{"id":44215,"date":"2025-07-28T11:58:19","date_gmt":"2025-07-28T06:58:19","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=44215"},"modified":"2025-07-28T11:58:19","modified_gmt":"2025-07-28T06:58:19","slug":"bosh-maqsad-milliy-o%ca%bbzligimizni-anglash-va-targ%ca%bbib-etish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz","title":{"rendered":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH"},"content":{"rendered":"<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbtgan har bir soniya \u2014 tarix. Bu tarixning qanday yozilishi esa jamiyat, insonlar<\/strong> <strong>hamda davlat boshqaruvi tizimi qay darajada oqilona va adolatli ekaniga<\/strong> <strong>bog\u02bbliq. Yangi O\u02bbzbekiston davrining o\u02bbtgan to\u02bbqqiz yili xalqimiz hayotida<\/strong> <strong>unutilmas voqealar, yuksak natijalar bilan yodda qoldi. Boshqacha aytganda, o\u02bbzbek<\/strong> <strong>davlatchiligi buyuk o\u02bbzgarishlar va samarali islohotlar bilan boyigan, inson qadri<\/strong> <strong>eng oliy qadriyatga aylangan, milliy ma\u02bcnaviyat va madaniy merosga munosabat<\/strong> <strong>yuksak bosqichga ko\u02bbtarilgan davr sifatida tarix zarvaraqlaridan joy olmoqda<\/strong><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun yurtimizning boy tarixini chuqur o\u02bbrganish, bu yo\u02bbnalishda ilmiy tadqiqot faoliyatini jadallashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash yangi O\u02bbzbekiston strategiyasining ustuvor yo\u02bbnalishlaridan biriga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Milliy tarix, madaniyat va ma\u02bcnaviyatga chuqur hurmat, ularni asrab-avaylash va yanada boyitish, shu bilan birga, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash taraqqiyotga intilayotgan har qanday jamiyat uchun hal qiluvchi omildir. Ana shu haqiqat yangi O\u02bbzbekiston davrida barcha sohalarda namoyon bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda yurtimizda tarixni xolis va haqqoniy o\u02bbrganish, ochilmagan sahifalarni tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar yaratildi. Xususan, 2017-2021-yillar davomida Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilishi milliy ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifatimiz yuksak qadrlanganining yorqin ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mazkur markazlarda bajarilayotgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro doirada ham katta qiziqish uyg\u02bbotmoqda. Bu markazlar dunyoning yuzdan ortiq davlati va nufuzli ilmiy muassasasi bilan hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday samarali aloqalar tufayli yurtimizga tegishli, bir paytlar turli sabablarga ko\u02bbra xorijga olib ketilgan minglab tarixiy merosimiz o\u02bbz vataniga qaytarilmoqda. Jahonning nufuzli muzeylari va fondlari bilan hamkorlik yo\u02bblga qo\u02bbyilib, ularda O\u02bbzbekistonning boy madaniy merosi keng namoyish etilayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2022-yilda Fransiyaning mashhur Luvr muzeyida o\u02bbtkazilgan milliy meros ko\u02bbrgazmasi buning yaqqol isbotidir. Besh oy mobaynida davom etgan mazkur ko\u02bbrgazma 260 mingdan ziyod tomoshabinni jalb qildi. Ko\u02bbrgazmada yurtimiz muzeylarida saqlanayotgan 138 <u>ta<\/u> qimmatli eksponat namoyish etildi. Ular orasida kulollik, yog\u02bboch, metall, devoriy san\u02bcat va qog\u02bbozga oid 70 dan ortiq nodir buyum restavratsiya qilinib, ilk bor xalqaro maydonga olib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston tarixi islohotlar va yutuqlar tarixi bo\u02bblib, uning ajralmas bir qismi milliy o\u02bbzlikni anglash, milliy meros va ma\u02bcnaviyatni yuksaltirishga qaratilgan ulkan ishlardir. Millat tarixi va madaniyatiga chuqur hurmat faqat ilmiy tadqiqot emas, balki