{"id":47071,"date":"2025-12-04T09:47:40","date_gmt":"2025-12-04T04:47:40","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=47071"},"modified":"2025-11-28T11:50:26","modified_gmt":"2025-11-28T06:50:26","slug":"vatanga-muhabbat-imon-alomati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz","title":{"rendered":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning sizu bizga bergan eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biri tinchlikdir. Tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o\u02bbsib-ulg\u02bbayishi, komil inson bo\u02bblib yetishishida, shubhasiz, Vatan himoyachilarining o\u02bbrni, shijoati va jangovar ruhi beqiyosdir. Yuragidan Vatan va xalq muhabbati mustahkam o\u02bbrin olgan shijoatli o\u02bbg\u02bblonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo\u02bbriqlamoqda. Ularning tunu kun shayligi va bedorligi naqadar savobli ish ekani haqida Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qilganlar: \u201cKechalari Allohdan qo\u02bbrqib yosh to\u02bbkkan ko\u02bbzni va Alloh yo\u02bblida tunlari posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko\u02bbzni do\u02bbzax otashi kuydirmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Vatan himoyasi eng sharafli kasblardan ekanini yaxshi bilgan azamat yigitlarimiz bu xizmatga jismonan va ma\u02bcnan loyiq bo\u02bblish zaruratini yaxshi anglaydi, jon-jahdi bilan shu sifatlarni egallashga harakat qiladi. Zero, Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turish-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada \u2013 mamlakat muhofazasida tutashishini teran anglab yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqil Vatanimiz sarhadlarini mudom hushyor turib qo\u02bbriqlayotgan mard yigitlarimizning tajriba va mahorati yildan yilga oshib borayotgani barchamizni xursand qiladi. Odamlar shaxdam qadam tashlab borayotgan imon-e\u02bctiqodli, o\u02bbz kasbiga sadoqatli, xizmatiga ixlosli askarlarimizga boqib, faxrga to\u02bbladi, samimiy duo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yosh askar qalbidagi Vatan va xalqqa muhabbat, hidoyat, fidoyilik hissi uni har doim ogohlik va sergaklikka chorlaydi. Bunday insonlarga Yaratganning o\u02bbzi ilohiy madad beradi. Zero, Alloh taolo bunday marhamat qiladi: \u201cAslida Alloh himoyachingizdir va U yordam beruvchilarning yaxshisidir\u201d (Oli Imron sura- si, 150-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik bu xotirjamlik va barqarorlik bo\u02bblsa, imon qalb halovatidir. Demak, tinchlik va imon ma\u02bcno-mohiyati jihatidan bir-biriga juda yaqin. Bir kishining tinchligi jamiyat tinchligining uzviy qismidir. Zero, kishi o\u02bbzi yashab turgan jamiyatning a\u02bczosi hisoblanadi. Shu tariqa, barchaning tinchligidan butun jamiyat tinchligi kelib chiqadi. Demak, har bir inson butun jamiyat a\u02bczolari uchun muhim bo\u02bblgan tinchlikni saqlash yo\u02bblida jon kuydirishi eng zaruriy burch va vojib amaldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlikni mustahkamlash yo\u02bblida har bir inson o\u02bbz burchini sidqidildan, ixlos va e\u02bctiqod bilan bajarishi lozim. Ayniqsa, Vatan himoyasi sohasida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatchi o\u02bbziga topshirilgan vazifani Alloh va insonlar huzuridagi ulug\u02bb mas\u02bculiyat deb bilishi va harbiy qasamyodga sodiq bo\u02bblishi vojibdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Vatan himoyasida faqat harbiylar emas, balki shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar ishtirok etishi lozim. Muhofaza deganda, faqat qurol bilan emas, o\u02bbz o\u02bbrnida so\u02bbz bilan, g\u02bboyaviy g\u02bbanimlarga ilmiy raddiya berish bilan Vatanga tosh otuvchi va ig\u02bbvogarlarga qarshi o\u02bbziga xos fosh etish yo\u02bbllari bilan yurtni, millatni, xalqni himoya qilish tushuniladi. Bu ham imonga taalluqli burchlar qatoriga kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo Vatan himoyachisi kasbini egallash hammasidan sharafliroqdir. Kindik qoni to\u02bbkilgan tuproqni, shu ozod o\u02bblkani ko\u02bbz qorachig\u02bbidek asrab-avaylash inson uchun o\u02bbz oilasi, sha\u02bcni, or-nomusi va imon-e\u02bctiqodini himoya qilish kabidir. Bu yo\u02bblda fidoyilik ko\u02bbrsatgan kishi yuksak maqomga erishishi, ulkan ajr sohibi bo\u02bblishi haqida bashoratlar mavjud. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: \u201cBir kecha kunduz \u201cribot\u201d (ya\u02bcni, dushmandan qo\u02bbriqlab chiqish) bir oy tutilgan nafl ro\u02bbza va o\u02bbqilgan tungi namozdan yaxshidir\u201d (Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa bir hadisda esa bunday marhamat qilinadi: \u201cKim Alloh taolo yo\u02bblida bir kun yoki bir kecha chegara poylasa, unga bir oy kunduzi ro\u02bbza tutib, kechasi ibodat qilganlik savobi yoziladi. Kim sarhadni qo\u02bbriqlab turganda halok bo\u02bblsa, u ham xuddi shunday ajru savobga ega bo\u02bbladi va shahidlik maqomini olib, barcha fitnalardan omonda bo\u02bbladi\u201d (Imom Nasoiy rivoyati). Kishilarning moli, obro\u02bbsi, yurti va tinchligini saqlash uchun uxlamay tong ottirgan kishiga shunday ulkan darajada yaxshiliklar berilar ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning o\u02bbz Vatani oldida bir necha vazifalari bo\u02bblib, ularning eng muhimi quyidagilardir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanning haqiga duo qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki payg\u02bbambarlar o\u02bbz vatanlari haqiga duo qilganlar. Ibrohim xalilulloh o\u02bbz vatanlari bo\u02bblmish Makkai mukarrama haqiga Qur\u02bconi karimda duo qilganlari keltirilgan: \u201cEslang, Ibrohim: \u201cEy, Rabbim, buni (Makkani) tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilariga (turli) mevalardan rizq qilib bergin!\u201d, deganida, Alloh: \u201c(Ulardan) kofir bo\u02bblganlarini esa, biroz rizqlantirib, so\u02bbngra do\u02bbzax azobiga mubtalo eturman. Bu o\u02bbta yomon oqibatdir\u201d, dedi\u201d (Baqara surasi, 126-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham Madinai munavvaraga borganlarida uning haqiga quyidagicha duo qildilar: \u201cEy Alloh! Madinani bizga Makkani suyganimizdek yoki undan-da ziyodaroq suyukli qilgin. Va uni toshu tarozusiga \u2013 so\u02bcu muddi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><strong><em>[1]<\/em><\/strong><\/a>ga barakot bergin!\u201d (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, payg\u02bbambar alayhissalomlar yashab turgan yurtlariga tinchlik va rizq so\u02bbradilar. Zero, bu ikki ne\u02bcmat Vatan farovonligi omillaridan hisoblanadi. U ikkisi yoki biri topilmasa, baxt-saodat yo\u02bbqoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatan obodligi uchun moddiy va ma\u02bcnaviy hissa qo\u02bbshish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qildi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cU (Alloh) sizlarni yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod etuvchi etdi\u201d (Hud surasi, 61-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, inson yer yuzini, xususan, yashab turgan yurtini, o\u02bbz Vatanini obod qilishi uning burchi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQiyomat qoim bo\u02bblib qolsa-yu, biringizning qo\u02bblida ko\u02bbchat bo\u02bblsa, u qoim bo\u02bblgunicha ekishga ulgursa, ekib qo\u02bbysin\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda inson o\u02bbz hayotining oxirgi lahzasini ham g\u02bbanimat bilib, yashab turgan joyini obod qilish, uni gullab-yashnatish lozimligi aytilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanda fasod va buzg\u02bbunchilik ishlari bilan mashg\u02bbul bo\u02bblmaslik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qilinadi: \u201cYerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo\u02bbygandan keyin (unda) buzg\u02bbunchilik qilmangiz! Unga (Allohga) ham qo\u02bbrqinch va ham umid bilan duo qilingiz! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir\u201d (A\u02bcrof surasi, 56-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir shaxs o\u02bbzi yashab turgan joyini ardoqlab, uni himoya qilishi \u2013 o\u02bbz joni, moli, ota-onasi va farzandlarini himoya qilish hisoblanadi. Bu ish ulkan savob ekani haqida Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMoli, joni, dini va ahli ayolini himoya qilish yo\u02bblida halok bo\u02bblgan kishi shahidlik maqomini topadi\u201d (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishi vataniga xiyonat qilishi, undagi ota-onasi, farzandlari va xalqining qadriga yetmasligi, ularni o\u02bbylamasdan vatanga qarshi qurol ko\u02bbtarishi islomdagi eng og\u02bbir gunoh va juda katta jinoyatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodlarimiz yurt himoyasi yo\u02bblida sha\u02bcni, or-nomusi va imonini o\u02bbrtaga qo\u02bbyib, yovga qarshi kurashgan. Ularning so\u02bbzi, ahdu paymon va qasamyodi qilichdan-da o\u02bbtkir, xanjardan-da keskir bo\u02bblgan. Zamon va makon o\u02bbzgarsa-da, Vatanga muhabbat, imonga sadoqat mohiyati aslo o\u02bbzgarmadi. Ona Vatan himoyasi mavzusida so\u02bbz borar ekan, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur kabi ulug\u02bb sarkardalar, yurt ozodligi yo\u02bblida qo\u02bblida tig\u02bb va tug\u02bb bilan jon bergan Shayx Najmiddin Kubro beixtiyor ko\u02bbz oldimizga keladi. Bunday buyuk shaxslarning ona Vatan himoyasi va manfaati yo\u02bblida ko\u02bbrsatgan jasoratini farzandlarimiz ongiga singdirib borishimiz lozim. Shundagina Vatanga muhabbat tuyg\u02bbusi, yurtni tashqi kuchlar xurujidan hamisha himoya qilish mas\u02bculiyati ularning qalbidan mustahkam o\u02bbrin oladi. Bu hissiyot naqadar ulug\u02bbligi haqida Hazrati Umar roziyallohu anhu bunday degan: \u201cOna Vatanga muhabbat tufayli Alloh yurtni obod qiladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Donolar