{"id":41723,"date":"2025-04-22T09:01:18","date_gmt":"2025-04-22T04:01:18","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41723"},"modified":"2025-04-21T16:15:16","modified_gmt":"2025-04-21T11:15:16","slug":"hidoyat-yo%ca%bblboshchisi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz","title":{"rendered":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo\u02bbli va boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini har tomonlama chuqur o\u02bbrganishni rag\u02bbbatlantirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Prezidentimiz \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorni imzoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qaror moturidiylik ta\u02bclimotiga xos bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik tamoyil-larini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o\u02bbrtasida keng targ\u02bbib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalom ilmiga oid ulkan ilmiy meros qoldirgan Abu Mansur Moturidiy o\u02bbz davridayoq zamondoshlari tomonidan \u201cImom al-huda\u201d (\u201cTo\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga yo\u02bbllovchi imom\u201d), \u201cQudvatu ahl as-sunna\u201d (\u201cAhli sunnaning andozasi\u201d), \u201cFitna va bid\u02bcat to\u02bbdalarini ag\u02bbdaruvchi\u201d, \u201cImom al-mutakallimin\u201d (\u201cMutakallimlarning peshvosi\u201d), \u201cRofe a\u02bclom ash-shari\u02bca\u201d (\u201cShariat bayroqdori\u201d), \u201cMusahhih aqoid al-muslimin\u201d (\u201cMusulmonlarning aqidalarini tuzatuvchi\u201d) kabi sharafli nomlarga sazovor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiyning ilmda yuksak martabalarga ko\u02bbtarilishi, olimlar orasida qadr-qimmat topishida u shakllangan ilmiy muhitning o\u02bbrni katta. Xususan, IX-X asrlarda Mova\u00adrounnahr va musulmon dunyosi mamlakatlarida yashagan Abu Nasr Ahmad Iyoziy hamda Abu Bakr Juzjoniy singari yirik ulamolar Imom Moturidiyning yetuk olim bo\u02bblib shakllanishiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrni kelganda ta\u02bckidlash joiz, olimning faoliyatiga beqiyos xizmati singgan ustozlar mavzusi, bizningcha, chuqur tadqiq qilinishi lozim. Negaki, bu borada o\u02bbrta asr manbalarining kamligi ma\u02bclumotlar taqchilligini yuzaga keltiradi. Ayrim manbalarda Nusayr Balxiy bilan Muhammad Roziy olimning ustozlari sifatida zikr etilgan qaydlar mavjud. Lekin Abu Muin Nasafiy ularni samarqandlik olimlar qatoriga qo\u02bbshmaydi. Moturidiyshunos olim Ulrix Rudolf ta\u02bckidicha, Imom Moturidiy bilan bog\u02bbliq biror asarda ularning nomi uchramaydi. Bu esa mazkur shaxsiyatlar biografiyasiga oid ma\u02bclumotlarni yanada aniqlashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish lozimligini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Abu Bakr Juzjoniy Imom Moturidiyning ilk ustozlaridan ekaniga urg\u02bbu beriladi. Juzjoniy Movarounnahr, xususan, Samarqanddagi hanafiy mazhabi fiqhiy maktabi taraqqiyotiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Abu Muin Nasafiy \u201cTabsirat al-adilla\u201d asarida keltirishicha, Abu Bakr Juzjoniy mashhur olim Abu Sulaymon Juzjoniydan ta\u02bclim oladi, so\u02bbng Samarqandga kelib, ilm va ta\u02bclimotni yoyish bilan mashg\u02bbul bo\u02bbladi. Keyinchalik Samarqandda Abu Muqotil Samarqandiy, Abu Bakr Samarqandiy kabi yirik ilohiyotchi olimlar keng qamrovli faoliyat olib borishadi. Jumladan, Abu Muqotil Samarqandiy bu yerda mashhur \u201cKitob al-olim val-mutaallim\u201d (\u201cOlim va shogird kitobi\u201d)ni yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olmon olimi Ulrix Rudolf \u201cMoturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti\u201d kitobida ta\u02bckidlashicha, Abu Mansur Moturidiy hanafiy mazhabi ta\u02bclimotini aynan Abu Bakr Juzjoniydan o\u02bbrgangan. Shu nuqtayi nazardan ham u Imom Moturidiy atrofidagi ilmiy muhitning shakllanishiga sezilarli hissa qo\u02bbshgan deb qaraladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Moturidiy ilmiy muhitining shakllanishida Abu Nasr Iyoziy (vafoti 277\/890 y.)ning ham xizmati katta. Movarounnahrning ko\u02bbpgina yirik olimlari Abu Nasr Iyoziy faoliyatini yuqori baholashib, uning qomusiy bilimlariga alohida urg\u02bbu berishgan. Abul Mute Nasafiy olimni tavsiflab, \u201cilm sohasida tubsiz ummonga monand edi\u201d, deb yozadi. U yigirma yoshida tengdoshlaridan bilim borasida anchagina ilgarilab ketgan bo\u02bblib, aqlu zakovati o\u02bbtkirligi, sabr-toqati, o\u02bbta sinchkovligi bilan munozaraga kiruvchi har qanday odamni asosli javobi, Qur\u02bconi Karimdan keltirgan dalillari bilan tang qoldirar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiy ta\u02bclimotining shakllanishi, ilmiy jihatdan boyishi va keyingi avlodlar tomonidan eng hayotiy nizom sifatida qabul qilinishida alloma tarbiyalagan olim-shogirdlarning xizmati beqiyosdir. Abu Mansur Moturidiy o\u02bbz ilmiy muhitining rivoji va uning boshqa hududlarga tarqalishiga asarlari orqali ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning dastlabki shogirdlaridan biri mutakallim Abu Nasr Iyoziyning farzandi Abu Ahmad Nasr ibn Ahmad Iyoziy hisoblanadi. Abu Ahmad ilohiyot ilmlarini avval otasidan, so\u02bbng Abu Mansur Moturidiydan chuqur o\u02bbrgangan. Kalom ilmidagi yuksak salohiyati bilan tanilib, olimlar orasida katta shuhrat qozongan. Abu Hafs Buxoriyning ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, u haqiqatparvarligi sababli hanafiy mazhabiga yot fikr va xulosalarning kirib kelishiga yo\u02bbl qo\u02bbymagan. Shu tariqa mazhab sofligini saqlashga chin dildan xizmat qilgan. Hakim Samarqandiy olimni ta\u02bcriflab, \u201cXuroson hamda Movarounnahrdagi eng yetuk olimlardan edi\u201d, deb yozadi. Abu Ahmad mo\u02bbtaziliylar bilan keskin bahslar olib borgan va uning bu boradagi fikrlari ustozi Abu Mansur Moturidiy qarashlari bilan hamohang edi. Abu Ahmadning hayoti, ilmiy merosi haqida Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsirat al-adilla\u201d kitobida muhim ma\u02bclumotlar keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ahmad Abu Mansur Moturidiy ta\u02bclimotining keyingi asrlardagi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. Ayniqsa, Abu Ahmadning shogirdi Abu Salom Muhammad ibn Muhammad Samarqandiyning mazkur ta\u02bclimot rivojlanishi va tarqalishida katta ulushi bor. Taxminan X asrda yashab ijod etgan bu olimning \u201cJumal usul ad-din\u201d (\u201cDin asoslari majmui\u201d) asari moturidiylik an\u02bcanalari davom ettirilgan, davrimizga qadar yetib kelgan eng dastlabki ilmiy manbalardan biri hisoblanadi. Mazkur asar qo\u02bblyozma\u00adsi Istanbuldagi Sulaymoniya qo\u02bblyozmalar xazinasida saqlanadi. Qo\u02bblyozma matni 1989 yili Istanbulda nashr etilgan. Ulrix Rudolfning yozishicha, asar Imom Moturidiydan so\u02bbng Samarqandda bitilgan an\u02bcanaviy ilohiyotga oid asarlar uslubidan farq qilsa-da, Moturidiy g\u02bboyalariga to\u02bbliq mos keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ilmiy muhitining rivojiga Abul Hasan Ali ibn Said Rustufag\u02bbniy (vafoti 350\/961 y.) ham katta hissa qo\u02bbshdi. Olim Moturidiyning shogirdlaridan biri bo\u02bblib, u Samarqand yaqinidagi mashhur Rustufag\u02bbn qishlog\u02bbida dunyoga kelgan. U Imom Moturidiyning eng ko\u02bbzga ko\u02bbringan, ilmiy bahslarda mustaqil, erkin fikrlari bilan faol ishtirok etadigan shogirdlaridan biri edi. Olimning nisbasi turli manbalarda Rustufg\u02bboniy, Rustug\u02bbfoniy ko\u02bbrinishida ham uchraydi. Ibn Abul Vafoning \u201cAl-Javohir al-muziyya\u201d asarida qayd etilishicha, Abul Hasan \u201cfiqh bo\u02bbyicha ham bilimdon olimlardan\u201d bo\u02bblgan. Manbalar fiqh, ilohiyot ilmlarini mukammal egallagan Abul Hasan Rustufag\u02bbniyning to\u02bbrt asar yozgani haqida xabar beradi. Birinchisi, olimning fatvolar yig\u02bbindisi hisoblangan \u201cFatovoi