{"id":46718,"date":"2025-11-18T09:35:15","date_gmt":"2025-11-18T04:35:15","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46718"},"modified":"2025-11-18T09:40:37","modified_gmt":"2025-11-18T04:40:37","slug":"moturidiylik-aqidasi-soxta-da%ca%bcvatchilarga-nima-deydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz","title":{"rendered":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi bo\u02bblib, bandaning ibodati ham, dunyoqarashi ham, turmush tarzi ham, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham shunga qarab shakl oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbmin-musulmon inson o\u02bbz aqidasi, imon-e\u02bctiqodi qanchalar mustahkam ekanini hech ham nazardan qochirmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir musulmon kishi o\u02bbz aqidasining to\u02bbg\u02bbri yo noto\u02bbg\u02bbri ekanini aniq bilishi, kerak bo\u02bblganda, uni himoyalay olishi zarur. Bilimsizligi yo e\u02bctiborsizligi oqibatida adashganlarning da\u02bcvolariga ergashadigan bo\u02bblsa (Alloh saqlasin!), faqat oxiratda emas, bu dunyoda ham nadomat chekuvchilardan bo\u02bblib qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamma zamonlarda bo\u02bblganidek, bugun ham ayrim buzg\u02bbunchi da\u02bcvatchilar mutashobih (ma\u02bcnosi yashirin, izohtalab) oyat va hadislardan misollar keltirib, ularga noto\u02bbg\u02bbri yondashgan, o\u02bbzining haqni aytuvchi ekanini da\u02bcvo qilgan holda ko\u02bbpchilikning adashishiga sabab bo\u02bblmoqda. Afsuski, bilib-bilmay ularga ergashayotganlar talaygina. Bunga ko\u02bbp sabablarni keltirish mumkin. Lekin asosiysi ilm-ma\u02bcrifatning pastligi, saviyasizlik, dalillarni chuqur anglamaslikdir. Soxta da\u02bcvatchilar ko\u02bbpincha shundan foydalanadi. Sodda odamlar \u201coyat va hadisda kelgan ekan\u201d deb, ularga ishonib ketaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vaholanki, Alloh taolo: <strong>\u201cEy imon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab <\/strong>(tekshirib)<strong> ko\u02bbring!\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> deb marhamat qilgan. Musulmon kishi o\u02bbz aqidasida adashib qolmasligi uchun e\u02bctiborli bo\u02bblishi, eng ishonchli dalillarga ularni teran anglagan holda ergashishi lozim. Ta\u02bcna qilingan, \u201csoxta da\u02bcvatchi\u201d yo \u201csoxta shayx\u201d degan nomlarga loyiq ko\u02bbrilgan kishining gapiga ishonmasligi, boshqalarga ham ko\u02bbr-ko\u02bbrona ergashmay, avval tekshirib ko\u02bbrishi va aytganlarining mohiyatiga yetib borishi kerak. Shundagina asl haqiqat nima ekanini bilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir ayrim da\u02bcvatchilar musulmonlar birligiga rahna solish maqsadida islom ummati ming yillar davomida e\u02bctiqod qilib kelgan moturidiylik va ash\u02bcariylik ta\u02bclimotlari noto\u02bbg\u02bbri ekanini da\u02bcvo qilib chiqmoqda. Go\u02bbyo o\u02bbzlarini Qur\u02bcon va sunnatga ergashgan-u, bu ikki maktab undan yiroqdek. Betamizlik shu qadar oshyaptiki, ba\u02bczan ulardan \u201cMoturidiylarning kitoblarida birorta oyat va hadis yo\u02bbq\u201d degan da\u02bcvolarni eshitish mumkin. Bu \u2013 o\u02bbta og\u02bbir gap. Aslida aqidaviy kitoblarning har bir mavzusida, har bir varag\u02bbida aytilgan fikrlarni dalillovchi oyat va hadislar bor. Bunga iqror bo\u02bblish uchun o\u02bbsha manbalarni ochib, o\u02bbqib ko\u02bbrish kerak, xolos. Imom Moturidiyning \u201cKitobut tavhid\u201d, Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d, Ibrohim Saffor Buxoriyning \u201cTalxisul adilla\u201d, Abu Barakot Nasafiyning \u201cE\u02bctimod fil e\u02bctiqod\u201d \u2013 moturidiylik ta\u02bclimotiga oid har qanday asarga qaralsa, ichidagi