{"id":46256,"date":"2025-11-03T09:30:41","date_gmt":"2025-11-03T04:30:41","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46256"},"modified":"2025-11-01T10:32:14","modified_gmt":"2025-11-01T05:32:14","slug":"islom-dini-bag%ca%bbrikenglikka-chaqiradi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ISLOM DINI BUTUN DUNYOGA RAHMAT BO\u02bbLIB KELGAN DINDIR. <em>Bu haqda Alloh taolo \u201cQur\u02bconi karim\u201dning Anbiyo surasi, 107-oyatida: <\/em><strong>\u00ab<\/strong>(EY MUHAMMAD)<strong>, SIZNI OLAMLARGA FAQAT RAHMAT QILIB YUBORDIK\u00bb <\/strong><em>deya marhamat qilgan.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinining bag\u02bbrikenglik din ekanligi haqida fikr yuritishdan oldin \u201cbag\u02bbrikenglik\u201d so\u02bbzining ma\u02bcnosiga e\u02bctibor bersak o\u02bbrinli bo\u02bblar edi. Islom dini o\u02bbgitlariga ko\u02bbra, boshqa din vakillari (g\u02bbayridinlar)ga, butun insoniyatga, qolaversa, butun borliqqa nisbatan ochiq ko\u02bbngil bilan, mehr-muhabbat bilan yondashish bag\u02bbrikenglik, deyiladi. <strong><em>\u201cO\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati\u201dda ham shunday ta\u02bckidlanadi: \u201cBag\u02bbrikenglik \u2013 masalaga keng ko\u02bblamda, ochiq ko\u02bbngil bilan yondashishlik\u201d<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini butun dunyoga rahmat bo\u02bblib kelgan dindir. Bu haqda Alloh taolo Qur\u02bconi karimning Anbiyo surasi, 107-oyatida: <strong><em>\u201c(Ey Muhammad), Sizni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik\u201d<\/em><\/strong> deya marhamat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh insonlarni bag\u02bbrikeng va kechirimli bo\u02bblishga undaydi.\u201cA\u02bcrof\u201d surasining 199-oyatidagi <strong>\u201cKechirimli bo\u02bbl\u201d<\/strong> degan xitobi orqali ifodalangan \u201ckechirimlilik va bag\u02bbrikenglik\u201d tushunchasi islom dinining asosiy qoidalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixiga nazar solinsa, musulmonlar Qur\u02bcon axloqining bu muhim ta\u02bclimotini ijtimoiy hayotga qanday tatbiq qilganlari juda aniq ko\u02bbrinadi. Musulmonlar o\u02bbz qadami yetgan har bir joyda adolatsizlikka qarshi kurashib, erkin va bag\u02bbrikeng muhit yaratishga harakat qilgan. Din, til va madaniyat jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladigan xalqlarning bir osmon ostida tinch va osoyishta yashashini ta\u02bcminlagan, o\u02bbziga ergashganlarga ilm, boylik va ustunlikni taqdim etgan. Shubhasiz, keng hududlar bo\u02bbylab yoyilgan musulmon o\u02bblkalarining asrlar davomida mavjud bo\u02bbla olganining eng muhim sabablaridan biri bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yaratganidir. Ularning bu boradagi tayanchi, tabiiyki, Qur\u02bconi karimdir. Zero,bag\u02bbrikenglik faqat Qur\u02bcon ko\u02bbrsatmasiga muvofiq bo\u02bblgandagina farovonlik olib keladi. Kalomi sharifning bu boradagi ko\u02bbrsatmasi quyidagicha: <strong>\u201cYaxshilik bilan yomonlik barobar bo\u02bblmas. Siz <\/strong>(yomonlikni) <strong>go\u02bbzalroq <\/strong>(muomala) <strong>bilan daf eting! <\/strong>(Shunda) <strong>birdan siz bilan o\u02bbrtalaringizda adovat bo\u02bblgan kimsa qaynoq <\/strong>(qalin) <strong>do\u02bbstdek bo\u02bblib qolur\u201d. <\/strong>(Fussilat surasi, 34- oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik mehribonlik, xushmuomalalik, yumshoqlik, kechirimlilik singari xislatlarni ham o\u02bbz ichiga oladi. Kishining butun borliqqa mehribon bo\u02bblishi, go\u02bbzal muomala qilishi, shirinsuxanligi, o\u02bbziga nisbatan qilingan noto\u02bbg\u02bbri munosabatlarni kechira olishi qalbi keng ekaniga dalolatdir. Hadislarda bu haqdagi go\u02bbzal namunalarni ko\u02bbrishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Mas\u02bcud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: <em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201c<strong>Do\u02bbzaxga harom kishini yoki unga do\u02bbzax harom bo\u02bblgan kishini sizlarga xabarini beraymi? <\/strong><\/em><strong><em>U <\/em><\/strong><em>(birodariga hojat<\/em> <em>vaqtida) <strong>yaqin turadigan, tavozu\u02bcli va<\/strong><\/em> <strong><em>muloyim kishilardir<\/em><\/strong><em>\u201d, dedilar\u201d. <\/em>(Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yumshoq