{"id":42060,"date":"2025-05-01T11:04:06","date_gmt":"2025-05-01T06:04:06","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=42060"},"modified":"2025-05-01T11:23:20","modified_gmt":"2025-05-01T06:23:20","slug":"imom-moturidiyning-shonli-ilm-tugi-hamisha-barhayotdir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz","title":{"rendered":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Moturidiy haqida so\u2018z ochilganda, dastlab yodga keladigan martabalar Imomul huda<\/span><\/strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"> (hidoyatga boshlovchi imom) <\/span><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">va Imomul mutakallimindir <\/span><\/strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(kalom ilmi olimlarining peshvosi)<\/span><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">. Dunyo musulmonlarining aksariyati asarlarini hujjat deb qabul qiladigan, aqidasini tayanch deb biladigan alloma boshqa yuksak unvonlar bilan ham sharaflangan. Alamulhuda <\/span><\/strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(hidoyat bayrog\u2018i)<\/span><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">, Musahhih aqoidilmuslimin <\/span><\/strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(musulmonlar aqidasini isloh etuvchi)<\/span><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">, Qudvaahlissunna <\/span><\/strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(ahlisunna peshvosi)<\/span><strong><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"> shular jumlasidandir.<\/span><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiy hanafiylik mazhabi asoschisi Imom A\u2019zam, Qur\u2019oni karimdan keyin turadigan eng mo\u2018\u2019tabar manba sanaluvchi \u201cSahihul Buxoriy\u201dning muallifi Imom Buxoriy kabi islom olamining eng e\u2019tiborli va e\u2019zozli allomalari safida doimo katta hurmat bilan tilga olinadi. Bu bejiz emas. Hidoyatga boshlovchi imom islom tarixining o\u2018ta tahlikali davrida yuzaga kelgan ko\u2018plab buzg\u2018unchi oqimlarga mardonavor qarshi turish va ularning har biriga komil asosli raddiyalar berishga jur\u2019at va shijoat topa olgan, aqida \u2013 kalom ilmiga asos solib, ahli sunnani eng mustahkam poydevor uzra jipslashtirishga bor kuch-g\u2018ayrati, ilmi va salohiyatini yo\u2018naltira bilgan benazir allomadir.Moturidiya ta\u2019limoti ahli sunna val jamoa aqidasining asl o\u2018zagi ekanini shu bois ham barcha zamonlarda barcha ulamolar birdek e\u2019tirof etgan.<\/span><\/p>\n<figure class=\"image\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2025\/05\/01\/09\/26\/dPtAsZL3Lci2RqAELxtAFePEYClonL96_front.JPG\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi qaroriga binoan qadim Samarqandda \u201cMoturidiylik \u2013 bag\u2018rikenglik, mo\u2018\u2019tadillik va ma\u2019rifat ta\u2019limoti\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo\u2018lib o\u2018tdi. Uning doirasida O\u2018zA muxbiri Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Qodirxon MAHMUDOV bilan suhbatlashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Avvalo, Imom Moturidiyning islom tarixidagi o\u2018rni va diniy ilmlar rivojida uning ta\u2019limoti qanday ahamiyat kasb etishi haqida so\u2018zlab bersangiz?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Imom Moturidiy har bir adashgan oqimning ta\u2019limoti botil ekanini raddiyalar bilan asoslay borib, pirovardida ularni \u201cochiq jang maydoni\u201dda butunlay mag\u2018lub qilishdek ulkan jasorati bilan Imomul huda unvoniga sazovor bo\u2018ldi. Imomul mutakallimin martabasiga esa, aqidaning ham o\u2018z davri, ham kelajak avlod uchun o\u2018lmas ilmiy poydevorini bunyod qilgani, asrlarga tatiydigan manba, ikkilanmay aytish mumkinki, oxirzamonga qadar kuchini saqlab turadigan istehkomni qad rostlatgani uchun munosib topildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu