{"id":41960,"date":"2025-04-28T18:57:56","date_gmt":"2025-04-28T13:57:56","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41960"},"modified":"2025-04-28T19:24:25","modified_gmt":"2025-04-28T14:24:25","slug":"arosatdagi-farosat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz","title":{"rendered":"AROSATDAGI FAROSAT"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har tilning tarjima qilib bo\u02bblmaydigan so\u02bbz va iboralari bo\u02bbladi. Bu haqda gap qo\u02bbzg\u02bbalganda ko\u02bbpchilik \u201candisha\u201d so\u02bbzini yodga oladi. \u201cMushuging dasturxonni benamoz qildi\u201d qabilidagi iboralar ham bor. Bu so\u02bbz va jumlalar mo\u02bbljalga shunchalik aniq tegadiki, na biror narsa qo\u02bbshib, na biror narsa olib tashlab bo\u02bbladi. Lekin tarjimon qiynaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun tarjima qilib bo\u02bblmaydigan yana bir so\u02bbzimiz haqida so\u02bbz yuritsak. Bu farosatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAndisha\u201d so\u02bbzi o\u02bbrniga qarab turli ma\u02bcno va maqsadlarni ko\u02bbzlaganidek, \u201cfarosat\u201d kalimasi ham ba\u02bczan \u201codob\u201d, goho \u201caql\u201d, ba\u02bczan \u201cfahm\u201d (anglamoq), goho \u201ciymon\u201d, bir qarasangiz \u201ctarbiya\u201d, ayrim hollarda hatto \u201cmantiq\u201d ma\u02bcnolariga yaqinlashadi. Lekin tarjimonga qiyinligi shundaki, o\u02bbzbeklar turdosh-ma\u02bcnodoshlarning birortasini ham ishlatmay, aynan \u201cfarosat\u201dning o\u02bbzidan foydalanadi. O\u02bbshanda mutarjim qaysi ma\u02bcnodosh orqali o\u02bbgirishni bilolmay, ko\u02bbp boshi qotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida \u201cfarosat\u201d <strong>\u2013<\/strong> arabcha so\u02bbz. Lekin xalqimiz bu kalimani o\u02bbzlashtirganda, lug\u02bbatga muvofiq ravishda \u201cfahmlash\u201d, \u201co\u02bbtkir aql\u201d ma\u02bcnolari bilan cheklanib qolmagan va uni asrlar mobaynida juda keng tushunchaga aylantirgan. Hatto ota-bobolarimiz \u201cfarosat <strong>\u2013<\/strong> yarim karomat\u201d degan naql ham qoldirgan. Chunki muqaddas dinimizda\u00a0 farosatga haq bilan botilni ajratish qobiliyati sifatida qaraladi. Har qanday noyob qobiliyat, masalan, avliyoning karomati Parvardigorning izzat-ikromi, in\u02bcomidir. Ya\u02bcni, valiy insonning karomati g\u02bbayrioddiy amallarni bajarishi emas, balki ato etilgan qobiliyatining namoyon bo\u02bblishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir hadisda aytilganidek, \u00abMo\u02bbminning farosatidan ehtiyot bo\u02bblinglar, chun\u00adki u Allohning nuri bilan nazar soladi\u00bb. Bundan anglashiladiki, qalbiga ilohiy nur tushgan inson voqea-hodisalar zamiridagi haqiqatni aniq ko\u02bbradi. Uni hech narsa chalg\u02bbita olmaydi, xufiyona amal, hech bir niqob yo parda uning nazarini asl mohiyatdan to\u02bbsa olmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan kelib chiqib, farosatni qalb ko\u02bbzi deyish mumkindir. Shunda befarosat odamni \u201cqalbi so\u02bbqir\u201d desak, tarjimonga yarim misqol bo\u02bblsa-da yordam bergan bo\u02bblib chiqardik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Endi mavzuga nima uchun uzoqdan kelishimizning sababiga to\u02bbxtaladigan bo\u02bblsak, ommaviy axborot vositalarida aytilaverib, siyqasi chiqqan gaplarni takrorlamaslik, o\u02bbquvchini maqolaning boshidayoq bezdirib\u00a0 qo\u02bbymaslik maqsad qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Sabr qilmagan odam yo\u02bblni kesib, narigi tomonga emas, narigi dunyoga o\u02bbtib ketishi hech gapmas.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbg\u02bbri, bugun beodob, betarbiya, behayo odamlar safi befarosat kimsalar hisobiga yana ham kengayib borayapti. Ularning qilmishlari har qanday insonning g\u02bbazabini qo\u02bbzg\u02bbaydi, juda bo\u02bblmaganda ensasini qotiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, kundalik hayotdan oddiy bir misol. Ertalab uydan chiqdingiz, chorrahadan o\u02bbtishingiz kerak. U <strong>\u2013<\/strong> kichkina chorraha, yo\u02bblchirog\u02bbi yo\u02bbq, mashina ham. Chapga bir qarab olib, yo\u02bblning yarmidan o\u02bbtdingiz, keyin o\u02bbng tomonga qarasangiz, mashina kelayapti. Uni o\u02bbtkazib yuborib, keyin yurishga qaror qilasiz (negaki, sabr qilmagan odam yo\u02bblni kesib, narigi tomonga emas, narigi dunyoga o\u02bbtib ketishi hech gapmas). U sizning kutayotganingizni ko\u02bbrayapti. Lekin chorrahaga kelganda siz tomon yurmay o\u02bbngga (yo chapga) burilib ketdi. Vaholanki, siz uni o\u02bbtkazib yuborish uchun to\u02bbxtab turdingiz, kutdingiz, vaqt yo\u02bbqotdingiz. Shuni ko\u02bbrib kelayotgan haydovchi burilish signalini yoqqanida edi, siz uni kutmasdan, yo\u02bblning qolgan qismidan bamaylixotir o\u02bbtib ketardingiz. Beixtiyor tilingizdan \u00abhe, befarosat, chirog\u02bbingni yoqsang qo\u02bbling sinarmidi?