{"id":47888,"date":"2026-01-26T11:47:10","date_gmt":"2026-01-26T06:47:10","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888"},"modified":"2026-01-26T11:47:10","modified_gmt":"2026-01-26T06:47:10","slug":"o%ca%bbzbekistonda-ma%ca%bcnaviy-islohotlarning-yangi-bosqichi-boshlanmoqda-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz azal-azaldan millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag\u02bbrikenglik, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish tamoyillariga amal qilib kelgan. Bugungi O\u02bbzbekiston zaminida asrlar davomida ko\u02bbplab din vakillari tinch-osuda istiqomat qilgan va hozir ham shunday.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbeklar islom diniga e\u02bctiqod qiladi. Ayni paytda biz bilan yonma-yon yashab kelayotgan slavyan yurtdoshlarimizning ota-bobolari ming yil oldin, balki undan ham avval nasroniylikni qabul qilgan. Buddizm uzoq kushonlar davrida keng yoyilgan edi. Shunga qaramay, tarix bu o\u02bblkada diniy asosda biror nizo yuz berganini qayd etgan emas. O\u02bbzbekistonda bugungi avlod ajdodlarning o\u02bbtmishning necha-necha sinovlaridan o\u02bbtgan ana shu asriy an\u02bcanasini munosib tarzda davom ettirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Totuvlik va bag\u02bbrikenglik zamirida birinchi o\u02bbrinda ma\u02bcrifat yotishini inobatga olib aytadigan bo\u02bblsak, alloma ajdodlarimiz faqat ezgulik g\u02bboyalarini targ\u02bbib etgan. Xususan, Imom Moturidiy <em>\u201cCherkov va sinagogalarni barbod qilish taqiqlanadi, ulamolar bu borada hamfikrdir, shu vajdan musulmon o\u02bblkalarida ularga ziyon-zahmat yetmaydi\u201d degan bo\u02bblsa<\/em>, Abu Lays Samarqandiy <em>\u201cAlloh musulmonlarga dini tufayli ular bilan urush qilmagan va diyoridan quvmagan qavmlarga nisbatan yaxshi va odilona muomalada bo\u02bblishni man etmas\u201d<\/em>ligini ta\u02bckidlagan. Burhoniddin Marg\u02bbinoniy diniy bag\u02bbrikenglikni bunday ifoda etgan: <em>\u201cMusulmon o\u02bblkalarida cherkov va ibodatxonalar buzilgan bo\u02bblsa, ularni tiklashga izn beriladi\u201d<\/em>. Maxdumi A\u02bczam esa, diniy asosda kelib chiqishi mumkin bo\u02bblgan har qanday ziddiyat va nizoning ildiziga quyidagi fikr bilan bolta urgan: <em>\u201cDunyoda har xil dinga e\u02bctiqod qiladigan, turli millatga mansub insonlar yashaydi. Lekin bizga ularning qaysi biri haq yo nohaq ekanini belgilash huquqi berilmagan. Kimni mukofotlash, kimni jazolashni Allohning O\u02bbzi biladi. Shuning uchun boshqa odamlarning urf-odatlari, an\u02bcanalari, e\u02bctiqodiga bardoshli bo\u02bbling\u201d<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2 356 diniy tashkilot faoliyat ko\u02bbrsatayotgani, ularning 197 tasi noislomiy konfessiyalarga taalluqli ekani bu fikrning yorqin dalilidir. Bu zaminda 130dan ziyod millat va elat vakillari baqamti yashab kelyapti. Hammasining e\u02bctiqodi har xil. Masjid va madrasalar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan bir qatorda, pravoslav va protestantlik seminariyalari, 165 nasroniy tashkilot, 8 yahudiylik, 6 bahaiylik, bitta krishnaitlik jamoasi, bir buddaviylik ibodatxonasi faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Ular o\u02bbrtasida turli darajada aloqalar qaror topgan, peshvolarning diniy bayramlarda bir-birini tabriklashi go\u02bbzal an\u02bcanaga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston dunyoda diniy ekstremizm va millatparastlik tufayli kelib chiqayotgan nizo va ziddiyatlarni hisobga olgan holda, jamiyatda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik g\u02bboyalarini qaror toptirish va mustahkamlash yo\u02bblidan bormoqda. Bu tinch va osuda hayotni ta\u02bcminlashga, diniy e\u02bctiqodi va millatidan qat\u02bci nazar, har bir fuqaroning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Aslida taraqqiyotning asosi ham jamiyatning osoyishidir. Bunga esa birinchi navbatda bag\u02bbrikenglik orqali erishiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz Prezidentining <strong>\u201cFuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d<\/strong>gi Farmoni birinchi navbatda ana shu ezgu maqsad yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlar ko\u02bblami va samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik ma\u02bcrifatdan kelib chiqishini inobatga olgan holda, Farmonda dastlab diniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo\u02bbnalishlari belgilab berildi. Bular jamiyatda diniy bag\u02bbrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg\u02bbor mexanizmlarni joriy