{"id":46777,"date":"2025-11-21T09:23:05","date_gmt":"2025-11-21T04:23:05","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46777"},"modified":"2025-11-19T11:28:37","modified_gmt":"2025-11-19T06:28:37","slug":"eng-ulug%ca%bb-g%ca%bboyamiz-jaholatga-qarshi-ma%ca%bcrifat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz","title":{"rendered":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u00abJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u00bbni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma\u02bcnaviy meros o\u02bbziga xos najot qal\u02bcasi, himoya qo\u02bbrg\u02bboni vazifasini o\u02bbtaydi. <\/em><\/strong><em>Shavkat Mirziyoyev<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholat, bid\u02bcat va xurofotga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki unga qarshi kuch ishlatilsa, zo\u02bbravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan ham kuchayib ketishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g\u02bboyaga qarshi g\u02bboya, jaholatga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashish har qachongidan ko\u02bbra muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jaholat va johillikning davosi ilmdir. Ilm \u2013 hayotning qorong\u02bbu yo\u02bbllarini yoritib boruvchi chiroqdir. Dunyoda ham, oxiratda ham insonga ilmdan ko\u02bbra ko\u02bbproq foyda keltiradigan narsa yo\u02bbq. Shuningdek, jaholatdan ko\u02bbra zararliroq narsa ham yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmsizlik, jaholat insoniyatni tubanlikka, halokatga olib borishi muqarrar. Inson ilm orqali Parvardigorini taniydi. Dunyo va oxiratini ilm bilan obod qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimiz \u2013 ilm va ma\u02bcrifat dini. Ilm talab qilishning fazilati haqida ko\u02bbplab oyat va hadislar mavjud. Qur\u02bconi karimda \u201cilm\u201d so\u02bbzi 814-marta zikr etilgan. Alloh taolo: <strong>\u201cAyting: \u201cBiladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo\u02bblurmi?!\u201d Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar\u201d, <\/strong>deb ilm egalari ilmsizlardan afzal ekanini bayon qilgan (Zumar surasi, 9-oyat). Hadislarda ham ilm targ\u02bbib qilinib, \u201c<strong><em>Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir\u201d, <\/em><\/strong>deyilgan. Ali karramallohu vajhahu: \u201cInsonlar ning eng qadri ozi \u2013 ilmi ozidir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kishi jaholatdan qutulish maqsadida ilm talab qilishi uchun albatta yosh bo\u02bblishi shart emas, balki qaysi yoshda bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, ilmli bo\u02bblishga harakat qilish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shafiq ibn Ibrohim Balxiy rahmatullohi alayh aytadi: \u201cBiz Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayhdan: \u201cNima uchun namoz o\u02bbqib bo\u02bblganimizdan so\u02bbng biz bilan birga o\u02bbtirmaysiz?\u201d deb so\u02bbradik. U kishi: \u201cSahobalar va tobeinlar bilan birga o\u02bbtirishga ketaman\u201d, dedilar. Biz: \u201cSahobalar va tobeinlar qayerda ekan?\u201d, deb hayron bo\u02bblib so\u02bbradik. Shunda u kishi: \u201cKitob o\u02bbqiyman, shunda ular haqida, qilgan ishlari haqida bilib olaman. Sizlar bilan o\u02bbtirib nima qilaman? Sizlar bekorchilikdan odamlarning g\u02bbiybatini qilib o\u02bbtirasiz\u201d, deb javob berdi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodimiz Amir Temur: \u201cKitob \u2013 barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql idrokning, ilmu-donishning asosidir. Hayotni o\u02bbrgatuvchi murabbiydir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmsizlik va jaholat \u2013 jamiyatning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun katta ofatdir. Islom dini ilm-ma\u02bcrifatga targ\u02bbib etib, olamni nurga to\u02bbldirishidan oldingi davrni bejiz \u201cjohiliyat davri\u201d deb atalmagan. Yillab davom etadigan urushlar, qon to\u02bbkish, boy-badavlat kishilar tomonidan faqiru muhtojlarning mudom ezilishi, sudxo\u02bbrlik, zinokorlik, butparastlik, otashparastlikning muqaddaslashtirilishi johiliyat davrining eng asosiy jihatlari edi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ana shunday hayot kechirayotgan insonlarning ilm-ma\u02bcrifat bilan bir ota-onadan tug\u02bbilgan birodarlardek ahil va inoq kishilarga aylanishiga sabab bo\u02bbldilar. Natijada, ilm-fan va madaniyatda butun dunyoga o\u02bbrnak hamda ustoz bo\u02bbladigan avlodlar yetishib chiqdi. Xususan, Movarounnahrdan yetishib chiqqan ilm-fanning barcha sohasida peshqadam bo\u02bblgan ulug\u02bb allomalar bizning faxrimizdir. Ular qaysi yo\u02bbnalishda bo\u02bblmasin, ilg\u02bbor sanalgan. Hadis ilmida Imom Buxoriyning oldiga tushadigani bo\u02bblmagan. Fihqda Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, kalom ilmida Abu Mansur Moturidiy, tafsirda Imom Zamaxshariyga teng keladigan alloma topilmagan. So\u02bbz mulkida Alisher Navoiy, tibbiyotda Ibn Sino, falakiyotda Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug\u02bbbek. Bu ro\u02bbyxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ming afsuslar bo\u02bblsinki, hozirgi kunda ham ilm-ma\u02bcrifatni qo\u02bbyib, jaholat yo\u02bblini tutgan kimsalar