\u00bb degan so\u02bbzlar chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz bunday misollarni qalashtirmasdan, farosat (yo farosatsizlik) mavzusiga boshqa tomondan yondashmoqchimiz. Aniqroq aytganda, \u201cnima uchun shunday?\u201d degan savolga javob izlab ko\u02bbrgimiz keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boya, yo\u02bblda duch kelganimiz befarosatlik avvalo egoizm bo\u02bblsa kerak. \u201cKutsa kutipti-da, men unga hisobot berishim shartmi?\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi tomondan bu odobsizlikka o\u02bbxshab ketadi. Odobsizlik esa tarbiyasizlikdan kelib chiqadi. Haydovchiga \u00abSeni o\u02bbylab, hurmatingni qilib, yo\u02bbl bermoqchi bo\u02bblgan odamga sen ham hurmat ko\u02bbrsatib, \u00abbirodar, kutib, bekorga vaqt ketkazmang, men burilmoqchiman, o\u02bbtavering\u00bb degan ma\u02bcnoda burilish chirog\u02bbini yoqsang bo\u02bblmasmidi, senda odob-axloq bormi? Seni kim tarbiya qilgan o\u02bbzi!\u00bb degingiz keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir jihatdan qaraganda, bu befahmlikka tortayotgandek bo\u02bbladi. Buning negizida loqaydlik, e\u02bctiborsizlik, burnining uchidan narisini ko\u02bbrmaslik (faqat rulda emas, umuman, odamlarning nazaridan, harakatidan ularning niyatini ilg\u02bbab ololmaslik) kabi illatlar bor. Yo\u02bbldan o\u02bbtayotgan piyodani, uning aynan shu mashina o\u02bbtib ketishini kutib turganini payqamaslik bir-birini umuman tanimaydigan ikki inson o\u02bbrtasida bir-biriga yetib bormaydigan sassiz, javobsiz dialog paydo qilayapti. \u201cBefarosat!\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrib turganimizdek, farosatsizlik odobda, aqlda, fahmda, iymonda, tarbiyada, mantiqda noqislikning oqibati ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buning iymonga nima aloqasi bor desangiz, e\u02bctiboringizni mana bu hadisga qaratamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00ab\u201cEy Allohning rasuli, islomdagi qaysi (amal) afzal?\u201d deyishdi. U zot sollallohu alayhi vasallam \u201cQo\u02bbli va tilidan musulmonlar omonda bo\u02bblgan kishi(ning amali)\u201d dedilar\u00bb.<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haydovchining xayolidan nima gap o\u02bbtganidan qat\u02bci nazar, qo\u02bbli yaxshi ish qilmadi axir. U qo\u02bbl yonchiroqni yoqib qo\u02bbyishga uzatilmadi, oqibatda o\u02bbzgaga ozor yetdi. Jismoniy emas, albatta. Piyodaning dili xira bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mantiqqa ham aloqadorlik joyi bor. \u201cAnovi piyoda to\u02bbxtab turipti, hoynahoy, meni o\u02bbtkazib yubormoqchi, burilishimni bilmaydi\u201d degan mantiq bo\u02bblganda edi, yonchiroq yoqilardi va yo\u02bblning yarmida turgan odam to\u02bbxtab turmasdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu mayda gapdek tuyulishi mumkin. Ruslar \u00abdyavol kroyetsya v detalyax\u00bb deb bejiz aytmaydi. Ertalab uyidan xush kayfiyat bilan chiqqan kishi dastlab yo\u02bblda bir mayda \u201cdetal\u201dga uchraydi, keyin yana nimalargadir duch keladi. Ehtimoldan xoli emas-da. Mana, deylik, yo\u02bbldan o\u02bbtib oldingiz, jamoat transportiga chiqayapsiz. Tushmasa ham eshikning oldini to\u02bbsib turgan yigirma yashar barzangiga qarab, \u00abchetroq tursang bo\u02bblmaydimi!\u00bb degingiz keladi. \u00abBu befarosat bilan o\u02bbchakishib, shuning darajasiga tushamanmi?\u00bb deysiz-da, bir amallab ichkariroqqa tisarilasiz. Shunda kimdir oyog\u02bbingizni bosadi. Uzr o\u02bbrniga \u00abNimaga oyoq ostida o\u02bbralashasan?