{"id":43957,"date":"2025-07-17T10:29:13","date_gmt":"2025-07-17T05:29:13","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=43957"},"modified":"2025-07-17T10:29:13","modified_gmt":"2025-07-17T05:29:13","slug":"ziyorat-turizmini-tashkil-etishning-huquqiy-asoslari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz","title":{"rendered":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda yurtimizda turizmga davlat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida e\u02bctibor berilmoqda. Iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohasi bo\u02bblmish turizmdan tushgan mablag\u02bb jahondagi ayrim davlatlar daromadining salmoqli qismini tashkil etadi. O\u02bbzbekistonda turizmning barcha yo\u02bbnalishlari qatori ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Natijada, mamlakatimizga kelayot-gan sayyohlar soni sezilarli darajada oshishiga erishildi. Ayniqsa, oxirgi uch yil mobaynida yurtimizda musulmon mamlakatlari va arab sayyohlari oqimi yuqori darajada oshdi. Bu o\u02bbrinda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi tabarruk qadamjolar ahamiyatini alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda turizm va uning ijtimoiy xususiyatlari mamlakatimiz olimlaridan M.Po\u02bblatov, I.Tuxliyev, M.Pardayev S.Abduxamidov, N.Tuxliyev, M.Alimova, B.Sh.Safarov, B.Navruzzoda, D.Norqulova, Z.Raximov, R.Amridinova, R.Xayitboyev, X.Mamatqulov va Sh.Sayfutdinov ilmiy ishlarida o\u02bbrganilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur maqolani yozishda analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli mantiqiy yondashuv, iqtisodiy va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTurizm qadim zamonlardan boshlab sayyoramiz xalqlari o\u02bbrtasida do\u02bbstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Odamlar yangi o\u02bblkalarni kashf etish, dunyoni ko\u02bbrish va bilish savdo-sotiqni rivojlantirish, madaniy va diplomatik aloqalarni o\u02bbrnatish maqsadida sayohatga chiqqanlar. Savdo karvonlari yo\u02bbllari kesishgan, madaniyatlar va sivilizatsiyalar tutashgan chorrahada joylashgani uchun Markaziy Osiyo mintaqasi bu jarayonda muhim o\u02bbrin tutgan [1:46].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu, ayniqsa, jahon turistik bozoriga xos bo\u02bblgan dam olish va davolanish maskanlariga, dunyo miqyosidagi turli xil turistik obyektlarga ega O\u02bbzbekiston uchun betakror ahamiyat kasb etadi. Maydoni salkam yarim million kvadrat kilometrni tashkil etuvchi, okean va dengizlardan ancha yiroqda, materik ichkarisida joylashgan O\u02bbzbekistonda sayyohlik obyektlari qatorida dastavval rekreatsiya resurslari hamda qadimgi tarixiy obidalarga boy Farg\u02bbona va Zarafshon vodiylari, Xorazm vohasi alohida o\u02bbrin egallaydi. Ushbu davolanish va dam olish maskanlari hamda ommaviy sayilgohlar joylashgan voha va vodiylarda yiliga bir necha o\u02bbn-yuz minglab mahalliy aholi hamda yaqin va uzoq xorijdan kelgan insonlar dam oladi, davolanadi, har xil sayyohlik turlari bilan shug\u02bbullanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qadimiy madaniyatlar beshigi bo\u02bblgan, YUNESKO ning butunjahon merosi ro\u02bbyxatiga kiritilgan, qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari bo\u02bblib kelgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari mintaqada ziyorat turizmi rivojlanishini ta\u02bcminlab kelmoqda. Aynan ziyorat turizmi bugungi kunda dunyoda tobora katta qiziqish uyg\u02bbotmoqda va butun sayyohlik sohasining eng muhim qadriyatlaridan biriga aylanmoqda. Dam olish, davolanish, har xil sayyohlik turlari, shu jumladan, ma\u02bcrifiy turizm bilan shug\u02bbullanish maqsadida O\u02bbzbekistonga rasmiy tarzda kelayotganlar sayyohlar soni keyingi bir-ikki yil ichida jadal ko\u02bbpayib bormoqda. \u201cMamlakatimizga 2022-yil yanvar-may oylarida dunyoning 70 dan ortiq davlatidan 668.6 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning tarixi va madaniyati nihoyatda boy va turizm tarmog\u02bbining rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega. Hudud \u201cBuyuk Ipak yo\u02bbli\u201dda joylashgani bois, tarixda savdo va madaniy aloqalar markazi sifatida dunyo mamlakatlari ichida shuhrat qozongan. Respublika hududida 4000 ga yaqin arxitektura yodgorliklari bo\u02bblib, ularning ba\u02bczilari 2500-yillik tarixga ega. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalar dunyo tarixchilari va sayyohlarining doimo diqqat markazida bo\u02bblib kelgan. Mustaqillik yillarida O\u02bbzbekiston turizm industriyasida sezilarli o\u02bbzgarishlar yuz berdi. Mamlakatda turizmning rivojlanishi bilan bog\u02bbliq siyosiy qarash o\u02bbzgardi. Turizmni rivojlantirish maqsadida 80 ga yaqin me\u02bcyoriy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Turizmning barcha turlarini rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi va hozirda takomillashtirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 9-fevralda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [10] Farmoni e\u02bclon qilindi. Unda turizm bozorining turli segmentlariga yo\u02bbnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo\u02bbnalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ\u02bbib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlashga yo\u02bbnaltirilgan vazifalar belgilab berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi \u201c2017-2021-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasini \u201cYoshlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u201dda amalga oshirishga oid Davlat dasturi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [9] Farmoniga muvofiq, O\u02bbzbekiston bo\u02bbylab sayohat qilish uchun xarajatlarning bir qismini qaytarish tartibi joriy qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan bir qatorda, tashkiliy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalar yuzasidan sohani qo\u02bbllab-quvvatlashda Moliya vazirligi, bank moliya tizimi, transport logistikasi hamda soliq tizimlariga tegishli ko\u02bbrsatmalar berildi. Bu, o\u02bbz navbatida, ichki turizmning jadal rivojlanishi hamda fuqarolarimizning hordiq chiqarishlariga qulay imkon yaratadi. E\u02bctiborli jihatlaridan yana biri \u2013 bu buyuk alloma Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolar qabrini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasi \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201dni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonning yana bir muhim jihati sifatida Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko\u02bblamda ommalashtirish va targ\u02bbib qilish maqsadida xorijiy tillarda \u201cImom Buxoriy\u201d ziyorat turizmi yo\u02bbldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasining yaratilishi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston turizm industriyasida ziyorat turizmi subyektlarining faoliyati, talab va taklif qonunining ustuvorligi, tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni muvofiqlashtirishning ma\u02bcmuriy mexanizmlarini yaratish holati kabi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar jamiyatdagi turli ixtisoslashgan institutlar va ularning faoliyat yuritish tartibiga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri bog\u02bbliq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, O\u02bbzbekistonda turizm industriyasining bugungi holatini o\u02bbrganish bilan bir qatorda, bozor mexanizmlaridan ham ustun turuvchi jamiyatning madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, huquqiy mexanizmlari majmuasi sifatida namoyon bo\u02bbluvchi mavjud institutlarning jarayonlarga ta\u02bcsir darajasini o\u02bbrganish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning mazkur Farmonlari yuqorida qayd etilgan jihatlarni to\u02bbliq qamrab olgani bilan diqqatga sazovordir. Ta\u02bckidlash joizki, so\u02bbnggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi o\u02bblaroq O\u02bbzbekiston \u201cJahon musulmon sayyohlari indeksi\u201d reytingida 10 pog\u02bbona (32-o\u02bbrindan 22-o\u02bbringa) ko\u02bbtarilib, Islom hamkorlik tashkilotiga a\u02bczo mamlakatlar o\u02bbrtasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan \u201cEng jozibador\u201d hamda \u201cXavfsizlik va bag\u02bbrikenglik darajasi yuqori\u201d bo\u02bblgan 10 mamlakat qatoridan o\u02bbrin egalladi [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahon sayyohlik tashkilotining ma\u02bclum qilishicha, dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining 10 foizi, investitsiyalarning 11 foizdan ortig\u02bbi, xalqaro eksportning 7 foizi aynan turizm hissasiga to\u02bbg\u02bbri keladi. Xalqaro turizm keltiradigan daromad 1995-yilda 373 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo\u02bblsa, hozirda bu ko\u02bbrsatkich yiliga 1 trillion AQSH dollaridan oshib ketdi [5].