{"id":45374,"date":"2025-09-26T09:35:41","date_gmt":"2025-09-26T04:35:41","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=45374"},"modified":"2025-09-23T15:41:33","modified_gmt":"2025-09-23T10:41:33","slug":"imom-buxoriyning-sahihlariga-nisbatan-salbiy-fikrlarga-qarshi-fatvolar-hamda-mazkur-kitobning-ma%ca%bcnaviy-va-jismoniy-foydalari-borasidagi-qarashlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy yashagan davrdan ilgari yaratilgan hadis kitoblarida sahih va g\u02bbayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo\u02bblib, o\u02bbquvchi ulardagi biror hadisning to\u02bbg\u02bbri yoki noto\u02bbg\u02bbri ekanini, toki uning roviylari ahvolini tekshirmay va hadis ahli orasida qay tariqa ma\u02bclum bo\u02bblganini aniqlamay turib, bila olmas edi. Agar u bunga muvaffaq bo\u02bbla olmasa, bu haqda hadis ulamolaridan so\u02bbrashga majbur bo\u02bblardi. Basharti bunga ham muyassar bo\u02bblmasa, unda o\u02bbsha hadis uning uchun mavhumligicha qolardi. Imom Buxoriy dunyoga kelib, hadis ilmida kamolotga erishgach va bu borada egallagan maqomidan yuqoriroq daraja qolmagach, hadis toliblarini bahsu savollar mashaqqatidan xalos etish uchun mavjud hadislar orasidan sahihlarini ajratib olib, ularni alohida kitob qilishni istadi. Shunday ekan qadimiy qo\u02bblyozmalar hamda bugungi kun muhaddis ulamolari asarlariga nazar solinganda, ularda Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201dlari borasida quyidagi jumlalar keltiriladi: \u201cUlamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201d asari Qur\u02bconi karimdan so\u02bbng eng ishonarli kitob ekaniga ittifoq qilgan va islom ummati qadimda ham, hozirda ham shu fikrdadir. Zero, ushbu asar mashriq va mag\u02bbribdagi musulmonlar qalbida joy olgan\u201d [11:36].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir zamonda islom dini dushmanlari bo\u02bblgan fitnachilar tomonidan Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallam hadislari borasida kishilar orasida ixtilof chiqarib, tinch-totuv yashab kelayotgan xalq ongida o\u02bbzaro adovat urug\u02bbini sochadigan kimsalar bo\u02bblgan. Shular qatorida Imom Buxoriyning hadis to\u02bbplamlari bo\u02bblmish \u201cSahih\u201dlariga nisbatan ham kishilar ongida shubha paydo qiluvchi ba\u02bczi masalalar hamda fikrlarni tarqatib yuruvchilar bo\u02bblgan va bugungi kunda ham u zotning sha\u02bcniga tosh otuvchilar topiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ularning maqsadi musulmonlar uchun asos bo\u02bblgan asarlar va bu sohada faoliyat yuritgan olimlarga nisbatan ishonchsizlik hamda shubha paydo qilishdir. Bsndan tashqari, ularni o\u02bbz yo\u02bblidan adashtirish orqali yer-yuzida buzg\u02bbunchilik qilish, musulmonlar orasiga raxna solish va tafriqaga bo\u02bblinishni keltirib chiqarishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq Alloh izni bilan ulamolar qalbi kasal bo\u02bblgan bunday kimsalarning buzg\u02bbunchi g\u02bboyalariga qarshi aqliy va naqliy dalil keltirish orqali kurashib kelmoqda. Hatto ular bu borada ularga raddiya o\u02bblaroq kitoblar ham ta\u02bclif qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misol tariqasida \u201cChivin\u201d borasidagi hadisga nisbatan e\u02bctiroz qiluvchilar va ularga nisbatan raddiyalarni keltirish mumkin:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0631\u0648\u0649 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a \u0639\u0646 \u0623\u0628\u064a \u0647\u0631\u064a\u0631\u0629 \u0631\u0636\u064a \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0646\u0647: \u0623\u0646 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 \u0642\u0627\u0644: (( \u0625\u0630\u0627 \u0648\u0642\u0639 \u0627\u0644\u0630\u0651\u064f\u0628\u0627\u0628 \u0641\u064a \u0625\u0646\u0627\u0621 \u0623\u062d\u062f\u0643\u0645\u060c \u0641\u0644\u064a\u063a\u0645\u0650\u0633\u0652\u0647 \u0643\u0644\u0647\u060c \u062b\u0645 \u0644\u064a\u0637\u0631\u062d\u0647\u061b \u0641\u0625\u0646 \u0641\u064a \u0623\u062d\u062f \u062c\u0646\u0627\u062d\u064a\u0647 \u0634\u0641\u0627\u0621\u064b\u060c \u0648\u0641\u064a \u0627\u0644\u0622\u062e\u0631 \u062f\u0627\u0621\u064b )) \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a \u062d\u062f\u064a\u062b \u0665\u0667\u0668\u0662<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cAgar birontangizning idishiga chivin tushsa, uni to\u02bbliq botirib olsin, so\u02bbng tashlab yuborsin. Chunki uning qanotlarining birida shifo bo\u02bblsa, ikkinchisida dard bordur\u201d<\/em><\/strong> dedilar. Sahihul Buxoriy 5782-hadis.