{"id":48060,"date":"2026-02-04T10:01:26","date_gmt":"2026-02-04T05:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060"},"modified":"2026-02-03T10:09:44","modified_gmt":"2026-02-03T05:09:44","slug":"to%ca%bby-va-marosimlarni-o%ca%bbtkazish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz","title":{"rendered":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>TO\u02bbY VA MA\u02bcRAKA<\/strong><strong> MAROSIMLARINI O\u02bbTKAZISH<\/strong><strong> XUSUSIDA<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an\u02bcanalarini o\u02bbzida aks ettirgan to\u02bby, oilaviy tantana, ma\u02bcraka va marosimlarni o\u02bbtkazishda isrofgarchilik, xalqimizning milliy urf-odatlari va an\u02bcanalariga hurmatsizlik kabi illatlar ko\u02bbzga tashlanmoqda. O\u02bbrganishlar tahlili ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini ko\u02bbrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to\u02bby marosimlari va ularni o\u02bbtkazishga sarflanadigan katta xarajatlar tufayli qarzga botmoqda va oqibatda turli ko\u02bbngilsizliklar ro\u02bby bermoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki ba\u02bczi fuqarolar to\u02bby, oilaviy tantana, ma\u02bcraka va marosimlarni dabdaba bilan o\u02bbtkazishni qo\u02bbshnilar va qarindoshlar tomonidan bo\u02bbladigan tanqidlardan, qoralashdan, umuman olganda, ijtimoiy tazyiqdan xalos bo\u02bblish vositasi sifatida tushunmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o\u02bbrtasida turli ziddiyatlarga olib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aksariyat aholi, ayniqsa, xotin-qizlar ongida to\u02bby, oilaviy tantana, ma\u02bcraka va marosimlarda qiz tomonning sarf-xarajatlari qanchalik yuqori bo\u02bblsa, qaynona-kelin munosabatlari shunchalik yaxshi bo\u02bbladi, degan noto\u02bbg\u02bbri tasavvur tobora mustahkamlanib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNikoh to\u02bby\u201d, \u201cxatna to\u02bby\u201d va turli yoshlarda nishonlanadigan yubiley to\u02bbylaridan tashqari \u201ccharlar\u201d, \u201caqiqa\u201d, \u201cmuchal to\u02bbyi\u201d, \u201cqiz majlis\u201d, \u201ckuyov chaqiriq\u201d, hayitda \u201ckelin ko\u02bbrish\u201d kabi turli to\u02bby va marosimlar ommalashib, katta sarf-xarajat talab qiluvchi tadbirga aylanib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday to\u02bby va marosimlarning kim o\u02bbzarga o\u02bbtkazilishi shunday tadbirlarni o\u02bbtkazishga mo\u02bbljallangan hashamatli to\u02bbyxona va restoranlar qurilishini avj oldirib, katta biznesga aylanib ketdi. Aksariyat to\u02bbyxona egalari ixcham va kamxarj o\u02bbtkazish niyatida bo\u02bblgan fuqarolardan to\u02bby, oilaviy tantana, ma\u02bcraka va marosimlarni o\u02bbtkazishda belgilangan qoidalarga zid ravishda to\u02bby xarajatlarini sun\u02bciy ravishda ikki-uch baravar oshirib, ehtiyojdan ortiq noz-ne\u02bcmatlarni to\u02bby dasturxoniga qo\u02bbyib, katta isrofgarchilikka yo\u02bbl qo\u02bbymoqda. Bunday tantanalarda san\u02bcatkorlar qimmat narxda xizmat ko\u02bbrsatmoqda. Turli shou chiqishlaridagi milliy qadriyat va urf-odatlarimizga zid xatti-harakatlar yoshlar tarbiyasiga putur yetkazmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur beqaror vaziyat ming-minglab oilalarning hayoti va ijtimoiy ahvoliga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan ma\u02bcnaviy muhitga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatib, buning natijasi o\u02bblaroq oilaviy nizo va ajrimlar ortmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq bunday marosimlarni tashkil etayotgan shaxslarda tadbirlarni yanada hashamatliroq joylarda o\u02bbtkazishga, yutuqlarini ko\u02bbz-ko\u02bbz qilishga, moddiy mavqei bilan maqtanishga intilish ham kuchayib bormoqda. Shu bois, to\u02bby, oilaviy tantana va ma\u02bcraka marosimlarni o\u02bbtkazish bilan bog\u02bbliq ushbu ziddiyatli vaziyatni bartaraf etish maqsadida 2019-yil 14-sentyabrda