{"id":46419,"date":"2025-11-10T12:57:00","date_gmt":"2025-11-10T07:57:00","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46419"},"modified":"2025-11-10T12:58:13","modified_gmt":"2025-11-10T07:58:13","slug":"samarqand-ruhi-insoniyat-yangi-taraqqiyotining-mezoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har kuni yo\u02bbl-yo\u02bblakay kimlar uchramaydi, deysiz. Ayrimlar oldidan qora mushuk \u2013 yangi bo\u02bblganini eslaydi-da, xafsalasi pir bo\u02bbladi. Shu pallada qarshisidan \u201cjiddiy idorada ishlaydigan\u201d maqomidagi odam chiqib qolsa fursatni boy bermaydi. Mushuk voqeasidan tashqari boshqa gaplarni ham so\u02bbrab olgisi keladi-da, savolga ko\u02bbmib tashlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o\u02bbtyapti. Bunday paytlarda sersavol odamlar bo\u02bbyinbog\u02bb taqqan tanishini birinchi bo\u02bblib qanday gap bilan to\u02bbxtatadi. Ha, albatta \u2013 \u201cbu bizga nima beradi?!\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam ishga kechikadigan bo\u02bblsa ham masalani oydinlashtirmay ketgisi kelmaydi. Yotig\u02bbi bilan tushuntirishga harakat qiladi. Ha, YUNESKO degan tashkilot bor. U \u2013 BMTning Fan, ta\u02bclim va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha tuzilmasi. Odatda u har yili Bosh konferensiyaning sessiyasini Parijda o\u02bbtkazadi. Lekin bu safar O\u02bbzbekistonda to\u02bbxtaldi, uning eng fasohatli durdonasi bo\u02bblgan Samarqand tanlandi. Nima uchunmi? Ha, to\u02bbg\u02bbri aytasiz, Toshkentda o\u02bbtkazish ham mumkin edi. Samarqand tanlangani shuki, bir mahallar Bosh direktor Federiko Mayor O\u02bbzbekistonga tashrif buyurganida, bu ko\u02bbhna shaharga borgan va har qanday olim odamni ham taxayyul bilan chulg\u02bbaydigan taassurot bilan qaytgan edi. Ziji Ko\u02bbragoniydan dengizchilar asrlar mobaynida foydalangan, lekin sun\u02bciy yo\u02bbldoshli hozirgi axborot asrida buning o\u02bbsha davrdagi qadrini har kim ham anglayvermasligi tayin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ochilish marosimida juda to\u02bbg\u02bbri ta\u02bckidlandi, Samarqand insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik g\u02bboyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirganini inkor etib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbarbda \u201chamma yo\u02bbllar Rimga\u201d olib borsa, Sharqda bu mavqe Samarqandga tegishli. Buyuk allomalarimizning aksariyati shu yerda voyaga yetgan, boshqa joyda tavallud topganlari esa, falak qadari bilan uni maskan qilgan. Davlatimiz rahbarining nutqida Mirzo Ulug\u02bbbek tilga olindi. Bu bir ishora edi, xolos. Aslida Samarqandning ohanrabosi haqida kitoblar yozish mumkin. Deylik, Sohibqiron bahavo Shahrisabzning o\u02bbzini kengaytirib, har tomonlama zeb berib, uni saltanatining bosh shahriga aylantirishi mumkin edi. Jaloliddin yo Bobur Mirzo Samarqand uchun qanchalar jon kuydirganini hammamiz yaxshi bilamiz. Islom nuqtayi nazaridan qaraydigan bo\u02bblsak, aqidaning asosiy ustunlaridan bo\u02bblgan Imom Moturidiyning kindik qoni shu tuproqqa to\u02bbkilgan. Hadis ilmining sultoni bo\u02bblgan Imom Buxoriy so\u02bbnggi nafasini aynan Samarqand havosidan olgan. Xoja Ahror Valiy shu yerda abadiy qo\u02bbnim topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odamzod lahzalik, shu bugungi kunning o\u02bbzida naf beradigan tadbirga ko\u02bbproq qiziqadi. Bu uning tabiatidir. YUNESKO Bosh konferensiyasining sessiyasi