{"id":47132,"date":"2025-12-03T12:42:03","date_gmt":"2025-12-03T07:42:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=47132"},"modified":"2025-12-03T12:42:03","modified_gmt":"2025-12-03T07:42:03","slug":"buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz","title":{"rendered":"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hech kim shubha qilmaydigan bir haqiqat bor. U ham bo\u02bblsa shuki, Imom Abu Hanifa rahimahulloh tobeinlardandir. Chunki u sahobalardan ba\u02bczilarini ko\u02bbrgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi deb sifatlagan dastlabki uch asrning ilk davrida yashab o\u02bbtgan. Aksar ulamolar ta\u02bckidlaganidek, Imom Abu Hanifa rahimahulloh hadis roviylari, peshvolari va hofizlaridan biridir. Lekin u mashhur muhaddislar singari ko\u02bbp hadis rivoyat qilmagan. Chunki hadislarni fiqhiy jihatdan o\u02bbrganish, ulardan hukm chiqarish va fatvo berish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblgan.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir haqiqat shuki, Imom Abu Hanifa rahimahulloh Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari va ularni rivoyat qilish borasida keng va chuqur bilimga ega bo\u02bblgan. Aks holda, Alloh taoloning dini masalasida odamlarga qanday qilib fatvo berishi, fiqh bobida imomlik \u2013 peshvolik bilan sifatlanishi mumkin edi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo bir nohaqlik borki, soxta salafiylar dunyo musulmonlarining aksariyati o\u02bbziga imom deb biladigan, uning aqidaviy va fiqhiy mazhabi asosida toat-ibodat qiladigan ana shu buyuk Imomni obro\u02bbsizlantirish kampaniyasini to\u02bbxtatmayapti. U yashab o\u02bbtgan davrdan bugungi kunga qadar uning sha\u02bcniga aytilgan e\u02bctiroflar va berilgan yuksak baholarni ko\u02bbrib, ko\u02bbrmaganga, eshitib, eshitmaganga olayapti. Bunday kimsalar hanafiylar Imom Abu Hanifaning aqidaviy va fiqhiy mazhabidan voz kechib, ularning buzuq aqidasini qabul qilmaguncha va sanadi kesik mazhabiga o\u02bbtmaguncha ularni hech qachon to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldagi musulmon sifatida ko\u02bbrishni istamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Hanifa hadis bilmagan, shuning uchun undan kam sonli hadis rivoyat qilingan, deb tanqid qilayotgan kimsalar o\u02bbqib, insofga kelsa, ajab emas, degan umidda quyida bir qancha olimlarning Imom Abu Hanifa rahimahulloh haqidagi fikrlarini taqdim qilamiz. Bu kimsalar shundan keyin ham uni obro\u02bbsizlantirishga urinishdan to\u02bbxtamaydigan bo\u02bblsa, demak, ular ko\u02bbzida kamchiligi borligi tufayli musaffo kunda ham quyoshni xira ko\u02bbradigan, ta\u02bcm bilishida nuqsoni bo\u02bblgani uchun asalni ham taxir his qiladigan odamlar bo\u02bblib chiqadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hanifa rahimahullohning shayxlaridan biri bo\u02bblmish Mis\u02bcar ibn Kidom (vaf. 152\/769): \u201cAbu Hanifa bilan birga hadis o\u02bbrgandim. U (hadis ilmida) bizdan o\u02bbzib ketdi\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn1\">[1]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning shayxlaridan biri bo\u02bblgan Yahyo ibn Main (vaf. 203\/818) bunday degan: \u201cAlbatta, Qur\u02bcon (oyatlari)da bo\u02bblgani kabi hadisning ham nosixi va mansuxi bordir. No\u02bbmon (ya\u02bcni, Abu Hanifa) o\u02bbz yurtidagi hadislarning barchasini to\u02bbplab chiqqan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etishlariga yaqin yillarda aytgan hadislarini teran o\u02bbrganib, o\u02bbshalarga amal qilgan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref2\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn2\">[2]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Dovud Xuraybiy (vaf. 213\/828): \u201cIslom ahli namozlarda Abu Hanifaning haqqiga duo qilishi vojibdir&#8230;\u201d, degan. So\u02bbngra uning musulmonlar uchun sunnat va fiqhni muhofaza qilib berganini ta\u02bckidlagan<\/span><a name=\"_ftnref3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn3\">[3]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy (vaf. 279\/892) \u201cSunan\u201d asarining \u201cKitabul ilal\u201d qismida: \u201cHadis ahlini tushunmaydigan ba\u02bczi kimsalar ularning roviylar haqidagi fikrlarini tanqid qiladi. Vaholanki, tobeinlarning bir qator peshvolari roviylar haqida o\u02bbz fikrini bayon qilganini ko\u02bbrganmiz\u201d, deb yozgan. So\u02bbng Abu Hanifaning Jobir Jo\u02bbfiy haqidagi fikrlarini keltirgan<\/span><a name=\"_ftnref4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn4\">[4]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Hokim (vaf. 405\/1014): \u201cQirq to\u02bbqqizinchi tur. Hadislari tushunib yod olish uchun to\u02bbplab boriladigan tobeinlarning siqa \u2013 o\u02bbta ishonchli va mashhur bilimdonlarini tanib olish haqida. Abu Hanifa ham o\u02bbshalar