{"id":41870,"date":"2025-04-25T10:56:08","date_gmt":"2025-04-25T05:56:08","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41870"},"modified":"2025-04-25T10:56:08","modified_gmt":"2025-04-25T05:56:08","slug":"diniy-ma%ca%bcrifiy-sohadagi-islohotlarning-yangi-bosqichi-huquq-va-imkoniyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta konfessiya vakillari bag\u02bbrikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelmoqda. 2174 ta islomiy va 198 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat ko\u02bbrsatyapti. So\u02bbnggi sakkiz yilda O\u02bbzbekistonda jami 130 ta \u2014 3 ta oliy va 1 ta o\u02bbrta maxsus islom bilim yurti, 102 ta masjid hamda turli konfessiyaga taalluqli 24 ta noislomiy diniy tashkilot davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Joriy yil 25-fevral kuni qabul qilingan qonun asosida tasdiqlangan O\u02bbzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta\u02bcminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga huquqiy asos bo\u02bblib xizmat qilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur hujjat vijdon erkinligiga bo\u02bblgan huquq va O\u02bbzbekiston dunyoviy dav\u00adlat ekaniga oid konstitutsiyaviy qoidalarni ro\u02bbyobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsip va ustuvor yo\u02bbnalishlarini belgilab berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbtgan qisqa vaqt ichida mamlakatimizda O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2017-yilga qadar mamlakatimizda 3 ta oliy (1 ta islomiy, 2 ta noislomiy) hamda 9 ta o\u02bbrta maxsus diniy ta\u02bclim muassasasi faoliyat yuritgan. Bugun esa 16 ta diniy ta\u02bclim muassasasi bor, ularning 6 tasi oliy o\u02bbquv yurtidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Prezidentimizning joriy yil 21-apreldagi \u201cFuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi farmoni nafaqat diniy-ma\u02bcrifiy soha, balki keng jamoatchilik tomonidan ham mamnuniyat bilan kutib olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatda diniy-ma\u02bcrifiy soha faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo\u02bbnalishlari \u2014 jamiyatda diniy bag\u02bbrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlashga oid ilg\u02bbor mexanizmlarni joriy etish, ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va bag\u02bbrikenglik kabi umuminsoniy va olijanob g\u02bboyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini chuqur o\u02bbrganish hamda keng targ\u02bbib etish belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi orasida birdamlik, o\u02bbzaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuchaytirish, ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligini ta\u02bcminlashga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish vazifalari ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonda diniy-ma\u02bcrifiy sohaning institutsional asoslarini takomillashtirish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Jumladan, fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo\u02bbshimcha qulayliklar yaratish, haj va umra ziyoratlariga borishi bilan bog\u02bbliq xizmatlarni ko\u02bbrsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsadida Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita va Raqamli texnologiyalar vazirligi \u201cHaj va umra yagona portali\u201dni hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqishi belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatdagi yana bir yangilik O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita huzuridagi Diniy-ma\u02bcrifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti sifatida qayta tashkil etilgani bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari, shuningdek, radikallashuvning oldini olish yo\u02bbnalishlarida diniy sohada mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas\u02bcul hisoblanadi. Shu bilan birga, barcha ta\u02bclim tashkilotlarining islomshunoslik va dinshunoslik fanlari o\u02bbqituvchilari malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash ham shu insti\u00adtut zimmasida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Diniy bag\u02bbrikenglikni yanada mustahkamlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmon bilan respublikada istiqomat qiluvchi turli din vakillarining yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish, jamiyatda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni yanada mustahkamlash maqsadida qo\u02bbmitaning Konfessiyalar ishlari bo\u02bbyicha kengashi faoliyati takomillashtirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, kengash tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislarni kuzatuvchi sifatida kiritish, kengashga diniy konfessiyalarning muammolari bo\u02bbyicha davlat va nodavlat tashkilotlarga so\u02bbrov, murojaat va tavsiyalar yuborish huquqini berish, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg\u02bbona viloyatlarida hududiy kengashlar tashkil etish hamda kengash tomonidan turli konfessiyalarga oid diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari o\u02bbrtasida sport musobaqalari, intellektual o\u02bbyinlar, madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlar o\u02bbtkazish kabi vazifalar belgilandi. Shuningdek, kengashning yangilangan tarkibi ham tasdiqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatga asosan, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi muassisligida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. Bundan maqsad Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g\u02bboyalarini ilmiy asosda o\u02bbrganish, yosh avlodni bag\u02bbrikenglik hamda o\u02bbzaro hurmat ruhida tarbiyalash, tasavvuf ta\u02bclimoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, \u201cYetti pir\u201d allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini xalqaro maydonda keng targ\u02bbib qilishdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, naqshbandiylik ta\u02bclimotining ezgu g\u02bboyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag\u02bbishlangan anjuman, konferensiya, ko\u02bbrgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni tashkil etish va tasavvuf ta\u02bclimotining ilmiy asoslangan g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilish, soxta tariqatchilikning oldini olish bo\u02bbyicha tavsiyalar ishlab chiqish kabilar ham markazning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, farmonga asosan, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi bo\u02bbysunuviga o\u02bbtkazildi. Markaz islomshunoslik yo\u02bbnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog\u02bbliq jarayonlar bo\u02bbyicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi buyuk alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ma\u02bcnaviy merosni o\u02bbrganadi, jahon ilm-fani rivojiga qo\u02bbshgan beqiyos hissasini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga yetkazadi, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etadi. Mamlakatimiz hududida ro\u02bby bergan Birinchi va Ikkinchi Renessansning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etib, yangi O\u02bbzbekiston taraqqiyotining ma\u02bcnaviy poydevorini yaratishda ishtirok etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, islom dinining insonparvarlik mohiyati, ma\u02bcrifiy-madaniy roli va rivojlanish yo\u02bbnalishlarini ilmiy asosda o\u02bbrganadi va keng ommaga, jumladan, xalqaro jamoatchilikka yetkazadi. Diniy ta\u02bclim muassasalariga ilmiy tadqiqot va o\u02bbquv-uslubiy masalalarda hamda pedagog kadrlar va diniy xodimlar malakasini oshirishda amaliy yordam ko\u02bbrsatadi. Ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni yot g\u02bboyalar ta\u02bcsiridan asrashga qaratilgan strategik ahamiyatga ega loyiha va tashabbuslarni ishlab chiqadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur farmonda belgilangan yana bir muhim jihat shuki, diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy asosda faoliyat ko\u02bbrsatuvchi Diniy-ma\u02bcrifiy sohada ta\u02bclim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi hamda uning tarkibi tasdiqlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu kengash diniy-ma\u02bcrifiy sohada ta\u02bclim, fan va ilmiy tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas\u02bcul bo\u02bblgan maslahat organi hisoblanadi. Uning asosiy vazifalari etib \u201cUchinchi Renessans \u2014 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d g\u02bboyasi asosida buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosida ulug\u02bblangan vatanparvarlik, bag\u02bbrikenglik kabi umuminsoniy g\u02bboyalarni aholi orasida keng targ\u02bbib etish, diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi muassasalar faoliyatini chuqur o\u02bbrganib borish, o\u02bbquv-tarbiya jarayoniga ilg\u02bbor axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish hamda ilmiy va uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, soha tashkilotlarida to\u02bbplangan ilmiy-uslubiy ishlanma va tajribalarni tahlil etish asosida ulardagi ta\u02bclim mazmunini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, o\u02bbquv reja va fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviylik tamoyillarini ta\u02bcminlash, diniy mavzuda respublikaning barcha ta\u02bclim va ilmiy tadqiqot muassasalarida bajariladigan tadqiqotlar mavzu va yo\u02bbnalishlarining ahamiyati, dolzarbligi yuzasidan tegishli tavsiyalarni berish ham kengash vazifasi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmonga binoan, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi O\u02bbzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislar, o\u02bbquv dasturi, qo\u02bbllanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta\u02bclim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo\u02bbladi. Uning asosiy vazifalari etib islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo\u02bblgan boshqa sohalar bo\u02bbyicha kadrlar tayyorlash belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, ta\u02bclim jarayoniga ilg\u02bbor pedagogik texnologiyalar, ilm-fan va texnikaning so\u02bbnggi yutuqlari hamda yetakchi xorijiy oliy ta\u02bclim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta\u02bclim dasturlarini joriy etish, qolaversa, vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda di\u00adniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish ham akademiyaning vazifasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz navbatida, diniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, in\u00adternet tarmog\u02bbida ta\u02bclim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish, talabalarda yuksak ma\u02bcnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta\u02bclim-tarbiya jarayoni hamda ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ishlar samaradorligini oshirish ham akademiyaning asosiy vazifalari sirasidan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farmon asosida akademiyaga o\u02bbquv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to\u02bblash miqdorlarini bozor konyunk-turasidan kelib chiqib belgilash, yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda akademiya vakillarini xorijiy ilmiy-tadqiqot va ta\u02bclim muassasalariga malaka oshirish va tajriba orttirish uchun yuborish, o\u02bbz grifi asosida darsliklar hamda boshqa o\u02bbquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish kabi huquqlar ham berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatda belgilangan vazifalardan anglash mumkinki, mamlakatimizda \u201cInson manfaatlari hamma narsadan ustun\u201d degan xalqchil tamoyilga asoslangan islohotlar diniy-ma\u02bcrifiy sohada ham tizimli ravishda kechmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu esa yurtimizdagi turli din va millat vakillarining o\u02bbzaro hamjihatlik, ahillik, mehr-oqibatda yashashiga, pirovardida mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikning yanada mustahkamlashiga asosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur farmon yurtimiz fuqarolarining vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish yo\u02bblida o\u02bbz vaqtida qabul qilingan muhim va zaruriy hujjat bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sodiq TOSHBOYEV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita raisi<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2025-yil 25-aprel, 84-son<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta konfessiya vakillari bag\u02bbrikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelmoqda. 2174 ta islomiy va 198 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat ko\u02bbrsatyapti. So\u02bbnggi sakkiz yilda O\u02bbzbekistonda jami 130 ta \u2014 3 ta oliy va 1 ta o\u02bbrta maxsus islom bilim yurti, 102 ta masjid hamda turli konfessiyaga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41871,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-25T05:56:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"597\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz\",\"name\":\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-25T05:56:08+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-25T05:56:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg\",\"width\":660,\"height\":597},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-25T05:56:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":597,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz","name":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg","datePublished":"2025-04-25T05:56:08+00:00","dateModified":"2025-04-25T05:56:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/20250425_yuz2504.jpg","width":660,"height":597},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41870&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY-MA\u02bcRIFIY SOHADAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI: HUQUQ VA IMKONIYATLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41870"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41870"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41870\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41872,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41870\/revisions\/41872"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41871"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41870"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41870"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41870"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}