{"id":43478,"date":"2025-07-02T10:02:39","date_gmt":"2025-07-02T05:02:39","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=43478"},"modified":"2025-07-02T10:02:39","modified_gmt":"2025-07-02T05:02:39","slug":"nosiruddin-samarqandiyning-riyozatul-axloq-asarida-ijtimoiy-odob-axloqqa-doir-masalalar-tahlili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz","title":{"rendered":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrlik faqih ulamolardan biri \u2013 Nosiruddin Samarqandiy (vaf. 556\/1161) Samarqandda yashab, o\u02bbz davrida Qur\u02bcon, aqida, fiqh, odob-axloq, tasavvuf, tarix va tilshunoslik kabi ilm sohalari bo\u02bbyicha olim bo\u02bblgan. Olim islom dinining turli ilm sohalariga oid ko\u02bbplab kitoblar yozgan bo\u02bblib, ulardan bir qanchasi bizgacha yetib kelgan. Jumladan, olimning odob-axloq va tasavvuf ilmiga oid \u201cRiyozatul axloq\u201d (\u0631\u064a\u0627\u0636\u0629 \u0627\u0644\u0623\u062e\u0644\u0627\u0642 \u2013 \u201cAxloq tarbiyasi\u201d) asari mavjud bo\u02bblib, hozirda uning 2 ta qo\u02bblyozma nusxasi ma\u02bclum. Manbaning birinchi nusxasi 868\/1562-yilda noma\u02bclum xattot tomonidan ko\u02bbchirilgan bo\u02bblib, 1268\/1842-yilda Saudiya Arabistonidagi Malik Muhammad Hasan ibn Hamza Zohirning shaxsiy kutubxonasiga kiritilgan. Ikkinchi nusxasi Suriyadagi \u201cZohiriya\u201d kutubxonasida 11139 raqam ostida saqlanadi. Ushbu nusxa 1100\/1689-yilda Abdullatif tomonidan ko\u02bbchirilgan va 84 varaqdan iborat. Ushbu manbada asar nomi \u201cRiyozat axloq an-nafs\u201d (Nafs axloqi tarbiyasi) deb keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandiyning mazkur asari odob-axloq, nafs tarbiyasi, tasavvuf ilmi va tushunchalari borasida muhim manba sanaladi. Asar riyozat va uning turlari haqidagi masalalar bilan boshlanib, asosiy qismini Samarqandiy, shartli ravishda, ikki qismga: \u201cKitobul adab\u201d (\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0623\u062f\u0628 \u2013 \u201cOdob haqidagi bo\u02bblim\u201d) va \u201cKitobul axloq\u201d (\u0643\u062a\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0623\u062e\u0644\u0627\u0642 \u2013 \u201cAxloq haqidagi bo\u02bblim\u201d)ga bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur mavzuni yoritishda Nosiruddin Samarqandiyning \u201cRiyozatul axloq\u201d asari qo\u02bblyozma nusxasi va zamonaviy nashriga murojaat etildi. Qur\u02bcon oyatlarining o\u02bbzbek tilidagi izohli tarjimasi Shayx Abdulaziz Mansurning \u201cQur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri\u201d kitobidan keltirildi. Shuningdek, tasavvuf va axloq borasidagi maxsus adabiyotlardan istifoda etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur maqolada Nosiruddin Samarqandiyning \u201cRiyozatul axloq\u201d asarida ilgari surilgan ijtimoiy odob-axloq masalalariga doir qarashlar qiyoslash, analiz, sintez metodlari asosida ilmiy tahlil qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandiy nafs tarbiyasi nima uchun kerak? degan savolga asarning kirish qismida: \u201cAxloqni poklash insonni bu dunyoda baxt-saodatga va oxirat kunida esa najotga erishishiga sabab bo\u02bbladi\u201d, deb aytadi. Bu borada Qur\u02bcon karimning quyidagi oyatini dalil sifatida keltiradi: \u201cNajot topuvchi odam, haqiqatan, (kufr va gunohlardan) pok bo\u02bblur va Parvardigorining ismini yod etib, (besh vaqt) namoz o\u02bbqir\u201d [1:591].