{"id":45499,"date":"2025-09-29T11:24:28","date_gmt":"2025-09-29T06:24:28","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=45499"},"modified":"2025-09-29T11:32:36","modified_gmt":"2025-09-29T06:32:36","slug":"zamonaviy-texnik-kashfiyotlarning-islom-manbalarida-bayon-etilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz","title":{"rendered":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonda bo\u02bblayotgan kashfiyotlarning barchasi inson omiliga xizmat qilib kelmoqda. Bu esa, insoniyatning turmush tarzini har tomonlama yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Har bir davrda insonga xizmat qiladigan vositalar bo\u02bblgan. Misol uchun avvallari odamlar uzoq safarga chiqayotganda ot, eshak va tuyalardan foydalangan holda manziliga uzoq vaqt oralig\u02bbida noqulay ob-havo, turli qiyinchiliklar bilan yetib borgan. Vaqt o\u02bbtishi bilan insoniyat bunday uzoq safarlarni avtomobil, poyezd, samolyot, kemalar va shunga o\u02bbxshash texnika vositalari yordamida tez fursatda bosib o\u02bbtmoqda. Hatto, koinotni o\u02bbrganish uchun kosmik raketalar uchmoqda. Buning natijasida osmon jismlari, sayyoralar ustida ilmiy-tadqiqot olib borilmoqda. Bu jarayonda unga xizmat qilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarning o\u02bbrni beqiyosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi zamonaviy texnik kashfiyotlar haqida\u00a0 islom manbalari bo\u02bblgan Qur\u02bconi karim va hadislarda bir qancha ma\u02bclumotlar keltirilganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Bu borada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning \u201cQur\u02bconi karim va o\u02bbzbek tilidagi ma\u02bcnolar tarjimasi\u201d va \u201cTafsiri Hilol\u201d kitoblarida ham tahliliy ma\u02bclumotlar keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maqolani yozishda vorisiylik, xolislik, izchillik, qiyosiy tahlil, taqqoslash hamda dialektik ilmiy bilish usullari,\u00a0 tarixiylik va\u00a0 mantiqiylik tamoyillaridan foydalanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda jamiyatga xizmat qilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar Qur\u02bconi karimda bayon etilganmi degan savol ko\u02bbpchilikni qiziqtirsa kerak. Bu borada Qur\u02bconi karimning bir qancha oyatlarida va Payg\u02bbambarimiz (s.a.v) hadislarida ma\u02bclumotlar keltirilgan. Ularning ba\u02bczilariga to\u02bbxtalib o\u02bbtish maqsadga muvofiqdir. Xususan, Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi: \u201c<strong>U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). <\/strong><strong>Yana, sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur\u201d<\/strong> (Nahl surasi, 8-oyat) [1:268]. Ya\u02bcni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyat tafsirida shunday degan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cO\u02bbsha paytlarda ulov \u2013 naqliyot (transport) vositasi sifatida tuyadan tashqari ushbu oyatda zikr qilingan ot, xachir va eshaklardan ham foydalanilar edi. Shu bilan birga, bu hayvonlar o\u02bbz egasi uchun ziynat ham hisoblangan. Ya\u02bcni ularni minib yurgan kishiga boshqalar havas bilan qarar edi. Mazkur ulovga ega bo\u02bblish jamiyat ichida o\u02bbziga yarasha obro\u02bb va ziynat sanalardi. Bular ham Allohning insonga yaratib bergan o\u02bbziga xos ne\u02bcmatlaridir. Insof bilan tafakkur qilgan odam mazkur ne\u02bcmatlarni ato etgan Zotga shukr qilishi, Unga doim hamdu sanolar aytib, imon keltirib, ibodatga bel bog\u02bblashi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c&#8230;va siz bilmaydigan narsalarni yaratur\u201d, deyilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni Alloh taolo kelajakda sizlar uchun tuya, ot, xachir va eshakdan boshqa siz bilmaydigan naqliyot (transport) vositalarini yaratadi. Darhaqiqat, shunday ham bo\u02bbldi. Ushbu oyat tushgan davrda mavjud bo\u02bblmagan, havoda uchadigan, suvda suzadigan va yerda yuradigan ko\u02bbplab naqliyot vositalari vujudga keldi. Bu esa, o\u02bbz navbatida, Qur\u02bconi karim mazkur (\u201cva siz bilmaydigan narsalarni yaratur\u201d) jumlasi bilan mo\u02bbmin-musulmonlarni kelajak yangiliklaridan xabardor qilayotganiga dalolatdir. Yangilari paydo bo\u02bblganida avvalgi ulovlarni g\u02bbarib sanamaslik kerak. Balki Qur\u02bconda zikr qilingan ne\u02bcmatlardan biri edi, deb ulardan to\u02bbg\u02bbri foydalanishga o\u02bbtish lozim bo\u02bbladi\u201d [2:311].