{"id":46767,"date":"2025-11-19T10:12:39","date_gmt":"2025-11-19T05:12:39","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46767"},"modified":"2025-11-19T10:12:39","modified_gmt":"2025-11-19T05:12:39","slug":"baxt-faqat-boylikdan-iborat-emas","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz","title":{"rendered":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hamma o\u02bbylagan niyatlarimga erishsam, istagan narsam muhayyo bo\u02bblsa va boy bo\u02bblsam, baxtli bo\u02bblamanmi?<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cHamma o\u02bbylagan niyatlarimga erishsam, istagan narsam muhayyo bo\u02bblsa va boy bo\u02bblsam, baxtli bo\u02bblamanmi?\u201d <\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham odam hamma tilagiga erishsa baxtli bo\u02bblib qoladimi? Hamma niyati so\u02bbzsiz, paydar-pay amalga oshaversa, hayot zerikarli bo\u02bblib ketmasmikan?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday qoida mavjud:<strong>\u201cBiror narsaga erishishni qattiq istaganingda, avval o\u02bbsha narsaga erishgan inson baxtlimi-yo\u02bbqmi, shuni bilish kerak\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, biz o\u02bbtgan asrlarda yashagan odamlarga nisbatan baxtli yashashimiz uchun ko\u02bbplab asoslar mavjud. Xususan, hozir o\u02bbtmishga nisbatan tibbiyot yaxshi rivojlangan, ta\u02bclim olish osonroq, inson uchun ko\u02bbp narsalar muhayyo qilingan. Ayni paytda kam ishlaymiz. O\u02bbrtahol odamlar bobosi va buvisi orzu qila olmagan narsalarga erishadi: shinam uy, avtomobil, vaqt va energiya tejaydigan maishiy moslamalar, xorijga sayohat. Bo\u02bbsh vaqtni o\u02bbtkazishga yordam beradigan gadjetlar, kompyuter, televideniye va boshqa vositalar to\u02bbg\u02bbrisida gapirmasa ham bo\u02bbladi. Ilgari bedavo hisoblangan surunkali kasalliklarga hozir ajoyib dorilar bilan tezda chora topilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xo\u02bbsh, shunday ekan, baxtlilik darajamiz avvalgilarga nisbatan ortdimi? Murakkab savol&#8230;<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar baxtni boylik, to\u02bbkinlik, rohat-farog\u02bbatga to\u02bbla hayotda deb o\u02bbylaydi. Lekin o\u02bbziga to\u02bbq mamlakatlar xalqlari ham \u201ctang hayot\u201ddan shikoyat qilishdan to\u02bbxtagani yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Mol-dunyo baxt emas ekan. Unga erishishdagi birlamchi omil ham emas ekan.<\/em> <em>Aksincha, ba\u02bczida mol-dunyo o\u02bbz sohibiga azob keltiradigan holatlarga ham guvoh bo\u02bblyapmiz.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Islomda insonning mol-davlatga munosabati qanday bo\u02bblishi kerakligi borasida nihoyatda go\u02bbzal ta\u02bclimot mavjud. U avvalo insonning qalbiga yuzlanadi, unga iffat va ulug\u02bbvorlik tuyg\u02bbusini o\u02bbrnashtiradi, ochko\u02bbzlik va badnafslikning yomon ekanini uqtiradi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Mol-dunyoga muhabbat vijdonni ham, tanani ham parchalaydigan kasallik bo\u02bblib, o\u02bbz ortidan sharmandalik va xorlik keltiradi. Boylikka hirs va uni boy bergandagi qayg\u02bbu holati nimaga sabab bo\u02bblishini mana bu so\u02bbzlardan bilib olamiz: \u201cMa\u02bclum faktlardan biri shuki, fond birjasida aksiya bahosi pasayganida, ishtirokchilarning qoni tarkibidagi qand miqdori sezilarli darajada oshib ketadi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bu holatga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so\u02bbzlaridan ham yaxshiroq davo bo\u02bblishi mumkinmi? <\/em><em>U zot<\/em> <em>alayhissalom aytadilar: \u201c<strong>Bu mol yoqimli<\/strong><\/em> <strong><em>va shirin. Kim uni nafs saxiyligi bilan olsa, unga baraka beriladi. Kim uni<\/em><\/strong> <strong><em>nafs intilishi (ochko\u02bbzlik) bilan olsa,<\/em><\/strong> <strong><em>unga baraka berilmaydi. U yeydi, lekin<\/em><\/strong> <strong><em>to\u02bbymaydi&#8230;\u201d (Imom Abu Dovud rivoyati).