{"id":44035,"date":"2025-07-21T08:59:18","date_gmt":"2025-07-21T03:59:18","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=44035"},"modified":"2025-07-21T13:05:46","modified_gmt":"2025-07-21T08:05:46","slug":"shamoilun-nabaviyning-markaz-qo%ca%bblyozmalar-fondida-saqlanayotgan-nodir-qo%ca%bblyozma-nusxasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr hadis maktabining yirik vakili, mashhur muhaddis Imom Termiziy 209\/824-yili Termiz yaqinidagi (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) Bug\u02bb qishlog\u02bbida, o\u02bbrtahol oilada tavallud topgan. Allomaning to\u02bbliq ismi \u2013 Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sullamiy Termiziy bo\u02bblib, Abu Iso uning kunyasi, Muhammad ismi, Iso otasining ismi, Savra bobosining ismi, Termiziy tug\u02bbilgan joyiga nisbadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziyning yoshlik yillari Termizda o\u02bbtib, dastlabki ta\u02bclimni ham shu shaharda olgan. 20 yoshida Xurosonga borib, Is\u02bchoq ibn Rohavayh Marvaziydan ta\u02bclim olgan. 25 yoshida Basraga, so\u02bbng Hijozga borib ta\u02bclimni davom ettirgan. 20 yil davomida turli yurtlarda hadislarni o\u02bbrganib, to\u02bbplab, boshqalarga o\u02bbrgatgan. 250\/864-yilda Termizga qaytib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy Qutayba ibn Said Saqafiy Bag\u02bbloniy (vaf. 240\/854-y.)<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>, Abdulloh ibn Muoviya Jumahiy (vaf. 243\/857-y. ), Ali ibn Hujr Marvaziy (vaf. 244\/858-y.), Suvayd ibn Nasr ibn Suvayd Marvaziy (vaf. 241\/855-y.), Abd ibn Humayd Keshiy (vaf. 249\/863-y.), Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl Samarqandiy Dorimiy (vaf. 255\/869-y.) va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (vaf. 256\/870-y.) kabi mashhur muhaddislarga shogird bo\u02bblib, ulardan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy olti mashhur muhaddis \u2013 \u201ckutubi sitta\u201d sohiblarining to\u02bbrtinchisidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma 279\/892-yil o\u02bbzi tug\u02bbilib o\u02bbsgan qishloqda vafot etgan va o\u02bbsha yerda dafn qilingan<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma o\u02bbzidan boy ilmiy meros qoldirgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSunani Termiziy\u201d;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cShamoilun nabaviy\u201d (\u201cNabaviy xulq asoslari\u201d);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIlalu fil hadis\u201d (\u201cHadislardagi illatlar\u201d);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRisolatu fil xilofi val jadal\u201d (\u201cHadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola\u201d);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKitobut tarix\u201d;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKitobuz zuhd\u201d (\u201cZohidlik kitobi\u201d);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cKitobul asmou val kunya\u201d (\u201cIsmlar va kunyalar kitobi\u201d);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAsmous sahoba\u201d (\u201cSahobalarning ismlari\u201d) kabi asarlar shular jumlasidandir.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziyning \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) asari \u201cSunani Termiziy\u201d, \u201cJomi\u02bcul kabir\u201d (\u201cKatta to\u02bbplam\u201d) yoki (\u201cSahihi Termiziy\u201d) nomlari bilan mashhur bo\u02bblib, u 6 ishonchli hadis to\u02bbplamining to\u02bbrtinchisi hisoblanadi. Allomaning Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy hayoti, U zotning surati, siyrati, ajoyib fazilatlari va odatlariga bag\u02bbishlangan yana bir mashhur asari \u201cShamoilun nabaviy\u201d bo\u02bblib, u 400dan ortiq hadis<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>ni o\u02bbz ichiga olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, dunyoda hech bir insonning