{"id":44687,"date":"2025-08-22T09:53:34","date_gmt":"2025-08-22T04:53:34","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=44687"},"modified":"2025-08-21T10:30:20","modified_gmt":"2025-08-21T05:30:20","slug":"misrdagi-ikkinchi-turkiy-sulola-ixshidiylar-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz","title":{"rendered":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir necha asr davom etgan xalifalik tuzumiga oid ma\u02bclumotlar ichida\u00a0 turkiy sulolalar haqida qator ma\u02bclumotlar ham uchraydi. IX asr boshlaridan Abbosiylar xalifaligidan ajralib chiqishga intilgan qator davlatlar yuzaga keldi. Mazkur jarayon xalifalikning zaiflashishiga sabab bo\u02bblgan. IX asr boshlarida Shimoliy Afrika, Yaqin va O\u02bbrta Sharq mamlakatlarining mustaqil davlat tashkil etishga urinishi ularning xalifalikdan ajralib, mustaqil davlat tashkil etishida muhim qadam bo\u02bblgan. Bular sirasiga Misrda hukmronlik qilgan To\u02bbluniylar sulolasi (868\u2013905) Misr va Suriyada mustaqil mahalliy sulolaga asos solgan. To\u02bbluniylar sulolasining 905-yili qulashidan Ixshidiylar davlati barpo\u00a0 bo\u02bblgan davrgacha Misr abbosiylar tomonidan yuborilgan voliylar tomonidan boshqarilgan. Ammo turkiy sulola bo\u02bblmish To\u02bbluniylar tajribasidan, ya\u02bcni vakolatni voliylarga butkul berilishi oqibatida ularning taxtni egallashi va mustaqil davlatni boshqarishga urinishini ko\u02bbrgan Abbosiy xalifalar bu davrda Misrga jo\u02bbnatgan voliylariga to\u02bbla vakolat bermagan. Bir tomondan devonlar (idora qiluvchi organlar) boshqaruviga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri o\u02bbziga bo\u02bbysunuvchi kishilarni tayinlab, boshqa tomondan Misrni ma\u02bcmuriy jihatdan hududlarga bo\u02bblib, u yerda bir kishi hokimiyatining o\u02bbrnatilishiga yo\u02bbl qo\u02bbymagan. Ammo bu safar hokimlar orasida vakolat va mas\u02bculiyat uchun kurash avj olib, turli hududlardagi voliylar, ayniqsa, soliq turi bo\u02bblmish xaroj bo\u02bblimi amirlari bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Buning oqibatida Misr\u00a0 aholisi yashash sharoiti qiyinlashib, kambag\u02bballik darajasi ortgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Damashq shahri yaqinida xaj ziyoratiga boruvchilar yo\u02bbli to\u02bbsilib, mol mulki talon-toroj qilinayotganini eshitgan Abbosiy xalifa Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjga muammoni bartaraf etish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatma beradi. Muhammad\u00a0 muammoni hal etib, ularni tor-mor qilgach, 928-yilda Ramlaga, so\u02bbng 930-yilda Damashq voliysi lavozimiga tayinlangan\u00a0 [7:42]. Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj bu yerda Misr voliysi bo\u02bblgunga qadar qoladi. Misrda voliy vazifasini bajarayotgan Ahmad ibn Qayig\u02bblik Abbosiy xalifa ar-Rodiy ishonchini oqlamagach, xalifa uning o\u02bbrniga 935-yil avgust oyida 53 yoshni qarshilagan Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjni yuborgan. Bunda Abbosiy xalifa Ibn To\u02bbg\u02bbjga xalifalikka xaroj sog\u02bblig\u02bbini yetkazib turish shartini qo\u02bbygan. Shundan keyingina Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj oilasini Misrga olib kelgan. U faoliyati davomida bir necha bor Ahmad ibn Qayig\u02bblik qarshiligiga duch kelgan. Chunki Ahmad Misrni bosib olib, yakka hukmron bo\u02bblmoqchi edi. Ixshid sulolasi vakili Misrni 11-yil boshqargan va 946-yilning 25-iyulida 64 yoshida vafot etgan\u00a0 [5:244].