{"id":47237,"date":"2025-12-09T12:01:26","date_gmt":"2025-12-09T07:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=47237"},"modified":"2025-12-09T12:01:26","modified_gmt":"2025-12-09T07:01:26","slug":"jamiyat-tanasidagi-saraton","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQulf ochar kalitni topish oson, qalbni ochar kalitni topish qiyin\u201d, deydilar. Shu ma\u02bcnoda, korrupsiya degan illatning ildizi qalbda, ongda bo\u02bblgani uchun uning kalitini ma\u02bcrifatdan izlash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barchamiz halollikni kuchaytirish, adolatni mustahkamlash haqida ko\u02bbp gapiramiz. Bu \u2014 zamon talabi, odamlar umidi. Shuning uchun Prezidentimiz davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk davridanoq har bir insonni u xoh rahbar, xoh oddiy fuqaro bo\u02bblsin, \u201chalollik vaksinasi\u201d bilan emlash tashabbusini ilgari surib kelmoqda. Bu yo\u02bblda oiladagi, ta\u02bclim muassasalaridagi muhitni yaxshilash, jamiyatda adolat tamoyillarini qaror toptirish bo\u02bbyicha qator sa\u02bcy-harakatlar qilinyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham, inson ongi o\u02bbzgarmas ekan, jamiyat o\u02bbzgarmaydi. Jamiyat o\u02bbzgarmasa, qancha qonun qabul qilmaylik, natija bermaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ichki poklik \u2014 tashqi adolatning sharti<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ochig\u02bbini aytaylik, korrupsiya haqida gapirganda, ko\u02bbpchilikning ko\u02bbz oldiga katta mansabdorning birovdan pora olgani yoki bir ishni \u201ctezlashtirib\u201d bergani keladi. Lekin aslida korrupsiyaning ilk ko\u02bbrinishi juda bezarardek tuyuladigan tanish-bilishchilik, \u201ctavsiya qilib qo\u02bbying\u201d, \u201co\u02bbzimizning odam, yordam qilib yuboring\u201d kabi oddiy yumushlarda namoyon bo\u02bbladi. Biroq shu kabi holatlar taraqqiyotga raxna soladigan, ijtimoiy barqarorlikka zarar yetkazadigan, jamiyatni ichidan yemiradigan eng katta illatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Korrupsiya omi odamlarda, yosh avlodda harom-xarishga havas tuyg\u02bbusini shakllantiradi. Ongi yetarli darajada shakllanib ulgurmagan o\u02bbg\u02bbil-qizlar pora oluvchilarning to\u02bbkin-sochin turmushiga havas qilib, hayotning mazmun-mohiyatini biror lavozimga erishish va shu orqali o\u02bbz orzu-istaklarini ro\u02bbyobga chiqarishda ko\u02bbra boshlaydi. Bu illatning ildiz otishiga sabablardan biri ham shu \u2014 yosh avlod qalbida qing\u02bbir yo\u02bblga mayl paydo qilishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Korrupsiya ijtimoiy adovatni ham kuchaytiradi. Jamiyat a\u02bczolarining bir qismi nohaq tarzda boylikka ega bo\u02bblaversa, qolganlar o\u02bbz-o\u02bbzidan bunga g\u02bbaraz bilan qaraydi. Korrupsionerdan yomonlik ko\u02bbrmaganlar ham undan nafratlana boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyat a\u02bczolarining ko\u02bbzi ko\u02bbr, qulog\u02bbi kar yoki ongi past emas. Odamlar kim qanday pul topayot-ganini ko\u02bbrib, bilib turadi. Axir, har ne mansab bo\u02bblmasin, hatto eng katta maosh bilan ham qisqa vaqt-da dang\u02bbillama imorat, qator-qator mashina, dala-hovli, shohona ziyofat-u liboslar, zeb-u ziynat orttirish mumkin emasligi ayon-ku. Bu adolatsizlik shunday holatga yo\u02bbl qo\u02bbyib qo\u02bbygan davlat tizimiga, mas\u02bcul mutasaddilarga nisbatan norozilik hissini uyg\u02bbotmay qolmaydi. Shu tariqa jamiyatda ishonchsizlik, tajanglik va tushkunlik omixtalangan kayfiyat vujudga kela boshlaydi. Bu esa ijtimoiy barqarorlik uchun katta xavf.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, avvalo, turli rahbarlar o\u02bbz manfaati yo\u02bblidagi jinoyatlar jamiyat hayotini izdan chiqarishi mumkinligini hech qachon nazardan qochirmasligi, ichdan, qalban pok bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Odatga aylanayotgan xavf<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avtobusda ikki kishi bemalol suhbat quradi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolang o\u02bbqishga qanday kirdi? \u2014 deydi biri.