yangi avlod ongini shakllantirish, kelajak taraqqiyotiga qo\u02bbyilgan mustahkam poydevor hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois, bugungi kunda tarixga e\u02bctibor kelajakka investitsiya sifatida qaralmoqda. Yangi O\u02bbzbekistonda tarixiy xotira, milliy meros va ma\u02bcnaviy qadriyatlar davlat siyosati darajasida e\u02bczozlanmoqda. Bu esa, shubhasiz, milliy ruhni mustahkamlaydi, xalqning o\u02bbzligi va qadr-qimmatini yanada yuksaltirib, yangi taraqqiyot bosqichiga yo\u02bbl ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik monumenti, G\u02bbalaba bog\u02bbi, Adiblar xiyoboni kabi ma\u02bcnaviy maskanlarda shoir va yozuvchilarimizning haykal va byustlari o\u02bbrnatilib, ularning xotirasiga munosib hurmat ko\u02bbrsatildi. Bu maskanlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlar uchun ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar o\u02bbtkaziladigan mazmunli makonga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2019-yil 15-oktyabr kuni Ozarbayjondagi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Prezidentimiz \u201cTurkiy adabiyot durdonalari\u201d nomli 100 jildli to\u02bbplamni har bir mamlakatning ona tilida nashr etish g\u02bboyasini ilgari surgan edi. Ushbu tashabbus asosida ilk bor O\u02bbzbekistonda mazkur to\u02bbplam nashr etildi va turkiy dunyo kutubxonalaridan munosib o\u02bbrin egalladi. Bu orqali turkiy xalqlar adabiyotining ma\u02bcnaviy merosi yanada yaqinlashdi, qalblar va xalqlar o\u02bbrtasida ko\u02bbpriklar barpo etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vatanimizning uch ming yillikdan ziyod tarixini chuqur va xolis o\u02bbrganish, uni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga keng targ\u02bbib etish maqsadida ham qator ishlar qilindi. Prezidentimiz qarori bilan 2019-yil 1-sentyabrdan faoliyatini boshlagan \u201cO\u02bbzbekiston tarixi\u201d telekanali bu borada muhim vazifani bajarib kelmoqda. Bugun u ko\u02bbplab mamlakatlarda tomoshabinlar qalbidan o\u02bbrin olgan televideniye platformasiga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, kino san\u02bcati orqali tarix va ma\u02bcrifatni targ\u02bbib etishga ham jiddiy e\u02bctibor qaratildi. \u201cXalq yuragi\u201d turkumi ostida 24 <u>ta<\/u> hujjatli film yaratildi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniy, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Muhammad Yusuf kabi buyuk adiblarimiz hayoti va ijodi haqidagi ushbu filmlar xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2024-yil 16-may kuni davlatimiz rahbarining Kinochilar uyiga tashrifi, kino sohasi vakillari bilan uchrashuvi, O\u02bbzbekiston kino san\u02bcati muzeyini ko\u02bbzdan kechirishi kinematografiyadagi yana bir muhim bosqichni boshlab berdi. Unda 2024-2027-yillarga mo\u02bbljallangan \u201cTirik tarix\u201d strategik dasturi taqdim qilindi. Bu loyiha vatanimizning eng qadimgi tarixidan to yaqin o\u02bbtmishgacha bo\u02bblgan davrni o\u02bbz ichiga olgan, milliy g\u02bbururni oshirish, tarixni xolis aks ettirishni maqsad qilgan yirik media-loyihadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning 2024-yil 5-iyundagi \u201cKinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag\u02bbishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori ushbu loyihaga qonuniy va moliyaviy poydevor bo\u02bbldi. Bu qaror orqali kinematografiya yangi bosqichga ko\u02bbtarildi, milliy davlatchiligimiz va tarixiy shaxslarimiz hayotini ekran orqali keng namoyon etish imkoni yaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTirik tarix\u201d dasturi doirasida ko\u02bbplab badiiy va badiiy-publitsistik filmlar ishlanmoqda. Ular orasida \u201cBahodir Yalangto\u02bbsh\u201d, \u201cAjiniyoz\u201d, \u201cMaxtumquli <u>Firog\u02bbiy<\/u>\u201d