O\u02bbzbekistonda, Samarqandda o\u02bbtkazilishi bizga hozirning o\u02bbzida nima berishi to\u02bbg\u02bbrisidagi savolga avvalo xalqaro e\u02bctibor deb javob berish mumkin. Qirq yil davomida Parijdan chiqmay kelgan anjuman Samarqandni YUNESKOning, muvaqqat bo\u02bblsa ham, poytaxtiga aylantirganining o\u02bbzi \u2013 katta voqea. Keyingi manfaat shuki, bu bilan \u201cnavbatdagi sessiya\u201d degan \u201cnavbatchi\u201d so\u02bbz \u201cYUNESKOning Samarqand sammiti\u201d sifatida jaranglaydi. Binobarin, xalqaro maydonda tafakkur qo\u02bbzg\u02bbaladi: \u00abO\u02bbzbekiston bejiz mezbonlik qilmayapti, e\u02bctibor beraylik-chi, qanday nima gaplar bo\u02bblar ekan!\u00bb<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashabbuslar esa, qog\u02bboz yo so\u02bbz uchun emas, balki tom ma\u02bcnoda amaliyot uchun ilgari surildi. Bu faqat O\u02bbzbekistonni emas, butun insoniyatni tashvishga solayotgan nozik masalalarga birgalikda yechim topish va og\u02bbir muammolarni hamkorlikda bartaraf etishga qaratilgan g\u02bboya va takliflardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shavkat Mirziyoyevning nutqi bilan hammamiz matbuot orqali to\u02bbliq tanishib chiqdik. Shu bois unda bildirilgan barcha dolzarb vazifalarni birma-bir sanashga vaqt ketkazmay, to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri ahamiyatini bayon etsak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlabki taklif inklyuziv ta\u02bclim sohasiga tegishli: alohida ehtiyojli bolalar uchun Inklyuziv ta\u02bclimni rivojlantirish platformasi joriy etiladigan bo\u02bblsa, faqat shu turdagi muammolarga uchragan ota-onalar emas, balki barcha insonlar birlashgan bo\u02bblar edi. Biz, insoniyat hozirgi vaqtda taraqqiyotning eng oliy bosqichidamiz. Imkoniyati qaysidir darajada cheklangan bolaga ko\u02bbzimiz tushganida, bu muammo bizni chetlab o\u02bbtganini emas, balki shunchaki chetlab o\u02bbtayotganini, bizning jigarlarimizdan birini ham domiga tortishi va o\u02bbsha norasidaning ota\u00adonasini, qarindosh\u00adurug\u02bbini halovatdan ayirishi mumkinligini o\u02bbylab ko\u02bbrishimiz kerak. Jo\u02bbnroq aytganda, boshiga shunday tashvish tushgan odamlarning holatini bir lahza his qilaylik. Axir, hech kim darddan kafolatlanmagan\u00adku! Ayniqsa, ekologik muammolar avj olayotgan, oziq\u00adovqat mahsulotlarining tarkibi tabiat tomonidan emas, inson qo\u02bbli bilan o\u02bbzgartirilayotgan, ba\u02bczi mintaqalarda qurolli mojarolar, geoiqtisodiy yo geosiyosiy o\u02bbyinlar tufayli turmush tarzi keskin burilib ketayotgan, sun\u02bciy intellekt odamlarni o\u02bbz joniga qasd qilishgacha olib borayotgan sharoitda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday vaziyatda axborot texnologiyalarini puxta o\u02bbzlashtirgan va kreativ fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash vazifasi o\u02bbz-o\u02bbzidan ustuvor masala sifatida maydonga chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi taklif ham yo\u02bbl-yo\u02bblakay tashabbus emas. Biz Afg\u02bboniston yo Suriya misolida insoniyatning bebaho xazinasi bo\u02bblgan osori atiqa durdonalari ko\u02bbz o\u02bbngimizda, hatto jonli efirda barbod bo\u02bblganini ko\u02bbrdik. Bu xunuk tendensiya davom etadigan bo\u02bblsa, insoniyat o\u02bbzining moddiy va nomoddiy merosini asta-sekin butkul qo\u02bbldan ketkazadi. Bir mahallar dohiy sanalgan, vaqt o\u02bbtishi bilan chaqaga arzimas kitoblari pista qog\u02bboziga aylangan shaxslarni bilamiz. Ayni paytda e\u02bctiborsizlik va bilimsizlik bilan ilm xazinasi sanalgan noyob varaqlarni stol tozalash yo oyna artishga ishlatib yubormasligimizga hech kim kafil emas. Shu bilan birga, O\u02bbzbekiston misolida oladigan bo\u02bblsak, biz tashqi modaga taqlid qilib, o\u02bbzimizning doston va laparlarimizga, ilgari odamlar mol-holini unutib, tinglash uchun butun qishloq bo\u02bblib yig\u02bbiladigan qadriyatlarga qiziqmay qo\u02bbydik. Ramazon oyida \u201cYo Ramazon!