{"id":41210,"date":"2025-04-01T11:47:03","date_gmt":"2025-04-01T06:47:03","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41210"},"modified":"2025-04-01T11:47:03","modified_gmt":"2025-04-01T06:47:03","slug":"qoraxoniylar-davrida-aholining-ijtimoiy-qatlamlari-yusuf-xos-hojibning-qutadg%ca%bbu-bilig-asari-asosida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz","title":{"rendered":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davlati g\u02bbarbda Qoraqum cho\u02bblidan sharqda Lobnor ko\u02bbligacha, shimolda Balxash ko\u02bblidan janubda Amudaryogacha bo\u02bblgan ulkan hududni o\u02bbz ichiga olgan. Aholining etnik tarkibi ham murakkab bo\u02bblib, ularning bir qismi turkiy, yana bir qismi fors va arab tillarida so\u02bbzlashgan. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy hayoti bir xil bo\u02bblmagan. Ular yashagan joylarning geografik sharoiti, iqtisodiy asoslari, qonun-qoidalari turlicha bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar hukmronligi davrida Turkistonda migratsion jarayonlar nihoyatda kuchaygan. Ilgari chorvachilik bilan shug\u02bbullangan va uyg\u02bbur deb nomlangan qabilalar ittifoqi tarkibiga kirgan\u00a0 ko\u02bbpgina turkiy qabilalar Yettisuv, Tangritog\u02bb va Oltoy tog\u02bblari etaklaridagi va ularning atrofidagi yaylov joylardan Turkiston shaharlariga va dehqonchilik hududlariga ko\u02bbchib kelgan. Shu sababli ularda chorvachilikdan dehqonchilikka o\u02bbtish jarayoni kuzatilgan. Natijada ushbu qabilalarning ijtimoiy turmushiga yangi mulkchilik shakli kirib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu o\u02bbzgarish ularning dehqonchilikka mos hududlarga ega bo\u02bblish bilangina emas, balki ijtimoiy turmush darajasining yaxshilanishi bilan bevosita bog\u02bbliq edi. Yettisuvda istiqomat qilgan paytlarda janub tomondagi dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish munosabatlari va turmush shakli ushbu qabilalar ijtimoiy hayotining har bir sohasiga kirib borgan. Pomir g\u02bbarbida yashayotgan turkiy qabilalarni, eng avvalo, dehqonchilikka xos afzalliklar o\u02bbziga jalb qilgan. Jumladan, ko\u02bbchib kelganlarni muhim dehqonchilik mahsulotlari, o\u02bbtroq va hashamatli turmush tarzi, qulay atrof-muhit qiziqtirgan. Bu jihatlar turkiy qabilalar tafakkuri, ruhiyati va urf-odatlariga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan [4:77-78].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylarning ko\u02bbchmanchi turkiy qabiladan kelib chiqishi, ko\u02bbplab shaharlarni egallashi hamda Xitoy va boshqa islom dunyosi o\u02bbrtasidagi savdo-sotiqdagi muhim mavqei mintaqaning tog\u02bb tizmalarida bir qancha shaharlarning barpo etilishiga olib keldi. Bu baland tog\u02bbli shaharlar Qoraxoniylar islomlashuvi va geografik kengayish davrining dastlabki o\u02bbn yilliklarida pasttekislik dehqonchilik zonalaridan balandda gullab yashnagan. 2011-yilda O\u02bbzbekistonning sharqiy qismidagi Molguzar tog\u02bblaridagi Toshbuloq shahrining arxeologik qoldiqlari qazilgan. U X asr oxirlarida tashkil etilgan, XI asr boshlarida Qoraxoniylar davrida gullab yashnagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Musulmon qabrlarining mavjudligi shaharga Qoraxoniylar islom dinini qabul qilgandan keyin asos solinganini ko\u02bbrsatadi. Shahar aholisi qo\u02bby va chorvachilik bilan shug\u02bbullangan. Bu shahar ko\u02bbchmanchilar tomonidan qurilgan baland tog\u02bbli shahar markazining ilgari noma\u02bclum namunasi bo\u02bblgan. U ko\u02bbchmanchi aholining imperiyaning siyosiy tuzilmalari va iqtisodiy hayotiga integratsiyalashuviga xizmat qilgan. 