{"id":47507,"date":"2025-12-17T10:52:14","date_gmt":"2025-12-17T05:52:14","guid":{"rendered":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507"},"modified":"2025-12-18T14:55:22","modified_gmt":"2025-12-18T09:55:22","slug":"xalifalik-nomi-bilan-qilingan-fitnalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz","title":{"rendered":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida bo\u02bblgan. U zot vafotlaridan so\u02bbng musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga o\u02bbtdi. Keyinchalik Islom sarhadlari kengayib xalifalik ham turli hududlarga bo\u02bblinib ketdi va alaloqibat musulmon o\u02bblkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, ma\u02bclum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga keldi.\u00a0 Ular rasman xalifalik deb nomlansada, aslida davlat boshqaruvi podshohlik tuzumi edi. Vaqtlar o\u02bbtishi bilan u davlatlarni ham xalifalik deb atalmay, o\u02bbz nomi bilan podshohlik, sultonlik deb yuritila boshlandi. Aslida ham shunday bo\u02bblishi kerak edi. Chunki, aytib o\u02bbtganimizdek, u davlatlardan faqat xalifalik degan nomi qolgan edi xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir tuzum va har bir jamiyatda bo\u02bblgani kabi keyinchalik bunday davlat boshqaruvlaridan norozi bo\u02bbladiganlar paydo bo\u02bbla boshladi. Ular o\u02bbz noroziliklarini jamiyatda xalifalik boshqaruvini joriy qilish g\u02bboyasi asosida izhor qilishdilar, hato bu g\u02bboya ortiga o\u02bbzlarini g\u02bbarazli maqsadlarini yashirdilar. Ular Islom tarixini eng gullab yashnagan davri xalifalik boshqaruvini yana amalda qayta joriy qilish va shu orqali go\u02bbyoki musulmonlarni yagona bir davlatga birlashtirib, qudratli xalifalik davlati tuzish da\u02bcvolari ostida turli xil fitnali harakatlar, urush va xunrezliklarni amalga oshirdilar. Bu da\u02bcvo ostida qanchadan-qancha begunoh insonlar qoni, xossatan tinch aholi, bolalar, ayollar, qariyalar qoni to\u02bbkildi, musulmon xalqlari yashaydigan obod o\u02bblkalar vayron bo\u02bbldi. \u00a0Bunga yaqin o\u02bbtmish ham guvoh. Shaxsiyati noma\u02bclum bir guruh kimsalar tomonidan xalifalik boshqaruviga qaytish da\u02bcvolari, shuni sabab qilib jihodga chorlash internet sahifalarida hozir ham tez-tez ko\u02bbzga tashlanib turadi. Holbuki, xalifalik va u davrga qaytish da\u02bcvolari ayrim toifalarning hokimiyatni egallash yo\u02bblidagi asosiy g\u02bboyaviy quroliga aylanib ulgurgan. Ularning bu da\u02bcvolariga qarshi chiqqan har qanday kishi, hatto islom dinining zabardast ulamolari ham hech ikkilanmasdan kofirga chiqarilib, imkon topilganlari o\u02bbldirildi. Holat bu ummatning olimlari hatto ayollari va bolalari o\u02bbldirilish \u00a0darajasigacha yetib kelgan bo\u02bblsada, hali hanuz ularning tuzog\u02bbiga tushayotganlar topilmoqda. Holat shu darajaga kelgan bo\u02bblsada hali hanuz xalifalik masalasi islom diniga e\u02bctiqod qiluvchi musulmon xalqlari orasidagi ayrim johil kimsalar uchun bahsli masalalardan biri bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida ularning bu da\u02bcvolari islom dini aqidalariga, manbalariga nechog\u02bblik mos keladi? Xalifalik nima, podshohlik nima? Qur\u02bconi karim oyatlarida va Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam hadislarida u da\u02bcvolarga munosabat qanday? Bu kabi savollarga javob topish, asl haqiqatni anglab yetish uchun\u00a0 oyat va hadislarga murojaat qilib, ularni kengroq sharhlab xulosani sizga havola qilamiz. Bundan maqsad bunday da\u02bcvolarni ko\u02bbtarib chiqqanlarga\u00a0 raddiya emas, asl haqiqatni anglab yetkazishdir. Shu sababli xolisona turib manbalarga murojaat qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXalofa, xalifa\u201d \u2013 (\u0627\u0644\u062e\u0644\u0627\u0641\u0629)so\u02bbzi lug\u02bbatda \u201co\u02bbrinbosar\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Qur\u02bconi karimning Baqara<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0va Sod