{"id":44954,"date":"2025-09-05T09:36:15","date_gmt":"2025-09-05T04:36:15","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=44954"},"modified":"2025-09-04T16:37:54","modified_gmt":"2025-09-04T11:37:54","slug":"buxoro-amirligi-hukumatining-maxsus-mirzaxonalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz","title":{"rendered":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda XIX asrning ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlari Buxoro amirligi davri tarixini tadqiq etishga intilgan tadqiqotchilar asosan Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hamda amirlik qushbegisi devonxonasi hujjatlariga murojaat etmoqdalar. Bu albatta ijobiy va shu bilan birga tadqiqotchilar uchun birlamchi qadam hisoblanadi. Shu o\u02bbrinda mazkur masalani mintaqa doirasida o\u02bbrganishda Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligi devonxonasi hujjatlarni ham e\u02bctibordan chetda qoldirmaslik lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro amirligi qushbegisi vazoratxonasi tizimiga kiruvchi maxsus devonxonasi bilan birga, Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligida ish yuritgan alohida amirlik devonxonasi xususida ma\u02bclumotlarni ilmiy adabiyotlarda uchratish mushkul. Shuning uchun ham amirlikdagi devonxona tizimi tarixidagi bu kabi muassasalarni o\u02bbrganishni o\u02bbz oldimizga maqsad qildik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u0425I\u0425 asrning ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlarida Buxoro amirligida faoliyat yuritgan devonxonalar faoliyatiga daxldor ma\u02bclumotlarning aksariyati yurtimizdagi hujjat jamg\u02bbarmalarida saqlanmoqda. Ma\u02bcnaviy merosimizni o\u02bbrganish orqali davlatchilik an\u02bcanalarimiz, xususan, boshqaruv tizimini tadqiq etish o\u02bbz dolzarbligini yo\u02bbqotmay kelmoqda. Bevosita birlamchi ilmiy qiymatga ega arxiv hujjatlarining tahlili shuni ko\u02bbrsatdiki, tadqiq etilayotgan muammoga oid ma\u02bclumotlar O\u02bbzbekiston Milliy arxivining\u00a0 I-1, I-3, I-126 hamda R-2678 fondlaridagi yig\u02bbmajildlarda jamlangan. Amirlik hukumatining diplomatik xizmatida maxsus mirzaxonalar, ulardagi ish yuritish tizimi, faoliyat yuritgan mirzo, munshiylar bilan bog\u02bbliq qaydlar I-126 fonddagi 382-<u>yig\u02bbmajilda<\/u>, I-3 fondning 1-ro\u02bbyxat, 653 hamda shu fondning 2-ro\u02bbyxat, 134, 142, 267, 357, 474, 737,\u00a0 shu bilan birga\u00a0 I-1-fond, 1-ro\u02bbyxat, 45 yig\u02bbmajildlarida saqlanmoqda. Mazkur yig\u02bbmajildlarda o\u02bbrin egallangan hujjatlar ilmiy muomalaga kiritildi. Qolaversa, amirlikdagi maxsus devonxonalar va undagi xodimlar faoliyati, ish yuritish tizimi natijasida shakllangan hujjat \u2013 yig\u02bbmajildlar XIX asr ikkinchi yarmi \u2013 XX boshlarida O\u02bbrta Osiyo mintaqasida diplomatik munosabatlar tarixini tadqiq etish uchun qimmatli manba vazifasini bajaradi. Zero, tarixchilar uchun manba, uni yaratgan shaxs yoki muassasa faoliyati, qolaversa, uning yuzaga kelishiga xizmat qilgan sharoitni o\u02bbrganish birlamchi ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu maqolani yozishda xronologik izchillik, <u>muammoviy<\/u> hamda qiyosiy tahlil kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tadqiqotda qo\u02bbyilgan masalalar xolislik hamda tarixiylik tamoyillariga tayangan holda o\u02bbrganilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Buxoro arkida yuqori qushbegi tasarrufidagi \u201c<u>Mirzaxonai<\/u> kalon\u201d faoliyat yuritgani to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar mavjud. Ushbu devonxona vazoratxona tarkibiga kiruvchi ikkita devonxonadan tashkil topgan[1].