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim kitobini jihod so\u02bbzi bilan boshlaydi, ya\u02bcni \u201cJihodning afzali nafsga qarshi qilingan jihod\u201d ekanini alohida ta\u02bckidlab, axloq va nafs tarbiyasi haqidagi ushbu kitobni yozishdan maqsad ham insonning o\u02bbz nafsi va shaytoni ustunidan kurashda g\u02bbolib bo\u02bblishga yordam berishga harakat deb atagan [4:5]. Bu bilan Samarqandiy jihodni insonlarni yomon-likdan qaytishga, yaxshiliklarni ko\u02bbpaytirishga qilingan jiddu-jahd, urinish deb keltirgan. Shuningdek, islom ta\u02bclimotida kishi o\u02bbzidagi yomon illatlarni tark etishi va yaxshi xulqlar bilan xulqlanishga harakat qilishi \u201ckatta jihod\u201d sifatida keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRiyozatning tartibi\u201d nomli faslda o\u02bbz axloqini sayqallashni xohlagan inson, birinchi navbatda, Allohning roziligiga erishishni maqsad qilishi va riyozat qilishni U (Alloh)ni zikr qilishdan boshlashi lozimligi aytiladi. Bu bilan inson qalbi taskin topib, turli yomonliklardan xoli bo\u02bbladi. Qalbi xotirjam inson esa, shoshishdan va toyilishdan xoli bo\u02bblib, bir ishni boshlashdan oldin o\u02bbylab, o\u02bbziga yaqin insonlar bilan maslahatlashib, keyin ishga kirishadi. Shundagina kerakli natijaga erishadi [5:2b].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarbiyani esa, insonning yoshligidan boshlash maqsadga muvofiq bo\u02bblib, bu, birinchi navbatda, ota-onaning zimmasida bo\u02bbladi. Shu sababli Nosiruddin Samarqandiy asarning \u201cRiyozatus sibyon\u201d (Bolalar tarbiyasi) deb nomlangan faslida bu haqda alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtgan. Unda: \u201cBola ota-ona uchun Allohning bergan omonatidir. Inson hayoti bamisoli bir oppoq varaq bo\u02bblib, u hayoti davomida unga turli naqshlar chizadi va har xil yozuvlar yozishga harakat qiladi. Ammo insonning bu naqsh va yozuvlari o\u02bbchib ketadi. Faqat o\u02bbz bolasining qalbiga yozgan yozuvlari va unga chizgan axloqiy naqshlari insonni o\u02bbziga bu dunyoda ham, oxiratda ham qaytadi. Shu sababli ham har bir ota-ona o\u02bbzining oq qog\u02bboz misoli farzandiga qanday naqsh va yozuvlar chizishiga, ya\u02bcni ta\u02bclim va tarbiya berishiga e\u02bctibor qaratishi lozim bo\u02bbladi\u201d, deydi [5:4b].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Odob bo\u02bblimida ibodatlarni ado etayotganda, ilm olish, ilm berish va boshqa ijtimoiy munosabatlar jarayonida amal qilinishi lozim bo\u02bblgan odob qoidalarini sanab o\u02bbtadi. Xususan, tolibi ilm nafsini axloqiy g\u02bbarazlardan poklash, ilm olishda dunyoviy maqsadni umid qilmaslik, ustozini va ilmni hurmat qilish, ustozining oldida o\u02bbzini xor tutish va tug\u02bbyonga ketmaslik, ilm olish barcha payg\u02bbambar va avliyolarning yo\u02bbli ekanini esdan chiqarmaslik lozim. Chunki payg\u02bbambar va ulamolar o\u02bbzining martaba-lavozimi yoki mol-dunyosi bilan emas, balki ularga berilgan ilm bilan saodatli bo\u02bblgan. Demak, tolibi ilm qanday martaba yoki nasl-nasab sohibi bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, manmanlik va kibrdan o\u02bbzini saqlashi, ilm talab qilishda tavoze