{"id":46084,"date":"2025-10-23T10:46:31","date_gmt":"2025-10-23T05:46:31","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=46084"},"modified":"2025-10-22T10:47:51","modified_gmt":"2025-10-22T05:47:51","slug":"o%ca%bbzbekiston-ijtimoiy-siyosiy-taraqqiyotining-yangi-bosqichida-diniy-bag%ca%bbrikenglikni-ta%ca%bcminlash-masalalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik \u2013 jamiyat va davlat hayotining ajralmas bir qismi bo\u02bblib, inson va uning taraqqiyoti tarixida muhim rol o\u02bbynaydi. Shu o\u02bbrinda bag\u02bbrikenglik \u2013 faqatgina nazariy tushuncha bo\u02bblmay, u eng avvalo, ma\u02bclum madaniyat va sivilizatsiyaning muhim elementi ham hisoblanishi alohida ta\u02bckidlanadi. Agarda madaniyat tushunchasini u yoki bu jamiyatning tarixan shakllangan qadriyatlari, an\u02bcana va normalarining yig\u02bbindisi deb tushunadigan bo\u02bblsak, uning fundamental asosini tolerantlik (bag\u02bbrikenglik) tashkil etishiga guvoh bo\u02bblishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida: \u201cBugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman. Bu hujjatning asosiy maqsadi \u2013 barchaning ta\u02bclim olish huquqini ta\u02bcminlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko\u02bbmaklashishdan iborat. Ushbu rezolyutsiya bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta\u02bcminlash, e\u02bctiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslikka qaratilgan\u201d [6], deb ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu mavzuning nazariy jihatlarini ochib berishda, g\u02bbarb va sharq olimlarining qarashlari va yondashuvlarini o\u02bbrganish va tahlil qilish muhim omil bo\u02bblib xizmat qiladi. Bugungi kunda tolerantlik tushunchasini ijtimoiy, siyosiy-falsafiy, diniy, tarixiy va zamonaviy fanlar kesimida tadqiq etayotgan chet el tadqiqotchilari jumlasiga L.V.Bayeva, L.K.Mullagaliva, M.T.Majid, N.S.Menshikova va boshqalarning ilmiy izlanishlarini kiritish mumkin. Shuningdek, mahalliy olimlardan R.X.Murtazayeva, M.S.Xajiyeva, D.Ernazarov, O.Musayev, U.R.Qushayev va boshqalar ham mazkur mavzuda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, tolerantlik tamoyilining siyosiy-huquqiy asoslarini o\u02bbrganish va tahlil qilishda BMT tomonidan qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil), Tolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi (1995-yil) va boshqalarni tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu mavzuni tahlil qilishda umumilmiy uslublar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya va boshqalar), normativ-huquqiy tahlil (xalqaro huquqiy hujjatlar tahlili), taqqoslash usuli (turli xil siyosiy-huquqiy mexanizmlarni solishtirish va samaradorligini aniqlash) va tizimli tahlil uslublaridan foydalanilgan. Shuningdek, tarixiylik, xolislik va izchillik tamoyillariga tayanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglik kategoriyasi turli kontekstlarda qo\u02bbllanilishiga qaramay, haligacha uning to\u02bbliq mazmuni mavhumligicha qolmoqda. Zamonaviy paradigmada tolerantlik demokratik qadriyat va axloq kodeksi sifatida ko\u02bbrsatilmoqda. Diniy nuqtayi nazardan tolerantlik bu \u2013 boshqalarning e\u02bctiqodiga nisbatan bag\u02bbrikeng va hurmat bilan munosabatda bo\u02bblish va asosiy e\u02bctibor dogmatizmga qaratiladi. Siyosiy kontekstda esa asosiy e\u02bctibor boshqalarning nimaga ishonishi yoki o\u02bbylashiga emas, balki odamlar nima qilayotganidan iborat [3:49].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bag\u02bbrikenglikning birinchi tarixiy-siyosiy shakli diniy bag\u02bbrikenglik bo\u02bblib, uning tamoyili Vestfaliya shartnomasida (1648-yil) bayon qilingan. Bu shartnoma butun Germaniya bo\u02bbylab lyuteranlar, kalvinistlar va katoliklar huquqlarini tenglashtirish ma\u02bcnosida dinlarning tengligi uchun asos yaratdi [2:10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tolerantlik kategoriyasini nazariy va amaliy qo\u02bbllashda 1995-yil 16-noyabrda Parijda YUNESKO Bosh Konferensiyasining 28-sessiyasida e\u02bclon qilingan \u201cTolerantlik tamoyillari deklaratsiyasi\u201dda berilgan ta\u02bcrifga tayanilmoqda. Ushbu hujjatda tolerantlikka quyidagicha ta\u02bcrif berilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tolerantlik \u2013 bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o\u02bbzini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to\u02bbg\u02bbri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot, hurfikr, vijdon va e\u02bctiqod vujudga keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tolerantlikni namoyon qilish inson huquqlariga ehtirom bilan hamohang, u ijtimoiy adolatsizlikka nisbatan sabr-toqatli munosabatda bo\u02bblishni, o\u02bbz imon-e\u02bctiqodidan voz kechish yoxud boshqalarning e\u02bctiqodiga yon berishni anglatmaydi. U shuni anglatadiki, har kim o\u02bbz e\u02bctiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini tan olmog\u02bbi lozim. U yana shuni anglatadiki, odamlar o\u02bbz tabiatiga ko\u02bbra, tashqi ko\u02bbrinishi, qiyofasi, o\u02bbzini tutishi, nutqi, xulqi va qadriyatlari jihatidan farqlanishi e\u02bctirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o\u02bbzining ana shu individualligini saqlab qolishga haqlidirlar. U yana shuni anglatadiki, bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir mamlakat taraqqiyoti unda barqaror, millatlararo totuvlik, diniy bag\u02bbrikenglik va yaxshi qo\u02bbshnichilik muhitining saqlanishiga uzviy bog\u02bbliq. Shu bois O\u02bbzbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag\u02bbrikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va dinidan qat\u02bci nazar teng huquq va imkoniyatlarni ta\u02bcminlash, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo\u02bbnalishlari sifatida diqqat markazida bo\u02bblib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonni barpo etish \u2013 bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo\u02bblgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy vaziyatning o\u02bbzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to\u02bbla javob beradigan obyektiv zaruratdir [1:4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur davlat dasturida O\u02bbzbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg\u02bbor demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o\u02bbrin egallashi asosiy maqsad etib belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O\u02bbzbekistonni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish va mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlab berish borasida: \u201cBizning vazifamiz \u2013 to\u02bbplangan tajriba va ilg\u02bbor xalqaro amaliyotga suyangan holda, o\u02bbzimizning taraqqiyot va yangilanish modelini qat\u02bciy amalga oshirishdan iborat\u201d[7], deb ta\u02bckidlagan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Harakatlar strategiyasining beshinchi yo\u02bbnalishi \u201cXavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash hamda chuqur o\u02bbylangan, o\u02bbzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo\u02bbnalishlar\u201d deb nomlangan bo\u02bblib, mazkur yo\u02bbnalish 2 ta bandni o\u02bbz ichiga oladi [4:10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur ustuvor yo\u02bbnalish asosida diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shuningdek, 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son \u201cMillatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do\u02bbstlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [9] Farmoni, 2018-yil 4-maydagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e\u02bctiqod erkinligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d [5] va 2018-yil 16-apreldagi \u201cDiniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [12] O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qaroriga muvofiq Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita huzuridagi Konfessiya ishlari bo\u02bbyicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 nafardan 17 nafar a\u02bczoga \u2013 O\u02bbzbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi [11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhim jihati shundaki, kengash a\u02bczoligiga a\u02bczolari oz sonli diniy tashkilotlar rahbarlari ham kiritildi. Jamoatchilik maslahatlashuv organi hisoblangan mazkur kengashning asosiy maqsadi O\u02bbzbekistondagi mavjud diniy-ijtimoiy jarayonlarni muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz hududida yashayotgan millatlar urf-odati hamda islom dinining madaniy va sivilizatsion merosi, ma\u02bcnaviy-falsafiy ahamiyatini chuqur o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u02bbtarildi. Bundan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad \u2013 fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida diniy bag\u02bbrikenglik, millatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlarini chuqur o\u02bbrganish hamda uni bugungi kun sharoitida rivojlantirishdan iborat. Bu borada Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy nomidagi xalqaro tadqiqot markazlari tashkil etildi. Shu bilan birga, tegishli oliy ta\u02bclim muassasalarida sifatli diniy ta\u02bclim olish imkoniyati kengaymoqda. O\u02bbrta, oliy diniy ta\u02bclim, magistratura, boshlang\u02bbich doktorantura va doktoranturani o\u02bbz ichiga olgan diniy ta\u02bclimning besh bosqichli tizimi shakllantirildi. Islomiy ta\u02bclim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi ikki baravar oshirildi. Shuningdek, Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent xristian seminariyasi o\u02bbquv dargohlari ham o\u02bbz faoliyatini davom ettirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Millatlararo totuvlik va bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash O\u02bbzbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o\u02bbrin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o\u02bbrnatishga alohida e\u02bctibor qaratmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo\u02bbyicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Huseyn hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo\u02bbyicha Oliy komissari Lamberto Zaniyerning mamlakatimizga tashrifi chog\u02bbida mazkur sohada olib borilayotgan islohotlar muhokama qilindi va xalqaro mutaxassislar tomonidan bu boradagi o\u02bbzgarishlarga yuqori baho berildi. E\u02bctiborli jihati, 2017-yilda mustaqil O\u02bbzbekiston tarixida ilk bora mamlakatimizga BMT Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashining din va e\u02bctiqod erkinligi bo\u02bbyicha maxsus ma\u02bcruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi. Uning tavsiyalari asosida 2018-yil 4-may kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi din va e\u02bctiqod erkinligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201dni tasdiqladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman olganda, O\u02bbzbekistonning millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash borasidagi faoliyati xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanmoqda hamda mamlakat tajribasiga katta qiziqish bildirilmoqda. Xususan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag\u02bbrikenglik va o\u02bbzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta\u02bcminlash, e\u02bctiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslikka ko\u02bbmaklashishga qaratilgan \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishning taklif etilishi va mazkur hujjatning 2018-yil 12-dekabrda qabul qilinishi buning yorqin misoli bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik to\u02bbg\u02bbrisidagi rezolyutsiyaning BMTga a\u02bczo davlatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi shuni anglatadiki, 51 ta davlat O\u02bbzbekiston tomonidan ilgari surilgan konstruktiv taklif, ya\u02bcni dunyodagi mavjud barcha dinlarga nisbatan ma\u02bcnaviy bag\u02bbrikenglik madaniyatini kuchaytirishga doir g\u02bboyani qo\u02bbllab-quvvatladilar. Chunki ushbu rezolyutsiya bag\u02bbrikenglik bilan birga madaniy va diniy bilimlarni kuchaytirish tamoyilini ham olg\u02bba surgan holda global tinchlik va farovonlik uchun muhim ustuvor yo\u02bbnalish sifatida xizmat qiladi. Ushbu rezolyutsiya nafaqat BMTga a\u02bczo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo\u02bbllab-quvvatlangani, balki Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi, Osiyo, Afrika va boshqa qit\u02bcalarning 50 dan ziyod mamlakatlari bilan hammualliflikda qabul qilingani e\u02bctiborga molik. Bu xalqaro hamjamiyat tomonidan O\u02bbzbekiston Prezidenti tashabbusining dolzarbligi va o\u02bbz vaqtida ilgari surilgan taklif ekanining yuksak e\u02bctirofidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha olib borilgan islohotlar doirasida erishilgan muhim natijalardan yana biri sifatida 2018-yilda Amerika Qo\u02bbshma Shtatlari Davlat departamenti O\u02bbzbekistonni diniy erkinlik borasida \u201calohida tashvish uyg\u02bbotuvchi mamlakatlar\u201d ro\u02bbyxatidan chiqarganini ko\u02bbrsatish mumkin. E\u02bctiborli jihati shundaki, 2020-yil 13-oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida bo\u02bblib o\u02bbtgan saylovlarda O\u02bbzbekiston milliy davlatchiligi tarixida birinchi marotaba BMTning Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashi a\u02bczoligiga uch yil muddatga (2021-2023-yillarga) saylandi. O\u02bbzbekiston uchun BMTga a\u02bczo 193 ta davlatdan 169 tasi ovoz berdi. Ushbu saylovda eng ko\u02bbp ovoz to\u02bbplagan davlat O\u02bbzbekiston bo\u02bbldi. Bu ham mamlakatda millati va dinidan qat\u02bci nazar inson huquqlarini ta\u02bcminlashga qaratilgan, shu jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglik sohasida olib borilayotgan siyosatning e\u02bctirofi desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi. Bundan tashqari, xalqaro me\u02bcyorlar asosida qayta ishlangan va 2021-yil 5-iyulda qabul qilingan \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [10] O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni muhim ahamiyatga egadir. Bularning barchasi O\u02bbzbekistonning xalqaro munosabatlarda ishonchli va mas\u02bculiyatli subyekt sifatidagi roli mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash sohasida ijobiy va o\u02bbzaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Yangi modelning o\u02bbziga xosligi shundaki, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikka tahdid soluvchi turli xavflarga, jumladan, axborot ko\u02bbrinishdagi kiberxavflarga qarshi kompleks chora-tadbirlarni o\u02bbz ichiga qamrab oladi. Shuningdek, mazkur model turli millat va din vakillari o\u02bbrtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu bilan birga, so\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy bag\u02bbrikenglik sohasida amalga oshirilgan keng ko\u02bblamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirziyoyev Sh.M. Yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyot strategiyasi. \u2013T.: O\u02bbzbekiston, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">M\u0443\u043b\u043b\u0430\u0433\u0430\u043b\u0438\u0435\u0432\u0430 \u041b.