Rustufag\u02bbniy\u201d asari. Olimning turli qomusiy lug\u02bbatlarda nomi keltirilgan ikkinchi asari \u201cKitob al-xilof\u201d (\u201cMunozaralar kitobi\u201d) esa hozirga qadar topilmagan. Kalom ilmiga bag\u02bbishlangan eng asosiy hamda muhim asari \u201cKitob irshod al-muhtadiy\u201d (\u201cTo\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan yuruvchiga yo\u02bbllanma\u201d) deb nomlanadi. Ushbu asar Ibn Qutlubug\u02bboning \u201cToj at-tarojim\u201d, Muhammad Abdulhayning \u201cAl-Favoyid al-bahiyya\u201d asarlarida yuksak e\u02bctirof etiladi. Abul Hasan o\u02bbrta asr olimlariga ergashgan holda ularning ijodiga xos qomusiy asar yozish yo\u02bblidan borib, ilmlar tasnifiga bag\u02bbishlangan \u201cKitob az-zavoyid val-favoyid\u201d (\u201cQo\u02bbshimchalar va foydalar kitobi\u201d) asarini bitadi. Ushbu silsilaga Abu Zayd Balxiyning \u201cAqsom al-ulum\u201d (\u201cIlmlarning qismlari\u201d), Ibn Farug\u02bbning \u201cJavome al-ulum\u201d (\u201cIlmlarning jamlovchilari\u201d), Xorazmiyning \u201cMafotih al-ulum\u201d (\u201cIlmlarning kalitlari\u201d) asarlarini ham kiritish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday asarning hanafiy mazhabidagi olim, Imom Moturidiy shogirdi tomonidan yozilishi uning har tomonlama yetukligidan dalolat beradi. Bu esa X asrda Imom Moturidiy ta\u02bclimotining keng yoyilishi, shuningdek, hanafiy mazhabining Movarounnahrdagi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy hayoti, ilmiy merosi hamda moturidiylik ta\u02bclimoti shakllanishiga hissa qo\u02bbshgan ustoz va shogirdlar haqidagi manbalarni izlash, ularni tarjima qilib, ilmiy muomalaga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Prezidentimizning mazkur yo\u02bbnalishda qabul qilgan qarori esa bu jarayonni tizimli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zohidjon ISLOMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">filologiya fanlari doktori, professor<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cJadid\u201d gazetasi 2025-yil 18-aprel \u2116 16(68)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo\u02bbli va boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini har tomonlama chuqur o\u02bbrganishni rag\u02bbbatlantirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Prezidentimiz \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorni imzoladi. Ushbu qaror moturidiylik ta\u02bclimotiga xos bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik tamoyil-larini xalqimiz va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41724,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-22T04:01:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-04-21T11:15:16+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"667\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz\",\"name\":\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-22T04:01:18+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-21T11:15:16+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg\",\"width\":660,\"height\":667},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-22T04:01:18+00:00","article_modified_time":"2025-04-21T11:15:16+00:00","og_image":[{"width":660,"height":667,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz","name":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg","datePublished":"2025-04-22T04:01:18+00:00","dateModified":"2025-04-21T11:15:16+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/jadid2204.jpg","width":660,"height":667},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41723&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HIDOYAT YO\u02bbLBOSHCHISI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41723"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41725,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41723\/revisions\/41725"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41724"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}