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Falon tanishimiz bor edi, shu kishi yordam qildi-da&#8230;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu gapni aytguvchi o\u02bbzini aybdor his etmaydi, aksincha, bamaylixotir, sal kerilibroq so\u02bbzlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kabi holatlar kundalik turmushimizda tez-tez uchraydi. Tanish-bilishlarimiz, yon-verimizdagi odamlar bolasini bog\u02bbchaga berish uchun navbat kelaverma-ganda \u201corqa eshikdan\u201d masalani hal etganini, tuman hokimligiga ariza topshirganda \u201ckichik xizmat\u201d qilgan odamga alohida iltifot ko\u02bbrsatganini aytsa, parvoyimizga kelmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczi yoshlar \u201cOtam shu rayonning korrupsiyasi bo\u02bbladi!\u201d qabilida maqtanchoqlik qilganini ham eshitamiz. Jilla qursa, korrupsiyaga qarshi kurash idorasining rahbari deb to\u02bbg\u02bbri aytsa, qani edi. Yo\u02bbq, aynan shu tarzda aytsa, vahimaliroq va ta\u02bcsiri kuchli chiqadi. Afsuski, u mohiyatan \u201crayonning korrupsiyasi\u201d deb to\u02bbg\u02bbri aytgan ham bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday voqeliklarga ko\u02bbpchilik guvoh bo\u02bblgan, eshitgan. Achinarli-si, ularning hammasi \u201coddiy gap\u201d sifatida qabul qilinganida. Lekin ana shu \u201coddiy gap\u201dlar yillar davomida yuz minglab adolatsizliklar zanjirini mustahkamlab, adolatni zaiflashtirdi, qonunni keyingi o\u02bbringa tushirdi, halol kishini jazolab, noo\u02bbrin yo\u02bblni \u201cme\u02bcyor\u201dga aylantirib keldi. Ma\u02bcrifatdan uzoqlashganimiz, foydali va zararli narsani farqlay olmay qolganimiz uchun shunday bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Niyat buzilsa, amal buziladi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Korrupsiyaga qarshi kurash \u2014 bu faqat aybdorni topib, jazolash emas. Bu, avvalo, ongni tarbiyalash, kelajak avlodga toza muhit qoldirish masalasi bo\u02bblgani bilan muhim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bola yaxshi muhitda o\u02bbsib, o\u02bbz kuchi bilan talaba bo\u02bbla olsa, u kelajakda ham halol yashashni hayot me\u02bcyori deb biladi. Xizmatdagi odam lavozimni faqat imkoniyat emas, mas\u02bculiyat deb bilsa, uni suiiste\u02bcmol qilishni xayoliga ham keltirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz ko\u02bbpincha korrupsiyani min-barga chiqadiganlar, prezidiumda o\u02bbtiradiganlar, \u201ckatta to\u02bbralar\u201d orasidan izlaymiz. Lekin har bir jamiyatning ikki qutbi bor: ko\u02bbrinadigan \u2014 qonun, tizim, rasmiy tartib; ko\u02bbrinmas \u2014 odat, muhit, niyat va tarbiya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida, aynan shu botiniysi zohiriysidan kuchli. Niyat izdan chiqsa, qonun har qancha qattiq bo\u02bblmasin, baribir yo kechikadi, yo chetda qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Korrupsiyaning eng xavfli joyi \u2014 uning \u201coddiylashib\u201d borishi, ishlamoq yo dam olmoq kabi kundalik hayotning ajralmas belgilaridan biriga aylana boshlashidir. Odamlar adolat buzilishini odatiy hol sifatida qabul qila boshlasa, jamiyatda tubanlikka keng yo\u02bbl ochiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda niyat eng muhim omil sifatida ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy rivoyat qilgan mashhur hadisda aytiladi: \u201cAmallar niyatga ko\u02bbradir\u201d. Niyati buzilgan odamning amalida yaxshilik bo\u02bblmaydi. Ma\u02bcrifat inson ongiga singmaguncha, korrupsiya bilan faqat qonun doirasida kurashish \u2014yog\u02bbduni sham bilan qidirishga o\u02bbxshaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cNon o\u02bbg\u02bbirlagan bir kun quvonadi, lek bir umr qiynaladi\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson halollikdan