{"id":47190,"date":"2025-12-05T09:10:31","date_gmt":"2025-12-05T04:10:31","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=47190"},"modified":"2025-12-05T14:39:28","modified_gmt":"2025-12-05T09:39:28","slug":"vijdon-poklik-va-ma%ca%bcnaviy-mas%ca%bculiyat-jamiyat-barqarorligining-poydevori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz","title":{"rendered":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo texnologik taraqqiyot har qancha ilg\u02bbor ko\u02bbrsatkichlarni namoyish qilmasin, barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri insonning ichki dunyosi \u2013 yuksak ma\u02bcnaviyati, halolligi, vijdoni bu yuksalish bilan hamqadam bo\u02bblmasa, alaloqibat barchasi inqiroz bilan tugaydi. Ma\u02bcnaviy yaxlitlik qaror topmagan, umummilliy miqyosdagi mushtarak maqsad va g\u02bboyalar atrofida jipslik va birdamlik bo\u02bblmagan jamiyatda qonun ustuvorligi ham, iqtisodiy o\u02bbsish ham uzoq saqlanib tura olmaydi. Shu jihatdan yuksalishning bosh omillaridan biri sanalgan ijtimoiy barqarorlik poydevori inson qalbidagi poklik, mas\u02bculiyat va vijdondir, desak, yanglish fikr bildirgan bo\u02bblmaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vijdon Parvardigor ato etadigan eng muhim fazilatlardan biridir. U yomonlikdan qaytaruvchi, yaxshilikka chorlovchi, zulm va g\u02bbirromlikni rad etib, amal va so\u02bbzda halollik va poklikni olqishlovchi adolat tarozisidir. Shams surasining 8-oyatida Alloh taolo:<strong> \u201cBas, unga <\/strong>(nafsga)<strong> fisq-fujurini ham, taqvosini ham <\/strong>(Alloh)<strong> ilhom qilib <\/strong>(bildirib)<strong> qo\u02bbygan\u201d, <\/strong>deydi. Bu oyat inson qalbidagi yaxshilik bilan yomonlikni farqlash qobiliyati Alloh tomonidan berilganiga ishoradir. Demak, vijdon ma\u02bcnaviy yo\u02bblni yoritib turuvchi ichki nurdir. Alloh taolo insonning nafsiga fujur yo\u02bbli nima-yu taqvo yo\u02bbli nima ekanini bayon qilib berganini aytmoqda. Shuningdek, Parvardigor yaxshi-yomon, imon-kufr, savob-gunoh, hidoyat-zalolat kabilarni ham aniq anglatib bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Navvos ibn Sam\u02bcon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cYaxshilik husni xulqdir. Gunoh esa ko\u02bbnglingni g\u02bbash qiladigan va odamlar bilishini istamaganing narsadir\u201d,<\/em><\/strong> dedilar <em>(Muslim rivoyati)<\/em>. Bu hadisdagi \u201cko\u02bbngil\u201d ayni shu vijdonning o\u02bbzi bo\u02bbladi. Ko\u02bbngilni g\u02bbash qilib, og\u02bbritadigan narsa \u2013 vijdon qamchisi, gunoh ishlarni sodir etganimizda paydo bo\u02bbladigan ichki iztirob \u2013 vijdon azobi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vijdon inson ongu shuurining sukutli bir qismi bo\u02bblsa-da, u nido qilishni, o\u02bbz sohibining qalbida bong urishni, qulog\u02bbiga jar solishni biladi. Shu vositalar bilan banda Yaratganning doimiy nazoratida ekanini eslatib turadi. Ya\u02bcni, vijdon \u2013 har bir insonning unsiz, lekin jarangdor, ko\u02bbrinmas, lekin har ishini ko\u02bbrib turuvchi noziri sifatida faoliyat yuritadi. U qonundan ham, jazodan ham kuchliroq bo\u02bblgan to\u02bbxtatuvchi mexanizmdir. Zamonaviy tadqiqotlar davomida inson o\u02bbz xatti-harakati uchun ichki javobgarlikni his qilganda, uning qonunbuzarlikka moyilligi ikki-uch hissa kamayishi aniqlangan. Vijdonli shaxslarda ijtimoiy hamdardlik, ahillik, hamkorlik, rahm-shafqatlili, adolatni qo\u02bbllab-quvvatlash kabi xislatlar darajasi yuqori bo\u02bblar ekan. Vijdonsizlik korrupsiya, shovinizm, zo\u02bbravonlik, jamiyatdagi ishonch inqirozi va boshqa illatlarning asosiy