{"id":43070,"date":"2025-06-11T10:54:25","date_gmt":"2025-06-11T05:54:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=43070"},"modified":"2025-06-11T10:54:25","modified_gmt":"2025-06-11T05:54:25","slug":"ilm-va-ulamolarning-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz","title":{"rendered":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonga berilgan eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlardan biri ilmdir. U nur kabi qalblarni yoritadi, aql-idrokni ravshan qiladi, haq va noto\u02bbg\u02bbrini farqlash imkonini beradi. Ulamolar esa shu nurni bashariyat qalbiga yetkazuvchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm va ulamolar haqida zikr qilingan oyat va hadislarga e\u02bctibor qaratsak, ilm\u00a0 keng ma\u02bcnoda tilga olingani va jamiyatning barcha sohalari bilan chambarchas bog\u02bblanganiga guvoh bo\u02bblamiz. Mazkur manbalar diniy bilimni yagona ilm deb hisoblamaydi, balki ilmning bir qismi deb biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmning umumiy ma\u02bcnoda e\u02bctirof etilishi va ulamolar haqida Alloh taoloning quyidagi so\u02bbzini keltirish mumkin: <strong>\u201cAllohning osmondan suv tushirganini ko\u02bbrmadingizmi? Bas, u bilan turli ranglardagi mevalarni va tog\u02bblardan ham yo\u02bbl-yo\u02bbl, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik. Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo\u02bbrqarlar. Albatta, Alloh aziz va o\u02bbta mag\u02bbfiratli zotdir\u201d <\/strong><em>(Fotir surasi, 27\u201328-oyatlar mazmuni)<\/em>. Alloh taolo oyat avvalida yomg\u02bbir, o\u02bbsimliklar, tog\u02bblar, odamlar va hayvonot haqida zikr qilgan. So\u02bbng \u201c<strong>Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo\u02bbrqarlar<\/strong>\u201d deb davom etgan. Alloh shunday mavjudotlari orqali qudratini ko\u02bbrsatmoqda. Bu narsalarning xilma-xilligi ilm ahlini Allohga yaqinlashtiradi. Ilm orqali Allohning san\u02bcatini ko\u02bbrib, Unga bo\u02bblgan qo\u02bbrquvi va muhabbati ziyoda bo\u02bblganlar haqiqiy olimlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Qur\u02bconi karimda nozil bo\u02bblgan ilk oyatlarda ilmning keng ma\u02bcnoda tilga olinganiga guvoh bo\u02bblamiz. Alloh taolo Alaq surasining 1-5- oyatlarida bunday marhamat qilgan: <strong>\u201cYaratgan Rabbingiz nomi bilan o\u02bbqing. U insonni alaqdan yaratdi. O\u02bbqing! Rabbingiz eng karamlidir! U qalam bilan ilm o\u02bbrgatgandir. U insonga bilmagan narsani o\u02bbrgatdi\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatlarda umumiy ilm va insonning ona qornida yaratilish ilmi haqida so\u02bbz bormoqda. Shuningdek, Qur\u02bcon dinni ilm deb ataganiga e\u02bctibor beramiz. Haqiqatdan ham din ilmning bir qismidir. Haq taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:<strong> \u201cAgar sizga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsangiz, unda, albatta, zolimlardan bo\u02bblursiz\u201d, <\/strong><em>(Baqara surasi, 145-oyat mazmuni)<\/em> degan. Oyatdagi ilm Alloh taoloning u zotga qiblani Masjidul Aqsodan Masjidul Haromga o\u02bbzgartirish haqida vahiydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Oli Imron surasining 7-oyatida: \u201c<strong>Ilmda sobit bo\u02bblganlar esa, unga <\/strong>(mutashobih oyatlarga) <strong>iymon keltirdik, barchasi Rabbimiz huzuridandir, derlar. <\/strong>(Bundan)<strong> faqat aql egalarigina eslatma olur<\/strong>\u201d, degan. Bu yerdagi ilm dinni bilish va Qur\u02bconi karimning mutashobih, ya\u02bcni asl ma\u02bcnosi bandasiga noma\u02bclum oyatlari haqidadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom\u00a0 ilm va ulamolarga juda yuksak maqom bergan, bunga deyarli hech bir narsa tenglasha olmaydi. Quyida ushbu yuksak maqomni ko\u02bbrsatadigan dalillarni keltirib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm \u2013 imonning asosi. E\u02bctiqod dinda zarur bo\u02bblgan har bir narsani aniq, qat\u02bciy bilish bilan haqiqiydir. Alloh taolo: <strong>\u201cBilginki, Allohdan o\u02bbzga iloh yo\u02bbq va o\u02bbzingiz, mo\u02bbmin va mo\u02bbminalarning gunohlari uchun mag\u02bbfirat so\u02bbrang!