{"id":41829,"date":"2025-04-24T11:07:22","date_gmt":"2025-04-24T06:07:22","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41829"},"modified":"2025-04-24T18:12:22","modified_gmt":"2025-04-24T13:12:22","slug":"qo%ca%bbqon-xiva-o%ca%bbrtasidagi-elchilik-aloqalari-19-yuzyillik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz","title":{"rendered":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">19-yuzyillikning birinchi o\u02bbn yilligida Qo\u02bbqon xonligi o\u02bbz chegaralarini Dashti Qipchoq hududlariga kengaytirishi uning tashqi siyosatida ham tub burilishga sabab bo\u02bblgan edi. Xonlikni shimoliy hududlari qozoq dashtlaridan tashqari Xiva xonligi bilan ham chegaradosh, qo\u02bbshniga aylanishi Minglar va Qo\u02bbng\u02bbirotlar sulolalari o\u02bbrtasidagi munosabatlarni rivojlanishiga olib keldi. Qo\u02bbqon xonligi yoki Xiva xonligi tarixiga doir manbalarda 19-yuzyillikning boshlariga qadar elchilik munosabatlari olib borilganligi to\u02bbg\u02bbrisida hozircha ma\u02bclumotlar ma\u02bclum emas. Bu esa har ikki sulola bir-biri bilan chegaradosh qo\u02bbshni bo\u02bblganidan keyingina diplomatik munosabatlarni o\u02bbrnatishga kirisha boshladi, deb xulosa qilish ham to\u02bbg\u02bbri emas. 1750-yillardagi qalmiqlarga qarshi Turkiston xonliklari o\u02bbrtasida harbiy ittifoq tuzish masalasidagi harakatlarda Xorazm chetda qolmaganligi aniq, albatta. Bu jarayonda Qo\u02bbqon xoni Erdonaxon, qozoq xonlari bilan Ahmadshoh Durroniyga maktub yuborib, harbiy ittifoq tuzish takliflarini ilgari surganligi haqida yuqorida to\u02bbxtalib o\u02bbtilgan edi. Fikrimizcha, bu jarayonlarda Xorazm chetda qolmagan bo\u02bblishi kerak.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlari ham Umarxonning tashabbusi bilan boshlangan edi. 1815-yilda Umarxonning Xorazmga yuborgan dastlabki elchiligiga Sayyid Muhammad Xoja rahbar etib belgilanadi. Qo\u02bbqonning Xorazm bilan qo\u02bbshni bo\u02bblishi esa har ikki sulola yetakchilariga yangi imkoniyatlar uchun bir omil vazifasini bajargan edi. 1815-yilda Umarxonning Xorazmga elchi yuborishdan asosiy maqsadi Dashti Qipchoq hududining xonlik tarkibiga kiritilganligi haqidagi xabarni yetkazish bo\u02bblgan. O\u02bbz navbatida bu xabarni xonlik hududlarini kengayganligining rasmiy e\u02bclon qilishga qaratilgan siyosati sifatida baholash ham kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xiva xonligining tashqi aloqalari bo\u02bbyicha mutaxassis N.Allayeva Umarxonning mamlakat hududlarini kengaytirish bo\u02bbyicha olib borgan siyosatidagi natijalari Xiva xoni Muhammad Rahimxon (1806-1825) minglar yetakchisi bilan hamkorlik qilishni \u201cfoyda-dan xoli emasligini tushungan\u201d deb qarashida ham asos bor, albatta [1:184].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan so\u02bbng, qo\u02bbng\u02bbirotlar yetakchisi Muhammad Rahimxon I (1806-1825)\u00a0 Umarxonni \u201cTurkiston va Dashti Qipchoq\u201d bo\u02bbyicha muvaffaqiyatli harakatlari natijasi bilan qutlab, maktub va hadyalar bilan Qo\u02bbqonga o\u02bbz elchisini yuboradi [8:218]. \u201cAnjum at-tavorix\u201d asarida qayd etilishicha, Muhammad Rahimxonning maktubida \u201cittifoq va ittihod\u201d taklif qilingan. Bu maktub esa keyinchalik Qo\u02bbqon va Xiva xonliklari o\u02bbrtasidagi harbiy ittifoq uchun kelishuvga zamin bo\u02bblganligini anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umarxon Xorazm elchisini o\u02bbrnatilgan tartib-qoidaga ko\u02bbra qabul qilib, mehmondo\u02bbstligini ko\u02bbrsatadi. Minglar yetakchisi Abduholiq qorovulbegi ismli mulozimini Xorazm elchisiga qo\u02bbshib, elchilik qoidalariga ko\u02bbra, o\u02bbz maktubi hamda munosib hadyalar bilan javob qaytaradi [1:185].