{"id":41677,"date":"2025-04-21T09:54:02","date_gmt":"2025-04-21T04:54:02","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41677"},"modified":"2025-04-18T11:56:09","modified_gmt":"2025-04-18T06:56:09","slug":"o%ca%bbzbek-moturidiyshunosligidagi-ulkan-tarixiy-voqelik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda mutafakkir allomalarimizning ibratli hayot yo\u02bbllarini o\u02bbrganish, ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini keng targ\u02bbib qilishga har qachongidan ham ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratilmoqda. Zotan, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning asarlaridagi ezgu g\u02bboyalar, umuminsoniy qadriyatlar, bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik, ilm-fan, aql va tafakkurning inson hayotidagi o\u02bbrni va ahamiyatiga oid qarashlar yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, jamiyatda ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit barqarorligini ta\u02bcminlashning muhim omili bo\u02bblib hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar natijasi o\u02bblaroq tashkil etilgan O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi, O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy tarixiy-madaniy merosimizni o\u02bbrganish va qayta tiklashga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda buyuk mutafakkir ajdodimiz, aqida ilmi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan Imom Abu Mansur Moturidiy va u asos solgan moturidiylik ta\u02bclimotini o\u02bbrganishga alohida ahamiyati berilishi diqqatga sazovordir. Hanuz o\u02bbz dolzarbligini yo\u02bbqotmasdan kelayotgan mazkur ta\u02bclimotning bugungi kundagi o\u02bbrni va ahamiyati haqida muhtaram yurtboshimiz: \u201cMoturidiy ta\u02bclimoti ilm egallash jarayonida bag\u02bbrikenglik g\u02bboyasi asosida inson aql-zakovatining o\u02bbrni va ahamiyatiga yuksak e\u02bctibor qaratadi. Bu o\u02bbz navbatida ushbu ta\u02bclimotning keng ommalashuvida muhim o\u02bbrin tutgan. Bunday g\u02bboyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda\u201d, deb ta\u02bckidlagan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbnggi kunlarda mamlakatimiz tarixida, xususan, moturidiyshunoslik sohasida yuqorida zikr qilingan ishlarga hamohang bo\u02bblgan ulkan tarixiy voqelik sodir bo\u02bbldi. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201d qaror qabul qildi. Shuni alohida ta\u02bckidlash lozimki, ushbu qaror nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u02bclimotini tizimli hamda ilmiy asosda o\u02bbrganishni yangi bosqichga olib chiqishga zamin yaratadi. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unga muvofiq, joriy yilda buyuk ajdodimiz, mutafakkir olim Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1155-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida Samarqand shahrida \u201cMoturidiylik \u2013 bag\u02bbrikenglik, mo\u02bbtadillik va ma\u02bcrifat ta\u02bclimoti\u201d mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkillashtirish, xorijlik tadqiqotchilar o\u02bbrtasida moturidiylik ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha ilmiy tanlov o\u02bbtkazish, olim asarlarining o\u02bbzbek tilidagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr qilish, uning serqirra hayot yo\u02bbli va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratish, esdalik suvenirlari, pochta markalari, taqvimlar va boshqa ko\u02bbrgazmali axborot vositalarini muomalaga chiqarish, Samarqand shahridagi Imom Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta\u02bcmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilab olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur Qarorning qabul qilinishi nafaqat O\u02bbzbekistonda, balki musulmon mamlakatlarida ham katta quvonch bilan kutib olindi. Ta\u02bckidlash lozimki, Qaror yurtimizda Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u02bclimotini o\u02bbrganishni yanada rag\u02bbbatlantirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni mutlaqo yangi bosqichga ko\u02bbtarish, Imom Moturidiy siymosini xalqimizga yanada kengroq tanitishga xizmat qilishi bilan birga, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga alohida mas\u02bculiyat ham yuklaydi. Birinchi navbatda, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u02bclimotini o\u02bbrganish va keng targ\u02bbib qilish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar, ilmiy tadqiqot mavzularini Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda belgilab, asosiy faoliyat yo\u02bbnalishlarini muvofiqlashtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Mansur Moturidiy musulmon olamida buyuk mutakallim, qomusiy olim va ulug\u02bb mutafakkir, moturidiylik ta\u02bclimotining asoschisi sifatida keng e\u02bctirof etiladi. U asos solgan moturidiylik ta\u02bclimoti paydo bo\u02bblganidan to hozirgi kunga qadar e\u02bctiqod musaffoligini asrab-avaylash, musulmonlarning jipsligi va birdamligini ta\u02bcminlash, islom niqobi ostidagi oqimlarning buzg\u02bbunchi g\u02bboyalarga qarshi raddiyalar berishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo\u02bblib kelmoqda. Xususan, turli adashgan oqimlarning g\u02bboyalariga qarshi naqliy va aqliy dalillar asosida raddiya berish metodologiyasi hamda ma\u02bcrifiy asoslarini ishlab chiqqan Imom Moturidiy mazkur xizmatlari uchun \u201cImom al-huda\u201d \u2013 \u201cHidoyat imomi\u201d, \u201cMusahhih aqida al-muslimin\u201d \u2013 \u201cMusulmonlarning aqidasini to\u02bbg\u02bbrilovchi\u201d degan sharafli nomlarga sazovor bo\u02bblgan. Allomaning Abu Muin Nasafiy, Abu Barakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy kabi izdoshlari uning yo\u02bblini munosib davom ettirib, ixtilofli aqidaviy muammolarga ilmiy yechim topish, mo\u02bbtadil ta\u02bclimotni odamlar orasida keng tarqatishga ulkan hissa qo\u02bbshganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning mutaassiblikka qarshi kurash metodologiyasi ham naqliy, ham aqliy dalillarga asoslangani sababli buzg\u02bbunchi oqimlar faoliyatiga