{"id":47603,"date":"2025-12-24T09:40:16","date_gmt":"2025-12-24T04:40:16","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603"},"modified":"2025-12-24T09:40:16","modified_gmt":"2025-12-24T04:40:16","slug":"yomg%ca%bbir-yog%ca%bbganida-nima-qilishimiz-kerak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz","title":{"rendered":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning ne\u02bcmatlari behisob. Uning O\u02bbzi bu xususda: <strong>\u201c<\/strong><strong>Agar Allohning ne\u02bcmat<\/strong>(lar)<strong>ini sanasangiz, sanog\u02bbiga yeta olmaysiz<\/strong><strong>\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><strong>[1]<\/strong><\/a>, deb ta\u02bckidlab qo\u02bbygan. Ne\u02bcmatdan murod \u2013 biror maqsad yo evaz uchun emas, yaxshilik qilish va nafi tegish niyat qilingan har qanday narsadir<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Jumladan, yomg\u02bbir ham bizning foydamiz uchun yog\u02bbdiriladigan \u2013 ulamolar aytmoqchi: ko\u02bbkdan nozil qilinadigan \u2013 va biz shukrini ado qilishimiz vojib bo\u02bblgan ana shunday buyuk ne\u02bcmatlardan biridir. Chunki u umidsizlikka tushib qolgan bandalarga Parvardigor tomonidan yuboriladigan yordamdir. Shu nuqtayi nazardan Alloh taolo O\u02bbzi haqida: <strong>\u201cU <\/strong>(odamlar)<strong> umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg\u02bbir yog\u02bbdiradigan va O\u02bbz rahmatini <\/strong>(barakotini) <strong>keng yoyadigan Zotdir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>, deb xabar bergan. Bandalarni ne\u02bcmatlar uchun O\u02bbziga shukr qilishga chaqirib: <strong>\u201cBas, Meni yod etingiz, <\/strong>(Men ham)<strong> sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrlik qilmangiz!\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, degan. Shukrning ma\u02bcnosi ne\u02bcmat beruvchi Zotning shu ishi uchun Unga hamd aytish, ne\u02bcmatini qabul qilish va e\u02bctirof etishdir<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, ana shu ilohiy ne\u02bcmatga biz qanday shukr qilishimiz kerak? Yomg\u02bbirning shukri uning yog\u02bbishidan xursand bo\u02bblish va mana shu shodlikdan kelib chiqqan holda solih amallar qilish bilan amalga oshiriladi. Binobarin, barcha odamlar haqida yaxshi gumonda bo\u02bblish va har bir insonga, hatto aqlsiz jonzotlarga ham yaxshilik qilish yomg\u02bbir yoqqani uchun qalb orqali shukr qilish sanaladi. Fazlu karami bilan bizni yomg\u02bbir ne\u02bcmati bilan siylagan Alloh taologa hamdu sano aytish esa unga til bilan shukr qilish bo\u02bbladi. A\u02bczolar bilan shukr qilishga kelsak, u Alloh taoloning ne\u02bcmatlarini yaxshi o\u02bbrinlarga ishlatish, gunoh bo\u02bbladiganiga sarflashdan saqlanish bilan hosil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yomg\u02bbir yoqqani uchun xursand bo\u02bbladigan banda har bir narsa yolg\u02bbiz Alloh taoloning huzuridan ekanini ham e\u02bctirof etishi, borliqda Undan o\u02bbzga yaratuvchi yo\u02bbqligini anglashi, ana shu e\u02bctirofi va iqrorining taqozosiga ko\u02bbra amal qilishi lozim<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Yomg\u02bbir atalmish bu ne\u02bcmatni Alloh taolo nozil qilayapti, degan e\u02bctiqod bilan faqatgina Unga shukrona aytishi kerak. Yomg\u02bbirni bandalar va yurtlar uchun manfaatli qilishini so\u02bbrab, Parvardigoriga duolar qilishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bayon qilinganidek, yomg\u02bbir ne\u02bcmatiga til bilan shukr qilish, avvalo, uni Alloh taologa nisbat berish, masalan, \u201cBu yomg\u02bbir bizga Alloh taoloning fazlu marhamati bilan yog\u02bbmoqda\u201d, deyish orqali bo\u02bbladi. Chunonchi, Zayd ibn Xolid Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan qudsiy hadisda aytilishicha, Parvardigor: <strong><em>\u201cAllohning fazli va marhamati ila ustimizga yomg\u02bbir yog\u02bbdi\u201d degan kishi Menga mo\u02bbmin, yulduzlarga kofir bo\u02bbldi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><strong><em>[7]<\/em><\/strong><\/a><strong><em>,<\/em><\/strong> der ekan. Binobarin, ulamolar, jumladan, Imom Navaviy yomg\u02bbir yog\u02bbayotgan vaqtda shu so\u02bbzlarni aytish mustahab ekanini aytgan<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, yog\u02bbayotgan yomg\u02bbir bandalar va yurtlar uchun manfaatli bo\u02bblishini so\u02bbrab duo qilish bilan Parvardigorga shukrona keltiriladi. Bunga Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilingan mana bu hadis dalil bo\u02bbladi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam yomg\u02bbir yog\u02bbayotganini ko\u02bbrganlarida: <strong><em>\u201cEy Alloh, bu yomg\u02bbirni biz uchun foydali<\/em><\/strong><strong><em>, xayr-barakali<\/em><\/strong><strong><em> qilgin!\u201d<\/em><\/strong> deb aytar edilar\u201d<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Yana bir dalil Jobir roziyallohu anhuning ushbu so\u02bbzlaridir: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cEy Alloh, ustimizdan beziyon, manfaatli, oqibati xayrli, barakali, foydali, kechikmay tez keladigan yomg\u02bbir yog\u02bbdirgin!\u201d<\/em><\/strong> deb aytayotganlarini ko\u02bbrdim\u201d<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, yomg\u02bbir mo\u02bbl-ko\u02bbl bo\u02bblib yog\u02bbayotganini ko\u02bbrganda, Anas roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan ushbu duoni o\u02bbqish sunnatdir: <strong>\u201c<em>Ey<\/em> <em>Allohim! Bu yomg\u02bbirni bizning ustimizga emas, yon-atrofimizdagi yerlarga yog\u02bbdirgin. Ey Allohim, tepaliklarga, tog\u02bblarga, changalzorlarga, qir-adirlarga, vodiylarga va yaylovlarga yog\u02bbdirgin\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, duo \u2013 ibodatning bir turi, hatto mag\u02bbzi sanaladi. Ibodat esa Allohga shukr qilish, ne\u02bcmati uchun xursand bo\u02bblishning eng ulug\u02bb ifodasidir. Yomg\u02bbir yog\u02bbayotgan vaqt duo ijobat bo\u02bbladigan pallalardan sanaladi. Chunonchi, Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOsmon eshiklari ochiladi va musulmonning duosi ijobat bo\u02bbladi: namoz o\u02bbqiyotganda, yomg\u02bbir yog\u02bbayotganda, saflarni to\u02bbldirayotganda, Ka\u02bcbani ko\u02bbrganda\u201d<\/em><\/strong><a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\"><strong><em>[12]<\/em><\/strong><\/a><strong><em>,<\/em><\/strong> deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchidan, shamollab qolishdan ehtiyot bo\u02bblish sharti bilan xayr-baraka topish umidida undan o\u02bbziga va kiyimlariga tomchilar tegishi uchun yomg\u02bbir ostida biroz turish bilan shukr qilinadi. Payg\u02bbambar alayhissalomning o\u02bbzlari ham shunday qilganlar. Chunki Alloh taolo: <strong>\u201c<\/strong><strong>Biz osmondan barakotli suv <\/strong>(yomg\u02bbir)<strong> yog\u02bbdirib, u bilan bog\u02bblarni va o\u02bbrib olinadigan donlarni undirdik<\/strong><strong>\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>, deb ta\u02bckidlagan. Anas roziyallohu anhu bunday hikoya qiladi: \u201cBiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurganimizda yomg\u02bbir yog\u02bbib qoldi. U zot badanlariga yomg\u02bbir tegishi uchun ko\u02bbylaklarini yechdilar. Biz: \u201cEy Allohning Rasuli, nima uchun bunday qildingiz?