va muloyimlikni o\u02bbziga kasb qilib olishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, muallif ilm beruvchi muallim haqida ham alohida to\u02bbxtalib: \u201cUstozlar o\u02bbzining o\u02bbquvchilariga o\u02bbz farzandlari kabi mehr-shafqatli bo\u02bblishi lozim. O\u02bbzi ham go\u02bbzal axloq sohibi bo\u02bblish bilan birga, yomon xulq va odatlardan xoli bo\u02bblishi talab etiladi. Ustozning bergan ilmi bu dunyoda ko\u02bbpchilikka manfaat yetkazsa, oxiratda o\u02bbzi va boshqalarga savob kelishiga sabab bo\u02bbladi\u201d, deydi [5:7b].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mavzulardan so\u02bbng Nosiruddin Samarqandiy insonlarning kundalik ishlari va fiqhiy amallari borasidagi odob qoidalarini birma-bir sanab o\u02bbtadi. Ularga: tahorat, namoz, zakot, sadaqa, ro\u02bbza, Qur\u02bcon o\u02bbqish, duo qilish, kechasi tahorat bilan uxlash, taomlanish, ziyofat, taloq, savdo, tijorat, suhbat, birodarlik, oilaviy yashash, kasal bo\u02bblish, janoza, safar va boshqa shu kabi odoblar kiradi. Xususan, ro\u02bbza tutish odobi haqida to\u02bbxtalib, Samarqandiy ro\u02bbzadorlarni uch toifaga bo\u02bbladi: \u201cBirinchi toifa, oddiy musulmonlarning ro\u02bbzasi \u2013 bunda ro\u02bbzador ertalabdan kechga qadar yemoq, ichmoq va jinsiy yaqinlik qilmoqdan o\u02bbzini saqlaydi. Ikkinchi toifa, xoslarning ro\u02bbzasi bo\u02bblib, unda ro\u02bbzador yemoq, ichmoq va jinsiy yaqinlikdan tiyilish bilan birga, tana a\u02bczolari bilan gunoh qilishdan saqlanadi va shu bilan birga, kimdir unga tili yoki qo\u02bbli bilan ozor bergan bo\u02bblsa, uni afv etadi. Uchinchi toifa esa, xoslarning xosi bo\u02bblib, bunda ro\u02bbzador Alloh va uning rizosidan boshqa barcha narsalarni tark etadi\u201d, deb ta\u02bcriflaydi [4:40].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Duo qilishga doir odoblar haqida olim sunnatda zikr etilgan duo ijobat bo\u02bbladigan vaqtlarda ko\u02bbproq duo qilishga e\u02bctibor qaratish lozimligi aytadi. Jumladan, qadr kechasi, Ramazon oyi, saharlik va iftorlik vaqti, hayit kunlari, juma kuni, tunning yarmi va tong saharda qilingan duolar fazilatli vaqt sifatida zikr etilgan. Yana namozdan so\u02bbng va yomg\u02bbir yoqqan o\u02bbrinlarda duo qilish tavsiya etilgan. Duo qilishdagi holatlarga ham e\u02bctibor qaratib, olim o\u02bbzi eshitadigan ovoz bilan, qibla tomonga yuzlanib, qo\u02bblini ko\u02bbtargan holda niyatlarini qalbidan o\u02bbtkazib, har bir niyatini uch marta takrorlash bilan hamda uning ijobat bo\u02bblishi chin ishonch bilan duo qilish kerakligini uqtiradi. Shuningdek, duoni avvalida Allohning zikri, salavot va istig\u02bbfor bilan boshlash hamda yakunida yana salavot bilan tugatish tavsiya etiladi [4:41-42].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taomlanishda zarur odoblarni Samarqandiy uch qism: ovqatlanishdan oldin, ovqatlanish vaqtida va ovqatlanishdan keyingi odoblarga ajratadi. Birinchi qismda taomning halol va shubhali narsalardan xoli bo\u02bblishi, ovqatlanishdan oldin qo\u02bbllarni yuvish, yerda ovqatlanish, tavoze bilan o\u02bbtirish belgilangan. Ikkinchi qismda esa ovqatlanishni o\u02bbng qo\u02bbl va \u201cbismillah\u201d bilan boshlash, iloji bo\u02bblsa, har luqma olganida tasmiya aytish, ovqatlanishdan oldin va keyin tuz