\u201d aytuvchilarning so\u02bbzlari viloyat tugul, qishloqlar o\u02bbrtasida ham bir-biridan ajralib turardi. Hozir internetdan yodlab olingan to\u02bbrt satrdan boshqa narsani bilmaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun ham YUNESKOning \u201cJahon xotirasi\u201d dasturini rivojlantirish kerak. Bir muayyan sana \u2013 O\u02bbzbekiston taklifiga ko\u02bbra \u2013 19-noyabr xalqaro \u201cHujjatli meros kuni\u201d deb e\u02bclon qilinsa, bu yo\u02bbnalishdagi ishlar har yili sarhisob qilinib, tartiblanib borgan bo\u02bblar edi. YUNESKO huzurida Raqamli meros bo\u02bbyicha xalqaro institut tashkil etilsa, bu jarayon xalqaro miqyosda kuzatuvga ham olinardi. 2027-yili Buxoroda YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog\u02bbining kongressi o\u02bbtkazilsa, yana ham yaxshi \u2013 ayni muddao.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gender tenglik masalalari hozir ko\u02bbp davlatlarda dolzarb. Bu \u2013 galdagi tashabbusga tegishli. O\u02bbzbekiston Xotin-qizlar yetakchiligi bo\u02bbyicha YUNESKO akademiyasini tashkil etishni taklif qilyapti. Nima uchunmi? Yana o\u02bbzimizning o\u02bbzbek oilasidan jonli misol bilan davom etamiz. Gap shundaki, ota har qancha bilimli va ilg\u02bbor bo\u02bblmasin, ona omi darajasida qolaversa, farzand oliymaqom maktabga borsa ham o\u02bbrtamiyona bo\u02bblib voyaga yetadi. Chunki kundalik hayotda otaning bor ilg\u02bborligini onaning arzimas omiligi yengib turadigan vaqtlar bo\u02bbladi. Bola ishdagi otaning emas, uydagi onaning tarbiyasini ko\u02bbproq oladi. Ota kechqurun kelib kitob o\u02bbqib berishi mumkindir, dam olish kuni muzeyga olib borishi mumkindir, lekin bola baribir ko\u02bbp vaqtini onaning ta\u02bcsir doirasida o\u02bbtkazadi. Ona saviyasi otanikiga yaqin va mos bo\u02bblsagina, kutilgan natijaga erishish mumkin. Shuning uchun xotin-qizlarning mavqeini faqat ilmiy emas, ijtimoiy, iqtisodiy va hatto siyosiy jihatdan yuksaltirish maqsadga muvofiqdir. Taklif etilganidek, Samarqandda barcha qit\u02bcalarning mashhur tadqiqotchilari, san\u02bcat namoyandalari, pedagog va ixtirochi xotin-qizlarning Ta\u02bclim, madaniyat va fan sohasidagi global forumi tashkil etilsa, bu masala bafurja tahlil qilinadi va eng ta\u02bcsirchan, har tomonlama ma\u02bcqul va maqbul choralar ishlab chiqiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilgari surilgan tashabbuslar haqida so\u02bbz yuritar ekanmiz, shuni aytish kerakki, ekologiya e\u02bctibordan faromush bo\u02bblmasligi aniq edi. Global iqlim o\u02bbzgarishlari, bir mintaqada cho\u02bbllanish, ikkinchisida toshqinlar kuzatilishi, tuproq qatlamlari yemirilishi, betartib urbanizatsiya kabi muammolar anchadan buyon ko\u02bbp ilg\u02bbor davlatlarda \u201cyashil siyosat\u201d ustuvorlik kasb etishiga olib keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin butun dunyo bunday emas-da. YUNESKO nuqtayi nazaridan qaraganda, xoh osori atiqa bo\u02bblsin (qadimiy binolar