O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining \u201cTo\u02bbylar, oilaviy tantanalar, ma\u02bcraka va marosimlar o\u02bbtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qo\u02bbshma qarori e\u02bclon qilindi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>. Ushbu qaror asosida \u201cTo\u02bbylar, oilaviy tantanalar, ma\u02bcraka va marosimlarni<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">o\u02bbtkazishni tartibga solish to\u02bbg\u02bbrisidagi\u201d Nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizom to\u02bby va boshqa marosimlarni o\u02bbtkazish bilan bog\u02bbliq munosabatlarni tartibga solishga hamda xalqimizning milliy urfodatlari, ma\u02bcnaviyati, madaniyati, an\u02bcanalari va qadriyatlarini hurmat qilishga, jamoat tartibini saqlashga, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga, oilaviy tadbirlarni o\u02bbtkazishda shuhratparastlik, dabdaba va isrofgarchilikning oldini olishga qaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimiz barqaror hayot kechirish uchun tejamkor bo\u02bblish va isrofdan saqlanishga buyuradi. Bunga amal qilgan ota-bobolarimiz har bir ne\u02bcmatni e\u02bczozlab, ularni uvol qilmaslikka uringan. Aslida to\u02bby va ma\u02bcraka marosimlarida haddan oshish va isrofga yo\u02bbl qo\u02bbyish savob o\u02bbrniga gunoh orttirishga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratib, ularga Yer yuzini makon qilib berdi va behisob ne\u02bcmatlarni ato etdi. Bu ne\u02bcmatlardan oqilona foydalanishga, tejab-tergab ishlatishga, isrofga yo\u02bbl qo\u02bbymaslikka chaqirdi. Isrof dinimizda qattiq qoralangan. Bu borada Qur\u02bconi karimda bunday buyurilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c&#8230;Shuningdek, yenglar, ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda isrofning zarari, isrof qiluvchining mazammati haqida bir qancha oyatlar bor. Alloh taolo aytadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201c<\/strong>(Baxillik qilib) <strong>qo\u02bblingizni bo\u02bbyningizga bog\u02bblab ham olmang. <\/strong>(Isrofgarchilik qilish bilan) <strong>uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda, malomat va mahrumlikda o\u02bbtirib qolursiz\u201d<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cSeni ikki xislat \u2013 faxrlanish va isrofgarchilik xatoga boshlamasa, xohlaganingni yeb, xohlaganingni ichaver\u201d, deganlar\u201d <\/em><\/strong><em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faxri koinot aytganlaridek<strong><em>: \u201cYenglar, ichinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrofgarchilik va faxrga o\u02bbtmanglar\u201d, \u201cKim hayotda tejamkor bo\u02bblsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi\u201d.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin taassuflar bo\u02bblsinki, bugungi kunga kelib, aksariyat hollarda to\u02bby, ma\u02bcraka va marosimlarda isrofgarchilikka yo\u02bbl qo\u02bbyilmoqda. Yeyishga yaroqli ko\u02bbplab noz-ne\u02bcmatlar uvol bo\u02bblmoqda. Bunday to\u02bby va marosimlarni o\u02bbtkazgan xonadonlar boshiga qarzdorlik balosi, oilaviy ajrim kabi og\u02bbir kulfatlar tushmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birgina nahorgi oshga bir necha yuzlab mehmonlarga to\u02bbkin dasturxon yozilmoqda. To\u02bby kelar, sabzi to\u02bbg\u02bbrar, nikoh bazmi, charlar, chaqiriq, hayit, undan keyin qovurdoq, beshikto\u02bby kabi turfa yangi marosimlar urfga kirmoqda. Shuningdek, qimmatbaho mebel, hashamatli parda va sarpolar sovg\u02bba qilish majburiyatga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida to\u02bby va marosimlarga sarflanayotgan ortiqcha mablag\u02bblar yoshlarning kelajak hayotida asqatadigan ilm olishiga, kasb-hunar o\u02bbrganishiga, kam ta\u02bcminlangan yaqinlar ehtiyojiga sarflansa, ajru savobi ko\u02bbp bo\u02bbladi. Chunki Alloh taolo insoniyatga hayot, sog\u02bbliq, oila, mol-mulk kabi ulkan ne\u02bcmatlar in\u02bcom etish bilan birga, ulardan to\u02bbg\u02bbri foydalanishga ham buyurgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qilinadi: <strong>\u201cSo\u02bbngra ana o\u02bbsha Kunda, albatta, <\/strong>(sizlarga ato etilgan barcha) <strong>ne\u02bcmatlar to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbroq qilinursizlar!