kabi filmlar xalqaro kinofestivallarda yuqori baholarga sazovor bo\u02bbldi. Shu yil oxiriga qadar buyuk sarkarda Amir<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Temurga bag\u02bbishlangan \u201cUlug\u02bb Amir va Donna Mariya\u201d badiiy filmi hamda Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali <u>Topvoldiyev<\/u> haqidagi film tomoshabinlar e\u02bctiboriga havola etilishi rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, yangi O\u02bbzbekiston davrida adabiyot, tarix va kino sohalaridagi keng qamrovli islohotlar milliy ma\u02bcnaviyatni yuksaltirish, xalqning o\u02bbzligini anglash, tarixiy xotirani tiklash va uni dunyoga tanitishda muhim qadamdir. Chunki millatni millat qiladigan asosiy unsur uning tarixi, adabiyoti va ma\u02bcnaviyatidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o\u02bbrganish, milliy ma\u02bcnaviy xazinamizni keng namoyon etish borasida bugungi kunda, ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazining ahamiyati beqiyos. Ushbu markaz xalqimizning ma\u02bcnaviy qudrati, ilmiy va madaniy salohiyati ramzi sifatida yangi O\u02bbzbekiston davrida barpo etilgan eng yirik va betakror obidalardan biridir. Markaz tarixiy mazmunga boy, zamonaviy arxitektura yechimlari bilan jahonda yagona bo\u02bblgan ilm-ma\u02bcrifat qasriga aylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qarori asosida tashkil etilgan mazkur markazning tamal toshi 2018-yilda, Ramazon hayitining muborak kunlarida qo\u02bbyilgan. Bugun bu majmua \u201ctarix, bugun va kelajakni bog\u02bblovchi, taraqqiyotimiz yo\u02bbnalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi\u201d sifatida shakllanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uch qavatdan iborat markaz qadimiy me\u02bcmorlik an\u02bcanalari asosida barpo etilmoqda. Majmua 34 metrli peshtoqlar bilan to\u02bbrt tomonlama o\u02bbralgan bo\u02bblib, uning markazida 65 metrli bosh gumbaz qad rostlagan. Markazning yuragi sanalmish Qur\u02bconi karim zalida islom olamidagi eng qadimiy muqaddas manbalardan biri \u2014 Usmon Mus\u02bchafi namoyish etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerdan somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, <u>O\u02bbzbekxon<\/u>, temuriylar va boshqa sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitoblar, ularning o\u02bbzbek tilidagi tarjimalari, shuningdek, jahondagi eng nodir Qur\u02bcon qo\u02bblyozmalari ham joy oladi. Prezidentimiz ta\u02bckidlaganidek, avvallari bizga noma\u02bclum bo\u02bblib kelgan minglab yodgorliklar, manbalar va asarlar bugun ana shu markaz tufayli xalqimizga qaytarilmoqda, tadqiq etilmoqda, ommaga yetkazilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuada \u201cIslomdan avvalgi sivilizatsiyalar\u201d, \u201cBirinchi Renessans\u201d, \u201cIkkinchi Renessans\u201d, \u201cO\u02bbzbekiston XX asrda\u201d, \u201cYangi O\u02bbzbekiston \u2014 yangi Renessans\u201d kabi bo\u02bblimlar tashkil etilib, ular orqali yurtimiz tarixidagi eng yorqin davrlar, ma\u02bcrifat va ilm-fan rivoji namoyon etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bblkamizning Xorazmiy, Farg\u02bboniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Marg\u02bbinoniy, <u>Zamahshariy<\/u>, Mirzo Ulug\u02bbbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ali Qushchi kabi farzandlarining ilmiy va ma\u02bcrifiy merosi keng yoritiladi. Shuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, <u>Qaffol<\/u> <u>Shoshiy<\/u>, Bahouddin Naqshband kabi islom ulamolarining ma\u02bcnaviyat taraqqiyotiga qo\u02bbshgan ulkan hissasi taqdim etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtmishda ilm-fan va ma\u02bcrifat taraqqiyotiga hissa qo\u02bbshgan Bibixonim, <u>Gavharshodbegim<\/u>, Xonzodabegim, Nodira, Uvaysiy, Anbar