yo\u02bbq emas. Ma\u02bcrifat dini bo\u02bblmish islom dinidan g\u02bbarazli maqsad yo\u02bblida foydalanayotgan kuchlar ilmsiz yoshlarni yo\u02bbldan urib, jaholat girdobiga tortayotgani sir emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzining botil g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilish orqali dinni niqob qilib olayotgan turli ekstremistik va terroristik guruhlar, buzuq aqidaviy firqalar islomning sof fitratiga, tinchlik kabi aziz ne\u02bcmatiga o\u02bbzining salbiy ta\u02bcsirini ko\u02bbrsatmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ekstremistik oqimlar islom davlati qurish, xalifalik tuzumini qayta tiklashni targ\u02bbib qilib, bunga har qanday yo\u02bbl bilan erishishni maqsad qilib olgan. Ular: \u201cYagona xalifalik davlatini tiklash islomdagi muhim farz amallardan hisoblanib, musulmonlarning uch kundan ortiq xalifasiz yashashi haromdir\u201d, deb da\u02bcvo qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo xalifalik tushunchasiga nazar tashlaydigan bo\u02bblsak, ular iddao qilayotgan narsa noto\u02bbg\u02bbri ekani kelib chiqadi. Xalifalik bu sof islomiy tushuncha hisoblanadi. Lekin diniy kitoblarda xalifalik tushunchasiga namoz, ro\u02bbza, zakot va haj tushunchalariga o\u02bbxshash alohida yuridik maqom berilmagan. Ba\u02bczi toifalar uni to\u02bbliq anglamay, xalifalik tizimini qayta tiklash haqida tinmay gapiradi.Matnning asl mohiyatini tushunishdagi bu og\u02bbish har doim tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi, ziddiyat va nizolarga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Safina roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: \u201cMen Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: <strong><em>\u201cMendan so\u02bbng xalifalik o\u02bbttiz yil. Undan keyin podshohliklar bo\u02bbladi\u201d, <\/em><\/strong>deb aytayotganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadis Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mo\u02bbjizalaridan biri bo\u02bblib, unda aytilgan xabar Rasulullohdan keyin o\u02bbttiz yil davomida o\u02bbz tasdig\u02bbini topdi. Ma\u02bclumki, islom ummatida to\u02bbrt roshid xalifa bo\u02bblgan. Ular: Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhum. Shu to\u02bbrt xalifaning musulmonlarga rahbarlik davri o\u02bbttiz yilga to\u02bbg\u02bbri keladi. Ulardan keyin xalifalik tugab, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bashorat qilganlaridek, podshohlik davri boshlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababdan bugungi kunda xalifalik barpo etishni da\u02bcvo qilayotgan kimsalarning talabi ushbu hadisga nomuvofiq bo\u02bblib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so\u02bbzlarga mutlaqo ziddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu tushuncha haqidagi islomiy matnlarning asosiy haqiqati shuki, kimdaki to\u02bbg\u02bbrilik, adolat va layoqat komil bo\u02bblib, davlat ishlarini o\u02bbz zimmasiga olsa, uning nomi qanday \u2013 xalifa, sulton yo podshoh \u2013 bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, rahbar tayinlashdan iborat bo\u02bblgan asosiy maqsad amalga oshgan bo\u02bbladi. Bunda inson manfaatlarini himoya qilish va ularni poymol bo\u02bblishidan saqlash asosiy vazifa hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Adashgan oqimlar ilgari surayotgan jihod tushunchasiga kelsak, bu so\u02bbz lug\u02bbatda inson tomonidan bor imkoniyatni ishga solib harakat qilish ma\u02bcnosini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan kelib chiqadiki, musulmon odam jihod qilmoqchi bo\u02bblsa, o\u02bbzining bor kuch-quvvat, aql-zakovat va moddiy imkoniyatini Alloh yo\u02bblida, Uning dini uchun sarflashi kerak. Alohida ta\u02bckidlab aytish lozimki, \u201cjihod\u201d so\u02bbzi lug\u02bbatda urush ma\u02bcnosini anglatmaydi. Arab tilida<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201curush\u201d ma\u02bcnosida asosan \u201cqitol\u201d kalimasi ishlatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lug\u02bbatdagi xususiyatidan kelib chiqib, jihodning turlari ham ko\u02bbpaygan va ular orasida dushmanga qarshi jon-jahd bilan jang qilish ham \u201cjihod\u201d deyilgan. Ammo ushbu oxirgi ma\u02bcno boshqalaridan ustun kelib, keyinchalik \u201cjihod\u201d deganda faqat \u201cqitol\u201d tushuniladigan bo\u02bblib<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo islomning dastlabki bosqichida mushriklar bilan aqidaviy tortishuv qilib turgan O\u02bbz Payg\u02bbambari Muhammad alayhissalomga: <strong>\u201cKofirlarga itoat etmang! Ularga qarshi u <\/strong>(Qur\u02bcon) <strong>bilan katta jihod qiling!