{"id":41237,"date":"2025-04-02T12:04:49","date_gmt":"2025-04-02T07:04:49","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41237"},"modified":"2025-04-02T12:04:49","modified_gmt":"2025-04-02T07:04:49","slug":"o%ca%bbzbekiston-taraqqiyotining-yangi-bosqichida-sog%ca%bbliqni-saqlash-tizimi-huquqiy-asoslarining-takomillashtirilishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonda sog\u02bbliqni saqlash sohasi taraqqiyotida uning huquqiy asoslarining yaratilishi va takomillashtirilishi muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida sog\u02bbliqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholi salomatligini saqlashning yangilangan tizimi shakllantirildi. Mazkur tizim faoliyati natijasida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda davolash usullari keng miqyosda rivojlandi. Ammo, shunga qaramasdan, mazkur sohaning rivojlanishiga xalaqit beruvchi bir qancha omillarning hozirga qadar saqlanib qolayotganligi hech kimga sir emas. Bunday muammolar esa soha huquqiy asoslari yo\u02bbnalishida ham kuzatildi. Shu sababdan, tizim huquqiy asoslarining takomillashtirilishi jarayonini yoritish va uni ilmiy tahlil qilish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mustaqillik yillarida aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi 1996-yilda qabul qilingan O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cFuqarolar sog\u02bblig\u02bbini saqlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni bilan mustahkamlandi[7]. Ushbu Qonunni amaliyotga tatbiq etish maqsadida 1998-yil 10-noyabrda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi sog\u02bbliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Prezident Farmoni e\u02bclon qilindi[9]. Ushbu Farmon zamonaviy talablarga javob beradigan va Respublikaning barcha hududlarida aholiga malakali xizmat ko\u02bbrsatadigan yaxlit tizimni shakllantirishda muhim omil bo\u02bbldi. Ammo, shunga qaramasdan, soha taraqqiyotiga xalal beruvchi bir qancha omillarning saqlanib qolayotganligi tizim faoliyatini yangi bosqichga ko\u02bbtarish vazifasini kun tartibiga qo\u02bbydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Soha taraqqiyotini yangi bosqichga ko\u02bbtarish O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ham nazarda tutilgan edi. Shu bilan birga, Prezidentimizning O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag\u02bbishlangan Oliy Majlis palatalarining qo\u02bbshma majlisidagi nutqida ham bu boradagi vazifalar e\u02bclon qilindi. Jumladan, Prezidentimiz: \u201cBiz uchun bebaho boylik bo\u02bblgan inson salomatligini asrash maqsadida sog\u02bbliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning birlamchi bo\u02bbg\u02bbinidagi bo\u02bblinmalari va qishloq vrachlik punktlarining faoliyatini tubdan takomillashtirish, tez tibbiy yordam va yuqori texnologiyalar asosida xizmat ko\u02bbrsatadigan, ixtisoslashgan maxsus markazlarni yanada rivojlantirish yuzasidan chora tadbirlar kompleksini amalga oshirish Hukumatning e\u02bctibor markazida bo\u02bblishi darkor\u201d [1] deya aytib o\u02bbtgan edi. Ushbu vazifalarning kun tartibiga qo\u02bbyilishi soha huquqiy asoslarini takomillashtirishni talab qildi. Shu sababdan ham mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi uchun soha huquqiy asoslarini takomillashtirish ishlari boshlandi. Jumladan, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e\u02bclon qilindi [2]. Mazkur hujjatning to\u02bbrtinchi yo\u02bbnalishi \u201cIjtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo\u02bbnalishlari\u201dga bag\u02bbishlangan bo\u02bblib, uning \u201cAholini ijtimoiy himoya qilish va sog\u02bbliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish\u201d deb nomlangan 2- bandida aholi salomatligini asrash borasida amalga oshirilishi lozim bo\u02bblgan tadbirlar ro\u02bbyxati keltirildi[14]. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko\u02bbp tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta\u02bcminlash rejalashtirildi[3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2017-yilda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cShoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 16-mart)gi Farmoni, shuningdek, \u201cDori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 14-fevral), \u201cSog\u02bbliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 1-aprel) [4], \u201c2017-2021-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko\u02bbrsatishni takomillashtirish chora \u2013 tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 4-aprel), \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko\u02bbrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 20-iyun), \u201cAholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta\u02bcminlash tizimini takomillashtirish bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 17-iyul), \u201c2018-2022-yillar davrida bolalarda tug\u02bbma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2017-yil 25-dekabr), \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d (2018-yil 25-yanvar), \u201cShoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d(2018-yil 25-yanvar)gi qarorlari e\u02bclon qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hukumat tomonidan qabul qilingan yangi farmon va qarorlar zamon talablari asosida ishlab chiqildi. Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yilda e\u02bclon qilingan \u201cTez tibbiy yordam ko\u02bbrsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarorida [6] nazarda tutilmagan jihatlar O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yildagi \u201cShoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmonida [5] o\u02bbz aksini topdi. 