har bir aqidaviy mavzuda ko\u02bbplab oyat va hadislardan dalillar kelgani osongina ayon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keling, avval moturidiylik haqida qisqacha ma\u02bclumot keltiraylik. Ushbu ta\u02bclimot ahli sunna val jamoaning ikki yirik ustunlaridan biri hisoblanadi. Unga \u201cImomul huda\u201d \u2013 \u201cHidoyat imomi\u201d degan yuksak nomga sazovor bo\u02bblgan Abu Mansur Moturidiy asos solgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy yashagan davr islom olamida turli o\u02bbzgarishlar avj olgan, ayniqsa, turli firqalar tomonidan aqidaviy buzilishlar kuchaygan paytga to\u02bbg\u02bbri keladi. Shunday sharoitda u ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodini himoya qilib, bu yo\u02bblda xavorij, rofiza, karromiyya, jahmiyya, mushabbiha va boshqa botil firqalarning da\u02bcvolariga raddiyalar bergan. Keyingi davrlarda esa, ushbu ta\u02bclimotni batafsil o\u02bbrgangan va uning mohiyatini chuqur bilgan Abul Yusr Pazdaviy, Abu Muin Nasafiy, Saffor Buxoriy, Abu Hafs Nasafiy, Ali ibn Usmon O\u02bbshiy, Nuriddin Sobuniy va Abu Barakot Nasafiy kabi olimlar uning yo\u02bblini davom ettirib, moturidiylik ta\u02bclimotini rivojlantirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ta\u02bclimotida naql (oyat va hadis) asosiy manba hisoblanadi. Har bir masalaning negizidagi dalilda oyat va hadislar yotadi. Aql esa yordamchi vosita hisoblanadi. Ma\u02bcrifat hosil qilishda naql, aql va sog\u02bblom sezgilar asosiy vosita ekani ta\u02bckidlangan. Manbalarga qaraydigan bo\u02bblsak, adashgan toifalarga raddiya berishda ham naqldan, ham aqldan samarali foydalanilgani ko\u02bbzga tashlanadi. Chunki noto\u02bbg\u02bbri da\u02bcvolar noqis aql bilan ana o\u02bbsha asosiy naqlni to\u02bbg\u02bbri tushunmaslikdan kelib chiqadi. Shu sababli moturidiy olimlar sog\u02bblom aql bilan, manbaga teran nazar solgan holda, eng nozik nuqtalarni e\u02bctibordan chetda qoldirmay, xolis yondashib, masalalarga naqliy dalillar asosida aqliy dalillarni ham keltirgan. Maqsad \u2013 islomning haqiqiy mohiyatini ochib berish, sofligini saqlab qolish va odamlarning sog\u02bblom aqidaga ergashishini ta\u02bcminlash bo\u02bblgan. Shu tufayli ham ushbu ta\u02bclimot asrlar davomida barhayot turipti. Ahli sunna val jamoa musulmonlari hozirga qadar ushbu ta\u02bclimotga ergashib, sof aqidasini saqlab kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun ba\u02bczi toifalar moturidiylik aqidasini noto\u02bbg\u02bbri deb da\u02bcvo qilmoqda. Lekin gap-so\u02bbzlariga nazar solsangiz, ularning naqadar puch va asossiz ekanini ko\u02bbrasiz. Quyida shunday da\u02bcvolardan ayrimlarini keltirib, ularga moturidiylik ta\u02bclimotida qanday javob berilganini qisqacha bayon etamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctibor qilish kerak bo\u02bblgan jihat shuki, adashgan toifalar iddao qilayotgan da\u02bcvolar bugun chiqib qolgan emas. Ular aytayotgan har qaysi aqidaviy masalaning tarixiy ildizlari bor. Bu toifalar mo\u02bbtazila, mushabbiha, mujassima, karromiyya va boshqalarni qattiq tanqid qilsa-da, o\u02bbzlari da\u02bcvo qilayotgan narsalarining ildizlari bilan aynan o\u02bbshalarga borib taqaladi. Masalan, hozir soxta da\u02bcvatchilar mushabbiha, mujassima va karromiyya toifalari kabi \u201cAlloh taolo \u2013 Arshning ustida\u201d deb da\u02bcvo qiladi. Bunga<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0631\u0652\u0634\u0650 <u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u0649<\/u>\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><\/strong> oyatini dalil qilib keltiradi. Ya\u02bcni, oyatdagi \u201cistivo\u201d so\u02bbziga \u201cjoylashish\u201d, \u201co\u02bbrnashish\u201d