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">19-yuzyillikning boshlarida Buxoro hukmdori amir Haydarning (1800-1825) mintaqadagi Qo\u02bbqon va Xorazmga nisbatan tutgan siyosati minglar va qo\u02bbng\u02bbirotlar uchun umumiy dushman sifatida baholangan edi. Bu borada tadqiqotchi F. Otaxonov Mirzo Qalandar Mushrifning \u201cShohnomai nusratpayom\u201d asariga tayanib, Qo\u02bbqon-Xiva harbiy ittifoqchiligi to\u02bbg\u02bbrisida muhim fikrlarni ilgari surgan [6:26]. Jumladan, \u201cShohnomai nusratpayom\u201d asarida Muhammad Rahimxon tomonidan yuborilgan maktub matnining mazmuniga xos jihatlar hamda o\u02bbzaro kelishuvlar natijasida bir vaqtda Buxoro amirligining ma\u02bcmuriy hududlariga uyushtirilgan harbiy harakatlar Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlarida \u201cittifoqchilik\u201d masalasi bejiz yuzaga kelmaganligini ham anglatadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqon-Xiva o\u02bbrtasidagi harbiy ittifoqchilik masalasi faqatgina Qo\u02bbqon yoki Xorazm tarixiga doir manbalardagina aks etib qolmagan. Bu ikki sulola o\u02bbrtasidagi munosabatlar, ya\u02bcni, yaxshi qo\u02bbshnichilik hamda do\u02bbstona hamkorlik masalalari Hindiston milliy arxivi jamg\u02bbarmasidagi hujjatlarda ham aks etadi. Xususan, ulardan birida, \u201cUrganch bilan Qo\u02bbqon o\u02bbrtasida mustahkam, azaliy do\u02bbstlik bor\u201d, deb qayd etilishi bejiz emas. Aslida, arxiv hujjatidagi ushbu ma\u02bclumot 1854-yilgi Qo\u02bbqondan Hindistonga yuborilgan elchilik munosabatlariga doir axborotlarda qayd etilsa-da, unda Umarxon va Muhammad Rahimxon I o\u02bbrtasidagi munosabatlarga urg\u02bbu berilgan edi [10:15].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqonning shimoliy sarhadlari Xorazm bilan chegaradosh bo\u02bblgandan so\u02bbng Usmoniylar davlati bilan o\u02bbrnatgan diplomatik aloqalarida Xiva xonligi ham alohida\u00a0 o\u02bbrin egallay boshlaydi. Bu jarayonda Qo\u02bbqondan Xiva xonligi hududidan o\u02bbtgan karvon yo\u02bbli orqali Istanbulga yuborilgan dastlabki elchilikka Xiva bilan ham muloqot olib borish vazifasi ham yuklatildi. 1820-yilda Istanbulga yuborilgan Xoja Mir Qurbon boshchiligidagi dastlabki bu elchilikning Istanbuldan yana Xorazm orqali qaytishida qo\u02bbng\u02bbirotlar yetakchisi Muhammad Rahimxon ikki nafar o\u02bbz elchisini hamroh sifatida Qo\u02bbqonga yuboradi [4:302 a]. Boshqa hollarda ham, usmonli arxivi hujjatlariga ko\u02bbra, Istanbulga Qo\u02bbqon va Xiva elchilari birga borganlar. Bu ma\u02bclumotlar Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlarining juda yaqin bo\u02bblganligini ifoda qiladi [12].\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1842-yildagi Qo\u02bbqon-Buxoro munosabatlari ularni yanada zaiflashishiga olib kelgan edi. Yuzaga kelgan vaziyatda Qo\u02bbqon xonligining Xiva bilan munosabatlari faollasha borgan. 1842-yilda Amir Nasrullo Qo\u02bbqonga yurishini boshlagan vaqtda Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) Muhammad Alixonga yordam berish maqsadida harbiy qo\u02bbshin yuborganligi \u201cMuntaxab ut-tavorix\u201d asarida qayd etiladi [4:207]. Olloqulixon yuborgan qo\u02bbshin Buxoro harbiylari tomonidan yo\u02bbq qilinadi [4:207]. Amir Nasrulloning Qo\u02bbqonni egallab, Ibrohim dodhox ismli noibini qoldirishi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada zaiflashtirgan edi. Bu vaqtda Talasda yashab turgan Olimxonning jiyani, Xojibekning o\u02bbg\u02bbli Sheralixon Qo\u02bbqon taxtini egallash uchun harakatni boshlaydi. Buxoro noibi, Sheralixon yetakchiligidagi harbiy harakatga dosh berolmasdan Buxoroga qochib ketadi. Amir Nasrullo bu xabardan so\u02bbng yana Qo\u02bbqonga yurishni boshlaydi. Amir