nurashi), xoh xalq og\u02bbzaki ijodi bo\u02bblsin (geologik demografiya o\u02bbzgarishlari), xoh xo\u02bbjalik, xoh qurilish bo\u02bblsin, buzilayotgan ekologiya madaniy meros va qadriyatlar saqlanishi va davomiyligiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatayotgani barchani birdek tashvishga soladi. Tashkilot \u201cYUNESKOning Ekologik poytaxti\u201d tanlovini e\u02bclon qilsa, mamlakatlar va shaharlar xalqaro nufuz uchun ham ekologiyaga ko\u02bbproq e\u02bctibor berishi tayin. \u00abGloballashuv va iqlim o\u02bbzgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo\u02bbyicha chora\u00adtadbirlarni kuchaytirish to\u02bbg\u02bbrisida\u00bbgi rezolyutsiyasi ishlab chiqilsa, bu o\u02bbziga xos me\u02bcyorlar majmuiga aylanib, avval \u00abYUNESKOning futbol bo\u02bbyicha biror mamlakat jahon chempioni bo\u02bblsa, o\u02bbsha sanoqli futbolchi va murabbiydan boshqa hech kim tayinli foyda ko\u02bbrmaydi. Lekin hamma shunga ishqiboz bo\u02bbladi. \u201cYUNESKOning Ekologik poytaxti\u201d bo\u02bblish uchun shunday bellashuv yuzaga kelmasligi mumkin emasmi?! Bu masala bo\u02bbyicha Xiva shahrida xalqaro simpozium o\u02bbtkazilsa, vaziyat yana ham oydinlashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida axborot asri tilga olindi. To\u02bbg\u02bbri, biz uyda o\u02bbtirgan joyimizda tansiq taomga buyurtma beryapmiz, aviachipta olyapmiz. Lekin axborot makoni faqat qulaylikdan iborat emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. U bir zumda buzg\u02bbunchi kuchlar uchun arining uyasiga aylanishi hech gap emas. Shu ma\u02bcnoda, ma\u02bclumotlarni tahliliy idrok etish, yoshlarni manipulyatsiyadan himoya qilish, axborot shaffofligini ta\u02bcminlash maqsadida YUNESKOning Media savodxonlikni rivojlantirish bo\u02bbyicha keng qamrovli strategiyasini ishlab chiqish o\u02bbta dolzarb taklifdir. Yuqorida qisman aytilganidek, bola internetdan emas, avvalo ota-onadan tarbiya olishi kerak, xalqaro axborot tarmog\u02bbiga ulanganda esa, nima yaxshi-yu nima yomonligini farqlay bilishi shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinlararo yo konfessiyalararo ziddiyatlar kuchayib borayotgani haqida alohida to\u02bbxtalishga, o\u02bbylaymizki, hojat yo\u02bbq. Islomni niqob qilgan radikal guruhlar muqaddas e\u02bctiqodimizni bulg\u02bbab ko\u02bbrsatib, dinlararo adovatga yo\u02bbl ochayotgan bo\u02bblsa, har xil oqimlar o\u02bbz oramizda g\u02bbavg\u02bboni urchitishga urinmoqda. Vaholanki, hech bir din zo\u02bbravonlikni oqlamaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, Samarqand anjumani qatnashchilari forumni Yangi O\u02bbzbekistonning global gumanitar siyosatdagi yangi sifat bosqichiga qadam qo\u02bbyganidan dalolat deb atamoqda. YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasini Parijda emas, Samarqandda o\u02bbtkazishga qaror qilingani yurtimizdagi yangilanish jarayonlariga, O\u02bbzbekiston rahbariyatining ochiqlik va islohotchilik siyosatiga xalqaro maydondagi yuksak ishonchni namoyon etyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule O\u02bbzbekistonning faol diplomatiyasi va madaniy merosni asrab-avaylashdagi tashabbuslarini yuqori baholadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, ushbu anjuman \u201cSamarqand ruhi\u201dni insoniyat taraqqiyotining yangi mezoni etib belgilab berdi, desak, mubolag\u02bba bo\u02bblmas. Chunki Shavkat Mirziyoyevning nutqi, ko\u02bbpchilik OAV vakillari ta\u02bckidlaganidek, o\u02bbz