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayni paytda mazkur sohada 250 milliondan ortiq kishi mehnat qilayotgani esa uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublikamizda xalqaro turizm bozorini rivojlantirish, uni jahon andozalari talabi asosida shakllantirish va shu orqali iqtisodiyotni yanada yuksaltirish imkoniyati juda ko\u02bbp. Xalqaro turizm bozorida, kuchli raqobat kurashi sharoitida ko\u02bbzlangan maqsadga erishish uchun, eng avvalo, aniq yo\u02bbnalish, doimiy ravishda izlanish, faoliyatni jahon andozalari darajasida tashkil etish talab qilinmoqda. Bu borada Respublikamizda so\u02bbnggi yillarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichida eng ahamiyatlisi Prezidentimizning 2019-yil 5-yanvardagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-5611-sonli Farmoni asosida Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va u 2019-2025-yillar uchun qilinishi kerak bo\u02bblgan ishlarni o\u02bbz ichiga oladi [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda sayyohlik tizimini jahon andozalari darajasida rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta\u02bcminlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [7] PF 4861-sonli Farmoni turizm tarmog\u02bbini jadal rivojlantirishni ta\u02bcminlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish va hududlarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF 5326-sonli \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha tashkiliy chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi [8] Farmoni e\u02bclon qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur Farmonda Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O\u02bbzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi xorijiy aviakompaniyalar havo kemalari ekipajining a\u02bczolari uchun O\u02bbzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e\u02bctiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanishi ko\u02bbzda tutildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2019-yilning 1-fevralidan 45 davlat fuqarolari 30 kunlik muddatga O\u02bbzbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo\u02bbldi. Shuningdek, 2-3 ish kunida beriladigan elektron vizalar bilan mamlakatga qisqa muddatga sayohat qilish imkoni berilgan mamlakatlar soni ham 76 taga yetkazildi. Shu paytgacha, fuqarolari O\u02bbzbekistonga 30 kunga vizasiz sayohat qilishi mumkin bo\u02bblgan mamlakatlar soni 18 ta edi [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda O\u02bbzbekistonga kelayotgan xorij fuqarolari soni yildan yilga o\u02bbsib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Statistik ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, 2016-yil O\u02bbzbekiston Respublikasiga 2,027 mln kishi tashrif buyurgan bo\u02bblsa, 2017-yil ushbu ko\u02bbrsatkich 2,69 mln kishini tashkil etgan, bu esa 2017-yilda tashrif buyurgan kishilar soni 2016-yilga nisbatan 32,7 % ga oshganini bildiradi. O\u02bbz navbatida, 2018-yil mamlakatimizga 5,346 mln kishi tashrif buyurgan bo\u02bblib, o\u02bbtgan 2017-yilga nisbatan 99% ga o\u02bbsgan [2]. Ushbu sayyohlar mamlakatimizga sog\u02bblomlashtirish, ma\u02bcrifiy, kasbiy-amaliy, ziyorat yoki boshqa maqsadlarda kelayotganini kuzatish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonga tashrif buyuradigan xorij fuqarolarini maqsadi bo\u02bbyicha taqsimlaydigan bo\u02bblsak, ularning ko\u02bbrsatkichi bir-biridan katta farq qilishini ko\u02bbrish mumkin. Mamlakatimizda turizmning ko\u02bbplab turlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirishi davlat qo\u02bbmitasi tomonidan mamlakatimizga tashrif buyurgan fuqarolardan kelish maqsadi bo\u02bbyicha so\u02bbrovnomalar o\u02bbtkazilgan. So\u02bbrovnoma o\u02bbtkazish jarayonida 72 ta davlatdan jami 5756 respondent ishtirok etgan. Tadqiqot natijalari BTT ekspertlari ishtirokida va Turizm statistikasi bo\u02bbyicha xalqaro tavsiyalar asosida umumlashtirilgan. Ushbu tadqiqot natijalariga ko\u02bbra, 2018-yilda 88,1% qarindoshlari va do\u02bbstlarini ko\u02bbrish maqsadida, 8,6% dam olish va sayohat maqsadida, 1.1% malakaviy xizmat yuzasidan, 1,0% davolanish yuzasidan, 1,0 tijorat qilish maqsadida va 0,2% ta\u02bclim olish yuzasidan kelgani aniqlangan. Demak, asosiy o\u02bbrinda turgan qarindosh va do\u02bbstlarni ko\u02bbrish turizmi bevosita ziyorat turizmi bilan bog\u02bblanadigan jarayondir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun Misr, Quvayt, Qatar, Ummon, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Malayziya, Turkiya, Pokiston, Eron va MDH davlatlaridan ziyoratchilarni yanada ko\u02bbproq jalb qilish bo\u02bbyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 O\u02bbzbekistonni ziyorat qilishga qiziqishi kuchli bo\u02bblgan mamlakatlarni aniqlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 mazkur mamlakatlar bilan ziyorat turizmi sohasida hamkorlik aloqalarini yo\u02bblga qo\u02bbyish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 O\u02bbzbekiston va boshqa mamlakatlar