{"id":44298,"date":"2025-08-04T09:44:10","date_gmt":"2025-08-04T04:44:10","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=44298"},"modified":"2025-08-04T16:44:16","modified_gmt":"2025-08-04T11:44:16","slug":"raqamli-jamiyatda-axloq-va-qadriyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz","title":{"rendered":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli jamiyat inson hayotining barcha jabhasida, axloq va qadriyatlar tizimida tub o\u02bbzgarishlarga sabab bo\u02bblmoqda. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va internetning keng tarqalishi tufayli insonlar o\u02bbrtasida muloqot, ijtimoiy aloqalar va axloqiy me\u02bcyorlar qayta shakllanmoqda. Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli platformalar foydalanuvchilari insonlar o\u02bbrtasida yangi axloqiy me\u02bcyorlarni belgilamoqda. Bu esa shaxsiy hayotga daxldorlik, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma\u02bclumotlarni himoya qilish kabi qator masalalarni kun tartibiga qo\u02bbydi. Hozirgi raqamli jamiyatda axloqiy masalalarning ko\u02bbpayishi yangi axloqiy tamoyillar va yondashuvlarni ishlab chiqishni talab qilmoqda. Jumladan, kiberbulling, internetdagi aldash va firibgarlik, feyk axborotlar tarqatilishi kabi muammolar axloqiy va huquqiy jihatdan yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Axborot xavfsizligi, shaxsiy ma\u02bclumotlar himoyasi, axloqiy tarbiya va raqamli savodxonlik kabi mavzular jamiyatning barcha qatlamlari uchun dolzarb ahamiyatga ega bo\u02bblib qolmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli jamiyatda axloq va qadriyatlar faqatgina insonlar o\u02bbrtasidagi munosabatlar va muloqot me\u02bcyorlarini aniqlash emas, balki raqamli hayotning barcha sohalarida ustuvor me\u02bcyorlar sifatida shakllanishi zarur. Axloqiy qadriyatlarning raqamli muhitdagi rivojlanishini ta\u02bcminlash, ularning barqarorligiga erishish hamda jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash uchun muhim ilmiy asoslarni yaratish zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jon Roulz \u201cAdolat nazariyasi\u201d (\u201cTheory of Justice) asarida adolatga jamiyatdagi asosiy qadriyat sifatida qarab, \u201codil adolat\u201d tushunchasini ishlab chiqadi. Uning fikriga ko\u02bbra, jamiyatda adolat mezonlari ishlab chiqilishi kerak va barcha fuqaro teng huquqlardan foydalanishi lozim. Roulzning fikricha, \u201char bir shaxsga boshqalar bilan teng bo\u02bblgan erkinliklarning keng to\u02bbplami kafolatlanishi kerak\u201d [4:29].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Emmanuil Kantning axloqiy qarashlari \u201cKategorik imperativ\u201d tushunchasiga asoslanadi. Kantning fikriga ko\u02bbra, insonlar o\u02bbz harakatlarida \u201char doim shunday ish tutingki, siz qilgan ish barcha uchun umumiy qonun bo\u02bblib qolishi mumkin\u201d, degan tamoyilga amal qilishi kerak. Bu degani, har qanday insonning harakati umumiy axloqiy qoidalarga muvofiq bo\u02bblishi lozim [2:19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jon Styuart Millning utilitarizm nazariyasiga ko\u02bbra, insonlarning harakatlari faqat ularning natijalariga ko\u02bbra axloqiy yoki noaxloqiy deb baholanishi mumkin. Millning fikriga ko\u02bbra, \u201chamma uchun maksimal baxt va minimal azob keltiruvchi har bir harakat to\u02bbg\u02bbri harakatdir\u201d. Bu yerda baxt tushunchasi insonlarning shaxsiy va jamiyat hayotidagi yaxshi holatini anglatadi [3:19].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotda murakkab tahlil,\u00a0 kuzatuv va nazariy tahlil usullari qo\u02bbllanildi. Turli raqamli platformalarda axloq va qadriyatlar bo\u02bbyicha tadqiqotlar o\u02bbtkazildi. Axloqiy muammolarni aniqlash uchun ijtimoiy medialar va internet foydalanuvchilarining fikrlari va tendensiyalari tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi sifatli va miqdoriy tadqiqotlar usullarini birlashtirib, rang-barang ma\u02bclumot manbalarini qamrab oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axloq va qadriyat tushunchalarining raqamli jamiyat sharoitidagi evolyutsiyasini o\u02bbrganishda axloqshunoslik, ijtimoiy falsafa, madaniyatshunoslik va axborot texnologiyalari sohalaridagi ilmiy manbalar va adabiyotlarga asoslandi. Bunda