\u00a0 Ularning bittasi mamlakat xazinasidagi oltin, xiroj mablag\u02bblari va tushumlarning sarhisobi va turli xildagi xarajatlarni amalga oshirish bilan; ikkinchisi esa bekliklar\u00a0 bilan munosabatga kirishish hamda xorijiy mamlakatlarga chiqish uchun amirlik fuqarolariga pasport(ruxsatnomalar)ni taqdim etish bilan shug\u02bbullangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Mirzaxonai<\/u> kalon \u2012 yuqori qushbegi hovlisidagi xonalarda joylashgan. U xazina kirim va chiqim xarajatlarini amalga oshirgan. Ushbu devonxonada 10 nafar mirza faoliyat yuritar edi. Amirning mamlakat bo\u02bbylab safarlarida ushbu devonxonadan uchta mirza jalb qilingan. Ularning biri hisob amaliyotini, ikkinchisi mablag\u02bblarni qabul qilish va safar xarajatlari ro\u02bbyxatini olib borish, uchinchisi esa mablag\u02bb ajratish ishlari bilan shug\u02bbullangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qushbegi hovlisida joylashgan ikkinchi devonxonada ham 8-10 nafar mirza ishlar edi. Devonxonalarda alohida-alohida mirzaboshilar tayinlangan va qushbegiga hisobot berib turgan. Ushbu devonlarni <u>mirzoi<\/u> kalon \u2012 bosh mirza boshqargan. Devonbegi, ya\u02bcni quyi qushbegi devonxonasi Ark qo\u02bbrg\u02bboni etagida joylashgan edi. U yana <u>havli-i<\/u> poyon \u2012 ya\u02bcni quyida joylashgan hovli deb ataladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqori qushbegi va Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligi o\u02bbrtasidagi yozishmalar bilan maxsus mirzaxona \u2013 devonxona shug\u02bbullangan. Ushbu devonxona arkning sayisxona hovlisi tarkibiga kiruvchi xonalarda joylashgan edi. Devonxona ikki xonadan iborat bo\u02bblib, uning birinchisida mirzalar, ikkinchisida esa daftardor hamda <u>mirzoi<\/u> munshiy faoliyat yuritgan [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qushbegi devonxonasi tarkibiga kirgan maxsus mirzaxonada faoliyat yuritgan tarjimon mirzalar ham hukumatlararo maktublarni tayyorlashda muayyan o\u02bbrin egallagan. Jumladan, amirlik hukumati maktublarini tarjima qilish va ularni siyosiy agentlikka yo\u02bbllash tarjimon mirzalarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanar edi. Arxiv hujjatlarida ushbu lavozimda Iskandar Ahmedov, <u>Abdulg\u02bbani<\/u> <u>Abdumutalipov<\/u>, Said <u>Gerey<\/u> <u>Subxonqulov<\/u> va Davlat Murodovlar faoliyat yuritgani xususida ma\u02bclumotlar mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kelib chiqishi Toshkent shahridan bo\u02bblgan <u>Abdulg\u02bbani<\/u> <u>Abdumutalipov<\/u> 1915-yil 1-noyabrdan e\u02bctiboran oyiga 90 rubl maosh evaziga Buxoro amirligi devonxonasida tarjimon sifatida ish boshlaydi. U dastlab tarjimon, so\u02bbngra esa maxsus mirzaxonani boshqaradi. Rus, fors, arab tillarini bilgan [3]. 1916-yilgi mardikorlikka olish kompaniyasi davrida u Sirdaryo viloyatining fuqarosi sifatida mardikorlikka jalb qilinadi. Qushbegi uning malakali xodimligini e\u02bctirof etgan holda mardikorlikka olishdan ozod qilishni so\u02bbrab siyosiy agentlikka murojaat qiladi [4]. Mavjud yozishmalar <u>Abdulg\u02bbani<\/u> <u>Abdumutalipov<\/u> 1916-yil 26-oktyabrda mardikorlikka olishdan ozod etilganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzaxonadagi tarjimonlar orasida Ahmedov Iskandar Usmonovich ham faoliyat yuritgan. U 1910-yilda Mirzo <u>Nasrullobiy<\/u> qushbegi taklifi bilan mirzaxonada ish boshlaydi va yetti yillik faoliyati davomida mirzaxonada tayyorlangan maktublarning tarjimasini amalga oshiradi. Buni qushbegi