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nofe\u02bc ibn Abdulhorisdan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKeng maskan, solih qo\u02bbshni va yaxshi markab kishining saodatidandir\u201d<\/em><\/strong>, dedilar\u201d [3:195].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlari \u201cAl-adab al-mufrad\u201dda rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadisdan yaxshi markab (ulov) inson saodatiga omil bo\u02bbladigan eng muhim narsalardan biri ekanini bilib olamiz. Islomda hayotning barcha jabhalaridagi kabi, ulov va undan foydalanishga bog\u02bbliq tartib-qoida va odob-axloq ham joriy etilgan. Avvallari ulov asosan tuya, ot, xachir, eshak kabi hayvonlardan iborat bo\u02bblgan. Shuningdek, yelkanli kemalar ham bo\u02bblgan. Vaqt o\u02bbtishi bilan ulov turi ko\u02bbpayib, hayvonlar, gohida insonlar tortib yurgizadigan aravalar paydo bo\u02bbldi. Keyinroq esa, bug\u02bb va turli yonilg\u02bbi quvvati bilan o\u02bbzi yuradigan markablar ixtiro qilindi. Zamon o\u02bbtishi bilan nafaqat yerda yuradigan, balki suvda suzadigan va osmonda uchadigan turli-tuman ulov turlari paydo bo\u02bbldi. Ammo bu markablar qanchalik ko\u02bbpayib, takomillashmasin, ularni inson boshqarishi shart [4:223].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahonning bugungi manzarasi tubdan o\u02bbzgarmoqda. Uning texnik va texnologik imkoniyatlari kun sayin rivojlanib, sun\u02bciy intellekt barcha sohalarga tizimli ravishda joriy etilmoqda. Zamonaviy ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan sharoitda rivojlangan mamlakatlarda davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta\u02bclim, tibbiyot, bandlik, qishloq xo\u02bbjaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm kabi muhim sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun\u02bciy intellekt imkoniyatidan keng foydalanilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sun\u02bciy intellekt texnologiyalariga veb qidiruv tizimlari, tarjimon dasturlari, o\u02bbzini-o\u02bbzi boshqaradigan avtomobillar va hokazolarni keltirib o\u02bbtish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sun\u02bciy intellektda tarjimon vositasi chet tilini tushunish va gaplashish imkonini beruvchi bo\u02bblib, insonlar dunyo mamlakatlariga sayohat qilishni osonlashtirmoqda va turli millatli xalqlar o\u02bbrtasida muloqot mexanizmlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cQalam bilan va satrlarga yozadigan narsalar bilan qasam\u201d<\/strong>, deb marhamat qiladi (Qalam surasi, 1-oyat) [1:564]. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQalam\u201d surasi eng avval tushgan\u00a0 suralardan biridir. O\u02bbsha paytda Arabiston yarim orolida o\u02bbqishni, yozishni, qalam tutishni biladigan odam deyarli yo\u02bbq edi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu\u00a0 alayhi vasallamning o\u02bbzlari ham o\u02bbqib-yozgan, qo\u02bbllarida qalam tutgan emas edilar. Lekin Qur\u02bconning dastlabki tushgan suralaridan birida o\u02bbqish-yozish va ilm-ma\u02bcrifat boshlanmasa, qalam bilan qasam ichilishining o\u02bbzi bir mo\u02bbjizadir. Bu hol Qur\u02bcon ilm kitobi, islom ilm dini, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ilm Payg\u02bbambari ekanining yorqin dalilidir. Lekin oyatda qasam faqat qalam bilan cheklanib qolgani yo\u02bbq, balki Alloh taolo satrlarga yoziladigan narsalar bilan ham qasam ichgan. Mana, bizning zamonamizga kelib qalamdan boshqa yozuv qo\u02bbllanmalari ham chiqdi. Masalan, yozuv mashinalari, bosmaxonalar, EHMlar va hokazolarni sanab o\u02bbtishimiz mumkin [5:224-225].