ma\u02bcnolarini berib, \u201cAlloh Arshga o\u02bbrnashdi\u201d deb ta\u02bcvil qiladi va Allohga biror makonda ekanini go\u02bbyo isbot qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodiga ko\u02bbra, Alloh taolo makondan behojat Zot. Moturidiylikka oid manbalarda bu masalaga quyidagicha yondashiladi: \u201cOyatdagi \u201cistivo\u201d so\u02bbzi muhtamal ya\u02bcni, har xil ehtimol va ma\u02bcnolarga ega. Birinchidan, mukammallik ma\u02bcnosida ishlatiladi. Bunga Alloh taoloning Muso alayhissalom haqida<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0644\u064e\u0645\u0651\u064e\u0627 \u0628\u064e\u0644\u064e\u063a\u064e \u0623\u064e\u0634\u064f\u062f\u0651\u064e\u0647\u064f \u0648\u064e<u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u0649<\/u>\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cQachonki u voyaga yetib, mukammal bo\u02bblganda\u201d<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a><\/strong> degani misol bo\u02bbladi. Ya\u02bcni bu o\u02bbrinda \u201cistivo\u201d \u201ckamolga yetish\u201d ma\u02bcnosida kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, \u201cistivo\u201d so\u02bbzi \u201cqaror topish\u201d, \u201cjoylashish\u201d ma\u02bcnolarida keladi. Bunga Alloh taoloning Nuh alayhissalomning kemasi haqida:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e<u>\u0627\u0633\u0652\u062a\u064e\u0648\u064e\u062a\u0652<\/u> \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0652\u062c\u064f\u0648\u062f\u0650\u064a\u0651\u0650\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cU <\/strong>(kema)<strong> Judiy <\/strong>(tog\u02bbi)<strong>ga joylashdi\u201d<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, <\/strong>degan so\u02bbzlari dalil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchidan, \u201cistivo\u201d so\u02bbzi \u201cega bo\u02bblish\u201d ma\u02bcnosida qo\u02bbllanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi va ikkinchi ma\u02bcnoni Alloh taologa nisbatan qo\u02bbllash Uning Zotiga loyiq emas. Chunki, Alloh taolo bizning tushunchamizdagi jism emaski, Uni biror makonda desak. Ikkinchidan, O\u02bbzi mukammal bo\u02bblgan Zotga \u201ckamolga yetish\u201dni nisbat berish ham mutlaqo noo\u02bbrindir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, \u201cega bo\u02bblish\u201d ma\u02bcnosini qo\u02bbllash to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi. Alloh taolo oyatda O\u02bbzini madh etganiga ko\u02bbra, <strong>\u201cRahmon Arshga istivo qildi\u201d<\/strong> jumlasini \u201cRahmon Arshning egasi bo\u02bbldi\u201d deb tafsir qilish lozim. Oyatda Arsh xoslab keltirilganining sababi \u2013 u maxluqotlarning (yaratilgan narsalarning) eng kattasi bo\u02bblgani uchundir. Bundan Alloh taolo barcha maxluqotlarning Egasi ekani ma\u02bclum bo\u02bbladi. Chunki maxluqotlardan eng kattasining egasi bo\u02bblish butun olamning egasi bo\u02bblishni taqozo etadi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turibdiki, moturidiylikda Alloh taoloni poklashga nihoyat darajada daqiqlik bilan yondashilgan. U Zotni maxluqot sifatlariga o\u02bbxshash sifatlardan poklashga qattiq e\u02bctibor berilgan. \u201cIstivo\u201dning Alloh taologa eng loyiq bo\u02bblgan ma\u02bcnosi tanlangan. Soxta da\u02bcvatchilar da\u02bcvo qilgandek \u201cistivo\u201dga \u201cjoylashish\u201d, \u201cqaror topish\u201d ma\u02bcnolari berilganda edi, Alloh taologa makon nisbat berilib, U Zotni jismga o\u02bbxshatish holati yuzaga kelib qolgan bo\u02bblardi. Bu esa olamlarning Rabbi bo\u02bblgan Zotga noloyiqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Soxta da\u02bcvatchilarning da\u02bcvolaridan yana biri \u201cAlloh