{"id":45326,"date":"2025-09-22T11:21:02","date_gmt":"2025-09-22T06:21:02","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=45326"},"modified":"2025-09-22T11:21:02","modified_gmt":"2025-09-22T06:21:02","slug":"xix-asr-ikkinchi-yarmi-xx-asr-boshlariga-oid-samarqand-tarixining-xorijiy-mamlakatlar-tarixshunosligida-yoritilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz","title":{"rendered":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand tarixi xorijiy mamlakatlar tarixshunosligida ham o\u2018rganilgan. G\u2018arb va Sharq tarixchi olimlari va sayohatchilari Samarqandning XIX asr ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid ma\u02bclumotlarni keltirgan. Samarqandning Rossiya imperiyasi bosqini davri tarixi G\u2018arbiy Yevropa tarixshunosligida ham tasniflangan. Shu sababdan, hozirgi kunda ushbu masalani chuqur tadqiq etish va uni tizimli yoritish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur maqolani tayyorlashda umumqabul qilingan tarixiy metodlar \u2013 ilmiylik, xolislik, tarixiylik, qiyosiy-manbaviy tahlil va ketma-ketlik tamoyillariga amal qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo\u02bblib, jahon madaniyati va fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo\u02bbshgan. Darhaqiqat, Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritilganidan so\u02bbng dunyoning taniqli xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlarida uning tarixi, madaniyati va ta\u02bclim tizimini keng ko\u02bblamda o\u02bbrganishga qiziqish boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Varvara Duxovskaya o\u02bbzining asarida yozishicha, quruqlikda yo\u02bbllarning yomonligi Moskva yoki Peterburgdan Toshkentga borish Londondan Kalkuttagacha bo\u02bblgandan ko\u02bbra ancha ko\u02bbproq vaqt talab qilgan [17:5]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo, 1888-yilda Samarqandgacha bo\u02bblgan Transkaspiy liniyasi qurib bitkazilgach, ushbu hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar ancha jadallashgan. N.A.Mayev o\u02bbz asarida: \u201cTranskaspiy temir yo\u02bblining 1888-yilda Samarqandgacha kelishi bilan shahar birmuncha vaqt Rossiya Turkistonidagi eng jo\u02bbshqin shaharga aylangan\u201d degan so\u02bbzlarni keltirib o\u02bbtgani ham yuqoridagi fikrimizning isbotidir [13:214].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1888-yilda Hindiston vitse-qiroli Jorj Kurzon yangi qurib bitkazilgan Transkaspiy temir yo\u02bbli bo\u02bbylab Rossiya Turkistoni orqali Samarqandga ekspeditsiya uyushtirgach [6:12], yevropalik tarixchi va sayyohlarning Samarqandga kelishi tezlashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda Samarqand tarixini o\u02bbrganishga ingliz, fransuz va nemis tarixchi olimlari va sayohatchilari \u2013 Jon Vesley Bukvolter, Demetriy Charlz Balgar, Uilyam Elroy Kyortis, Jorj Dobson, Ingeborg Baldauf, Bonvalot Per Gabriel, Genri Lansdell, Aleksandr Leman, Genri Norman, Vulrix Perovne, Izabella Mari Fibbs, Shubert fon Zoldern, Maks fon Proskovets, Armeniy Vamberilar katta hissa qo\u02bbshgan. Ular Samarqandning o\u02bbtmish tarixi va me\u02bcmoriy obidalarining bunyod etilishi haqida ko\u02bbplab biografiya va monografiyalar yozgan [2:67].