{"id":47801,"date":"2026-01-21T10:02:37","date_gmt":"2026-01-21T05:02:37","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801"},"modified":"2026-01-20T13:06:29","modified_gmt":"2026-01-20T08:06:29","slug":"qarindoshlik-rishtalarining-ahamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz","title":{"rendered":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarindoshlik rishtasi \u2013 bu insonlarni bir-biriga yaqin qilib turadigan, ularni bir oila, bir jamoa qilib birlashtiradigan muhim vositadir. Uning ahamiyati beqiyos bo\u02bblib, inson hayotida muhim o\u02bbrin tutadi. Shaxsiy, ijtimoiy va ma\u02bcnaviy rivojlanishiga katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarindoshlar deganda, avvalambor, ota-ona, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar va boshqa yaqin xesh-aqrabo tushuniladi. Islom dinining avvalidan qarindoshlar bilan yaxshi muomala qilishga undalgan. Hatto ular bilan bordi-keldi qilib turish, rishtalarni bog\u02bblash ibodat darajasiga ko\u02bbtarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSilai rahm\u201d arabcha so\u02bbz birikmasi bo\u02bblib, \u201csila\u201d \u2013 bog\u02bblamoq, \u201crahm\u201d \u2013 qarindoshlik, ya\u02bcni \u201cqarindosh urug\u02bblari bilan aloqalarni bog\u02bblash\u201d degan ma\u02bcnoni bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Silai rahm o\u02bbzgalarga nisbatan qarindoshlariga g\u02bbamxo\u02bbrroq va muhabbatliroq bo\u02bblish, ularning holidan xabar olib, moddiy-ma\u02bcnaviy jihatdan qo\u02bbllab turishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Silai rahm dinimiz mohiyatini ko\u02bbrsatib beruvchi buyuk ibodatdir. Uning oliy namunasi, yaqinlari bilan chiroyli muomala qilish, imkon topsa, ularga moddiy va ma\u02bcnaviy yordam ko\u02bbrsatishdir. Quyi darajasi esa, hech bo\u02bblmaganda uchrashgan paytida salom-alik qilib turishdir. Muqaddas dinimizda o\u02bbziga to\u02bbq inson nochor qolgan yaqin qarindoshlariga moddiy yordam ko\u02bbrsatishi vojib amal sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu amal mo\u02bbmin-musulmonlar hayotida g\u02bboyat ahamiyatli bo\u02bblgani uchun Qur\u02bconi karim oyatlarida qayta-qayta takrorlanadi. Jumladan, Niso surasining 36-oyatida bunday marhamat qilingan: <strong>\u201cAllohga ibodat qilinglar. Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onangizga va yaqin qarindoshlarga &#8230; yaxshilik qiling\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur oyatda Alloh taolo avval o\u02bbzigagina ibodat qilishga, so\u02bbng ota-onaga va qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyurmoqda. Qarindoshlarga yaxshilik qilish borasida Baqara surasining 215-oyatida bunday marhamat qilingan: \u00ab<strong>Sizdan <\/strong>(ey Muhammad)<strong>, nimalarni ehson qilishni so\u02bbraydilar. Ayting: \u201cQanday yaxshilik qilsangiz, ota-onaga, qarindoshuruqqa, yetim-miskinlarga va yo\u02bblovchi-musofirlarga qilingiz. Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz, Alloh uni bilguvchidir\u201d<\/strong>\u00bb<strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur oyatda ehson va nafaqaga loyiq insonlar orasida bekorga birinchi bo\u02bblib ota-ona zikr qilinayotgani yo\u02bbq. Inson tabiati shuni taqozo qiladi. O\u02bbzidan keyingi birinchi haqdor ota-onasi bo\u02bbladi. Ota-onasini muhtoj qo\u02bbyib, ulardan boshqaga nafaqa qilishdan nima manfaat bor? Shuningdek, qarindosh-urug\u02bblar haqdorlik jihatidan boshqalardan ustundir va hokazo.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cAdabul mufrad\u201d kitobidagi ko\u02bbplab hadislar aynan silai rahmning tartib-odobi va fazilati haqida bo\u02bblib, ularda bunday marhamat qilingan:<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kulayb ibn Manfa\u02bca roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cBobom: \u201cEy Rasululloh, kimga yaxshilik qilay?\u201d dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cOnangga, otangga, opa-singlingga, aka-ukangga va ulardan keyin keladigan mavlolaring <\/strong><\/em>(yaqinlaring)<strong><em>ga bu <\/em><\/strong>(yaxshilik qilmoq) <strong><em>vojib haqdir va silai rahmdir\u201d<\/em><\/strong><em>, dedilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadisda yaxshilikni kimdan boshlab, qanday tartibda davom ettirish kerakligi bayon qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, har bir mo\u02bbmin-musulmon ota-ona, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlar bilan silai rahmni mustahkamlashi, ularga yaxshilik qilishi, muhtoj bo\u02bblsa, moddiy yordam berishi va hojatini chiqarishi lozim ekan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cBir a\u02bcrobiy Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamning safarlaridan birida u zotning yo\u02bbllarini to\u02bbsib: \u201cMenga jannatga yaqinlashtiradigan va do\u02bbzaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering!\u201d dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cAllohga ibodat qilasan, unga hech bir narsada shirk keltirmaysan, namozni o\u02bbz vaqtida qoim qilasan, zakot berasan va silai rahm qilasan\u201d<\/strong>, dedilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisi sharifda silai rahm qilish \u2013 qarindoshlik aloqalarini yaxshilash islomning imon, namoz va zakot kabi asosiy ruknlari bilan bir darajaga qo\u02bbyilmoqda. Bu amal bandani jannatga kiritadigan va do\u02bbzaxdan qutqaradigan amallar ro\u02bbyxatiga kiritilmoqda. Silai rahm qanchalar ahamiyatli amal ekanini shundan ham anglab olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cKim rizqining keng va farovon bo\u02bblishi va orqasidan asari ko\u02bbp qolishini <\/strong><\/em>(umri uzun bo\u02bblishni) <strong><em>yaxshi ko\u02bbrsa <\/em><\/strong>(xohlasa)<strong><em>, silai rahm qilsin <\/em><\/strong>(qarindoshlari bilan rishtalarni bog\u02bblasin)<em>\u201d, dedilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Alloh taolo silai rahm qilgan, qarindosh-urug\u02bblariga yaxshilik qilgan, yordam bergan, xayr-ehson qilgan odamning rizqini kengaytirib, boyligini ziyoda qilib, umrini uzaytirib, undanyaxshi xotira, esdalik qolishini ta\u02bcminlar ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cKim Allohdan qo\u02bbrqsa, silai rahm qilsa, uning ajali orqaga suriladi, moli ko\u02bbpayadi, ahli uni yaxshi ko\u02bbradi\u201d, <\/strong>dedilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisda silai rahm qilgan odamga nafaqat u dunyoda, balki bu dunyoning o\u02bbzida ham yaxshiliklar bo\u02bblishi ta\u02bckidlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarindoshlik rishtasining ahamiyati quyidagilarda namoyon bo\u02bbladi: <em>Ma\u02bcnaviy qo\u02bbllab-quvvatlashda. <\/em>Qarindoshlar bir-birini qo\u02bbllab-quvvatlaydi, qiyinchilikni yengishga yordam beradi va xursandchilik kunlarida birga bo\u02bbladi. Bu uning ruhiy holatiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi va o\u02bbziga bo\u02bblgan ishonchni mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ma\u02bcnaviy yordam ko\u02bbrsatishda. <\/em>Qarindoshlar qiyin vaziyatga tushib qolganda ularga to\u02bbg\u02bbri maslahat berib, muammolarini hal qilishda yordam beradi va qo\u02bbllab-quvvatlaydi. Bunday yordam, ayniqsa, qiyin vaziyatga tushib qolgan, yolg\u02bbiz qolgan yoki ruhiy tushkunlikka uchragan qarindoshlar uchun juda muhimdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Moddiy yordam ko\u02bbrsatishda. <\/em>O\u02bbziga to\u02bbq inson nochor, qiyin ahvolda qolgan qarindoshlariga moddiy \u2013 pul, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va boshqa turdagi zarur narsalar bilan beg\u02bbaraz yordam beradi. Bunday yordam qarindoshlik rishtalarini mustahkamlaydi, bir-biriga bo\u02bblgan ishonch hissini kuchaytiradi, qarindoshlar o\u02bbrtasidagi mehr-muhabbatni oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ta\u02bclim va tarbiyada qo\u02bbllab-quvvatlashda. <\/em>Qarindoshlar o\u02bbz yaqinlarining ta\u02bclim va tarbiyasi uchun qulay sharoit yaratib, ularga iqtisodiy ko\u02bbmak, kerakli kitob, o\u02bbquv qurollarni olib beradi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, ularning oziq-ovqat, yotoqxona, shartnoma va yo\u02bbl pullarini to\u02bblashda amaliy yordam beradi. Ta\u02bclim va tarbiya masalalari bilan qiziqib, nazorat qilib turadi. Bu ularning ma\u02bcnaviy va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, jamiyatda o\u02bbz o\u02bbrnini topishiga va kelajakda komil inson bo\u02bblib voyaga yetishiga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ulug\u02bblarimizning aytishlaricha, silai rahmda bir nechta maqtalgan xislat bor ekan. <\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bular:<br \/>\n<\/em>\u2013 silai rahmda Alloh taoloning roziligi bor;<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 silai rahm sababli Allohning rahmati nozil bo\u02bbladi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 u (mo\u02bbmin)larga xursandchilik yetkazish bor, chunki ular silai rahm bilan quvonadi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 silai rahmda farishtalarning ham xursandchiligi bor, chunki ular ham silai rahmga guvoh bo\u02bblgan onlari quvonadi;<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 silai rahmda musulmonlar sha\u02bcniga yaxshi maqtovlar bor;<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 silai rahmda iblisga g\u02bbam yetkazish bor;<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 umrning ziyoda bo\u02bblishida silai rahmning o\u02bbrni beqiyosdir;<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 rizqning barakali bo\u02bblishini silai rahmsiz tasavvur qilish qiyin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Silai rahm islomning go\u02bbzal fazilatlaridan bo\u02bblib, dinimiz doim uni odamlar qalbiga singdirgan va shu xislat bilan tarbiyalab kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisi shariflarda qarindoshlik rishtasini uzishning saliy oqibatlari ham bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cAlbatta, orasida qarindoshlik rishtasini uzuvchi kishi bo\u02bblgan qavmga Alloh taoloning rahmati nozil bo\u02bblmaydi\u201d<\/strong>, dedilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, bir odam tufayli boshqalar ham Alloh taoloning rahmatidan mahrum bo\u02bblib qolishi hech gap emas ekan. Shuning uchun har bir jamoa, har bir mahalla a\u02bczolari doimo bir-biridan xabardor bo\u02bblib, \u201coramizda shunaqalar paydo bo\u02bblib qolmasin, hammamiz u sababli baloga yo\u02bbliqmaylik\u201d, deb o\u02bbzaro silai rahmga undab turishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cU kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitgan ekan: <\/em>\u00ab<strong><em>Alloh azza va jalla: \u201cMen Rahmonman. Rahmni Men yaratganman va unga O\u02bbz ismimdan ism qo\u02bbyganman. Kim uni bog\u02bblasa,<\/em><\/strong> <strong><em>bog\u02bblayman. Kim uni kessa, kesaman\u201d, <\/em><\/strong><em>degan\u00bb.