o\u02bbrtasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha ikki tomonlama huquqiy asos va yo\u02bbl xaritalarini ishlab chiqish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha mazkur davlatlarning turizm kompaniyalari o\u02bbrtasida turli uchrashuv va seminarlarni doimiy tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 yurtimizga ziyorat uchun kelish istagida bo\u02bblgan davlatlar uchun\u00a0 O\u02bbzbekistondagi tarixiy obida, madaniy meros obyektlari va ziyoratgohlarni yoritib beruvchi maxsus rolik, buklet va ziyoratgohlar bo\u02bbyicha nashrlar chop etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 ziyoratchilarga ziyoratgoh haqidagi ma\u02bclumotlarni batafsil ma\u02bclumot beradigan, islom ta\u02bclimini yaxshi o\u02bbzlashtirgan arab va ingliz tilini puxta biladigan mutaxassislarni tayyorlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 O\u02bbzbekistonda dunyoga mashhur bo\u02bblgan allomalar haqida ma\u02bclumotlarni to\u02bbplash va ularning ziyoratgohlari ro\u02bbyxatini shakllantirish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Boltaboyev M.R., Tuxliyev I.S., Safarov B.Sh., Abduxamidov S.A. Turizm: nazariya va amaliyot. \u2013 T., 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sayfutdinov Sh.S. O\u02bbzbekistonda Ziyorat turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari. Open economy: healthy competition, business environment and favorable investment climate.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/english\/yangiliklar-2016\/uzbekistan\/item\/30477-zbekiston-zijoratchilarni-zhalb-etish-b-jicha-etakchi-davlatga-ajlanmo-da<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/m.kun.uz\/news\/2019\/01\/05\/1-fevraldan-yana-45-davlat-fuqarolari-ozbekistonga-vizasiz-kirishi-mumkin-boladi<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3311817.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/4143188.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3077025.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3548467.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/5260791\">https:\/\/lex.uz\/docs\/5260791<\/a>.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/5283956.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">JAHONGIR ZAYNALOV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iqtisod fanlari doktori, professor,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAFIZULLOH BOYQOBILOV<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent Kimyo xalqaro universiteti<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">turizm fakulteti 2-bosqich magistranti<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi yillarda yurtimizda turizmga davlat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri sifatida e\u02bctibor berilmoqda. Iqtisodiyotning noishlab chiqarish sohasi bo\u02bblmish turizmdan tushgan mablag\u02bb jahondagi ayrim davlatlar daromadining salmoqli qismini tashkil etadi. O\u02bbzbekistonda turizmning barcha yo\u02bbnalishlari qatori ziyorat turizmini rivojlantirish bo\u02bbyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Natijada, mamlakatimizga kelayot-gan sayyohlar soni sezilarli darajada oshishiga erishildi. Ayniqsa, oxirgi uch yil &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":43958,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-07-17T05:29:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz\",\"name\":\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg\",\"datePublished\":\"2025-07-17T05:29:13+00:00\",\"dateModified\":\"2025-07-17T05:29:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-07-17T05:29:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz","name":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg","datePublished":"2025-07-17T05:29:13+00:00","dateModified":"2025-07-17T05:29:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/turizm1707.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43957&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ZIYORAT TURIZMINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43957"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=43957"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43957\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":43959,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43957\/revisions\/43959"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/43958"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=43957"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=43957"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=43957"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}