tarixi Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tarixlari kabi mukammal o\u02bbrganilmagan. U zotning sunnatlari, xalqiy va xulqiy sifatlarini vasf etuvchi hadislar ko\u02bbplab muhaddislar tomonidan kitobat qilingan. Ular orasida Imom Termiziy qalamiga mansub \u201cShamoilun nabaviy\u201d asarining ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati juda yuqoridir. U o\u02bbziga xos uslubi bilan Payg\u02bbambar alayhissalom shamoyillariga oid boshqa asarlardan alohida ajralib turadi. Mazkur asar ko\u02bbp asrlardan buyon nafaqat tadqiqotchi olimlarning, balki Payg\u02bbambar alayhissalomning siyrat va fazilatlarini o\u02bbrganishga qiziqqan barcha musulmonlarning e\u02bctiborini o\u02bbziga tortib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cShamoil\u201d arabcha \u201cshamila\u201d so\u02bbzining ko\u02bbpligi bo\u02bblib, \u201cfazilat\u201d, \u201ctabiat\u201d, \u201cxulq-atvor\u201d kabi ma\u02bcnolarni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarni mazmun-mohiyatiga ko\u02bbra ikki qismga bo\u02bblish mumkin.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqiy sifat \u2013 tashqi sifat;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulqiy sifat \u2013 ichki sifat.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xalqiy sifat.<\/strong> Bunga Payg\u02bbambar alayhissalomning xalqiy sifatlari \u2013 surat (tashqi qiyofa)larini tavsiflagan hadislar kiradi. Ularga ko\u02bbra, Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam suyagi yirik, o\u02bbrta bo\u02bbyli, gavdali, baquvvat, xushbichim, ko\u02bbkraklari keng, qorinlari bilan ko\u02bbkraklari bir (tekis), qo\u02bbllari go\u02bbshtdor, peshonalari keng va ko\u02bbzlari katta-katta bo\u02bblganini bilib olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulqiy sifat.<\/strong> Bunga Payg\u02bbambar alayhissalomning siyratlari \u2013 ichki dunyosi va axloqiy sifatlariga oid hadislar kiradi. Ular orqali Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalom axloqiy jihatdan namunaviy, mukammal bir siymo bo\u02bblganini bilib olish mumkin. Jumladan, u zot kattayu kichik, erkak-ayol, boy-kambag\u02bballar bilan bir xil muomalada bo\u02bblganlar. Biror kishi nojo\u02bbya ish qilib, uzr so\u02bbrasa, darhol qabul qilganlar. Yo\u02bblda uchragan barcha insonlarga birinchi bo\u02bblib salom berib, samimiy hol-ahvol so\u02bbraganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur asarning qo\u02bblyozma nusxalari Er kurrasining deyarli barcha mintaqalaridagi arxiv, muzey va kutubxonalarda saqlanib kelmoqda. Lekin mamlakatimiz xazinalarida \u201cShamoilun nabaviy\u201dning qo\u02bblyozma nusxalari kam uchraydi<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning ikkita qo\u02bblyozma nusxasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida inv.\u211671 va inv.428\/II raqamlari ostida saqlanmoqda. Ulardan biri \u2013 \u2116428 raqam ostida saqlanayotgani majmua tarkibida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuada quyidagi o\u02bbn asar jamlangan:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad Jazariy \u2013 \u201cAl-Hisn al-hasin min kalom sayd al-mursalin\u201d (v. 1<sup>b<\/sup>-78<sup>b<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Iso Muhammad Iso ibn Savra Termiziy \u2013 \u201cShamoilun nabaviy\u201d (v. 79<sup>b<\/sup>-147<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharofiddin ibn Murriy ibn Hasan Hizomiy Huvroniy Navaviy \u2013 \u201cArba\u02bcin hadis\u201d (v. 148<sup>b<\/sup>-162<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Jaloliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiy \u2013 \u201cKitobul lubob\u201d (v. 163<sup>b<\/sup>-178<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy \u2013 \u201cAl-Ahodis as-sulosiyot\u201d (v. 180<sup>a<\/sup>-184<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallifi noma\u02bclum bo\u02bblgan \u201cKa\u02bcbul axbor\u201d