fikrni tasdiqlash uchun \u201cTa\u2019vilotul Qur\u2019on\u201dning istalgan joyiga nazar solishning o\u2018zi kifoya. Alloma Mushafi sharifni tafsir va ta\u2019vil qilar ekan, o\u2018sha davrdagi oqimlarning g\u2018oya va qarashlarini keltirib, ularga naqliy va aqliy dalillar bilan javob beradi, qayerda qanday adashganini, xatosi nimadan iborat ekanini ko\u2018rsatib beradi. Shu bilan birga, go\u2018yo uzoq kelajakka ko\u2018z tikib, o\u2018zidan keyin ro\u2018y berajak voqealarni ko\u2018rgandek, \u201cagar bizga falon-falon deb savol berishsa, u holda bunday deymiz&#8230;\u201d deb, hali o\u2018rtaga chiqmagan, bahs maydoniga tashlanmagan masalalarni ham keltiradi va ularning yechimini ko\u2018rsatib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Moturidiy shunchaki tafsir bilan cheklanib qolmagan. Ya\u2019ni \u201cAlloh taolo ushbu oyatda bunday deyapti, uning ma\u2019nosi bunday bo\u2018ladi, Parvardigor mana buni nazarda tutgan\u201d, deyish tafsir bo\u2018lsa, ta\u2019vil oyatning tub mazmunidan kelib chiqadigan boshqa ma\u2019nolarga yo\u2018nalish berish, zarurat taqozo qilganda bir ma\u2019noni unga mos yana bir ma\u2019noga burib izohlashdir. Soddaroq aytadigan bo\u2018lsak, \u201cTa\u2019vilotul Qur\u2019on\u201dning dohiyona asar ekaniga oddiy misollardan biri shuki, muallif o\u2018zining so\u2018z va fikrlari to\u2018g\u2018riligiga avvalo Qur\u2019onning o\u2018zidan dalil keltiradi. Deylik, bir oyatni keltira turib, uning zamiridan boshqa o\u2018rinda boshqa oyat haqida aytgan boshqa fikri to\u2018g\u2018ri ekaniga dalolat bo\u2018ladigan ma\u2019nolarni chiqarib beradi. Keyingi oyat haqidagi fikriga, yana bir boshqa oyatni dalil qilib keltiradi. Bunday asosni esa, tabiiyki, hech qanaqasiga inkor etib yo rad qilib bo\u2018lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tafsir sahobalarga, ta\u2019vil fiqh ahliga xos, deyishadi. Buni ham soddaroq aytadigan bo\u2018lsak, tafsir oyat nozil bo\u2018lgandagi vaziyatni, nozil bo\u2018lish sabablarini, o\u2018sha paytdagi butun sharoitni, holatning haqiqatini aniq bilgan shaxsning so\u2018zlaridir. Ta\u2019vilda esa, qat\u2019iy maqsad-ma\u2019no emas, balki qaysidir ma\u2019nolarga yo\u2018yib tushunish mumkinligi aytiladi. Misol uchun, \u201cAlhamdu lillahi\u201d so\u2018zlarini ba\u2019zi mufassirlar \u201cAlloh O\u2018ziga hamd aytgan\u201d deb, ayrimlari \u201cO\u2018ziga hamd aytishni buyurgan\u201d deb tafsir qilgan. Buni ta\u2019vil bilan aytadigan bo\u2018lsak, quyidagi shaklga keladi: \u201cBu o\u2018rindagi hamd Unga hamdu sano aytmoq, Uni maqtamoq ma\u2019nosiga yo\u2018yiladi, Unga shukr qilish amr etilmoqda, deb tushuniladi, nimani iroda qilganini esa, Yaratgan Egamning O\u2018zi yaxshi biladi\u201d. Imom Moturidiy ikki yo\u2018nalishni ham oladi: Alloh O\u2018zini maqtashga haqli ekanini ham, bu so\u2018zlarda bandalarga buyruq-amr borligini ham asoslab beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 \u201cMoturidiylik \u2013 bag\u2018rikenglik, mo\u2018\u2019tadillik va ma\u2019rifat ta\u2019limoti\u201d mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to\u2018g\u2018risidagi fikrlaringiz?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Forum alloma merosini o\u2018rganish va targ\u2018ib etish borasida xalqaro miqyosdagi yangi hamkorlik rishtalarini vujudga keltirishiga shubha yo\u2018q. Dunyo bo\u2018ylab moturidiylikning eng zabardast olimlarini bir joyga to\u2018plagan bu anjuman islom olamida yangi muloqot platformasini yaratish bilan birga, bugun har turli shiorlar, buzg\u2018unchi mafkura va g\u2018alamis ishlar bilan muqaddas dinimizni yomonotliq qilishga urinayotgan kuchlarga qarshi kurashish uchun mustahkam istehkomni ham paydo qiladi. Negaki, Imom Moturidiyning yot g\u2018oya va firqalarga qarshi raddiyalari yana bir bor olam uzra bo\u2018y ko\u2018rsatib, har xil oqimlarni yana bir karra o\u2018zining