{"id":47611,"date":"2025-12-25T09:35:45","date_gmt":"2025-12-25T04:35:45","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611"},"modified":"2025-12-24T15:37:08","modified_gmt":"2025-12-24T10:37:08","slug":"inson-xatoga-moyil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz","title":{"rendered":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson farishta emas, balki nafs, xohish va vasvasa bilan yaratilgan mavjudotdir. Shuning uchun gunoh qilishi va kamchiliklarga ega bo\u02bblishi tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: <strong><em>\u201cJonim \u201cQo\u02bbli\u201dda bo\u02bblgan Zotga qasamki, gunoh qilmaganingizda, Alloh sizni ketkazib, <\/em><\/strong><em>(o\u02bbrningizga)<strong> boshqa bir qavmni keltirar, ular gunoh qilib, so\u02bbng Allohdan mag\u02bbfirat so\u02bbrar va U Zot ularni mag\u02bbfirat qilgan bo\u02bblar edi\u201d <\/strong>(Muslim rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimiz insonni xatosi bilan emas, balki unga munosabati \u2013 tavbasi, pushaymonligi va o\u02bbzini isloh etish istagi bilan baholaydi. Muammo va ayanchli tomoni gunoh yo xatoda qattiq turib olish, uni tan olmaslik yo undan qaytmaslikda, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson ba\u02bczan to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl tutadi, ba\u02bczan xatoga yo\u02bbl qo\u02bbyadi. Chunki bilganlari bilmaganlarining oldida juda kam. Alloh taolo bu haqiqatni Isro surasining 85-oyatida aytib qo\u02bbygan:<strong> \u201cSizga juda oz ilm berilgandir\u201d. <\/strong>Ushbu oyat inson aqli va bilimi, ongu tafakkurining cheklangani, haqiqiy va mutlaq ilm faqat Alloh taologa xos ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, xatosiz odam bo\u02bblmaydi, aybsiz \u2013 Parvardigor. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham bu haqiqatni quyidagicha bayon qilganlar: <strong><em>\u201cOdam farzandlarining har qandayi ko\u02bbp xato qiluvchidir. Xatokorlarning eng yaxshilari ko\u02bbp tavba qiluvchilardir\u201d<\/em><\/strong> <em>(Termiziy, Ahmad va Ibn Moja rivoyat qilgan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda <strong><em>\u201cxato qiluvchi\u201d <\/em><\/strong>so\u02bbzi mubolag\u02bba siyg\u02bbasi, ya\u02bcni \u201cdoim\u201d, \u201cko\u02bbp qiluvchi\u201d degan ma\u02bcno beradigan grammatik shaklda aytilgan. Bundan tushuniladiki, inson bir marta emas, ko\u02bbp xato qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson zaiflik tabiati bilan yaratilgan \u2013 ba\u02bczan Parvardigorining buyurganlariga to\u02bbliq itoat qila olmaydi, qaytarganlaridan tiyila olmaydi. Lekin Alloh taolo bandalari uchun tavba eshigini ochib qo\u02bbygan va gunohkorlarning eng yaxshisi ko\u02bbp tavba qiluvchilar ekanini xabar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq xatoning o\u02bbzidan ham og\u02bbirroq jazoga loyiq bir jihat bor. Xatoga yo\u02bbl qo\u02bbygan inson uni tan olish o\u02bbrniga, turli bahona va asossiz dalillar bilan o\u02bbzini oqlashga, pok qilib ko\u02bbrsatishga urinishi yomon oqibatga olib boradi. Albatta, hech kim o\u02bbzini nuqsonli yoki aybdor ko\u02bbrsatishni istamaydi. Lekin xatoni nohaq ravishda oqlash juda xavfli illat bo\u02bblib, u adolat va insof mezonlarini buzib yuboradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hadis insonning xato qilishi uning imonsizligini anglatmasligini, balki tavba orqali Allohga yanada yaqinlashish imkoni borligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatoni tan olmaslikka ko\u02bbpincha takabburlik sabab bo\u02bbladi. Bu borada Alloh yaratgan ikki maxluq (mavjudot) haqidagi mashhur voqeani eslaymiz: Odam alayhissalom va Iblis.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayton Rabbiga osiylik qilib, Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh tortganida, o\u02bbz xatosini tan olmadi. Aksincha, o\u02bbzini oqlashga kirishdi. Takabburligi shunga undadi. Keltirgan dalili esa asossiz va buzuq qiyos edi: <strong>\u201cMen undan yaxshiman, meni o\u02bbtdan yaratding va uni loydan yaratding\u201d <\/strong><em>(Sod surasi, 76-oyat va A\u02bcrof surasi, 12-oyat)<\/em>. Ya\u02bcni, Iblis xatoni tan olish o\u02bbrniga o\u02bbzini oqlashga urinib, kibr sababli halokat yo\u02bblini tanladi. Aybiga iqror bo\u02bblib, Rabbidan mag\u02bbfirat so\u02bbraganida, Alloh uni kechirgan bo\u02bblardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam alayhissalom esa, man etilgan daraxt (mevasi)dan yeb qo\u02bbyib xato qilganida, takabburlik qilmadi. Xatosini darrov tan oldi, o\u02bbzini oqlashga urinmadi, bahona va dalillar keltirmadi. Rostgo\u02bbylik qildi, bu xato uchun yagona sabab behuda