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadisni o\u02bbqigan ba\u02bczi kishilar hadisni inkor qilib, bu tibbiyot qarashlariga zid, chunki chivin doimo mikroblarni tashib yuradi, agar taom yoki biror-bir ichimlikka tushsa, o\u02bbzidagi mikroblarni qoldiradi, shuningdek, qanday qilib chivining ikki qanotida dard va shifo jamlanishi mumkin deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulamolar ularning ushbu shubhasiga quyidagicha javob qaytargan:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hadis tibbiyot xulosalariga qarshi emas, balki ularning qarashlarini qo\u02bbllab-quvvatlaydi. Chunki hadisda chivinning bir qanotida dard, ya\u02bcni o\u02bbsha aytilayotgan mikrob mavjudligi, unga qarshi yaratilgan shifo ikkinchi qanotida borligi aytilgan. Bu hadis bundan o\u02bbn to\u02bbrt asr muqaddam rivojlangan tibbiyot bo\u02bblmagan sharoitda aytilgan edi. Bu esa, o\u02bbz navbatida, Payg\u02bbambarimiz (s.a.v)ning haq payg\u02bbambar ekanliklariga ishora bo\u02bblgan mo\u02bbjizadir. Zero, bugungi tibbiyot ushbu masalani tasdiqladi. Endi bu hadisga ishonmaslik aqlsizlikdan boshqa narsa emasligi ayon bo\u02bbldi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab hayvonlar va hasharotlar bir-biriga qarama-qarshi bo\u02bblgan fazilatlarni birlashtirgan. Misol uchun Alloh taolo asalariga asalini saqlash uchun uni mustahkam in qurishni o\u02bbrgatgan bo\u02bblsa, chumoliga urug\u02bbni ma\u02bclum vaqtga saqlash uchun zaxira qilishni va unib ketmasligi uchun uni ikkiga bo\u02bblib qo\u02bbyishni o\u02bbrgatgan. Shu ishni qilgan Zot chivinning bir qanotida dard va ikkinchisida shifoni sabab qilib qo\u02bbyishga qodir emas, deb o\u02bbylaydilarmi?<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asalarilar yiqqan nektarlar (moddalar) asalga aylansa, ikkinchi tarafdan u chaqish asnosida o\u02bbzidan zahar ham chiqaradi. Shuningdek, insonni o\u02bbldiradigan ilon zahri zaharlanishga qarshi davolaydigan doriga qo\u02bbshiladi. E\u02bctibor berilsa, asalaridan asal chiqish bilan birga zahar ham chiqadi. Xuddi shuningdek, insonni halok qiluvchi ilon zahri davolanish uchun dorilarga qo\u02bbshiladi. Ushbu qudratga ega bo\u02bblgan Zot chivindagi xususiyatni yaratishga qodir emas deb o\u02bbylaydilarmi?<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda amalga oshirilayotgan kashfiyotlar chivinlarning ularning tishlashidan paydo bo\u02bbladigan shish va qichishishdan dalolat beruvchi zahari borligini va bu ular uchun qurol vazifasini bajarishini ko\u02bbrsatmoqda. Agarda chivin o\u02bbziga zarar beradigan narsaga qo\u02bbnsa, uni o\u02bbzining quroli bilan uradi. Unda Yaratgan Zot bir qanotida dardni, ikkinchisida uni kesuvchi shifoni yaratib qo\u02bbygan. Ikki modda uchrashib, Allohning izni bilan zarar yo\u02bbqoladi [9:263].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamonaviy tibbiyot chivin bir qanotida zahar, boshqasida esa uning davosi bo\u02bblgan shifoni olib yurishini kashf qilib, ushbu hadisning haqiqat ekanini tasdiqladi. Chivin borasidagi Payg\u02bbambarimiz hadislari uning ilmiy mo\u02bbjiza ekanini bildiradi [6:30].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunga o\u02bbxshash ayrim kimsalarning \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi hadislar borasidagi shubhalarining barchasiga ulamolar tomonidan kerakli raddiyalar berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misrning \u201cDorul ifto\u201d markazi tomonidan e\u02bclon qilingan 2007-yil 16-apreldagi sobiq muftiy Ali Jumaning 239-raqamli fatvosida Imom Buxoriyga nisbatan qilingan ta\u02bcna va tuhmatga quyidagicha javob berilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hijriy uchinchi asrning imomlaridan biridir. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0639\u064e\u0646\u0652 \u0639\u064e\u0628\u0652\u062f\u0650 \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u0650 \u0628\u0646 \u0645\u0633\u0639\u0648\u062f \u0631\u064e\u0636\u0650\u064a\u064e \u0627\u0644\u0644\u0651\u064e\u0647\u064f \u0639\u064e\u0646\u0652\u0647\u064f\u060c \u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0628\u0650\u064a\u0651\u0650 \u0635\u064e\u0644\u0651\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0633\u064e\u0644\u0651\u064e\u0645\u064e \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e: ( \u062e\u064e\u064a\u0652\u0631\u064f \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0627\u0633\u0650 \u0642\u064e\u0631\u0652\u0646\u0650\u064a\u060c \u062b\u064f\u0645\u0651\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u064a\u064e\u0644\u064f\u0648\u0646\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652\u060c \u062b\u064f\u0645\u0651\u064e \u0627\u0644\u0651\u064e\u0630\u0650\u064a\u0646\u064e \u064a\u064e\u0644\u064f\u0648\u0646\u064e\u0647\u064f\u0645\u0652<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh bin Mas\u02bcud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy alayhissalom: <strong><em>\u201cInsonlarning yaxshisi mening asrimdagi, so\u02bbng ularga ergashgani, so\u02bbng ularga ergashgani\u201d<\/em><\/strong> deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari [7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Imom Buxoriy va u kabi roviylarimizni tanqid qilish islom shariatini faqatgina birinchi asr bilan cheklanishini, qolgan asrlarda esa uning davom etishini istamaydigan kimsalarning buzuq maqsadidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday kimsalar jazoga haqlidir. Agar mish-mish tarqatganlar shariat bo\u02bbyicha jazolansa, musulmonlar e\u02bctiqodini larzaga keltirganlarning jazosi haqli va munosibroq bo\u02bbladi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, ilm ahli yurt boshiga kelgan turli sinov va musibatdan qutulish maqsadida ushbu asarni to\u02bbliq o\u02bbqib, Yaratgandan najot so\u02bbragani tarixdan ma\u02bclum. Bu odat bugungi kunga kelib ham davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ishning shariatga mos yoki zidligi borasida Misrning \u201cDorul ifto\u201d markazi tomonidan fatvo chiqarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida bu boradagi fatvoni keltirib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni hojatlarni ravo qilish niyatida o\u02bbqishning hukmi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201dlari Alloh taoloning kitobidan keyin eng sahih kitob hisoblanadi. Bunga barcha musulmonlar yakdil fikr bildirgan. Ulamolar bu kitob borasida go\u02bbzal bir yo\u02bblni joriy qilganlar. Ular bu yo\u02bblni joriy qilishda ushbu hadisga tayangan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0642\u0648\u0644\u064f \u0627\u0644\u0646\u0628\u064a \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0622\u0644\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645: \u201c\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0633\u064e\u0646\u0651\u064e \u0641\u064a \u0627\u0644\u0652\u0625\u0650\u0633\u0652\u0644\u064e\u0627\u0645\u0650 \u0633\u064f\u0646\u0651\u064e\u0629\u064b \u062d\u064e\u0633\u064e\u0646\u064e\u0629\u064b \u0641\u064e\u0644\u064e\u0647\u064f \u0623\u062c\u0652\u0631\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u0623\u062c\u0652\u0631\u064f \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0639\u064e\u0645\u0650\u0644\u064e \u0628\u0650\u0647\u064e\u0627 \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0628\u064e\u0639\u0652\u062f\u0650\u0647\u0650\u060c \u0645\u0650\u0646\u0652 \u063a\u064e\u064a\u0652\u0631\u0650 \u0623\u064e\u0646 \u064a\u064e\u0646\u0652\u0642\u064f\u0635\u064e \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0623\u064f\u062c\u064f\u0648\u0631\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652 \u0634\u064e\u064a\u0652\u0621\u064c\u060c \u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0633\u064e\u0646\u0651\u064e \u0641\u064a \u0627\u0644\u0652\u0625\u0650\u0633\u0652\u0644\u064e\u0627\u0645\u0650 \u0633\u064f\u0646\u0651\u064e\u0629\u064b \u0633\u064a\u0651\u0650\u0626\u0629\u064b \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u0650\u0632\u0652\u0631\u064f\u0647\u064e\u0627 \u0648\u064e\u0648\u0650\u0632\u0652\u0631\u064f \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0639\u064e\u0645\u0650\u0644\u064e \u0628\u0650\u0647\u064e\u0627 \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0628\u064e\u0639\u0652\u062f\u0650\u0647\u0650\u060c \u0645\u0650\u0646\u0652 \u063a\u064e\u064a\u0652\u0631\u0650 \u0623\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0646\u0652\u0642\u064f\u0635\u064e \u0645\u0650\u0646\u0652 \u0623\u064e\u0648\u0652\u0632\u064e\u0627\u0631\u0650\u0647\u0650\u0645\u0652 \u0634\u064e\u064a\u0652\u0621\u064c\u201d \u0631\u0648\u0627\u0647 \u0645\u0633\u0644\u0645<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jarir bin Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKimki islomda yaxshi bir ishni joriy qilsa, unga u uchun ajr bordir va undan keyingi unga amal qiluvchiga ham. Ularning ajridan biror-bir narsa kamaymagan holda. Kimki islomda yomon bir ishni joriy qilsa, unga o\u02bbsha ishning gunohi bordir va undan keyingi unga amal qiluvchiga ham. Ularning gunohlaridan biror-bir narsa kamaymagan holda\u201d,<\/em><\/strong> dedilar. Imom Muslim rivoyati [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmonlar Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201dlarini o\u02bbqish balolarni daf qilish va g\u02bbam-g\u02bbussalardan qutulish sabablaridan biri ekaniga ittifoq qilishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misol tariqasida bu boradagi muhaddis va fuqaholarning so\u02bbzlarini keltirish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imomul Qudva Hofiz Abu Muhammad bin Abi Hamza (vaf.699 h.) o\u02bbzining \u201cMuxtasar Sahihul Buxoriy\u201d kitobiga yozgan sharhida shunday degan: \u201cImom Buxoriy solihlardan bo\u02bblib, duolari ijobat bo\u02bblgan zotdir va kitobini o\u02bbqigan kishilarni duo qilganlar. Safarim asnosida yo\u02bbliqqan qozilardan biri shunday dedilar: \u201cBuxoriyning sahihlari o\u02bbqilar ekan, insonlar qayg\u02bbu va g\u02bbam-g\u02bbussadan qutulgan hamda u kitob bilan biror kishi qayig\u02bbida cho\u02bbkib ketmagan\u201d, dedilar[3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imomul Hofiz Tojiddin as-Subkiy (vaf.771 h.) \u201cTabaqotush Shofi\u02bcyatul Kubro\u201dda shunday degan: \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d asari muammolar yechimi va ehtiyojlarni qondirish manbaidir. Agar uning tafsilotlarini aytib beradigan bo\u02bblsak, sharh uzayib ketar edi [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz ibn Kasir \u201cAl-bidaya van nihaya\u201d asarida shunday degan: \u201cSahihul Buxoriy\u201dni o\u02bbqish evaziga yomg\u02bbir so\u02bbraladi. Islom ahli uni qabul qilgan va bu ishda ular yakdildir\u201d[10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, asrlar davomida Azhari sharif ulamolari bu ishni qilib kelgan. Alloma Jabarutiy o\u02bbzining \u201cAjoibul asar fit-tarajumi val axbar\u201d asarida vaboni daf qilish, qimmatchilikni ketkazish, dushman ustidan g\u02bbalaba qozonish kabi ishlarda Azhar ulamolarining \u201cSahihul Buxoriy\u201dni o\u02bbqigani borasidagi voqea-hodisalarni ko\u02bbplab keltirgan [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bildirilgan fikrlardan shu narsa ma\u02bclum bo\u02bbladiki, \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini hojatlarni ravo qilish, ishlarni yengillatish va g\u02bbam-g\u02bbussadan qutulish uchun o\u02bbqish joiz bo\u02bbladi. Alloh taolo biluvchiroqdir [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Imom Buxoriyning ushbu asari dunyo yuzini ko\u02bbrganiga taxminan 1200-yil bo\u02bblibdiki, hozirgi kunga qadar islom ta\u02bclimotida Qur\u02bcondan keyin ikkinchi o\u02bbrinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelmoqda. Shuningdek, u ijtimoiy, siyosiy, axloqiy va huquqiy hujjat vazifasini o\u02bbtaydi. Ushbu asar fiqhiy manba sifatida ham mashhur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy to\u02bbplamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta\u02bclimotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko\u02bbngillilik, ota-ona va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da\u02bcvat kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Shuningdek, unda jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo\u02bbl-yo\u02bbriq, pandu nasihat va o\u02bbgitlar o\u02bbz aksini topgan.