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisi qudsiyda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning silai rahm qilishning ahamiyati va qarindoshlik rishtalarini kesishning salbiy oqibatlari haqida aytgan so\u02bbzlarini bayon qilib berganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo kim aloqalarni bog\u02bblasa, ya\u02bcni silai rahm qilsa, men ham uni bog\u02bblayman, ya\u02bcni, O\u02bbzimga yaqin tutib, rahmatimga sazovor qilaman. Kim uni kessa, men ham uni kesaman, ya\u02bcni, uni O\u02bbzimdan yiroq qilib, undan rahmatimni uzib qo\u02bbyaman, demoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida qarindoshlik rishtasini uzish gunohi kabiradir. Kim silai rahmni uzsa, uning jazosi juda qattiq bo\u02bbladi. Alloh taolo barchamizni bunday gunohlardan asrasin va qarindoshlik rishtalarimizni mustahkam qilib, jannatga kirishimizda madadkor bo\u02bblsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Jubayr ibn Mut\u02bcimdan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong>\u201cQarindoshlik aloqasini uzganodam jannatga kirmaydi\u201d, <\/strong>dedilar.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida qarindoshlik aloqalarini uzish, ularga dushmanlik qilish va zarar yetkazish qattiq qoralanadi. Qarindoshlar o\u02bbrtasidagi mehr-oqibat, yordam va hamjihatlikka katta ahamiyat beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarindoshlik aloqalari jamiyatning asosiy bo\u02bbg\u02bbini bo\u02bblgan oilaning asosini tashkil etadi. Ularning uzilishi oilaviy qadriyatlarning zaiflashuviga, oila a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi ishonch va hurmatning yo\u02bbqolishiga olib keladi. Bu esa qo\u02bbshnilar, qarindoshlar va butun jamiyat a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi munosabatlarga salbiy ta\u02bcsir qiladi. Shuning uchun silai rahmga e\u02bctiborli bo\u02bblish, qarindoshlar bilan muntazam aloqani yo\u02bblga qo\u02bbyish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, qarindoshlar o\u02bbrtasidagi iliq munosabatlarni saqlash, yaqin va uzoq qarindoshlar bilan aloqalarni mustahkamlab, munosabatlarni rivojlantirish jamiyat barqarorligi va farovonligi uchun o\u02bbta muhim omildir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarindoshlik rishtasi \u2013 bu insonlarni bir-biriga yaqin qilib turadigan, ularni bir oila, bir jamoa qilib birlashtiradigan muhim vositadir. Uning ahamiyati beqiyos bo\u02bblib, inson hayotida muhim o\u02bbrin tutadi. Shaxsiy, ijtimoiy va ma\u02bcnaviy rivojlanishiga katta ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Qarindoshlar deganda, avvalambor, ota-ona, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar va boshqa yaqin xesh-aqrabo tushuniladi. Islom dinining avvalidan qarindoshlar bilan yaxshi muomala qilishga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47802,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-01-21T05:02:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2026-01-20T08:06:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"464\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz\",\"name\":\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg\",\"datePublished\":\"2026-01-21T05:02:37+00:00\",\"dateModified\":\"2026-01-20T08:06:29+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg\",\"width\":660,\"height\":464},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-01-21T05:02:37+00:00","article_modified_time":"2026-01-20T08:06:29+00:00","og_image":[{"width":660,"height":464,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz","name":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg","datePublished":"2026-01-21T05:02:37+00:00","dateModified":"2026-01-20T08:06:29+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/qarindoshlik210126.jpg","width":660,"height":464},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47801&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Qarindoshlik rishtalarining ahamiyati"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47801"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47801"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47801\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47803,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47801\/revisions\/47803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47802"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47801"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47801"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47801"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}