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abbosiy xalifalar, ayniqsa, Mu\u02bctasim davrida (833-842) turkiylarni armiyaga olish amaliyoti kuchaygan [6:194]. Hatto mazkur xalifa turkiylar uchun Samarra shahrini ham qurgan. Mu\u02bctasim bu orada Farg\u02bbonadan juda ko\u02bbp turkiylarni olib kelgan. Ular orasida Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjning bobosi Juff ham bo\u02bblgan. O\u02bbrta asr tarixchisi Ibn Tag\u02bbriberdi uning kelib chiqishi haqida quyidagi ma\u02bclumotni keltiradi: \u201cMuhammad ibn To\u02bbg\u02bbj ibn Juff ibn Yo\u02bblto\u02bbkin ibn Furx ibn Furiy [5:325-328]. Uning ota-bobolari Farg\u02bbona podshohlaridan bo\u02bblgan. Manbalarda xalifa ar-Rodiyning 939-yil iyun-iyul oylarida Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjga \u201cIxshid\u201d unvonini bergani haqida ma\u02bclumotlar keltirilgan. Ularda bu unvonning \u201cMalikul-muluk\u201d, ya\u02bcni \u201cPodshohlar podshohi\u201d ma\u02bcnosini anglatishi ta\u02bckidlanadi [5:236-237; 2:76-77]. Bu uning oilasi Farg\u02bbonada hukmronlik qilganidan dalolat beradi. Shundan so\u02bbng, xutbalarda uning ismi aytilganda bu unvon unga bo\u02bbysunuvchi barcha shaharlarda qo\u02bbllana boshlagan [1:252]. Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjga \u201cIxshid\u201d unvonining berilishi uning oliy nasabli avlod vakili ekanidan dalolat beradi. Shuning uchun uning tashkil etgan davlati nomi ham ushbu unvon bilan \u201cIxshidiylar\u201d shaklida hozirgi kungacha yetib kelgan [6:199].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj Misr hokimi etib tayinlanganda xaroj amirligi ham unga berilishini qabul qila olmagan. Aslida bir necha yillar davomida xaroj amiri lavozimini o\u02bbz qo\u02bblida ushlab turgan mazzariylar unga kuchli qarshilik ko\u02bbrsatgan. Shu sababli Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj ularning ta\u02bcsirini bartaraf etish uchun vazir Ibn al-Furatni Misrga taklif qildi va uning yordami bilan Misr moliyasini o\u02bbz qo\u02bbliga oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn al-Furotning bu ish uchun Misrga qachon kelgani aniq ma\u02bclum emas. Ammo shunday bo\u02bblsa-da, u 936-937-yillarda xalifa ar-Rodiyga vazir bo\u02bblgan [5:260]. 939-yil 3-yanvarda vafot etgan Ibn al-Furotning bu davr orasida ushbu hududga kelgan deb taxmin qilish mumkin [5:261].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilib, Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj bir tomondan kuchli bir oilaning ta\u02bcsirini sindirgan bo\u02bblsa, boshqa tomondan Misrning moliya siyosatini boshqarish huquqini qo\u02bblga kiritdi [6:199-200].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj Misr hokimi etib tayinlanganda Damashq amiri edi. Shu sababli, amirlik qilgan yerlari ham Misr hokimi bo\u02bblganida unga qoldirilgan. Bu Shom mintaqasining katta qismi Ibn To\u02bbg\u02bbj hokimiyati ostida bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Aslida bu davrda uning nomidan Badr ibn Abdullah al-Harasiy bu yerda hokimlik qilgan [6:201].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">941-yil yanvarda xalifa ar-Rodiy\u00a0 vafot etdi va o\u02bbrniga ukasi Jafar al-Muttaqiy xalifa bo\u02bbldi. Al-Muttaqiy 941-yil 4-iyulda Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjning hokimligini tasdiqladi [1:290-291; 5:253-254]. Bu orada Ibn To\u02bbg\u02bbj\u00a0 Misr shurta amirligida bir qator o\u02bbzgarishlar qildi. U avval 941-yil 24-yanvarda Ali ibn Subaykni shurta amiri lavozimidan ozod qilib, o\u02bbrniga Husayn ibn Ali ibn Ma\u02bcqilni tayinladi. So\u02bbng 941-yil 15-aprelda uning o\u02bbrniga Yinal al-Hokiyni keltirdi. 