Nasrulloning Buxorodan chiqqani haqidagi xabarni eshitgan Olloqulixon Muhammad Alixonga yordam uchun yuborgan qo\u02bbshinining qirib yuborilganining qasosini olish, qolaversa, Qo\u02bbqonga yana yordam berish maqsadida Buxoroga hujum boshlaydi [4:207]. \u201cMuntaxab ut-tavorix\u201dda qayd etilishicha, Olloqulixon Amudaryodan o\u02bbtib, Buxoro hududlaridan qirq ming xonadonni va 500 ming qo\u02bbyni qo\u02bblga kiritib, olib ketadi [4:207]. Bundan xabar topgan Amir Nasrullo Qo\u02bbqonni qayta qo\u02bblga kiritish uchun boshlagan harakatini amalga oshirolmasdan, orqaga qaytishga majbur bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xiva xonligining Buxoro sarhadlariga bostirib kirishi ham aslida tasodif emas edi. N.Allayeva \u201cBuxoro amiri Qo\u02bbqon xoni bilan kurash olib borar ekan, hamisha uchinchi tomon, ya\u02bcni Xiva xonligining aralashuvidan xavotirda bo\u02bblgan\u201d, deb to\u02bbg\u02bbri baho bergan edi [1:197]. Qolaversa, Xiva xonligining qiyin vaziyatda Qo\u02bbqonga yordam berishga intilishi, 1821-yildayoq o\u02bbrnatilgan munosabatlar, ya\u02bcni, oldindan mavjud bo\u02bblgan Qo\u02bbqon-Xiva ittifoqchiligining mustahkam bo\u02bblganligini ham ko\u02bbrsatadi, aslida. Shu jihatdan ham Xiva xonligi bilan Buxoro o\u02bbrtasidagi munosabatlarining yomonlashuvi Xiva-Qo\u02bbqon aloqalarining yanada mustahkamlanishiga turtki bergan [1:203].\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlariga doir ma\u02bclumotlar Xorazmda yaratilgan manbalarda, xususan Ogahiy asarlaridan o\u02bbrin olgan bo\u02bblsa-da, elchiliklarning aniq maqsadlari ko\u02bbrsatilmasdan, ular tomonidan olib kelingan maktublar \u201cmuhabbatnoma\u201d, \u201cistimolatnoma\u201d, \u201cmavolifatnoma\u201d (\u0645\u0648\u0627\u0644\u0641\u062a \u0646\u0627\u0645\u0647 \u200c) kabi nomlar bilan qayd etiladi. N.Allayeva ushbu maktublarni nomlanishiga ko\u02bbra tahlil etar ekan, Qo\u02bbqon-Xiva yozishmalarida siyosiy voqealar hamda ittifoqchilik masalalari o\u02bbrin olganligini qayd etadi [1:208]. Jumladan, Qo\u02bbqondan yuborilgan elchilarga javoban Xorazm elchilarining olib kelgan maktubida\u00a0 Buxoroning Qo\u02bbqonga bosqiniga nisbatan tajovuzkorona harakati yuzasidan\u00a0 Minglarga tasalli berish bilan bir qatorda o\u02bbzaro munosabatlarni mustahkamlash g\u02bboyasi ham ilgari surilgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sheralixon Xorazm hukmdorligiga kelgan Rahimqulixon (1842-1846) bilan munosabatlarni davom ettirgani Muhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiyning \u201cZubdat at-tavorix\u201d asarida ham qayd etiladi [3]. Bu davr orasida Sheralixon tomonidan Xiva xonligiga 5-marta elchi yuborilgan bo\u02bblib, bu elchiliklarning barchasiga Qorabosh dodxoh degan mulozim mas\u02bcul qilib belgilangan edi [3:137-151].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlari Sheralixondan so\u02bbng taxtga o\u02bbtirgan Xudoyorxon davridan Xiva bilan munosabatlar yanada faollashishiga turtki beradigan omillar yuzaga kela boshladi. Xiva xonligi tarixiga doir asarlarda qayd etilgan ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra ham Muhammad Aminxon (1846-1855) taxtga o\u02bbtirgandan so\u02bbng, 1846-yildan boshlab Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlari yanada faollasha boshlaganini kuzatish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1830-yillaridan so\u02bbng Rossiya imperiyasining Qozoq xonligiga tahdidi kuchayib borishi oqibatida Kenesari sulton (1841-1847) milliy ozodlik uchun faol qarshilik harakatini olib borishga harakat qilgan edi. Bu jarayonda Dashti Qipchoq hududlarida notinchlik qo\u02bbshni Turkiston xonliklariga ham ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmasdan qolmagan. 