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Morrison o\u02bbzining asarida 1886-yildan keyin Samarqand viloyati (Samarqand oblasti) Rossiya Turkistoni bo\u02bblinmalari ichida eng kichik va aholi eng zich joylashgani bo\u02bblib, bu hududdagi arxiv ma\u02bclumotlari boshqa joylarga nisbatan ko\u02bbproq bo\u02bblgan [2:2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu imperiya tarixiga oid asar bo\u02bblib, asosiy e\u02bctibor Rossiya imperiyasining Samarqanddagi tuzilmalari, mafkuralari va qadrlariga qaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Morrisonning asarida Samarqand shahrining imperatorlik davridagi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan o\u02bbzgarishi haqidagi farazlar ko\u02bbrib chiqilgan. Zarafshon vodiysida ko\u02bbchmanchilar nisbatan kam bo\u02bblgan va ular o\u02bbtroq xalqlarga nisbatan imperatorlik tuzumi bilan ancha farqli munosabatda bo\u02bblgan [2:3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Morrisonning ta\u02bckidlashicha, mustamlakachilik davridagi Samarqand viloyatining tarixini to\u02bbliq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o\u02bbrganish uchun sharq tillaridagi manbalardan foydalanish talab etilgan. Morrison V.V.Krestovskiyning \u201c\u0412 \u0433\u043ec\u0442\u044f\u0445 \u0443 \u042d\u043c\u0438\u0440\u0430 \u0411\u0443\u0445\u0430\u0440c\u043a\u043e\u0433\u043e\u201d asaridagi general-gubernator fon Kaufmanning \u201cSamarqand \u2013 O\u02bbrta Osiyo Moskvasidir\u201d [2:21] degan fikrini keltirib o\u02bbtish orqali Samarqandning bosib olinishi ruslar uchun alohida ahamiyatga ega bo\u02bblganini ta\u02bckidlagan. Lansdell kitobining sarlavhasida ham \u201cRossiya O\u02bbrta Osiyosi\u201dning markazi Samarqand shahri ekani nazarda tutilgan [7:42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrning 60-70-yillarida Samarqandda Rossiya hukmronligi o\u02bbrnatildi. Rossiya Samarqandni qurol, qaqshatqich urush yordamida bosib oldi va o\u02bbzining vassaliga aylantirdi. Samarqandda to\u02bblaligicha mustamlakachilik siyosati o\u02bbrnatilib, iqtisod, madaniyat ham shunga bo\u02bbysundirildi. Lekin boshqa sharq mamlakatlarida bo\u02bblib o\u02bbtayotgan ma\u02bcrifatparvarlik va mustamlakachilikka qarshi harakatlar ta\u02bcsirida Samarqandda ham Rossiya imperiyasi mustamlakachilari xohishiga zid holda Mahmudxo\u02bbja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy kabi ma\u2019rifatparvarlar o\u2018lka aholisini ilmli qilishga harakat qildi. Asta-sekin undan ma\u02bcrifiy masalalar bilan birga, siyosiy masalalarni ham olg\u02bba sura boshlagan jadidlik harakati kelib chiqdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand shahridagi jadidlar harakati mavjud tuzum uchun xavfli kuchga aylanib borgan. Rossiya imperiyasi o\u02bblkada olib borgan siyosatining mazmuni va mohiyati mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizidan uzib tashlash, xalqning ma\u2019naviy, madaniy, tarixiy merosini yo\u02bbq qilishdan iborat bo\u02bblgan. Mustamlakachilar \u201cMillatni yo\u02bbq qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyati, san\u02bcati va tilini yo\u02bbq qilsang bas, tez orada o\u02bbzi tanazzulga uchraydi\u201d degan fikrni ilgari surgan va unga og\u2018ishmay amal qilgan [12:132].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda ana shunday yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi. Samarqandning noyob tarixiy, ma\u02bcnaviy, madaniy boyliklari talon-toroj qilindi. Shaharning ma\u02bcnaviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan qimmatbaho yodgorliklar, arxiv hujjatlari, qo\u02bblyozma va boshqa tarixiy boyliklar Moskva va Peterburgga tashib ketildi [4:7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjid va madrasalar oyoq osti qilindi. Aholini ruslashtirishga alohida e\u02bctibor berildi. Mustamlakachilik siyosati o\u02bblkaning madaniy-ma\u02bcrifiy hayotini cheklab, o\u02bbz manfaatlariga bo\u02bbysundiruvchi yo\u02bbl tutdi. Rossiya imperiyasi buyuk davlatchilik g\u02bboyalarini Samarqandga zo\u02bbrlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va ma\u02bcnaviy qadriyatlarni toptadi [19:91].