Otin kabi alloma xotin-qizlarimizga alohida bo\u02bblimlar ajratilgani ayni muddaodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazda zamonaviy multimedia vositalari, interaktiv suratlar, 3D maketlar, video-ekspozitsiyalar orqali ko\u02bbrgazmalar tashkil etiladi. \u201cVaqt devori\u201d, virtual sayohatlar, axborot-resurs markazi kabi yechimlar bu yerga tashrif buyurgan har bir insonni uzoq tarix safariga yetaklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, markazda boy muzey va kutubxona, xalqaro anjumanlar zali, arxiv, qo\u02bblyozmalar fondi, ilmiy akademiya ham faoliyat yuritadi. Ularning fondlarini nafaqat yurtimizdagi, balki dunyodagi ko\u02bbplab muzey va arxivlardan keltirilgan nodir asarlar bilan boyitish davom etmoqda. 300 o\u02bbrinli konferensiya zali va ilmiy tadqiqot uchun maxsus laboratoriyalar ham tashkil qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz ta\u02bcbiri bilan aytganda, bu markaz \u201co\u02bbzimizning me\u02bcmoriy tajribamiz, yangi O\u02bbzbekistonning bunyodkorlik maktabi va ilmiy-ma\u02bcnaviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi\u201d. Bu yerdagi har bir bo\u02bblim, har bir ekspozitsiya, har bir tarixiy asar bizni o\u02bbzligimiz, kelib chiqishimiz, ota-bobolarimizning buyuk merosi bilan yanada yaqinroq tanishtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom sivilizatsiyasi markazi ming yillar avval asos solingan buyuk sivilizatsiyalar davomiyligining, yangi milliy uyg\u02bbonish va ma\u02bcnaviy tiklanishning amaldagi ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston zaminida barpo etilayotgan har bir obida xalqimizning ma\u02bcnaviy uyg\u02bbonishi, ilmiy merosimizga hurmat va e\u02bctibor ifoda etadi. Bugungi kunda Samarqand viloyatining Payariq tumanida qaytadan bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi bu yo\u02bbnalishdagi eng muhtasham inshootlardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tubdan qayta barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi umumiy 44 gektar maydonni qamrab olgan. Majmuadagi 10 ming kishiga mo\u02bbljallangan masjid, 75 metrli to\u02bbrtta minora va mahobatli maqbara uning ulug\u02bbvorligini yanada oshirgan. Shu bilan birga, bu yerda muzey, ayvonlar, ma\u02bcmuriy va xizmat ko\u02bbrsatish binolari, xiyobonlar, to\u02bbrtta tahoratxona va ikki ming o\u02bbrinli yigirmadan ortiq mehmonxona qurilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimizda islom ma\u02bcrifatiga xos ilm-fan va diniy merosga yuksak e\u02bctibor Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi misolida ham yaqqol namoyon bo\u02bblmoqda. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bu yo\u02bbnalishdagi muhim ilmiy maydonga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz Imom Moturidiy va izdoshlarining aqida, kalom va ma\u02bcrifat sohasidagi ulkan merosini chuqur o\u02bbrganish, asarlarini tarjima qilish, xalqchil risolalar, ensiklopediya va kataloglar tayyorlash, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalarini amalga oshirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning joriy yil 14-martdagi \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori esa bu jarayonni yangi bosqichga olib chiqdi. Qarorda Imom Moturidiy merosini chuqur tadqiq etish, asarlarini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqaro miqyosda ham hamkorlikni mustahkamlash kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kunlarda \u201cTirik tarix\u201d dasturi doirasida \u201cImom Moturidiy\u201d badiiy filmi suratga olinayotgani bu ulug\u02bb zotning shaxsiyati va ta\u02bclimotiga yuksak e\u02bctiborning yaqqol isbotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy va Imom Moturidiy majmualari xalqimizning yuksak ma\u02bcnaviy madaniyati, ilmga muhabbati, ajdodlar merosiga sadoqat va shu orqali dunyo tamadduniga qo\u02bbshilayotgan beqiyos hissasining yorqin ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-yilda tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan shu kunga qadar Imom Buxoriy va boshqa allomalar qalamiga mansub 49 nomdagi noyob asar o\u02bbzbek tiliga tarjima qilindi. 