<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mol-dunyo rangdor va totli mevaga o\u02bbxshaydi. Inson tabiatan shunday shirin va yoqimli narsaga moyil bo\u02bblishi ma\u02bclum. Lekin ba\u02bczilar uni shunchalik ko\u02bbp iste\u02bcmol qiladiki, oxiri hazm qila olmay qoladi. Ba\u02bczilar zo\u02bbravonlik yo firibgarlik bilan boshqalar qo\u02bblidagi narsalarni tortib olib, o\u02bbz ulushiga qo\u02bbshib qo\u02bbyadi. Yana ba\u02bczilar to\u02bbplaydi-yu, lekin och yashaydi, yemaydi. Ba\u02bczilarini qashshoqlik qo\u02bbrquvi tashvishga solsa, boshqalarini ko\u02bbproq narsaga ega bo\u02bblib turish<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">istagi qiynaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamlarning eng fazilatlisi boyligi bilan birga saxovat va sharaf sohibi bo\u02bblganidir. U mol-mulkini yo\u02bbqotganda na ko\u02bbz yosh to\u02bbkadi va na mahzun bo\u02bbladi. Chunki nafsi ochko\u02bbzlik va mol-mulk ko\u02bbpaytirish hirsidan yiroq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: <strong><em>\u201cEy odamlar! Boylik molning ko\u02bbpligida emas, <\/em><\/strong><em>(<\/em>haqiqiy<em>) <strong>boylik \u2013 nafsning to\u02bbqligi. Alloh azza va jalla bandasiga yozilgan rizqni beradi. <\/strong><\/em><em>(<\/em>Uni<em>) <strong>yaxshilik bilan izlang. Halolni oling va haromni tark<\/strong><\/em> <strong><em>eting\u201d <\/em><\/strong>(Abu Ya\u02bclo rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczilar Alloh taolo uning joni va oilasiga bergan salomatlik va xotirjamlikni arzimas sanaydi, hatto bu buyuk ne\u02bcmatlarni mensimaydi. O\u02bbzida bor narsalarning qadriga yetmaydi. Qanoatli bo\u02bblish, qo\u02bblida bor narsalardan unumli foydalanish va o\u02bbtkinchi orzularga berilishdan voz kechish \u2013 bu komil shaxs bo\u02bblish asosi va qiyin sharoitlarda muvaffaqiyat qozonish siridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: <strong><em>\u201cQuyosh chiqqan kun borki, uning yonida ikki farishta Yer ahliga nido qiladi. Faqatgina saqalayn <\/em><\/strong><em>(insonlar va jinlar) <strong>mustasno <\/strong>(ya\u02bcni, ular buni eshitmaydi)<strong>. <\/strong>(Ular aytadi:) <strong>\u201cEy insonlar, Rabbingiz tomon shoshilingiz. Chunki oz va yetarli bo\u02bblgan narsa ko\u02bbp va adashtiruvchi bo\u02bblganidan yaxshiroqdir. Quyosh botgan kun borki, uning yonida ikki farishta nido qiladi: \u201cAllohim, infoq qiluvchiga evaz bergin va ziqnaga<br \/>\nyo\u02bbqotish bergin\u201d (Haysamiy rivoyati).<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadisda qanoat bilan bo\u02bblgan oz narsaning adashtiruvchi ko\u02bbp narsadan yaxshiroq ekani bayon qilinmoqda. Biroq o\u02bbz egasini badavlat qilgan, so\u02bbng boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan va ularga infoq-ehson qilingan boylik baland darajadir. Hadisda bunga e\u02bctiroz bildirilmagan. Bu bashoratli hadisning asosiy maqsadi \u2013 mo\u02bbminlarni yo\u02bbqchilikdan qo\u02bbrqmasdan va zaruriy ehtiyojlarning o\u02bbzi bilan kifoyalanishdan cho\u02bbchimay, yaxshilik qilishga undash va infoq-ehson qilishda g\u02bbayratini oshirishdir. Bu tushuncha mo\u02bbminlarga hayot muammolarini hal qilishda ulkan shijoat baxsh etadi. Hadis oxirida saxiylarga mukofot va\u02bcda qilinmoqda, xasislar jazodan ogohlantirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson hayotda doimo nimalargadir erishishga harakat qilib yashashi kerak. Bu harakat to\u02bbxtagani zahoti inson qalbida qandaydir bo\u02bbshliq his etadi. <strong>Goho tayyor<\/strong> <strong>imkoniyatlar insonni