mazmun\u00admohiyatiga ko\u02bbra, manifest darajasidagi hujjat bo\u02bbldi. Aslida davlatimiz rahbari XXI asr uchun yangi gumanistik yo\u02bbl xaritasini taklif etdi. Shu ma\u02bcnoda, \u00abSamarqand ruhi\u00bb faqat jug\u02bbrofiy emas, balki ma\u02bcnaviy tasnifdir. U insonni ilm, madaniyat va axloqning markaziga qo\u02bbyadi gan tamaddun tamoyilining yangi shakli sifatida muomalaga kirajak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi raisi Xondker Muhammad Talha bejiz Alisher Navoiyning \u00abbilim va hikmat insonning ziynatidir\u00bb degan misrasini tilga olmadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bu so\u02bbzlar, \u2013 dedi u, \u2013 O\u02bbzbekiston Prezidentining yo\u02bblini \u2013 ta\u02bclim, fan va merosga, jamiyatga xizmat qilish va umumiy farovonlikka bag\u02bbishlangan yo\u02bblni juda yaxshi aks ettiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu iboraning o\u02bbzi har qanday xulosadan avlodir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anvar BOBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cOila va tabiat\u201d gazetasi 2025-yil 6 noyabr, \u211644(702)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har kuni yo\u02bbl-yo\u02bblakay kimlar uchramaydi, deysiz. Ayrimlar oldidan qora mushuk \u2013 yangi bo\u02bblganini eslaydi-da, xafsalasi pir bo\u02bbladi. Shu pallada qarshisidan \u201cjiddiy idorada ishlaydigan\u201d maqomidagi odam chiqib qolsa fursatni boy bermaydi. Mushuk voqeasidan tashqari boshqa gaplarni ham so\u02bbrab olgisi keladi-da, savolga ko\u02bbmib tashlaydi. Mana, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o\u02bbtyapti. Bunday paytlarda sersavol odamlar bo\u02bbyinbog\u02bb taqqan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46417,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-10T07:57:00+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-10T07:58:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"651\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-10T07:57:00+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-10T07:58:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg\",\"width\":660,\"height\":651},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-10T07:57:00+00:00","article_modified_time":"2025-11-10T07:58:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":651,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz","name":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg","datePublished":"2025-11-10T07:57:00+00:00","dateModified":"2025-11-10T07:58:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/20251110_tabiat1011.jpg","width":660,"height":651},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46419&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAMARQAND RUHI\u201d \u2013 INSONIYAT YANGI TARAQQIYOTINING MEZONI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46419"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46419"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46419\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46423,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46419\/revisions\/46423"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46417"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46419"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46419"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46419"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}