1847-yilda Kenesari sultoning o\u02bblimi uning 20 ming kishilik tarafdorlarining katta qismini Qo\u02bbqonga, qolganini esa Xiva xonligining chegaralariga qochishga majbur qilgan. Ular vaqti-vaqti bilan Rossiya tajovuziga qarshi harakatlar ham olib borishgan. Qozoqlarning bu harakatlari Rossiyaning Qo\u02bbqon va Xiva chegaralariga tahdidini ham yuzaga keltirgan edi. Rossiya imperiyasining Dashti Qipchoqdagi bu harakatlari Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlarini yanada faol hamkorligiga turtki bergan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1848-yilning 24-aprel kuni Xiva xonligidan Qutbiddin xo\u02bbja shayxulislom va Shukrulloh og\u02bba Istanbulga elchi etib yuboriladi [9:112]. Usmonli arxividagi hujjatlarga ko\u02bbra, Shukrulloh og\u02bba Istanbul orqali haj ibodatini bajarish uchun Makkaga borib, Xivaga qaytishdan oldin yana Istanbulga kelib, bir muddat bu yerda qolgan [11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida qayd qilinganidek, Qo\u02bbqondan Usmoniylar davlatiga yuborilgan elchilar asosan Xiva orqali o\u02bbtgan yo\u02bbl\u00a0 orqali harakatlangan. Shuningdek, bu harakat davomida Qo\u02bbqon elchilariga qo\u02bbshilib, Xiva elchilari ham Usmoniylar davlatiga borganini yuqorida ko\u02bbrsatib o\u02bbtgan edik.\u00a0 Bu holatdan kelib chiqib, shu o\u02bbrinda Xudoyorxonning elchisi Xiva hukmdori Muhammad Aminxonning elchilari bilan Istanbulga birga borgan bo\u02bblishi mumkin, deb hisoblaymiz. Usmonli arxividagi hujjatlardan ma\u02bclum bo\u02bblishicha, Qo\u02bbqon xonligidan Istanbulga borgan elchilar Xiva elchilari Qutbiddin xo\u02bbja shayxulislom va Shukrulloh og\u02bbalar bilan bir vaqtda Usmoniylar davlati poytaxtida bo\u02bblgan. Shu davrga oid hujjatga ko\u02bbra, Xudoyorxon tomonidan Usmoniylar sultoniga maktub bilan birga Qur\u02bconi karim hadya qilingan [2:169-170]. Qo\u02bbqon-Xiva o\u02bbrtasidagi elchiliklarning juda ham faollashishi, elchilar bordi-keldisining tezlashishi ortida Rossiya imperiyasi tajovuzi bilan bog\u02bbliq siyosiy masala turishi bilan bir qatorda, bu jarayonda bu ikki hamkor ushbu masalaning jiddiy yechim topishni ko\u02bbzlagan holda uchinchi davlat &#8211; Usmoniylar davlatining aralashuviga umid qilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1847-yil oxirida Qo\u02bbqonga yuborilgan elchi Yusufbek 1848-yilning 3-mayida Xudoyorxonning elchisi Xolmurodbiy bilan birga Xivaga yetib kelib, Muhammad Aminxon huzurida bo\u02bblishadi. 1848-yilning 15-avgustida Xolmurodbiy Qo\u02bbqonga qaytar ekan, Muhammad Aminxon unga Nurmuhammad Qorako\u02bbzni hamroh va elchi tariqasida ikki mamlakat o\u02bbrtasidagi hamjihatlik munosabatlari bitilgan maktubida (yakjihatlik izhori uchun topshurg\u02bbon muhabbatnomasin) \u201cmavoliyfatnoma\u201dsini (\u0645\u0648\u0627\u0644\u0641\u062a \u0646\u0627\u0645\u0647 \u200c) bayon qilib, Qo\u02bbqonga yuboradi [9:112]. Nurmuhammad Qorako\u02bbz 1848-yilning 1-dekabr kuni Qo\u02bbqondan Xivaga yetib kelib, Muhammad Aminxon huzurida bo\u02bbladi [9:128]. Albatta Qo\u02bbqon-Xiva elchilik an\u02bcanalariga ko\u02bbra, Nurmuhammad Qorako\u02bbz bilan Xudoyorxoning elchisi ham\u00a0 birga kelgan edi. 1849-yilning 24-fevralida Qo\u02bbqon elchisi Xivadan qaytar ekan unga Muhammad Aminxonning mulozim amaldorlaridan Yusufbek elchi sifatida qo\u02bbshib yuboriladi [9:132].