2015-yilda o\u02bbtkazilgan dastlabki dala ishlari natijasida Toshbuloqdan atigi 3 km uzoqlikda, Turg\u02bbunbuloqda yana bir yirik devor bilan o\u02bbralgan baland tog\u02bbli Qoraxoniylar shahri aniqlandi. Bu yerda Toshbuloqdan topilganlarga o\u02bbxshash sopol buyumlarning yer usti topilmalari hamda yirik istehkom minoralari qoldiqlari topildi. Toshbuloq kabi shaharlarning mavjudligi Qoraxoniylarning siyosiy va ishlab chiqarish asoslari ham pasttekislikdagi shahar ma\u02bcmuriy markazlarida, ham tog\u02bbli chorvador jamoalardan kelib chiqqanini ko\u02bbrsatadi. Hudud bo\u02bbylab shaharsozlikda sezilarli kengayish ro\u02bby berdi. Mazkur holat X asr oxiri va XI asr boshlarida bu yerlarning islomlashuvi va Qoraxoniylar nazorati ostidagi hududning kengayishiga mos kelgan. Bu jarayon somoniylarning yirik shahar markazlaridan ancha uzoqqa cho\u02bbzilgan va mintaqadagi ko\u02bbp sonli ko\u02bbchmanchi xalqning yarim o\u02bbtroqlashuv jarayonining bir qismi bo\u02bblgan [10:284].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaharlar aholisining bir qismi chorvachilik bilan shug\u02bbullangan. Boshqa qismi esa metallurgiya, jumladan, temir, po\u02bblat, mis, bronza va kumush buyumlar ishlab chiqarish bilan shug\u02bbullangan. X asr oxiridan XI asrgacha savdogarlar va hunarmandlar Ustrushonadan (Tojikiston, O\u02bbzbekiston) Orol dengizi va Buxorogacha bo\u02bblgan hududni qamrab olgan Ipak yo\u02bbli bo\u02bbylab savdo bilan shug\u02bbullangan. Qoraxoniylar boshqargan shaharlarda olib borilgan arxeologik qazishma ishlari natijasida numizmatik dalillar, ekzotik mevalar va yong\u02bboqlarning keng assortimenti topilgan. Bu, o\u02bbz navbatida, tog\u02bbli va tog\u02bboldi shaharlarining bir-biriga o\u02bbzaro iqtisodiy ta\u02bcsiridan guvohlik beradi. Bu davrdagi ko\u02bbchmanchi xalqlar uchun baland tog\u02bb shaharsozligi unchalik ma\u02bclum bo\u02bblmasa-da, qoraxoniylar islomni qabul qilgandan so\u02bbng tog\u02bbli hududlarda markaziy shaharlarni tashkil etgan. Ulardan esa savdo, temir va boshqa metallar ishlab chiqarishni nazorat qilish uchun foydalangan. Qoraxoniylar davrida ko\u02bbchmanchi aholining kengroq iqtisodiy tarmoq va transkontinental savdo tarmog\u02bbiga integratsiyalashuvi, shubhasiz, mintaqa bo\u02bbylab ularning iqtisodiy va madaniy rivojlanishining kuchayishiga yordam berdi [9:303].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbrta asrlarda ijtimoiy-madaniy nuqtayi nazardan qaraganda, hunarmandchilikning jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy institutlar, ommaning madaniy salohiyati va jamoat ongiga ta\u02bcsiri nihoyatda keng bo\u02bblgan. Qoraxoniylar davrida Turkistonda aholi punktlari deyarli har doim tog\u02bb, dasht va cho\u02bbllar bilan o\u02bbralgan voha-shaharlarda joylashgan. Shahar hunarmandlari mehnat qilgan joy o\u02bbtroq aholining ham, ko\u02bbchmanchilarning ham mahsulotlari sotiluvchi asosiy savdo markazi bo\u02bblgan. Qoraxoniylar hokimiyatining kuchayishi bilan Sharqiy Turkistondan Xorazmgacha bo\u02bblgan ulkan hududlarning birlashtirilishi natijasida ichki va xalqaro savdo yo\u02bbllari xavfsizligi ta\u02bcminlandi va umumiy iqtisodiy muhit shakllandi. Turkiy xalqlarning shaharlarga ommaviy joylashishi bilan dasht madaniyati tasvirlarining shahar san\u02bcati va hunarmandchiligiga integratsiyalashuvi kuzatildi. Ko\u02bbchmanchilar qadimiy \u201cdasht\u201d san\u02bcat an\u02bcanalariga (\u201chayvon