{"id":47711,"date":"2026-01-13T11:49:08","date_gmt":"2026-01-13T06:49:08","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711"},"modified":"2026-01-13T11:49:08","modified_gmt":"2026-01-13T06:49:08","slug":"bag%ca%bbrikenglik-va-hamjihatlik-islomiy-qadriyat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz","title":{"rendered":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karim bizga qadimda yashab o\u02bbtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. So\u02bbngra Parvardigori bergan ne\u02bcmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor bo\u02bblgan. Ya\u02bcni, boshlariga kelgan azobga o\u02bbzlarining noshukrligi va kofirligi sabab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz Muhammad alayhissalomgacha bo\u02bblgan payg\u02bbambarlar tarixini diqqat bilan o\u02bbrganadigan bo\u02bblsak, ular o\u02bbz qavmini tinch-totuv yashashga da\u02bcvat etganiga guvoh bo\u02bblamiz. Alloh taolo o\u02bbz kalomida:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0627\u062f\u0652\u062e\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0633\u0651\u0650\u0644\u0652\u0645\u0650 \u0643\u064e\u0627\u0641\u0651\u064e\u0629\u064b \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u0651\u064e\u0628\u0650\u0639\u064f\u0648\u0627 \u062e\u064f\u0637\u064f\u0648\u064e\u0627\u062a\u0650 \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u064a\u0652\u0637\u064e\u0627\u0646\u0650\u00a0<\/strong><strong>\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u062f\u064f\u0648\u0651\u064c \u0645\u064f\u0628\u0650\u064a\u0646\u064c\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a><strong>,<\/strong>\u00a0degan. Bu oyat insonlardan tinch-totuv yashashni va shaytonning izidan ergashmaslikni talab etayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida kelgan oyatdagi \u201c\u0633\u0644\u0645\u201d so\u02bbzi turli xil ma\u02bcnolarni anglatadi. Agar \u201c\u0633\u0644\u0645\u201d [silm] so\u02bbzi biror narsaga qayd qilinmasdan ishlatilsa yarashish, do\u02bbstlashish va sulh tuzish ma\u02bcnosi nazarda tutiladi. Bu haqida Alloh taolo Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0648\u064e\u0625\u0650\u0646\u0652 \u062c\u064e\u0646\u064e\u062d\u064f\u0648\u0627 \u0644\u0650\u0644\u0633\u0651\u064e\u0644\u0652\u0645\u0650 \u0641\u064e\u0627\u062c\u0652\u0646\u064e\u062d\u0652 \u0644\u064e\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u062a\u064e\u0648\u064e\u0643\u0651\u064e\u0644\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0647\u064f\u0648\u064e \u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0645\u0650\u064a\u0639\u064f \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0644\u0650\u064a\u0645\u064f\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAgar ular sulhga moyil bo\u02bblsalar, Siz ham unga moyil bo\u02bbling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U Eshituvchi va Biluvchidir\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a><strong>,<\/strong>\u00a0degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ba\u02bczan bu so\u02bbz bilan bo\u02bbysunish va itoat qilish ma\u02bcnosi iroda qilinadi. Bu haqida Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0641\u064e\u0625\u0650\u0646\u0650 \u0627\u0639\u0652\u062a\u064e\u0632\u064e\u0644\u064f\u0648\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0641\u064e\u0644\u064e\u0645\u0652 \u064a\u064f\u0642\u064e\u0627\u062a\u0650\u0644\u064f\u0648\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0648\u064e\u0623\u064e\u0644\u0652\u0642\u064e\u0648\u0652\u0627 \u0625\u0650\u0644\u064e\u064a\u0652\u0643\u064f\u0645\u064f \u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0644\u064e\u0645\u064e \u0641\u064e\u0645\u064e\u0627\u00a0<\/strong><strong>\u062c\u064e\u0639\u064e\u0644\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650\u0645\u0652 \u0633\u064e\u0628\u0650\u064a\u0644\u064b\u0627\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cAgar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay, sulhni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ular uzra\u00a0<\/strong>(qarshi chiqishga)<strong>\u00a0yo\u02bbl bermaydi\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a><strong>,<\/strong>\u00a0degan oyat bor. Ya\u02bcni, sizlarga itoat etsa, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda:\u00a0<em>\u201cAlbatta, sizlarning oldingizga asir bo\u02bblgan odamni olib kelaman\u201d,<\/em>\u00a0deyilgan. Chunki asir odam bo\u02bbysunadi va itoat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, bu so\u02bbz bilan nafsning pokligi va qalbning tozaligi ham nazarda tutiladi. Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0625\u0650\u0644\u0651\u064e\u0627 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0623\u064e\u062a\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e \u0628\u0650\u0642\u064e\u0644\u0652\u0628\u064d \u0633\u064e\u0644\u0650\u064a\u0645\u064d\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cFaqat Alloh huzuriga sog\u02bblom dil bilan kelgan kishilargagina\u00a0<\/strong>(foyda berur)\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>, deyilgan. Ya\u02bcni, shirk va gunohlardan pok dil bilan kelgan kishilargagina foyda berur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hadisi sharifda\u00a0<em>\u201cHaqiqiy musulmon \u2013 tili va qo\u02bblidan musulmonlar omonda bo\u02bblgan kishidir\u201d,<\/em>\u00a0deyilgan. \u201c\u0633\u0644\u0645\u201d [silm] so\u02bbzi ishlatilishi nuqtai nazaridan yarashish, do\u02bbstlashish, sulh tuzish, qalbning pokligi va tozaligi, bo\u02bbysunish va itoat qilish ma\u02bcnolarini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201c\u0623\u0645\u0646\u201d [amn] \u2013 xotirjamlik so\u02bbzi xiyonatning ziddi bo\u02bblgan omonatdorlik so\u02bbzidan chiqarib olingan bo\u02bblib, qalbi tinch va nafsi xotirjam degan ma\u02bcnoni anglatadi. U imon so\u02bbzidan olingan, deb ham aytilgan. Bu ikki ma\u02bcno bir-biriga yaqin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cLisonul arab\u201d kitobida \u201cBu so\u02bbz biror narsaga qayd qilinmasdan ishlatilganda xavfning ziddi nazarda tutiladi\u201d, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Zamaxshariy: \u201cFalonchi omonatdor. Ya\u02bcni, hamma odam unga omonat qo\u02bbyadi va ishonadi. Odamlar undan xotirjam bo\u02bbladi va yomonlik qilishidan qo\u02bbrqmaydi\u201d, degan. Shunga ko\u02bbra bu so\u02bbz ikki xil ma\u02bcnoni ifodalaydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Xotirjamlik, xavfu xatarning yo\u02bbqligi, nafsning tinch va sokin bo\u02bblishi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Ishonch, haqiqatni tasdiqlash, qalbning rohatini his qilish, aldov va xiyonatning yo\u02bbqligi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, haqiqiy tinchlik \u2013 insonning tinch va xotirjam yashaydigan hayotidir. Tinchlik ham bir necha qismga bo\u02bblinadi. Ular: ruhiy tinchlik, ijtimoiy tinchlik va siyosiy tinchlik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Ruhiy tinchlik<\/em>\u00a0\u2013 insonlar fikrlari, tasavvurlari, e\u02bctiqodlari va turli xil madaniyatlariga ko\u02bbra o\u02bbz shaharlari va vatanlarida tinch va xotirjam yashaydigan holatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tinchlikning bu turi musulmon ummatini hayoti davomida aqidalariga putur yetkazadigan narsalardan himoya qiladi. Bu esa tinchlikning eng muhimi va eng oliysi hisoblanadi. Chunki bu fikr va maqsadlari bir-biriga chambarchas bog\u02bbliq bo\u02bblgan jamiyatlarda haqiqatga aylanadi va rivojlanishi uchun turtki bo\u02bbladi. U ayni vaqtda jamiyatni har qanday fikriy va e\u02bctiqodiy dushmanlardan saqlaydigan qo\u02bbrg\u02bbondir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Ijtimoiy tinchlik<\/em>\u00a0\u2013 jamiyatdagi odamlar orasida hamjihatlik, o\u02bbzaro moslik va bir-biriga muvofiqlik holatidir. Shuningdek, bunda jamiyatda barcha tabaqalar orasidagi aloqalar barqaror bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Siyosiy tinchlik<\/em>\u00a0\u2013 tinchlikning bu turi ichki va tashqi darajaga bo\u02bblinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ichki darajasi odamlar orasidagi ijobiy holatlarda ko\u02bbrinadi. Boshqa bir tarafdan esa odamlar va tashkilotlar orasida namoyon bo\u02bbladi. Yana bir tarafdan jamiyatdagi turli xil siyosiy tashkilotlar orasida bilinadi. Bu xalqning hayotini to\u02bbrt asosga ko\u02bbra idora etadi. Ular:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0To\u02bbg\u02bbri boshqaruvchilar;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Siyosiy hayotni rivojlantirish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Siyosiy ishlarda hamjihat bo\u02bblish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Shariat yoki qonunlarga qat\u02bciy amal qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tashqi darajasi davlatning tinchligini halokatga olib boruvchi tashqi xatarlar va tahdidlardan saqlashda namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islomda tinchlik haqida turli ma\u02bclumotlar kelgan. Albatta, diniy matnlarning asosiy maqsadi madaniyatni rivojlantirish va bunyodkorlikka asos solishdir. Barcha payg\u02bbambarlarning da\u02bcvati mana shunga asoslangan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muso alayhissalomning da\u02bcvati jamiyatni siyosiy qullik va aqidaviy buzilishdan qutqarishga qaratilgan edi. Shuningdek, Iso alayhissalomning da\u02bcvati ham fasod ishlarni isloh qilishni maqsad qilgan edi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning da\u02bcvatlari ham tarqalib ketgan qabilalarni birlashtirish va o\u02bbzaro qon to\u02bbkishdan saqlashga qaratilgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu ilohiy payg\u02bbambarliklar jamiyatdagi odamlar orasida tarqalgan qo\u02bbpollik, shafqatsizlik va dushmanchilik o\u02bbrniga insoniy birodarlikni va tinchlikni tarqatgan. Barcha dinlar insonni jaholat zulmatlaridan qutqarish, qalbini imon nuri va xotirjamlik bilan to\u02bbldirish uchun xizmat qiladi. Odamlarni isloh qilish va yo\u02bbllarini to\u02bbg\u02bbrilash uchun dinning katta ta\u02bcsiri bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muso alayhissalom Bani Isroilga olib kelgan ilohiy payg\u02bbambarlik tinchlik uchun ulkan xizmat qilgan. Muso alayhissalom Fir\u02bcavnni to\u02bbg\u02bbyonga ketgan bo\u02bblsa ham nihoyatda yumshoqlik bilan da\u02bcvat etgan. Bu haqida Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\ufd3f\u0641\u064e\u0642\u064f\u0648\u0644\u064e\u0627 \u0644\u064e\u0647\u064f \u0642\u064e\u0648\u0652\u0644\u064b\u0627 \u0644\u064e\u064a\u0651\u0650\u0646\u064b\u0627 \u0644\u064e\u0639\u064e\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u064a\u064e\u062a\u064e\u0630\u064e\u0643\u0651\u064e\u0631\u064f \u0623\u064e\u0648\u0652 \u064a\u064e\u062e\u0652\u0634\u064e\u0649\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cBas, unga yumshoq so\u02bbz aytingiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki\u00a0<\/strong>(halok qilishimdan)<strong>\u00a0qo\u02bbrqsa\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a><strong>,<\/strong>\u00a0deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Iso alayhissalom ham fasodga uchragan va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan ozgan qavmni to\u02bbg\u02bbrilash uchun payg\u02bbambar qilib yuborilgan. Jamiyatda insoniy aloqalarni mustahkamlagan, o\u02bbzaro birodarlikni va tinchlikni o\u02bbrnatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom dini tinchlikka va uni mustahkamlashga da\u02bcvat qilgan. Lekin o\u02bbsha dinga ergashgan kishilar hukmlarni to\u02bbg\u02bbri tushunmagani sababli bo\u02bblinib ketgan. O\u02bbsha dinlarning o\u02bbzi odamlar to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan burilib ketganiga guvohlik beradi. Chunki barcha dinlarning asl maqsadi jamiyatning birdamligi va tinchligi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Islom tarixi Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashganlarning ba\u02bczisi to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan burilgani haqida xabar beradi. Xavorijlar to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan ozib, musulmonlarning qonini to\u02bbkishga, shafqatsizlikka, dinda chuqur ketishga va o\u02bbzlariga ergashmaganlarga qarshi urush qilishga da\u02bcvat etgan. Bu ishlari bilan musulmonlarning tinchligiga rahna solgan. Vaholanki, barcha dinlarning asosiy ta\u02bclimotlaridan biri tinchlikka chaqirish bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Jamiyatda tinchlikning asosiy natijalaridan biri odamlarning tasavvurlari va e\u02bctiqodlari turlicha bo\u02bblishiga qaramasdan tinch-totuv yashashidir. Ular turli xil fitnalardan uzoq bo\u02bblgan holda o\u02bbzaro ishonch va xotirjamlikda hayot kechiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga islom ummati uchun namuna bo\u02bbladigan narsalarni qoldirib ketdilar. Chunki muhojir va ansorlarni bir-biriga birodar qilib qo\u02bbyishga shoshildilar. Madina yahudiylariga tinch-totuv yashashlari uchun kafil bo\u02bbladigan maktub yozib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiya kuni musulmonlar bilan qurayshliklar orasidagi urush olovini o\u02bbchirishga shoshilganlar. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam tinchlikni saqlab qolish uchun qurayshliklar bilan sulh tuzganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shayx Abdulloh ibn Bayya bunday deydi: \u201cTinchliksiz hech qanday huquq yo\u02bbq. Chunki tinchligini yo\u02bbqotgan odam o\u02bbz hayotida haqli bo\u02bblgan barcha huquqlarini yo\u02bbqotuvchidir. Tinchlik barcha huquqlarga tegishli bo\u02bblgan eng avvalgi haq va eng oliy maqsaddir. Hayotim davomida tinchlikdan ko\u02bbra oliyroq biror maqsad yo\u02bbq degan xulosaga keldim\u201d. Bu so\u02bbz Yer yuzida tinchlikning naqadar ahamiyatli ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barcha payg\u02bbambarlarning da\u02bcvatlari insonlarning huquqlarini tortib oladigan ta\u02bcqib va qullikka qarshi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixiy voqealar tinchlik va barqarorlik hukm surib turgan musulmon jamiyatlarida musulmon bo\u02bblmaganlarning huquqlari ta\u02bcminlanganiga guvohlik beradi. Bunga juda ko\u02bbp misollar bor. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Baytul Maqdisda yashaydiganlarga omonlik bergan va ularning huquqlarini saqlashga kafil bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu haqida kelgan misollardan yana biri: \u201cMo\u02bbminlar amiri Abdulloh ibn Umarning Ilyo ahliga omonlik berganidir. U kishi ularning jonlari va mollariga, ibodatxonalariga, kasal va sog\u02bblom kishilariga, u yerda yashaydigan barchasiga omonlik bergan. Ularning ibodatxonalari buzilmagan va zarar yetkazilmagan. Mollaridan biror narsaga teginilmagan. Ular o\u02bbz dinidan qaytishga majburlanmagan va birortasiga zarar berilmagan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, insonning huquqlariga rioya qilishi uchun tinchlik dastlabki qadam ekanligi aniqdir. Chunki inson tinchlik va barqarorlik bo\u02bblmagan joyda huquqlarining qiymatini ham ta\u02bcmini ham topmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Barcha dinlarda tinchlik Alloh taolo tarafidan odamlar uchun berilgan ulkan ne\u02bcmat ekanligi ta\u02bckidlangan. Bu ne\u02bcmatning evaziga Allohga shukr qilish va noshukrlik qilmaslik talab etilgan. Yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlarga quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Islom dini jamiyatlarning barqarorligi va rivojlanishi uchun tinchlik asos ekanini ta\u02bckidlagan. Balki tinchlikka bo\u02bblgan ehtiyoj ovqat va doriga bo\u02bblgan ehtiyojdan ko\u02bbra muhimroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Tinchlikning mustahkamligi odamlar orasidagi mehr-oqibat, o\u02bbzaro ishonch, jamiyatda adolatning borligiga bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Jamiyatda tinchlikning mustahkamligidan asosiy maqsad inson o\u02bbz huquqlarini saqlashga va ilohiy omonatni ado etishga imkon berishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Ko\u02bbpincha, diniy ta\u02bclimotlardan uzoqlashish fikrning buzilishiga olib boradi va jamiyatda fitnalar tarqalishiga sababchi bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><img decoding=\"async\" class=\"emoji tie-appear\" role=\"img\" draggable=\"false\" src=\"https:\/\/s.w.org\/images\/core\/emoji\/13.1.0\/svg\/2714.svg\" alt=\"&#x2714;\" \/>\u00a0Islom dini tinchlikni saqlashga va uni mustahkamlashga katta e\u02bctibor bergan. Chunki jamiyatda tinchlikning hukm surishi insonlarning huquqlarini saqlashga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu maqola Marokash Qirolligidagi Hasan II Universitetining adabiyot va gumanitar fanlar fakulteti professori, doktor Shafiq Lomaning \u201cSamoviy dinlarda tinchlikning asosi\u201d nomli maqolasi asosida tayyorlandi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0Baqara surasi, 208-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0Anfol surasi, 61-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0Niso surasi, 90-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0Shuaro surasi, 89-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=27086#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0Toha surasi, 44-oyat.<\/span><\/div>\n<div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">markazi ilmiy xodimi<\/span><\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qur\u02bconi karim bizga qadimda yashab o\u02bbtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. So\u02bbngra Parvardigori bergan ne\u02bcmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor bo\u02bblgan. Ya\u02bcni, boshlariga kelgan azobga o\u02bbzlarining noshukrligi va kofirligi sabab bo\u02bblgan. Qur\u02bconi karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz Muhammad alayhissalomgacha bo\u02bblgan payg\u02bbambarlar tarixini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47712,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2026-01-13T06:49:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz\",\"name\":\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg\",\"datePublished\":\"2026-01-13T06:49:08+00:00\",\"dateModified\":\"2026-01-13T06:49:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2026-01-13T06:49:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz","name":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg","datePublished":"2026-01-13T06:49:08+00:00","dateModified":"2026-01-13T06:49:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/bukhari_buxoriy2026_1.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47711&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BAG\u02bbRIKENGLIK VA HAMJIHATLIK \u2014 ISLOMIY QADRIYAT"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47711"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47711"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47711\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47713,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47711\/revisions\/47713"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47712"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47711"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47711"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47711"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}