{"id":42008,"date":"2025-04-30T11:16:10","date_gmt":"2025-04-30T06:16:10","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=42008"},"modified":"2025-05-02T09:39:59","modified_gmt":"2025-05-02T04:39:59","slug":"moturidiylik-mo%ca%bbtadillik-mezoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz","title":{"rendered":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI"},"content":{"rendered":"<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-42009\" src=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg\" alt=\"\" width=\"660\" height=\"597\" srcset=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg 660w, https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz-300x271.jpg 300w\" sizes=\"(max-width: 660px) 100vw, 660px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda diniy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetishib chiqqan hamda dunyo ilm-fani, ma\u02bcrifati rivojiga bebaho hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qilish imkoniyati paydo bo\u02bbldi. Joriy yil 14 martda Prezidentimizning \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori qabul qilinishi ham ma\u02bcnaviy hayotimizning muhim voqealaridan biri bo\u02bbldi. Mazkur hujjat buyuk allomaning ibratli hayot yo\u02bbli va boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini har tomonlama chuqur o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib etishda katta ahamiyatga ega. Zero, qaror moturidiylik ta\u02bclimotiga xos bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o\u02bbrtasida keng targ\u02bbib etishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, hujjatda islom dinining yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag\u02bbrikenglik, o\u02bbzaro hurmat, tinch-totuvlik kabi asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash, aholi orasida mo\u02bbtadil islom g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni qo\u02bbllab-quvvatlash yo\u02bbllari ham belgilab berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">29-aprel kuni Samarqand shahrida Abu Mansur Moturidiyning 1155-yilligiga bag\u02bbishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi. \u201cMoturidiylik \u2014 bag\u02bbrikenglik, mo\u02bbtadillik va ma\u02bcrifat ta\u02bclimoti\u201d mavzusidagi bu nufuzli konferensiyaga yuksak darajada tayyorgarlik ko\u02bbrildi. Xalqaro anjumanda yurtimizning yuksak salohiyatga ega ilm sohiblari bilan birga, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Turkiya, Marokash, Iordaniya, Ita\u00adliya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi o\u02bbnlab davlatlardan 70 dan ziyod ko\u02bbzga ko\u02bbringan olim ishtirok etmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro anjuman \u201cImom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi o\u02bbrni\u201d, \u201cMoturidiylik ta\u02bclimotida umuminsoniy qadriyatlar talqini\u201d, \u201cXXI asrda moturidiylik ta\u02bclimotining ahamiyati\u201d sho\u02bbbalari kesimida faoliyat ko\u02bbrsatadi. Bu sho\u02bbbalar doirasida ishtirokchilar \u2014 muftiylar, ilm-fan arboblari va ilmiy tadqiqotchilar o\u02bbz ma\u02bcruzalari bilan qatnashmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik mazhabi Imom Abu Mansur Mo\u00adturidiyning aqidaviy mavzulardagi qarashlari atrofida shakllangan va islom tarixida ahli sunna val jamoa deb tanilgan asosiy oqimlarning biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mazhabning asoslarini qo\u02bbygan va bosh g\u02bboyalarini shakllantirgan shaxs Imomi A\u02bczam Abu Hanifa hisoblanadi. Uning qarashlari Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan Shayboniy, Abu Muti\u02bc Balxiy, Hammad ibn Ismoil kabi shogirdlari orqali keng tarqalgan. Abu Yusuf Bag\u02bbdodda qozi etib tayinlangandan so\u02bbng Xuroson va Movarounnahr hududlariga yuborilgan qozilar Abu Hanifa ta\u02bclimotlarini keng tarqatgan. Ular madrasalar ochib, hanafiy mutakallim va faqihlarni tarbiyalashga hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqand yaqinidagi Moturid mahallasida tug\u02bbilgan. U 944-yilda vafot etgan va Samarqandning Chokardiza qabristoniga dafn qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy ko\u02bbplab asarlar yozgan, ammo ularning ikkitasi \u2014 \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d (yoki \u201cTa\u02bcviloti ahli sunna\u201d) tafsiri va \u201cKitob at-tavhid\u201d kitoblari bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiy qarashlari o\u02bbz davrida kerakli dara\u00adjada qadrlanmagan bo\u02bblsa-da, uning shogirdlari va izdoshlari orqali mashhur bo\u02bblgan. Shogirdlaridan biri Hakim Samarqandiy (953-yilda vafot etgan) bo\u02bblib, adolatli va hikmatli hukmlari uchun \u201chakim\u201d unvonini olgan. Hakim Samarqandiyning \u201cAs-savodul A\u02bczam\u201d asari o\u02bbz davrida rasmiy aqida kitobi sifatida qabul qilingan va madrasalarda o\u02bbqitilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning shogirdlaridan yana biri Abul Hasan Ali ibn Said Rustufag\u02bbniy (956-yilda vafot etgan) bo\u02bblib, Samarqand yaqinidagi Rustufag\u02bbn qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan. U Imom Moturidiy qarashlarini qabul qilib, ularni tarqatgan olimlardan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir olim Abu Lays Samarqandiy (ba\u02bczi manbalarga ko\u02bbra, 984-yilda vafot etgan) ham Imom Moturidiy va Abu Hanifa ta\u02bclimoti keng yoyilishini ta\u02bcminlashda muhim rol o\u02bbynagan. Uning \u201cBayon aqidat al-usul\u201d asari ahli sunna aqidasini qisqa va tushunarli shaklda izohlab, \u201cFiqhul akbar\u201d asariga sharh yozish orqali hanafiy-moturidiy qarashlarini keng tarqatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu yo\u02bbnalishda faoliyat ko\u02bbrsatgan olimlardan yana biri Abul Yusr Pazdaviydir. 1100-yilda vafot etgan olim ham o\u02bbz asarlarida ahli sunna val jamoa tamoyillarini yoritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muin Nasafiy (1115-yilda vafot etgan) ham moturidiylik mazhabi rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan shaxslardan biridir. U Imom Moturidiy g\u02bboyalari-ni tizimlashtirgan va uni chuqurlashtirib, moturidiylikni asosli va mustahkam harakatga aylantirgan. Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d, \u201cat-Tamhid li-qovaidi at-tavhid\u201d va \u201cBahrul kalom\u201d asarlari bu sohada muhim o\u02bbringa ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafiyning shogirdlaridan biri Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy (1142-yilda vafot etgan) bo\u02bblib, u \u201cAqoid risolasi\u201d asarida moturidiylik mazhabining aqidaviy asoslarini qisqa, ravshan va tizimli tarzda bayon qilgan. Nasafiyning boshqa bir shogirdi Alouddin Samarqandiy (1144-yilda vafot etgan) esa Imom Moturidiyning \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d tafsiriga sharh yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu olimlarning barchasi moturidiylik mazhabi rivojiga beqiyos hissa qo\u02bbshgan va uning izchil tarqalishini ta\u02bcminlashda katta rol o\u02bbynagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik mazhabi islom geografik hududining katta qismida, xususan, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Afg\u02bboniston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Turkiyada keng tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy aql va naql o\u02bbrtasida muvozanatni saqlashni ta\u02bckidlagan mashhur olimlardan. U \u201cKitob at-tavhid\u201d asarida taqlidga qarshi chiqish va diniy dalillarga asoslanishning zarurligini yozgan. Imom Moturidiy aql va naqlni dinni bilishning asosiy ikki yo\u02bbli deb e\u02bctirof etgan. Uning fikricha, Yaratuvchining mavjudligini bilish va diniy manbalarni anglash uchun aql zarur, ammo aql tanqidsiz vahiydan ustun bo\u02bblishi mumkin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodimiz Alloh \u2014 tabiat va Alloh \u2014 inson munosabatlarini boshqacha talqin qilib, insonga o\u02bbz amallarida faolroq o\u02bbrin ajratgan. Uning fikricha, Alloh hikmat sohibi bo\u02bblib, har bir ishida ma\u02bcno va hikmat bor. Alloh erkin irodaga ega va u o\u02bbzining xohlagan narsalarini amalga oshiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning kalom tizimida aql, ma\u02bc\u00adrifat va hikmat asosiy tushunchalardir. Aql \u2014 bilimni rivojlantirish vositasi, hikmat esa o\u02bbrganish maqsadidir. Inson hikmatni izlaganida uning bilimi oshadi, bilimi oshgan sari yangi hikmatlarni kashf etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U o\u02bbz davrida aqlini ishlatmay, faqat naqlga tayanganlar bilan hamda aqlini vahiydan ustun qo\u02bbyganlar bilan kurashgan. Ushbu masalada katta yutuqlarga erishgan va uning fikrlari hamda baholari islom dunyosining keng qismida e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan. Uning ilmiy yetukligi va muammolarni aql bilan hal qilish borasidagi xizmatlari islom ilm-fanida katta ahamiyat kasb etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiy merosi haqiqat, ilm va aqlga tayangan dunyoqarashning yorqin timsolidir. U kabi buyuk siymolarga e\u02bctibor qaratish orqaligina o\u02bbzlikni anglash va yosh avlodni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga yo\u02bbnaltirish, radikalizm va ekstremizmga qarshi ma\u02bcrifiy kurashish, islom olamida mavjud bo\u02bblgan turli g\u02bboyaviy qarama-qarshiliklarga yechim topish imkoniyati paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, bugungiday inson ongini egallab boshqarishga urinishlar avj olgan davrda Imom Moturidiy kabi ulug\u02bb ajdodlarimiz merosiga ehtiyoj ortib boraveradi. Yangi O\u02bbzbekistonning xalqparvar, tinchliksevar siyosati sabab bugun ana shunday buyuk shaxslar ijodi va ilmiy merosi xalqaro maydonda keng targ\u02bbib etilayotgani quvonarlidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Otabek MUHAMMADIYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o\u02bbrinbosari,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2025-yil 30 aprel, 87-son<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi yillarda diniy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetishib chiqqan hamda dunyo ilm-fani, ma\u02bcrifati rivojiga bebaho hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qilish imkoniyati paydo bo\u02bbldi. Joriy yil 14 martda Prezidentimizning \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori qabul qilinishi ham ma\u02bcnaviy hayotimizning muhim voqealaridan biri bo\u02bbldi. Mazkur hujjat buyuk allomaning ibratli &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":42009,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3711,642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-30T06:16:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-05-02T04:39:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"597\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz\",\"name\":\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-30T06:16:10+00:00\",\"dateModified\":\"2025-05-02T04:39:59+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":597},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-30T06:16:10+00:00","article_modified_time":"2025-05-02T04:39:59+00:00","og_image":[{"width":660,"height":597,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz","name":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg","datePublished":"2025-04-30T06:16:10+00:00","dateModified":"2025-05-02T04:39:59+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250430_yuz.jpg","width":660,"height":597},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=42008&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MOTURIDIYLIK \u2013 MO\u02bbTADILLIK MEZONI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42008"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=42008"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42008\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":42010,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/42008\/revisions\/42010"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/42009"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=42008"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=42008"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=42008"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}