87 nomdagi monografiya, kitob, katalog va risola nashr etildi. \u201cImom Buxoriy saboqlari\u201d ilmiy-ma\u02bcrifiy jurnalining 34 <u>ta<\/u> soni chop qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz tomonidan islom tarixi, ilm-fani va madaniyatida muhim o\u02bbrin tutgan alloma va mutafakkirlar hayoti hamda merosiga bag\u02bbishlangan yuzga yaqin ilmiy-ma\u02bcrifiy kitob nashr etildi. Jumladan, \u201cImom Buxoriy\u201d, \u201cAbu Iso Termiziy\u201d, \u201cMuhammad Xorazmiy\u201d, \u201cAbu Rayhon Beruniy\u201d, \u201cAlisher Navoiy\u201d, \u201cG\u02bbuluvning xatari\u201d, \u201cMoturidiylik haqiqati\u201d, \u201cIslom dinida tinchlik\u201d, \u201cSahihi Buxoriy sharhi\u201d kabi kitoblar aholining keng qatlamiga yetarli darajada yetkazilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz faoliyati xalqaro miqyosda ham yuqori baholanmoqda. Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, Misr, <u>AQSH<\/u>, Germaniya, Rossiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston kabi 20 ga yaqin davlatdagi 47 <u>ta<\/u> ilmiy muassasa, turdosh markaz va universitet bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazning qo\u02bblyozmalar fondida 644 <u>ta<\/u> qo\u02bblyozma, 856 <u>ta<\/u> toshbosma kitob va 114 <u>ta<\/u> tarixiy hujjat, jami 1614 manba jamlangan. Ular orasida jismoniy shaxslardan xarid qilingan va hadya etilgan nodir asarlar mavjud. Turkiya va Buyuk Britaniya manbalaridan olib kelingan 50 ga yaqin elektron qo\u02bblyozma nusxalari ham markaz fondini boyitmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Imom Buxoriy asarlarining 41 davlatdagi 256 fondda saqlanayotgan 3300 <u>ta<\/u> nodir nusxasi aniqlanib, reyestr tuzildi. \u201cSahihi Buxoriy\u201d qo\u02bblyozmasining 3161 <u>ta<\/u> elektron nusxasi jamlandi. 533 <u>ta<\/u> qo\u02bblyozmaning kataloglari chop etildi, 503 <u>ta<\/u> kitobning 173 ming varag\u02bbi raqamlashtirildi. 678 <u>ta<\/u> qo\u02bblyozma annotatsiyasi <a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\">www.bukhari.uz<\/a> saytiga joylashtirildi, 392 <u>ta<\/u> kitob sahifasi tozalanib, konservatsiya qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekiston davrining yana bir muhim xususiyati jadidlar va qatag\u02bbon qurbonlari nomini tiklash, merosini o\u02bbrganish va xalq xotirasida abadiylashtirishga bo\u02bblgan yondashuvdir. <u>XIX-XX<\/u> asrlar tarixiga yangicha nigoh bilan qarash, noma\u02bclum sahifalarni ochish va inson qadrini ulug\u02bblash masalasiga jiddiy e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1917-yildagi oktyabr to\u02bbntarishidan boshlab SSSR parchalanguniga qadar siyosiy qatag\u02bbon sovet jamiyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Ayniqsa, 1930-1940 yillarda O\u02bbzbekistonda qattiq tazyiq, nohaq ayblov va jazolar yuz minglab inson taqdiriga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi. Ushbu davr bamisoli kafanga o\u02bbralgandek, o\u02bbrganish uchun yopiq va xatarli mavzu hisoblanardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun esa ana shu qora sahifalar ochila boshladi. Siyosiy qatag\u02bbon tarixi tadqiq etilib, fojiali oqibatlarini xalqimizga yetkazish, begunoh qurbonlar nomini oqlash, hayoti va faoliyatini chuqur o\u02bbrganish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-yil 31-avgustda Qatag\u02bbon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan davlatimiz rahbarining muzeyga tashrifi chog\u02bbida bildirgan taklif va tavsiyalari bu yo\u02bbnalishda yangi bosqichni boshlab berdi. Shu asosda 2017-yil 22-noyabrda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi va muzey Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muzey 10 <u>ta<\/u> bo\u02bblimdan iborat bo\u02bblib, tariximizdagi siyosiy qatag\u02bbon davrini va bugungi o\u02bbzgarishlarni to\u02bblaqonli aks ettirib kelmoqda. Agar 2017-yilda muzeyda 1000 dan ortiq material mavjud bo\u02bblgan bo\u02bblsa, bugun ularning soni 17 mingdan oshgan. Bu raqam yil sayin ortib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu yillar davomida Qoraqalpog\u02bbiston, viloyatlar va Toshkent shahrida ham qatag\u02bbon qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etildi. Ushbu muzeylar mahalliy darajadagi qurbonlar hayoti va faoliyatini o\u02bbrganish, xalqqa yetkazish, targ\u02bbibot ishlarini samarali yo\u02bblga qo\u02bbyishda muhim o\u02bbrin tutmoqda. Ular asosida kitob-albomlar, monografiyalar va fundamental tadqiqotlar yaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasmiy ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, 1937-1953 yillar oralig\u02bbida 100 mingdan ziyod yurtdoshimiz siyosiy qatag\u02bbon qurboniga aylangan. Ulardan 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq qamoqqa olingan, quloq qilingan va badarg\u02bba etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, 1980-yillarda ham minglab fuqarolar soxta \u201cpaxta ishi\u201d va \u201co\u02bbzbek ishi\u201d deb nomlangan kampaniyalar qurboni bo\u02bbldi. Respublika bo\u02bbylab 40 mingga yaqin kishi tergov qilindi, 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortildi. Bugungi kunda tarixchilar, arxivchilar va olimlar ushbu davr haqidagi yangi hujjat va ma\u02bclumotlarni faol ravishda to\u02bbplamoqda. Qoraqalpog\u02bbiston, viloyatlar va poytaxt bo\u02bbyicha tuzilgan \u201cXotira\u201d kitoblariga 40 mingga yaqin qatag\u02bbon qurboni haqida ma\u02bclumot kiritildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bb jadid Mahmudxo\u02bbja Behbudiy bir asr muqaddam bunday degan edi: <strong>\u201cMaorif yo\u02bblida <u>ishlatturg\u02bbon<\/u> muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O\u02bbrtadan nifoqni ko\u02bbtaringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo\u02bbymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar!\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu satrlar bugungi kun uchun ham aniq dastur, yo\u02bbllanma sifatida xizmat qilmoqda. Zero, vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi va milliy mustaqillikning poydevori ta\u02bclim va ma\u02bcrifat ekani azaldan ravshan haqiqat bo\u02bblib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Taraqqiyot strategiyasida <\/strong>buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etish borasida belgilangan maqsad bugungi ma\u02bcnaviy siyosatimizning ustuvor yo\u02bbnalishidir. Shu maqsadda xalqimizga mansub allomalar asarlarining xalqchil tarjimalari nashr etilmoqda, ilmiy va ommabop risolalar tayyorlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun mahallalarda <strong>\u201cAjdodlar merosi \u2014 ibrat va tarbiya maktabi\u201d <\/strong>shiori ostida o\u02bbtkazilayotgan ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy tadbirlar orqali yoshlarda milliy o\u02bbzlikni anglash, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg\u02bbularini shakllantirishga katta e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTemur tuzuklari bilimdoni\u201d, \u201cJaloliddin izdoshlari\u201d kabi harbiy-vatanparvarlik loyihalari orqali ham milliy tariximiz, ajdodlarimizdan meros bo\u02bblib qolgan jasorat va