manfur ovozini ichga yutishga majbur qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bir so\u2018z bilan aytganda, ushbu anjuman bahonasida O\u2018zbekiston va dunyo ulamolari yana bir karra, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, \u201csoatlarini tekshirib oladi\u201d, turli buzg\u2018unchi kuchlarning uni o\u2018chadi, allomaning ruhi yana bir karra shod bo\u2018ladi. Zero, 12 asr avval ko\u2018targan bayrog\u2018i yana yuksak-yuksaklarda mavjlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ayni paytda ushbu forum nafaqat musulmon olami, balki butun jahon ahli uchun dolzarb masala va muammolar yuzasidan fikr almashish, tajriba va ko\u2018nikmalar bilan o\u2018rtoqlashish, ilg\u2018or taklif va tashabbuslarni ilgari surish uchun eng samarali muloqot maydoni bo\u2018lyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu yerda o\u2018z sohasining yetuk bilimdonlari sanalgan olim va ulamolar hozir bo\u2018lgani uchun allomaning merosi haqida hammamiz yaxshi taniydigan atoqli ilm odamining \u2013 \u201cAl-Azhar\u201d islom ilmlari majmuasi Bosh kotibi Shayx Muhammad Nazir Ayyadning \u201cTa\u2019vilotul Qur\u2019on\u201d haqidagi so\u2018zlarini yodingizga solmoqchiman: \u201cBu kitob tafsir sohasida yozilgan asarlar orasida eng ahamiyatlisi va eng avlosidir. U ahli sunna val jamoa nazdida eng asosiy manba deb hisoblanadi. Zero, muallif dinning haqiqatlarini isbotlab berish, uning mazmunini bayon qilish uchun ham aqliy, ham mantiqiy dalillarni keltiradi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Imom Moturidiy ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida nimalar deya olasiz?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Imom Moturidiy nomi islom olamining eng e\u2019tiborli va e\u2019zozli allomalari safida doimo katta hurmat bilan tilga olingan va hamisha shunday bo\u2018lib qoladi. Buning eng asosiy, funtamental sababi shuki, alloma islom tarixining o\u2018ta og\u2018ir davrida, har xil firqalarning fitnalari avj olib, musulmon jamoalar bir-biriga g\u2018ayirli nazar bilan qarab qolgan pallada yashab ijod qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Moturidiyning islom aqidasini tartibga solish, yot g\u2018oyalarga qarshi asosli raddiyalar berish maqsadida tanlagan kurash yo\u2018li, o\u2018sha mash\u2019um zamonda, bundan o\u2018n bir asr avvalgi vaqtlarda yozgan asarlari bugungi kunda ham o\u2018zining dolzarbligini yo\u2018qotmay kelayotgani, ahli sunna val jamoa uchun dasturulamal vazifasini o\u2018tayotgani uning hamisha har tomonlama haq bo\u2018lib kelgani va haq bo\u2018lib qolayotganiga dalolat bo\u2018ladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Aqida \u2013 kalom ilmiga asos solgan, o\u2018z davri uchun ham, kelajak avlod uchun ham o\u2018lmas ilmiy poydevor bunyod qilgan, asrlarga tatiydigan manba yaratgan alloma ijodining ahamiyatli jihati shundaki, bugun har qanday yot g\u2018oya yoki oqimga qarshi kurashda, har qanday buzg\u2018unchi kuchning unini o\u2018chirishda barchamiz hech ikkilanmasdan moturidiya ta\u2019limotiga murojaat qilamiz, fitnachilarga raddiya berishda Imom Moturidiy merosidan javob izlaymiz va albatta topamiz ham. Bu fikrni tasdiqlash uchun \u201cTa\u2019vilotul Qur\u2019on\u201d yo \u201cTavhid\u201d asarlarining istalgan sahifasiga nazar solish kifoya.