uslubi\u201d naqshlari va texnikasi, haqiqiy hayvon tasvirlari, kulolchilik, zargarlik buyumlaridagi totem elementlari va boshqalar) sodiq qoldi. Etnomadaniy xususiyatlar hunarmandchilikda ma\u02bclum iz qoldirganiga qaramay, shahar hunarmandlari ijodida avvalgi badiiy ideallar, did va me\u02bcyorlar u qadar katta o\u02bbzgarishga uchramagan. O\u02bbtroq hayot va dasht hunarmandchiligi madaniyati parallel shaklda davom etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davridagi kulolchilik mahsulotlari turkiy xalqlarning bag\u02bbrikengligi va yangi g\u02bboyalarga ochiqligini aks ettiradi. Ular Turkistondagi o\u02bbtroq xalqlarning kasbiy mahorati va diniy motivlarini o\u02bbzlashtirgan. Bronza, mis va sopol buyumlar bezaklari va shakllari universal bo\u02bblsa-da, ayrim namunalarda mahalliy, etnik-madaniy xususiyatlar namoyon bo\u02bblgan. Ko\u02bbchmanchi xalqlar islom va o\u02bbtroq madaniyatni qabul qilishiga qaramay, turkiy-dasht an\u02bcanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo\u02bblgan. Ular hatto \u201cturkiy omil\u201d va \u201cturkiy unsur\u201dni hunarmandchilik va san\u02bcatda ham birinchi o\u02bbringa olib chiqdi. Bu Turkiston shaharlarida bronza davri idishlariga o\u02bbxshab \u201ckulrang kulolchilik\u201d deb nomlanuvchi sirlanmagan sopol idishlarning keng qo\u02bbllanilishida yaqqol ko\u02bbrinadi. Zoomorf tasvirlar va tutqichlar bilan bezatilgan idishlar qadimgi turkiy an\u02bcanalar bilan bog\u02bbliqdir. Shunday qilib, ko\u02bbchmanchi \u201cdasht\u201d naqshlari hunarmandlar uslubiga kirgan. Garchi etnik-madaniy xususiyatlar hunarmandchilik asarlarida iz qoldirgan bo\u02bblsa-da, shahar ustalari oldingi badiiy ideal, did va me\u02bcyorlardan sezilarli o\u02bbzgarishlarsiz foydalanishda davom etdi [11:88].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afrosiyob manzilgohida olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida XI-XII asrlarga oid turar-joylar aniqlangan. Bu esa, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari, ya\u02bcni hunarmandlar, mayda savdogarlarga tegishli bo\u02bblgan shaharlik so\u02bbg\u02bbdiylar va quyi tabaqadagi mansabdor shaxslar uylarining xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Manzilgohlarni etnografik xususiyatlarga ko\u02bbra tasvirlaganda, \u201cdarvozaxona\u201d kirish darvozasi yoki darvozadagi inshoot vazifasini bajargan, deb taxmin qilish mumkin. Tadqiqotchilar fikricha, \u201caholi an\u02bcanalarini hurmat qilish va oilani bezovta qilmaslik uchun yaqin vaqtgacha uyga kiraverishda begonalarni, ayniqsa begona erkaklarni qabul qilish uchun alohida xona qurish an\u02bcanasi davom etgan. Bu xonadan esa, uyning yozgi oshxonasi joylashgan hovliga kirish mumkin bo\u02bblgan. Hovlining shimoliy-sharqiy tomonida sufa o\u02bbrnida \u201cpeshayvon\u201d \u2013 yopilgan ayvon joylashgan. Bu turdagi uylar XI-XII asrlarda Afrosiyobning relyefi va ijtimoiy tuzilishining ayrim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu manzilgohlarning shimoliy-sharqiy qismiga VIII asrdan keyin uzoq vaqt davomida qarovsiz qolgandan so\u02bbng XII asrning 2-yarmida yana aholi kelib joylashgan. Uylar maydonining kichikligi ushbu davrda uy qurish uchun yerning yuqori narxda bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Har qanday ishlab chiqarish faoliyatining izlari yo\u02bbqligi sababli, bu turdagi uylar oddiy shaharlik, kichik savdogar yoki past lavozimli amaldorga tegishli bo\u02bblganini ta\u02bckidlash mumkin [4:75].