axloqiy me\u02bcyorlar va qadriyatlarning raqamli muhitda o\u02bbzgarishiga oid asosiy nazariy yondashuvlar tahlil qilindi. Raqamli platforma va ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy me\u02bcyorlarning evolyutsiyasini o\u02bbrganishda Jon Roulz, Emmanuil Kant va Jon Styuart Mill kabi axloqshunos olimlarning asosiy g\u02bboyalari qayta ko\u02bbrib chiqildi va ularning raqamli muhitdagi qo\u02bbllanilishi baholandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axloqiy me\u02bcyorlar va qadriyatlar raqamli jamiyatda qanday qabul qilinishi va ularga nisbatan foydalanuvchilarning munosabatini o\u02bbrganish maqsadida, so\u02bbrovnomalar o\u02bbtkazildi. So\u02bbrovnomalarda internet va raqamli platformalardan foydalanuvchilar, ayniqsa, yoshlar o\u02bbrtasida axloqiy qadriyatlarning muhimligi, axborot xavfsizligi, shaxsiy ma\u02bclumotlarni himoya qilish, internetdagi axloq va etiket masalalari bo\u02bbyicha fikrlari to\u02bbplandi. 500 nafar foydalanuvchi qatnashgan ushbu so\u02bbrovnomalardan olingan natijalar statistik tahlil qilindi va raqamli jamiyatdagi turli tendensiyalar aniqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli jamiyatda shaxsiy ma\u02bclumotlarni himoya qilish va axborot xavfsizligi masalalari ko\u02bbpchilikning e\u02bctiboridan chetda qolmoqda. Aksariyat foydalanuvchilar shaxsiy ma\u02bclumotlari, parollar va bank ma\u02bclumotlarini xavfsiz saqlash borasida yetarli bilimga ega emas. Bundan tashqari, kiberhujumlar, shaxsiy ma\u02bclumotlarning yoyilishi va axborot xavfsizligi bilan bog\u02bbliq boshqa muammolar shaxslar va tashkilotlar o\u02bbrtasidagi ishonchsizlikni kuchaytiradi [2:76]. Raqamli platformalarda odamlar o\u02bbrtasidagi muloqotlar ko\u02bbp hollarda agressiya, nafrat va haqoratlarga aylanadi. Bu, ayniqsa, yoshlar o\u02bbrtasida kiberbulling holatlarining ko\u02bbpayishiga olib keladi. Buning sababi anonimlik, javobgarlikning yetishmasligi va foydalanuvchilarda axloqiy normalarni bilish va ularga rioya qilish darajasining pastligidir. Kiberbulling va onlayn agressiya raqamli jamiyatdagi eng jiddiy axloqiy muammolardan biri hisoblanadi. Raqamli platformalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlar o\u02bbrtasidagi muloqotlar ko\u02bbp hollarda agressiv va salbiy xatti-harakatlarga aylanadi. Ayniqsa, yoshlar o\u02bbrtasida kiberbulling holatlarining ko\u02bbpayishiga sabab bo\u02bbladi. Buning oqibatlari juda jiddiy bo\u02bblishi mumkin, chunki kiberbullingning qurbonlari ko\u02bbpincha psixologik jarohat oladi, o\u02bbziga bo\u02bblgan ishonchi pasayib, tushkunlikka tushadi. Hatto suitsidga olib keluvchi holatlar ham kuzatilishi mumkin. Raqamli muhitda anonimlikni saqlash imkoniyati katta bo\u02bblgani bois foydalanuvchilar o\u02bbz harakatlari uchun javobgarlikni his qilmaydi. Anonimlik yoki qalbaki akkauntlar orqali insonlar o\u02bbz fikrlarini erkin ifoda qilishi mumkin, bu esa ko\u02bbpincha agressiyaga, haqoratlarga va zo\u02bbravonlikka olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli platformalarda ijtimoiy normalar va axloqiy kodekslar ko\u02bbpincha yetarli darajada shakllanmagan bo\u02bbladi. Turli mamlakatlar va madaniyatlar orasida axloqiy me\u02bcyorlar farqli bo\u02bblgani uchun raqamli muhitdagi xatti-harakatlar ham har xil ko\u02bbrinishda bo\u02bblishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijtimoiy tarmoq va raqamli platformalar tezkor muloqot imkoniyatini yaratadi, bu esa foydalanuvchilarning his-tuyg\u02bbularini tezda bildirishiga olib keladi. Juda tez qaytarilgan reaksiya va javoblar ko\u02bbpincha nazoratdan chiqib, agressiyaga aylanishi mumkin. Ayrim guruh va shaxslar ijtimoiy tarmoq va onlayn platformalarda foydalanuvchilarni muayyan g\u02bboyalar yoki aqidalar orqali agressiv xatti-harakatlarga undaydi. Natijada turli xil nazariy qarashlarga ega guruhlar o\u02bbrtasida nizo va kiberbulling holatlari yuzaga keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli platformalarda anonimlikni kamaytirish va foydalanuvchilarning shaxsiy ma\u02bclumotlarini tasdiqlash jarayonlarini kuchaytirish orqali kiberbullingni kamaytirish mumkin. Buning natijasida foydalanuvchilar o\u02bbz xatti-harakatlari uchun javobgar bo\u02bbladi va