tabiatlilik Allohga suyukli banda bo\u02bblish demakdir. Rasul alayhissalom Abulqays qabilasidan Ashij ismli kishiga <strong><em>\u201cSenda Alloh yaxshi ko\u02bbradigan<\/em><\/strong> <strong><em>ikkita go\u02bbzal xislat bor: muloyimlik<\/em><\/strong> <strong><em>va vazminlik\u201d<\/em><\/strong>, (Imom Muslim rivoyati) degan edilar. Bu ikki xislat insonlar va jamiyatlar o\u02bbrtasida tinchlik bo\u02bblishini ta\u02bcminlovchi, munosabatlarga darz ketishining oldini oluvchi muhim omildir. Hatto bu davlatlararo munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglikning eng yuksak darajasi kechirimlilikda namoyon bo\u02bbladi. Inson o\u02bbziga qilingan nohaqlik, qo\u02bbpollik, zulmni kechira olishi uning oliyjanobligidandir. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda marhamat qilib aytadiki: <strong>\u201cAlbatta, kim <\/strong>(o\u02bbziga yetgan ozor aziyatlarga) <strong>sabr qilsa va <\/strong>(intiqom olmay Alloh uchun) <strong>kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu <\/strong>(ish) <strong>ishlarning maqsadga muvofig\u02bbidir\u201d. <\/strong>(Sho\u02bbro surasi, 43-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqda bunday deganlar: <strong><em>\u201cSizlarga Alloh uning sababi bilan yuksak darajalarga ko\u02bbtaradigan narsaning xabarini beraymi?\u201d \u2013 dedilar. <\/em><\/strong>\u201cHa, Allohning rasuli\u201d, deyishdi. Rasululloh: <strong><em>\u201cSenga nodonlik qilganga mehribon bo\u02bbl, senga zulm qilganni kechir, seni mahrum qilganga <\/em><\/strong><em>(senga bermaganga) <strong>bergin va sendan uzilganga <\/strong>(qarindoshlik aloqasini uzganga) <strong>bog\u02bblan\u201d, dedilar\u201d<\/strong><\/em>. (Imom Tabaroniy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kechirimlilik musulmon kishining eng fazilatli amalidir. Bu ish har doim jamiyatga ko\u02bbpdan-ko\u02bbp manfaat keltirgan. Kishining komillik sifatlaridan biri aynan shu xislatda namoyon bo\u02bbladi. Atrofdagilardan bo\u02bbladigan dushmanlik va ozorlarga sabr qilib, qasos olmasdan, kechirib yuborishni hamma ham eplay olmaydi. Bu bilan jamiyatda tinchlik totuvlik ta\u02bcminlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohga hamdlar bo\u02bblsinki, bugun yurtimizdagi o\u02bbttiz yetti milliondan ziyod xalq tinchlik, osoyishtalikda hayot kechirmoqda. Albatta, buning asosiy negizi millatlararo totuvlik, dinlararo bag\u02bbrikenglikka borib tutashadi. Yuzdan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoqlikda, O\u02bbzbekistonning ertasi uchun kamarbasta bo\u02bblib yashayotgani ko\u02bbzni quvontiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahon dinlarining ichida faqat islomda e\u02bctiqod erkinligi ochiq-oydin e\u02bclon qilingan. Baqara surasining 256-oyatida: <strong><em>\u201cDinda majburlash yo\u02bbq\u201d <\/em><\/strong>deyilgan. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu borada islom ummatigagina emas, butun insoniyatga ibrat \u2013namuna bo\u02bbldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahli kitobdan bo\u02bblgan qo\u02bbshnilari bilan yaxshi munosabatda bo\u02bblar, hadya berib, ulardan ham qabul qilardilar. Madinaga Habashiston nasroniylarining vakillari kelganida, ularni masjidga tushirib ziyofat berdilar va xizmatlarini qildilar. Najron nasroniylari kelganida, hattoki ularga masjidning bir tomonida ibodat qilishga ijozat berdilar. Rasululloh o\u02bbzlari namuna bo\u02bblgan holda butun ummatni insonlar o\u02bbrtasidagi munosabatda halimlikka, bag\u02bbrikenglikka chaqirdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda bag\u02bbrikenglik masalasi juda muhim o\u02bbrin tutadi. Islom kishilarni birdamlikka, yaxshilikka, ahillikka chaqiradi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimning \u201cHujurot\u201d surasi 13-oyatida: <strong><em>\u201cEy insonlar, Biz sizni bir erkak va bir ayoldan yaratdik va sizlarni o\u02bbzaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo\u02bbydik&#8230;\u201d, <\/em><\/strong>deya marhamat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, islomda zo\u02bbravonlik, o\u02bbzgaga zulm yetkazish yo\u02bbq. Hattoki insonlarni dinga zo\u02bbrlik bilan chaqirish ham mumkin emas. Haqiqiy musulmon, o\u02bbzini islomda deb bilgan