maktublarining tarjima qismi oxirida \u201cMirzo Iskandar <u>jevochi<\/u>\u201d degan yozuv ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzaxona faoliyati bilan bog\u02bbliq hujjatlarni o\u02bbrganish natijasida u yerda faoliyat yuritgan tarjimon mirzalar oyiga 80-100 rubl miqdorida maosh olgani aniqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur masalaga daxldor yozishmalar tahlil etilganda Turkiston general-gubernatorligi fuqarolari Buxoro amirligidagi maxsus mirzaxonada tarjimon sifatida ishlashga ruxsat berish xususida siyosiy agentlikka murojaat qilganliklari to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumotlar mavjudligi ma\u02bclum bo\u02bbldi. Amirlikdagi mavjud tartib va qoidalarga binoan ushbu lavozimga xodimlarni tayinlash amir hukumatining vakolat doirasiga kirgan. Siyosiy agentlik esa bu lavozimga nomzodlarning hujjatlarini taqdim etish va bu xususida qushbegining fikrini bilish huquqiga ega edi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur masalada siyosiy agent va amirlik qushbegisi o\u02bbrtasida yozishmalar olib borilgan. Siyosiy agent va qushbegi o\u02bbrtasidagi yozishmalardan shu narsa ma\u02bclum bo\u02bbladiki, ayrim shaxslarning siyosiy agent nomiga o\u02bbzini qushbegi devonxonasi tarjimoni lavozimiga tavsiya etishni so\u02bbrab yuborgan\u00a0 iltimosnomalari ko\u02bbp hollarda ijobiy hal etilmagan. Bu hol amir hukumati mazkur lavozim uchun munosib vakillarni o\u02bbzi tanlaganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda bevosita Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligi\u00a0 devonxonasida bosh, birinchi va ikkinchi kichik yozma tarjimon deb nomlangan lavozimlar joriy etilganini ta\u02bckidlash joiz. Ularda mahalliy aholi vakillari ham faoliyat olib borgan. Bu kabi xodimlar asosan rus tilida yuritilgan rasmiy idoraviy hujjatlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan shug\u02bbullangan. Siyosiy agentlikning faoliyati davomida bosh tarjimon lavozimida uzoq yillar davomida <u>Abdullov<\/u> <u>Axmad<\/u> <u>Gerey<\/u> faoliyat olib boradi [6]. <u>Abdullov<\/u> <u>Axmad<\/u> <u>Gerey<\/u> 1869-yilda tug\u02bbilgan va siyosiy agentlikda 1900-yil 25-noyabrdan o\u02bbz faoliyatini boshlagan. Orenburgdagi o\u02bbqituvchilar maktabini bitirgan. 1902-yili Buxoro amirining 2-darajali kumush yulduz ordeni bilan taqdirlanadi. 1910-yili Buxoro amiri (<u>Abdulahadxon<\/u>)ning 25 yillik hukmronligiga atab chiqarilgan yubiley medali sohibi. <u>Romanovlar<\/u> sulolasining 300 yilligi munosabati bilan 1913-yilda chiqarilgan yubiley medali egasi. U o\u02bbz faoliyatini keyinchalik amirlikda tashkil etilgan Rossiya rezidentligida ham davom ettiradi [7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Devonxonada kirill grafikasidagi hujjatlarni arab grafikasiga tarjima qilish bilan shug\u02bbullanuvchi ikki tarjimon mirza: katta mahalliy yozma tarjimon Ahmadbek <u>Rahimbekov<\/u> va kichik mahalliy yozma tarjimon G\u02bbulom Haydar <u>Nasrullaboyev<\/u> ham ish olib borgan [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmadbek <u>Rahimbekov<\/u> 1868 yilda tug\u02bbilgan. Siyosiy agentlikda 1887-yildan o\u02bbz faoliyatini boshlagan. Eski Buxorodagi madrasada o\u02bbqigan. Arxiv ma\u02bclumotlarga asoslanadigan bo\u02bblsak, Ahmadbek <u>Rahimbekov<\/u> 1899-yilda Buxoro amirining 3-darajali, 1901-yilda 2-darajali kumush yulduz ordeni bilan taqdirlanadi. 1910-yili Buxoro amiri(<u>Abdulahadxon<\/u>)ning 25 yillik hukmronligiga atab chiqarilgan yubiley medali sohibi. Shuningdek, <u>Romanovlar<\/u> sulolasining 300 yilligi munosabati bilan 1913-yilda chiqarilgan yubiley medali bilan ham mukofotlangan [9].