941-yil 30-dekabrda buni ham ozod qilgan Ibn To\u02bbg\u02bbj Ali ibn Subaykni yana vazifaga qaytardi. O\u02bbn oy o\u02bbtib, 942-yil may-iyun oylarida uni ozod qilib, bu safar shurta amiri lavozimiga Ahmad ibn Muso ibn Zag\u02bblamanni\u00a0 qo\u02bbydi [1:290-291].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj bu davrda amalga oshirgan ishlaridan biri 943-yil 4-avgustda o\u02bbg\u02bbli Abul Qosim O\u02bbnujur uchun bay\u02bcat olishi bo\u02bbldi. U Misrning yetakchi shaxslari va qo\u02bbshin qo\u02bbmondonlarini yig\u02bbib, o\u02bbzidan keyin o\u02bbg\u02bbli O\u02bbnujurning Misr hokimi bo\u02bblishiga qaror qilganini e\u02bclon qildi va ulardan bay\u02bcat oldi [5:254; 8:329]. Shuningdek, kelajakda Ixshidiylar davlatiga bosh bo\u02bbladigan ozod qilingan quli Abul-Misk Kofurni o\u02bbg\u02bblining nazoratchisi (otabegi) qilib tayinladi [5:256]. Bu bilan u Misrni boshqarishni o\u02bbz oilasida saqlab qolishni ko\u02bbzlaganini ko\u02bbrsatdi. Manbalarda xalifaning bu voqeani tasdiqlagani yoki tasdiqlamagani haqida ma\u02bclumot yo\u02bbq. Ammo Ibn To\u02bbg\u02bbj vafot etganidan so\u02bbng O\u02bbnujurning Ixshidiylar davlatiga bosh bo\u02bblishini xalifa al-Mu\u02bctilillah tasdiqlagan. Bundan shuni bilish mumkinki, mazkur jarayonga xalifa rozi bo\u02bblgan yoki rozi bo\u02bblishga majbur bo\u02bblgan [5:291].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Ixshid 944-yilda Shomga borganida Abbosiylar xalifaligi qarorgohini Misrga ko\u02bbchirishga uringan. Ixshid Shomga xalifa Muttaqiyni Halabdagi hamadoniylar jabridan va Bag\u02bbdoddagi turkiy amirlar istibdodidan qutqarish maqsadida borgan edi. Muhammad Ixshid Shimoliy Furotda xalifani uzoqdan ko\u02bbrgach, otdan tushib uning yonigacha piyoda boradi va undan Misrga o\u02bbzi bilan borishni so\u02bbraydi. Biroq xalifaga o\u02bbz poytaxti, o\u02bbz oilasi qarorgohini tashlab ketish og\u02bbir ko\u02bbrinib, bu taklifni rad etgan [4:148]. U Damashqda kasal bo\u02bblib qolib, 946-yil 25-iyulda 64 yoshida vafot etadi [5:293].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalroq otasi Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj tomonidan Abul Qosim O\u02bbnujur foydasiga bay\u02bcat olingani sabab taxtga o\u02bbtirish borasida hech qanday muammo yuzaga kelmagan. Shu bilan birga, uning Ixshidiylar davlatiga rahbar bo\u02bblishini otasining ozod qilgan quli va o\u02bbzining nazoratchisi (otabegi) bo\u02bblgan Abul Misk Kafur shaxsan Bag\u02bbdodga borib, xalifa al-Mu\u02bctilillahga tasdiqlatib olgan [5:256; 8:329]. 946-yilning 2-avgustida xalifaning bu farmoyishi Damashqdagi juma namozida o\u02bbqildi. Unga\u00a0 ko\u02bbra, xalifa uni otasi hukmronlik qilgan barcha hududlarda viloyat hokimi deb e\u02bclon qilindi [1:294; 5:291].\u00a0 O\u02bbrta asr tarixchilari Ibn Tag\u02bbriberdi hamda Suyutiy\u00a0 \u201cO\u02bbnujur\u201d ismining ma\u02bcnosini \u201cMahmud\u201d, ya\u02bcni maqtalgan, madh etilgan deb ta\u02bcriflaydi [11:291;\u00a0 3:597].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Qosim O\u02bbnujurning ismi juma namozida o\u02bbqilganidan so\u02bbng ham Kafurning ta\u02bcsiri ostida bo\u02bblgan. U 946-yilning 4-avgustida Misr xazinasi amiri Muhammad ibn Ali ibn Muqotilni lavozimidan ozod qilib, o\u02bbrniga Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ahmad al-Mazariyni tayinlagan [1:294; 8:329]. Bu Ixshid Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj tomonidan Misr moliyasidan chetlashtirilgan eronlik Mazariylar oilasining qayta kuchaya boshlaganidan dalolat beradi [6:207]. Buni Kafurning Ixshidiylar oilasiga yaqin kishilarning moliyaviy