qiziqish va shaytonning vasvasasiga ergashish bo\u02bblganini angladi. Shuning uchun jufti bilan birga tavba qilib, bunday dedi: <strong>\u201cEy Rabbimiz, biz o\u02bbzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag\u02bbfirat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko\u02bbrganlardan bo\u02bblamiz\u201d<\/strong> (<em>A\u02bcrof surasi, 23-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar xatosini o\u02bbrinsiz vaj-karson, yolg\u02bbon bahonalar bilan oqlashga urinadi. Biri o\u02bbg\u02bbirlik sodir etib, ehtiyoj bilan oqlaydi, boshqasi jahldorligini sabab qilib, ayoli va farzandlarini uradi, yana biri pora olib, rahbarlari ham pora olayotganini ro\u02bbkach qiladi. Shu tarzda har bir xatokor o\u02bbz xatosini oqlaydigan bahona topa oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday \u201coqlanish\u201d haq-huquqni yo\u02bbqqa chiqaradi. Masalan, nazorat bo\u02bblmagan hududda bir kishi avtoulov haydab ketayotganda, oraliq masofani saqlamay, boshqa bir mashinani urib oladi. Keyin bu xatosini turli bahonalar (\u201cyo\u02bbl bo\u02bbsh edi, tezlik past edi, u to\u02bbsatdan to\u02bbxtadi\u201d va hk.) bilan oqlashga harakat qiladi. Ikkinchi tomon \u201cbu \u2013 sening xatoing\u201d deb haqni talab qiladi. Bu holatda haq qoidani buzmagan tomonda bo\u02bbladi, albatta. Orqadan kelayotgan haydovchi masofa saqlashi kerak. Bunga rioya qilmagani uchun ayb unda bo\u02bbladi. Nazorat yo\u02bbqligi xatoga yo\u02bbl ochib qo\u02bbymaydi. Bahona bilan oqlanish haqiqatni o\u02bbzgartirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson har qancha \u201cmen haq edim\u201d desin, qoidani buzgan bo\u02bblsa, gunoh va javobgarlik zimmasida qolaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda ham, umumiy insoniy tafakkur nuqtayi nazaridan ham haqiqat gap-so\u02bbzga emas, voqeaga qarab belgilanadi. Zulm tan olinmasa-da, zulmligicha qolaveradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cZulmdan saqlaning, chunki zulm Qiyomat kunida zulmatdir\u201d,<\/em><\/strong> deganlar <em>(Muslim rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mol-mulkka yetkazilgan zarar qoplab berilishi shart. Uzr gunohni yengillashtiradi, lekin haqiqatni bekor qilmaydi. Oqlanish esa halokatga yetaklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qalbi pok va teran idrokli inson xatosini bahonalar bilan oqlashdan tiyiladi. Chunki xato qilish inson tabiatiga xos ekanini biladi. Shu bilan birga, xatoni tan olish sha\u02bcn va qadr-qimmatni kamaytirmasligini ham yaxshi anglaydi. Aksincha, xatodan saboq olib, takrorlamaslikka harakat qiladi. Shuningdek, Yaratgan Zotni kuzatuvchi deb biladi. Xatosini oqlash uchun odamlarni chalg\u02bbitishi mumkindir, lekin barcha narsani bilib, nazorat qilib turuvchi Zotni alday olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Muslimning \u201cSahih\u201dida xatolarini bahona bilan oqlamay, jasorat bilan qabul qilgan kishi haqida ibratli bir voqea bor. Ka\u02bcb ibn Molik roziyallohu anhu Tabuk g\u02bbazotiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga chiqmay, uzrsiz qolib ketganlardan edi. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam Tabukdan qaytganlarida, g\u02bbazotda qatnashmagan saksondan ortiq kishi u zotning huzurlariga borib, turli bahonalar aytadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa hukmlar dastlab zohirga qarab chiqarilishi sababli uzrlarini qabul qiladilar. Ko\u02bbnglidagilarni Allohga havola etadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ka\u02bcb ibn Molik roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytmaslaridan oldin yolg\u02bbon gapirishni o\u02bbylab yurgan bo\u02bbladi. Lekin qaytib kelganlarini eshitganda, bahona bilan qutulib qolish fikridan qaytadi. Yolg\u02bbon aralashgan narsa bilan pirovard jazodan qutulib qola olmasligini anglab, u zotga faqat rostini aytishga qaror qiladi. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam undan nima sabab bilan bormaganini so\u02bbraganlarida, u to\u02bbla ochiqlik bilan bunday deydi: \u201cEy Allohning Rasuli, Allohga qasamki, agar sizdan boshqa birorta odamning qarshisida o\u02bbtirgan bo\u02bblganimda, uzr aytib, uning g\u02bbazabidan albatta qutulib keta olar edim, chunki gapga juda chechanman. Lekin Allohga qasamki, agar bugun siz mendan rozi bo\u02bbladigan yolg\u02bbon gap aytsam, Alloh meni g\u02bbazabingizga duchor qilib qo\u02bbyishini bilaman. Agar siz mendan achchiqlanadigan rost gapni aytsam, buning oqibati (yaxshi bo\u02bblishi)ni Allohdan umid qilaman. Allohga qasamki, mening hech qanday uzrim yo\u02bbq edi. Allohga qasamki, hech qachon sizdan (shu safar) ortda qolgan paytimdagidek baquvvat va boy (g\u02bbazotga munosib) bo\u02bblmagan edim\u201d. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cAmmo mana bu rost gapirdi. Tur, Alloh sen haqingda biron hukm chiqarmaguncha <\/em><\/strong><em>(kutgin)<strong>!\u201d<\/strong><\/em> dedilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbshanda Ka\u02bcb ibn Molik roziyallohu anhudan boshqa yana ikki kishi haqiqatni gapirgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu uch kishi bilan gaplashishni man qiladilar. Odamlar ularni yakkalab qo\u02bbyadi, muomalasi ham o\u02bbzgarib qoladi. Shu zaylda ellik kun o\u02bbtadi va Alloh mana bu oyatlarni nozil qilib, ularning tavbasini qabul qiladi: <strong>\u201cAlloh Nabiyning, muhojirlar va ansorlarning tavbalarini qabul etdi. Ulardan bir guruhining dillari chalg\u02bbiyozgandan keyin og\u02bbir <\/strong>(bir)<strong> soatda unga ergashgan edilar. So\u02bbng tavbalarini qabul etdi. Albatta, U Zot ularga shafqatlidir, rahmlidir. Ortda qolgan uch kishining ham <\/strong>(tavbasini qabul qildi)<strong>. Nihoyat, ularga keng yer tor bo\u02bblib, yuraklari siqilib, O\u02bbzidan boshqa boshpana yo\u02bbqligiga to\u02bbla ishonganlaridan so\u02bbng, butunlay qaytishlari uchun tavbalarini qabul qildi. Albatta, Alloh Tavvob <\/strong>(tavbani ko\u02bbplab qabul qiluvchi)<strong>dir, rahmlidir. Ey imon keltirganlar! Allohga taqvo qiling va sodiqlar bilan birga bo\u02bbling!\u201d<\/strong> <em>(Tavba surasi 117-119 oyatlar)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu voqeada insonning haqiqiy jasorati, jur\u02bcati, ko\u02bbnglining pokligi namoyon bo\u02bblgan. U o\u02bbzini yolg\u02bbon bilan himoya qilishga qodir bo\u02bbla turib, rostgo\u02bbylikni tanladi va xatosini tan oldi, qanday natija bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, unga tayyor turdi. Oqibatda tavbasini qabul bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson xato qilganda, takabburlikni tark etib, aybiga iqror bo\u02bblishi, bahonalar bilan oqlanishdan voz kechishi lozim ekan. Chunki o\u02bbzi boshqalardan xuddi shunday adolatni kutadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimiz ta\u02bclimotiga ko\u02bbra, insonning xatoga moyil bo\u02bblishi zaiflik emas, sinovdir. Bu imtihon orqali inson sabr, tavba va taqvoning mohiyatini anglaydi. Zero, haqiqiy komillik xato qilmaslikda emas, balki xatodan keyin o\u02bbzini isloh qila bilishdadir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson farishta emas, balki nafs, xohish va vasvasa bilan yaratilgan mavjudotdir. Shuning uchun gunoh qilishi va kamchiliklarga ega bo\u02bblishi tabiiy. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: \u201cJonim \u201cQo\u02bbli\u201dda bo\u02bblgan Zotga qasamki, gunoh qilmaganingizda, Alloh sizni ketkazib, (o\u02bbrningizga) boshqa bir qavmni keltirar, ular gunoh qilib, so\u02bbng Allohdan mag\u02bbfirat so\u02bbrar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47612,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-25T04:35:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-12-24T10:37:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"372\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz\",\"name\":\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-25T04:35:45+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-24T10:37:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg\",\"width\":660,\"height\":372},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"INSON \u2013 XATOGA MOYIL\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-25T04:35:45+00:00","article_modified_time":"2025-12-24T10:37:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":372,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz","name":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg","datePublished":"2025-12-25T04:35:45+00:00","dateModified":"2025-12-24T10:37:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/xato2512.jpg","width":660,"height":372},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47611&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"INSON \u2013 XATOGA MOYIL"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47611"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47611"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47611\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47613,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47611\/revisions\/47613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47611"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47611"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47611"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}