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1849-yil oktyabr oyining boshlarida Yusufbek Qo\u02bbqondan Bahodir dodhox\u00a0 ismli mulozim bilan qaytadi. Bahodir dodhox 4 oycha Xivada qolib, 1850-yilning 25-yanvarida Xiva mulozimlaridan bo\u02bblgan Otaniyoz bek bilan birga Qo\u02bbqonga Muhammad Aminxonning \u201cMuhabbatnoma\u201d maktubi bilan yo\u02bbl oladi. Ogahiyning qayd etishicha, Otaniyoz bek 1851-yil avgustida va 1852-yil fevralida ham Qo\u02bbqonga elchi bo\u02bblib keladi [9:151]. Otaniyoz bek bilan birga Xudoyorxonning elchisi ham Qo\u02bbqonga qaytgan, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1853-yilga qadar Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqulining ta\u02bcsirida bo\u02bblganligi bois mustaqil siyosat yurita olmaganligi ma\u02bclum. 1853-yilda \u201cQipchoqlar masalasi\u201dda Qo\u02bbqon hukmron doirasida siyosiy harakatlar puxta o\u02bbylangan holda rejali olib borildi. Oqibatda, Qo\u02bbqon hukmron doirasidagi qipchoq yetakchilarining markaziy boshqaruvdagi roli va mavqega qarshi jiddiy kurash olib borildi. Shu bilan birga, bu jarayonning asosiy sababchisi bo\u02bblgan Musulmonquli hibsga olinib, qatl etildi. Bu voqealar Xudoyorxonga xonlikni mustaqil boshqarish uchun yangi imkoniyatlarga yo\u02bbl ochib bergan edi. Xudoyorxon bu xursandchiligini qo\u02bbng\u02bbirotlar yetakchisi Muhammad Aminxon bilan ham baham ko\u02bbrish maqsadida o\u02bbz elchisini Xivaga yuboradi. Xudoyorxon elchisi 1853-yil 23-fevral kuni Xivaga yetib kelib, Muhammad Aminxonga \u201ce\u02bctiqodnoma\u201d va tuhfalarni topshiradi. 19-mart kuni Qo\u02bbqon elchisi qaytar ekan, unga hamroh sifatida Shukrulloh og\u02bba elchi bo\u02bblib Xivadan birga yo\u02bblga chiqishadi.\u00a0 Xiva elchisi Shukrulloh og\u02bba 1854-yilning yanvariga qadar Qo\u02bbqonda qolib ketishga majbur bo\u02bbladi. Bunga asosiy sabab, Rossiya imperiyasining Qo\u02bbqon xonligining shimoliy chegarasidagi Oqmasjid qal\u02bcasini bosib olishi bilan bog\u02bbliq edi. Qo\u02bbqonning shimoliy hududidagi ruslarning bosqini va ular bilan harbiy harakatlar tufayli Xudoyorxon Shukrulloh og\u02bbaning xavfsizligini o\u02bbylab, uni Xorazmga qaytishiga ruxsat bermaydi [9:180].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1854-yilning yanvar oyida Xudoyorxon harbiy mulozimlaridan Muhammad Karim bahodirboshini Shukrulloh og\u02bbaga ham hamroh\u00a0 sifatida ham elchi sifatida qo\u02bbshib Xivaga yuboradi [9:180]. Xudoyorxonning harbiy amaldorni elchi tariqasida yuborishdan maqsadi ham oldindan yo\u02bblga qo\u02bbyilgan harbiy ittifoqchilik masalasidagi kelishuvlarga ko\u02bbra jiddiy harakatlarga kirishishni ko\u02bbzlagan bo\u02bblishi tabiiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1854-yilning 8-iyunida Muhammad Karim bahodirboshi Xiva elchisi bilan birga Xorazmdan Qo\u02bbqonga yo\u02bbl oladi. Biroq, qanday kelishuvlar rejalashtirilgani diplomatik qoidalarning siri sifatida ma\u02bclum bo\u02bblmasa-da, kun tartibida Rossiya imperiyasining harbiy harakatlari bo\u02bblgani aniq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xudoyorxon va Muhammad Aminxon o\u02bbrtasidagi do\u02bbstona munosabatlar faqatgina sulolalar o\u02bbrtasidagi siyosiy masalalar bilan bog\u02bblanmasdan, oilaviy marosimlarga ham taklif etish bilan bog\u02bblangan. 1854-yilda Xudoyorxon farzandlarining to\u02bbyiga Muhammad Aminxonni taklif qilish uchun Xidirbiy degan mulozimini elchi qilib yuboradi. Bu vaqtda Xiva hukmdori Muhammad Aminxon ham to\u02bby taraddudida bo\u02bblganini, to\u02bbyga taklif qilishini ma\u02bclum qilish maqsadida Raxmatillaboy degan kishini Xidirbiyga qo\u02bbshib Qo\u02bbqonga yuboradi. Bu esa ittifoqchi bo\u02bblgan sulola yetakchilarining bir-biri bilan hamkorlikning bu tarzdagi do\u02bbstona ko\u02bbrinishlarini ham amalga oshirganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xivada Muhammad Aminxonning vafotidan so\u02bbng taxtga o\u02bbtirgan Sayid Abdullaxon (1855-yil 20-mart \u2013 27-avgust)\u00a0 hokimiyatga kelganidan chamasi bir oy o\u02bbtib, aniqrog\u02bbi 1855-yil 24-aprelda Xiva taxtidagi o\u02bbzgarishlar xabarini yetkazish maqsadida Otaniyoz bekni elchi etib Qo\u02bbqonga yuboradi [9:205].