kishilarning shiori tinchlik bo\u02bblishi kerak. Musulmon odam, hadisga muvofiq, o\u02bbzgalarga tili bilan ham, qo\u02bbli bilan ham ozor yetkazmasligi kerak. Aksincha, mo\u02bbmin odam atrofdagilarga faqat manfaat yetkazishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar alayhissalom: \u201cDin \u2013 husni xulqdir\u201d, deganlar. Ya\u02bcni din odob, axloq, insoniylikning go\u02bbzal tajassumidir. Xulosa qiladigan bo\u02bblsak, bag\u02bbrikenglik inson tabiatiga bog\u02bbliq narsadir. Alloh insonni xuddi shu tabiat ila yaratgan. Insonning sof tabiati shiddat va qiyinchilikni yoqtirmaydi. U doimo osonlik va yumshoqlikka moyil.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo \u201cOli Imron\u201d surasining 159-oyatida: <strong><em>\u201cAllohning rahmati ila ularga muloyim bo\u02bblding. Agar qo\u02bbpol, qalbi qattiq bo\u02bblganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar\u201d<\/em><\/strong><em>, <\/em>deya marhamat qilgan. Bu oyat tafsirida: \u201cDarhaqiqat, inson uchun chiroyli xulqdan ko\u02bbra zarurroq, muhimroq biror fazilat yo\u02bbq. Dinimizda chiroyli xulq egasi bo\u02bblishga chaqirilgan. Odamlar bilan xushmuomalada bo\u02bblish yaxshilikka tenglashtirilgan\u201d,2 deya tushuntiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Umar (<em>roziyallohu anhu<\/em>)ning o\u02bbg\u02bbli Abdullohning bir yahudiy qo\u02bbshnisi bor edi. Abdulloh (<em>roziyallohu anhu<\/em>) bir kuni tuya so\u02bbydi. U kishi xizmatkorlariga \u00abQo\u02bbshnimizni unutma!\u201d dedi. Biroz vaqt o\u02bbtib: \u201cYahudiy qo\u02bbshnimizni unutmadingmi?\u201d deb so\u02bbradi. Xizmatkor: \u201cTaqsir, hozir aytgan edingiz. Qo\u02bbshniga go\u02bbsht ajratib qo\u02bbydik, hozir olib chiqib beramiz\u201d, dedi. Uch-to\u02bbrt daqiqa o\u02bbtib Abdulloh (<em>roziyallohu anhu<\/em>) xizmatkorni chaqirib, yana so\u02bbradi. Shunda xizmatkor: \u201cUzr so\u02bbrayman, shu paytgacha sizga itoatsizlik qilgan emasman, bilasiz. Keyin ham qilmayman. Nega qo\u02bbshni haqida buncha qayg\u02bburasiz?\u201d deb so\u02bbradi. Shunda Abdulloh (<em>roziyallohu anhu<\/em>): \u201cMen Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning: \u201cJabroil (alayhissalom) menga qo\u02bbshni haqida mudom nasihat qilar ediki, men yaqinda qo\u02bbshniga ham meros berilsa kerak, deb o\u02bbylardim\u201d, deganlarini eshitganman\u201d, dedilar. Afsuski, keyingi paytda islom dinini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish natijasida jamiyatda turli xil kelishmovchilik va muammolar kelib chiqmoqda. Ayrim kishilar islomning bag\u02bbrikenglik dini ekanini unutib, boshqa din vakillarigagina emas, musulmon birodarlariga ham noto\u02bbg\u02bbri munosabatda bo\u02bblmoqda. Bularning hammasi ilmsizlik, johillikdan bo\u02bblak narsa emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda ta\u02bckidlash kerakki, bag\u02bbrikenglik borasida o\u02bbzbek zamini azaldan dunyo xalqlariga namuna bo\u02bblgan. Yurtimiz jug\u02bbrofiy nuqtayi nazardan muhim savdo yo\u02bbllari chorrahasida joylashgani sabab, o\u02bblkada turli millat va elat vakillari azaldan bir-birlari bilan tinch-totuv, ahil-inoq bo\u02bblib yashab kelishgan. Bugun mamlakatimizda bir yuz o\u02bbttizdan ortiq millat, elat vakillari totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglik tamoyillariga amal qilib yashamoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi zamonaviy dunyoda millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglik davlat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Shu bois, Yangi O\u02bbzbekistonda ham millatlar o\u02bbrtasidagi hamjihatlik<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">va o\u02bbzaro hurmat muhitini saqlashga katta e\u02bctibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda turli din vakillari o\u02bbz ibodatxonalarida erkin ibodat qila oladi. Muxtasar qilib aytganda, O\u02bbzbekiston \u2013 bag\u02bbrikenglik va birdamlik o\u02bblkasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik nafaqat davlat yoki jamiyat darajasida, balki har bir insonning shaxsiy hayotida ham muhim fazilat hisoblanadi. Quyidagi sabablar shuni ko\u02bbrsatadi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta\u02bcminlaydi.