{"id":41682,"date":"2025-04-23T09:58:23","date_gmt":"2025-04-23T04:58:23","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41682"},"modified":"2025-04-21T16:17:31","modified_gmt":"2025-04-21T11:17:31","slug":"ozbekistonda-imom-moturidiyning-1155-yillik-yubileyi-keng-nishonlanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohga hamd, payg\u2018ambarlarning so\u2018nggisi Muhammad alayhissalom va zotning oila a\u2019zolari hamda safdoshlariga salovatu salomlar bo\u2018lsin.\u00a0Darhaqiqat, Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy Movarounnahr zaminida yashab ijod qilgan va shu yerda mangu qaror topgan musulmon olamining benazir allomalaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning ilmiy merosi va ta\u2019limoti to bugunga qadar bardavom bo\u2018lib kelmoqda. Hatto bu ta\u2019limot, Imom Ash\u2019ariy ta\u2019limoti bilan birga, bugungi kunda ahli sunna val-jamoa deb tanilgan musulmonlarning to\u2018qson foizini tashkil etadi. Moturidiylikka mansub musulmonlar esa ahli sunnaning qariyb teng yarmidan iborat.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr diyori islom olamining yetuk allomalari voyaga yetadigan muborak zamin bo\u2018lgan. Xususan, Buxoro va Samarqand kabi mo\u2018\u2019tabar shaharlari o\u2018z davrida jahon ziynati, odamlarni o\u2018ziga ohanrabodek tortgan ilm-fan va olimlarning qarorgohi bo\u2018lib, ilmga tashna inson borki dunyoning turli burchaklaridan bu o\u2018lkaga uning olimlari ichra murodini hosil qilish uchun safar qilar edi. Kim naql ilmi \u2013 ya\u2019ni hadis va rivoyatlarni istasa, Imom Buxoriy va Imom Termiziy singari muhaddislar bor. Kim aql va mantiqiy ilmlarga talabgor bo\u2018lsa, u Moturidiy, Nasafiy, Sobuniy, Sig\u2018noqiy va Peshog\u2018ariy kabi mutafakkirlarni topardi. Tilshunoslik, tafsir va adabiyotshunoslik ilmlarini izlaganlar Zamaxshariy va uning maktabidan, falsafa va hikmat ilmi talabidagilar esa Forobiy, Ibn Sino va boshqa zotlardan bahra olishar edi.Har bir talabgor bu diyorda o\u2018z istagini topgani uchun ham Samarqand \u201cIlm Ka\u2019basi\u201d \u2013 nomini olgan. Insonlarning qalblari Allohning Baytini tavof qilsa, ularning aqllari Samarqand atrofida parvonadek charx urar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois o\u2018zbek xalqi o\u2018zining ulug\u2018 olimlari bilan faxrlanadi va ularni islom ilmlari sohasining barcha yo\u2018nalishlarida ko\u2018rsatgan buyuk xizmatlari uchun e\u2019zozlaydi. O\u2018zbekiston hukumati o\u2018zbek xalqining orzu-istaklarini ro\u2018yobga chiqarishga vazifador bo\u2018lgan. Buni biz Yangi O\u2018zbekiston Prezidentining bu ulug\u2018 yurtdan chiqqan yetuk olimlarga ko\u2018rsatgan e\u2019tibor va e\u2019tirofida yaqqol ko\u2018rib turibmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston rahbariyati xalqqa uning milliy o\u2018zligi va islom sivilizatsiyasini qaytarishni maqsad qildi. Davlat rahbari \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d va \u201cJaholatga qarshi ma\u2019rifat\u201d shiorlarini ilgari surdi. Hech qaysi millat o\u2018zining teran ildizlari va asoslarisiz zamonaviylik va sivilizatsiya pog\u2018onalarida yuksalib, taraqqiy etolmaydi. Shuning uchun ham bu yurt olimlari ulkan hissa qo\u2018shgan islom ilmlarini qaytarish \u2013 taraqqiyot uchun zarurat va yuksalishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezident o\u2018z rahbarligi davrida amalga oshirgan dastlabki ishlaridan biri \u2013 ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish bo\u2018ldi. Bular orasida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy\u00a0 nomlari bilan atalgan markazlar alohida o\u2018rin tutadi. Shuningdek, poytaxt Toshkent shahrida, mazkur yurtning islom madaniyati va insoniyat tafakkuriga qo\u2018shgan hissasini namoyon etuvchi O\u2018zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu yo\u2018nalishda yana bir muhim qadam \u2013 islom olami ulamolari bilan fikr almashish bo\u2018ldi. Bu maqsadda o\u2018nlab ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Ular islomiy ilmlarning aqliy va naqliy yo\u2018nalishlarini chuqur o\u2018rganish, ularning mazkur yurt taraqqiyotiga qanday hissa qo\u2018sha olishi va mamlakatni yanada yuksaltirishdagi o\u2018rnini belgilashga qaratilgan edi. Bu orqali O\u2018zbekiston nafaqat islom olamida, balki butun dunyoda ilmiy-ma\u2019naviy yetakchiga aylanishi ko\u2018zda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qolaversa, ushbu