\u201d dedik. U zot alayhissalom: <strong><em>\u201cChunki u hozirgina Oliy Parvardigorining huzuridan keldi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, Alloh taoloning biz, bandalariga ato etgan va etadigan son-sanoqsiz ne\u02bcmatlari bor. O\u02bbz vaqtida yog\u02bbadigan, el-yurt uchun manfaat olib keladigan yomg\u02bbir ana shunday ne\u02bcmatlardan biridir. Mo\u02bbmin-musulmon kishi har bir ne\u02bcmat kabi yomg\u02bbir uchun ham Alloh taologa shukr qilishi, uning manbasi faqatgina Parvardigorning marhamati deb bilishi lozim. O\u02bbz vaqtida yo uzoq vaqt yog\u02bbin-sochin bo\u02bblmay qo\u02bbysa yoxud yomg\u02bbir me\u02bcyoridan ko\u02bbproq yog\u02bbsa, darhol Allohga tavba qilishi, istig\u02bbfor aytishi va Uning azobidan panoh so\u02bbrashi kerak. Bu kishining imon-e\u02bctiqodi but, qalbi zalolatdan ozoda va razolatdan sog\u02bblom ekanidan dalolat bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Ibrohim surasi, 34-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Jurjoniy. At-Ta\u02bcrifot, \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1973. 242-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Sho\u02bbro surasi, 28-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Baqara surasi, 152-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Imom Abu Qosim Zajjojiy. Ishtiqoqu asmoillahi azza va jalla, \u2013 Bayrut: Muassasatu risola, 1976. 87-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Imom G\u02bbazzoliy. Ihyo ulumiddin, \u2013 Bayrut: Dorul ma\u02bcrifa, 4-j. 84-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Muttafaqun alayh.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Imom Navaviy. Ravzatut tolibin, \u2013 Bayrut-Damashq-Ummon: Al-maktabul islomiy, 1991. 2-j. 95-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Abu Dovud rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> Imom Buxoriy rivoyati.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Qof surasi, 9-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Imom Muslim rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin NE\u02bcMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot <\/strong><strong>markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taoloning ne\u02bcmatlari behisob. Uning O\u02bbzi bu xususda: \u201cAgar Allohning ne\u02bcmat(lar)ini sanasangiz, sanog\u02bbiga yeta olmaysiz\u201d[1], deb ta\u02bckidlab qo\u02bbygan. Ne\u02bcmatdan murod \u2013 biror maqsad yo evaz uchun emas, yaxshilik qilish va nafi tegish niyat qilingan har qanday narsadir[2]. Jumladan, yomg\u02bbir ham bizning foydamiz uchun yog\u02bbdiriladigan \u2013 ulamolar aytmoqchi: ko\u02bbkdan nozil qilinadigan \u2013 va biz shukrini ado &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47604,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-24T04:40:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz\",\"name\":\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-24T04:40:16+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-24T04:40:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-24T04:40:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz","name":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg","datePublished":"2025-12-24T04:40:16+00:00","dateModified":"2025-12-24T04:40:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/yomgir2412.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47603&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YOMG\u02bbIR YOG\u02bbGANIDA NIMA QILISHIMIZ KERAK?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47603"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47603"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47603\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47605,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47603\/revisions\/47605"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47604"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47603"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47603"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47603"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}