tatish, taomni yomonlamaslik, o\u02bbz oldidan yeyish, ovqatdan ko\u02bbp olmaslik, taomni o\u02bbrtasidan boshlamaslik hamda taomdagi go\u02bbshtni pichoq bilan kesmaslik kabi odoblar keltirilgan. Shuningdek, nonning ustiga yeb bo\u02bblmaydigan narsalarni qo\u02bbyishdan qaytarilgani, bu borada Nabiy alayhissalomning: \u201cNonni ikrom qilinglar. U sizlarga Alloh taolo tomonidan yuborilgan osmon barakalaridandir\u201d degan so\u02bbzlarini zikr etadi. Non ustiga qo\u02bblini qo\u02bbyish, artish, barmoqlari orasiga kirgizish, taomga puflash mumkin emas. Uchinchi qism, ya\u02bcni ovqatlanishdan keyingi odoblar sifatida qo\u02bblni sochiqqa artish, keyin yuvish, taom qoldiqlarini yalab qo\u02bbyish hamda Allohga hamd aytish keltirilgan [4:43-44].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nikohlanish odobida kelin tanlashda sakkiz jihatga e\u02bctibor berish lozimligi aytilgan. Ular dini, xulqi, husni, mahrni yengilligi, farzand ko\u02bbra olishi, bokiraligi, yaqin qarindosh bo\u02bblmasligi hamda yaxshi xonadon ahlidan bo\u02bblishi, deb belgilangan [4:47]. Shuningdek, oila ta\u02bcminoti erkak kishining zimmasida bo\u02bblishi, unda isrof va kamchilikka yo\u02bbl qo\u02bbymaslik, ayoliga kifoya qiladigan darajada din ilmini o\u02bbrgatish va adolatli bo\u02bblish lozimligi uqtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ijtimoiy masalalardan savdo va tijorat borasida ham o\u02bbziga xos odoblar bo\u02bblib, Samarqandiy buni alohida mavzuda keltirib o\u02bbtgan. Jumladan, savdoda o\u02bbz ehtiyojiga yarasha tovarlarni sotib olish, tovarni ayblarini aytib sotish, xushmuomala bo\u02bblish, tarozidan urmaslik, muhtojlarga qarz berish, faqirlar qarzini kechib yuborish tijorat ahli odoblari sifatida zikr etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim do\u02bbst va sirdosh tanlashning ham odoblarini o\u02bbz kitobida bayon etgan. Xususan, har qaysi inson bilan do\u02bbst bo\u02bblish yaxshi ish emas. Chunki Nabiy alayhissalom: \u201cKishi do\u02bbstining dinida bo\u02bbladi. Shuning uchun kim bilan do\u02bbst bo\u02bblganiga e\u02bctibor qilsin\u201d, deb aytgan. Shu bois inson o\u02bbziga do\u02bbst yoki sirdosh tanlashda beshta xislatiga ahamiyatli bo\u02bblsin. Ular: aql, chiroyli xulq, fosiq, bid\u02bcatchi hamda dunyoga xirs qo\u02bbymagan kishi bo\u02bblishi. Bu borada Samarqandiy Ja\u02bcfar Sodiqning so\u02bbzlarini keltiradi: \u201cBesh toifani do\u02bbst tutmagin! Birinchi yolg\u02bbonchilar. Ularga yaqinlashsang, sendan uzoqlashadi. Ulardan uzoq bo\u02bblsang, senga yaqinlashadi (ya\u02bcni boshingga tashvish tushsa, yordami kerak bo\u02bblgan vaqtda uzoqlashadi. Xursand bo\u02bblib, ularga ehtiyoj bo\u02bblmagan vaqtda yaqiningda aylanadi). Ikkinchisi ahmoqlar. Senga foyda keltiraman deb, zarar yetkazadi. Uchinchisi baxil odamlar. Ular ehtiyojing bor vaqtda sen bilan aloqalarini uzadi. To\u02bbrtinchisi qo\u02bbrqoqlar. Ular qiyinchilik vaqtida o\u02bbzini o\u02bbylab, sendan yuz o\u02bbgiradi. Beshinchisi fosiqlar. Ular seni arzimagan narsa uchun sotib yuboradi\u201d [4:55]. Shu bois haqiqiy, chin do\u02bbstlar o\u02bbziga yaxshi ko\u02bbrgan narsani do\u02bbstiga ham ilinadi, so\u02bbrashidan avval mushkulini oson qiladi, sirini saqlaydi, oldida va ortidan duo qiladi, vafodor, sodiq