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad Aminxonning 10-yillik hukmronligi davrida Xudoyorxon bilan 20 ga yaqin elchilar almashinuvi kuzatilishi bejiz emas, albatta. Bu elchiliklarning bordi keldisi, ikki davlat hukmdorlarining bir-biriga hadya ulashishdan iborat emas edi. Qo\u02bbqon-Xiva diplomatik munosabatlarini faollashishi Rossiya imperiyasining ikki davlatning shimoliy chegaralaridagi harakatlari bilan bog\u02bbliq edi. Xudoyorxon va Muhammad Aminxon bu murakkab siyosiy vaziyatlarni muhokama qilish bilan birga, dushmanga qarshi kurashish choralarini muhokama qilib borishga harakat qilgan edilar. Muhammad Aminxon vafot etgandan keyin ham Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlari to\u02bbxtab qolmadi. Xudoyorxon Muhammad Aminxondan keyin Xiva taxtiga o\u02bbtirgan Sayid Abdullaxon, Qutlug\u02bb Murodxon (1855, 4 oy), Sayid Muhammadxonlar (1856-1864) bilan do\u02bbstona munosabatlarini davom ettirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hindiston Milliy arxivi jamg\u02bbarmasida Qo\u02bbqon xonligiga doir ma\u02bclumotlarda ham Qo\u02bbqon-Xiva munosabatlariga doir qimmatli ma\u02bclumotlar uchraydi. Arxiv hujjatida kobullik Nazir Hayrullo ismli mirzoning\u00a0 (kobullik harbiy kotib) axborot va ma\u02bclumotlari o\u02bbrin olgan. Nazir Hayrulloning Kobuldagi Britaniyaning bosh\u00a0 komissariga ma\u02bclum qilishicha, u hech qachon Qo\u02bbqonda bo\u02bblmagan bo\u02bblsa ham, bu mamlakatdagi (ya\u02bcni Qo\u02bbqondagi) axborotchilari (korrespondentlari) bilan muloqot qilishi orqali yaxshi ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bblib turgan. U Qo\u02bbqonning Buxorodan ko\u02bbra Xiva bilan juda yaqin do\u02bbstona hamkorlik aloqalarini yo\u02bblga qo\u02bbyganligini qayd etar ekan, \u201cxivalik zodagon Qosim hozirgi armiya mingboshisi. 30-yildan buyon Qo\u02bbqonda yashab keladi\u201d, deb qayd etadi [10:225]. Ushbu hujjat 1854 yilga oidligiga e\u02bctiborga olinsa, bu davrda Qo\u02bbqonda Qosim ismli lavozim egasini aniqlashni taqozo qiladi. Bu o\u02bbrinda Mirzo Olim Mushrifning \u201cAnsob us-salotin va tavorix ul-havoqin\u201d nomli asarida 1853-yildan buyon Xudoyorxonning bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan Muhammad Qosim mingboshi bo\u02bblganligi haqidagi ma\u02bclumoti e\u02bctiborni tortmasdan qolmaydi. Qo\u02bbqon tarixiga doir boshqa\u00a0 manbalarda, jumladan, \u201cTarixi Shohruxiy\u201d, \u201cXullas ut-tavorix\u201d, \u201cTarixi Turkiston\u201d kabi asarlarda ham Qosim mingboshining Xudoyorxonning birinchi hukmronligida yuqori mavqega ega harbiy amaldor bo\u02bblganligi qayd etiladi. Biroq, Qosim mingboshining aynan xorazmlik ekanligi birorta manbada urg\u02bbulanmaydi. Qo\u02bbqon harbiy tizimida xorazmlik harbiylarning faoliyat ko\u02bbrsatishi Qo\u02bbqon-Xiva o\u02bbrtasidagi munosabatlarning haqiqatda faol bo\u02bblganligini ko\u02bbrsatadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1860-1865-yillarga kelib Rossiya imperiyasi Qo\u02bbqon xonligining shimoliy hududlariga jiddiy tahdid qila boshladi. Ayniqsa, 1864-yilga kelganda Olma Ota, Avliyo Ota, Chimkent, Turkiston kabi ma\u02bcmuriy birliklariga harbiy harakatlar boshladi. Rossiyaning bu harbiy harakatlariga qarshi Qo\u02bbqon xonligi hukumati qo\u02bbshni mamlakatlar hamda musulmon davlatlari bilan diplomatik munosabatlarini yanada faollashtirishga intildi, elchilarni yuborishga e\u02bctibor qaratdi. Xuddi shunday vaziyatda