ishlarni boshqarishini istamasligi bilan ham bog\u02bblash mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kafur davlatning moliyaviy tomonini ham nazoratini qo\u02bblga kiritgach, O\u02bbnujurga yiliga to\u02bbrt yuz ming dinor ajratdi va davlat daromadlarining qolgan qismini o\u02bbzi xohlaganidek sarfladi [5:291]. Al-Mazariyning bu borada Kafurga qarshi chiqqani haqida manbalarda hech qanday ma\u02bclumot yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda bir masalaga oydinlik kiritish kerakki, u ham Abul Misk Kafur bilan bog\u02bbliq. Aslida O\u02bbnujurning yoshligida Ixshidiylar davlatiga rahbar bo\u02bbldi. Shuningdek, bu davrda Kafur mamlakatda kuchli ta\u02bcsirga ega edi. Bu esa, o\u02bbz navbatida, Kafurga Ixshidiylar davlati boshqaruvini to\u02bbliq o\u02bbz qo\u02bbliga olishiga imkoniyat yaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad bin To\u02bbg\u02bbjdan keyin ham, rasmiy jihatidan Ibn To\u02bbg\u02bbjning oilasi davlat boshqaruvida bo\u02bblgan bo\u02bblsa-da, uning vafotidan keyin davlatni boshqarish amalda Kafurning qo\u02bblida bo\u02bbldi. Demak, bu yerda Ixshidiylar davlatiga rahbar bo\u02bblgan amirlar ismi va amirlik qilgan davriga ko\u02bbrsatilsa-da, aslida bu davrda Abul Misk Kafur haqiqiy hokim bo\u02bblgan. Barcha ma\u02bcmuriy tayinlovlar, armiyani boshqarish, olib borilgan barcha urushlar Kafur qarori asosida shakllangan. O\u02bbnujur va undan keyingi Ixshidiylar Kafur vafot etguncha bu qarorlarni tasdiqlovchi bir lavozimdan nariga o\u02bbta olmadi. Shu sababli O\u02bbnujur va boshqa amirlarning amallari aslida Kafur qarori ekani e\u02bctibordan chetda qolmasligi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikki avlodi Abbosiy xalifalar xizmatida bo\u02bblgan Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbj Ixshid (935\u2013946) va uning sulolasi vakillari Abdu Qosim ibn O\u02bbnujo\u02bbr Ixshid (946-961), so\u02bbng Abu Hasan Ali ibn Ixshid (961-966), avval O\u02bbnujo\u02bbrga nazoratchi \u2013 regent bo\u02bblgan Abu Misk Kofur (966-968) va Abu Favoris Ahmad ibn Ali (968-969) kabilar Ixshidiylar davlatini boshqargan. Bu sulola ham qariyb 35-yil hukmronlik qilgan. Misr va Shomdagi\u00a0 Ixshid askarlarining umumiy soni qo\u02bbriqchilardan tashqari qirq mingta bo\u02bblgan. Ulardan sakkiz ming nafari mamluklardan tashkil topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ixshidiylarning qurilish sohasidagi ishlari haqida, ayniqsa, O\u02bbrta asr tarixchisi al-Maqriziyning \u201cXutat\u201d asarida ma\u02bclumotlar mavjud. Ammo bu davrdan hozirgi kunga qadar hech qanday inshoot saqlanib qolmagan. Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjning Rovda orolida qurdirgan \u201cQasrul Muxtar\u201d, Kafurning \u201cBostonul Kafuriyya\u201dsi haqidagi ma\u02bclumotlar manbalardagini saqlanib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ixshidiy amirlar olim, adib va shoirlarga katta ahamiyat bergan, ularga qiziqish ko\u02bbrsatib, moddiy jihatdan ta\u02bcminlagan. Fustatdagi Amr masjidi va Ibn To\u02bblun masjidi olimlarning dars beradigan ikkita muhim markazi bo\u02bblgan [10:271]. Molikiy va shofe\u02bciy faqihlar erkin munozara qilishi, o\u02bbz fikri va hukmini o\u02bbz mazhabiga mansub kishilarga yetkazishi mumkin edi. Muhammad ibn To\u02bbg\u02bbjning qozisi sakson yoshda Misrda vafot etgan mashhur shofe\u02bciy faqih Abu Bakr ibn al-Haddad bo\u02bblgan [5:313].