etish, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimiz ma\u02bcnaviy-falsafiy merosini chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etish, odamlar orasida ahillik va birdamlik, o\u02bbzaro ishonch va hurmat ruhini kuchaytirish, mustahkamlash, diniy-ma\u02bcrifiy sohada xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish kabilardan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yo\u02bbnalishlar bo\u02bbyicha belgilangan vazifalarni samarali tarzda hayotga tatbiq etish uchun \u201cBag\u02bbrikeng jamiyat \u2013 barqaror davlat\u201d tamoyili asosida Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita bilan Mahallalar uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qo\u02bbmitasi o\u02bbrtasida yangicha hamkorlik tizimi ishlab chiqiladi va yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Bunda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplarini izchil amalga oshirishda davlat va jamoat tashkilotlarining o\u02bbzaro hamkorligini yo\u02bblga qo\u02bbyish, fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi huquqlarini ta\u02bcminlash, jamiyatda turli diniy konfessiyalar vakillarining o\u02bbzaro ahil-inoq va hamjihat hayot kechirishini qo\u02bbllab-quvvatlash, dinga mansublik asosida ustunlik berish yo kamsitishning, vijdon erkinligi kafolatlarini boshqa har qanday shaklda buzishning oldini olish nazarda tutiladi. Ya\u02bcni, bu ishlar endilikda mahalla faollari, huquq-tartibot organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari jalb etilgan holda amalga oshiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonda shu maqsadda diniy-ma\u02bcrifiy sohaning institutsional asoslarini takomillashtirish ham ko\u02bbzda tutilgan. Unga binoan, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita va Raqamli texnologiyalar vazirligi fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo\u02bbshimcha qulayliklar yaratish, haj va umra ziyoratlariga borishi bilan bog\u02bbliq xizmatlarni ko\u02bbrsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish uchun \u201cHaj va Umra yagona portali\u201d va uning mobil ilovasini ishlab chiqadi. Ushbu portal hajga boruvchilarning yagona elektron navbati va umraga ketadigan ziyoratchilarning elektron ro\u02bbyxati shakllantiriladigan tizimga aylanadi. Unda vazirlik va idoralar axborot tizimlari integratsiya qilingan va mazkur bu ikki ziyorat to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlarni yig\u02bbish va rasmiylashtirish bilan bog\u02bbliq jarayonlar raqamlashtirilgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasini O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlash ham Farmonda belgilangan muhim qarorlardandir. Islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo\u02bblgan boshqa sohalar bo\u02bbyicha kadrlar tayyorlaydigan bu dargoh ta\u02bclim jarayoniga ilg\u02bbor pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning so\u02bbnggi yutuqlarini, yetakchi xorijiy oliy ta\u02bclim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta\u02bclim dasturlarini joriy etadi. U yerda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarida vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga alohida e\u02bctibor beriladi. O\u02bbz navbatida diniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, internet tarmog\u02bbida ta\u02bclim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish, talabalarda yuksak ma\u02bcnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va ta\u02bclim muassasalari bilan yaqin hamkorlik izchil davom ettiriladi. Yosh avlodda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta\u02bclim-tarbiya jarayoni va ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ishlar samaradorligini oshirish doimo davlatning diqqat markazida bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu munosabat bilan, Akademiyaga o\u02bbquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to\u02bblash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash, malaka oshirish va tajriba orttirish uchun o\u02bbz vakillarini boshqa mamlakatlardagi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta\u02bclim muassasalariga yuborish, chet eldan malakali mutaxassislarni jalb qilish, o\u02bbz grifi asosida darsliklar, boshqa o\u02bbquv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish huquqlari berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonda ko\u02bbzda tutilgan yana bir muhim tadbir Buxoroda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishdir. Bu muassasa buyuk ajdodimiz va u asos solgan tariqat