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu esa o\u02bblkaning iqtisodiy, ma\u02bcnaviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi, mahalliy aholining nafaqat turmush darajasi pasayishiga, balki ma\u02bcnaviy-madaniy jihatdan inqirozga yuz tutishiga sabab bo\u02bbldi. Demetriy Charlz Balgar o\u2018zining 1879-yilda nashr etilgan \u201cEngland and Russia in Central Asia\u201d nomli asarida quyidagi fikrlarni bildirgan: \u201cO\u02bbrta Osiyoning qadimiy poytaxti, bugungi Londondek dunyo ishlarida kuch va ta\u02bcsir manbasi bo\u2018lgan, arxitekturasi va me\u2019moriy obidalarining hashamati jihatdan Parij va Venadagi binolarni ortda qoldiradigan, akademiyasi va ta\u02bclim jarayonlarining oliyligi bilan Afina akademiyasi bilan tenglasha oladigan, diniy mavqeyi bo\u02bbyicha Rimdan ham ustun turuvchi Samarqand Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin aholisi ham tanimaydigan shaharga aylanib qolgan edi [4:8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrda Registon bozor bilan o\u02bbralgan bo\u02bblib, bir nechta madrasa, Amir Temur qabri, uning xotini maqbarasi va bitta ajoyib masjiddan iborat bo\u02bblgan. Registon maydoniga tavsif berishda quyidagicha so\u02bbzlar keltirib o\u02bbtilgan: \u201cForsning Arsloni va quyoshi sirlangan Sherdor madrasasi Registonning sharqiy tomonida joylashgan bo\u02bblib, oltin qoplama bilan qoplangan Tillakori nomi bilan mashhur madrasa shimolda joylashgan\u201d [8:320].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda XIX asr oxirlarida o\u02bbnlab madrasa va mahalliy maktablar mavjud bo\u02bblib, ularning ba\u02bczilari ko\u02bbp yuzlab talabalarni o\u02bbz ichiga olgan. Binolar ikki yoki uch qavatli bo\u02bblib, to\u02bbrtburchakli makonni eslatar, unda talabalar ham yashab, ham dars tayyorlagan. Ushbu xususiyati bilan Samarqand madrasa va maktablari ingliz universitetlari va kollejlariga juda o\u02bbxshardi. Shubhasiz, Samarqandning asrlar davomida davrning o\u02bbta murakkab bosqichlarida izchil rivojlanib, jaholat to\u02bbsiqlarini yengib, yuksak ilm-ma\u02bcrifat maskaniga aylanganini tom ma\u02bcnoda jasorat namunasi deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Normanning keltirib o\u02bbtgan ma\u02bclumotlarining isboti sifatida shuni aytish mumkinki, XIX asrda Samarqand shahri va uning atroflarida jami 22 ta bozor, jumladan, shaharning shimoliy qismida bitta ot bozori mavjud bo\u02bblgan [8:212].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning Registon qismida turli yo\u02bbnalishlarga boradigan boshqa bozor ko\u02bbchalari mavjud bo\u02bblib, ularning ba\u02bczilarida haligacha eski toshdan qurilgan karvonsaroylar bo\u02bblsa, boshqa binolar butunlay yangi yog\u02bbochlardan qurilgan [14:51].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Perovne o\u02bbzining asarida XIX asrda Amir Temur maqbarasidan pastroqda odamlar bilan to\u02bblgan bozor faoliyat olib borishini yozgan [20:158].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda Samarqand shahrida paxta, ipak, bug\u02bbdoy va sholi, shuningdek, pichoq, meva, ot, qo\u02bby va xachirlar savdosi bilan shug\u02bbullanuvchi bozorlar bo\u02bblgan. Bug\u02bbdoy, guruch va ipak asosan Buxoroga eksport qilingan bo\u02bblsa, paxta Toshkent orqali Rossiyaga jo\u02bbnatilgan [7:604].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lansdell o\u02bbz asarida Samarqandda Temur qabri yonida joylashgan manzilgoh Shohi-Zinda masjidi ekanini, Leman va Xanikov o\u02bbz asarlarida bu joyni Amir Temurning yozgi saroyi deb ataganini yozgan. Ammo Fedchenko va Lansdell aniq dalil yo\u02bbqligi tufayli bu fikrga qarshi chiqqan [7:571].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Norman o\u2018z tadqiqotida Amir Temur qurdirgan binolar mustahkam bunyod etilgani, ular zamonlar osha o\u2018z haybati va chiroyini saqlab kelgani va shu sababdan eng ulug\u2018vor me\u2019moriy san\u2019at namunasi ekanini qayd etgan. Shuningdek, u Sohibqiron qurdirgan har bir bino xomashyosi, uslubi va\u00a0 nomlari to\u2018g\u2018risida to\u2018xtalib o\u2018tgan [8:328].