jumlasidan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn5\">[5]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Bayhaqiy (vaf. 458\/1066): \u201cJarh va ta\u02bcdil borasida roviylarning, jumladan, Abu Hanifaning holati haqida sukut saqlashgan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn6\">[6]<\/a>, degan. Ya\u02bcni, ulamolar roviylarni tavsiflar ekan, Imom A\u02bczam haqida biror nojo\u02bbya fikr bildirmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Saraxsiy (vaf. 483\/1090): \u201cImom Abu Hanifa rahimahulloh hadis bobida o\u02bbz davrining eng bilimdoni edi. Ammo asosan uni zabt qilish, ya\u02bcni eshitish, tushunish va puxta shaklda yodlab olish qoidasiga mukammal rioya qilgani uchun kam rivoyat qilgan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref7\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn7\">[7]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Kosoniy (vaf. 587\/1191): \u201cU \u2013 Abu Hanifa rahimahulloh \u2013 hadis ilmining sarroflaridan (o\u02bbz ishining ustalaridan) edi\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref8\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn8\">[8]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Taymiya (vaf. 728\/1328) Quyoshning Ali roziyallohu anhu uchun ortga qaytgani haqidagi hadis va Tahoviy uni sahihga chiqargani mavzusida so\u02bbz yurita turib bunday deydi: \u201cBu \u2013 shundan dalolat beradiki, ulamolarning peshvolari, hatto mashhur imomlarning biri bo\u02bblmish Abu Hanifa ham bu hadisni tasdiqlamagan. Balki inkor etgan. Abu Hanifa Tahoviy va unga o\u02bbxshaganlarga qaraganda ilmliroq va faqihroqdir\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref9\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn9\">[9]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy (vaf. 748\/1347): \u201cAlbatta, Imom Abu Hanifa hadisni talab qildi (o\u02bbrgandi) va aksariyatini yod oldi&#8230; Asar (sahobalarning so\u02bbzlari)ni talab qilishga ahamiyat qaratib, bu borada ko\u02bbplab safarlar qildi\u201d<\/span><a name=\"_ftnref10\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn10\">[10]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Qayyim Javziya (vaf. 751\/1350): \u201cSahobalar, tobeinlar, shuningdek, Shofeiy, Abu Hanifa, Buxoriy singari hadis imomlariga kelsak&#8230;\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref11\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn11\">[11]<\/a>, deb, uni muhaddislar qatorida tilga olgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Kasir (vaf. 774\/1372) hadisga doir bir masala yuzasidan so\u02bbz yuritayotib: \u201cMana bu kishi \u2013 Abu Hanifa, e\u02bctiborli imomlardan biri, u ham bu hadisning roviysini qoralagan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref12\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn12\">[12]<\/a>, degan. Bu bilan Imom A\u02bczamning fikri ahamiyatli ekanini ta\u02bckidlagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Xaldun (vaf. 808\/1405) bunday degan: \u201cUning \u2013 Abu Hanifaning \u2013 hadis ilmi borasida mujtahidlarning ulug\u02bblaridan bo\u02bblganiga boshqa imomlar orasida aynan uning mazhabi hadisga suyanishi, tayanishi, (biror fikrni) qabul qilish-qilmaslikda hadisni e\u02bctiborga olishi dalil bo\u02bbla oladi\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref13\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn13\">[13]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Yusuf Solihiy (vaf. 942\/1535) yana ham nazokatli qilib bunday degan: \u201cShuni bilginki \u2013 Alloh senga marhamat ko\u02bbrsatsin! \u2013 Imom Abu Hanifa hadis hofizlarining buyuklaridandir. Hadislarga ko\u02bbp e\u02bctibor qaratmaganida, ulardan fiqhni (hukm va fatvolarni) chiqarib olishga muyassar bo\u02bbla olmas edi. Fiqhni uning o\u02bbz manbalaridan chiqarib olgan dastlabki ilm odami aynan udir\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref14\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn14\">[14]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mullo Ali Qori (vaf. 1014\/1605): \u201cAbu Hanifa haqidagi yaxshi gumon shuki, u hadisi shariflarning sahihini ham, zaifini ham o\u02bbzlashtirgan edi\u201d<\/span><a name=\"_ftnref15\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn15\">[15]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajluniy (vaf. 1162\/1749): \u201c&#8230;va u \u2013 Abu Hanifa \u2013 Kitob va sunnat borasida odamlarning eng bilimdoni edi. Chunki shariat faqatgina Kitob va sunnatdan olinadi. To\u02bbg\u02bbri, u boshqa imomlar singari ko\u02bbp hadis rivoyat qilmagan. Imomlik va mujtahidlikning sharti ko\u02bbp hadis rivoyat qilish emasdir. Chunki ijtihod sunnatlarni yod bilishga bog\u02bbliq, ularni boshqalarga yetkazish va rivoyat qilishga emas\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn16\">[16]<\/a>, degan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Abdurashid