Qo\u02bbqon xoni Sulton Sayyidxon va amirlashkar Aliquli tomonidan boshqa musulmon mamlakatlar bilan bir qatorda ittifoqchi bo\u02bblgan Xiva xonligiga ham elchilar yuborildi. Usmoniylar davlatiga yuborilgan Yoqubxon to\u02bbra Xorazm orqali yo\u02bbl olgan va Xiva xoniga Sulton Sayyidxonning maktubini topshirib, keyin safarini davom ettirgan [1:232]. Sulton Sayyidxonning maktubida Rossiya imperiyasining Avliyo ota, Turkiston, Chimkent hududlariga bostirib kelganligidan Usmoniylar davlatini xabardor qilish maqsadida Yoqubxon to\u02bbraning elchi bo\u02bblib boryotgani va uni Xiva xonligi hududlaridan o\u02bbtkazib yuborishlik so\u02bbralgan [7]. Xiva xoni uchun yo\u02bbllangan maktubga Sulton Sayyidxonning muhri bosilgan. Biroq Usmoniylar sultoni hamda sadri a\u02bczami nomiga yozilgan maktublarga Aliquli amirlashkarning muhri bosilgan. Garchi davlat boshqaruvi Aliquli amirlashkar qo\u02bblida bo\u02bblsa-da, Xiva xoni uchun yozilgan maktubda Usmoniylar davlatiga yuborilgan maktublardan farqli ravishda Qo\u02bbqon xonining muhri bosilishiga alohida e\u02bctibor qaratilishi bejiz emas. Chunki, Turkiston xonliklaridagi o\u02bbzaro yozishmalar hukmdorlar o\u02bbrtasida bo\u02bblib, bu ularning legitimatsiyasi \u2013 oliy taxtga egaligining huquqiy asoslarga egaligiga alohida e\u02bctibor qaratilganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbqon xonligining shimoliy hududlari bo\u02bblgan Dashti Qipchoq va Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin Xiva xonligi bilan munosabatlar ham uzila boshlagan. Chunki Qo\u02bbqondan Buxoro va Xorazmga boradigan yo\u02bbllar deyarli Turkiston general-gubernatorligining tasarrufiga o\u02bbtgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ming sulolasi yetakchilari Qo\u02bbng\u02bbirotlar sulolasi (Xorazm) bilan juda faol hamkorliklarni olib borganlar. O\u02bbzaro kelishuvlar natijasida umumiy dushmanga qarshi harbiy ittifoqchilik tuzilmasini tuzishga erishilgan. Ayniqsa, Rossiya imperiyasining Turkistonga tajovuzi arafasida diplomatik munosabatlar, elchilar bordi-keldisi juda ham ko\u02bbpayganligi bosqinga qarshi choralar ko\u02bbrishga harakat qilinganini ko\u02bbrsatadi.\u00a0\u00a0<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Allayeva N. Xiva xonligining diplomatiyasi va savdo aloqalari. -T.: Akademnashr, 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0418\u0441\u0442\u043e\u0440\u0438\u044f \u0426\u0435\u043d\u0442\u0440\u0430\u043b\u044c\u043d\u043e\u0439 \u0410\u0437\u0438\u0438 \u0432 \u041e\u0441\u043c\u0430\u043d\u0441\u043a\u0438\u0445 \u0434\u043e\u043a\u0443\u043c\u0435\u043d\u0442\u0430\u0445. \u0422\u043e\u043c I. \u041f\u043e\u043b\u0438\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0435 \u0438 \u0434\u0438\u043f\u043b\u043e\u043c\u0430\u0442\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0435 \u043e\u0442\u043d\u043e\u0448\u0435\u043d\u0438\u044f. \u0421\u0430\u043c\u0430\u0440\u043a\u0430\u043d\u0434: \u041c\u0418\u0426\u0410\u0418, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy. Zubda-t-ut-tavorix \/ Nashrga tayyorlovchi, so\u02bbzboshi, izoh va ko\u02bbrsatkichlar muallifi Nurboy Jabborov. T.: O\u02bbzbekiston, 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Hakimxon to\u02bbra. Muntaxab ut tavorix. O\u02bbzR FA SHI qo\u02bblyozma, inv. \u2116594.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammadhakimxon To\u02bbra. Muntaxab at-tavorix. Fors-tojik tilidan tarjimon, muqaddima, izohlar muallifi Shodmon Vohidov. T.: \u201cYangi asr avlodi\u201d, 2010.