\u00bb deganday o\u02bbqrayadi. Yana indamaysiz. Nariroq o\u02bbtasiz. Telefonining ovozini balandlatib, o\u02bbzi kulgili hisoblaydigan lavhalarni ko\u02bbrayotgan talaba o\u02bbtirgan bo\u02bbladi. Uning nazdida bu shang\u02bbillagan ovozlar, bu bemaza kliplar o\u02bbziga yoqsa, demak, boshqalarga ham yoqayapti, shu bois u kishim buni butun salonga \u00abilinayapti\u00bb. Holbuki, yonidagi qariyaga joy berish xayoliga ham kelmaydi. Xullas, o\u02bbz bekatingizga yetib kelasiz, tushayotib boyagi, haliyam g\u02bbo\u02bbddayib turgan barzangini bir turtgingiz keladi-yu, jim o\u02bbtib ketasiz. Ishxonaga kirish uchun yana yo\u02bbldan o\u02bbtish kerak. Chapga qaraysiz, bir mashina kelayapti, sizni ko\u02bbrib sekinlashadi. O\u02bbtkazib yubormoqchi shekilli. Yo\u02bbq! Oldingizda to\u02bbxtab, ya\u02bcni, yo\u02bblingizni to\u02bbsib, \u201ctaksi kerakmasmi?\u201d deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keling, yana kundalik hayotdagi voqea-hodisalar bilan davom etaylik. Siz ishxonaga dilingiz xira bo\u02bblib keldingiz. Holbuki, ish kuni endi boshlanayapti. Ayrim ishxonalarda bo\u02bblganidek, sizning hamkasblaringiz orasida ham o\u02bbz egallab turgan joyiga nomunosib xodimlar bor deb faraz qilaylik (aslida faraz ortiqcha bo\u02bblsa ham). Aytaylik, bir shifokor boshqa bir kasbdoshining bemorga bosh og\u02bbrig\u02bbini qoldiradigan dori o\u02bbrniga yurakka malham yozayotganini ko\u02bbrsa, tutaqib ketishi turgan gap. Shunaqa valakisalang hamxonangiz \u201cbir ko\u02bbrib berasizmi?\u201d deb chala-chulpa ishni keltirib beradi. Uni deyarli boshqatdan qilish kerak. Sabr bilan yordamlashasiz. U rahmat o\u02bbrniga \u00abha-ya, mana bu yeri shunaqa bo\u02bblishi kerak deb o\u02bbylagandim o\u02bbzi, mana buni ham to\u02bbg\u02bbri qilgansiz, o\u02bbzim aslida shuni mo\u02bbljal qilib turgandim\u00bb qabilidagi xaspo\u02bbshi gaplar bilan nari ketadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana \u201chamma joyda shunday\u201d demaylik-da, sizning ishxonangizda nomunosib rahbar o\u02bbtiripti deb faraz qilaylik. Oldiga ishingizni olib kirasiz. \u00abJiddiyroq qarash kerak!\u00bb, \u00abMas\u02bculiyat bilan yondashing!\u00bb, \u00abKim bunaqa qilib ishlaydi, mana buni sal boyiting!\u00bb, \u201cFalonchiyevdan (boyagi valakisalangni nazarda tutadi) o\u02bbrnak olmaysizmi!\u201d degan gaplarni eshitasiz. Ishingizdan ko\u02bbnglingiz to\u02bbq, shunchaki, u rahbar bo\u02bblgani uchun koyishi kerak. Diplomini olib bergan, ishga joylab qo\u02bbygan otasi shunday o\u02bbrgatgan. Siz, masalan, matematika sohasida ishlaysiz. Unga aytasiz: \u201cSirojiddinov shunday qilgan-ku\u201d. Boshliq pinagini ham buzmaydi. Akademik Sirojiddinovni u qayerdan ham bilsin, allaqachon oramizda emasligidan qanday boxabar bo\u02bblsin. O\u02bbz nazdida sizni go\u02bbyo chaqib oladi: \u201cO\u02bbsha Siradjidinov shunaqa aqlli bo\u02bblsa, mening o\u02bbrnimga kelib o\u02bbtira qolmaptida!\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaxshi ketayapmizmi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Egoizm, mas\u02bculiyatsizlik, beparvolik, loqaydlik, g\u02bbirromlik, behayolik, bepisandlik va yana qanchadan-qancha illatlar farosatga, aniqrog\u02bbi, uning yo\u02bbqligiga borib taqalayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Pulni yashirmasdan qulida olib yurishining o\u02bbzi \u2013 ko\u02bbrmaganlik alomati.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Xuddi shu odam boshlig\u02bbining oldida aravachidan battar tahqirlansa ham kulib tursa kerak.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana, maosh olgan kuni ishxonadan chiqib, bozorga kirdingiz. Qo\u02bbliga bir dasta pul qistirib olgan qo\u02bbpol bir odam chorasizlikdan arava surayotgan bolaga qanday munosabat qilayotganiga ko\u02bbzingiz tushadi. Pulni yashirmasdan qo\u02bblida olib yurishining o\u02bbzi <strong>\u2013<\/strong> ko\u02bbrmaganlik alomati. O\u02bbzidan quyi tabaqa deb hisoblagani uchun aravachi bolani odam o\u02bbrnida ko\u02bbrmaydi. Tasavvur qilasiz, xuddi shu odam boshlig\u02bbining oldida aravachidan battar tahqirlansa ham kulib tursa kerak. \u00abQani edi, o\u02bbsha payti mana bu bola yoningda bo\u02bblib qolsa-yu izza bo\u02bblayotganingni miriqib tomosha qilsa!