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Odatda ilmiy asar boshlang\u2018ich, o\u2018rta yo oliy ma\u2019lumotga ega shaxslar uchun yoziladi. Oliy ta\u2019lim dargohida oliy matematikadan ta\u2019lim olish uchun maktabda Pifagor teoremasini yaxshilab o\u2018rgangan bo\u2018lish zarur. Bu \u2013 ilmiy haqiqat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Lekin Imom Moturidiy merosi haqida so\u2018z yuritsak, alloma \u201cTa\u2019vilotul Qur\u2019on\u201dni shunday yozganki, uni islom ta\u2019limotining har qanday bosqichida bo\u2018lgan inson bemalol o\u2018qib, o\u2018ziga kerakli ma\u2019lumotni ola biladi.Masalan, alloma uyqu haqida fikr yuritib, bu hodisaning yaratilishi Parvardigorning hukmi hamma uchun birdek qonun ekanini anglatishini, hamma Qodir Xudoning tasarrufida ekanini bildirishini ta\u2019kidlaydi. \u201cUyqudan saqlanish hech kimning qo\u2018lidan kelmaydi, undan qutulishning hech qanday imkoni yo\u2018q\u201d, deydi. Keyin uyquni og\u2018ir yukka qiyoslab davom etadi. Ya\u2019ni kishi yelkasiga yuk olsa, horg\u2018in bo\u2018ladi. Uni qo\u2018ymaguncha charchog\u2018i ketmaydi. Uyqudan qolgan kishi ham halovatini yo\u2018qotadi. Uyqudan keyin esa yengillik va rohatni his qiladi.<\/span><\/p>\n<figure class=\"image\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/cdn.uza.uz\/2025\/05\/01\/09\/26\/RJ9vlOtAyOhG1WypcaDkGFh9mTuQwRKH_front.JPG\" alt=\"\" \/><\/figure>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Moturidiy Naba\u2019 surasining 10-11-oyatlaridagi \u201cKechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik. Kunduzni esa, tirikchilik vaqti qildik\u201d so\u2018zlarini ta\u2019vil qilayotganda, tunga nisbatan qo\u2018llangan \u201clibos\u201d so\u2018zi ko\u2018zlarning libosi (to\u2018silishi) ekanini, undan boshqa narsa emasligini aytadi. Buning tasdig\u2018i uchun o\u2018sha \u201clibos\u201d issiq yo sovuqdan keladigan zahmatning oldini olishda bizning tushunchamizdagi libosning vazifasini bajarmasligini ta\u2019kidlaydi. Xuddi shu tarzda kunduz tirikchilik qilinadigan vaqt ekanini aytadi. \u201cUning o\u2018zi tirikchilik vositasi emas. An\u2019om surasining 96-oyatida kunduz\u201cmubsiron\u201d deyiladi, chunki uning vositasida narsalar ko\u2018riladi. Lekin bu uning, kunduzning o\u2018zi mustaqil ravishda ko\u2018ruvchi ekanini anglatmaydi\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloma Alloh so\u2018zining nimadan ishtiqoq qilingani, ya\u2019ni etimologiyasi haqida so\u2018z yuritar ekan, bu kalima bilan Yaratuvchi zikr etilishini, u bilan Parvardigorga duo qilinishini aytadi va har xil tillarda turli shaklda bo\u2018lsa-da, ma\u2019no-mohiyati doim bir xil qolishini ta\u2019kidlaydi. \u201cSo\u2018zlash chog\u2018ida tovush va bo\u2018g\u2018inlar faqat maqsadni anglatish uchungina ishlatilishi o\u2018sha tovush va bo\u2018g\u2018inlar aynan ismning o\u2018zidir degan tasavvurga olib bormaydi\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu o\u2018zbek xalqining holva degan bilan og\u2018iz shirin bo\u2018lib qolmasligi to\u2018g\u2018risidagi naqliga o\u2018xshaydi. Ya\u2019ni alloma bu shoh asarini olim ham, avom ham birdek tushunadigan sodda, ravon tilda, xalqchil uslubda, ayni paytda yuksak ilmiy saviyada, fikrlarni har tomonlama asoslagan holda yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Ya\u2019ni Imom Moturidiy ilmiy merosi hozirgi davrda maydonga chiqayotgan masala va muammolarga ham yechim bo\u2018ladi, shundaymi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u2013 Albatta. Imom Moturidiy merosini o\u2018rganishning dolzarbligi shundaki, alloma o\u2018z asarlarida o\u2018sha davrdagi oqimlarning g\u2018oya va qarashlarini ham keltirib, ularga naqliy va aqliy dalillar bilan raddiya yozgan, da\u2019volari asossiz ekanini ko\u2018rsatib bergan. O\u2018sha g\u2018oya va qarashlar bugun qandaydir destruktiv kuchlar tomonidan yangilanadigan bo\u2018lsa, bizning ularga javobimiz tayyor, qarshi kurashishning usul va uslublari ham qo\u2018limizdadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bilan birga, Hidoyatga boshlovchi bu buyuk imom kelajakni ko\u2018ra bilgani inkor etib bo\u2018lmas haqiqatdir. Allomaning asarlari boshqa kitoblardan shunisi bilan ham farq qiladiki, u o\u2018zidan keyin ro\u2018y beradigan voqealarni ko\u2018rgandek, \u201cagar bizga falon-falon deb savol berishsa, u holda bunday deymiz&#8230;\u201d deb, hali o\u2018rtaga tashlanmagan masalalarni ham keltiradi