\u201d <\/strong><em>(Muhammad surasi, 19-oyat mazmuni)<\/em> degan. <strong>\u201cBilginki\u201d<\/strong> deb aytilishi aqida masalasida bilimning zarurligidan dalolat beradi. Demak, Allohdan o\u02bbzga ibodatga sazovor zot yo\u02bbqligiga e\u02bctiqod qilish bilim asosida bo\u02bblishi kerakligini bildiradi. Imom Buxoriy \u201cSahih\u201dida \u201cIlm so\u02bbz va amaldan oldindir\u201d degan bob keltirgan va bu oyat haqida \u201cIlmga chaqirish bilan boshlagan\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Ilm bilan komil bo\u02bbladigan iymonning ahamiyati yuqori bo\u02bblgani uchun Makka davri taxminan o\u02bbn uch yil asosan e\u02bctiqodga bag\u02bbishlangan va shariat hukmlari kam bo\u02bblgan. Aqidaviy asoslar mustahkamlanganidan so\u02bbng, Madina davri o\u02bbzining batafsil qonunlari bilan keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm \u2013 ibodat. Buni farz desak ham bo\u02bbladi. Haqiqatdan ham ilm islomdagi birinchi farzdir. Yuqorida keltirilgan Alaq surasining dastlabki besh oyati shundan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shubha yo\u02bbqki, o\u02bbqish inson hayotidagi eng keng va chuqur ilm olish vositasi bo\u02bblib kelgan va shunday bo\u02bblib qoladi. Ushbu oyatlar nozil qilinganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o\u02bbqishni ham, yozishni ham bilmasdilar. Bu Rasulullohning haqiqiy payg\u02bbambarliklariga ishora edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cIlm talab qilish har bir musulmon uchun farzdir\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d <em>(Ibn Moja rivoyat qilgan)<\/em>. Bu hadisi sharifdan ilm o\u02bbrganish farz ekanini bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm va unga oid so\u02bbzlar Qur\u02bconi karim va hadisi shariflarda bir necha yuzlab zikr qilingan. Ba\u02bczilarida ilm va ulamolarning yuksak maqomi haqida so\u02bbz ketgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, oyatlarda:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cBiladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo\u02bblarmidi?!\u201d deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar\u201d<\/strong> <em>(Zumar surasi, 9-oyat mazmuni).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilmga berilganlarning darajalarini ko\u02bbtarur\u201d<\/strong> <em>(Mujodala surasi, 11-oyat mazmuni). <\/em>Ibn Abbos roziyallohu anhumo: \u201cUlamolar mo\u02bbminlardan yetti yuz daraja ustun bo\u02bblib, har darajaning orasi besh yuz yillik yo\u02bblga teng\u201d, degan <em>(\u201cIhyou ulumid din\u201d asaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cU Zot kimni xohlasa, o\u02bbshanga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilsa, unga ko\u02bbp yaxshilik berilgan bo\u02bbladi. Faqat aql egalarigina eslarlar\u201d<\/strong> <em>(Baqara surasi, 269-oyat mazmuni)<\/em>. Mufassirlar <strong>\u201chikmat\u201d<\/strong> so\u02bbziga turli ma\u02bcnolar bergan. Aksari ilm deb va ilmga yaqin bo\u02bblgan ma\u02bcnoda tafsir qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAlloh adolat bilan turib, albatta, Undan o\u02bbzga iloh yo\u02bbqligiga shohidlik berdi. Farishtalar va ilm egalari ham\u201d<\/strong> <em>(Oli Imron surasi, 18-oyat mazmuni)<\/em>. Imom G\u02bbazzoliy ilmning fazilati haqida ushbu oyatni keltirib: \u201cQarang, Subhanahu va taolo o\u02bbzidan boshlab, keyin farishtalarni, so\u02bbng ilm ahlini zikr qilmoqda. Bu sizga sharaf, fazilat, shon-shuhrat va oliyjanoblik jihatidan kifoya qiladi\u201d, degan <em>(\u201cIhyou ulumid din\u201d asaridan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahih hadisi shariflarda quyidagicha kelgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muoviya roziyallohu anhu aytadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cAlloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih <\/em><\/strong>(ya\u02bcni, dinning mohiyatini chuqur anglaydigan, bilimdon)<strong><em> qilib qo\u02bbyadi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d <em>(Buxoriy va Muslim rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cKim ilm izlab yo\u02bblga tushsa, shu sababli Alloh unga jannat yo\u02bblini oson qilib qo\u02bbyadi\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d <em>(Muslim, Termiziy va Ibn Moja rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Umoma Bohiliydan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki kishi zikr qilindi: biri obid, boshqasi olim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cOlimning obiddan afzalligi xuddi mening sizlarning eng kichigingizdan afzalligimga o\u02bbxshaydi\u201d<\/em><\/strong> deb, so\u02bbng: <strong><em>\u201cAlloh, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto uyasidagi chumoli va baliq ham odamlarga yaxshilikni o\u02bbrgatuvchiga salovat <\/em><\/strong><em>(istig\u02bbfor<strong>) aytadi\u201d,<\/strong><\/em> dedilar\u201d <em>(Termiziy rivoyat qilgan)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini eshitdim:\u00a0<strong><em>\u201cKim ilm talab qilish yo\u02bbliga yursa, Alloh unga jannat yo\u02bblini oson qilib qo\u02bbyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo\u02bbyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig\u02bbfor aytadi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o\u02bbxshaydi. Albatta, olimlar Payg\u02bbambarlarning