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tilshunoslik bo\u02bbyicha mashhur olimlardan Abul Abbos Ahmad ibn al-Vallad va Abu Ja\u02bcfar an-Nahhas juda ko\u02bbp kitob muallifi bo\u02bblib, ko\u02bbplab shogird yetishtirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arab tili grammatikasi bo\u02bbyicha mashhur olimlar Abu Ishaq an-Nujayriy va Abu Bakr Muhammad Sibeveyh ham ushbu davrda ijod qilgan hamda arab tili grammatikasi rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Misk Kofur davrida Misrga kelgan mashhur shoirlardan biri Mutanabbiy va dastlab Kofurga madhiya aytgan, biroq niyatiga yetmaganidan so\u02bbng hajviya yozgan va Misrda ko\u02bbp qolmay, u yerdan\u00a0 ketgan. U Ixshidiylar qo\u02bbshini qo\u02bbmondonlaridan biri bo\u02bblgan Fayyum hokimi Fatik Rumiyni ham madh qilgan she\u02bcr yozgan [5:330].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrning taniqli shoirlari Ahmad ibn Muhammad Qosim ibn Ahmad ar-Rassey va Muhammad ibn Hasan ibn Zakariya hisoblanadi [6:221]. Ushbu davrning eng mashhur tarixchilari \u2013 Ibn Yunus as-Safadiy, al-Kindi va Ibn Zulayh. Demak, Ixshidiylar davlati qisqa fursat ichida bo\u02bblsa-da, Misr tarixida o\u02bbz izini qoldirgan. Davlatning asosiy yutuqlaridan biri turkiy sulola To\u02bbluniylar davlatining qulashidan so\u02bbng, taxminan o\u02bbttiz yil davom etgan tartibsizlikdan so\u02bbng Misrda tinchlik va barqarorlikni ta\u02bc-minlab,\u00a0 ilm-fan rivojiga hissa qo\u02bbshgan. Bu davrda ko\u02bbplab olimlar yetishib chiqqan va ularning merosi bugungacha saqlanib qolgan. Ularning har biri o\u02bbz sohasiga muhim hissa qo\u02bbshgan va tarixda iz qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abbosiy xalifalarga rasman bo\u02bbysunuvchan bo\u02bblgan Ixshidiylar bir tomondan Suriya hududi uchun hamdaniylarga qarshi kurashgan bo\u02bblsa, boshqa tomondan Misrning g\u02bbarbida shia-fotimiylarning sharqqa kengayishiga o\u02bbttiz to\u02bbrt yil davomida to\u02bbsqinlik qila oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Tug\u02bbjdan keyin rasmiy davlat rahbarlari turkiy bo\u02bblgan. Turkiy davlat bo\u02bblishiga qaramay, uni o\u02bbttiz to\u02bbrt yillik umrining yigirma ikki yilida amalda ozod qul Abu Misk Kafur boshqargan. Ammo shunga qaramay, davlat, ayniqsa, armiyadagi ulushi tufayli o\u02bbzining turkiy xususiyatini yo\u02bbqotmadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shimoliy Afrikani boshqarib kelayotgan Fotimiylar Misrni zabt etishga intilgan. Ular Kafur Ixshid vafotidan so\u02bbng Misrni qo\u02bblga kiritgan va 969-yildan u yerda Fotimiylar boshqaruvi boshlangan. Ular Misrda taxtni egallagach, o\u02bbz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida katta qo\u02bbshinga ehtiyoj oshib borgan. Shunga ko\u02bbra, Fotimiylar o\u02bbz qo\u02bbshiniga turkiylardan tashqari kurd, daylamiy va hatto, janglarda asir tushgan g\u02bbarbiy yurtlardan keltirilgan qullarni ham\u00a0 jalb etgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Umar Muhammad ibn Yusuf Kindiy. Kitob al-vilat va kitob al-kudat. \u2013 Bayrut, 1908.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Bosvort K.E. Musulmanskiye dinastii. Spravochnik po xronologii i genealogii. \/Per. s angl. P.A.Gryaznevicha. \u2013 M.:Nauka, 1971. \u2013 S.324.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Jaloliddin ibn Muhammad as-Suyutiy. Kitob husn al-muhodara bi axbor Misr val Qohira. \/ Muhaqqiq Muhammad Abu Al-Fadl Ibrohim. \u2013Qohira: Dor ih\u02bcya al-kutub al-arabiya, 1967. \u2013 1281 b.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn al-Asir Ali ibn Ahmad. Al-Komil fi-t-tarix. \u2013 Qohira: Dor al-Kutub al-Misriya, 1987.