cheklaydi, erinchoqlik paydo bo\u02bbladi. Maqsadsizlik turli illatlarga yo\u02bbl ochadi. Hayotda ma\u02bcno va maqsad bo\u02bblmasa, yashashning mutlaqo qizig\u02bbi qolmaydi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir necha yil avval italiyalik 34 yoshli millioner o\u02bbz joniga qasd qilgani haqida yozishgandi. O\u02bbsha kimsa Yevropadagi eng badavlat sulolalardan birining farzandi ekan. U o\u02bblimi oldidan yozgan xatida bunday degan: \u201cMening hayotda intiladigan maqsadim qolmadi\u201d. Qarang, hamma narsasi bor-u, lekin maqsadi yo\u02bbq! Eng katta fojia mana shu aslida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baxtni ro\u02bbyobga chiqarishda moddiy ne\u02bcmatlarning o\u02bbrni bormi? Biz inson baxtli bo\u02bblishi uchun ularning o\u02bbziga yarasha o\u02bbrni borligini inkor qilmaymiz. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cYaxshi ayol, yaxshi maskan, yaxshi ulov odam bolasining saodatidandir\u201d, <\/em><\/strong>deganlar. Lekin bu narsalar inson baxtli bo\u02bblishi uchun birinchi darajali omillar emas. Bular baxtni to\u02bbliq, to\u02bbkis ta\u02bcminlab bera olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amerikalik taniqli doktorlardan biri hayotda e\u02bctirof qilingan, dunyoda inson uchun huzurbaxsh bo\u02bblgan, uni baxtli qiladigan narsalarni jadval qilib yozibdi. Unda salomatlik, muhabbat, hadyalar, kuch-quvvat, obro\u02bb, mansab va shuhratdan iborat dunyoviy istaklarni bayon qilib, dono bir ustozga maqtanib taqdim qilibdi. Ustoz: \u201cDo\u02bbstim, jadval go\u02bbzal bo\u02bblibdi. Yaxshi tartiblanibdi, ammo zarur va muhim bo\u02bblgan, usiz jadvalingiz bekor bo\u02bbladigan bir unsurdan g\u02bbaflatda qolibsiz\u201d, deb jadvalga ikki so\u02bbz yozib qo\u02bbyibdi: <strong>\u201cNafs xotirjamligi\u201d<\/strong>. Bu \u2013 Alloh taolo o\u02bbzi tanlab olgan bandalarigagina beradigan narsa. Sog\u02bblik, mol-dunyo, mansab, shuhrat o\u02bbtkinchi narsalardir. Bu narsalarni o\u02bbzimcha aytayotganim yo\u02bbq, donishlar: \u201cYo Alloh, dunyo ne\u02bcmatlarini kimlarning qadamlari tagiga tashlasang tashlagin, menga esa iztirobga tushmaydigan qalb bergin\u201d, der ekan\u201d,debdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boylik haqida ulamolarning fikrlari ham turlicha. Ba\u02bczilar: <strong>\u201cIslom boylikni qoralaydi, hadislarning aksariga qara, boylik zararli ekani aytilgan, shuning uchun inson iloji boricha kambag\u02bbal bo\u02bblishi kerak!\u201d <\/strong>desa, boshqa toifa: <strong>\u201cIslom tarixida juda ko\u02bbp badavlat kishilar o\u02bbtgan, jannatga tushishini tirikligidayoq eshitgan o\u02bbnta sahobaning yarmidan ko\u02bbpi boy bo\u02bblgan, nima uchun islom boylikni qoralar ekan, qaytanga, musulmonlar qancha boy bo\u02bblsa, shuncha<br \/>\nyaxshi\u201d<\/strong>, degan gaplarni aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin yetuk ulamolar: <strong>\u201cIslom boylikni qoralamaydi, musulmonlar orasida boy-badavlat kishilar ko\u02bbpaygani yaxshi\u201d<\/strong>, deydi. Biroq boylik insonning oxirati uchun zararli bo\u02bblsa, undan xatarliroq narsa yo\u02bbqligini ham bayon etadi. Chunki Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning hadislarini diqqat bilan o\u02bbqigan kimsa Payg\u02bbambar alayhissalom duo qilsalar, faqirlikdan panoh so\u02bbraganlarini ko\u02bbradi, shu bilan birga, oxiratda foyda bermaydigan boylikdan ham qochganlarini kuzatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, boy bo\u02bblish ham, kambag\u02bbal bo\u02bblish ham baxtli bo\u02bblishga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmas ekan. Negaki, boylik ham, kambag\u02bballik ham insonlarga sinov uchun beriladi. Ya\u02bcni inson qo\u02bblida mol-dunyo to\u02bbplanganida va