manbai bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, vijdon nafaqat axloqiy tarbiya, balki ma\u02bcnaviy xavfsizlik mexanizmi sifatida muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatdagi eng katta boylik odamlar o\u02bbrtasidagi o\u02bbzaro ishonchdir. U esa poklikka tayanadi. Poklik va halollik axloqning o\u02bbzagidir. Baqara surasining 222-oyatida <strong>\u201cAlloh poklanib yuruvchilarni yaxshi ko\u02bbradi\u201d<\/strong> deyiladi. Poklik faqat g\u02bbusl yoki tahorat (ya\u02bcni badan tozaligining o\u02bbzigina) emas, balki yaxshi niyat, halol rizq, halol mehnat, chiroyli muomala, xushfe\u02bcllik, bag\u02bbrikenglik, pokiza qalb kabi ma\u02bcnaviy fazilatlarni ham anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan \u201cOdamlarning qaysi biri afzalroqdir?\u201d deb so\u02bbrashdi. U zot: <strong><em>\u201cQalbi toza va tili to\u02bbg\u02bbri har bir inson\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Odamlar: \u201cTili to\u02bbg\u02bbri bo\u02bblganini bilamiz, qalbi toza nima degani?\u201d dedi. U zot: <strong><em>\u201cU taqvoli va pokiza bo\u02bblib, gunoh, zulm, gina-kudurat va hasaddan xoli kishidir\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d <em>(Ibn Moja rivoyati)<\/em>. Hadisda bir vaqtning o\u02bbzida insonning ichki va tashqi olamini tarbiyalovchi juda chuqur hikmat bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam \u201cafzal inson\u201d bo\u02bblish uchun ikki sifatni asos qilib ko\u02bbrsatyaptilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qalbi toza kishi barcha ijtimoiy muammolarning davosidir. Bunday inson firib, aldov, xiyonat, g\u02bbirromlik, manfaatparastlikdan uzoqda bo\u02bbladi. Yaqinlariga, qo\u02bbshnisiga, hamkasblariga, umuman, hech kimga zulm qilmaydi, huquqini poymol etmaydi. Adolat uning hayot tarzi bo\u02bbladi. Qalbida boshqalarga gina-gumon saqlamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odatda jamiyatdagi ko\u02bbp muammolar chetdan qaraganda mayda, lekin muayyan shaxs uchun katta bo\u02bblib tuyuladigan adovat, bir insonning o\u02bbz nazdida boshqalarning \u201cadolatsizligi\u201d, \u201cshu (martaba, mol-davlat, suyukli yor va hk.) aslida meniki bo\u02bblishi kerak edi\u201d qabilidagi og\u02bbma o\u02bby-fikrlardan kelib chiqadi. <strong>Hasaddan xolilik b<\/strong>oshqalarning muvaffaqiyatidan xursand bo\u02bblish ham ulkan fazilat. Pokiza inson \u201cFalonchida bor, menda yo\u02bbq\u201d deb, bahri dilini g\u02bbam yo nafrat bilan egovlamaydi. Aksincha, jamiyatda tinchlik, ishonch va mehr-oqibat muhitini yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tili to\u02bbg\u02bbri inson gapida rostgo\u02bby bo\u02bbladi, va\u02bcdasiga vafo qiladi, lafzi bilan odamlarga zarar yetkazmaydi. Ijtimoiy hayotda yolg\u02bbon xabar va mish-mish tarqatmaydi. Boshqalarni yomonlab, sha\u02bcniga putur yetkazmaydi. Noo\u02bbrin va nomunosib hazil, jahl, g\u02bbazab, haqorat bilan odamlarni xafa qilmaydi. Ishda, oilada, jamoatchilik orasida ishonchli gapiradi, aldamaydi. Bunda shunday ma\u02bcno borki, jamiyat tili to\u02bbg\u02bbri insonlar orqali barqaror bo\u02bbladi, chunki eng katta fitnalar yolg\u02bbon, g\u02bbiybatu ig\u02bbvodan boshlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Poklikning jamiyatdagi ahamiyati shundaki, u korrupsiyaga qarshi immunitet yaratadi. Poklik madaniyati yuqori bo\u02bblgan yurtda qonunbuzarlik kamayadi, iqtisodiy o\u02bbsish jadallashadi, siyosiy barqarorlik mustahkam bo\u02bbladi. Aholi manfaatlari poklik asosida ta\u02bcminlanganda, ijtimoiy noroziliklar kamayadi. Inson