{"id":46478,"date":"2025-11-12T11:51:04","date_gmt":"2025-11-12T06:51:04","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46478"},"modified":"2025-11-11T14:18:04","modified_gmt":"2025-11-11T09:18:04","slug":"islom-tinchlik-va-bag%ca%bbrikenglik-dini","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karim bizga qadimda yashab o\u02bbtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. So\u02bbngra Parvardigori bergan ne\u02bcmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor bo\u02bblgan. Ya\u02bcni, boshlariga kelgan azobga o\u02bbzlarining noshukrligi va kofirligi sabab bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz Muhammad alayhissalomgacha bo\u02bblgan payg\u02bbambarlar tarixini diqqat bilan o\u02bbrganadigan bo\u02bblsak, ular o\u02bbz qavmini tinch-totuv yashashga da\u02bcvat etganiga guvoh bo\u02bblamiz. Alloh taolo o\u02bbz kalomida:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\ufd3f\u064a\u064e\u0627 \u0623\u064e\u064a\u0651\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u0622\u064e\u0645\u064e\u0646\u064f\u0648\u0627 \u0627\u062f\u0652\u062e\u064f\u0644\u064f\u0648\u0627 \u0641\u0650\u064a \u0627\u0644\u0633\u0651\u0650\u0644\u0652\u0645\u0650 \u0643\u064e\u0627\u0641\u0651\u064e\u0629\u064b \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u062a\u064e\u062a\u0651\u064e\u0628\u0650\u0639\u064f\u0648\u0627 \u062e\u064f\u0637\u064f\u0648\u064e\u0627\u062a\u0650 \u0627\u0644\u0634\u0651\u064e\u064a\u0652\u0637\u064e\u0627\u0646\u0650 \u0625\u0650\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0644\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652 \u0639\u064e\u062f\u064f\u0648\u0651\u064c \u0645\u064f\u0628\u0650\u064a\u0646\u064c\ufd3e<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir\u201d<\/strong><a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><strong>,<\/strong> deb marhamat qilgan. Bu oyatda Alloh taolo insonlardan tinch-totuv yashashni va shaytonning izidan ergashmaslikni talab etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda tinchlik haqida turli xil ma\u02bclumotlar kelgan. Albatta, diniy matnlarning asosiy maqsadi madaniyatni rivojlantirish va bunyodkorlikka asos solishdir. Barcha payg\u02bbambarlarning da\u02bcvatlari mana shunga asoslangan edi. Zero, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning da\u02bcvatlari ham tarqalib ketgan qabilalarni birlashtirish va o\u02bbzaro qon to\u02bbkishdan saqlashga qaratilgan edi. Demak, haqiqiy tinchlik \u2013 insonning tinch va xotirjam yashaydigan hayotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ilohiy payg\u02bbambarliklar jamiyatdagi odamlar orasida tarqalgan qo\u02bbpollik, shafqatsizlik va dushmanlik o\u02bbrniga insoniy birodarlik va tinchlik tushunchalarini keng yoygan. Barcha dinlar insonni jaholat zulmatidan qutqarish, qalbini imon nuri va xotirjamlik bilan to\u02bbldirish uchun xizmat qiladi. Odamlarni isloh qilish va tanlagan yo\u02bblini to\u02bbg\u02bbrilashda dinning katta ta\u02bcsiri mavjud. Islom dini tinchlikka da\u02bcvat qilgan va uni mustahkamlashga harakat qilgan. Chunki barcha dinlarning asl maqsadi ularga ergashuvchilar birdamligi va tinchligi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixi Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ergashganlarning ba\u02bczisi to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan burilgani haqida xabar beradi. Xavorijlar to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan ozib, musulmonlar qonini to\u02bbkish, shafqatsizlik, dinda chuqur ketish va o\u02bbziga ergashmaganlarga qarshi urush qilishga da\u02bcvat etgan. Bu ishi bilan musulmonlar tinchligiga rahna solgan. Vaholanki, islomning asosiy ta\u02bclimoti tinchlikka chaqirish bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda tinchlikning asosiy natijalaridan biri odamlar tasavvuri va e\u02bctiqodlari turlicha bo\u02bblishiga qaramasdan tinch-totuv yashashidir. Ular turli xil fitnalardan uzoq bo\u02bblgan holda o\u02bbzaro ishonch va xotirjamlikda hayot kechiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga islom ummati uchun namuna bo\u02bbladigan narsalarni qoldirib ketganlar. Chunki muhojir va ansorlarni bir-biriga birodar qilib qo\u02bbyishga shoshilganlar. Madina yahudiylariga tinch-totuv yashashi uchun kafil bo\u02bbladigan maktub yozib berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiya kuni musulmonlar bilan qurayshliklar orasidagi urush olovini o\u02bbchirishga shoshilganlar. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam tinchlikni saqlab qolish uchun qurayshliklar bilan sulh tuzganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Abdulloh ibn Bayya bunday deydi: \u201cTinchliksiz hech qanday huquq yo\u02bbq. Chunki tinchligini yo\u02bbqotgan odam o\u02bbz hayotida haqli bo\u02bblgan barcha huquqlarini yo\u02bbqotuvchidir. Tinchlik barcha huquqlarga tegishli bo\u02bblgan eng avvalgi haq va eng oliy maqsaddir. Hayotim davomida tinchlikdan ko\u02bbra oliyroq biror maqsad yo\u02bbq degan xulosaga keldim\u201d. Bu so\u02bbz Yer yuzida tinchlikning naqadar ahamiyatli ekanini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, insonning huquqlariga rioya qilishi uchun tinchlik dastlabki qadam ekanligi aniqdir. Chunki inson tinchlik va barqarorlik bo\u02bblmagan joyda huquqlari qiymatini ham, ta\u02bcmini ham totmaydi. Islomda tinchlik Alloh taolo tomonidan odamlar uchun berilgan ulkan ne\u02bcmat ekanligi ta\u02bckidlangan. Bu ne\u02bcmat evaziga Allohga shukr qilish va noshukrlik qilmaslik talab etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy manbalar tinchlik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida musulmon bo\u02bblmaganlar huquqlari ta\u02bcminlanganiga guvohlik beradi. Bunga juda ko\u02bbp misollar bor. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Baytul Maqdisda yashaydiganlarga omonlik bergan va ularning huquqlarini saqlashga kafil bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqida kelgan misollardan yana biri: \u201cMo\u02bbminlar amiri Abdulloh ibn Umarning Ilyo ahliga omonlik berganidir. U kishi ularning joni va moliga, ibodatxonalariga, kasal va sog\u02bblom kishilariga, ya\u02bcni u yerda yashaydigan barchaga omonlik bergan. Ularning ibodatxonalari buzilmagan va zarar yetkazilmagan. Mollaridan biror narsaga teginilmagan. Ular o\u02bbz dinidan qaytishga majburlanmagan va birortasiga zarar berilmagan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining bag\u02bbrikengligini biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy namunalari orqali anglaymiz. Zero, payg\u02bbambarlikning asosiy maqsadi va vazifasi odamlarning bu dunyodagi hayotini yengillashtirib, oxiratda esa abadiy rohat makonidan o\u02bbrin olishiga yordam berishdir. Dinimiz asosi \u2013 Qur\u02bconi karim va hadisi shariflarda bag\u02bbrikenglikka targ\u02bbib qilingan. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko\u02bbplab hadislarida o\u02bbzga din vakillariga ham insoniylik yuzasidan yaxshi muomalada bo\u02bblishni targ\u02bbib qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hijratning to\u02bbqqizinchi yilida Najron vakillari Abulhoris boshchiligida Madinaga elchi bo\u02bblib kelgan. Abulhoris boshliq elchilar Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirgan. Ular ushbu tashrif davomida o\u02bbz rasmiy diniy libosini kiyib, Payg\u02bbambar alayhissalom bilan masjidda uchrashgan. Uchrashuv yakunlangandan so\u02bbng, u zotdan ibodatlarini ado etish uchun ruxsat so\u02bbrashgan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga Madina masjidida buning uchun sharoit yaratib berganlar. Shunday qilib, ular musulmonlar masjidida Baytul Maqdisga yo\u02bbnalgan holda ibodatini ado qilgan. Bu tarixiy voqeani har bir musulmon bilishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldin bir yahudiyga o\u02bbz sovutlarini garovga berib, undan 30 so\u02bb arpa sotib olgan ekanlar. Oisha onamiz roziyallohu anho mana shu voqeani u zotning bag\u02bbrikenglik borasida o\u02bbz ummatiga ko\u02bbrsatgan eng katta ta\u02bclimlari, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy kabi yuzlab allomalar musulmonlar orasidagi g\u02bboyaviy tarafkashlikka barham berish va islom dinining asl mohiyatini odamlarga yetkazishga ulkan hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, bu kabi ulamolar islomiy bag\u02bbrikenglik ruhini tarqatish borasida ham katta xizmat qilgan. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalar asarlarida diniy bag\u02bbrikenglik bilan bog\u02bblik qadriyatlar targ\u02bbib qilingan g\u02bboyalarni ko\u02bbp uchratamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo\u02bbnalishi asoschisi Abu Mansur Moturidiy o\u02bbzining \u201cTa\u02bcvilotul Qur\u02bcon\u201d asarida Haj surasining 40-oyati tafsirini bayon qilgan va unda: \u201cCherkov va sinagogalarni (cherkov \u2013 nasroniylarning, sinagoga \u2013 yahudiylarning ibodatxonasi) vayron qilish man etiladi. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo\u02bbqdir\u201d, deb keltirgan. Shuning uchun ham o\u02bbn to\u02bbrt asr musulmonlar hukmron bo\u02bblib yashagan yurtlarda cherkov va sinagogalar bugungi kungacha saqlanib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandlik ulug\u02bb faqih, buyuk mufassir Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh \u201cBahrul ulum\u201d degan tafsirida ham Mumtahana surasining 8-9-oyatlarini sharhlab, bunday yozgan: \u201cSizlar bilan dinda urush qilmagan o\u02bbzga din vakillari bilan bordi-keldi qilinglar, chunki Alloh taolo o\u02bbsha oyatlarda: <strong>\u201cSizlar bilan din borasida urishmaganlarga yaxshilik qilishingizda, ularga adolat qilishingizda hech qanday monelik yo\u02bbq\u201d,<\/strong> deb marhamat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrlik yana bir mashhur faqih, mufassir Abul Barakot Nasafiy \u201cMadorikut tanzil\u201d deb nomlangan tafsirida mazkur oyatga: \u201cO\u02bbzga din