asari (v. 184<sup>b<\/sup>-203<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallifi noma\u02bclum bo\u02bblgan \u201cMuxtasaru jomi\u02bc\u201d asari (v. 204<sup>b<\/sup>-211<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Amin ibn Ubaydulloh Muminobodiy \u2013 \u201cSharhu faroizis Sirojiya\u201d asari (v. 212<sup>b<\/sup>-266<sup>a<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallifi noma\u02bclum \u201cAnvoi hisob\u201d (Hisobning navlari) asari (v. 266<sup>b<\/sup>-268<sup>b<\/sup>);<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy Abdurohman \u2013 \u201cRisolai sag\u02bbir dar muammo\u201d asari (v. 269<sup>b<\/sup>-270<sup>a<\/sup>).<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmua tarkibidagi (inv. \u2116 428\/II) ikkinchi manba Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra Termiziyning \u201cShamoilun nabaviy\u201d asari bo\u02bblib, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fazilati, tabiati va xulq-atvori hamda xalqiy va xulqiy sifatlari bobida tengsiz manba hisoblanadi. Asar 69 varaq (79<sup>b<\/sup>-147<sup>b<\/sup>)dan iborat bo\u02bblib, 56 bob va 415 hadisdan tashkil topgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar 79<sup>b<\/sup> varaqdan basmala bilan quyidagicha boshlangan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u0628\u0633\u0645 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u0631\u062d\u0645\u0646 \u0627\u0644\u0631\u062d\u064a\u0645 \u0627\u0644\u062d\u0645\u062f \u0644\u0644\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0627\u0645 \u0639\u0644\u06cc \u0639\u0628\u0627\u062f\u0647 \u0627\u0644\u0630\u06cc\u0646 \u0627\u0635\u0637\u0641\u06cc \u0642\u0627\u0644 \u0627\u0644\u0634\u06cc\u062e \u0627\u0644\u062d\u0627\u0641\u0638 \u0627\u0628\u0648 \u0639\u06cc\u0633\u06cc \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0639\u06cc\u0633\u06cc \u0628\u0646 \u0633\u0624\u0631\u0629 \u0627\u0644\u062a\u0631\u0645\u0632\u06cc \u0631\u062d\u0645\u0629 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u062a\u0627\u0644\u0649 \u0628\u0627\u0628 \u0645\u0627\u062c\u0622\u0621 \u0641\u0649 \u062e\u0644\u0642 \u0631\u0633\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0635\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0648\u0633\u0644\u0645 &#8230;<\/span><\/strong><a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman. Allohga hamdu sano va tanlab olingan bandalari (payg\u02bbambarlari)ga salomlar bo\u02bblsin. Shayx, hofiz Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra Termiziy aytadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning xalqiy sifat (tashqi ko\u02bbrinish)lari haqida kelgan rivoyatlar bobi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan so\u02bbng ilk hadis keltirilgan:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li dir=\"rtl\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif;\">\u0623\u064e\u062e\u0652\u0628\u064e\u0631\u064e\u0646\u064e\u0627 \u0623\u064e\u0628\u064f\u0648 \u0631\u064e\u062c\u064e\u0627\u0621\u064d \u0642\u064f\u062a\u064e\u064a\u0652\u0628\u064e\u0629\u064f \u0628\u0652\u0646\u064f \u0633\u064e\u0639\u0650\u064a\u062f\u064d \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0645\u064e\u0627\u0644\u0650\u0643\u0650 \u0628\u0652\u0646\u0650 \u0623\u064e\u0646\u064e\u0633\u064d \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0631\u064e\u0628\u0650\u064a\u0639\u064e\u0629\u064e \u0628\u0652\u0646\u0650 \u0623\u064e\u0628\u0650\u064a \u0639\u064e\u0628\u0652\u062f\u0650 \u0627\u0644\u0631\u0651\u064e\u062d\u0652\u0645\u064e\u0646\u0650 \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0623\u064e\u0646\u064e\u0633\u0650 \u0628\u0652\u0646\u0650 \u0645\u064e\u0627\u0644\u0650\u0643\u064d \u0631\u064e\u0636\u0650\u064a\u064e \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0646\u0652\u0647\u064f \u0623\u064e\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0633\u064e\u0645\u0650\u0639\u064e\u0647\u064f \u064a\u064e\u0642\u064f\u0648\u0644\u064f: \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u0631\u064e\u0633\u064f\u0648\u0644\u064f \u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0635\u064e\u0644\u0651\u064e\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0633\u064e\u0644\u0651\u064e\u0645\u064e \u0644\u064e\u064a\u0652\u0633\u064e \u0628\u0650\u0627\u0644\u0637\u0651\u064e\u0648\u0650\u064a\u0644\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u0627\u0626\u0650\u0646\u0650 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u0642\u064e\u0635\u0650\u064a\u0631\u0650 \u0648\u064e\u0644\u064e\u0627 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0623\u064e\u0628\u064a\u0636\u0650 \u0627\u0644\u0623\u064e\u0645\u0652\u0647\u064e\u0642\u0650 \u0648\u0644\u0627 \u0628\u0627\u0644\u0623\u062f\u064e\u0645\u0650 \u0648\u0644\u0627 \u0628\u0627\u0644\u062c\u064e\u0639\u0652\u062f\u0650 \u0627\u0644\u0642\u064e\u0637\u064e\u0637\u0650 \u0648\u0644\u0627 \u0628\u0650\u0627\u0644\u0633\u0651\u064e\u0628\u0652\u0637\u0650\u060c \u0628\u064e\u0639\u064e\u062b\u064e\u0647\u064f \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u062a\u064e\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0649 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0631\u064e\u0623\u0652\u0633\u0650 \u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u0633\u064e\u0646\u064e\u0629\u064b \u0641\u064e\u0623\u064e\u0642\u064e\u0627\u0645\u064e \u0628\u0650\u0645\u064e\u0643\u0651\u064e\u0629\u064e \u0639\u064e\u0634\u0652\u0631\u064e \u0633\u0650\u0646\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u0628\u0650\u0627\u0644\u0652\u0645\u064e\u062f\u0650\u064a\u0646\u064e\u0629\u0650 \u0639\u064e\u0634\u0652\u0631\u064e \u0633\u0650\u0646\u0650\u064a\u0646\u064e \u0648\u064e\u062a\u064e\u0648\u064e\u0641\u0651\u064e\u0627\u0647\u064f \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u062a\u064e\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0649 \u0639\u064e\u0644\u064e\u0649 \u0631\u064e\u0623\u0652\u0633\u0650 \u0633\u0650\u062a\u0650\u064a\u0646\u064e \u0633\u064e\u0646\u064e\u0629\u064b \u0648\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0633\u064e \u0641\u0650\u064a \u0631\u064e\u0623\u0652\u0633\u0650\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0644\u0650\u062d\u0652\u064a\u064e\u062a\u0650\u0647\u0650 \u0639\u0650\u0634\u0652\u0631\u064f\u0648\u0646\u064e \u0634\u064e\u0639\u0652\u0631\u064e\u0629\u064b \u0628\u064e\u064a\u0652\u0636\u064e\u0627\u0621\u064e.<\/span><\/strong><a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizga Abu Rajo Qutayba ibn Sa\u02bciyd Molik ibn Anasdan, u Robia ibn Abu Abdurahmondan, u Anas ibn Molik roziyallohu anhudan xabar qildi. Robia ibn Abu Abdurahmon Anas ibn Molik roziyallohu anhuning bunday deb aytayotganini eshitibdi: <em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam juda novcha ham, pakana ham, o\u02bbta oppoq ham, bug\u02bbdoyrang ham emas edilar. (Sochlari) juda jingalak ham, o\u02bbta silliq ham emas edi. Qirq yoshlarida Alloh taolo u zotni payg\u02bbambar qildi. Makkada o\u02bbn yil, Madinada o\u02bbn yil turdilar. Alloh taolo oltmish yosh avvalida<\/em><a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><em><sup><strong>[7]<\/strong><\/sup><\/em><\/a><em> u zotni vafot ettirdi. O\u02bbshanda soch-soqollarida yigirmata ham oq tola yo\u02bbq edi\u201d.<\/em><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Izoh.