va ularning yechimini ko\u2018rsatib beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Moturidiy ta\u2019limotida muayyan masala yuzasidan bildirilgan har bir fikr avvalo Qur\u2019oni karim oyati bilan asoslanadi. Shuning uchun uning ta\u2019kidlarini rad qilib bo\u2018lmaydi. Albatta, alloma hadislarga, sahobalar va mujtahid ulamolarning fikrlariga ham tayanadi. Lekin bu uning haqligiga salbiy ta\u2019sir qilmaydi, aksincha, yanada mustahkamlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mana shu omillarni nazarda tutgan holda ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu konferensiya islomni yot aqidalardan himoya qilish, uning sof insonparvarlik va tinchlikparvarlik, bunyodkorlik va hamkorlik, bag\u2018rikenglik va mo\u2018\u2019tadillik g\u2018oyalarini targ\u2018ib etishda, buzg\u2018unchi kuch va g\u2018oyalarga qarshi turishda xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikning, keng ko\u2018lamda tajriba, bilim, mahorat va ko\u2018nikmalar bilan o\u2018rtoqlashish uchun qulay imkoniyatlar maydonini yuzaga keltiryapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Anjumanda o\u2018rtaga tashlangan fikr va g\u2018oyalar, ilgari surilgan taklif va tashabbuslar faqat konferensiya doirasi bilan cheklanib qolmaydi, balki turli shakl va mexanizmlardan iborat bardavom muloqotga debocha bo\u2018ladi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u2018zA muxbiri G\u2018olib HASANOV suhbatlashdi.<br \/>\n<span style=\"text-decoration: underline; color: #0000ff;\"><a style=\"color: #0000ff; text-decoration: underline;\" href=\"https:\/\/uza.uz\/posts\/715214\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Manba<\/a><\/span><\/strong><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Moturidiy haqida so\u2018z ochilganda, dastlab yodga keladigan martabalar Imomul huda (hidoyatga boshlovchi imom) va Imomul mutakallimindir (kalom ilmi olimlarining peshvosi). Dunyo musulmonlarining aksariyati asarlarini hujjat deb qabul qiladigan, aqidasini tayanch deb biladigan alloma boshqa yuksak unvonlar bilan ham sharaflangan. Alamulhuda (hidoyat bayrog\u2018i), Musahhih aqoidilmuslimin (musulmonlar aqidasini isloh etuvchi), Qudvaahlissunna (ahlisunna peshvosi) shular jumlasidandir. Abu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":42063,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[654,3711,642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-05-01T06:04:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-05-01T06:23:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz\",\"name\":\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg\",\"datePublished\":\"2025-05-01T06:04:06+00:00\",\"dateModified\":\"2025-05-01T06:23:20+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-05-01T06:04:06+00:00","article_modified_time":"2025-05-01T06:23:20+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz","name":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg","datePublished":"2025-05-01T06:04:06+00:00","dateModified":"2025-05-01T06:23:20+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/05\/motrkonf1.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42060&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Imom Moturidiyning shonli ilm tug\u2018i hamisha barhayotdir"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42060"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=42060"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42060\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":42064,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42060\/revisions\/42064"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/42063"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=42060"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=42060"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=42060"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}