\u041a. \u042f\u0437\u044b\u043a \u0442\u043e\u043b\u0435\u0440\u0430\u043d\u0442\u043d\u043e\u0441\u0442\u0438. \u0414\u043e\u043a\u0442\u043e\u0440 \u043f\u0435\u0434\u0430\u0433\u043e\u0433\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0445 \u043d\u0430\u0443\u043a. \u041c\u043e\u043d\u043e\u0433\u0440\u0430\u0444\u0438\u0438. \u2013 \u0423\u0444\u0430, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Tomas Saulius. What is \u201ctolerance\u201d and \u201ctolerance education\u201d? philosophical perspectives. \/\/ Ugdymas kuno cultura sportas Nr. \u2116 2(89). \u2013 Litva, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. \u2013T.: G\u02bbafur G\u02bbulom, 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/nhrc.uz\/oz\/news\/uzbekistanom-uspeshno-realizuetsja-dorozhnaja-karta-po-obespecheniju-svobody-religii-i-ubezhdenij\">http:\/\/nhrc.uz\/oz\/news\/uzbekistanom-uspeshno-realizuetsja-dorozhnaja-karta-po-obespecheniju-svobody-religii-i-ubezhdenij<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017\">https:\/\/uza.uz\/uz\/posts\/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyeev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/uzbekistan.org.ua\/uz\/157-siyosat\/4194-shavkat-mirziyoyevning-o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-lavozimiga-kirishish-tantanali-marosimiga-bag-ishlangan-oliy-majlis-palatalarining-qo-shma-majlisidagi-nutqi.html\">https:\/\/uzbekistan.org.ua\/uz\/157-siyosat\/4194-shavkat-mirziyoyevning-o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-lavozimiga-kirishish-tantanali-marosimiga-bag-ishlangan-oliy-majlis-palatalarining-qo-shma-majlisidagi-nutqi.html<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.oas.org\/dil\/1995%20Declaration%20of%20Principles%20on%20Tolerance%20UNESCO.pdf\">https:\/\/www.oas.org\/dil\/1995%20Declaration%20of%20Principles%20on%20Tolerance%20UNESCO.pdf<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/acts\/-3210345\">https:\/\/lex.uz\/acts\/-3210345<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/-5491534\">https:\/\/lex.uz\/docs\/-5491534<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/-3685963\">https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/-3685963<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/-3686277\">https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/-3686277<\/a>.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maftuna RAJABOVA, <\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bag\u02bbrikenglik \u2013 jamiyat va davlat hayotining ajralmas bir qismi bo\u02bblib, inson va uning taraqqiyoti tarixida muhim rol o\u02bbynaydi. Shu o\u02bbrinda bag\u02bbrikenglik \u2013 faqatgina nazariy tushuncha bo\u02bblmay, u eng avvalo, ma\u02bclum madaniyat va sivilizatsiyaning muhim elementi ham hisoblanishi alohida ta\u02bckidlanadi. Agarda madaniyat tushunchasini u yoki bu jamiyatning tarixan shakllangan qadriyatlari, an\u02bcana va normalarining yig\u02bbindisi deb tushunadigan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":46085,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-10-23T05:46:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-10-22T05:47:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg\",\"datePublished\":\"2025-10-23T05:46:31+00:00\",\"dateModified\":\"2025-10-22T05:47:51+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-10-23T05:46:31+00:00","article_modified_time":"2025-10-22T05:47:51+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg","datePublished":"2025-10-23T05:46:31+00:00","dateModified":"2025-10-22T05:47:51+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/10\/bagrikeng2310.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=46084&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTON IJTIMOIY-SIYOSIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA DINIY BAG\u02bbRIKENGLIKNI TA\u02bcMINLASH MASALALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46084"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=46084"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46084\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":46086,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/46084\/revisions\/46086"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/46085"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=46084"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=46084"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=46084"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}