\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi tarjimon mirzo G\u02bbulom Haydar <u>Nasrullaboyev<\/u> 1888-yilda tug\u02bbilgan. Siyosiy agentlikda 1907-yil 7-maydan o\u02bbz faoliyatini boshlagan. Eski Buxorodagi madrasada o\u02bbqigan. 1911-yilda Buxoro amirining oltin medali bilan taqdirlangan. <u>Romanovlar<\/u> sulolasining 300 yilligi munosabati bilan 1913-yilda chiqarilgan yubiley medali sohibi hisoblangan [10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash joizki, Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligida ham amirlik hukumatining devonxonasi tashkil etiladi. Bu devonxona agentlik binosida joylashgan bo\u02bblib, amirlik hukumati nomiga yo\u02bbllanadigan maktublarni tarjima qilish hamda o\u02bbzaro yozishmalarni olib borish ishlarini amalga oshirgan. Ushbu muassasada amir hukumatining ikki amaldori faoliyat olib borgan. Ulardan biri <u>to\u02bbqsabo<\/u> Mirzo Mahmud <u>Musaxo\u02bbja<\/u> bo\u02bblib, u Buxoro amirining agentlikdagi amaldori vazifasini bajarardi. U ikki mamlakat o\u02bbrtasida olib boriladigan yozishma va davlatlararo munosabatlarni amalga oshirish uchun mas\u02bcul shaxs hisoblangan [11]. Bu lavozimga amirga yaqin kishilar tayinlangan. Mirzo Mahmud <u>Musaxo\u02bbja<\/u> bu lavozimda uzoq vaqt faoliyat olib boradi. Faqat 1914-yilda amirlik hukumati uning o\u02bbrniga Mirzo Malik miroxo\u02bbrni tayinlaydi [12].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirning siyosiy agentlikda faoliyat olib borgan ikkinchi amaldori Mirbadalov Mir Haydar Qosimovichdir. U\u00a0 Orenburgda yashovchi buxorolik shaxs oilasida tug\u02bbilgan. Uyezd bilim yurti(uchilishi)ni bitirgan. 1880-yildan Zarafshon viloyati Kattaqo\u02bbrg\u02bbon bo\u02bblimi boshqarmasida tarjimon. 1886-yildan siyosiy agentlikda katta yozma tarjimon lavozimida ishlay boshlaydi.\u00a0 \u201c<u>Buxoroi<\/u> sharif\u201d gazetasining mas\u02bcul muharriri. 1880-yilda 3-darajali, 1904-yilda 2-darajali <u>Stanislav<\/u> ordeni, 1897-yilda 3-darajali, 1910-yilda 2-darajali Anna nomidagi ordenlar bilan taqdirlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Amirning ushbu amaldori siyosiy agentlik tarkibiga kirgan Buxoro amirligi devonxonasi boshqaruvchisi vazifasini bajarardi. Bu lavozimdagi xodimni ishga tayinlash yoki unga tegishli sabablarga asoslanib mehnat ta\u02bctili muddatini belgilash masalasi siyosiy agentlik va amir qushbegisi o\u02bbrtasida olib borilgan yozishmalar asosida hal etilgan [13].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Garchi M.Mirbadalov siyosiy agentlikda faoliyat olib borgan bo\u02bblsa-da, u bevosita amir ko\u02bbrsatmalariga rioya qilgan holda mahalliy aholi bilan bog\u02bbliq hujjatlarni rasmiylashtirish va amirlikning siyosiy agentlikdagi devonxonasini boshqarish bilan shug\u02bbullanar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotda 1904-yilda Rossiya imperatori tomonidan Buxorodagi siyosiy agentlikda devonxona xodimlari uchun alohida bino ajratilgani qayd etiladi [14]. Siyosiy agentlik binosi hovlisida bir qavatli alohida bino qurilib, uning ta\u02bcminoti imperiya hukumatining mablag\u02bb ajratmasi asosida amalga oshirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arxiv hujjatlarini o\u02bbrganish jarayonida, siyosiy agentlikda Buxoro hukumati devonxonasi uchun bino ajratish masalasi ham ko\u02bbtarilgani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Tahlillar bino qurilishi uchun amir 13000 rubl miqdorida mablag\u02bb ajratganini