agressiv harakatlardan qochishga intiladi. Ijtimoiy tarmoq va raqamli platformalarda axloqiy kodekslar va xatti-harakat qoidalarini joriy etish kerak. Bu kodekslar foydalanuvchilarni odobli va madaniyatli muloqot qilishga undashi mumkin. Foydalanuvchilar bu qoidalarni buzgan taqdirda, platforma egalari tomonidan belgilangan jazo choralari ko\u02bbrilishi zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarda avtomatlashtirilgan kontent filtrlari va tahlil vositalaridan foydalanish kerak. Bu vositalar kiberbulling, nafrat va agressiyani aniqlash va bunday kontentni to\u02bbxtatishga qaratilgan bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maktab va oliy ta\u02bclim muassasalarida axloqiy tarbiya va raqamli savodxonlikni oshirish bo\u02bbyicha maxsus kurslar va treninglar tashkil qilinishi, yoshlar kiberbulling va uning salbiy oqibatlari haqida to\u02bbg\u02bbri ma\u02bclumotga ega bo\u02bblishi kerak. Bu ularning onlayn muhitda muloqot qilish madaniyatini yaxshilashga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli platformalarni nafaqat muloqot vositasi, balki ma\u02bcrifat va ta\u02bclim platformasi sifatida ham rivojlantirish zarur. Pozitiv muloqot va ijobiy ta\u02bcsir etuvchi ma\u02bclumotlarni tarqatish uchun tadbirlar va loyihalar, kiberbullingdan jabrlanganlarga yordam ko\u02bbrsatish uchun psixologik va huquqiy yordam markazlari tashkil etilishi kerak. Bunday yordam foydalanuvchilarning psixologik holatini yaxshilashga va ularga o\u02bbzini tiklashda yordam beradi. Kiberbulling va onlayn agressiya muammolari raqamli jamiyatdagi eng muhim axloqiy va ijtimoiy muammolardan biri bo\u02bblib, ularning oldini olish uchun kompleks yondashuv talab qilinadi. Axloqiy tarbiya, javobgarlikni oshirish, axloqiy kodekslar joriy etish va yordam mexanizmlarini tashkil etish orqali raqamli muhitda tinch va madaniyatli muloqot muhitini yaratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli jamiyatda yolg\u02bbon ma\u02bclumotlar va feyk yangiliklarning tarqalishi og\u02bbriqli muammolardan biri hisoblanadi. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan noto\u02bbg\u02bbri ma\u02bclumotlar jamiyatda xato tushunchalar, nafrat, ziddiyat va ijtimoiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Bunday ma\u02bclumotlarning keng tarqalishi esa fuqarolarning ishonchini kamaytirib,\u00a0 axborot manbalarining ishonchliligini shubha ostiga qo\u02bbyadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab foydalanuvchilar axborot manbalarini tanlash va ularning ishonchliligini tekshirish borasida yetarli bilimga ega emas. Bu esa yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarning keng tarqalishiga sabab bo\u02bbladi. Foydalanuvchilar axborotni tekshirishga vaqtini sarflamasdan, uni avtomatik tarzda qabul qiladi va boshqalar bilan bo\u02bblishadi. Ayrim manfaatli guruh va shaxslar ijtimoiy tarmoq va onlayn platformalar orqali feyk ma\u02bclumotlarni tarqatib, o\u02bbz maqsadiga, ya\u02bcni jamiyatdagi ziddiyat va qarama-qarshilikni kuchaytirish, ma\u02bclum guruhlarni oqlash yoki qoralashga harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon ma\u02bclumotlar ko\u02bbpincha sensatsiyali yoki shov-shuvli bo\u02bbladi, bu esa ularning\u00a0 keng auditoriyaga tez tarqalishiga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab ijtimoiy tarmoq va onlayn platforma egalari noto\u02bbg\u02bbri ma\u02bclumotlarni tarqatishni nazorat qilish yoki ularni filtrlashda yetarli darajada samarali emas. Bunday nazoratsizlik yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarning tarqalishiga va uning ta\u02bcsir doirasini kengaytirishga yordam beradi. Ayrim ommaviy axborot vositalari auditoriyani jalb qilish va ko\u02bbproq reyting olish maqsadida noto\u02bbg\u02bbri yoki tekshirilmagan ma\u02bclumotlarni tarqatishi mumkin. Bu esa feyk yangiliklar va yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarning tarqalishiga olib keladi [3:23].