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyatning tasdig\u02bbi o\u02bblaroq, Alloh taoloning bandalariga bildirgan ilmi orqali vujudga kelgan texnika vositalaridan kompyuter texnikasi, mobil aloqa vositalari, internet tarmog\u02bbini keltirishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu buyuk texnogen kashfiyotlar barcha sohalarga jadallik bilan kirib keldi va insoniyat taraqqiyotida keskin o\u02bbzgarishlarga sababchi bo\u02bbldi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmaydigan deyarli biror soha qolmadi. Xususan, kompyuterda hisoblash, yozish, o\u02bbqish, o\u02bbrganish, gapirish, saqlash, chizish, qayta ishlash, saralash, musiqa yozish, axborot olish yoki uni uzatish, tahrirlash, audio va video yaratish, onlayn o\u02bbqishlar, video anjuman o\u02bbtkazish, ob-havo ma\u02bclumotlarini aniqlash va hokazolarni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu texnika va texnologiya vositalari, o\u02bbz navbatida, inson hayotini yanada yaxshilashga va samarali mehnat qilishga asos bo\u02bblib xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir texnik vositalarimizdan telefon apparati bo\u02bblib, insonlarning uzog\u02bbini yaqin qilish va ular o\u02bbrtasidagi mehr-oqibatni bog\u02bblovchi bo\u02bblib qolmay, har bir inson sohasidan kelib chiqqan holda unumli foydalanish uskunasiga aylanib bo\u02bbldi. Ushbu zamonaviy aloqa vositasi shiddat bilan rivojlanib, televizor, radio, kitob va gazeta-jurnallar, ovoz yozg\u02bbich, fotoapparat va boshqa juda ham ko\u02bbp imkoniyatlarni o\u02bbzida jamlagan. Shu tufayli bu vosita bugun ko\u02bbpchilikning ajralmas do\u02bbstiga aylanib ulgurdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday texnik vositalar esa qisqa vaqt oralig\u02bbida insonga zamonaviy ilm-fanni yetkazish va jamiyatda sog\u02bblom ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa, jamiyatimizning asosiy maqsadlaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonlar okean va dengizlar orqali o\u02bbz manziliga borishda suv transport vositalardan biri bo\u02bblgan kemalardan foydalanib kelmoqda. Ulkan sayohat kemalari 7000 ga yaqin yo\u02bblovchi bilan harakatlanib, kemaning o\u02bbzida yo\u02bblovchilarga turli xizmat turlari ko\u02bbrsatilmoqda. Bu suvdagi transport vositasi jahon bo\u02bbylab turizm sohasini yanada jadal rivojlanishiga xizmat qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda dunyo bo\u02bbylab amalga oshirilayotgan savdo-sotiqda ham asosan kemalardan foydalanish arzon va qulay hisoblanmoqda. Kemalar yukni uzoq hududlarga olib borishi bilan qulay bo\u02bblganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Masalan, konteynerlar va suyultirilgan gazni bu vositalarda tashish juda qulay va arzondir. Chunki kemalar asosan xalqaro suv hududida harakatlanadi va hech kimga hech qanday boj to\u02bblamaydi. Statistik ma\u02bclumotlarga qaraganda, yirik kemalar soni 61 mingdan ziyod va ularni ishlab chiqarishda Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. 2023-yilda dunyo bo\u02bbylab kemalarda 12,4 mlrd tonna yuk tashilgan bo\u02bblib, bu esa dunyo bo\u02bbylab yuklarning 32 foizini tashkil qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi texnogen sivilizatsiya davrida, ilm-fan, zamonaviy texnika va texnologiyalar rivojlanishi natijasida jamiyatda misli ko\u02bbrilmagan o\u02bbzgarish va yangiliklar ro\u02bby bermoqdaki, bu jarayonlarni faqatgina Qur\u02bconi karimning mo\u02bbjizaviy oyati karimalari asosida tushunish mumkinligi e\u02bctirof etilmoqda. Shu o\u02bbrinda Alloh taoloning kalomida kemaga oid bir qancha oyatlar kelganini keltirib o\u02bbtish joiz. Jumladan, Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cU Zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi\u201d<\/strong>, deb marhamat qiladi (Zuhruf surasi, 12-oyat) [1:490]. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQadimgi zamonlardan beri odamlar ulov sifatida ushbu ikki xil naqliyot vositasidan foydalanib keladilar. Bu narsa Alloh taolo tomonidan berilgan ulkan ne\u02bcmat edi. Insofli, o\u02bbzini bilgan inson o\u02bbziga minish ulovini berib, xizmat qildirib qo\u02bbygan Zotni doimo yaxshilik bilan eslab, Unga shukr etishi kerak\u201d [6:371]. Shuningdek, Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cRobbingiz, Uning fazlidan talab qilishingiz uchun dengizda kemani yurgizib qo\u02bbygan Zotdir. Albatta, U sizga rahmlidir\u201d<\/strong>, deb marhamat qiladi\u00a0(Isro surasi, 66-oyat) [1:288]. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyat tafsirida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAlloh taolo bandalariga mehribon bo\u02bblgani uchun ham ularga turmush o\u02bbtkazishni osonlashtirib beradi. Masalan, dengizda kemalarni yurgizib qo\u02bbyadi. Bu ish ham Allohning bandalariga mehribonlik ila ato qilgan ulkan ne\u02bcmatlaridandir\u201d [2:430]. Darhaqiqat, Alloh taolo odamzod uchun berilgan ilmi orqali quruqlikda ham, suvda ham, koinotda ham barcha ulovlarni yaratib qo\u02bbydi. Bu borada Alloh taolo Qur\u02bconi karimda: <strong>\u201cBatahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo\u02bbydik va ularni quruqligu dengizda\u00a0(ulov-la)\u00a0ko\u02bbtardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O\u02bbzimiz yaratgan ko\u02bbp narsalardan mutlaqo afzal qilib qo\u02bbydik\u201d<\/strong>, deb marhamat qiladi (Isro surasi, 70-oyat) [1:289].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida jumladan shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAlloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi uchun turli ulovlarni yaratib, shunga binoan qonun-qoidalarni joriy qilib qo\u02bbydi. Inson quruqlikda turli hayvonlar va naqliyot vositalarida yurib, og\u02bbir ishlarini yengillik ila bajaradi. Odamlarni ko\u02bbtaradigan, unga ulov bo\u02bblib xizmat qiladigan markablar Alloh taoloning maxluqlari bo\u02bblib, ular Janobi Haq joriy etgan qonun-qoida asosida ulovlik vazifasini bajaradi. Bu ham Alloh taolo Odam bolasini azizu mukarram qilganidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Alloh taolo inson uchun suvda cho\u02bbkmaydigan turli moddalarni yaratib, ularga ma\u02bclum shakllarni berishni ilhom etib, dengizlarda suzib yuradigan kemalarni O\u02bbzi joriy qilgan qonun-qoidalar asosida harakatlanadigan etib qo\u02bbydi. Bu ham Allohning Odam bolasini azizu mukarram qilganidandir\u201d[2:433].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimning G\u02bbofir surasida Alloh taolo bunday marhamat qiladi: <strong>\u201cSiz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz\u201d<\/strong> (80-oyat) [1:476]. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyat tafsirida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cChorva hayvonlarida, yuqorida zikr qilingan foydalardan tashqari, inson uchun yana ko\u02bbpgina manfaatlar ham bor. Misol uchun, juni, suti, terisi, yog\u02bbi va boshqalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odam hayvonlarga minib, yuklarini ustiga ortib, ko\u02bbngillaridagi hojatlarini ravo qilish uchun uzoq joylarga borganlar. Bu ayniqsa, ushbu oyatlar nozil bo\u02bblayotgan, hayvonlardan boshqa ulov bo\u02bblmagan vaqtda o\u02bbziga xos ulkan ahamiyat kasb etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cUlarda va kemalarda tashilursiz\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha paytlarda inson ulov sifatida asosan hayvonlar va kemalardan foydalangan. Bu ikkisini ham unga Alloh bergan bo\u02bblib, U Zotdan o\u02bbzga hech kim ularni insonga taqdim etishi mumkin emas. Aqlini ishlatgan, o\u02bbzini tanigan, qalbida kibru havo, mutakabbirlik bo\u02bblmagan inson uchun shuning o\u02bbzi ulkan mo\u02bbjiza emasmi!\u201d [6:284-285].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada yana bir misol keltirish mumkin. Qur\u02bconi karimda Alloh taolo quyidagicha marhamat qiladi: <strong>\u201cAlloh yerdagi narsalarni, dengizda O\u02bbz izni ila yuradigan kemani sizlarga bo\u02bbysundirib qo\u02bbyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko\u02bbrmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir\u201d <\/strong>(Haj surasi, 65-oyat) [1:340]. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida shunday deydi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cInsof bilan fikr yuritib qaralsa, Alloh taolo yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga bo\u02bbysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qo\u02bbygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlloh yerdagi narsalarni, dengizda O\u02bbz izni ila yuradigan kemani sizlarga bo\u02bbysundirib qo\u02bbyganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko\u02bbrmadingizmi?!\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Unga bo\u02bbysunadi. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dengizga nazar soling, ushbu oyatda so\u02bbz dengizda yurayotgan kema haqida aytilayotgan bo\u02bblsa ham, boshqa narsalarga-da, ishorat bor. Dengiz va undagi hamma narsalar ham inson uchundir, beminnat xizmatkordir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, cheksiz osmonni olaylik. Inson boshi ustida muallaq turgan osmon. Uni kim tutib turibdi? Albatta Alloh. Shuning o\u02bbzi inson uchun katta mehribonlik emasmi?\u201d [7:47].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Luqmon surasida marhamat qiladi: <strong>\u201cKemalar Allohning ne\u02bcmati ila sizga Uning oyat-belgilarini ko\u02bbrsatish uchun dengizda yurganini ko\u02bbrmadingmi?! Albatta, bunda har bir o\u02bbta sabrli, o\u02bbta shukrlilar uchun oyat-belgilar bordir\u201d<\/strong> (31-oyat) [1:414]. Ya\u02bcni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida jumladan shunday deydi: \u201cO\u02bbylab qaralsa, kemaning suv ustida yurishi ham Allohning ulug\u02bb ne\u02bcmati. O\u02bbylab ko\u02bbraylik, suvga kemani ko\u02bbtara olish xususiyatini bergan kim? Umuman, suvni yaratgan kim? Uni ummon, dengiz yoki daryo holiga keltirgan kim? Shuningdek, kema yasaladigan jihozlarga suv ustida cho\u02bbkmay turish xislatini bergan kim? Havoni shunga moslab qo\u02bbygan kim? Nihoyat, kema qurganlarga aql, qo\u02bbl-oyoq va zarur ashyolarni bergan kim? Zikr etilgan va zikr etilmay qolgan ko\u02bbplab narsalardan birortasi bo\u02bblmay qolsa, kema suv ustida yurarmidi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKemalar Allohning ne\u02bcmati ila sizga Uning oyat-belgilarini ko\u02bbrsatish uchun dengizda yurganini ko\u02bbrmadingmi?!\u201d<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohning ne\u02bcmati bo\u02bblmasa, kemalar dengizda yura olmas edi. Ularning dengizda yurishi odamlarga Allohning oyat-belgilarini ko\u02bbrsatish uchundir. Kemaning suvda cho\u02bbkmay yurishi uchun vujudga keltirilgan sharoitlarning har biri Alloh taoloning oyati, mo\u02bbjizasi, belgisidir\u201d[7:490].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Ar-Rohman surasida marhamat qiladi: <strong>\u201cDengizda yelkanlari ila baland tog\u02bblar kabi suzib yuruvchilar ham Unikidir\u201d<\/strong> (24-oyat) [1:532]. Ya\u02bcni, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari \u201cTafsiri Hilol\u201dda ushbu oyatning tafsirida shunday deydi: \u201cHaqiqatan, kemalar Allohning ulug\u02bb ne\u02bcmatidir. Ularning dengizu ummonlarda yurishi, turli hollarda ham suv ustida turishi, insonga kerakli ishlarni bajarishi \u2013 hammasi ulkan foydadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oyatda kemalarning \u201ctog\u02bbdek\u201d deb sifatlanishining o\u02bbzi mo\u02bbjizadir. Sahroda o\u02bbsgan arablar diyorida nozil bo\u02bblgan Qur\u02bconi karim bundan o\u02bbn to\u02bbrt asr muqaddam tog\u02bbdek kemalarni qayerdan bilishi mumkin?