<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Agar insonlar bir-birini hurmat qilsa, ular o\u02bbrtasida nizo va kelishmovchilik kamayadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Insoniy munosabatlarni mustahkamlaydi.<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Har bir kishi atrofidagi insonlarni tushunib, ularga hurmat bilan munosabatda bo\u02bblsa, jamiyatda o\u02bbzaro hamkorlik va birdamlik kuchayadi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kelajak avlod uchun yaxshi namuna bo\u02bbladi.<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Agar biz farzandlarimizga bag\u02bbrikenglik, mehr-oqibat va hurmat kabi fazilatlarni o\u02bbrgatsak, ular kelajakda ana shu qadriyatlarga amal qilgan holda hayot kechiradi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"4\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Taraqqiyotga yo\u02bbl ochadi.<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Faqat bag\u02bbrikeng va ochiq jamiyatlarda innovatsiya, taraqqiyot va rivojlanish yuz beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa. <\/strong>Islom bag\u02bbrikenglik dinidir. U insonlarni o\u02bbzaro hurmat va tinchlikda yashashga chorlaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yo\u02bbllari bu borada bizga ibratdir. Bag\u02bbrikenglikni asosiy qadriyatlardan biri sifatida qabul qilishimiz kerak. Zero, bag\u02bbrikenglik \u2013 tinchlik, taraqqiyot va farovonlik garovidir. Har birimiz o\u02bbz qo\u02bbshnilarimiz, atrofimizdagi insonlar va boshqa millat va din vakillari bilan o\u02bbzaro hurmat muhitida yashasak, jamiyatimiz yanada ravnaq topadi. <strong>Bag\u02bbrikenglik \u2013 tinchlik va birdamlik timsoli!<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> O\u02bbzbek tilining izohli lug\u02bbati: O\u02bb 16 \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti, \u2013 Toshkent,2006. \u2013 193 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bayozxon Mahmudov,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ISLOM DINI BUTUN DUNYOGA RAHMAT BO\u02bbLIB KELGAN DINDIR. Bu haqda Alloh taolo \u201cQur\u02bconi karim\u201dning Anbiyo surasi, 107-oyatida: \u00ab(EY MUHAMMAD), SIZNI OLAMLARGA FAQAT RAHMAT QILIB YUBORDIK\u00bb deya marhamat qilgan. Islom dinining bag\u02bbrikenglik din ekanligi haqida fikr yuritishdan oldin \u201cbag\u02bbrikenglik\u201d so\u02bbzining ma\u02bcnosiga e\u02bctibor bersak o\u02bbrinli bo\u02bblar edi. Islom dini o\u02bbgitlariga ko\u02bbra, boshqa din vakillari (g\u02bbayridinlar)ga, butun insoniyatga, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46257,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-11-03T04:30:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-11-01T05:32:14+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"698\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz\",\"name\":\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg\",\"datePublished\":\"2025-11-03T04:30:41+00:00\",\"dateModified\":\"2025-11-01T05:32:14+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg\",\"width\":660,\"height\":698},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-11-03T04:30:41+00:00","article_modified_time":"2025-11-01T05:32:14+00:00","og_image":[{"width":660,"height":698,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz","name":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg","datePublished":"2025-11-03T04:30:41+00:00","dateModified":"2025-11-01T05:32:14+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/islombagri0311.jpg","width":660,"height":698},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46256&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOM DINI BAG\u02bbRIKENGLIKKA CHAQIRADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46256"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46256"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46256\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46258,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46256\/revisions\/46258"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46257"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46256"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46256"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46256"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}