uzoqlashgan-da, ichdan qiynala boshlaydi, farzandlari, yaqinlari oldida yuzi shuvut bo\u02bblishidan, qing\u02bbir ishlarining qiyig\u02bbi chiqishidan qo\u02bbrqib yashaydi. Unga bayramlar, quvonchlar, shodliklar tatimay qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Negaki, haromdan orttirilgan boylik odamlarning roziligi emas, aksincha, noroziligi, ba\u02bczan qarg\u02bbishi negiziga quriladi. Ular berganini kuch bilan qaytarib olishga ko\u02bbzi yetmasa ham, juda bo\u02bblmasa, ig\u02bbvo-yu g\u02bbavg\u02bbo bilan o\u02bbsha \u201cvallamat\u201dga ziyon-zaxa yetkazish payida bo\u02bbladi. Imkon tug\u02bbildi deguncha, sotishga oshiqadi, qo\u02bbshqo\u02bbllab kishan kiydirishga oshufta bo\u02bbladi. Bu xavf esa korrupsioner hayotida rohat-farog\u02bbat o\u02bbrnini besaranjom kunlar va hadik-xavotirli tunlar egallashiga olib bora-di. Bu \u2014 ichki jazo. U shu qadar muqarrarki, hech kim qochib qutula olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dono xalqimiz bejiz \u201cNon o\u02bbg\u02bbirlagan bir kun quvonadi, lek bir umr qiynaladi\u201d, demaydi. Mana shu naql har bir rahbar, har bir xodim, har bir bola miyasiga chuqur singsa \u2014 qonunga ehtiyoj qolmaydi, adolat o\u02bbz-o\u02bbzidan ustuvor bo\u02bblib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzlikni isloh etishga da\u02bcvat<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islohotlar qanchalik jadal kech-masin, odamlar davlatga ishonmasa, samaraga erishish qiyin. Davlatga ishonch \u2014 bu nafaqat siyosiy, balki ma\u02bcnaviy qudrat. U davlatning salohiyatini, kuchini namoyon qiladi. Korrupsiyaning jilovlanishi \u2014 ana shu kuchdan, qudratdan nishona.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tomonidan Yangi O\u02bbzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, avvalo, odamlarning davlatga ishonchini oshirish, ertangi kunga umidini mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun qabul qilinib, maxsus vakolatli agent-lik tashkil etildi. Hukumat faoliyatining ochiq va oshkoraligini ta\u02bcminlash hamda mas\u02bculiyatini oshirish, byurokratiyani kamaytirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish, korrupsiyaning oldi-ni olishga qaratilgan preventiv mexanizmlar amaliyotga keng jo-riy etildi. Xususan, barcha davlat idoralarida komplayens va samaradorlikni baholash reyting tizimlari yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Davlat xaridlari to\u02bbliq raqamlashtirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining \u201cHammamiz yagona kuch bo\u02bblib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san\u02bcat va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar \u2014 umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga \u201cjamiyat tanasidagi saraton&#8221; sifatida qarashi kerak\u201d, degan so\u02bbzlari har bir insonni, avvalo, o\u02bbzini isloh qilishiga qaratilgan da\u02bcvatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga kamarbasta bo\u02bblishni, xususan, jamiyatda sog\u02bblom e\u02bctiqod va pok axloqni targ\u02bbib etishni, xalqimizning ma\u02bcnaviy immunitetini mustahkamlashni o\u02bbz oldiga qat\u02bciy vazifa qilib belgilab olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Korrupsiyaga qarshi kurashda eng katta yordam \u2014 adolat haqidagi ilmiy, axloqiy va diniy bilimlarni xalq ongiga yetkazish, yoshlarda halollikni eng oliy qadriyatlar darajasiga ko\u02bbtarish, boylik orttirishning noqonuniy yo\u02bbllariga murosali munosabatni tag-tomiri bilan yo\u02bbqotish orqali amalga oshirilishini to\u02bbla anglab, bu boradagi ishlarga ilmiy tadqiqotlar, ma\u02bcrifiy loyihalar, ko\u02bbplab dasturlar yordamida baholi qudrat o\u02bbz hissamizni qo\u02bbshib kelmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Og\u02bbir, ammo sharafli yo\u02bbl<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng chuqur jar \u2014 inson qalbining qorong\u02bbi