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davri ijtimoiy hayoti haqida ma\u02bclumot beruvchi manbalar soni juda oz bo\u02bblib, bu esa, o\u02bbsha davr aholi ijtimoiy qatlamlari haqida to\u02bbliq ma\u02bclumot olishni qiyinlashtiradi. Shu bois Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari biz suyanishimiz mumkin bo\u02bblgan oz sonli manbalar qatoriga kiradi. Muallif ushbu asarda o\u02bbz davrida mavjud bo\u02bblgan ijtimoiy qatlamlar quyidagicha keltiradi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Qora avom xalq.<\/strong> Qora avom xalq axloq qoidalaridan uzoq, sodda va to\u02bbg\u02bbriso\u02bbz bo\u02bbladi. Boshqa toifadagi odamlar bilan munosabatlarda tartib qoidani bilmasligi va odobga rioya qilmasligiga qaramay, ular ham jamiyatda o\u02bbz o\u02bbrniga ega va kerakli qatlamdir. Yusuf Xos Hojib bu qatlam iqtisodiy jihatdan nochor qatlam bo\u02bblgani bois, hayotining asosiy qismini qornini to\u02bbydirish g\u02bbamida yurishini ta\u02bckidlaydi [5:647].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Payg\u02bbambar avlodlari (alaviylar).<\/strong> Qoraxoniylar davriga kelib bu qatlam hukmdorlar orasida alohida ehtiromga sazovor bo\u02bblgani ayon bo\u02bblmoqda. Yusuf Xos Hojib hukmdorlar bu qatlam bilan chiroyli va xushmuomala munosabatda bo\u02bblishi kerakligini, payg\u02bbambar avlodlari bo\u02bblganlari uchun alohida hurmat va izzat ko\u02bbrsatilishi kerakligini uqtiradi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Olimlar.<\/strong> Olimlar to\u02bbg\u02bbri va noto\u02bbg\u02bbri narsalarni bir-biridan ayirib, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbl tutadigan kishilar hisoblanadi. Bu toifa o\u02bbz ilmi bilan oddiy xalqqa mash\u02bcal bo\u02bbladigan qatlamdir. Shu bois, ularga ham payg\u02bbambar avlodlari singari hurmat va izzat ko\u02bbrsatish talab etiladi [6:356-357].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraxoniylar davrida sharqiy hududlarda yashab faoliyat yurituvchi olimlarning ommaviy ravishda g\u02bbarb tomon siljiganlarini ko\u02bbrishimiz mumkin. 1040-yilda Ibrohim Tamg\u02bbachxon tomonidan o\u02bbz poytaxtining Samarqandga ko\u02bbchirilishi muhim voqea bo\u02bbldi. Shu vaqtdan boshlab, qoraxoniylar siyosatining mahalliy olimlarga nisbatan siyosatining asosiy qirralari namoyon bo\u02bbladi. Uning xususiyatlaridan biri qoraxoniylar davlati tarkibida Turkistondan uzoqroq bo\u02bblgan sharqiy hududlar ilohiyotshunoslarini rasmiy lavozimlarga jalb etish bo\u02bblgan. Bu olimlar qoraxoniylar bilan kelishgan holda harakat qilgan. Masalan, 1122-yilda Bag\u02bbdoddagi elchilik tarkibida kelgan Abu Ali al-Husayn ibn Ali ibn Abul Qosim al-Lamishiyga (vaf.1128-y., Samarqand; asli Farg\u02bbonaning Lamish qishlog\u02bbidan) haj qilish taklif qilinganida, xonning topshirig\u02bbini aytib, uni bajarishdan bosh tortgan. Qo\u02bbshin mahalliy aholidan uzoq tutilgan. Harbiylar uchun alohida harbiy sudyalar \u2013 qozi askarlar tayinlangan. Samarqandda Abu Hafs Umar ibn Shuayb ibn Abul Qosim as-Sarram ad-Dizakiy (vaf.1131) ismli bir qoziaskar faoliyat olib borgan [3:490].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu olimlar guruhi faoliyatida mahalliy samarqandlik olimlarga nisbatan ehtiyotkorona munosabat seziladi. Masalan, Qozi Ahmad ibn Mansur Isfijobiy vafotidan keyin (vaf.1088) Samarqand muftiylari xatolarini ko\u02bbrsatgan va ularga to\u02bbg\u02bbri yechim taklif qilingan fatvolari saqlangan butun bir sandiq topilgan. Biroq marhum tirikligida ularni ommaga oshkor qilishga jur\u02bcat eta olmagan [2:201].