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alloma Jabarutiy. Ajoibul asar fit-tarajumi val axbar. 2\/78-79.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cDorul ifto\u201d markazi. Muftiy Ibrohim Shavqiy Allom, 6544-fatvo, 2020-yil 1-may.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imomul Qudva Hofiz Abu Muhammad bin Abi Hamza (vaf. 699 h.y.) o\u02bbzining \u201cMuxtasar Sahihul Buxoriy\u201d kitobiga yozgan sharhi. 1\/6. As-Sidqul xayriya nashri.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imomul Xofiz Tojiddin as-Subkiy (vaf.771-y.h.) Tabaqotush Shofi\u02bciyyatul Kubro. 2\/234. Hijr matbaasi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Misrning \u201cDorul ifto\u201d markazi 2007-yil 16-apreldagi sobiq muftiy Ali Jumaning 239-raqamli fatvosi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nabil Horu. Kashful i\u02bcjaz al-ilmiy.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201d 2652-hadis, \u201cSahihul Muslim\u201d 2533-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cSahihi Muslim\u201d, 1017-hadis.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Maalimus sunan. 4-juz.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hofiz ibn Kasir. Al-bidaya van nihaya. 14\/527. Dorul Hijr matbaasi.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Saloh Najib ad-Diq. Ar-Roddu man yut\u02bcinu fi sahihil Buxoriy. 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ilxomjon BEKMIRZAYEV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari doktori, professor<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yahyo ABDURAHMANOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">TII \u201cTahfizul Qur\u02bcon\u201d kafedrasi o\u02bbqituvchisi<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Buxoriy yashagan davrdan ilgari yaratilgan hadis kitoblarida sahih va g\u02bbayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo\u02bblib, o\u02bbquvchi ulardagi biror hadisning to\u02bbg\u02bbri yoki noto\u02bbg\u02bbri ekanini, toki uning roviylari ahvolini tekshirmay va hadis ahli orasida qay tariqa ma\u02bclum bo\u02bblganini aniqlamay turib, bila olmas edi. Agar u bunga muvaffaq bo\u02bbla olmasa, bu haqda hadis ulamolaridan so\u02bbrashga majbur &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":45375,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,665,2449,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-09-26T04:35:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-09-23T10:41:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg\",\"datePublished\":\"2025-09-26T04:35:41+00:00\",\"dateModified\":\"2025-09-23T10:41:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-09-26T04:35:41+00:00","article_modified_time":"2025-09-23T10:41:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg","datePublished":"2025-09-26T04:35:41+00:00","dateModified":"2025-09-23T10:41:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/sahihi2609.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45374&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING \u201cSAHIH\u201dLARIGA NISBATAN SALBIY FIKRLARGA QARSHI FATVOLAR HAMDA MAZKUR KITOBNING MA\u02bcNAVIY VA JISMONIY FOYDALARI BORASIDAGI QARASHLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45374"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=45374"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45374\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":45376,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45374\/revisions\/45376"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/45375"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=45374"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=45374"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=45374"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}