl forsiy sori bo\u2018ldi\u201d [1:119]. Alisher Navoiy turkiy tilning rivojlanishiga faqatgina shoh asarlar yaratish bilangina emas, balki uni nazariy jihatdan ham boyitish orqali katta hissa qo\u2018shgan. Uning bu yo\u2018nalishdagi muhim ishlaridan biri 1499-yilda yaratilgan \u201cMuhokamatul lug\u2018atayn\u201d (\u201cIkki til muhokamasi\u201d) asaridir. Mazkur asarda Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslab, turkiy tilning boyligi va keng imkoniyatlarga ega ekanini isbotlab bergan. Navoiyning fikricha, \u201carab tili bunday ulug\u2018lanishga muhtoj emas, hech shubhasiz, u barcha tillardan mumtoz va \u201cmo\u02bbjizatiroz\u201ddir, chunki Allohning kalomi va Rasuli akram hadislari shu tilda yaratilgan\u201d [3:187].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSab\u2019ai sayyor\u201d dostonidagi arabcha so\u2018zlar ijtimoiy, astronomik, madaniy, maishiy hayotning turli terminlariga oid bo\u2018lib, ko\u2018pchiligi mavhum tushunchalarni ifodalaydi. Bu so\u2018zlar asarning ma\u2019naviy va qadriyatga oid negizini tashkil etar ekan, turli sohalardagi bilimlar uyg\u2018unligini namoyon etadi. Jumladan, astronomik atamalar o\u2018sha davrdagi sayyoralar harakati va koinot tuzilishi haqidagi tasavvurlarni aks ettirsa, ijtimoiy terminlar jamiyat tuzilishi, ijtimoiy munosabatlar va odob-axloq me\u2019yorlariga doir tasavvurni ifodalaydi. Madaniy atamalar esa, o\u2018z navbatida, tarixiy meros, san\u2019at va adabiyot bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, dostonning umuminsoniy ma\u2019nosi va estetik qiymatini oshiradi. Shu bilan birga, maishiy hayotga oid so\u2018zlar kundalik turmush tarzi, urf-odatlar va marosimlarning badiiy talqinida muhim o\u2018rin tutadi. Shu jihatdan doston faqatgina badiiy asar bo\u2018lib qolmay, unga O\u2018rta asrlardagi arab-islom sivilizatsiyasining ilm-fan va ma\u2019naviy merosi bilan bog\u2018liq muhim manba sifatida ham qaraladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Doston leksikasidagi arabcha so\u2018zlarni stilistik jihatdan ikki kategoriyaga bo\u2018lish mumkin:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keng iste\u2019mol qilingan \u2013 neytral so\u2018zlar.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adabiy-kitobiy so\u2018zlar.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keng iste\u2019mol qilingan arabcha so\u2018zlar asarda turli ma\u2019nolarni ifodalashi, har xil stilistik funksiyalarni bajarishi bilan xarakterlanadi. Badiiylik, obrazlarni jozibali ifodalashda Navoiy bu so\u2018zlar yordamida katta imkoniyatga ega bo\u2018lgan. Quyida keltirilayotgan so\u2018zlar doston leksikasida juda faol qo\u2018llangan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201csori\u201d<strong><em> \u0633\u0627\u0631\u064a<\/em><\/strong>\u2013 tomon, taraf \/169 dostonda kelgan arabcha so\u2018zlarning 7.6% ini tashkil qilgan, (\u0633\u064e\u0631\u064e\u0649 \u2013 \u201cbormoq, yurmoq\u201d fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi) dostonda:\u064a\u0648\u0632 \u0633\u0627\u0631\u064a \u00a0&#8211; \u201cyuz sori\u201d, \u0628\u064a\u0631 \u0633\u0627\u0631\u064a \u2013 \u201cbir sori\u201d, \u0633\u0648\u0644 \u0633\u0627\u0631\u064a &#8211; \u201cso\u2018l sori\u201d kabi iboralarda kelgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201chol\u201d<strong><em>\u062d\u0627\u0644<\/em><\/strong> \u2013 \u201cahvol, kayfiyat, xususiyat, payt\u201d \/142 \/6.4%, (\u062d\u064e\u0644\u064e\u0627\u2013 \u201cbo\u2018shamoq\u201d fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cxo\u2018ja\u201d<strong><em>\u062e\u0648\u0627\u062c\u0647<\/em><\/strong> \u2013 xo\u2018ja \/ 109 \/ 4.9%, (\u062e\u0648\u0627\u062c\u0647 \u2013 xorijdan kelgan kishilar arab tilida shunday ataladi [4]);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cahl\u201d <strong><em>\u0623\u064f\u0647\u0652\u0644\u064c<\/em><\/strong> \u2013 aholi, yashovchi, qarindosh, oila \/ 99 \/ 4.5%, (\u0623\u064e\u0647\u064e\u0644\u064e \u2013 \u201cuylanmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cnav\u201d <strong><em>\u0646\u064e\u0648\u0652\u0639\u064c<\/em><\/strong>\u2013 tur \/97\/4.4%\/ (\u0646\u064e\u0627\u0639\u064e \u2013 \u201cturli xil bo\u2018lmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201colam\u201d <strong><em>\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0645\u064c<\/em><\/strong> \u2013 olam, dunyo \/ 95 \/ 4.3% \/ (\u0639\u0644\u0645 \u2013 \u201cbelgi qo\u2018ymoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cqasr\u201d <strong><em>\u0642\u064e\u0635\u0652\u0631\u064c<\/em><\/strong> \u2013 qasr \/ 86 \/ 3.9%\/ (\u0642\u0635\u0631 \u2013 \u201cqisqa qilmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cg\u2018am\u201d<strong><em>\u063a\u064e\u0645\u0651\u064c<\/em><\/strong> \u2013 xafalik, g\u2018am \/ 68 \/ 3.1% \/ ( \u063a\u064e\u0645\u0651\u064e \u2013 \u201cxafa bo\u2018lmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cishq\u201d <strong>\u0639\u0634\u0642<\/strong> \u2013 sevgi, ishq \/ 67 \/ 3% \/ (\u0639\u0634\u0642 \u2013 \u201csevmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201csifot\u201d <strong><em>\u0635\u0650\u0641\u064e\u0627\u062a<\/em><\/strong> \u2013 sifatlar, xususiyatlar \/ 65 \/ 2.9% \/ (\u0648\u0635\u0641 \u2013 \u201csifatlamoq\u201d fe\u2019lining masdari <strong>\u0635\u0650\u0641\u064e\u0629\u064c<\/strong> \u2013 sifat, xususiyat so\u2018zining muannas to\u2018g\u2018ri ko\u2018pligi) va boshqa shu kabi o\u2018zlashmalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dostondagi adabiy-kitobiy so\u2018zlar grammatik qoidalarga qat\u2019iy rioya qilingan holda qo\u2018llangani bilan xarakterlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan: \u201czohir\u201d <strong>\u0638\u0627\u0647\u0631<\/strong> \u2013 ko\u2018rinib turgan, ochiq-oshkor (\u0638\u0647\u0631 \u2013 \u201cpaydo bo\u2018lmoq\u201d fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201chajr\u201d <strong>\u0647\u062c\u0631<\/strong> \u2013 ayriliq, judolik (\u0647\u062c\u0631 \u2013 \u201cko\u2018chib o\u2018tmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201ciztirob\u201d <strong>\u0627\u0636\u0637\u0631\u0627\u0628<\/strong> &#8211; iztirob (\u0627\u0636\u0637\u0631\u0628 \u2013 \u201cbezovta bo\u2018lmoq\u201d VIII bob fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cmug\u2018anniy\u201d<strong>\u0645\u063a\u0646\u064a<\/strong>&#8211; ashulachi, sozanda, cholg\u2018uchi (\u063a\u064e\u0646\u0651\u064e\u0649\u2013 \u201ckuylamoq\u201d II bob fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201caqiq\u201d<strong>\u0639\u0642\u064a\u0642<\/strong>&#8211; qimmatbaho qizil tosh [5] (\u0639\u0642\u0651\u064e \u2013 \u201cyirtmoq\u201d fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cvisol\u201d <strong>\u0648\u0635\u0627\u0644<\/strong> \u2013 erishuv, yetishuv (\u0648\u0627\u0635\u0644 \u2013 \u201cbog\u2018lanmoq\u201d III bob fe\u2019lining masdari);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201ckavkab\u201d \u0643\u0648\u0643\u0628 \u2013 yulduz (\u0643\u0648\u0643\u0628 \u2013 \u201cyoritmoq\u201d to\u2018rt o\u2018zakli fe\u2019lning aniq daraja sifatdoshi) kabi o\u2018zlashma so\u2018zlar shular jumlasidan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Terminologik jihatdan ijtimoiy sohani ifodalaydigan so\u2018zlar bor bo\u2018lib, ularga: \u201cma\u2019no\u201d \u0645\u0639\u0646\u0649 \u2013 ma\u2019no (\u0639\u064e\u0646\u0651\u064e\u0649 \u2013 \u201cma\u2019no bermoq\u201d fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cmuhandis\u201d <strong>\u0645\u0647\u0646\u062f\u0633<\/strong> \u2013 binokor mutaxassis (\u0647\u0646\u062f\u0633 \u2013 \u201cmuhandis bo\u2018lib ishlamoq\u201d to\u2018rt o\u2018zakli fe\u2019lning aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cmusofir\u201d <strong>\u0645\u0633\u0627\u0641\u0631<\/strong> \u2013 safar qiluvchi, sayr qiluvchi (\u0633\u0627\u0641\u0631 \u2013 \u201csafar qilmoq\u201d III bob fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cqosid\u201d <strong>\u0642\u0627\u0635\u062f<\/strong> \u2013 xabarchi, elchi, chopar (\u0642\u0635\u062f \u2013 \u201cmaqsad qilmoq\u201d fe\u2019lining aniq daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cmaqsud\u201d <strong>\u0645\u0642\u0635\u0648\u062f<\/strong> \u2013 maqsad, istak (\u0642\u0635\u062f \u2013 \u201cmaqsad qilmoq\u201d fe\u2019lining majhul daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cg\u2018aroyib\u201d \u063a\u0631\u0627\u0626\u0628 \u2013 qiziq narsalar, kamyob narsalar, (\u063a\u0631\u0628- \u201cqiziqarli bo\u2018lmoq\u201d fe\u2019lining masdari \u063a\u0631\u064a\u0628\u0629 \u2013 qiziq so\u2018zining siniq ko\u2018pligi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201culum\u201d <strong>\u0639\u0644\u0648\u0645<\/strong> \u2013 ilmlar (\u0639\u0644\u0645 \u2013 \u201cilm olmoq\u201d fe\u2019lining masdari, \u0639\u0650\u0644\u0652\u0645\u064c \u2013 ilm so\u2018zining siniq ko\u2018pligi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cmanzur\u201d <strong>\u0645\u0646\u0638\u0648\u0631<\/strong> \u2013 ko\u2018rilgan, ko\u2018ringan, maqbul bo\u2018lgan (\u0646\u0638\u0631 \u2013 \u201cqaramoq\u201d fe\u2019lining majhul daraja sifatdoshi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201chikoyat\u201d <strong>\u062d\u0643\u0627\u064a\u0627\u062a<\/strong>&#8211; hikoyalar, ma\u2019lumotlar (\u062d\u0643\u0649 \u2013 \u201cgapirib bermoq, hikoya qilmoq\u201d fe\u2019lining masdari, \u062d\u0643\u0627\u064a\u0629 so\u2018zining muannas to\u2018g\u2018ri ko\u2018pligi);<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201czamon\u201d <strong>\u0632\u0645\u0627\u0646<\/strong> \u2013 zamon, dam-badam, har chog\u2018 (\u0632\u0645\u0646 \u2013 \u201cvaqtlar oralig\u2018ida bo\u2018lmoq\u201d fe\u2019lining masdari) kabi o\u2018zlashmalar kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poetik so\u2018zlar odatda kitobiy tilga xos bo\u2018lib, ular obrazning poetik tasvirini ochishda, qahramonlarning ichki kechinmalari, ruhiy holati va vaziyatini ifodalashda, shuningdek, badiiy tasvirning rang-barangligini ta\u2019minlashda muhim rol o\u2018ynaydi. Bunday so\u2018zlarga quyidagilar kiradi: muanbar \u0645\u0639\u0646\u0628\u0631 &#8211; , munojot \u0645\u0646\u0627\u062c\u0627\u062a -, munis \u0645\u0648\u0646\u064a\u0633 &#8211; , murod \u0645\u0631\u0627\u062f &#8211; , mushtoq\u0645\u0634\u062a\u0627\u0642 &#8211; , mojaro\u0645\u0627\u062c\u0631\u0627 &#8211; , mahram\u0645\u062d\u0631\u0645 &#8211; , muhabbat\u0645\u062d\u0628\u062a &#8211; , malak\u0645\u0644\u0643 &#8211; , majlis\u0645\u062c\u0644\u0633 &#8211; , ishq\u0639\u0634\u0642 &#8211; , oshiq\u0639\u0627\u0634\u0642 &#8211; , ayon \u0639\u064a\u0627\u0646 &#8211; , vafo\u0648\u0641\u0627\u0621 &#8211; , vasl\u0648\u0635\u0644 &#8211; , aflok\u0623\u0641\u0644\u0627\u0643 &#8211; , atr\u0639\u0637\u0631 &#8211; , mahbub\u0645\u062d\u0628\u0648\u0628 &#8211; , ma\u2019shuq\u0645\u0639\u0634\u0648\u0642 &#8211; , in\u2019om\u0627\u0646\u0639\u0627\u0645 &#8211; , hajr\u062d\u062c\u0631 &#8211; , azm\u0639\u0632\u0645 &#8211; , nukta\u0646\u0643\u062a\u0629- , ziynat\u0632\u064a\u0646\u062a &#8211; , jannat\u062c\u0646\u062a -. Ushbu so\u2018zlar arab tilidan o\u2018zlashgan bo\u2018lib, poetik nutqning boyligini oshirishda alohida ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dostonda o\u2018sha davrning adabiy tilidagi fonetik va grammatik imkoniyatlardan to\u2018liq foydalanilgan. Ammo tildagi tarixiy taraqqiyot ta\u2019siri bilan ba\u2019zi so\u2018zlarda fonetik o\u2018zgarishlar yuz bergan. Masalan, dostonda 3 marta qo\u2018llangan: \u0642\u064f\u0641\u0652\u0644 &#8211; qulf so\u2018zi, 2 marta foydalanilgan \u0645\u064e\u0631\u0652\u062d\u064e\u0645 &#8211; mahram, \u062e\u062f\u0645\u062a \u2013 xizmat, \u0643\u0627\u0641 \u2013 kaft, \u0648\u062c\u0647 \u2013 aft, yuz, chehra kabi arabcha so\u2018zlar hech o\u2018zgarishsiz arab tilidagi shaklini saqlab qo\u2018llangan bo\u2018lsa, hozirgi tilimizda <em>qulf<\/em>, <em>mahram<\/em>, xizmat (t-d), kaft (\u201ct\u201dning orttirilishi) holatida ishlatiladi. Bu hodisa tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo\u2018lgan fonetik o\u2018zgarishlar natijasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ana shunday o\u2018zgarishlar, bir tomondan, tilning dinamik rivojlanishi va fonetik qonuniyatlarining namoyoni bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, arabcha so\u2018zlarning o\u2018zbek tiliga integratsiya jarayonidagi ta\u2019sirini aks ettiradi. Bu jarayon tilshunoslikda adabiy tildagi tarixiy o\u2018zgarishlarning yorqin namunasi bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy o\u2018z asarlarida o\u2018zbek adabiy tilining imkoniyatlarini keng namoyon etgan holda, arab va fors tillarining leksik boyliklaridan ham mohirlik bilan foydalangan. Xususan, \u201cSab\u2019ai sayyor\u201d dostonidagi arabcha so\u2018zlar poetik nutqning jozibasini oshirib, badiiy ifodaning yanada rang-barang bo\u2018lishiga xizmat qilgan. Ushbu maqolada tahlil qilingan misollar shuni ko\u2018rsatadiki, Navoiy arabcha so\u2018zlarni faqat bezak uchun emas, balki asarning g\u2018oyaviy mazmuni, ma\u2019naviy va badiiy qiymatini oshirish maqsadida ishlatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, bu so\u2018zlarning dostondagi o\u2018rni, ularning stilistik va semantik jihatlari shoirning ijodiy uslubi bilan chambarchas bog\u2018liq. Arabcha leksik qatlamning qo\u2018llanilishi o\u2018sha davrdagi adabiy til me\u2019yorlari va ilmiy-madaniy muhitni aks ettiradi. Navoiy nafaqat o\u2018z asarlari orqali o\u2018zbek adabiy tilini boyitgan, balki uni nazariy jihatdan ham mustahkamlab, tilimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u2018shgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman olganda, Navoiy asarlaridagi arabcha so\u2018zlarning ishlatilishi shoirning ilmiy saviyasi va adabiy tilga bo\u2018lgan yuksak e\u2019tiborining yaqqol ifodasidir. Bu jihatlar Navoiy ijodini o\u2018rganishda muhim ahamiyat kasb etadi va keyingi tadqiqotlar uchun ham dolzarb mavzu hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alisher Navoiy. Asarlar. O\u2018n besh tomlik.14- tom. \u2013 Toshkent: Fan, 1967. \u2013 B. 116.