No\u02bbmoniy (vaf. 1419\/1998) bunday degan: \u201cAvvalgi va bugungi imomlar Abu Hanifaning hadis bobida peshvolardan bo\u02bblganiga shohidlik bergan. Tabaqot (roviylar tabaqasini o\u02bbrganuvchi fan) asarlari yozgan muhaddislar, hofizlar va hadis namoyandalari o\u02bbz asarlarida Imom Abu Hanifaning ismini hadis hofizlari tilga olib o\u02bbtgan\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref17\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn17\">[17]<\/a>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ha, Abu Hanifa chinakam hofiz bo\u02bblgan. \u201cHofiz\u201d deganda, hadis va hadis ilmi borasida ko\u02bbp ilmni egallagan, hadis va uning illatlari bobida bilganlari bilmaganlaridan ko\u02bbproq bo\u02bblgan kishi tushuniladi. Binobarin, hofiz muhaddisdan yuqoriroq turadi<\/span><a name=\"_ftnref18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn18\">[18]<\/a>. Bu fikrning sunnatdan dalili Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilingan ushbu hadisdir: \u00abNabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u00abBizdan bir hadisni eshitib, yodlab olib, boshqasiga yetkazgan odamni Alloh yorlaqasin. Fiqhni olib yuruvchi ba\u02bczi\u00a0<\/em><\/strong><em>(kishi)<strong>lar uni o\u02bbzidan ko\u02bbra faqihroqqa\u00a0<\/strong>(yetkazadi)<strong>\u00a0va fiqhni olib yuruvchi ba\u02bczi\u00a0<\/strong>(kishi)<strong>lar faqih emasdir\u00bb,<\/strong><\/em>\u00a0dedilar\u00bb<\/span><a name=\"_ftnref19\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn19\">[19]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Hanifa rahimahullohni o\u02bbz asarlarida hofizlar qatorida sanab o\u02bbtgan olimlar:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy \u2013 \u201cTazkiratul huffoz\u201d,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Abdulhodiy Maqdisiy (vaf. 744\/1343) \u2013 \u201cTabaqot ulamoil hadis\u201d,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Nosir Damashqiy (vaf. 842\/1438) \u2013 \u201cAt-Tibyon li badiy\u02bcatil bayon\u201d,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Mibrad (vaf. 909\/1503) \u2013 \u201cTabaqotul huffoz\u201d,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suyutiy (vaf. 911\/1505) \u2013 \u201cTabaqotul huffoz\u201d,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Badaxshiy (vaf. 912\/1506) \u2013 \u201cTarojimul huffoz\u201d.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Abdulqodir Qurashiy bunday yozadi: \u201cBilginki, Imom Abu Hanifaning jarh va ta\u02bcdil borasida aytgan so\u02bbzlari maqbuldir. Bu fanning ulamolari Imom Ahmad, Buxoriy, Ibn Main va boshqa shayxlarning so\u02bbzlarini qabul qilganidek, uning so\u02bbzlarini ham maqbul sanagan va amalda qo\u02bbllagan. Bu \u2013 uning sha\u02bcni buyukligi, ilmi bepoyonligi va o\u02bbzi ulug\u02bbligidan dalolat\u201d\u00a0<\/span><a name=\"_ftnref20\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftn20\">[20]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Hanifa rahimahulloh haqida aytilgan bu tavsiflardan ayon bo\u02bbladiki, u haqiqatan ham Imom A\u02bczam \u2013 musulmonlarning eng buyuk imomi degan maqomga munosib bo\u02bblgan. Qur\u02bcon va hadis ilmining peshvolaridan bo\u02bblib, asosan ijtihod va fatvo bilan shug\u02bbullangani uchun hadis rivoyatiga alohida vaqt ajratmagani, bu esa uni buyuk hofiz sanalishiga monelik qilmasligi juda ko\u02bbp ulamolar tomonidan ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0Imom Zahabiy. Manoqibu Abi Hanifa, 27-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn2\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0Alo Buxoriy. Kashful asror, 1-jild, 16-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0Abu Bakr Xatib. Tarixu Bag\u02bbdod, 13-jild, 344-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref4\">[4]<\/a>\u00a0Imom Termiziy. Al-Ilal, 388-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref5\">[5]<\/a>\u00a0Imom Hokim Naysoburiy. Ma\u02bcrifatu ulumil hadis, 240-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0Bayhaqiy. Daloilun nubuvvat, 1-jild, 43-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn7\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0Imom Saraxsiy. Usulul fiqh, 1-jild, 350-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn8\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0Alouddin Kosoniy. Badoius sanoe\u02bc, 5-jild, 188-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn9\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0Ibn Taymiya Harroniy. Minhojus sunna, 4-jild, 194-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn10\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0Imom Zahabiy. Siyaru a\u02bclomin nubalo, 6-jild, 392-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn11\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0Ibn Qayyim. I\u02bclomul