\u00bb degan o\u02bby o\u02bbtadi xayolingizdan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tan olish kerak, pul ko\u02bbp narsani hal qiladi. Lekin unga mukkasidan ketib mehr qo\u02bbyishni hech bir ta\u02bclimot oqlamagan. Masalan, aytganlaridaykim, inson pulga chiroyli kiyim sotib olishi mumkin, lekin halovat va saodatga pul bilan erisha olmaydi. Taom sotib olishi mumkin, lekin ishtahani emas. O\u02bbta shinam yotoq sotib olishi mumkin, lekin bahuzur uyquni emas. Kuchli-kuchli dorilarni sotib olishi mumkin, lekin salomatlikni emas. Xizmatkor yollashi mumkin, do\u02bbst sotib ololmaydi. Pul to\u02bblab ko\u02bbngilxushlik qilishi mumkin, lekin haqiqiy quvonchni sotib ololmaydi. Kuchli o\u02bbqituvchi yollashi mumkin, lekin aql-zakovat va yetuk ongni sotib ololmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir shinavanda hamkasbimiz farosatsizlik holatlariga duch kelganda \u00abAl-farosatu lil muttaqiyn!\u00bb deb qo\u02bbyadi. Oxiri bir kuni buning ma\u02bcnosini so\u02bbrashga to\u02bbg\u02bbri keldi. \u00abFarosat taqvo egalarinikidir\u00bb ekan. \u00abBu oyatmi yo hadis?\u00bb savoliga bunday javob bo\u02bbldi: \u00abBu oyat ham, hadis ham emas, bu <strong>\u2013<\/strong> akang qarag\u02bbay!\u00bb. O\u02bbzini shunday chalg\u02bbitar ekan-da.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Hozir mashinalar torayib ketdi egasidan boshqasini sig\u02bbdira olmaydi, buning ustiga masjid uyidan bir kilometr narida bo\u02bblsa ham piyoda borgilari kelmaydi, savlat to\u02bbkib, mashinada borishlari kerak.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjidni ham eslatib o\u02bbtish kerakdir-a? Juma kunlari nima uchun masjidlar oldiga yaqinlashib bo\u02bblmaydi. Chunki ilgari bir mashinaga to\u02bbrt-besh kishi minardi. Hozir mashinalar torayib ketdi <strong>\u2013<\/strong> egasi\u00addan boshqasini sig\u02bbdira olmaydi, buning ustiga masjid uyidan bir kilometr narida bo\u02bblsa ham piyoda borgilari kelmay\u00addi, savlat to\u02bbkib, mashinada borishlari kerak. Tag\u02bbin mashinasini nariroqqa qo\u02bbyishni o\u02bbzi uchun haqorat yo past ketish deb biladi, shuning uchun masjid devoriga taqab qo\u02bbyishga harakat qiladi. Bu yerdan nogironlar aravasi, bolalar aravachasi, umuman, odamlar o\u02bbtishi mumkinligini o\u02bbylab ko\u02bbrish uchun esa&#8230; Barakalla! Farosat kerak. Lekin u kishim namozga kelayapti-da. Hamma uning ko\u02bbngliga qarashi kerak. Uning boshqalarni ovora qilishi gunoh bo\u02bblsa, bu gunoh juma namozidan oladigan savobining oldida hech narsa emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masjid haqida gap ochilgan ekan, yangi paydo bo\u02bblgan bir qusurga salgina to\u02bbxtalib o\u02bbtish kerak (bu siyqasi chiqqan gap emas). Shukrki, hozir hayotimiz farovon, sharoitimiz yil sayin yaxshilanib borayapti. Jumladan, ilgari fantastik voqea sifatida ko\u02bbrilgan umra safari ancha yengillashdi. Jo\u02bbn aytganda, cho\u02bbntagi ko\u02bbtarganlar bemalol borib kelishayapti. Bu <strong>\u2013<\/strong> juda yaxshi. Lekin tanganing orqa tomoni bor: ayrimlar xorijning foydali emas, xunuk odatlarini o\u02bbzlashtirishga, bu bilan o\u02bbzini o\u02bbta zamonaviy inson, o\u02bbta ilg\u02bbor tafakkur sohibi qilib ko\u02bbrsatishga qiziqadi. Xullas, masjidlarimizda uxlash rasm bo\u02bblayapti. Bu narsa yo\u02bblda imkonsiz qolgan g\u02bbarib musofirga mumkindir, lekin masjid atrofida uyi bo\u02bbla turib bunday qilish g\u02bbalati. Baraka topkur, arablar shunday qilsa, sen taqlid qilishing shartmi?! Masjid \u201csajda\u201d so\u02bbzidan olingan, u <strong>\u2013<\/strong> o\u02bbz nomi bi\u00adlan ibodat maskani. Ovqatlanish maskani hisoblanadigan restoranda uzala tushib uxlamaysan-ku yoki to\u02bbshagingda idish-tovoq, choynak-piyolani changitib taom yemaysan-ku! Har bir maskanning o\u02bbz funksiyasi bor. Nima uchun endi ibodatxonada uxlashing kerak? Ilg\u02bbor fikrli ekaningni tom ma\u02bcnodagi ilg\u02bborlik bilan <strong>\u2013<\/strong> ilm-fanda, yuqori texnologiyalarda, islohotlarda, ta\u02bclim yo tibbiyotda peshqadamlik, novatorlik, tashabbuskorlik bilan namoyon qil, hamma \u201cotangga rahmat\u201d deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farosatsizlik nimalarga olib borishini oddiy misollarda ko\u02bbrdik. Lekin befarosatlikka nima olib keladi? Shunisini ham o\u02bbylab