allomalarining yuksak insonparvarlik g\u02bboyalarini ilmiy asosda o\u02bbrganish, yosh avlodni bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida targ\u02bbibot ishlarini olib borish, tasavvuf ta\u02bclimoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, Yetti pir va aziz-avliyolarning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini xalqaro maydonda keng targ\u02bbib qilish, naqshbandiylikning ezgu g\u02bboyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag\u02bbishlangan anjuman, konferensiya, ko\u02bbrgazma, seminar-trening, tanlovlar va boshqa turdagi madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni tashkil etish, tasavvuf ta\u02bclimotining ilmiy asoslangan g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilish va ayni paytda soxta tariqatchilikning oldini olish bo\u02bbyicha tavsiyalar ishlab chiqish kabi vazifalar bilan shug\u02bbullanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu tariqa sof tariqat bilan soxtakorlar o\u02bbrtasidagi barcha farq va tafovutlar ochilib, keng jamoatchilik haqiqat bilan botillikni ajratishda o\u02bbz bilim va malakasini yanada oshirishiga imkoniyat yaratiladi. Aqida, diniy mafkura borasida buzg\u02bbunchi kuchlarga qay tarzda raddiyalar berilib, ma\u02bcrifat bilan kurashilayotgan bo\u02bblsa, endi sof tariqatni buzib ko\u02bbrsatadigan, undan g\u02bbarazli maqsadlar yo\u02bblida foydalanishga urinadigan toifalarga ham zalvorli zarba beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Joriy yilning aprel oyida Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlandi. Prezident tashabbusi bilan qadim Samarqandda \u201cMoturidiylik \u2013 bag\u02bbrikenglik, mo\u02bbtadillik va ma\u02bcrifat ta\u02bclimoti\u201d mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o\u02bbtkazildi. Endi yangi Farmon bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muassasa maqomi berilgani alloma bobokalonimiz ruhini shod etadigan yana bir ezgu qaror bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu munosabat bilan Markaz zimmasiga Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimizning boy ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, jahon ilm-fani rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasi bilan jamoatchilikni tanishtirish, asarlarining ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish, Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining ma\u02bcnaviy poydevorini yaratishda ishtirok etish, islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma\u02bcrifiy-madaniy roli va rivojlanish yo\u02bbnalishlarini ilmiy asosda o\u02bbrganish va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazish, ilmiy-tadqiqot va o\u02bbquv-uslubiy masalalarda, pedagog kadrlar va diniy xodimlarning malakasini oshirishda diniy ta\u02bclim muassasalariga amaliy yordam ko\u02bbrsatish, ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot g\u02bboyalar ta\u02bcsiridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqish kabi qo\u02bbshimcha vazifalar yuklanyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmondagi boshqa bir yangilik diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy asosda faoliyat ko\u02bbrsatuvchi Diniy-ma\u02bcrifiy sohada ta\u02bclim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishidir. Diniy-ma\u02bcrifiy sohada ta\u02bclim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas\u02bcul maslahat organi hisoblanadigan ushbu Kengash Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Xalqaro islomshunoslik akademiyasi va boshqa diniy-ma\u02bcrifiy muassasalarning ta\u02bclim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi. Uning asosiy vazifalari sirasiga \u201cUchinchi renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d g\u02bboyasi asosida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosida ulug\u02bblangan vatanparvarlik, bag\u02bbrikenglik kabi umuminsoniy g\u02bboyalarni aholi orasida keng targ\u02bbib etish yo\u02bbnalishlarini belgilash, diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi muassasalar faoliyatini chuqur o\u02bbrganib borish, o\u02bbquv-tarbiya jarayoniga ilg\u02bbor axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish, ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish, soha tashkilotlarida to\u02bbplangan ilmiy-uslubiy ishlanmalar va tajribani tahlil etish asosida ulardagi ta\u02bclim mazmunini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, o\u02bbquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik tamoyillarini ta\u02bcminlash, barcha