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha vaqtda arablar kemani bilmasdilar. Borlari ham kichkina-kichkina bo\u02bblar edi. Hozirgi kunda ushbu oyatning tasdig\u02bbini ko\u02bbrib turibmiz: tog\u02bbdek kemalar minglab yo\u02bblovchilarni, minglab tonna yuklarni ko\u02bbtarib suzib yuribdi. Bularning hammasi Rohman sifatli Alloh taoloning ne\u02bcmatidir\u201d [5:12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, ushbu zamonaviy ulov va texnik vositalar bugungi kunda butun dunyodagi insonlar uchun qaysidir ma\u02bcnoda og\u02bbirini yengil, uzog\u02bbini yaqin va mushkulini oson bo\u02bblishiga xizmat qilyapti. Ayniqsa, bunday zamonaviy texnologiyalar orqali bugun insonlar minglab kitoblarni birgina qo\u02bblidagi telefonida o\u02bbqishi, butun dunyodagi namoz vaqtlari, qibla ko\u02bbrsatkichi, ob-havo ma\u02bclumotlarini kuzatib borishi va zaruriy iqtisodiy va mulkiy masalalarni ham shu birgina apparat orqali bajarib kelayotgani Alloh taoloning insonlarga bergan ulug\u02bb ne\u02bcmatlaridan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yaratilgan texnika va zamonaviy vositalardan faqat yaxshilik yo\u02bblida, insonlarga manfaati tegadigan maqsadda va albatta ilm yo\u02bblida foydalanish insonning ikki dunyoda ham saodatga yetishiga sabab bo\u02bbladi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur\u02bconi karim va o\u02bbzbek tilidagi ma\u02bcnolar tarjimasi. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 3-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. 2-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ijtimoiy Odoblar. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2016.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 6-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 5-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. 4-juz. \u2013 T.: Hilol-Nashr, 2022.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamshid OCHILOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita huzuridagi Malaka oshirish institutining<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand viloyati mintaqaviy filiali direktori, dotsent<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahonda bo\u02bblayotgan kashfiyotlarning barchasi inson omiliga xizmat qilib kelmoqda. Bu esa, insoniyatning turmush tarzini har tomonlama yaxshilanib borishiga zamin yaratmoqda. Har bir davrda insonga xizmat qiladigan vositalar bo\u02bblgan. Misol uchun avvallari odamlar uzoq safarga chiqayotganda ot, eshak va tuyalardan foydalangan holda manziliga uzoq vaqt oralig\u02bbida noqulay ob-havo, turli qiyinchiliklar bilan yetib borgan. Vaqt o\u02bbtishi bilan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":45500,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-09-29T06:24:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-09-29T06:32:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz\",\"name\":\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg\",\"datePublished\":\"2025-09-29T06:24:28+00:00\",\"dateModified\":\"2025-09-29T06:32:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-09-29T06:24:28+00:00","article_modified_time":"2025-09-29T06:32:36+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz","name":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg","datePublished":"2025-09-29T06:24:28+00:00","dateModified":"2025-09-29T06:32:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/kashf2909.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45499&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ZAMONAVIY TEXNIK KASHFIYOTLARNING ISLOM MANBALARIDA BAYON ETILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45499"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=45499"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45499\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":45506,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45499\/revisions\/45506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/45500"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=45499"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=45499"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=45499"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}