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yolg\u02bbon ma\u02bclumotlar va feyk yangiliklar tarqalishining oldini olish uchun axborot savodxonligini oshirish zarur. Maktablar va oliy ta\u02bclim muassasalarida axborot manbalarini tanlash, ularni tekshirish va tanqidiy tahlil qilish bo\u02bbyicha maxsus kurs va seminarlar o\u02bbtkazish, foydalanuvchilarni tekshirilmagan ma\u02bclumotlarni qabul qilmaslikka va uni boshqalarga tarqatmaslikka o\u02bbrgatish zarur. Ommaviy axborot vositalari va onlayn platformalarning ishonchliligi va mas\u02bculiyatini oshirish zarur. Buning uchun ular axborotni tekshirish va ma\u02bclumotlarni validatsiya qilish bo\u02bbyicha qat\u02bciy qoidalar va standartlar joriy qilishi lozim. Xabar tarqatuvchi manbalarning ishonchliligini tasdiqlovchi mexanizmlar ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy qilinishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarda yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarni aniqlash va bloklash uchun maxsus algoritmlar va texnologiyalardan foydalanish lozim. Masalan, kontentni tahlil qilish vositalari va ma\u02bclumotlarning haqiqiyligini tekshiruvchi dasturlar feyk ma\u02bclumotlarni tarqalishidan oldin aniqlash va uni to\u02bbxtatish imkonini beradi. Faktlarni tekshirishga ixtisoslashgan mustaqil platforma va tashkilotlar rivojlantirilsa, bunday platformalar foydalanuvchilarga tezkor va ishonchli axborot taqdim etish va yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarning oldini olish imkonini beradi. Ular axborot manbalarini tekshirish va baholash borasida foydalanuvchilarga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ommaviy axborot vositalari va onlayn platformalar axborot tarqatishda o\u02bbz mas\u02bculiyatini sezishi kerak. Yolg\u02bbon ma\u02bclumot tarqatgan manbalarga nisbatan huquqiy va iqtisodiy choralar ko\u02bbrish lozim. Bu ommaviy axborot vositalari va platformalarning javobgarligini oshiradi va ularni ishonchli axborot tarqatishga undaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari tomonidan feyk yangiliklar va yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarning ta\u02bcsiri va ularning oldini olish bo\u02bbyicha ommaviy ma\u02bcrifat ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Axborot savodxonligi bo\u02bbyicha ommaviy tushuntirish ishlari fuqarolarni yolg\u02bbon ma\u02bclumotlarga nisbatan ehtiyot bo\u02bblishga undaydi. Yolg\u02bbon ma\u02bclumotlar va feyk yangiliklarning tarqalishi raqamli jamiyatning asosiy muammolaridan biri bo\u02bblib, uni hal etish uchun kompleks yondashuv talab qilinadi. Axborot savodxonligini oshirish, axborot manbalarining ishonchliligini ta\u02bcminlash, faktlarni tekshirish va javobgarlikni kuchaytirish orqali raqamli muhitda to\u02bbg\u02bbri va ishonchli axborot tarqatilishini ta\u02bcminlash mumkin [4:11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli jamiyatda odamlarning axloqiy qarashlari va madaniyati yetarli darajada shakllanmagan bo\u02bblishi mumkin. Turli mamlakat va madaniyatlar o\u02bbrtasida axloqiy me\u02bcyorlar va qoidalar farqlanadi, bu esa turli xil nizolar va tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Raqamli jamiyatda axloqiy me\u02bcyorlarga rioya qilish uchun axloqiy tarbiyani kuchaytirish va raqamli savodxonlikni oshirish muhim ahamiyatga ega. Maktablar va oliy ta\u02bclim muassasalarida axloqshunoslik va raqamli savodxonlik bo\u02bbyicha maxsus kurslar va treninglarni joriy etish lozim. Foydalanuvchilarga raqamli platformada muloqot qilish madaniyati, axloqiy tamoyillar va kiberxavfsizlik bo\u02bbyicha ma\u02bclumot berish kerak. Har bir shaxs va tashkilot axborot xavfsizligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha chora-tadbirlarni ko\u02bbrishi zarur. Jumladan, kuchli parollar yaratish, ikki bosqichli autentifikatsiyani faollashtirish, shaxsiy ma\u02bclumotlarni saqlashda ehtiyot bo\u02bblish, kiberhujumlardan himoyalanish uchun maxsus dasturlardan foydalanishni o\u02bbz ichiga oladi. Davlatlar va kompaniyalar axborot xavfsizligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha qonunlar va bu bo\u02bbyicha siyosatini kuchaytirishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli platformalarda axloqiy me\u02bcyorlarga rioya qilishni ta\u02bcminlash uchun foydalanuvchilar xatti-harakati nazorat qilinishi kerak. Platforma egalari tomonidan kontentni filtrlash va agressiv yoki noto\u02bbg\u02bbri ma\u02bclumotlarning tarqalishini oldini olish uchun avtomatlashtirilgan algoritmlardan