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sab\u2019ai sayyor. \u2013 B. 7.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusupova D. O\u2018zbek mumtoz adabiyoti tarixi. \u2013 \u0411.187.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.almaany.com\/ar\/dict\/ar-ar\/%D8%AE%D9%88%D8%A7%D8%AC%D8%A9\/\">https:\/\/www.almaany.com\/ar\/dict\/ar-ar\/%D8%AE%D9%88%D8%A7%D8%AC%D8%A9\/<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.almaany.com\/ar\/dict\/ar-ar\/%D8%B9%D9%82%D9%8A%D9%82\/\">https:\/\/www.almaany.com\/ar\/dict\/ar-ar\/%D8%B9%D9%82%D9%8A%D9%82\/<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mu\u2019tabarxon MADAYEVA,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cArab tili va adabiyoti al-Azhar\u201d kafedrasi katta o\u2018qituvchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alisher Navoiy \u2013 buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi bo\u2018lib, o\u2018zbek adabiy tilining rivojlanishiga ulkan hissa qo\u2018shgan. U o\u2018z asarlarida til imkoniyatlaridan samarali foydalanib, arab va fors tillarining leksik qatlamlarini o\u2018ziga xos mahorat bilan uyg\u2018unlashtirgan. Xususan, \u201cSab\u2019ai Sayyor\u201d dostonida arabcha so\u2018zlarning qo\u2018llanilishi, ularning semantik va stilistik jihatlari, poetik tasvirning boyitilishidagi o\u2018rni alohida ahamiyat kasb etadi. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48163,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-09T04:03:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-06T13:17:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz\",\"name\":\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-09T04:03:08+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-06T13:17:59+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-09T04:03:08+00:00","article_modified_time":"2026-02-06T13:17:59+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz","name":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg","datePublished":"2026-02-09T04:03:08+00:00","dateModified":"2026-02-06T13:17:59+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/navoiy0902.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48162&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ALISHER NAVOIYNING \u201cSAB\u2019AI SAYYOR\u201d DOSTONIDA ARAB LEKSIK QATLAMINING TAHLILI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48162"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48162"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48162\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48164,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48162\/revisions\/48164"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48163"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48162"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48162"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48162"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}