surasida<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0\u201cxalifa\u201d so\u02bbzi zikr qilingan. Ushbu\u00a0 suralardagi oyatlar mazmunidan kelib chiqib, xalifa o\u02bbz nafsini jilovlay olgan, yer yuzida buzg\u02bbunchilikni har qanday ko\u02bbrinishiga va nohaq qon to\u02bbkishga mutlaqo qarshi bo\u02bblgan kishi deb ham ta\u02bcvil qilish mumkin bo\u02bbladi. Demak, xalifa avvalo o\u02bbzini taqvodorligi bilan xalq orasida tanilgan, Alloh taoloning roziligi yo\u02bblida yer yuzini isloh etadigan, adolat va haqiqat bilan hukm yurgizadigan, xalqlar orasida ezgulikni tarqatadigan kishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amalda esa bu so\u02bbz Muhammad sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan so\u02bbng u zotning o\u02bbrniga din va dunyo ishlarini boshqarish uchun saylangan kishiga nisbatan aytiladi.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Xalifalikka \u00a0saylanish uchun quyidagi shartlar topilishi shart qilingan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>; ilm, adolat, xalqni himoya qilish va dushmanga qarshi turishga qodirlik, ham jismonan, ham ma\u02bcnan sog\u02bblomlik, Quraysh qabilasidan bo\u02bblish<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Xalifalikka kelish yuqorida ko\u02bbrsatilgan shartlar bilan bir qatorda omma tomonidan saylanish va bay\u02bcat qilish orqali amalga oshirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi xalifalik boshqaruvi haqida manbalarda kelgan dalillar \u2013 \u00a0Nabiy sollallohu alayhi va sallam hadislariga murojaat qilamiz:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">6943 \u2013<strong>\u00a0\u0623\u062e\u0628\u0631\u0646\u0627 \u0623\u0628\u0648 \u064a\u0639\u0644\u0649 \u062d\u062f\u062b\u0646\u0627 \u0639\u0644\u064a \u0628\u0646 \u0627\u0644\u062c\u0639\u062f \u0627\u0644\u062c\u0648\u0647\u0631\u064a \u0623\u062e\u0628\u0631\u0646\u0627 \u062d\u0645\u0627\u062f \u0628\u0646 \u0633\u0644\u0645\u0629 \u0639\u0646 \u0633\u0639\u064a\u062f \u0628\u0646 \u062c\u0647\u0645\u0627\u0646\u060c \u0639\u0646 \u0633\u0641\u064a\u0646\u0629 \u0642\u0627\u0644: \u0633\u0645\u0639\u062a \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648 \u0633\u0644\u0645 \u064a\u0642\u0648\u0644 : \u0627\u0644\u062e\u0644\u0627\u0641\u0629 \u0628\u0639\u062f\u064a \u062b\u0644\u0627\u062b\u0648\u0646 \u0633\u0646\u0629 \u062b\u0645 \u062a\u0643\u0648\u0646 \u0645\u0644\u0643\u0627 . \u0642\u0627\u0644 : \u0623\u0645\u0633\u0643 \u062e\u0644\u0627\u0641\u0629 \u0623\u0628\u064a \u0628\u0643\u0631 \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0633\u0646\u062a\u064a\u0646 \u0648 \u0639\u0645\u0631 \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0639\u0634\u0631\u0627 \u0648 \u0639\u062b\u0645\u0627\u0646 \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0627\u062b\u0646\u062a\u064a \u0639\u0634\u0631\u0629 \u0648 \u0639\u0644\u064a \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0633\u062a\u0627. \u00a0\u0642\u0627\u0644 \u0639\u0644\u064a \u0628\u0646 \u0627\u0644\u062c\u0639\u062f : \u0642\u0644\u062a \u0644\u062d\u0645\u0627\u062f \u0628\u0646 \u0633\u0644\u0645\u0629 : \u0633\u0641\u064a\u0646\u0629 \u0627\u0644\u0642\u0627\u0626\u0644 : \u0623\u0645\u0633\u0643 \u061f \u0642\u0627\u0644 : \u0646\u0639\u0645 . \u0625\u0633\u0646\u0627\u062f\u0647 \u062d\u0633\u0646<\/strong>.\u00a0<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Safina roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni: \u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yildir. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d, deb aytayotganlarini eshitdim. Abu Bakr xalifaligi ikki yil, Umarning\u00a0 xalifaligi o\u02bbn yil, Usmon roziyallohu anhuning xalifaligi o\u02bbn ikki yil va Ali roziyallohu anhuning xalifaligi olti yil davom etdi, dedi. Roviylar sanadidagi Ali ibn Ja\u02bcd: Hammod ibn Salamadan: Oxirgi so\u02bbzni Safina aytganmi? deb so\u02bbradim, dedi. Hammod: Ha, deb javob berdi. Sanadi hasan hadis.