barham berishda o\u02bbta samarali bo\u02bblgan. Ushbu metodologiyaning asosini olimning \u201cQurolingni ilmda yasa\u201d, degan hikmatli so\u02bbzi tashkil qilgan. Bugungi kunda Imom Moturidiyning ushbu hikmati mamlakatimizda muvaffaqiyatli qo\u02bbllanilayotgan \u201cJaholatga qarshi ma\u02bcrifat\u201d g\u02bboyasi bilan har tomonlama mushtarak ekanligini ko\u02bbrishimiz mumkin. Umuman olganda, yuqoridagilardan kelib chiqib, Imom Moturidiy hayoti, ilmiy merosi va moturidiylik ta\u02bclimotini o\u02bbrganish hamda keng targ\u02bbib qilish yoshlar tarbiyasida, shuningdek, jamiyatda bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik tamoyillarini qaror toptirib, ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni sog\u02bblomlashtirishda naqadar yuksak ahamiyatga ega ekanligi oydinlashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u02bclimotining o\u02bbrganilishi xususida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda Markazda bu borada keng ko\u02bblamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Eng birinchi navbatda, Markaz qoshida tashkil qilingan Xalqaro ilmiy hay\u02bcat faoliyatini alohida tilga olish zarur. Misr, Turkiya, Iordaniya, Bosniya va Gersegovina, Germaniya, Rossiya, Malayziya kabi mamlakatlarning yetuk olimlari, mahalliy mutaxassislarni o\u02bbz tarkibida jamlagan ushbu Hay\u02bcat ilmiy tadqiqot mavzularini mazmunan boyitish va yanada takomillashtirish, Markaz faoliyatini zamonaviy talablar asosida yo\u02bblga qo\u02bbyishda benazir platforma vazifasini bajarmoqda. Shu bilan birga, Hay\u02bcat a\u02bczolari Imom Moturidiy siymosini jahonga tanitishga ham katta hissa qo\u02bbshmoqdalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha islom tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA), Turkiya Islom tadqiqotlari markazi (ISAM), Islom tafakkuri instituti, Saljuq universiteti, Anqara Yildirim Boyazid universiteti, al-Azhar universiteti, Malayziya islom ilmlari universiteti kabi jahonning nufuzli ilmiy va ta\u02bclim muassasalari bilan imzolangan hamkorlikka oid memorandumlar doirasida moturidiylik ta\u02bclimoti tarixi va bugungi kundagi ahamiyati, shuningdek, zamonaviy islomshunoslikka oid dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa ilmiy-ma\u02bcrifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaz tomonidan Misrning al-Azhar majmuasi tadqiqotchilari o\u02bbrtasida Imom Moturidiy merosi bo\u02bbyicha xalqaro tanlov o\u02bbtkazildi. Shuningdek, xorijlik tadqiqotchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiya joriy qilindi. Bu o\u02bbz navbatida O\u02bbzbekistonda diniy-ma\u02bcrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli islohotlar, ijobiy o\u02bbzgarishlarni jahon hamjamiyatiga yetkazish bilan birga, Markaz faoliyatini ham xorijda keng targ\u02bbib qilishga xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy va moturidiylik ta\u02bclimotiga oid manbalarning o\u02bbzbek tilidagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini yaratish, qo\u02bblyozmalar asosida ilmiy tanqidiy matnlarini tayyorlash, shu asosda xalqchil risolalarni nashr qilib, aholi, ayniqsa yoshlar orasida moturidiylik ta\u02bclimotidagi bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik g\u02bboyalarini keng targ\u02bbib qilishga ham alohida e\u02bctibor qaratilayotganligini ta\u02bckidlab o\u02bbtish lozim. Jumladan, o\u02bbtgan yilning o\u02bbzida bugungi kundagi dolzarb muammolarga bag\u02bbishlangan 40 ga yaqin monografiya, kitob va xalqchil risola chop etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisidagi qarorning qabul qilinishi Markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga, uni mahalliy va xalqaro miqyosda kengaytirishga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, ushbu Qaror nafaqat O\u02bbzbekiston, balki xalqaro miqyosdagi moturidiyshunoslik sohasi rivojida muhim o\u02bbrin tutishiga shubha yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamoliddin KARIMOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"http:\/\/moturidiy.uz\/uz\/news\/detail\/45\"><span style=\"color: #0000ff;\">moturidiy.uz<\/span><\/a><\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>So\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda mutafakkir allomalarimizning ibratli hayot yo\u02bbllarini o\u02bbrganish, ularning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini keng targ\u02bbib qilishga har qachongidan ham ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratilmoqda. Zotan, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning asarlaridagi ezgu g\u02bboyalar, umuminsoniy qadriyatlar, bag\u02bbrikenglik va mo\u02bbtadillik, ilm-fan, aql va tafakkurning inson hayotidagi o\u02bbrni va ahamiyatiga oid qarashlar yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, jamiyatda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41678,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-21T04:54:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-04-18T06:56:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-21T04:54:02+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-18T06:56:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-21T04:54:02+00:00","article_modified_time":"2025-04-18T06:56:09+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz","name":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg","datePublished":"2025-04-21T04:54:02+00:00","dateModified":"2025-04-18T06:56:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/moturid2104.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41677&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEK MOTURIDIYSHUNOSLIGIDAGI ULKAN TARIXIY VOQELIK"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41677"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41677"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41679,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41677\/revisions\/41679"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41678"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}