aksincha, boshiga kambag\u02bballik tushganida ham Alloh taoloni zikr etishda va unga itoat qilishda bardavom bo\u02bblishi yoki tark etishiga qarab unga baxt beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u201c(Ey Muhammad, bu dunyoda odamlarning) barchasiga \u2013 mana bu (mo\u02bbmin)larga ham, anavi (kofir)larga ham Parvardigoringiz ne\u02bcmat(lar)idan ato etamiz. Parvardigoringiz ne\u02bcmati (hech kimdan) man qilinmaydi\u201d <\/strong>(Isro surasi, 20-oyat)<strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: <strong><em>\u201cAlloh o\u02bbrtangizda xulqlaringizni taqsimlaganidek, rizqlaringizni ham taqsimlagan. Alloh dunyoni O\u02bbzi suygan bandasiga ham, yomon ko\u02bbrganiga ham beraveradi. Ammo<br \/>\ndinni <\/em><\/strong>(hidoyatni) <strong><em>faqat yaxshi ko\u02bbrgan bandasiga beradi. Alloh kimga dinni bergan ekan, U Zot uni yaxshi ko\u02bbribdi\u201d<\/em><\/strong>(Ahmad, Hokim, Tabaroniy rivoyat qilgan).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa shuki, hech bir zamon va makonda baxt boylik yo kambag\u02bballik bilan o\u02bblchanmagan va xoslanmagan. Baxtli yashash uchun birgina qoida bor: <strong>Alloh taoloning buyurganlari va Payg\u02bbambar alayhissalomning ko\u02bbrsatmalariga amal qilib yashash! Shunda kamiga qanoat qilib, ko\u02bbngli xotirjam bo\u02bbladi, ko\u02bbpiga shukr qilib, infoq-ehsonlari va boshqa xayr-u saxovati bilan qalbi taskin topadi va shodlanadi. Boylik ham, faqirlik ham Allohdandir!<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahodir Mirzayev,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamma o\u02bbylagan niyatlarimga erishsam, istagan narsam muhayyo bo\u02bblsa va boy bo\u02bblsam, baxtli bo\u02bblamanmi? \u201cHamma o\u02bbylagan niyatlarimga erishsam, istagan narsam muhayyo bo\u02bblsa va boy bo\u02bblsam, baxtli bo\u02bblamanmi?\u201d Haqiqatan ham odam hamma tilagiga erishsa baxtli bo\u02bblib qoladimi? Hamma niyati so\u02bbzsiz, paydar-pay amalga oshaversa, hayot zerikarli bo\u02bblib ketmasmikan? Bunday qoida mavjud:\u201cBiror narsaga erishishni qattiq istaganingda, avval o\u02bbsha narsaga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46768,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-19T05:12:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"464\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz\",\"name\":\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-19T05:12:39+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-19T05:12:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg\",\"width\":660,\"height\":464},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-19T05:12:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":464,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz","name":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg","datePublished":"2025-11-19T05:12:39+00:00","dateModified":"2025-11-19T05:12:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/baxt191125.jpg","width":660,"height":464},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46767&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BAXT FAQAT BOYLIKDAN IBORAT EMAS"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46767"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46767"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46767\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46769,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46767\/revisions\/46769"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46768"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46767"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46767"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46767"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}