ko\u02bbrsatmoqda [15]. Bu miqdordagi mablag\u02bb ajratilgani xususidagi ma\u02bclumot 1916-yil 9-sentyabrda siyosiy agentning amirlik hukumatining siyosiy agentlikdagi devonxona boshqaruvchisi Mirbadalov Mir Haydar nomiga yo\u02bbllagan xatida o\u02bbz aksini topgan. Bu hol amirlik hukumati o\u02bbzining rasmiy idoraviy muassasalari faoliyatiga alohida e\u02bctibor qaratganini ko\u02bbrsatadi. Chunki agentlikda tashkil etilgan amir hukumati devonxonasi ikki mamlakat munosabatlariga oid hujjatlarni yuritish ishida muhim bo\u02bbg\u02bbinlardan biri hisoblangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqot jarayonida siyosiy agentlik devonxonasi va qushbegi devonxonasi o\u02bbrtasida devonxona faoliyati kunlari rejalarining o\u02bbzaro almashilganlik holati mavjudligi aniqlandi. Bu kabi tadbirlar asosan agentlikka yangi siyosiy agent tayinlangan paytda amalga oshirilar edi. Jumladan, ushbu masala yuzasidan siyosiy agent A.Ya.Miller 1916-yil oktyabrda qushbegiga murojaat qilib, uning devonxonasi uchun o\u02bbzining 17-oktyabrda ishlab chiqqan siyosiy agentlikdagi qabul kunlari ro\u02bbyxatining besh nusxasini yuborishini bildiradi [16]. Siyosiy agent tomonidan qabul kunlarining ishlab chiqilishi va bu haqda amirlik hukumatiga bildirilishi qabul jarayonlarini tartibga solish maqsadida amalga oshirilgan tadbir hisoblanadi. Siyosiy agentlik devonxonasi ikki mamlakat o\u02bbrtasida ko\u02bbtarilgan masalalarni hal etishda muhim bo\u02bbg\u02bbin vazifasini bajargani bilan ham ahamiyatlidir. Rossiya imperatori siyosiy agentligi 1917-yilning martidan e\u02bctiboran Rossiya rezidentligiga aylantiriladi.\u00a0 Rezidentlik ham qushbegi devonxonasi bilan rasmiy yozishmalar olib borishni davom ettiradi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bildirilgan fikrlarga asoslanib, rasmiy hukumatlararo yozishmalarni olib borishda siyosiy agentlik va amir qushbegisi rahbarligidagi devonxonalarining o\u02bbrni muhim. Shu o\u02bbrinda amirlik qushbegisi vazoratxonasi tizimiga kiruvchi ikki maxsus mirzaxona \u2013 devonxonalarning tashkil etilganligini alohida qayd etish joiz. Zero, oliy darajadagi maktublarni tayyorlash hamda ularning tarjimasi davlatlararo muloqot va munosabatlar dinamikasiga ta\u02bcsir etmasdan qolmagan. Shuning uchun ham maxsus mirzaxonalarning ish tartibi, mirzaxona xodimlarini ishga qabul qilish kabi masalalarda amirlik ma\u02bcmurlari ehtiyotkorlik bilan ish ko\u02bbrgan. Mirzaxonlarning mehnat mahsuli ham o\u02bbz davrida, ham bugungi kunda amirlik davri tarixini o\u02bbrganishni maqsad qilgan tadqiqotchilar uchun zarur\u00a0 muhim ma\u02bclumotlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.<strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston Milli arxivi (<u>keyingi<\/u> o\u02bbrinlarda \u2013 O\u02bbz MA), R-2678-fond, 1-ro\u02bbyxat, 448-yig\u02bbmajild, 137-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0410\u043d\u0434\u0440\u0435\u0435\u0432 \u041c.\u0421. \u0427\u0435\u0445\u043e\u0432\u0438\u0447 \u041e.\u0414. \u0410\u0440\u043a \u0411\u0443\u0445\u0430\u0440\u044b \u0432 \u043a\u043e\u043d\u0446\u0435 XIX \u2013 \u043d\u0430\u0447\u0430\u043b\u0435 XX \u0432\u0432. \u2013 \u0414\u0443\u0448\u0430\u043d\u0431\u0435: \u0418\u0437\u0434-\u0432\u043e \u0414\u043e\u043d\u0438\u0448, 1972 .