fidoyilik an\u02bcanalari yosh avlod ongiga singdirib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqning ma\u02bcnaviy salohiyatini belgilab beruvchi eng muhim mezonlardan biri kitobxonlik madaniyatidir. Bugungi kunda jadidlar merosini targ\u02bbib etish maqsadida \u201cJadidlar\u201d, \u201cAllomalar\u201d ruknlari ostida qator avtobiografik, falsafiy va qomusiy risolalar nashr etilyapti. Axborot-resurs markazlari ushbu asarlar bilan boyitilmoqda. Yoshlar uchun mo\u02bbljallangan ana shunday go\u02bbzal nashrlardan biri \u201cBuyuk allomalar haqida 100 <u>ta<\/u> fakt\u201d nomli sakkiz tilda chop etilgan kitoblar majmuasidir. Respublika Ma\u02bcnaviyat va ma\u02bcrifat markazi, O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti va O\u02bbzbekiston milliy teleradiokompaniyasi \u201cO\u02bbzbekiston tarixi\u201d telekanali hamkorligida tayyorlangan mazkur kitoblar shu kunlarda yurtimizdagi mavjud 10 mingdan ziyod maktabga bepul tarqatilmoqda. Bu esa ma\u02bcrifatparvarlik g\u02bboyalarining jamiyatda mustahkam o\u02bbrin egallashini ta\u02bcminlashga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gapning indallosini aytganda, millat taqdiriga befarq bo\u02bblmaslik, ta\u02bclim va tarbiya masalasini eng muhim ustuvor yo\u02bbnalish sifatida belgilash, xalqimizni bilimli va faol fuqarolarga aylantirish bugungi ma\u02bcnaviy siyosatimiz markazida turibdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shuhrat HAYITOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>filologiya fanlari doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2025-yil 26-iyul, \u2116152(1478)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbtgan har bir soniya \u2014 tarix. Bu tarixning qanday yozilishi esa jamiyat, insonlar hamda davlat boshqaruvi tizimi qay darajada oqilona va adolatli ekaniga bog\u02bbliq. Yangi O\u02bbzbekiston davrining o\u02bbtgan to\u02bbqqiz yili xalqimiz hayotida unutilmas voqealar, yuksak natijalar bilan yodda qoldi. Boshqacha aytganda, o\u02bbzbek davlatchiligi buyuk o\u02bbzgarishlar va samarali islohotlar bilan boyigan, inson qadri eng oliy qadriyatga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":44212,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-07-28T06:58:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz\",\"name\":\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg\",\"datePublished\":\"2025-07-28T06:58:19+00:00\",\"dateModified\":\"2025-07-28T06:58:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg\",\"width\":660,\"height\":660},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-07-28T06:58:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":660,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz","name":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg","datePublished":"2025-07-28T06:58:19+00:00","dateModified":"2025-07-28T06:58:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/gazeta2607.jpg","width":660,"height":660},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44215&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BOSH MAQSAD \u2014 MILLIY O\u02bbZLIGIMIZNI ANGLASH VA TARG\u02bbIB ETISH"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44215"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=44215"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44215\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44216,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44215\/revisions\/44216"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/44212"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=44215"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=44215"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=44215"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}