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Otaxonov F. Qo\u02bbqon va Xiva xonliklari o\u02bbrtasida 1821-yilda tuzilgan harbiy ittifoq va uning oqibatlari (\u201c Shohnomayi nusratpoyom\u201d ma\u02bclumotlari tahlili) \/\/ O\u02bbzbekiston tarixi. \u21162, 2012. <strong>\u2013 <\/strong> 24-34.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzMA, f. I-125, 2-r, 240-y.j.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Anjum at-tavorix (Tarix yulduzlari). T.: 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad R\u0131\u017c\u0101 M\u012br\u0101b \u0100gah\u012b. J\u0101m\u0131\u2018 al-v\u0101q\u0131\u2018\u0101t-\u0131 sul\u1e6d\u0101n\u012b \/ Edited in the original Central Asian turki with an introduction and notes by Nouryaghdi Tashev. \u2013 Samarkand-Tashkent: 2012.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">NAI. Foreign Foreign political. C. 24<sup>th<\/sup> November 1854. \u2116.1-22 Account of the Khanate of Kokand. \u2013 \u0420. 15.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0422\u0421\u0421DABOA, HR. nr., 4\/8.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u0422\u0421\u0421DABOA. HR.SYS. nr., 4\/3. 1849\/4172. Dersaadet&#8217;te bulunan Harzem elcisi ve Hokand hanzadelerinden Sad\u0131k Bey&#8217;in Tersane-i Amire&#8217;yi ziyaretleri.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ShERZODXON MAHMUDOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix instituti bo\u02bblim boshlig\u02bbi<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19-yuzyillikning birinchi o\u02bbn yilligida Qo\u02bbqon xonligi o\u02bbz chegaralarini Dashti Qipchoq hududlariga kengaytirishi uning tashqi siyosatida ham tub burilishga sabab bo\u02bblgan edi. Xonlikni shimoliy hududlari qozoq dashtlaridan tashqari Xiva xonligi bilan ham chegaradosh, qo\u02bbshniga aylanishi Minglar va Qo\u02bbng\u02bbirotlar sulolalari o\u02bbrtasidagi munosabatlarni rivojlanishiga olib keldi. Qo\u02bbqon xonligi yoki Xiva xonligi tarixiga doir manbalarda 19-yuzyillikning boshlariga qadar elchilik &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41830,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-24T06:07:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-04-24T13:12:22+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"413\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz\",\"name\":\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-24T06:07:22+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-24T13:12:22+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg\",\"width\":660,\"height\":413},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-24T06:07:22+00:00","article_modified_time":"2025-04-24T13:12:22+00:00","og_image":[{"width":660,"height":413,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz","name":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg","datePublished":"2025-04-24T06:07:22+00:00","dateModified":"2025-04-24T13:12:22+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/elchilik240425.jpg","width":660,"height":413},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41829&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QO\u02bbQON-XIVA O\u02bbRTASIDAGI ELCHILIK ALOQALARI (19-YUZYILLIK)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41829"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41829"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41829\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41866,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41829\/revisions\/41866"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41830"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41829"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41829"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41829"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}