<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 1-ro\u02bbyxat, 653-yig\u02bbmajild, 7-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 737-yig\u02bbmajild, 152-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond,1-ro\u02bbyxat, 653-yig\u02bbmajild, 26-28-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 357-yig\u02bbmajild, 49-50-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat,134-yig\u02bbmajild, 15-16-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 267-yig\u02bbmajild, 4-5-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 357-yig\u02bbmajild, 51-52-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 357-yig\u02bbmajild, 51-52-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-1-fond, 1-ro\u02bbyxat, 45-yig\u02bbmajild, 247-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 134-yig\u02bbmajild, 30-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat,134-yig\u02bbmajild, 9-10 varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat, 142-yig\u02bbmajild, 131-133-varaqlar.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-3-fond, 2-ro\u02bbyxat,474-yig\u02bbmajild,156-varaq.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbz MA, I-126-fond, 2-ro\u02bbyxat, 382-yig\u02bbmajild, 1-varaq<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Oybek KLICHEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Buxoro davlat universiteti Arxeologiya va Buxoro<\/em> <em>tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori (<u>DSc<\/u>)<\/em><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi yillarda XIX asrning ikkinchi yarmi \u2013 XX asr boshlari Buxoro amirligi davri tarixini tadqiq etishga intilgan tadqiqotchilar asosan Turkiston general-gubernatorligi devonxonasi hamda amirlik qushbegisi devonxonasi hujjatlariga murojaat etmoqdalar. Bu albatta ijobiy va shu bilan birga tadqiqotchilar uchun birlamchi qadam hisoblanadi. Shu o\u02bbrinda mazkur masalani mintaqa doirasida o\u02bbrganishda Rossiya imperatorining Buxorodagi siyosiy agentligi devonxonasi hujjatlarni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":44955,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-09-05T04:36:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-09-04T11:37:54+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"443\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz\",\"name\":\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg\",\"datePublished\":\"2025-09-05T04:36:15+00:00\",\"dateModified\":\"2025-09-04T11:37:54+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg\",\"width\":660,\"height\":443},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-09-05T04:36:15+00:00","article_modified_time":"2025-09-04T11:37:54+00:00","og_image":[{"width":660,"height":443,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz","name":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg","datePublished":"2025-09-05T04:36:15+00:00","dateModified":"2025-09-04T11:37:54+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/mirzaxona0509.jpg","width":660,"height":443},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44954&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BUXORO AMIRLIGI HUKUMATINING MAXSUS MIRZAXONALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44954"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=44954"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44954\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44956,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44954\/revisions\/44956"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/44955"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=44954"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=44954"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=44954"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}