burchagidir. Korrupsiya ana shu zulmatda paydo bo\u02bbladi. Qonun uni to\u02bbxtatishi mumkin, lekin bu faqat vaqtinchalik chora bo\u02bbladi. Chunki \u201co\u02bbrgangan ko\u02bbngil o\u02bbrtansa, qo\u02bbymas\u201d. Odamzod yoqimli narsaga tez ko\u02bbnikadi. Ishlamay tishlash, belni og\u02bbritmasdan boylik orttirish mayli ko\u02bbngilning eng qora tubiga o\u02bbrnashib olgandan keyin uni faqat jazo bilan daf etish mushkul. Chunki ko\u02bbngil kirlanib bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois bu illatni tamomila yo\u02bbq qila oladigan kuch ma\u02bcrifatdir. Faqat ma\u02bcrifatgina qalbga ziyo olib kirib, ko\u02bbngildagi aldam-chi ho-yu havasni parchalashga qodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun korrupsiyaga qarshi kurashish \u2014 iqtisodiy yo huquqiy talab emas, balki ma\u02bcnaviy ehtiyoj, milliy xavfsizlik sharti, ijtimoiy ishonch masalasiga aylangan. Qonunga xilof ravishda topilgan pullar \u2014 shunchaki oddiy jinoyat yoki ro\u02bbyxatlardagi raqamlar emas, u \u2014 tarbiya, odat, muhit va e\u02bctiqodning yuzasiga chiqib qolgan qora dog\u02bbdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash \u2014 avvalo, ma\u02bcrifat bilan bosqichma-bosqich, izchil ish olib borishni talab qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Ra\u02bcd surasida: \u201cAniqki, to biron qavm o\u02bbzlarini o\u02bbzgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o\u02bbzgartirmas\u201d, deb marhamat qiladi. Ya\u02bcni o\u02bbzgarish, avvalo, ich-ichimizdan boshlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida e\u02bctibor qaratilayotgan bo\u02bblsa-da, bu ish faqat davlatning kuchi bilan amalga oshmaydi. Bu yo\u02bblda davlat, jamiyat, ilm ahli, ota-ona, o\u02bbqituvchi, mahalla-ko\u02bby ham \u2014 hamma birdam bo\u02bblib, jips bo\u02bblib ishlashi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundagina jamiyatimizda adolat barqaror bo\u02bbladi, kelajak nasl halol mehnatga suyangan, toza muhitda shakllangan avlod bo\u02bblib yetishadi. Yoshlarimiz ongida insof va adolat mustahkam bo\u02bblsa, hech qanday illat ularni yenga olmaydi. Bu yo\u02bbl \u2014 og\u02bbir, ammo sharaflidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari doktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cQulf ochar kalitni topish oson, qalbni ochar kalitni topish qiyin\u201d, deydilar. Shu ma\u02bcnoda, korrupsiya degan illatning ildizi qalbda, ongda bo\u02bblgani uchun uning kalitini ma\u02bcrifatdan izlash lozim. Barchamiz halollikni kuchaytirish, adolatni mustahkamlash haqida ko\u02bbp gapiramiz. Bu \u2014 zamon talabi, odamlar umidi. Shuning uchun Prezidentimiz davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk davridanoq har bir insonni u xoh rahbar, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47223,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-09T07:01:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz\",\"name\":\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-09T07:01:26+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-09T07:01:26+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-09T07:01:26+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz","name":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg","datePublished":"2025-12-09T07:01:26+00:00","dateModified":"2025-12-09T07:01:26+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/20251209_xs.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47237&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cJAMIYAT TANASIDAGI SARATON\u201d"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47237"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47237"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47238,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47237\/revisions\/47238"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47223"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}