bo\u02bbladi, obro\u02bbsini ko\u02bbtaradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasal bo\u02bblish odobi borasida Samarqandiy shunday deydi: \u201cChiroyli sabr qilish, nolish va ingrashni ko\u02bbpaytirmaslik, chiroyli sabr qilish va albatta, Allohga tavakkal qilib, uning dardiga shifo berishiga ishonish hamda xayrli duo qilish \u2013 bemorlikning odobidir\u201d [5:8b]. Shuningdek, bemorlarni ziyorat qilishning ham odoblari bo\u02bblib, bu masala \u201cRiyozatul axloq\u201d kitobida alohida mavzuga jamlangan. Bemorning ziyoratiga kelgan odam yengil o\u02bbtiradi, savolni qisqa qiladi, hamdardligini izhor qilib, shifo tilab duo qiladi. Bemor avratlariga nazar solishdan o\u02bbzini saqlaydi. Kirishdan oldin izn so\u02bbraydi. O\u02bbzini tanishtiradi [4:60].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbshnichilik munosabatlari ham islom ta\u02bclimotida alohida masala bo\u02bblib, ular o\u02bbrtasidagi munosabatlar islom manbalarida tartibga solingan. Olim qo\u02bbshnichilik odoblari borasida yaxshi kunlarida birga bo\u02bblish, musibat kunida yonida turish, xatolarini kechirish, qo\u02bbshni devoridan nazar solmaslik, suv, qor, tuprog\u02bbini qo\u02bbshnining uyiga oqizmaslik, safarga ketsa, uyiga ko\u02bbz-quloq bo\u02bblish, holidan xabardor bo\u02bblib turish, farzandlariga iltifot ko\u02bbrsatish, hojati tushib qolsa, yordam qilish kabi odoblarni keltirib o\u02bbtadi [4:61]. Bu borada: \u201cAlloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni shirin qilib qo\u02bbyadi (ya\u02bcni qo\u02bbshnilarini muhabbatli qilib qo\u02bbyadi)\u201d hadisini dalil qiladi. Shuningdek, qarindoshlar bilan, garchi ozor bersa ham, aloqalarni bog\u02bblashga buyuriladi. Hadisi sharifda: \u201cSadaqaning afzali gina qiluvchi qarindoshga qilinganidir\u201d deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Safarga chiqishning ham o\u02bbziga xos odoblari bo\u02bblib, Samarqandiy bu borada zulmga qarshi turish, dinda buyurilgan amallarni bajarish, nafaqani ado qilish yoki dushmanga qarshi kurash uchun safarga chiqilishi mumkinligi, bunda yo\u02bbldosh tanlash, oralaridan bir kishini boshliq qilib tayinlash lozimligini aytadi. Safar uchun erta tongda yo\u02bblga chiqish afzal vaqt sifatida keltiradi. Uyga qaytishda oila a\u02bczolari va yaqin qarindoshlariga sovg\u02bba olish tavsiya etiladi. Shuningdek, olim maqsadsiz safar qilishdan qaytarib, zarurat yoki olimlarni ziyorat qilish uchungina safarga chiqishni ta\u02bckidlaydi. Va maqsadi hosil bo\u02bblishi bilan darhol uyga qaytish tavsiya etiladi [4:63-65].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cOdob haqidagi bo\u02bblim\u201dda ijtimoiy odoblarga ta\u02bcrif berilganidan keyin \u201cAxloq haqidagi bo\u02bblim\u201dga o\u02bbtiladi. Axloq \u2013 bu insonlar orasida namoyon bo\u02bbladigan kishining xatti-harakatlari majmui bo\u02bblib, ular yaxshi va yomon xulqlarga ajraladi. Nosiruddin Samarqandiy bu xulqlarning birinchi harflariga e\u02bctibor qilgan holda arab alifbosiga moslab boblarga bo\u02bblib, unga mos xulqlarni ketma-ket sanab o\u02bbtadi va atroflicha sharhlab beradi. \u201cAxloq haqidagi bo\u02bblim\u201d arab alifbosining birinchi harfi \u2013 \u201cAlif\u201d harfi bobi bilan boshlanib, dastlab, bu bobda \u201c\u0627\u0644\u0627\u0633\u062a\u0643\u0628\u0627\u0631\u201d \u2013 \u201cKibrlanish\u201d axloqi haqida so\u02bbz boradi. \u201cKibrlanish \u2013 bu kishini o\u02bbz nafsida takalluf va mag\u02bbrurlikni kasb qilib olishi, ichki va tashqi holatida o\u02bbzini boshqalardan ustun qo\u02bbyishi\u201d, deb ta\u02bcriflagan [5:16a]. Asarda kibr mavzusiga alohida e\u02bctibor qaratilib, unda kibrning kelib chiqish sabablari, turlari, kibrli insonlarning axloqi va manmanlikning dunyo va oxiratda keltiradigan zararlari borasida aytib o\u02bbtilgan. Chunki hamma yomonliklarning boshlanishi inson o\u02bbzini boshqalardan ulug\u02bb hisoblab, ularni mensimaslikdan kelib chiqadi. Natijada, kibrli inson qilayotgan ishlarini to\u02bbg\u02bbri deb o\u02bbylab, yaqinlari maslahati va nasihatiga quloq solmay, o\u02bbzini har bir ishda haq deb o\u02bbylaydi. Bu esa, avvalo, kibrlangan kishini o\u02bbziga, qilayotgan ishiga, keyin esa, uning atrofidagi jamiyat a\u02bczolariga zarar yetkazadi. Shuningdek, bu bobda \u201cIsor\u201d (o\u02bbz manfaatidan boshqalarni afzal ko\u02bbrish), \u201cIstehzo\u201d (masxara qilish), sirlarni fosh etish, ixlos, vakil bo\u02bblish, insoniylik kabi xulqlar keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBa\u201d harfi bobi baxillik mavzusi bilan boshlanib, unda beadab so\u02bbkinish, bekorchilik va noshukurlik kabi mavzular haqida so\u02bbz boradi hamda bunday illatlar qoralanadi. Xususan, beadab so\u02bbzlarni aytib so\u02bbkinish insonning o\u02bbz nutq kuchi va aql quvvatida fahsh narsalarga tobe hamda yomon xulq sohibi ekaniga dalil bo\u02bbladi. Bekorchilik esa, bu insonning dangasaligi bo\u02bblib, mehnat qilmasdan, mashaqqat chekmasdan, tekindan keladigan narsa bilan kun ko\u02bbrishga o\u02bbrganib qolishdan hosil bo\u02bbladi. Bu esa, bekorchi insonning har xil buzuq ishlar bilan mashg\u02bbul bo\u02bblishiga, oxir-oqibatda esa, boshqalarning qo\u02bbliga qarab, ularga qul bo\u02bblishiga sababchi bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u201d harfi bobida Nosiruddin Samarqandiy tavoze, tavhid, tavakkul, maqtanchoqlik, chuqur ketish, takalluf, o\u02bbylamasdan gapirish, mensimaslik, ikkiyuzlamachilik, to\u02bbqlik, farovonlik, xushmuomala-lik kabi mavzularni ta\u02bcriflaydi. Xususan, xushmuomalalik mavzusida buni bag\u02bbrikenglik va kechirimlilikdan iborat xulq, deb atagan [5:25b].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tavakkul bu ishlarni Allohga topshirish, uning amalga oshishida Allohga suyanish bo\u02bblib, olim kishi qilayotgan ishini tark etishi yoki hech bir kasbni qilmasdan o\u02bbtirishi tavakkul emas, balki dangasalik ekanini ta\u02bckidlaydi. Tavakkul ma\u02bclum ish bilan mashg\u02bbul bo\u02bblib, uning muvaffaqiyatini Allohdan kutish, o\u02bbz amaliga suyanib qolmaslikdir [4:88-89].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nosiruddin Samarqandiy ijtimoiy odoblardan biri hayo haqida ham to\u02bbxtalib, hayo qabih ishlarni oshkora qilishdan qaytarib turuvchi tabiiy instinkt bo\u02bblib, islom ta\u02bclimotida maqtalgan go\u02bbzal xulqlardan biri hisoblanadi. Nabiy alayhissalom: \u201cHayosi yo\u02bbqning imoni yo\u02bbq\u201d deb aytganlar. Yana: \u201cAgar hayo qilmasang, xohlagan ishingni qilaver!\u201d deb nasihat qilgan [4:132-133].