ko\u02bbrish kerak. Ha, avvalo tarbiyadagi nuqson. Mana bu latifanamo gapga e\u02bctibor qarataylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Ota o\u02bbg\u02bbilga <\/em><\/strong><strong><em>faqat <\/em><\/strong><strong><em>qachon <\/em><\/strong><strong><em>olti <\/em><\/strong><strong><em>bo\u02bblishini ko\u02bbrsatdi. Vaqtni aniqlashni o\u02bbrgatmadi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota o\u02bbg\u02bbliga soat olib berdi. Keyin tushuntirdi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">&#8211;\u00a0\u00a0\u00a0 O\u02bbg\u02bblim, bu <strong>\u2013<\/strong> soat. Mana, masalan, qara, bunisi oltida, bunisi o\u02bbn ikkida turgan bo\u02bblsa, demak, soat olti bo\u02bblgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ertasiga bo\u02bblayotgan dialog:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Soat nechchi bo\u02bbldi, o\u02bbg\u02bblim?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozircha bilmayman, ota.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Negaki, ota o\u02bbg\u02bbilga faqat qachon olti bo\u02bblishini ko\u02bbrsatdi. Vaqtni aniqlashni o\u02bbrgatmadi. U \u00abodamga baliq ber <strong>\u2013<\/strong> bir marta qorni to\u02bbyadi, baliq ovlashni o\u02bbrgat <strong>\u2013<\/strong> doim to\u02bbq bo\u02bbladi\u00bb degan gapning mag\u02bbzini chaqmagan. Bu latifanamo gap \u201cnodon\u201d o\u02bbg\u02bbilning ustidan kulish uchun aytilmagan, balki otaning farosatsizligi bolani qanday noqulay ahvolga solishi mumkinligini ko\u02bbrsatish uchun bayon qilingan. Qolaversa, bola ham otaga mos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oqni oq, qorani qora deyish bilan ish bitmaydi. Bola tabiatan hamma narsaga qiziqadi, shuning uchun ayniqsa go\u02bbdak yoshidagilar juda ko\u02bbp savol beradi. Lekin biz \u201ckelib chiqishi\u201d xuddi o\u02bbsha bolalik bo\u02bblgan kattalar ishtiyoq uyg\u02bbotish, qiziqtirish bilan yoqimsiz buyruq, bezdiradigan topshiriq o\u02bbrtasidagi tafovutni ko\u02bbrmay qolamiz. To\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri buyruq yo taqiq kishini bezdiradi, ba\u02bczan buning aksini qilish maylini kuchaytiradi. Aslida \u201cbunday qil\u201d yo \u201cunday qilma\u201d o\u02bbrniga \u201cbunday qilsang, falon yaxshi narsaga erishasan\u201d yo \u201cunday qilmasang, falon balodan qutulasan\u201d deganda, amr ham, taqiq ham ongga mahkamroq o\u02bbrnashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada Oybek domlaning xotiralarida mahallaning chirog\u02bbi haqida yozilgan gap yaxshi o\u02bbgit bo\u02bbladi. Bolalar chiroqni sindiraveradi, \u201cbunday qilmanglar\u201d degan gapni tushunmaydi. Kunlardan bir kun yoshi ulug\u02bb bir odam qorong\u02bbu tushganda chiroq ostiga yig\u02bbilgan bolalarning oldiga keladi-da, \u00abFalon bobo qish chillasi tunda uyiga qaytayotib, eshagining oyog\u02bbi toyib, mana bu ariqqa tushib ketib o\u02bblgan edi. Chiroq butun turganida shu fojea yuz bermagan bo\u02bblardi\u00bb dey\u00addi. O\u02bbshandan keyin mahallaning chirog\u02bbi sira ham sindirilmagan ekan. To\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri \u201cqilma\u201d buyrug\u02bbi bilan \u201cqilmasang, boshingga (boshimizga) falon tashvish tushmaydi\u201d degan \u201cyashirin\u201d tavsiya ko\u02bbrinishidagi amrning farqi mana shunda bilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Lekin farosat faqat tarbiya bilan shakllanib qolmas ekan. Yo\u02bbl haqida ko\u02bbp gapirilgan bo\u02bblsa-da, asosan katta ko\u02bbchalarni tilga oldik. Qarangki, kichiklarining ham ahamiyati kam emas ekan. Bu o\u02bbrinda mavzuga aloqador ikki hadisni keltirmoqchimiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abRasululloh sollallohu alayhi vasallam \u201cBir kishi ko\u02bbchada ketayotib, yo\u02bbl ustida tikanli shoxni ko\u02bbrib qolib chetga olib qo\u02bbydi. Buning uchun Alloh undan rozi bo\u02bblib, gunohlarini kechirdi\u201d dedilar\u00bb<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo\u02bbl odobi to\u02bbg\u02bbrisidagi bu hadisda farosatga taalluqli jihat ham bor. U saxovatli odam kimningdir tarbiyasi tufayli yo maslahati bilan shoxni olib tashlamadi, balki farosatining amriga quloq tutdi. \u201cMenga noqulaylik tug\u02bbdirib, ozor berayaptimi, menga yoqmayaptimi, demak, boshqaga ham yoqmaydi, kel, shuni chetga olib tashlay qolay\u201d. Ana farosat!