<\/em> Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o\u02bbrta bo\u02bbyli bo\u02bblib, ko\u02bbrgan kishi novcha deb ham, pakana deb ham ta\u02bcriflamaydigan darajada mo\u02bbtadil bo\u02bblganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ranglari o\u02bbta oq ham, juda bug\u02bbdoyrang ham bo\u02bblmagan. Balki qizg\u02bbish-oq (nurli, charog\u02bbon) yuzli inson bo\u02bblganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sochlari o\u02bbrtacha bo\u02bblib, juda jingalak, bir-birining ichiga kirib ketgan ham, o\u02bbta silliq, tekis ham bo\u02bblmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Makkada o\u02bbn yil turganlari va oltmish yil umr ko\u02bbrganlari aytilgan. Bunga sabab arablarning goho kasr sonlarni zikr qilmaydigan odatlaridir (ya\u02bcni, \u201co\u02bbn uch\u201d demasdan \u201co\u02bbn\u201d degan. \u201cAlloh taolo oltmish yosh avvalida u zotni vafot ettirdi\u201d deganda ham kasr son tashlab ketilgan, deb qaraladi).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga to\u02bblganlarida Alloh taolo u zotga ilk vahiyni nozil qilgan. Payg\u02bbambar bo\u02bblganlaridan keyin Makkada o\u02bbn uch yil turganlar. Makkadan Madinaga ellik uch yoshlarida hijrat qilganlar. Shundan so\u02bbng Madinada un yil yashaganlar. Vafot etganlarida, oltmish uch yoshda bo\u02bblib, soch-soqollaridagi oq tolalarning soni yigirmaga ham yetmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu bobdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xalqiy sifatlariga oid 15 ta hadis o\u02bbrin olgan. Byeshinchi hadis bilan oltinchi hadis ma\u02bcno va matn jihatidan bir xil bo\u02bblgani uchun birining faqat sanadi keltirilgan<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlanganidek, asar 56 bob va 415 hadisdan tashkil topgan. Asarning oxirgi 56-bobi \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushda ko\u02bbrish haqida kelgan rivoyatlar\u201d bo\u02bblib, unda 10 hadis jamlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng so\u02bbnggi hadis 147<sup>a<\/sup> varaqda quyidagicha keltirilgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u062d\u064e\u062f\u0651\u064e\u062b\u064e\u0646\u064e\u0627 \u0645\u064f\u062d\u064e\u0645\u0651\u064e\u062f\u064f \u0628\u0652\u0646\u064f \u0639\u064e\u0644\u0650\u064a \u062b\u064e\u0646\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0636\u0652\u0631\u064f \u0623\u064e\u0646\u0652\u0628\u064e\u0623\u064e\u0646\u064e\u0627 \u0627\u0628\u0652\u0646\u064f \u0639\u064e\u0648\u0652\u0646\u064d \u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0628\u0652\u0646\u0650 \u0633\u0650\u064a\u0631\u0650\u064a\u0646\u064e \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e: \u0647\u064e\u0630\u064e\u0627 \u0627\u0644\u0652\u062d\u064e\u062f\u0650\u064a\u062b\u064f \u062f\u0650\u064a\u0646\u064c \u0641\u064e\u0627\u0646\u0652\u0638\u064f\u0631\u064f\u0648\u0627 \u0639\u064e\u0645\u0651\u064e\u0646\u0652 \u062a\u064e\u0623\u0652\u062e\u064f\u0630\u064f\u0648\u0646\u064e \u062f\u0650\u064a\u0646\u064e\u0643\u064f\u0645\u0652.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Sirin rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi: <strong><em>\u201cBu hadis dindir. Shunday ekan, diningizni kimdan olayotganingizga qarangiz\u201d<\/em><\/strong><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Izoh.<\/em> Nabiy sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan, sanadi u zotga yetib borgan bu hadislar dinning mohiyatini ochib beradi. Biz o\u02bbsha hadislar orqali dinni o\u02bbrganamiz. Shuning uchun hadislarni kimdan qabul qilayotganimizga e\u02bctibor berishimiz zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziy \u201cShamoilun nabaviy\u201d kitobini mana shu rivoyat bilan yakunlanganining hikmati ham shunda. Chunki, musulmon kishi hadis, tafsir, fiqh, aqida, siyrat, shamoil kabi diniy ilmlarni o\u02bbrganishda faqat ishonchli, sanadi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib borgan, sahobai kiromlardan naql qilingan rivoyatlarga suyanishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shariat ilmlari duch kelgan odamdan olinavermaydi. Avval uning ilmi yetukligiga, adolatiga, diyonatiga qaraladi. Negaki, ilm yolg\u02bbonchi, bid\u02bcatchi, adashgan