aytadi: \u201cKishining vafodorligi va sadoqati uning o\u02bbz Vatani uchun qayg\u02bburishidan, do\u02bbstlarini sog\u02bbinishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga achinib, o\u02bbkinib yashashidan bilinadi\u201d. Insonning o\u02bbz xalqiga sadoqati va yurt uchun fidoyiligi ona Vatan himoyasiga, uni taraqqiy toptirib, har tomonlama mustahkam va qudratli etishga, xalqning tinch va farovon hayot kechirishiga imkon darajasida hissa qo\u02bbshishi bilan o\u02bblchanadi, albatta. Vatanini sevgan inson uni himoya ham qiladi. Shunday insonga katta ajr va savoblar beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatan himoyasi \u2013 barchamizning muqaddas burchimiz! Aziz yurtimizda istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar haqida qancha so\u02bbzlasak ham oz. Zero, mustaqillik tufayli hayotimizda yorqin sahifalar ochildi, emin-erkin toat-ibodat qilish imkoniyatiga ega bo\u02bbldik, diniy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarimiz yana xalqimizga qaytarildi. Imon-e\u02bctiqodimiz va ertangi kunga ishonchimiz mustahkamlandi. Shaharu qishloqlarimiz ko\u02bbrkam va obod bo\u02bbldi. Hayotimizga beqiyos ma\u02bcno va mazmun olib kirgan tinchlik deb atalmish bu bebaho ilohiy ne\u02bcmatning qadriga yetish, uning shukrini keltirish, uni asrab-avaylash har birimizning vazifamizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo mustaqil yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan qo\u02bbriqlayotgan farzandlarimizni, shuningdek, millat va yurt tinchligida xizmat qilayotgan Vatandoshlarimizni doimo hifzu himoyasida saqlab, aziz diyorimiz osmonini hamisha musaffo, tinchligimizni barqaror, mustaqilligimizni abadiy qilsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Hanafiylarga ko\u02bbra, bir mudd hajmda 0,84 litr, og\u02bbirlikda 812,5 grammga, jumhur nazdida esa hajmda 0,6875 litr va og\u02bbirlikda 544 grammga to\u02bbg\u02bbri keladi. So\u02bc &#8211; yog\u02bbochdan qilingan idish bo\u02bblib, u o\u02bbsha davrda o\u02bblchov vazifasini bajargan. So\u02bcdan suv idishi sifatida ham foydalanilgan. Hanafiy mazhabiga ko\u02bbra, bir so\u02bc hajmda 3 litr 330 ml, og\u02bbirlikda 3 kg 250 grammga to\u02bbg\u02bbri keladi. Jumhur ulamolar nazdida esa bir so\u02bc hajmda 2 litr 750 ml, og\u02bbirlikda esa 2 kg 040 grammga to\u02bbg\u02bbri keladi. Oltin silsila. 3-juz. Sahihul Buxoriy. &#8211; T.: Sh1o1-\u2116\u00a7g, 2013. &#8211; B.136.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ixtiyor QUSHSHAQOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alloh taoloning sizu bizga bergan eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan biri tinchlikdir. Tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o\u02bbsib-ulg\u02bbayishi, komil inson bo\u02bblib yetishishida, shubhasiz, Vatan himoyachilarining o\u02bbrni, shijoati va jangovar ruhi beqiyosdir. Yuragidan Vatan va xalq muhabbati mustahkam o\u02bbrin olgan shijoatli o\u02bbg\u02bblonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo\u02bbriqlamoqda. Ularning tunu kun shayligi va bedorligi naqadar savobli ish ekani &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":47072,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-12-04T04:47:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-28T06:50:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"463\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz\",\"name\":\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg\",\"datePublished\":\"2025-12-04T04:47:40+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-28T06:50:26+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg\",\"width\":660,\"height\":463},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-12-04T04:47:40+00:00","article_modified_time":"2025-11-28T06:50:26+00:00","og_image":[{"width":660,"height":463,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz","name":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg","datePublished":"2025-12-04T04:47:40+00:00","dateModified":"2025-11-28T06:50:26+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/vatan041225.jpg","width":660,"height":463},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=47071&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"VATANGA MUHABBAT \u2013 IMON ALOMATI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47071"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=47071"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47071\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":47073,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/47071\/revisions\/47073"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/47072"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=47071"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=47071"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=47071"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}