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Leman XV asrda Samarqand mashhur savdogarlar qarorgohi bo\u02bblganini ta\u02bckidlab, Rossiya va Tataristondan teri, mo\u02bbyna va asalarilar, Kataydan (Xitoy) ipak, mushk, marvarid, qimmatbaho toshlar va ravon (silliq qayroqtosh) olib kelinganini aytib o\u02bbtgan. Samarqanddan Kambalugacha (Pekin) bo\u02bblgan sayohat 6 oy davom etgan [1:25].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbarbiy yevropalik tarixchi va sayyohlarning Samarqand tarixiga qiziqishi Temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy tarix mavzusidan boshlanib, Rossiya bosqini davridagi Samarqand tarixining o\u02bbrganilishigacha bo\u02bblgan tadqiqot doirasini tashkil qilgan. Sharqshunos Armeniy Vamberi o\u02bbzining asarida XIX asrda Samarqandda bozor va karvonsaroy, shu jumladan, hojilar uchun tekinga beriladigan yotoqxonalar borligini ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vamberi Amir Temur qabri yonidagi xususiy uyda yashab, Samarqand to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot to\u02bbplagan. Samarqanddagi eng diqqatga sazovor joy Shohi Zinda majmuasi bo\u02bblib, bu joy shaharning shimoli-g\u02bbarbida, Amir Temurga yozgi qarorgoh sifatida xizmat qilgan bino yonida joylashgan. Amir Temur qabri esa janubi-g\u02bbarbiy tomonda joylashgan bo\u02bblib, u ajoyib gumbaz bilan qoplangan va devor bilan o\u02bbralgan bo\u02bblgan. Bundan tashqari, Vamberi XV-XIX asrlarda Samarqandda mavjud bo\u02bblgan uchta madrasa asosan ochiq osmon ostida joylashgan va Samarqand Registonini tashkil qilganini ham ta\u02bckidlab o\u02bbtgan [3:203-211].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda Samarqandda Cho\u02bbpon ota masjidi va maqbarasi bo\u02bblib, uning gumbazi moviy-firuza rangli emal bilan qoplangani ham ta\u02bckidlab o\u02bbtilgan [20:169].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lemanning fikricha, Cho\u02bbpon otadan Samarqandga qaralganida shahar katta to\u02bbqayzorga o\u02bbxshaydi. Unda madrasalar va rang-barang minoralar ajoyib ko\u02bbrinadi [1:152].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vamberi ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, Dahbed go\u02bbzal ziyoratgoh va dam olish maskani bo\u02bblgan. Ushbu majmua Samarqanddan uzoqda, Zarafshon daryosining narigi tomonida joylashgan va Maxdumi A\u02bczam avlodlari yashaydigan hamda shu yerda dafn etiladigan majmua hisoblangan [3:214].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XIX asrga kelganda Samarqanddan tashqarida joylashgan yodgorliklardan eng muhimi rus kvartalidan janubi-g\u02bbarbiy yo\u02bbnalishda, taxminan 4 farsax uzoqlikda joylashgan Xoja Ahror maqbarasi va madrasasi hisoblangan. Xo\u02bbja Ahror madrasasi atrofida ushbu davrda Namozgoh masjidi ham bo\u02bblib, uning gumbazi qulab tushgan vayrona holatda bo\u02bblgan [14:52-55].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlab rus qo\u02bbshinlari o\u02bblkani birin-ketin bosib olib, shaharlardagi ko\u02bbplab me\u02bcmoriy obidalarga ham katta zarar yetkazgan. Bu holat Samarqandni ham chetlab o\u02bbtmadi. 1868-yil 1-mayda Samarqand yaqinidagi Cho\u02bbpon ota tepaligida rus podshosi qo\u02bbshinlari bilan samarqandliklar o\u02bbrtasida qattiq jang bo\u02bblib o\u02bbtgan. Samarqandliklar shaharni bosqinchilardan mardonavor himoya qilgan [19:228].