2018-yilda qabul qilingan \u201cShoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d Qarorida[15] esa ushbu tizimni rivojlantirishning eng muhim yo\u02bbnalishlari, tez tibbiy yordam xizmati sifati va natijadorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasida ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora \u2013 tadbirlari belgilandi. Jumladan, shu kunga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi asosan, tez tibbiy yordam ko\u02bbrsatishga ixtisoslashgan muassasa bo\u02bblib kelgan edi. Lekin, afsuski, bu tizimda eng yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilishi jarayoniga yetarli e\u02bctibor berilmadi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Prezident Farmonining 3-bandiga asosan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Sog\u02bbliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O\u02bbzbekiston Respublikasi Sog\u02bbliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi deb qayta nomlandi[5] va uning faoliyatida shu soha bo\u02bbyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishi belgilandi. Shu bilan birga, hozirgi kunda tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan bajarilayotgan chaqiriqlarning 30 foizi inson hayotiga xavf tug\u02bbdirmaydigan surunkali kasalliklar bo\u02bbyicha bajarilayotgani aniqlandi [10]. Shu sababdan, 103 telefon raqami orqali tushayotgan har bir chaqiriqni, uning ustuvorlik va shoshilinchlik darajasidan qat\u02bciy nazar, so\u02bbzsiz bajarish qoidasiga asoslangan va shu kunga qadar o\u02bbzini oqlamagan tashkiliy tuzilmaning bartaraf etilishi, barcha tez tibbiy yordam stansiyalari qoshida tez tibbiy yordamni chaqirishga mo\u02bbljallangan tunu kun ishlaydigan, yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta\u02bcminlaydigan Call \u2013 markazlar tashkil etilishi belgilandi[10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bilan birga, hozirgi kunga qadar tibbiyot muassasalari tomonidan tez tibbiy yordamni asossiz ravishda rad etish holatlari asosiy muammolardan biri bo\u02bblib keldi. Shu sababdan ham qarorda bunday salbiy holatni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi. Jumladan, qarorning 10-bandida O\u02bbzbekiston Respublikasi Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib bo\u02bblmaydigan tibbiy yordam ko\u02bbrsatish asossiz ravishda rad etilganligi uchun O\u02bbzbekiston Respublikasi Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksiga ma\u02bcmuriy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar kiritish bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin[15] deya belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Farmatsevtika faoliyatini tartibga solish bo\u02bbyicha ishlab chiqilgan me\u02bcyoriy-huquqiy hujjatlar yo\u02bbnalishida ham bir qancha o\u02bbzgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi \u201cDori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarorning qabul qilinishi O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 7-apreldagi \u201cFarmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarorining tubdan yangilanishiga olib keldi. Ma\u02bclumki, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yildagi \u201cFarmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarorida litsenziya beruvchi organ sifatida O\u02bbzbekiston Respublikasi Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi belgilangan bo\u02bblib[11], bu o\u02bbz davri uchun to\u02bbg\u02bbri qaror bo\u02bblsa-da, keyinchalik litsenziya berilishining markazlash-tirilishi litsenziya oluvchilar uchun, ayniqsa, uzoq chekka hududlardan kelgan talabgorlarga bir qancha noqulayliklarni tug\u02bbdirar edi. Shu sababdan ham yangi qaror asosida mazkur kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, 2017-yil 1-apreldan boshlab farmatsevtika faoliyatining turi \u2013 dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotishni litsenziyalash Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi[13]. Shu bilan birgalikda, O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi qarori asosida \u201cDori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi Nizom\u201d, \u201cDori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo\u02bbyicha hududiy komissiyalar to\u02bbg\u02bbrisida Nizom\u201d, \u201cDori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo\u02bbyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi\u201d va \u201cFarmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi Nizom\u201dlar tasdiqlandi [12]. Mazkur Nizomlarning qabul qilinishi soha faoliyatining yanada takomillashtirilishida muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidagi ortiqcha sarf xarajatlarni qisqartirish va ularga yanada kengroq imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida ham \u201cDori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Nizomga ham tegishli o\u02bbzgartirishlar kiritildi. Jumladan, mazkur Nizom asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tadbirkorlik subyektlariga \u201cyagona darcha\u201d tamoyili bo\u02bbyicha davlat xizmatlari ko\u02bbrsatish yagona markazlari yoki O\u02bbzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari ko\u02bbrsatish yagona portali orqali amalga oshirilishi belgilandi [12]. Bu esa o\u02bbz navbatida, tadbirkorlik subyektlarining bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yangi nizom avvalgisidan ko\u02bbra aniqlik daraja-sining yuqoriligi hamda mazkur faoliyat turidagi har bir mayda detallarning nazarda tutilganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega bo\u02bbldi. Jumladan, 2-ilovaning \u201cDorixona xonalari va asbob-uskunalariga qo\u02bbyiladigan talablar\u201d va \u201cDorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatdan obodonlashtirish\u201d deb nomlangan 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar zamon talablarini o\u02bbzida aks ettirdi. Xususan, dorixonalarning ostonasidan tortib shiftigacha, vitrinalardan tortib yoritgich uskuna-larigacha bo\u02bblgan barcha jihatlar hisobga olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, 2017-yilda sog\u02bbliqni saqlash sohasi huquqiy asoslarining takomillashtirilishi borasida katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mazkur yilning oktyabr oyiga qadar bo\u02bblgan davrda sohani yanada rivojlantirish, tibbiy