mehnatining qadri ortadi. Mehnat etikasi (intizom, mas\u02bculiyat va halollik) yuksaladi. Bu esa jamiyatda umumiy samaradorlikni oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, poklik \u2013 bu faqat shaxsiy fazilat emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta\u02bcminlovchi omil ham ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyat jamiyat va odamlarning quvvatidir. Ra\u02bcd surasining 11-oyatida Alloh taolo: <strong>\u201cAlbatta, to bir qavm <\/strong>(ahli)<strong> o\u02bbzlarini o\u02bbzgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o\u02bbzgartirmas\u201d,<\/strong> deydi. Ya\u02bcni, inson bir yaxshilikka erishmoqchi bo\u02bblsa, o\u02bbsha yaxshilikka yetaklaydigan xislatlarni o\u02bbzida mujassam etishi va unga erishish uchun harakat qilishi lozim. Shundagina Alloh uning ishida yaxshi tomonga o\u02bbzgarish hosil qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatdan ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyatning ilohiy asosi kelib chiqadi. Ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot insonlarning o\u02bbzini tarbiya qilishiga bog\u02bbliq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mas\u02bculiyat ikki turga bo\u02bblinadi. Birinchisi, shaxsiy mas\u02bculiyat \u2013 nafs oldidagi javobgarlik bo\u02bblib, farzlarni ado etishdagi jonkuyarlik, halol-haromga e\u02bctibor, vijdon amri asosidagi qarorlardir. Ikkinchisi, jamoaviy mas\u02bculiyat \u2013 jamiyat oldidagi javobgarlik bo\u02bblib, zulmga qarshi chiqish, haq gapni aytish, adolatni qo\u02bbllab-quvvatlashdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKim bir munkar ishni ko\u02bbrsa, uni qo\u02bbli bilan o\u02bbzgartirsin, unday qila olmasa, tili bilan, uni ham qila olmasa, qalbi bilan <\/em><\/strong><em>(norozi bo\u02bblsin)<strong>. Lekin bu imonning eng zaifidir\u201d,<\/strong><\/em> deganlar <em>(Muslim rivoyati)<\/em>. Bu hadis jamiyatdagi ma\u02bcnaviy nazoratning asosiy tamoyilidir. U yaxshilikni rag\u02bbbatlantirish va yomonlikka befarq bo\u02bblmaslikka da\u02bcvat qiladi. Bu hadis bilan quyidagi tamoyillar belgilanadi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; har bir inson o\u02bbzi va boshqalar uchun mas\u02bculiyatli bo\u02bblishi;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; befarqlikka qarshi eng so\u02bbnggi me\u02bcyor \u2013 yomonlikni ko\u02bbra turib, unga nisbatan ichki e\u02bctiroz bildirish ham imonning bir qismi ekanini anglash;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; yaxshilikni rag\u02bbbatlantirish va yomonlikka befarq bo\u02bblmaslikka da\u02bcvat \u2013 jamiyatda osoyishtalik va adolatni ta\u02bcminlaydigan tartib asosi ekanini bilish;<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211; ma\u02bcnaviy nazorat \u2013 odamlarning bir-birini ezgulikka chorlashi, yomonlikdan qaytarishi orqali hosil bo\u02bblishi va umumiy ma\u02bcnaviy muhitni sog\u02bblom saqlashini chuqur anglab yetish.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu tamoyillar mas\u02bculiyatli fuqarolik, yuksak ma\u02bcnaviy ong va ijtimoiy adolatning asosiy mezonidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Javobgarlik bo\u02bblgan joyda tartib bo\u02bbladi. Ijtimoiy tartib va intizomni kuchaytirishning eng samarali yo\u02bbli shaxsning ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyatini oshirishdir. Buning uchun fikrlash qobiliyati kuchli bo\u02bblgan avlodni tarbiyalashga e\u02bctiborni kuchaytirish kerak. Faqat ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyatli insonlar kelajak egalariga kuchli ishonch, yuksak