\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, halol mehnat ortidan topilgan boylikning xayrli ishlarga, avvalo, ko\u02bbmakka muhtoj insonlar ehtiyojlariga sarflanishi chinakam saxovatdir. Hazrat Navoiy \u201cHurmatga loyiq odamlar muhtojlikka tushib qolsa yoki keksalik tufayli kasb-hunar qila olmay qolsa va tilanishga tili bormasa, ularga rahm qilmoqni g\u02bbanimat bil va qo\u02bblingdan kelganicha ehson qil. Lekin yigit kishining qo\u02bblidan ketmon chopish kelsa, o\u02bbtin tashimoqni uddalasa, unga ehson qilgan kishi Alloh molini zoye qilgan bo\u02bbladi\u201d<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>, deydi. Yana ta\u02bckidlaydiki, \u201cIsrof qilish saxovat emas, o\u02bbrinsiz sovurishni aqlli kishilar saxiylik demaydilar. Halol molni kuydirganni devona deydilar, yorug\u02bb joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar\u201d<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan ehson va xayr-saxovatni amaldor va puldorlarga emas, balki miskin va muhtojlarga qilish lozim ekanini anglash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nikoh to\u02bbyi sunnat marosimlardan bo\u02bblib, to\u02bby marosimi kuyov tomonidan kelin sharafiga uyushtiriladi va ularning nikohi e\u02bclon qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chaqaloqning tug\u02bbilishi bilan bog\u02bbliq aqiqa marosimi ham sunnat amallardandir. Mazkur marosim oilada yangi tug\u02bbilgan farzand va uning onasi haqiga shukrona sifatida o\u02bbtkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bby va marosimlarni ixcham, kamtarona o\u02bbtkazish azaldan targ\u02bbib etib kelingan. Jumladan, Abdurauf Fitrat: \u201cNikoh er-xotinning hayotda sheriklik qilishining ahdu paymon bitimi bo\u02bblib, uni shodonlik va xursandchilik bilan o\u02bbtkazish lozim. To\u02bby munosabati bilan bir qator yor-birodarlar yig\u02bbilgan holda xursandchilik qilib, samimiy suhbat qilsa, albatta, ular o\u02bbrtasidagi mehr ziyoda bo\u02bbladi. Buning ustiga, qancha miskin va muhtoj odamlar shu mavrid bilan to\u02bby ne\u02bcmatlaridan bahramand bo\u02bbladi. Shu sababli, to\u02bby foydali marosimdir. Lekin to\u02bby foydali bo\u02bblsa ham, uni o\u02bbtkazishda chegaradan oshish zarardan boshqa narsa emas\u201d<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>, deb yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizda marhumlar xotirasini yod etish bilan bog\u02bbliq uch, yetti, yigirma, qirq, yil, payshanbalik va yakshanbalik kabi marosimlarni o\u02bbtkazish ham ommalashmoqda. Ba\u02bczida ma\u02bcraka marosimlari to\u02bbyxona va restoranlarda yuzlab mehmonlarga to\u02bbkin dasturxon yoziladi. Aslida bu kabi marosimlarni o\u02bbtkazish shariatda belgilanmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, haj va umra ziyoratini ado etib qaytganlar orasida osh berish yoki amri-ma\u02bcruf o\u02bbtkazish odat tusiga kirgan. Lekin shariatda biror ibodat amalini bajargandan keyin osh berish lozimligi aytilmagan. Vaholanki, ushbu amalni bajarish orqali kishi oddiy bandalik vazifasini o\u02bbtaydi, xolos. Xulosa o\u02bbrnida ulug\u02bb mutafakkir Umar Hayyomning quyidagi to\u02bbrtligini keltiramiz:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Muhtojlik kuyida bir dilni ovla,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Yurakka yaqinroq ma\u02bcqulni ovla.