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi hadis ham yo\u02bbl odobi haqida, uning ham bir chekkasi farosatga taalluqli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan ri\u00advoyat qilinadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00abNabiy sollallohu alayhi vasallam \u201cYo\u02bbllarda o\u02bbtirishdan saqlaning\u201d dedilar. \u201cEy Allohning rasuli, boshqa ilojimiz yo\u02bbq, chunki shu yerda gaplashib o\u02bbtiramiz\u201d deyishdi. U zot \u201c(Yo\u02bbl chetida) o\u02bbtirishdan boshqasiga ko\u02bbnmaydigan bo\u02bblsangiz, u holda yo\u02bblning haqqini bering\u201d dedilar. \u201cYo\u02bblning haqqi nima, ey Allohning rasuli?\u201d deyish\u00addi. U zot \u201cKo\u02bbzni tiyish, aziyat bermaslik, salomga alik olish, ma\u02bcrufga buyurib, munkardan qaytarish\u201d dedilar\u00bb<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir torroq ko\u02bbchalarda quyidagi manzaralardan biriga yo barchasiga ko\u02bbp duch kelamiz: bitta yengil avtomobil zo\u02bbrg\u02bba sig\u02bbadigan yo\u02bblda mashina yuvish; mashinani chekkasidan odam yo arava o\u02bbtishi mumkin bo\u02bblgan joyga qo\u02bbyib, o\u02bbsha ochiq qolgan joyda davra qurib, suhbatlashish; xuddi shunday joyda mashi\u00adna eshiklarini ochib qo\u02bbyib, boshqalarning o\u02bbtib-qaytishiga xalal berish, baland ovozda musiqa tinglash va hokazo.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman, haydovchilik madaniyati ba\u02bczan shu darajada tubanlashib ketgan bo\u02bbladiki, hatto dafn marosimida ham kimo\u02bbzarlikka ko\u02bbzimiz tushadi. Tobut ortilgan mashinadan oldindagi chorrahalarga borib olib, chap va o\u02bbngdan keladigan yo\u02bbllarni to\u02bbsishdan (aslida janozani ko\u02bbrgan boshqa haydovchilar va inspektorlar shusiz ham yo\u02bbl ochib beradi) mayyitga hech qanday naf yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>U dunyodan o\u02bbtib bo\u02bbldi, endi uning sal tezroq dafn etilishdan muhimroq tashvishlari bor. Buni anglash uchun farosat kerak.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bby-ma\u02bcrakalarimiz to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbz yuritganda, xunuk manzaralar yanada ko\u02bbpayadi. Bizda yoshi ulug\u02bblar hurmati uchun o\u02bbrindan turish, ularga to\u02bbrdan joy berish, shularning ma\u02bcnaviy izni bo\u02bblmish \u201cqani-qani\u201d bilan taomga qo\u02bbl uzatish, turganda avval ularga yo\u02bbl berish <strong>\u2013<\/strong> juda qadimdan kelayotgan odatlar. Lekin bugun sherigiga haqqini berib qo\u02bbymaslik uchun hech kimga qaramasdan, qoshiq bilan lalini taraq-turuq qilib, qirq yillik qahatdan keyin endi palov ko\u02bbrayotgandek taomlanish holatlariga duch kelayapmiz. Go\u02bbyo bu o\u02bbt o\u02bbchiruvchi-yu, u yoqda bir nima yonib ketayotgandek. O\u02bbta zarur ishli odam fotihani kutmasdan turib ketishi ham shu misol sirasida. Endi yoshi ulug\u02bblarga, ayollarga yo\u02bbl berishni gapirmasa ham bo\u02bbladi. O\u02bbzini yo\u02bblning xoqoni sanab, chetlashsangiz, o\u02bbsha tomonga o\u02bbtib olib, tikka ustingizga bostirib keladiganlar yo\u02bbq emas. To\u02bbg\u02bbri, bularni odobsizlik deyish ham mumkin. Lekin ko\u02bbpchilik bunaqa \u201cxoqonlar\u201dni baribir befarosat deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Aytaylik, <\/em><\/strong><strong><em>Manchester <\/em><\/strong><strong><em>qayerdagi shahar ekanini bilmaydi, lekin astoydil ishqibozlik qiladi. Yonida qarshi <\/em><\/strong><strong><em>jamoaning <\/em><\/strong><strong><em>ishqibozi turgan bo\u02bblsa, mushtlashishdan h<\/em><\/strong><strong><em>am toymaydi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Millionlar o\u02bbyini bo\u02bblgan futbolga tegishli bir gap. Nima uchundir ayrim hamyurtlarimiz uzoq-uzoq o\u02bblkalardagi futbol jamoalariga ko\u02bbngil qo\u02bbyib, kuyib-pishib ishqibozlik qiladi. O\u02bbsha o\u02bbynagan kuni uyqudan qolishga ham rozi. Hisobni ertasiga yangiliklar dasturidan bilib olsa bo\u02bbladi, koshki bunga ko\u02bbnsa. To\u02bbqson daqiqalik butun jarayonni jonli ko\u02bbrmasa, ko\u02bbngli joyiga tushmaydi. O\u02bbzi, aytaylik, Manchester