vakillariga ehtirom ko\u02bbrsatinglar, ularga so\u02bbzda ham, amalda ham yaxshilik qilinglar\u201d, deb sharh bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Burhoniddin Marg\u02bbinoniy rahimahulloh \u201cHidoya\u201d asarida musulmonlar diyorida cherkov va ibodatxonalar buzilib ketgan bo\u02bblsa, ularni yana qayta tiklash joizligini alohida aytib o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, yuqorida keltirilgan ma\u02bclumotlardan quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda jamiyat barqarorligi va rivojlanishi uchun tinchlik asos ekani ta\u02bckidlangan. Balki tinchlikka bo\u02bblgan ehtiyoj taom va malhamga bo\u02bblgan ehtiyojdan ko\u02bbra muhimroqdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlikning mustahkamligi odamlar orasidagi mehr-oqibat, o\u02bbzaro ishonch, jamiyatda adolatning ta\u02bcminlanganligiga bog\u02bbliqdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatda tinchlikni mustahkamlashdan asosiy maqsad inson huquqlarini saqlash va unga ilohiy omonatni ado etishga imkon berishdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbpincha diniy ta\u02bclimotdan uzoqlashish fikrning buzilishiga olib keladi va jamiyatda fitna tarqalishiga sababchi bo\u02bbladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda tinchlikni saqlash va uni mustahkamlashga katta e\u02bctibor berilgan. Chunki jamiyatda tinchlikning hukm surishi inson huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy manbalar tinchlik va barqarorlik hukm surgan musulmon jamiyatlarida o\u02bbzga din vakillarining huquqlari ta\u02bcminlanganiga guvohlik beradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini bag\u02bbrikengligini biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy namunalari orqali to\u02bbla anglaymiz. Zero, dinimiz asosi \u2013 Qur\u02bconi karim va hadisi shariflarda bag\u02bbrikenglikka targ\u02bbib qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar musulmonlar orasidagi g\u02bboyaviy tarafkashlikka barham berish va islom dini asl mohiyatini odamlarga yetkazishga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Xususan, bu kabi ulamolar islomiy bag\u02bbrikenglik ruhini tarqatishda ham katta xizmat qilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida musulmon bo\u02bblmaganlar bilan ham insoniylik yuzasidan yaxshi muomalada bo\u02bblishni targ\u02bbib qilganlar.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etishlaridan oldin bir yahudiyga o\u02bbz sovutlarini garovga berib, undan 30 so\u02bb arpa sotib olganlar. Ushbu voqea u zotning bag\u02bbrikenglik borasida o\u02bbz ummatiga ko\u02bbrsatgan eng katta namunalaridan biridir.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Baqara surasi, 208-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qur\u02bconi karim bizga qadimda yashab o\u02bbtgan ummatlar va ularning holati haqida xabar bergan. Ular Alloh taolo tomonidan ato etilgan tinch-xotirjam va farovon hayotda yashagan. So\u02bbngra Parvardigori bergan ne\u02bcmatlarga noshukrlik qilib, turli xil azobga duchor bo\u02bblgan. Ya\u02bcni, boshlariga kelgan azobga o\u02bbzlarining noshukrligi va kofirligi sabab bo\u02bblgan. Qur\u02bconi karimdagi Nuh alayhissalomdan sayyidimiz Muhammad alayhissalomgacha bo\u02bblgan payg\u02bbambarlar tarixini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46479,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-12T06:51:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-11T09:18:04+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"806\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-12T06:51:04+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-11T09:18:04+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg\",\"width\":660,\"height\":806},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-12T06:51:04+00:00","article_modified_time":"2025-11-11T09:18:04+00:00","og_image":[{"width":660,"height":806,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz","name":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg","datePublished":"2025-11-12T06:51:04+00:00","dateModified":"2025-11-11T09:18:04+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/bagr21211.jpg","width":660,"height":806},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46478&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM \u2013 TINCHLIK VA BAG\u02bbRIKENGLIK DINI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46478"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46478"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46478\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46481,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46478\/revisions\/46481"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46479"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46478"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46478"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46478"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}