<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ming ka\u02bcba safari bir dilcha turmas,<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Makkada nima bor, ko\u02bbngilni ovla<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><strong>[8]<\/strong><\/a><\/p>\n<p><\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> https:\/\/lex.uz\/docs\/5153833<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> A\u02bcrof surasi, 31-oyat \/\/ Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. \u2013 T., 2020. \u2013 B.95.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Isro surasi, 29-oyat \/\/ Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. \u2013 T., 2020. \u2013 B.181.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Takosur surasi, 8-oyat \/\/ Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. \u2013 T., 2020. \u2013 B.463.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Alisher Navoiy. Mahbubul qulub (Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyatlar). Hozirgi o\u02bbzbek tiliga tabdil. \u2013 T.: Sano-standart, 2018. \u2013B. 153-154<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Alisher Navoiy. Mahbubul qulub (Qalbga mahbub hikmatlar va hikoyatlar). Hozirgi o\u02bbzbek tiliga tabdil. \u2013 T.: Sano-standart, 2018. \u2013B. 108<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Abdurauf Fitrat. Oila. 5 jildlik tanlangan asarlar. IV jild. \u2013 T.: Ma\u02bcnaviyat, 2006. \u2013 B.238-239.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Aql aqldan quvvat oladi (Hikmatli so\u02bbzlar, aforizmlar va maqollar) . \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 1967. \u2013 B.42.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baxtiyor TURSUNOV,<\/span><\/strong><br \/>\n<strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TO\u02bbY VA MA\u02bcRAKA MAROSIMLARINI O\u02bbTKAZISH XUSUSIDA So\u02bbnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an\u02bcanalarini o\u02bbzida aks ettirgan to\u02bby, oilaviy tantana, ma\u02bcraka va marosimlarni o\u02bbtkazishda isrofgarchilik, xalqimizning milliy urf-odatlari va an\u02bcanalariga hurmatsizlik kabi illatlar ko\u02bbzga tashlanmoqda. O\u02bbrganishlar tahlili ushbu sohada bir qator jiddiy muammo va kamchiliklar hamon saqlanib qolayotganini ko\u02bbrsatmoqda. Xususan, ayrim fuqarolar dabdabali to\u02bby marosimlari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":48061,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-02-04T05:01:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-02-03T05:09:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"462\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz\",\"name\":\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg\",\"datePublished\":\"2026-02-04T05:01:26+00:00\",\"dateModified\":\"2026-02-03T05:09:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg\",\"width\":660,\"height\":462},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-02-04T05:01:26+00:00","article_modified_time":"2026-02-03T05:09:44+00:00","og_image":[{"width":660,"height":462,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz","name":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg","datePublished":"2026-02-04T05:01:26+00:00","dateModified":"2026-02-03T05:09:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/tuymarosim0402.jpg","width":660,"height":462},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=48060&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"TO\u02bbY VA MAROSIMLARNI O\u02bbTKAZISH TARTIBI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48060"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=48060"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48060\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":48062,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/48060\/revisions\/48062"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/48061"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=48060"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=48060"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=48060"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}