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo xalifalik nima, podshohlik nima? Ular orasidagi farqni tushunib olaylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalifalik \u2013 din manfaatlari asosida fuqarolar manfaatini himoya qilishdir. Ya\u02bcni, xalifalik davlati o\u02bbzida islom dini ahkomlarini jamiyatga tatbiq etgan holda fuqarolarining huquqiy ijtimoiy manfaatlarini himoya qiladi. Boshqa davlatlar bilan diplomatik alaoqalar o\u02bbrnatish zamirida eng birinchi maqsad ularga islom dinini yetkazish, taklif qilish yotadi. Dunyoviy ishlarda, boshqa davlatlar bilan turli siyyosiy va tijoriy, ijtimoiy bitimlar tuzishda ham, garchi o\u02bbz zarariga bo\u02bblsa ham Islom dini\u00a0 ahkomlariga qat\u02bciy ravishda amal qiladi. Bunga misollar juda ko\u02bbp. Biz buni Umar ibn AbdulAziz xalifaligi davrida Samarqand shahrini\u00a0 fath etilishi misolida ham ko\u02bbrishimiz mumkin.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Podshohlik \u2013 har bir davlat o\u02bbz manfaatlari asosida fuqarolari manfaatini himoya qilishiga aytilib, uning ko\u02bbrinishlari podshohlik, sultonlik, qirollik, prezidentlik boshqaruvi shakllarida bo\u02bbladi. Ya\u02bcni, har bir davlatning hukumat rahbari ma\u02bclum bir shaxslarni (qirollik va uning oilasini), yoki\u00a0 o\u02bbsha davlat fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish asosida ish yuritadi. Atrofdagi davlatlar bilan har qanday holatda ham o\u02bbz manfaatini ko\u02bbzlab diplomatik aloqalarni o\u02bbrnatadi, undagi hukumat hech qachon o\u02bbz davlati va fuqarolari manfaatiga zid ravishda tashqi aloqalarni o\u02bbrnatmaydi. Hukumat rahbarligiga kelish meros sababli, omma tomonidan saylanish orqali yoki zo\u02bbrlik bilan hukumat tepasiga kelish orqali yuz berishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisning ma\u02bcnosiga qaytamiz. Hadisda Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam o\u02bbzlaridan so\u02bbng musulmonlarda davlat boshqaruvi xalifalik ko\u02bbrinishida\u00a0 o\u02bbttiz yil davom etishi, undan so\u02bbng xalifalik boshqaruvi tugab boshqaruv podshohlik shaklida bo\u02bblishi ta\u02bckidlamoqda hamda davlat tuzumi o\u02bbsha tuzumda bo\u02bblishi ma\u02bcqul ekanligiga ishora qilmoqda. Biz e\u02bctibor qilishimiz lozim bo\u02bblgan yana bir jihat mavjud bo\u02bblib, u bugungi kunda xalifalik davlatini qurishni da\u02bcvo qilayotgan kimsalardir. Ularning bu so\u02bbzlari ushbu hadisga nomuvofiq, aksincha Rasululloh so\u02bbzlariga qarshi zid so\u02bbzdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda rostgo\u02bbylarni eng rostgo\u02bbyrog\u02bbi bo\u02bblgan Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallam \u201cmendan keyin xalifalik o\u02bbttiz yil\u201d, ya\u02bcni undan so\u02bbng hech qanaqa xalifalik bo\u02bblmaydi, deb \u201cyolg\u02bbon\u201d gapirdilarmi yoki xalifalik quramiz deb musulmonlarni qo\u02bbynini puch yong\u02bboqqa to\u02bbldirayotganlarni da\u02bcvosi botilmi? O\u02bbz-o\u02bbzidan ma\u02bclumki, payg\u02bbambarimiz hech qachon yolg\u02bbon yolg\u02bbon so\u02bbzlamagan. Ammo shunday bo\u02bblsada bu da\u02bcvoni ko\u02bbtarib chiqayotgan, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa Payg\u02bbambarimizni yuqorida aytgan so\u02bbzlarini inkor qilib, u zotni yolg\u02bbonchiga chiqarayotgan kimsalarga ergashayotganlar ham topilib turibdi. Unday kimsalarga aytadigan so\u02bbzimiz; Dindosh birodarim, ko\u02bbzingizni oching! Kimlarga ergashayotganingizga bir qarab mulohaza qilib ko\u02bbring! Nima uchun ularga ulamolar ergashmayapdi? Nima sababdan ummatning xizmatini qilib kelgan ulamolarni ular kofirga chiqarishmoqda? Ular xalifalik va jihod kabi islomni muqaddas shiorlarini o\u02bbzlariga niqob qilib faqat musulmon bo\u02bblgan xalqlar istiqomat qilayotgan yurtlarda urush olovini yoqishayapti? Ularning bu da\u02bcvolari ortida nima turibdi? Bu kabi savollar javobi yuzlab, minglab sahifani tashkil qiladi. Islom tarixida bo\u02bblgan xavorijlar va undan boshqa adashgan oqimlarda bo\u02bblgani kabi hozirgi davrda ham xalifalik da\u02bcvosini ko\u02bbtarib chiqayotgan adashgan oqimlarning asl maqsadlari ham musulmonlar manfaatidan boshqa narsa ekanligini dunyoning nufuzli ulamolari ta\u02bckidlashmoqda.