taolo \u2013 osmonda\u201d deb e\u02bctiqod qilishdir. Bunga \u201casos\u201d sifatida Alloh taoloning<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0641\u0650\u064a <u>\u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0645\u064e\u0627\u0621\u0650<\/u>\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cOsmondagi Zot\u201d<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a> <\/strong>degan so\u02bbzlari va yana bir qancha mutashobih oyatlar dalil qilib keltiriladi. Qo\u02bbshimcha tariqasida inson duo payti qo\u02bbllarini osmonga ko\u02bbtarishi aytiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik manbalarida ularga quyidagicha javob beriladi: \u201cAlloh taoloning <strong>\u201cOsmondagi Zot\u201d <\/strong>degan so\u02bbzidan murod \u201cIlohligi osmonda bo\u02bblgan Zot\u201d degan ma\u02bcnodadir. Uning<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0648\u064e\u0647\u064f\u0648\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a \u0641\u0650\u064a <u>\u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0645\u064e\u0627\u0621\u0650<\/u> \u0625\u0650\u0644\u064e\u0647\u064c \u0648\u064e\u0641\u0650\u064a <u>\u0627\u0644\u0652\u0623\u064e\u0631\u0652\u0636\u0650<\/u> \u0625\u0650\u0644\u064e\u0647\u064c\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cU Zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir\u201d<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a> <\/strong>degan so\u02bbzlaridan murod esa osmonda ham, yerda ham ilohligining sobitligidir. Bu Alloh taoloning Zoti osmonda sobit ekanini anglatmaydi. Bu xuddi \u201cFalonchi Buxoro va Samarqandda amirdir. Ya\u02bcni, uning zoti emas, amirligi (o\u02bbsha) ikkalasigadir\u201d degandek gap. Chunki Uning Zoti osmonda ham, yerda ham bo\u02bblishi mumkinmas. Ammo ikkalasida ham Rabbligi va Ilohligi bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo O\u02bbzi yaratgan maxluqotlardan behojatdir, shu jumladan, makondan ham. U Zot Qur\u02bconi karimda:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u0625\u0650\u0646\u0651\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064e <u>\u0644\u064e\u063a\u064e\u0646\u0650\u064a\u0651\u064c \u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0645\u0650\u064a\u0646\u064e<\/u>\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlbatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir\u201d<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>,<\/strong> degan. Arsh, yer va osmonlar \u2013 barchasi Alloh yaratgan maxluqotlar bo\u02bblib, olam jumlasiga kiradi. Alloh taolo esa olamlardan behojat, ya\u02bcni ularga hojati tushmaydigan Zotdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Duo paytida qo\u02bbllar va yuzlarni osmonga ko\u02bbtarish sof ibodat bo\u02bbladi. Bu namozda Ka\u02bcbaga yuzlanishga o\u02bbxshaydi. Baytulloh namozning qiblasi bo\u02bblgani kabi osmon duoning qiblasidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Alloh taolodan boshqa hamma narsa hodis (paydo bo\u02bblgan, yaratilgan) hisoblanadi. Zamonlar, makonlar, yaratilgan nimaiki narsa bo\u02bblsa, Alloh taolo ulardan behojatdir. Alloh taolo azaliy bo\u02bblib, U bilan birga biror narsa azalda mavjud bo\u02bblgan emas. Jumladan, yeru osmonlar ham, Arsh va Kursiy ham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi misollardan ko\u02bbrinib turibdiki, moturidiylik aqidasida har bir masalaga chuqur, asosli, ilmiy nuqtayi nazardan yondashiladi, masalaning tub mohiyatini ochish uchun jiddu jahd qilinadi, asl haqiqat nimada ekaniga qattiq e\u02bctibor beriladi, oyat va hadislarning ma\u02bcnolari har tomonlama o\u02bbrganilib, to\u02bbg\u02bbri ta\u02bcvil qilinadi. Adashgan