merosxo\u02bbrlaridir. Albatta, Payg\u02bbambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o\u02bbshani olsa, ulug\u02bb nasibani olibdi\u201d,<\/em><\/strong> (<em>Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimda ilm va uning vositalari bilan qasam. Alloh taolo Qalam surasining boshida <strong>\u201cNun. Qalam va yozadigan narsalar bilan qasam\u201d,<\/strong> degan. Sura yozish va so\u02bbzlashda ishlatiladigan bir harf bilan boshlangan. So\u02bbng Alloh ilm va ma\u02bcrifatni yozadigan qalam bilan qasamyod etgan. Bu bilan bandalariga yozishni o\u02bbrgatgan ne\u02bcmatini eslatmoqda. So\u02bbng ortidan yozadigan narsalar bilan qasamyod etgan. Bu odamlar tomonidan yoziladigan ilmlarga ishoradir. Demak, bu oyatda ilm va uni yozish vositasi \u2013 qalam bilan qasam ichilmoqda. Bu esa qalamning sharafi, ilm va olimlarning maqomi ulug\u02bbligidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm va hikmat Alloh taoloning sifatlaridandir. Qur\u02bconi karimning ko\u02bbp o\u02bbrinlarida Alloh taoloning o\u02bbta biluvchi va o\u02bbta hikmatli Zot ekani haqida keladi. Bu shubhasiz, ilm va ulamolarning mavqei balandligidan dalolatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmning ajri inson vafot etgandan keyin ham davom etadi. Bu esa ilmning ulug\u02bb mavqei, jamiyatdagi o\u02bbrni va odamlar orasidagi foydali ta\u02bcsiri sabablidir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: <strong><em>\u201cInson vafot etsa, uning uch narsadan boshqa amallari uziladi: joriy sadaqa, foydalaniladigan ilm yoki haqqiga duo qiladigan solih farzand\u201d,<\/em><\/strong> dedilar\u201d <em>(Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati)<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilmni ziyoda qilib borish. Alloh taolo nabiysi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ilmlari, fazilatlari, yuksak mavqelari va Alloh huzuridagi izzat-ikromlariga qaramay, <strong>\u201cRabbim, ilmimni ziyoda qilgin\u201d, deng\u201d<\/strong> <em>(Toha surasi, 114-oyat mazmuni)<\/em> deb, ilm so\u02bbrashni buyurgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buning barchasi islomda ilm va ulamolarning mavqei qanchalik ulug\u02bb ekanini ko\u02bbrsatadi. Ilm eng ulug\u02bb qadriyatlardan biri hisoblanadi. Ulamolar esa, shu ilmni olib boruvchi va jamiyatga yetkazuvchilardir. Ularni hurmat qilib, ilm o\u02bbrganish va ergashish har bir insonning burchidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldagi ulamolarga ergashish \u2013 haq bilan botilni farqlash, dinni to\u02bbg\u02bbri tushunish va amal qilishning eng ishonchli yo\u02bblidir. Ular Qur\u02bcon va sunnatga asoslangan xolis ilm va taqvo egalari bo\u02bblib, adashishdan saqlaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qodirxon MAHMUDOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonga berilgan eng ulug\u02bb ne\u02bcmatlardan biri ilmdir. U nur kabi qalblarni yoritadi, aql-idrokni ravshan qiladi, haq va noto\u02bbg\u02bbrini farqlash imkonini beradi. Ulamolar esa shu nurni bashariyat qalbiga yetkazuvchidir. Ilm va ulamolar haqida zikr qilingan oyat va hadislarga e\u02bctibor qaratsak, ilm\u00a0 keng ma\u02bcnoda tilga olingani va jamiyatning barcha sohalari bilan chambarchas bog\u02bblanganiga guvoh bo\u02bblamiz. Mazkur manbalar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":43073,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[659,639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-06-11T05:54:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz\",\"name\":\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg\",\"datePublished\":\"2025-06-11T05:54:25+00:00\",\"dateModified\":\"2025-06-11T05:54:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-06-11T05:54:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz","name":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg","datePublished":"2025-06-11T05:54:25+00:00","dateModified":"2025-06-11T05:54:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/06\/ulamo1106.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=43070&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ILM VA ULAMOLARNING O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43070"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=43070"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43070\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":43074,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/43070\/revisions\/43074"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/43073"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=43070"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=43070"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=43070"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}