qayerdagi shahar ekanini bilmaydi, lekin astoydil ishqibozlik qiladi. Yonida qarshi jamoaning ishqibozi turgan bo\u02bblsa, mushtlashishdan ham toymaydi. Albatta, qaysidir xorijiy jamoaga qiziqish, ishqibozlik qilish <strong>\u2013 <\/strong>xobbi. Buning yomon joyi yo\u02bbq. Lekin buni telbalik darajasiga chiqarish befarosatlikdir. O\u02bbsha Manchesterdagi odamlar bu ishqibozning bor-yo\u02bbqliginiyam, hayajonining tabaqasiniyam, mag\u02bblubiyat payti ichidan zil ketib, siqilib yurishi-yu g\u02bbalaba onlarida boshi ko\u02bbkka yetishiniyam bilmaydi. Aslida \u00abmen nima jin urib bu besh-begona jamoa uchun bunchalar kuyib-pishishim kerak, bironta manchesterlik odam bizning \u201cNasaf\u201d yo \u201cNavbahor\u201dga ishqibozlik qiptimiki?\u00bb degan oddiy savol hammasiga chek qo\u02bbyishi mumkin. Lekin buning uchun ham farosat kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Siyqasi chiqmagan yana bir gap.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ba\u02bczan nonushta, tushlik yo kechki taom payti oila a\u02bczolariga qo\u02bbshilib, (sabr bilan) milliy kinomiz ijodkorlarining \u201cdohiyona asar\u201dlarini tomosha qilishga to\u02bbg\u02bbri keladi. Shulardan birida o\u02bblim to\u02bbshagida yotgan sevgilisining oldidan ko\u02bbngli qattiq buzilib chiqqan yigit yomg\u02bbir urib turgan osmonga qarab \u00abEy xudo, Faloncha yashashi kerak! U yashashi kerak!\u00bb deb, o\u02bbz nazdida to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri Parvardigori olamga dag\u02bbdag\u02bba qilib qolsa bo\u02bbladimi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa bir \u201cnoyob namuna\u201dda anchadan buyon tirnoqqa zor bo\u02bblib yurgan kelinchak banogoh shifokordan o\u02bbzining homiladorligi haqidagi tibbiy xulosani eshitgach, shukrona keltirish o\u02bbrniga, go\u02bbyo bir tanishiga aytayotganday: \u00abEy xudo! Rahmat, rahmat!\u00bb deb qoldi deng.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farosatsizlikning ajib yuksalish davriga yetib keldik shekilli. Biz ban\u00adda buyruq ohangida gapirmaydi, balki iltijo bilan duo qiladi, shukr aytadi va rahmatdan umidvor bo\u02bbladi deb bilardik. Ekranda esa bir banda Rabbiga dag\u02bbdag\u02bba qilsa, boshqasi unga \u201crahmati\u201dni yog\u02bbdirayapti. Dag\u02bbdag\u02bba va rahmatning obyekti va subyekti to\u02bbg\u02bbrisidagi xulosani, mazkur ikki epizoddagi gaplarning bahosini din peshvolari bersin. Biz kimlarnidir shirk, kufr yo shakkoklikda emas, shunchaki befarosatlikda ayblab qo\u02bbya qolamiz va shu bilan cheklanamiz. Harholda, yegulik yo\u02bbq payti tug\u02bbilgan ishtahadan taom bor vaqtdagi ishtahasizlik yaxshiroq. Farosatsizlik tufayli paydo bo\u02bblgan ma\u02bcnaviy iztirobni indamay ichga yutamiz, taomni ham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>&#8230;E\u02bctibor bersangiz, farosatning eng yaqin qofiyadoshi arosat ekan&#8230;<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas, aytaversa, gap ko\u02bbp. Shu vajdan bir ojiz qalamkash sifatida befarosat\u00adlik tufayli ona tilimiz qanday aziyat chekayotgani haqida yana ozgina so\u02bbz yuritib, keyin mulohazaga nuqta qo\u02bbysak. \u201cMohir\u201d tarjimonlarimiz to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri o\u02bbgirishi oqibatida chet el seriallarida qahramonlar \u201chozircha\u201d (ruscha \u201cpoka\u201dning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri tarjimasi) deb xayrlashishiga ko\u02bbnikib ham qoldik. Bunga \u201ctong orttirsa\u201d, \u201cbo\u02bbyin toblasa\u201d degan yangi \u201ckashfiyotlar\u201d qo\u02bbshilayapti. Aqli sog\u02bblom odam <strong>\u2013<\/strong> ataylab harakat qilganda ham <strong>\u2013 <\/strong>bunaqa xatolarga yuz yildayam qo\u02bbl urmasa kerak. Tongning nimasini orttirish mumkin ekan, bo\u02bbyinni nima bilan toblash mumkin ekan, ajabo! Bularni \u201ctexnik xato\u201d dersiz. Mumkin. Unda xushmuomalalik belgisiga aylangan \u201cyaxshi ishlang!