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1868-yil Podsho Rossiyasi qo\u02bbshinlari Samarqandni qamal qilganda Bibixonim jome masjidi to\u02bbp o\u02bbqidan vayron bo\u02bblgan. Ammo Rossiya imperiyasi davrida Samarqand ko\u02bbchalarida kafelar, choyxonalar, muzqaymoqxonalar, kitob do\u02bbkonlari, restoranlar, dorixonalar, zargarlik buyumlari do\u02bbkonlari, sartaroshxonalar, fotogalereyalar, oziq-ovqat do\u02bbkonlari, go\u02bbsht bozorlari va boshqa zamonaviy joylar bunyod etilgan. Shahardagi o\u02bbtmish yodgorliklarini o\u02bbrganishda Turkiston havaskor arxeologlar to\u02bbgaragining xizmati kattadir. Ushbu tashkilot Toshkentda 1895-yildan 1917-yilgacha faoliyat olib borgan [11:514-515].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Morrisonning ta\u02bckidlashicha, 1868-yilda Samarqand shahar aholisi fon Kaufmanga maktub yo\u02bbllab, ruslar shaharni egallab olishini, amir shahar mudofaasiga mas\u02bcul etib tayinlagan qo\u02bbmondon Shir Ali Inoq shafqatsizliklariga chek qo\u02bbyishini so\u02bbragan. Fon Kaufman shaharga kirib kelganida, shahar oqsoqollari uni hurmat va ehtirom ila kutib olgani sababli shahar aholisi bir yillik soliqdan ozod qilingan [2:22].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demetriy Charlz Balgarning so\u02bbzlariga ko\u02bbra, general-gubernator fon Kaufman Samarqand qozikaloniga maktub yo\u02bbllab, shaharning o\u02bbz ixtiyori bilan taslim bo\u02bblishini talab qilgan. Shundan so\u02bbng Samarqand shahar aholisi rus qo\u02bbshinlariga darvozalarni ochib bergan [4:180].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo o\u02bbsha vaqtda Samarqandda bo\u02bblgan rassom V.Vereshchagin o\u02bbz asarida Samarqand egallab olingach, fon Kaufman bunday qaror chiqarmaganini va shahar aholisi general-gubernatorni la\u02bcnatlaganini yozib qoldirgan [18:12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Normanning so\u02bbzlarini isbotlovchi dalil deb olsak, XIX asrda Samarqand aholisi sartlar deyilgan. Sartlar shaharlik va savdogar odamlar bo\u02bblib, Rossiya imperiyasi tuzumiga mutlaqo bo\u02bbysunmagan [8:297].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hattoki, Genri Lansdell ham o\u2018z asarida 1868-yil 14-iyulda Buxoro amiri Kattaqo\u02bbrg\u02bbon yaqinidagi Zirabuloq mavzesida fon Kaufmanga qarshi kurashganini va amirni ruslar butunlay mag\u02bblubiyatga uchratganini keltirib o\u02bbtgan [7:625]. Shubhasiz, Samarqand uchun kechgan milliy-ozodlik janglarini inobatga olsak, fon Kaufmanning shaharga ziyon-zahmatsiz kelgani haqidagi xabarlar mutlaqo asossizdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Morrison Samarqanddagi ruslar tomonidan qurdirilgan tarixiy inshootlari haqida yozar ekan, bu yerda Ofitserlar klubi, oltin yulduzlar bilan bezatilgan ko\u02bbk gumbazli yog\u02bboch cherkov (1898-yilda g\u02bbishtdan qayta tiklangan) va okrug gubernatorining qarorgohi bo\u02bblgan uzun, pastak oq bungalo (bugungi kunda Samarqand shahar hokimligi joylashgan) bo\u02bblganini hamda ushbu binolar Amir Temur maqbarasigacha cho\u02bbzilgan Abramovskiy bulvarida joylashganini ta\u02bckidlab o\u02bbtgan [2:26].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Norman o\u02bbz asarida XIX asrda gubernator qarorgohi Samarqanddagi bir necha gektar maydonni egallagan to\u02bbrtburchak devorli bog\u02bbning o\u02bbrtasida joylashgan katta va keng bino ekanini bayon qilgan [8:334].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, Lansdell XIX asrda Samarqandda harbiy kasalxona ham faoliyat olib borganini va bu muassasa gubernator qarorgohining orqa tomonida joylashganini ta\u02bckidlab o\u02bbtgan [7:596]. Ushbu ma\u2019lumot haqqoniyligini Vulrix Perovne ham o\u2018zining \u201cMarkaziy Osiyodagi rus mezbonlari va ingliz mehmonlari\u201d nomli asarida keltirib o\u2018tgan [20:167].