\u00a0 Har bir mo\u02bbmin musulmon kishi ularning botil da\u02bcvolaridan ogoh bo\u02bblib o\u02bbzi va mas\u02bcul bo\u02bblganlarini bunday kimsalar aldoviga ilinib noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga kirib qolishdan saqlanish choralarini ko\u02bbrishi kerak.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Oyatning to\u02bbliq ko\u02bbrinishi:<\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u0648\u064e\u0625\u0650\u0630\u0652 \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e \u0631\u064e\u0628\u0651\u064f\u0643\u064e \u0644\u0650\u0644\u0652\u0645\u064e\u0644\u064e\u0627\u0626\u0650\u0643\u064e\u0629\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u0650\u064a \u062c\u064e\u0627\u0639\u0650\u0644\u064c \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0631\u0652\u0636\u0650 \u062e\u064e\u0644\u0650\u064a\u0641\u064e\u0629\u064b \u0642\u064e\u0627\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0623\u064e\u062a\u064e\u062c\u0652\u0639\u064e\u0644\u064f \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627 \u0645\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064f\u0641\u0652\u0633\u0650\u062f\u064f \u0641\u0650\u064a\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u064a\u064e\u0633\u0652\u0641\u0650\u0643\u064f \u0627\u0644\u062f\u0651\u0650\u0645\u064e\u0627\u0621\u064e \u0648\u064e\u0646\u064e\u062d\u0652\u0646\u064f \u0646\u064f\u0633\u064e\u0628\u0651\u0650\u062d\u064f \u0628\u0650\u062d\u064e\u0645\u0652\u062f\u0650\u0643\u064e \u0648\u064e\u0646\u064f\u0642\u064e\u062f\u0651\u0650\u0633\u064f \u0644\u064e\u0643\u064e \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e \u0625\u0650\u0646\u0651\u0650\u064a \u0623\u064e\u0639\u0652\u0644\u064e\u0645\u064f \u0645\u064e\u0627 \u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u0639\u0652\u0644\u064e\u0645\u064f\u0648\u0646\u064e\u00a0\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u201c(Ey, Muhammad!) Rabbingiz farishtalarga: \u201cMen Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman\u201d, \u2013 degan so\u02bbzini eslang, shunda (farishtalar): \u201cUnda (Yerda) buzg\u02bbunchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to\u02bbkadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz\u201d, aytdilar. \u2026..\u201d Baqara, 2\/30.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Oyat mazmuni \u045cuyidagicha:<\/span><\/div>\n<div dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0\u064a\u064e\u0627 \u062f\u064e\u0627\u0648\u064f\u0648\u062f\u064f \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0627 \u062c\u064e\u0639\u064e\u0644\u0652\u0646\u064e\u0627\u0643\u064e \u062e\u064e\u0644\u0650\u064a\u0641\u064e\u0629\u064b \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0631\u0652\u0636\u0650 \u0641\u064e\u0627\u062d\u0652\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0628\u064e\u064a\u0652\u0646\u064e \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0633\u0650 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u062d\u064e\u0642\u0651\u0650 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u0651\u064e\u0628\u0650\u0639\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0647\u064e\u0648\u064e\u0649 \u0641\u064e\u064a\u064f\u0636\u0650\u0644\u0651\u064e\u0643\u064e \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0633\u064e\u0628\u0650\u064a\u0644\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u064a\u064e\u0636\u0650\u0644\u0651\u064f\u0648\u0646\u064e \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0633\u064e\u0628\u0650\u064a\u0644\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0644\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u0630\u064e\u0627\u0628\u064c \u0634\u064e\u062f\u0650\u064a\u062f\u064c \u0628\u0650\u0645\u064e\u0627 \u0646\u064e\u0633\u064f\u0648\u0627 \u064a\u064e\u0648\u0652\u0645\u064e \u0627\u0644\u0652\u062d\u0650\u0633\u064e\u0627\u0628\u0650\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u201cEy, Dovud! Darhaqiqat, Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafsu) havoga ergashib ketmagin! Aks holda, u seni Allohning yo\u02bblidan ozdirur. Albatta, Alloh yo\u02bblidan ozadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qo\u02bbyganlari sababli qattiq azob bordir.