muvaqqain, 1-jild, 259-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn12\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref12\">[12]<\/a>\u00a0Ibn Kasir. Al-Bidoya van nihoya, 6-jild, 85-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn13\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0Muqaddimatu Ibn Xaldun, 1-jild, 455-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn14\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0Ibn Yusuf Solihiy. Uqudul jumon, 319-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn15\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref15\">[15]<\/a>\u00a0Mulla Ali Qori. Sharhu Musnadil Imom Abi Hanifa, 52-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref16\">[16]<\/a>\u00a0Ajluniy. Ar-Risolatul ajluniya, 4-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn17\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref17\">[17]<\/a>\u00a0Muhammad Abdurashid No\u02bbmoniy. Makonatul Imom Abi Hanifa fil hadis, 21-58-betlar.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref18\">[18]<\/a>\u00a0Nuriddin Itr. Manhajun naqd fi ulumil hadis, 76-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn19\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref19\">[19]<\/a>\u00a0Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><a name=\"_ftn20\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa#_ftnref20\">[20]<\/a>\u00a0Abdulqodir Qurashiy. Al-Javohirul muziya fi tabaqotil hanafiya, 1-jild, 30-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alouddin NE\u02bcMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"http:\/\/muslim.uz\/oz\/e\/post\/45248-buyuk-hofiz-imom-abu-hanifa\"><span style=\"color: #0000ff;\">muslim.uz<\/span><\/a><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hech kim shubha qilmaydigan bir haqiqat bor. U ham bo\u02bblsa shuki, Imom Abu Hanifa rahimahulloh tobeinlardandir. Chunki u sahobalardan ba\u02bczilarini ko\u02bbrgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi deb sifatlagan dastlabki uch asrning ilk davrida yashab o\u02bbtgan. Aksar ulamolar ta\u02bckidlaganidek, Imom Abu Hanifa rahimahulloh hadis roviylari, peshvolari va hofizlaridan biridir. Lekin u mashhur muhaddislar singari ko\u02bbp &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47133,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Hech kim shubha qilmaydigan bir haqiqat bor. U ham bo\u02bblsa shuki, Imom Abu Hanifa rahimahulloh tobeinlardandir. Chunki u sahobalardan ba\u02bczilarini ko\u02bbrgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi deb sifatlagan dastlabki uch asrning ilk davrida yashab o\u02bbtgan. Aksar ulamolar ta\u02bckidlaganidek, Imom Abu Hanifa rahimahulloh hadis roviylari, peshvolari va hofizlaridan biridir. Lekin u mashhur muhaddislar singari ko\u02bbp &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-03T07:42:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"438\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz\",\"name\":\"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-03T07:42:03+00:00\",\"dateModified\":\"2025-12-03T07:42:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg\",\"width\":660,\"height\":438},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Hech kim shubha qilmaydigan bir haqiqat bor. U ham bo\u02bblsa shuki, Imom Abu Hanifa rahimahulloh tobeinlardandir. Chunki u sahobalardan ba\u02bczilarini ko\u02bbrgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi deb sifatlagan dastlabki uch asrning ilk davrida yashab o\u02bbtgan. Aksar ulamolar ta\u02bckidlaganidek, Imom Abu Hanifa rahimahulloh hadis roviylari, peshvolari va hofizlaridan biridir. Lekin u mashhur muhaddislar singari ko\u02bbp &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-03T07:42:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":438,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz","name":"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg","datePublished":"2025-12-03T07:42:03+00:00","dateModified":"2025-12-03T07:42:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/12\/hanifa0312.jpg","width":660,"height":438},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47132&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Buyuk hofiz \u2013 Imom Abu Hanifa"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47132"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47132"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47132\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47134,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47132\/revisions\/47134"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47133"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47132"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47132"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47132"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}