foydalanish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Raqamli platforma foydalanuvchilari o\u02bbrtasida javobgarlikni oshirish uchun platformalarda anonimlikni kamaytirish va shaxsiy ma\u02bclumotlarni tasdiqlash jarayonlarini kuchaytirish lozim. Bu nafaqat kiberbulling va agressiyaning oldini oladi, balki onlayn muloqotda ishonchlilikni ham oshiradi. Raqamli jamiyatda axloq va qadriyatlarning ahamiyatini mustahkamlash zarur. Axloqiy tarbiyani kuchaytirish va raqamli madaniyatni oshirish bilan raqamli jamiyatda xavf-xatarlarni kamaytirish mumkin. Shu bois davlat va jamiyatning raqamli savodxonlikni oshirishga yo\u02bbnaltirilgan siyosat va dasturlari muhim ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, raqamli jamiyatda axloq va qadriyatlar muhim ahamiyatga ega va ularni saqlash hamda rivojlantirish uchun ijtimoiy, ta\u02bclimiy, texnologik va qonuniy choralarini birgalikda qo\u02bbllash zarur. Axloqiy qadriyatlarning raqamli muhitdagi rivojlanishini ta\u02bcminlash, axloqiy tarbiyani kuchaytirish va axborot xavfsizligini ta\u02bcminlash bilan raqamli jamiyatda xavf-xatarlarni kamaytirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash mumkin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Anderson J., Rainie, L. The Future of Digital Life and Well-Being. Pew Research Center. Retrieved from Pew Research. 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Poetika. Axloqi kabir. Ritorika. \u2013 Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Kant I. Groundwork for the Metaphysics of Morals. \u2013 Cambridge: Cambridge University Press, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mill J. S. Utilitarianism. \u2013 London: Parker Son and Bourn, 1863.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rawls J. A Theory of Justice. \u2013 Massachusetts: Harvard University Press, 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>LALIXON MUXAMEDJANOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0<\/em><em>Mirzo Ulug\u02bbbek nomidagi O\u02bbzbekiston Milliy universiteti<\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi professori,<\/em> <em>falsafa fanlari nomzodi<\/em><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Raqamli jamiyat inson hayotining barcha jabhasida, axloq va qadriyatlar tizimida tub o\u02bbzgarishlarga sabab bo\u02bblmoqda. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi va internetning keng tarqalishi tufayli insonlar o\u02bbrtasida muloqot, ijtimoiy aloqalar va axloqiy me\u02bcyorlar qayta shakllanmoqda. Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli platformalar foydalanuvchilari insonlar o\u02bbrtasida yangi axloqiy me\u02bcyorlarni belgilamoqda. Bu esa shaxsiy hayotga daxldorlik, axborot xavfsizligi, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":44299,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-08-04T04:44:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-08-04T11:44:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz\",\"name\":\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg\",\"datePublished\":\"2025-08-04T04:44:10+00:00\",\"dateModified\":\"2025-08-04T11:44:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-08-04T04:44:10+00:00","article_modified_time":"2025-08-04T11:44:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz","name":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg","datePublished":"2025-08-04T04:44:10+00:00","dateModified":"2025-08-04T11:44:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/08\/raqamli0408.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44298&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"RAQAMLI JAMIYATDA AXLOQ VA QADRIYATLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44298"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=44298"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44340,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44298\/revisions\/44340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/44299"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=44298"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=44298"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=44298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}