\u201d Sod, 38\/26.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Vahba az-Zuhayliy. Fiqhu-l-islomiyi va adillatuhu. Dorul-fikr. Damashq. 8-juz. \u2013B 468.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Imom Sa\u02bcduddin at-Taftazoniy so\u02bbzi. Muhammad Rashid ibn ali Rizo. Majallatu-l-minor. 27-juz. \u2013B 208. \/ Arshifu multaqo ahlil-hadis. 3-juz. \u2013B 337.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Xalifalikka nomzod quraysh qabilasidan bo\u02bblishi kerakligi hadis bilan dalillangan. Ammo ulamolar bu hadisni sahih emas, deyishadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abu Hotim Muhammad ibn Hibbon. Sahih ibn Hibbon bi tartibi Ibn Bulbon. 15-juz. \u2013B 392. 6943-hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19132#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0<a href=\"http:\/\/e-tarix.uz\/maqolalar\/1049-maqola.html\">http:\/\/e-tarix.uz\/maqolalar\/1049-maqola.html<\/a><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nodir Qobilov,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot\u00a0 markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, Islom dini avvalida musulmonlar jamiyatining boshqaruvi bevosita payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam boshqaruvlarida bo\u02bblgan. U zot vafotlaridan so\u02bbng musulmonlar jamiyati xalifalar boshqaruviga o\u02bbtdi. Keyinchalik Islom sarhadlari kengayib xalifalik ham turli hududlarga bo\u02bblinib ketdi va alaloqibat musulmon o\u02bblkalarida nomi xalifalik, boshqaruv tuzumi mulkchilikka, ma\u02bclum bir hududlarga asoslangan podshohliklar vujudga keldi.\u00a0 Ular rasman xalifalik deb &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47508,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-17T05:52:14+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-12-18T09:55:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"407\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz\",\"name\":\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-17T05:52:14+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-18T09:55:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg\",\"width\":660,\"height\":407},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-17T05:52:14+00:00","article_modified_time":"2025-12-18T09:55:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":407,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz","name":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg","datePublished":"2025-12-17T05:52:14+00:00","dateModified":"2025-12-18T09:55:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/bukhari_buxoriy2025_54.jpg","width":660,"height":407},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47507&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XALIFALIK NOMI BILAN QILINGAN FITNALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47507"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47507"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47507\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47509,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47507\/revisions\/47509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47508"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47507"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47507"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47507"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}