kimsalardan o\u02bbrganilsa, dinning asoslarini noto\u02bbg\u02bbri talqin qilish, islomning asl mohiyatidan uzoqlashish, noto\u02bbg\u02bbri g\u02bboyalarni tarqatish, jamiyatda nizo va bo\u02bblinishlarni keltirib chiqarish, axloqiy buzilish kabi salbiy oqibatlari juda ayanchli bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning 147<sup>a<\/sup> varag\u02bbida kolofon qismi bo\u02bblib, unda quyidagi jumlalar yozilgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u062a\u0645\u062a \u0627\u0644\u062d\u062f\u064a\u062b<\/span><\/strong><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0634\u062f \u0628\u062a\u0648\u0641\u06cc\u0642 \u0627\u0644\u0647\u0649 \u0644\u0627 \u06cc\u0646\u0627\u0645 \u0627\u06cc\u0646 \u06a9\u062a\u0627\u0628\u062a \u0631\u0648\u0632\u064a \u0622\u062f\u064a\u0646\u0629 \u062a\u0645\u0627\u0645<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uxlamaydigan Ilohning tavfiqi bilan, bu kitob juma kuni yozib tugatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Undan so\u02bbng quyidagi jumlalar yozilgan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0642\u0627\u0631\u064a\u0627\u0646 \u0628\u0631 \u0645\u0646 \u0642\u0647\u0631 \u0639\u062a\u0627\u0628\u00a0 \u0631 \u062e\u0637\u0627\u0649 \u0631\u0641\u062a\u0647 \u0628\u0627\u0634\u062f \u062f\u0631 \u0643\u062a\u0627\u0628<\/span><\/strong><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'arial black', sans-serif; font-size: 14pt;\">\u0622\u0646 \u062e\u0637\u0627\u0649 \u0631\u0641\u062a\u0647 \u0631\u0627\u062a\u0635\u062d\u064a\u062d \u0643\u0646 \u0627\u0632 \u0643\u0631\u0645 \u0648\u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0639\u0644\u0645 \u0628\u0627\u0644\u0635\u0648\u0627\u0628<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbquvchilar! Kitobda xato bo\u02bblsa, bag\u02bbrikenglik bilan uni tuzatingiz. Alloh bilguvchiroqdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kolofonda qo\u02bblyozmaning ko\u02bbchirilgan vaqti, xattoti haqida ma\u02bclumot keltirilmagan. Ammo xat turi, yozilish uslubi, satr qatori, mistara, poygir, siyoh rangi va qog\u02bboz navi majmuaning 1<sup>b<\/sup>-78<sup>b<\/sup> varaqlaridagi Shamsiddin Jazariyning \u201cHisnul hasin min kalom saydil mursalin\u201d asari bilan bir xil bo\u02bblganidan kelib chiqib, bu ikki kitob bir xattot tomonidan ko\u02bbchirilgan, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Majmuaning 78<sup>a<\/sup>-78<sup>b <\/sup>varaqlarida 821\/1418 yil jumodil oxir oyida, yakshanba kuni, Hirot tashqarisida Jag\u02bbirton (Jafarton) mavzesi, Ruhobod mahallasida xattot Jaloliddin ibn Muhammad ibn Ubaydulloh Qoiniy tomonidan ko\u02bbchirilgani qayd etilgan<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>. Ammo \u201cShamoilun nabaviy\u201dning kolofonida \u201cbu kitob juma kuni yozib tugatilgan\u201d deyilgan. Bundan xattot Shamsiddin Jazariy \u201cHisnul hasin min kalom saydil mursalin\u201d asarini ko\u02bbchirib bo\u02bblganidan so\u02bbng Imom Termiziyning \u201cShamoilun nabaviy\u201d asarini ko\u02bbchirgan, deb xulosa qilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar arab tilida, nasx xatida ko\u02bbchirilgan, 13 satrdan, mistara, poygiri bor, asosiy matn qora, bob va fasl nomlari qizil siyohda yozilgan. Hoshiyasida ba\u02bczi so\u02bbzlarning sharhi, matnda qolib ketgan so\u02bbzlarning to\u02bbldirmalari keltirilgan. Matn orasida ba\u02bczi so\u02bbzlarning forscha tarjimalari yozilgan. Sharq qog\u02bbozi, kurrosasi 8 varaqdan tashkil topgan. Matn o\u02bblchami \u2013 150\u00b495 mm., varaq o\u02bblchami \u2013 247\u00b4193 mm.