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Stupakovning ta\u02bckidlashicha, ushbu inshootlar bilan bir qatorda 1898-1899-yillarda Samarqandda 111 ta zavod mavjud bo\u02bblib, ularda atigi 1718 ishchi ishlagan [16:10]. Ularning uchdan bir qismi paxta tozalash korxonalari bo\u02bblsa, qolgani asosan oziq-ovqat va spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan zavodlar bo\u02bblgan [16:45]. Ushbu davrda shahardagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan zavodlardan eng mashhurlari Otto Bogau pivo zavodi va Filatov aroq zavodi hisoblangan [16:131].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda inshootlar va me\u02bcmoriy obidalardan tashqari Samarqand militsiyasi boshlig\u02bbi tomonidan homiylikka olingan mehribonlik uyi ham bo\u02bblganini va u joyda o\u02bbg\u02bbil bolalar 7 yoshgacha, qizlar esa turmushga chiqquniga qadar tarbiyalanganini yozib qoldirgan [20:161-162]. Izabella Mari Fibbs ham XIX asrda Samarqandda yetim va kambag\u02bballarga yordam beradigan mehribonlik uylari faoliyat olib borgani haqida ma\u2019lumot bergan [10:200].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Perovnening fikricha, Samarqandda tarixiy muzey ham bo\u02bblib, u shahar cherkovining yonida joylashgan. Bundan tashqari, bu davrda Samarqandda ipak va jun fabrikalari ham faoliyat olib borgan. Xuddi Tiflisda bo\u02bblganidek, Samarqandda ham sharob tayyorlash jarayoni a\u02bclo tarzda olib borilishini aytib o\u02bbtgan. Samarqandda ilmiy jihatdan vino tayyorlaydigan katta-katta g\u02bborlarni ko\u02bbrganini o\u02bbz asarida ta\u02bckidlagan [20:163-164].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-yildagi siyosiy voqealar Samarqanddagi tarixiy yodgorliklarni o\u02bbrganish jarayonini to\u02bbxtatib qo\u02bbydi. 1920-yilga kelib, Toshkentda O\u02bbrta Osiyo yodgorliklarini o\u02bbrganish va asrash qo\u02bbmitasi tashkil etildi. Buning uchun markazdan mutaxassislar jalb etilgan. 1920-yil o\u02bblkadagi tarixiy yodgorliklarni himoya qilish va muzey ishlari bo\u02bbyicha Turkiston qo\u02bbmitasi tuzildi [19:234].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbmita tashkil topgan ilk yillarda asosiy e\u02bctiborini tarixiy yodgorliklarga boy Samarqandga qaratgan edi. Samarqand yodgorliklarini o\u02bbrganish Turkistonni ruslar tomonidan bosib olingan vaqtdan boshlangan. Podsho hukumati davrida bu yerdagi yodgorliklar arxeologik komissiya ro\u02bbyxatida turgan. Dastlab ularni ta\u02bcmirlash vaqf mablag\u02bblari hisobidan amalga oshirilgan [15:67].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yodgorliklarni himoya qilish mutavalli va u yerda ishlovchi kishilar zimmasida bo\u02bblgan. Vaqf mulklarining tugatilishi va moddiy yetishmovchiliklar tufayli ularni muhofaza qilish ishlari sustlashgan va yodgorliklar ta\u2019mirtalab holga kelgan. 1919-yil boshlarida Samarqandda yodgorliklarni vayron bo\u02bblishdan muhofaza qilish va qayta tiklash bo\u02bbyicha maxsus kengash chaqirilgan. Mablag\u02bb va xom ashyoning yetishmasligi sababli ta\u02bcmirlash ishlari bajarilmay qolgan [9:112].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1920-yil Samarqanddagi me\u02bcmoriy yodgorliklarni muhofaza qilish masalasi yana ko\u02bbtarilgan. Shundan so\u02bbng Samarqandda yodgorliklarni muhofaza qilish, ta\u02bcmirlash bo\u02bbyicha maxsus qo\u02bbmita tuzilgan. Qo\u02bbmita Samarqanddagi yodgorliklarni ko\u02bbzdan kechirganidan so\u02bbng, ularni ikki guruhga bo\u02bblgan: 1) Vayron qilingan; 2) Saqlab qolish va ta\u02bcmirlanishi mumkin bo\u02bblgan yodgorliklar [9:113].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand qo\u02bbmitasi o\u02bbz faoliyatining birinchi yilida halokat yoqasida turgan yodgorliklarni ta\u02bcmirlashga ahamiyat qaratdi. Bunda asosiy e\u02bctibor yodgorliklar tomini ta\u02bcmirlashga qaratilgan. Dastlab g\u02bbisht, alebastr yoki boshqa aralashmalar yordamida yopilgan yodgorliklar usti yorilib, chang va loyqaga to\u02bblgan. Bu yerdan o\u02bbsimliklar o\u02bbsib chiqib, ularning ildizi g\u02bbishtlarga ta\u02bcsir etgan va yomg\u02bbir suvining ichkariga kirishiga imkon yaratgan. Tomlarni ixcham usulda yopish masalasi Samarqand qo\u02bbmitasi va Moskva yodgorliklarni qayta tiklash qo\u02bbmitasida ko\u02bbrib chiqilgan [5:149].