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axloqiy fazilatlardan biri shukr bo\u02bblib, \u201cRiyozatul axloq\u201d asarida bu mavzuga alohida o\u02bbrin ajratilgan. Samarqandiy shukrga \u201cochiqlash, izhor qilish\u201d deb ta\u02bcrif beradi. Ya\u02bcni inson o\u02bbziga berilgan ne\u02bcmatlarni ochiqlashi shukr hisoblanadi. Shuningdek, shukr uch holatda namoyon bo\u02bbladi: Birinchisi, o\u02bbziga berilgan imkoniyatlarni ochiqlash, ikkinchisi, Allohning buyruqlariga amal qilish hamda uchinchisi, tili bilan minnatdor bo\u02bblish orqali yuzaga keladi. Nabiy alayhissalom doimo: \u201cAllohga hamd bo\u02bblsin! Har bir ne\u02bcmati uchun shukr (bo\u02bblsin)\u201d deb ta\u02bckidlaganlar. Jannat ahliga ne\u02bcmatlari to\u02bbliq qilib berilgan vaqtda ham ular: \u201cOlamlar Robbi Allohga hamd bo\u02bblsin!\u201d (Yunus surasi, 10-oyat) deb shukr qilishlari keltirilgan [4:174-175]. Demak, shukr dunyo va oxiratda qilinadigan yaxshi xulq sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda axloqiy tushunchalar yuqoridagi singari boblarga, har bir bob unga tegishli mavzularga ajratilib bayon etiladi. Bu bilan muallif Samarqandiy kishilarning fe\u02bcl-atvorida uchraydigan yaxshi va yomon xulqlarni ko\u02bbrsatib berishga, ularning mohiyatini ochishga, insonlarni yomon illatlardan ogoh qilib, husni xulq va chiroyli fazilatlar bilan xulqlanishga chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAxloq haqidagi bo\u02bblim\u201dda esa insoniyatga xos bo\u02bblgan yaxshi va yomon axloqlar arab alifbosi asosida keltirilib, ularga ta\u02bcrif va tavsif beradi. Shuningdek, asarda tasavvufiy tushunchalar haqida ham ma\u02bclumot berilib, batafsil sharhlashga harakat qilingan. Jumladan, \u201cAxloq haqidagi bo\u02bblim\u201dda: tavhid, zikr, zuhd, rizo, xavf va rajo, rostgo\u02bbylik, jiddu-jahd, jalol, jamol, saxiylik, ovozni baland ko\u02bbtarmaslik, duo, va\u02bcda, omonatdorlik, rahmat, rag\u02bbbat, shahvat, sharaf, shavq, izzat, afv, u\u02bcjub, g\u02bbuluv, g\u02bburur, fahsh, qanoat, qusur, qiyom, madh, muroqaba, muhosaba va boshqa shu kabi tushunchalar atroflicha bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilganda, Nosiruddin Samarqandiyning \u201cRiyozatul axloq\u201d kitobi ijtimoiy odob-axloq masalalari borasida nazariy manba bo\u02bblib, unda bayon etilgan ibodat, muomalot va tasavvufga doir husni xulq va zararli illatlar nafaqat o\u02bbz davri uchun, balki bugungi globallashuv davrida ham insonlar, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida alohida o\u02bbrin tutadi. Manbada ilgari surilgan ilm olish, ta\u02bclim berish, bola tarbiyasi, nikoh, safar, do\u02bbstlashish, qo\u02bbshnichilik, savdo, betoblik odoblari hamda hayo, tavakkul, shukr, xushmuomalalik kabi fazilatlar, shuningdek, kibr, manmanlik, bekorchilik, baxillik illatlari va ulardan forig\u02bb bo\u02bblish usullari zamonaviy jamiyat hayotida insonlar o\u02bbrtasida munosabatlarni tartibga solish va ularning go\u02bbzal axloqqa ega bo\u02bblishida muhim ahamiyat kasb etadi.<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim: ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. \/Tarjima va tafsir muallifi: A.Mansur. \u2013 T.: O\u02bbqituvchi, 2021.