\u201d <\/strong>deb xitob qiladi (Furqon surasi, 52-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Qur\u02bcon bilan katta jihod qilingan. Zarracha aqli bor odam bunda urush olib borish ma\u02bcnosi yo\u02bbqligini anglab olishi qiyin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda jihod urush emas, avvalo, Allohning diniga so\u02bbz bilan da\u02bcvat qilish ma\u02bcnosida kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida: <strong><em>\u201cJihodning afzali Alloh taoloning zotida havoi nafsingga qarshi jihod qilishingdir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jihod haqidagi oyatlarning barchasini o\u02bbrganib chiqqandan so\u02bbng ma\u02bclum bo\u02bbladiki, islomda jihod hukmi sharoitga qarab o\u02bbzgarib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jihod ikki qismdan iborat: talab va mudofaa. Ulamolar hozir talab jihodi yo\u02bbqligiga ijmo\u02bc qilgan. Chunki bugungi zamonda hamma davlatlar urushmaslikka kelishgan va o\u02bbzaro aloqa o\u02bbrnatib, elchixonalar ochgan. Mudofaa jihodi esa dushmanlar urush qilib, bostirib kirsa, himoya uchun bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas Qur\u02bconi karim islomning tinchlikparvar din ekaniga yetarlicha dalil bo\u02bblib, tinchlik uchun har qanday tashabbus yoki imkoniyatga darhol javob berishga intiladi. Alloh taolo: <strong>\u201cAgar ular tinchlikka moyil bo\u02bblsalar, siz ham unga moyil bo\u02bbling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U o\u02bbta eshituvchi va biluvchidir\u201d<\/strong>, deb marhamat qilgan (Anfol surasi, 61-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham doimo urushdan ko\u02bbra tinchlikni afzal ko\u02bbrganlar. Hozirgi kunda soxta salafiylar ergashayotgan Ibn Taymiya bu haqda: \u201cU zotning siyratlari shunday ediki, kofirlardan kimki u zot bilan sulh tuzgan bo\u02bblsa, u bilan urush qilmaganlar. Bu siyrat, hadis, tafsir, fiqh va boshqa kitoblarda bayon etilgan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jihod va janglari dushmanni yo\u02bbq qilish uchun emas, balki adolatsizlikka barham berishga qaratilgan. Bu dushmanni qaytarish uchun qilingan jihod yoki qo\u02bbshni davlatlarni ahdni buzish va chegaradagi xavfsizlikka raxna solish fikridan qaytarishga qaratilgan jihod bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda minglab yoshlar ilmsizligi sabab shu kabi sof islomiy tushunchalarni noto\u02bbg\u02bbri talqin qilayotgan oqimlarning ta\u02bcsiriga tushib, jaholat qurboniga aylanayotgani barchaga ma\u02bclum. Shuning uchun yoshlarni ilm olishga undash, kitob o\u02bbqishga targ\u02bbib etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammamizga ma\u02bclumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Ma\u02bcnaviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki ma\u02bcnaviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy \u2013 siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu, o\u02bbz navbatida, shaxs barkamolligi va rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, yoshlar ongida ona Vatanimizga bo\u02bblgan muhabbat, qadimiy boy tariximiz va ota-bobolarimizga sadoqat tuyg\u02bbusini shakllantirishimiz lozim. Shuningdek, ularning ongi va qalbida mafkuraviy, ma\u02bcnaviy immunitetni kuchaytirish bu borada muhim o\u02bbrin tutadi. Toki yoshlar milliy o\u02bbzligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo\u02bblib yetishsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ravshan Elmurodov,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u00bbni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy ma\u02bcnaviy meros o\u02bbziga xos najot qal\u02bcasi, himoya qo\u02bbrg\u02bboni vazifasini o\u02bbtaydi. Shavkat Mirziyoyev Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholat, bid\u02bcat va xurofotga qarshi ma\u02bcrifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki unga qarshi kuch ishlatilsa, zo\u02bbravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan ham kuchayib ketishi mumkin. Hozirgi turli mafkuralar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46778,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-21T04:23:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-19T06:28:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"464\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz\",\"name\":\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-21T04:23:05+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-19T06:28:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg\",\"width\":660,\"height\":464},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-21T04:23:05+00:00","article_modified_time":"2025-11-19T06:28:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":464,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz","name":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg","datePublished":"2025-11-21T04:23:05+00:00","dateModified":"2025-11-19T06:28:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/marifat2111.jpg","width":660,"height":464},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46777&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ENG ULUG\u02bb G\u02bbOYAMIZ \u2013 JAHOLATGA QARSHI MA\u02bcRIFAT"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46777"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46777"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46777\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46779,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46777\/revisions\/46779"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46778"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46777"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46777"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46777"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}