ta\u02bclim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajariladigan diniy mavzudagi tadqiqotlar mavzu va yo\u02bbnalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni berish kabilar kiritiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonning yakuniy qismi eng muhim va dolzarb masalalardan biriga \u2013 yurtimizda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni yanada mustahkamlashga qaratilgan. Shu maqsadda Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmitaning Konfessiyalar ishlari bo\u02bbyicha kengashi faoliyatini takomillashtirishga qaror qilindi. Bunda avvalo Kengash tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislarni kuzatuvchi sifatida kiritish nazarda tutilmoqda. Shu tariqa uning faoliyati bilan jamoatchilikni yanada keng tanishtirish, ilgari surayotgan g\u02bboyalarini odamlar ongiga chuqurroq singdirish, sa\u02bcy-harakatlariga hamyurtlarimizni ko\u02bbproq jalb etish, xayrixoh insonlar safini kengaytirish imkoniyatlari yuzaga chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kengashga diniy konfessiyalarning muammolari bo\u02bbyicha davlat organlari va nodavlat tashkilotlarga so\u02bbrov, murojaat va tavsiyalar yuborish huquqi ham berilyaptiki, bu faqat uning faoliyati samaradorligini oshirishga, kun tartibidagi masalalarga tezkor yechim topishning yo\u02bblga qo\u02bbyilishiga xizmat qiladi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg\u02bbona viloyatlarida hududiy kengashlar tashkil etilishi yuzaga keladigan muammolarga joyida yechim topish, masalalarni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu borada \u201cxalq diplomatiyasi\u201ddan foydalanish ham nazarda tutilganini alohida ta\u02bckidlab o\u02bbtish kerak. Odamlarning boshini qovushtirish, jipsligi va birdamligini oshirish, bir-birini yaxshiroq tanishi, bilishi, shu orqali o\u02bbzaro ishonch va hurmatni mustahkamlashini ta\u02bcminlashda shaxslararo, jamoalararo munosabatlar muhim ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, Kengash tomonidan turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari o\u02bbrtasida sport musobaqalari, intellektual o\u02bbyinlar, madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlar tashkil etish mo\u02bbljallanmoqda. Buning samarasi o\u02bbzini uzoq kuttirmasligi aniq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, Prezidentimizning mazkur Farmoni O\u02bbzbekistonda totuvlik va bag\u02bbrikenglik, ilm-ma\u02bcrifat va bunyodkorlik g\u02bboyalari asosida olib borilayotgan keng ko\u02bblamli ma\u02bcnaviy islohotlarning yangi bosqichini boshlab beradi, deb aytish uchun barcha asoslar yetarlidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqimiz azal-azaldan millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag\u02bbrikenglik, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish tamoyillariga amal qilib kelgan. Bugungi O\u02bbzbekiston zaminida asrlar davomida ko\u02bbplab din vakillari tinch-osuda istiqomat qilgan va hozir ham shunday. O\u02bbzbeklar islom diniga e\u02bctiqod qiladi. Ayni paytda biz bilan yonma-yon yashab kelayotgan slavyan yurtdoshlarimizning ota-bobolari ming yil oldin, balki undan ham avval nasroniylikni qabul &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47889,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-01-26T06:47:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg\",\"datePublished\":\"2026-01-26T06:47:10+00:00\",\"dateModified\":\"2026-01-26T06:47:10+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-01-26T06:47:10+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg","datePublished":"2026-01-26T06:47:10+00:00","dateModified":"2026-01-26T06:47:10+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/yang2601.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47888&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTONDA MA\u02bcNAVIY ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI BOSHLANMOQDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47888"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47888"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47888\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47890,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47888\/revisions\/47890"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47889"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47888"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47888"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47888"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}