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Din nasihatdir. \u2013 : Hilol-Nashr, 2018.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muxtarov B. Nosiruddin Samarqandiyning \u201cRiyozat al-axloq\u201d asari axloqiy tarbiya borasida muhim manba \/\/ Islom ziyosi. \u2013 T., 2019. \u2013 \u2116 2.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nosiruddin Samarqandiy. Riyozatul axloq. \/ Samih Ibrohim Solih tahqiqi osti \u2013 Damashq: Darul bashoir, 2006.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nosiruddin Samarqandiy. Riyozat al-axloq. \u2013 Ar-Riyod: Malik Muhammad Hasan ibn Hamza Zohir shaxsiy kutubxonasi. Qo\u02bblyozma. Inventar raqami berilmagan. \u2013 71 v.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbrta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2016.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BEKZODBEK MUXTAROV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzXIA huzuridagi Malaka oshirish markazi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">kafedra mudiri, PhD, dotsent<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Movarounnahrlik faqih ulamolardan biri \u2013 Nosiruddin Samarqandiy (vaf. 556\/1161) Samarqandda yashab, o\u02bbz davrida Qur\u02bcon, aqida, fiqh, odob-axloq, tasavvuf, tarix va tilshunoslik kabi ilm sohalari bo\u02bbyicha olim bo\u02bblgan. Olim islom dinining turli ilm sohalariga oid ko\u02bbplab kitoblar yozgan bo\u02bblib, ulardan bir qanchasi bizgacha yetib kelgan. Jumladan, olimning odob-axloq va tasavvuf ilmiga oid \u201cRiyozatul axloq\u201d (\u0631\u064a\u0627\u0636\u0629 \u0627\u0644\u0623\u062e\u0644\u0627\u0642 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":43479,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-07-02T05:02:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"444\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz\",\"name\":\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg\",\"datePublished\":\"2025-07-02T05:02:39+00:00\",\"dateModified\":\"2025-07-02T05:02:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg\",\"width\":660,\"height\":444},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-07-02T05:02:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":444,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz","name":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg","datePublished":"2025-07-02T05:02:39+00:00","dateModified":"2025-07-02T05:02:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/07\/nosiruddin0207.jpg","width":660,"height":444},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43478&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING \u201cRIYOZATUL AXLOQ\u201d ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43478"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=43478"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43478\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":43480,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43478\/revisions\/43480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/43479"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=43478"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=43478"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=43478"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}