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu masalani muhokama qilish jarayonida tomni yopishning uch usuli ilgari surilgan: 1) Eng yuqori qismini alebastr qorishmasi bilan qoplash; 2) Yupqa temir-beton plitalar bilan yopish; 3) Tomni kuchli ishqoriy aralashmalar yordamida berkitish. Bunday ishlarni amalda sinab ko\u02bbrish uchun Tillakori madrasasining tomi tanlangan. Bu yodgorlikdagi ta\u02bcmirlash ishlarida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: masjidning chap qanot yuqori qismi qayta tiklangan, qishki va ayrim hujralar, mehrob kapital ta\u02bcmirdan chiqarilgan [5:150].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbzimiz yakunida, XIX asr ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlarida Samarqand vohasidagi me\u02bcmoriy yodgorliklar o\u02bbsha davr rus va ingliz tadqiqotchi olimlari tomonidan o\u02bbrganilganini va ular tahlil qilinganini ta\u02bckidlab o\u02bbtmoqchimiz. Obidalar ustida olib boriladigan ishlar o\u02bbsha davr mahalliy ro\u02bbznomalari va to\u02bbplamlarida nashr etib borilgan. Mustamlaka davridagi Samarqand tarixi va me\u02bcmoriy yodgorliklarning G\u02bbarbiy Yevropa olimlari tomonidan haqqoniy o\u02bbrganilishi natijasida ilmiy-tarixiy ma\u02bclumot va manbalar to\u02bbplangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa G\u02bbarbiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan tarixchi va sayyohlar Samarqand tarixi manbashunosligi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Ular G\u02bbarb tarixshunosligi va manbashunosligiga salmoqli o\u02bbzgarishlar kiritdi. Nemis va fransuz manbashunoslik va tarixshunoslik maktabidan yetishib chiqqan sharqshunos olimlar tadqiqotlari XV-XIX asrlardagi Samarqand tarixini ilmiy jamoatchilikka yetkazishda katta rol o\u2018ynadi. O\u2018zbekiston mustaqillikka erishganidan so\u2018ng ushbu manbalarni tadqiq etish boshlandi. Bu esa, o\u2018z navbatida, Samarqand shahri va unda joylashgan me\u2019moriy obidalar tarixini o\u02bbrganishda muhim ahamiyatga ega bo\u2018ldi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alexander Lehmann. Reise nach Buchara und Samarkand. \u2013 Petersburg, 1852.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Alexander Morrison. Russian rule in Samarkand 1868-1910. \u2013 New York: Oxford University Press, 2008.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Armenius Vambery. Travels in Central Asia. \u2013 London, 1864.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Demetrius C. Boulger. England and Russia in Central Asia. Volume 1. \u2013 London, 1879.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">George Dobson. Russia\u02bcs railway advance into Central Asia. \u2013 London: W.H.Allen &amp; Co., 1890.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">George Nataniel Curzon. Russia in Central Asia in 1889. \u2013 London: Longmans, Green &amp; Co., 1889.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Henry Lansdell. Russian Central Asia. Volume 1. \u2013 London, 1883.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Henry Norman. All the Russias travels and studies in contemporary European Russia, Finland, Siberia, the Caucasus and Central Asia. \u2013 London: William Heinemann, 1902.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ingeborg Baldauf. Some thoughts on the formation of the Uzbek nation. \u2013 Berlin, 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Isabelle Mary Phibbs. A visit to the Russians in Central Asia. \u2013 London, 1899.