xizmatlar ko\u02bblami va sifatini oshirishga qaratilgan 30 ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi [8]. Mazkur davrda amalga oshirilgan ishlarni shartli ravishda ikki qismga bo\u02bblish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Soha huquqiy asoslarining bir qismi zamon talablari asosida yangilandi. \u201cShoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora \u2013 tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, \u201cDori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d Qarori va boshqa hujjatlar sohaning prinsipial jihatdan yangicha yondashuv asosida faoliyat yuritishiga asos bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sog\u02bbliqni saqlash sohasida huquqiy normativ hujjatlarning bir qismi yangidan tasdiqlandi. Jumladan, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cSog\u02bbliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d, \u201c2018-2022-yillar davrida bolalarda tug\u02bbma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to\u02bbg\u02bbrisida\u201d va boshqalarning qabul qilinishi sog\u02bbliqni saqlash tizimida yangi yo\u02bbnalishlarning yanada rivojlanishiga keng yo\u02bbl ochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yuqorida nomlari keltirilgan farmon va qarorlarda mavjud kamchiliklar ko\u02bbrsatilishi bilan birgalikda ularni bartaraf etishning prinsipial yangi yo\u02bbnalishlari belgilab berildi. Bu esa o\u02bbz navbatida soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish uchun sharoit yaratdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shavkat Mirziyoyevning O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag\u02bbishlangan Oliy Majlis palatalarining qo\u02bbshma majlisidagi nutqi. Erkin va farovon, demokratik O\u02bbzbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz \/ O\u02bbzbekiston ovozi., 2016-yil 15-dekabr \u2116 150 (32.209) \u2013 son.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni \/\/O\u02bbzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\/ Xalq so\u02bbzi, 2017-yil 8-fevral. \u2116 28 (6722).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoniga sharh\/ Xalq so\u02bbzi, 2017-yil 8-fevral. \u2116 28 (6722).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi \u201cSog\u02bbliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PQ-2863-son qarori\/ Xalq so\u02bbzi. 2017-yil 4- aprel, \u2116 66 (6760)-son.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni: \u201cShoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora \u2013 tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to\u02bbplami 2017-yil 22-mart \u2116 11(771)-son. \u2013B. 4-8. 152 \u2013modda.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Tez tibbiy yordam ko\u02bbrsatish tizimi faoliyatini takomillashtirish to\u02bbg\u02bbrisida\/\/ O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to\u02bbplami 2009-yil 21-son 250 \u2013modda.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbrozov A. Farzandlari sog\u02bblom yurtning kelajagi buyukdir\/ Xalq so\u02bbzi. 2017-yil 6-yanvar. \u2116 4(6698).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzA. Tibbiyot sohasidagi islohotlar aholining hayotdan roziligi, el-yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilsin\/ Xalq so\u02bbzi. 2017-yil 19-oktyabr. \u2116 211(6905)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/221286\">https:\/\/lex.uz\/docs\/221286<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">http:\/\/www.minzdrav.uz\/uz\/documentation\/detail.php?ID=54375<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/1612268<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3204383<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"https:\/\/lex.uz\/docs\/3116131\">https:\/\/lex.uz\/docs\/3116131<\/a><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">uz\/docs\/3107036<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">lex.uz\/docs\/3524650.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>SANJARBEK DJUMANOV<\/strong><strong>,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy <\/em><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>xodimi,<br \/>\n<\/em><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>tarix<\/em> <em>fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/em><\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonda sog\u02bbliqni saqlash sohasi taraqqiyotida uning huquqiy asoslarining yaratilishi va takomillashtirilishi muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida sog\u02bbliqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholi salomatligini saqlashning yangilangan tizimi shakllantirildi. Mazkur tizim faoliyati natijasida eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda davolash usullari keng miqyosda rivojlandi. Ammo, shunga qaramasdan, mazkur sohaning rivojlanishiga xalaqit beruvchi bir qancha omillarning hozirga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41238,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-02T07:04:49+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-02T07:04:49+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-02T07:04:49+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-02T07:04:49+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg","datePublished":"2025-04-02T07:04:49+00:00","dateModified":"2025-04-02T07:04:49+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/sstuz.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41237&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA SOG\u02bbLIQNI SAQLASH TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING TAKOMILLASHTIRILISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41237"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41237"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41239,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41237\/revisions\/41239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41238"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}