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Tag\u02bbriberdi Abu al-Mahosin. Kitob an-nujum az-zohira fi muluk Misr val Qohira. Jild 3. \u2013 Lubnon: dor al \u2013 kutub al-ilmiya, 1992.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kaz\u0131m Yasar Kopraman. Ihshid\u00eeler, Do\u011fu\u0122tan G\u00fcn\u00fcm\u00fcze B\u00fcy\u00fck Islam Tarihi (Edit\u00f6r: Hakk\u0131 Dursun Y\u0131ld\u0131z). \u2013 Istanbul, 1992, VI. \u2013194.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nadir \u00d6 Ixshidiylari \/\/ T\u00fcrkler. \u2013 Ankara: Yen\u0121 t\u00fcrk\u0121ye yayinlari, 2002. \u2013 S.42.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Taqiy ad-Din al-Maqriziy. Kitob al-mavoiz va al-i\u02bbtibor bi-zikr al-xutat va al-osor. J.1.. \u2013 Buloq: Kaston Viit, 2002. \u2013 B.325-328.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Filshtinskiy I.M. Istoriya arabov i xalifata (750-1517) \u2013 M.: 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Hasan Ibrohim Hasan. Tarix al-islomiy. 4 jildli, \u2013 Bayrut: Dor al-ma\u02bborif, 1991.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zuxra ARIPOVA<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi \u201cArab tili va adabiyoti al-Azhar\u201d<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0kafedrasi <\/em><em>professor<\/em><em>i<\/em><em> v.b., tarix fanlari doktori<\/em><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bir necha asr davom etgan xalifalik tuzumiga oid ma\u02bclumotlar ichida\u00a0 turkiy sulolalar haqida qator ma\u02bclumotlar ham uchraydi. IX asr boshlaridan Abbosiylar xalifaligidan ajralib chiqishga intilgan qator davlatlar yuzaga keldi. Mazkur jarayon xalifalikning zaiflashishiga sabab bo\u02bblgan. IX asr boshlarida Shimoliy Afrika, Yaqin va O\u02bbrta Sharq mamlakatlarining mustaqil davlat tashkil etishga urinishi ularning xalifalikdan ajralib, mustaqil davlat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":44688,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-08-22T04:53:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-08-21T05:30:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"372\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz\",\"name\":\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg\",\"datePublished\":\"2025-08-22T04:53:34+00:00\",\"dateModified\":\"2025-08-21T05:30:20+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg\",\"width\":660,\"height\":372},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-08-22T04:53:34+00:00","article_modified_time":"2025-08-21T05:30:20+00:00","og_image":[{"width":660,"height":372,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz","name":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg","datePublished":"2025-08-22T04:53:34+00:00","dateModified":"2025-08-21T05:30:20+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/ixshidiy2208.jpg","width":660,"height":372},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44687&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA \u2013 IXSHIDIYLAR HAQIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44687"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=44687"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44687\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44689,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44687\/revisions\/44689"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/44688"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=44687"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=44687"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=44687"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}