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">John Wesley Bookwalter. Siberia and Central Asia. \u2013 Springfield, Ohio: 1899.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karimov I.A. Biz kelajagimizni o\u02bbz qo\u02bblimiz bilan quramiz. Tanlangan asarlar \/\/ 9 jildlik. VII jild. \u2013 Toshkent, 1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mayev N.A. Grand opening of the Samarkand section of the Trans-Caspian Railway. \u2013 Moscow, 1888.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Schubert von Soldern. Die Baudenkmale von Samarkand. \u2013 Vena, 1898.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Stephen Graham. Through Russian Central Asia. \u2013 London, New York, Toronto and Melburn: 1916.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Stupakov I.E. Address directory of the Turkestan region. \u2013 Tashkent, 1910.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Varvara Dukhovskaya. Turkestan Memories. \u2013 SPb, 1913.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Vereshchagin V.V. At War in Asia and Europe. Artist\u2019s Memories. \u2013 Moscow: 1894.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">William Eleroy Curtis. Turkestan: The Heart of Asia. Copyright by G.H.Doran Comp. \u2013 New York: 1911.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Woolrych Perowne. Russia Hosts and English Guests in Central Asia. \u2013 London, 1898.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u2018bek IMOMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Samarqand tarixi xorijiy mamlakatlar tarixshunosligida ham o\u2018rganilgan. G\u2018arb va Sharq tarixchi olimlari va sayohatchilari Samarqandning XIX asr ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid ma\u02bclumotlarni keltirgan. Samarqandning Rossiya imperiyasi bosqini davri tarixi G\u2018arbiy Yevropa tarixshunosligida ham tasniflangan. Shu sababdan, hozirgi kunda ushbu masalani chuqur tadqiq etish va uni tizimli yoritish asosiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":45327,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-09-22T06:21:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"374\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz\",\"name\":\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg\",\"datePublished\":\"2025-09-22T06:21:02+00:00\",\"dateModified\":\"2025-09-22T06:21:02+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg\",\"width\":660,\"height\":374},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-09-22T06:21:02+00:00","og_image":[{"width":660,"height":374,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz","name":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg","datePublished":"2025-09-22T06:21:02+00:00","dateModified":"2025-09-22T06:21:02+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/samarkand2209.jpg","width":660,"height":374},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=45326&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"XIX ASR IKKINCHI YARMI \u2013 XX ASR BOSHLARIGA OID SAMARQAND TARIXINING XORIJIY MAMLAKATLAR TARIXSHUNOSLIGIDA YORITILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45326"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=45326"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45326\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":45328,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/45326\/revisions\/45328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/45327"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=45326"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=45326"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=45326"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}