\u201d tilagiga nima deysiz?! Bu og\u02bbzaki nutqda keng tarqalib ulgurgan ibora. Unda tex\u00adnik xato yo\u02bbq, savodsizlik ham yo\u02bbq. Yaxshiki, bu gap shinam ofislarda, \u201ckostyum-shimlik\u201d maskanlar hisoblanuvchi \u201cmadaniyatli\u201d joylarda aytiladi. O\u02bbsha oq yoqalilar loy qorayotgan odamga \u201cyaxshi g\u02bbisht quying\u201d deb ko\u02bbrsin-chi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, farosat juda keng tushuncha bo\u02bblib, befarosatlik ko\u02bbp illatlarning belgisi ekan. Ayni paytda ko\u02bbplab illatlar befarosatlikning omili bo\u02bblib ham chiqayapti. Shuning uchun hamyurtlarimizni farzandlar tarbiyasiga imkon qadar ko\u02bbp e\u02bctibor berishga, doimo ilm-fan, tafakkur, ziyo sari intilishga, barcha oliy fazilatlarni egallashga, yaxshi qobiliyatlarni orttirishga (ottirishga emas-a!) da\u02bcvat etib qolamiz. Zero, jamiyatda, tevaragimizda bo\u02bblayotgan har qanday voqea-hodisa bizning faoliyatimiz yo faoliyatsizligimiz (loqaydligimiz) hosilasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Farosatsizlik bizni arosatga yo\u02bbllab qo\u02bbymasin!<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Oltin silsila. Sahihul Buxoriy, 1\u00adjuz. \u2013 Toshkent: Hilol\u00adnashr, 2013. \u00ad132\u00adb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Oltin silsila. Sahihul Buxoriy, 1\u00adjuz. \u2013 Toshkent: Hilol\u00adnashr, 2013. \u2013 518\u00adb.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Oltin silsila. Sahihul Buxoriy, 7\u00adjuz. \u2013 Toshkent: Hilol\u00adnashr, 2018. \u2013 543\u00adb<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anvar BOBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong>Manba: \u201cMA\u02bcNAVIY HAYOT\u201d\u00a0 jurnali \u21161\/2025<\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har tilning tarjima qilib bo\u02bblmaydigan so\u02bbz va iboralari bo\u02bbladi. Bu haqda gap qo\u02bbzg\u02bbalganda ko\u02bbpchilik \u201candisha\u201d so\u02bbzini yodga oladi. \u201cMushuging dasturxonni benamoz qildi\u201d qabilidagi iboralar ham bor. Bu so\u02bbz va jumlalar mo\u02bbljalga shunchalik aniq tegadiki, na biror narsa qo\u02bbshib, na biror narsa olib tashlab bo\u02bbladi. Lekin tarjimon qiynaladi. Bugun tarjima qilib bo\u02bblmaydigan yana bir so\u02bbzimiz haqida &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41961,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"AROSATDAGI FAROSAT\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"AROSATDAGI FAROSAT\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-28T13:57:56+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-04-28T14:24:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"13 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz\",\"name\":\"AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-28T13:57:56+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-28T14:24:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"AROSATDAGI FAROSAT\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AROSATDAGI FAROSAT\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"AROSATDAGI FAROSAT","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"AROSATDAGI FAROSAT","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-28T13:57:56+00:00","article_modified_time":"2025-04-28T14:24:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"13 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz","name":"AROSATDAGI FAROSAT - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg","datePublished":"2025-04-28T13:57:56+00:00","dateModified":"2025-04-28T14:24:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"AROSATDAGI FAROSAT","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/farosat2804.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41960&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AROSATDAGI FAROSAT"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41960"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41960"}],"version-history":[{"count":6,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41960\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41974,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41960\/revisions\/41974"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41961"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41960"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41960"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41960"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}