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqova va tayakisi mallarang charmdan bo\u02bblib, chetlari biroz yemirilgan. Orqa muqovasi joyidan ajralgani uchun qisman ta\u02bcmirlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Termiziyning \u201cShamoilun nabaviy\u201d asari Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomning shamoyillarini o\u02bbrganishda, yoshlarni imonli, e\u02bctiqodli qilib ulg\u02bbaytirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu qo\u02bblyozma nusxa esa, mazkur asarni o\u02bbrganishda, tahqiq, tadqiq va tahlil etishda tadqiqotchilar uchun muhim manba bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> U \u201ckutubi sitta\u201d &#8211;\u00a0 \u201colti eng ishonchli to\u02bbplam\u201d egalarining shayxi hisoblanadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Mirzo Kenjabek. Buyuk Termiziylar, Termiz tazkirasi. \u2013T.: \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti. 2017. \u2013B.115.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> \u201cShamoilun nabaviy\u201ddagi matni va mazmuni takror kelgan hadislarni hisoblaganda 415 ta, ularni hisobga olmaganda esa 408 ta hadisni tashkil etadi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Termizlik allomalar asarlarining qo\u02bblyozmalari katalogi. \u2013T.: 2015. \u2013B. 4.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy. Shamoilun nabaviy. IBXITM. Qo\u02bblyozma \u2116 inv. MR 428\/II. \u2013B. 79<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy. Shamoilun nabaviy. IBXITM. Qo\u02bblyozma \u2116 inv. MR 428\/II. \u2013B. 79<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Roviy faqat o\u02bbnlikni zikr qilgan, kasr sonni tashlab ketgan (ya\u02bcni, \u201co\u02bbn uch\u201d demasdan \u201co\u02bbn\u201d degan).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Qarang: Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy. Shamoilun nabaviy. IBXITM. Qo\u02bblyozma \u2116 inv. MR 428\/II. \u2013B. 80<sup>a<\/sup>.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Qarang Shamsiddin Jazariy. Hisnul hasin min kalom saydil mursalin. IBXITM. Qo\u02bblyozma \u2116 inv. MR 428\/I. \u2013B. 78a &#8211; 78b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahr hadis maktabining yirik vakili, mashhur muhaddis Imom Termiziy 209\/824-yili Termiz yaqinidagi (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) Bug\u02bb qishlog\u02bbida, o\u02bbrtahol oilada tavallud topgan. Allomaning to\u02bbliq ismi \u2013 Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sullamiy Termiziy bo\u02bblib, Abu Iso uning kunyasi, Muhammad ismi, Iso otasining ismi, Savra bobosining ismi, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":44036,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-07-21T03:59:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-07-21T08:05:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg\",\"datePublished\":\"2025-07-21T03:59:18+00:00\",\"dateModified\":\"2025-07-21T08:05:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-07-21T03:59:18+00:00","article_modified_time":"2025-07-21T08:05:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz","name":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg","datePublished":"2025-07-21T03:59:18+00:00","dateModified":"2025-07-21T08:05:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/qulyozma2107.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=44035&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSHAMOILUN NABAVIY\u201dNING MARKAZ QO\u02bbLYOZMALAR FONDIDA SAQLANAYOTGAN NODIR QO\u02bbLYOZMA NUSXASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44035"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=44035"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44035\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":44069,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/44035\/revisions\/44069"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/44036"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=44035"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=44035"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=44035"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}