bilim va go\u02bbzal axloq merosini qoldiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Global xavflar davrida yuksak ma\u02bcnaviyat eng qudratli himoya vositasidir. Axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiq va yot g\u02bboyalarga qarshi immunitetni aynan ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyat kuchaytiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnan yetuk fuqaro o\u02bbz hayotida faqat davlatga emas, o\u02bbz vijdoniga ham tayanadi, jamiyatda muammo ko\u02bbrsa, befarq bo\u02bblmaydi, doim daxldorlikni his qilib yashaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatdagi haqiqiy islohotlar avval insonning ichki olami \u2013 qalbi, vijdoni va ma\u02bcnaviyatini tozalashdan boshlanar ekan. Qonunlar faqat tashqi tartibni saqlashga xizmat qilsa, qalb pokligi va til to\u02bbg\u02bbriligi jamiyat a\u02bczolarini haqiqiy ma\u02bcnoda yaxshilikka yetaklaydi. Shuning uchun har bir inson o\u02bbz ma\u02bcnaviy mas\u02bculiyatini his etsa, vijdon amri va yo\u02bbrig\u02bbi bilan yashasa, poklikni hayot qoidasiga aylantirsa, jamiyatning taraqqiyoti barqaror va bardavom bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jamiyatda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo texnologik taraqqiyot har qancha ilg\u02bbor ko\u02bbrsatkichlarni namoyish qilmasin, barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri insonning ichki dunyosi \u2013 yuksak ma\u02bcnaviyati, halolligi, vijdoni bu yuksalish bilan hamqadam bo\u02bblmasa, alaloqibat barchasi inqiroz bilan tugaydi. Ma\u02bcnaviy yaxlitlik qaror topmagan, umummilliy miqyosdagi mushtarak maqsad va g\u02bboyalar atrofida jipslik va birdamlik bo\u02bblmagan jamiyatda qonun ustuvorligi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47193,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4106,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-05T04:10:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-12-05T09:39:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"373\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz\",\"name\":\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-05T04:10:31+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-05T09:39:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg\",\"width\":660,\"height\":373},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-05T04:10:31+00:00","article_modified_time":"2025-12-05T09:39:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":373,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz","name":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg","datePublished":"2025-12-05T04:10:31+00:00","dateModified":"2025-12-05T09:39:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/halollik0512.jpg","width":660,"height":373},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47190&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"VIJDON, POKLIK VA MA\u02bcNAVIY MAS\u02bcULIYAT \u2013 JAMIYAT BARQARORLIGINING POYDEVORI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47190"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47190"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47190\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47194,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47190\/revisions\/47194"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47193"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47190"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47190"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47190"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}