yo\u2018nalishda tashkil etilgan eng muhim anjumanlardan biri \u2013 2020 yilda Samarqand shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan xalqaro ilmiy konferensiya bo\u2018ldi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan yuzdan ortiq islom ulamolari ishtirok etdi. Anjumanda al-Azhar shayxi, doktor Ahmad Tayyib ham qatnashdi. Mazkur anjumanning muhim tavsiyalaridan biri \u2013 Imom Moturidiy nomidagi ilmiy markazni tashkil etish bo\u2018ldi. Bu markaz moturidiylik ulamolari merosini tadqiq etish, ularni keng jamoatchilikka tanitish va ilmiy meroslaridan foydalanish maqsadida ilm nurini sochuvchi maskan sifatida faoliyat yuritishi nazarda tutildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz tomonidan o\u2018zbek va arab tillarida o\u2018nlab kitoblar nashr etildi. Ularning eng muhimlari \u2013 \u201cTa\u2019vilot al-Qur\u2019on\u201d, Imom Moturidiyning \u201cKitob at-Tavhid\u201d va \u201cRisolatun fi at-tavhid\u201d asarlarining arab tilidagi ilmiy matni va o\u2018zbek tilidagi tarjimalari bo\u2018ldi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Markaz tomonidan ilmiy maqolalarni o\u2018z ichiga olgan va islomshunoslik hamda moturidiylik ta\u2019limotlariga bag\u2018ishlangan olim va mutaxassislar tadqiqotlarini chop etuvchi ilmiy-tahliliy choraklik \u201cMoturidiylik\u201d jurnali ta\u2019sis etildi. Markaz xalqaro miqyosda ko\u2018plab anjuman va ilmiy uchrashuvlar o\u2018tkazdi. Uning qoshida islom olamining turli mintaqalaridan yetuk olimlar va mutaxassislardan iborat xalqaro ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sanab o\u2018tilgan muhim bosqichlardan keyin, joriy yilda Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining yubileyi nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan uning ilmiy va aqidaviy merosini qayta yodga olish hamda qadrlash davlat va jamiyat hayotida muhim o\u2018rin tutmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yuksak ehtirom bilan qabul qilingan qarorga muvofiq, Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155 yilligini nishonlashga davlat darajasida e\u2019tibor qaratilmoqda. Ushbu qarorga asosan turli davlat idoralari va tashkilotlari hamkorligida bir qator tadbirlar o\u2018tkazilishi belgilangan. Eng muhim voqealardan biri \u2013 2025 yili Samarqand shahrida o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiya bo\u2018lib, unga islom olamining yetakchi ulamolari hamda islomshunoslik sohasida faoliyat yurituvchi mashhur sharqshunos olimlar ishtirok etishidir. Mazkur anjuman Imom Moturidiyning islom olamidagi yuksak maqomini munosib tarzda yoritishni ko\u2018zlab, \u201cMoturidiylik \u2013 bag\u2018rikenglik, mo\u2018\u2019tadillik va ma\u2019rifat ta\u2019limoti\u201d mavzusida o\u2018tkaziladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, tadbirlar doirasida quyidagi yo\u2018nalishlarda bir qator tanlovlar va madaniy-ma\u2019rifiy tadbirlar o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0xorijlik tadqiqotchilar o\u2018rtasida moturidiylik ta\u2019limoti bo\u2018yicha ilmiy tanlov;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0O\u2018zbekistonning diniy ta\u2019lim muassasalari barcha bosqich talabalari o\u2018rtasida Imom Moturidiy ta\u2019limotiga bag\u2018ishlangan tanlov;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013\u00a0imom-xatiblar va islom ta\u2019lim muassasalari talabalari o\u2018rtasida moturidiylik ta\u2019limoti va manbalari yuzasidan musobaqalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu qatorda, O\u2018zbekiston bo\u2018ylab tanlov g\u2018oliblari ishtirokida madaniy-ma\u2019rifiy uchrashuvlar, o\u2018quv-seminarlar va targ\u2018ibot tadbirlari tashkil etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari,\u00a0 Imom Moturidiyning \u201cTa\u2019vilot al-Qur\u2019on\u201d va \u201cKitob at-Tavhid\u201d asarlari hamda moturidiylik ta\u2019limotini tanishtiruvchi boshqa muhim asarlarning o\u2018zbek va boshqa tillardagi ilmiy-akademik tarjimalari nashr etilishi rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sanab o\u2018tilganlardan tashqari, yubiley sanasini muhrlovchi esdalik buyumlari, Imom Moturidiy va moturidiylik ulamolarining hayoti va ilmiy merosi bilan bog\u2018liq noyob manbalarni tizimli o\u2018rganish, ularning nusxalarini O\u2018zbekistonga olib kelish va tahlil qilish, yuksak sifatli media mahsulotlar, hujjatli filmlar va audiovizual materiallar tayyorlash, ularni mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ\u2018ib qilish bo\u2018yicha zarur choralar ko\u2018rilishi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng quvonarlisi, Prezident qarorining Imom Abu Mansur Moturidiy maqbarasi joylashgan Samarqanddagi Chokardiza ziyoratgohi\u00a0 qayta ta\u2019mirlanib, obodonlashtirilishi, bu joy yaxlit kompozitsiyaga ega yodgorlik majmuasiga aylantirilishi xususidagi bandi bo\u2018lib, barchamiz uzoq kutgan bu yangilik qalbimizga betakror farah baxsh etdi&#8230;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yurtda yangi bir ruhiyat ufurib turibdi. Bu ruhiyat hozirgi zamonni o\u2018tmish bilan bog\u2018laydi, kelajakni bunyod etishga safarbar etadi. Bu \u2013 ilm va ma\u2019rifat qudrati, fikr va aql quvvati, taraqqiyot va tamaddun kuchi, birlik va bag\u2018rikenglik kuchi, qalb va axloq kuchi, ta\u2019sir va bunyodkorlik kuchidir. Bu yangi ruh \u2013 milliy ildizlarga suyangan holda taraqqiyotga yo\u2018l ochuvchi, chuqur va teran bir tafakkurning ifodasidir. Chunki, har qanday tamaddunning poyasi madaniyatdir.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Millat o\u2018z tamaddunini qadrlamas ekan, yuksalmaydi. O\u2018z tafakkurini, qadriyatlarini boy manba sifatida dunyoga taklif eta olmas ekan, u har tarafdan o\u2018zlashtirishga muhtoj bo\u2018lib qoladi. Ammo bizda dunyoni boyitishga qodir fikr, madaniyat va kuch mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajdodlar qoldirgan ilm va madaniyat omonati yosh avlod qalbiga ilg\u2018or tarzda singdirilishi va o\u2018z tarixidan faxrlanish ruhida tarbiyalanishi zarur. Prezident qarori va uning ila amalga oshiriladigan ishlar aynan shu maqsadga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh har bir bunyodkor qo\u2018lni, har bir oqilona qarorni va har bir avlodni ulug\u2018 ajdodlar bilan bog\u2018layotgan so\u2018zni xayrli qilsin \u2013 shoyadki, ular o\u2018z buyuk o\u2018tmishlarini qayta tiklab, insoniyat karvonini yana ma\u2019rifat, mo\u2018\u2019tadillik, bag\u2018rikenglik sari boshlab bora olgaylar!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Doktor Ahmad Sa\u2019d Damanhuriy,<\/strong><\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>moturidiyshunos olim.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"https:\/\/uza.uz\/posts\/710721\"><span style=\"color: #0000ff;\">O\u2018zA<\/span><\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Allohga hamd, payg\u2018ambarlarning so\u2018nggisi Muhammad alayhissalom va zotning oila a\u2019zolari hamda safdoshlariga salovatu salomlar bo\u2018lsin.\u00a0Darhaqiqat, Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy Movarounnahr zaminida yashab ijod qilgan va shu yerda mangu qaror topgan musulmon olamining benazir allomalaridan biridir. Uning ilmiy merosi va ta\u2019limoti to bugunga qadar bardavom bo\u2018lib kelmoqda. Hatto bu ta\u2019limot, Imom Ash\u2019ariy ta\u2019limoti bilan birga, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41225,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-23T04:58:23+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-04-21T11:17:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz\",\"name\":\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-23T04:58:23+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-21T11:17:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-23T04:58:23+00:00","article_modified_time":"2025-04-21T11:17:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz","name":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg","datePublished":"2025-04-23T04:58:23+00:00","dateModified":"2025-04-21T11:17:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturidi0104.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41682&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekistonda Imom Moturidiyning 1155 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41682"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41682"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41682\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41683,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41682\/revisions\/41683"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41225"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41682"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41682"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41682"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}