buzg\u02bbunchi toifalar esa oyat va hadislarning zohiriy ma\u02bcnosiga qarab hukm qilib ketaveradi. Ular matnning asl mazmun-mohiyati nima ekanini tushunmagani, chuqur tahlilga ilmiy salohiyati yetmagani tufayli o\u02bbzining noqis aqli to\u02bbg\u02bbri deb bilgan va nafsiga ma\u02bcqul kelgan narsaga mahkam yopishib oladi. Shunisi ma\u02bclumki, asrlar davomida islom aqidasining sofligini saqlash uchun beqiyos xizmat qilgan zabardast mujtahid olimlarning etagini tutish oyat va hadislarning asl mohiyatini, shariat maqsadlarini anglab yetmagan, ilmsiz, soxta da\u02bcvatchilarga ergashishdan har tomonlama afzaldir. Shuning uchun mo\u02bbmin-musulmon inson o\u02bbz dinini yaxshilab o\u02bbrganishi va bunda kimdan nimalarni qay tarzda o\u02bbrganayotganiga e\u02bctiborli bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Hujurot surasi, 6-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Sho\u02bbro surasi, 11-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Qasos surasi, 14-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Hud surasi, 44-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Mulk surasi, 16-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Zuxruf surasi, 84-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Ankabut surasi, 6-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ravshan ELMURODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi <\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi bo\u02bblib, bandaning ibodati ham, dunyoqarashi ham, turmush tarzi ham, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham shunga qarab shakl oladi. Mo\u02bbmin-musulmon inson o\u02bbz aqidasi, imon-e\u02bctiqodi qanchalar mustahkam ekanini hech ham nazardan qochirmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir musulmon kishi o\u02bbz aqidasining to\u02bbg\u02bbri &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46719,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2449,639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-18T04:35:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-18T04:40:37+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"416\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz\",\"name\":\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-18T04:35:15+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-18T04:40:37+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg\",\"width\":660,\"height\":416},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-18T04:35:15+00:00","article_modified_time":"2025-11-18T04:40:37+00:00","og_image":[{"width":660,"height":416,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz","name":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg","datePublished":"2025-11-18T04:35:15+00:00","dateModified":"2025-11-18T04:40:37+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/moturidiylik1811.jpg","width":660,"height":416},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46718&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MOTURIDIYLIK AQIDASI SOXTA DA\u02bcVATCHILARGA NIMA DEYDI?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46718"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46718"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46718\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46720,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46718\/revisions\/46720"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46719"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46718"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46718"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46718"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}