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir masalani muhokama qilish ko\u02bbpincha bir necha kun davom etgan va ba\u02bczan hatto keng jamoatchilik rezonansiga sabab bo\u02bblgan. Samarqandda Abul Yusr Pazdaviy davrida spirtli ichimliklar masalasini muhokama qilish uning yechimidan manfaatdor bo\u02bblgan nufuzli shaxslar tufayli siyosiy tus oldi. Faqih hukmdorning shaxsan o\u02bbzi qo\u02bbllab-quvvatlaganiga qaramay, shaharni tark etishga majbur bo\u02bbldi [1:119a, 151a].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">As-Sayyid Nosiriddin Abul Qosim Muhammad ibn Yusuf Husayniy Samarqandiy jamiyat hayotida faol rol o\u02bbynagan. Qoraxitoylar qo\u02bbl ostidagi musulmon va olimlarga katta huquqlar berishni talab qilgani uchun 1161-yilda Samarqandda qatl etilgan [2:203].<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"4\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Shifokorlar.<\/strong> Har qanday tirik odam o\u02bbz hayotida albatta qandaydir bir kasallikka mubtalo bo\u02bblishi muqarrarligi shifokorlarni jamiyat hayotida alohida ahamiyatga ega qatlam darajasiga chiqaradi. Jamiyat barqarorligini ta\u02bcminlash turli dardlar, ruhiy kasalliklarni davolash orqali amalga oshishini hisobga olsak, bundan tashqari, Qoraxoniy hukmdor Ibrohim Tamg\u02bbachxon tomonidan Samarqand shahrida qurilgan shifoxonada shifokorning eng ko\u02bbp haq oluvchi kishi bo\u02bblgani Qoraxoniylar davrida shifokorlar alohida hurmatga munosib qatlam hisoblanishining sababi ayon bo\u02bbladi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Afsungarlar.<\/strong> Okkult ilmi egalari Qoraxoniylar davrida alohida qatlamni tashkil etgan. Ulardan biri afsungarlar bo\u02bblib, Yusuf Xos Hojibga ko\u02bbra, ular insu jinsdan bo\u02bblgan kasalliklarni davolash bilan shug\u02bbullangan. Biroq afsungarlik burhoniy ilm bo\u02bblmagani uchun shifokorlar ularning turli duolariga ishonmagan. Xuddi shunday afsungarlar ham shifokorlarni tan olmagan [7:375].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Tush ta\u02bcbir qiluvchilar.<\/strong> Yana bir alohida ijtimoiy qatlamni tashkil etgan boshqa bir okkult ilm egalari tush ta\u02bcbir qiluvchilar bo\u02bblib, ularning obro\u02bbsi va ahamiyati har bir insonning uxlaganda tush ko\u02bbrishi va bu tush to\u02bbg\u02bbri ta\u02bcbir qilingan taqdirda ro\u02bbyobga chiqishi bilan bog\u02bbliqdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Yulduzchilar (astronom va astrologlar).<\/strong> Yil, oy va kun hisob-kitobi jamiyat hayotida katta o\u02bbringa ega bo\u02bblishi astronomlarni ham alohida qatlam sifatida ajralib turishini ta\u02bcminlagan. E\u02bctiborga molik jihati shuki, Yusuf Xos Hojib astrologlarni ham umumiy \u201cyulduzchi\u201d nomi ostida mazkur qatlamga kiritgan. Yulduzlarning harakati faqatgina taqvim hisob-kitoblari bilan cheklanmay, inson hayotiga ham ijobiy yoki salbiy ta\u02bcsir kuchiga ega ekaniga ishonilgani bois, astrologlar ham katta mavqega ega qatlam sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Shoirlar.<\/strong> Shoirlar Qoraxoniylar davrida xalq orasida katta obro\u02bb-e\u02bctibor va ta\u02bcsir kuchiga ega bo\u02bblgan. Ular maqtagan kishilarning maqtovi xalq orasida yoyilgan, yomonlagan kishilarning esa obro\u02bbsiga putur yetgan. Xalq orasida bunday katta ta\u02bcsir kuchiga ega bo\u02bblish ularni alohida ijtimoiy qatlamga aylantirgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Dehqonlar.<\/strong> O\u02bbrta asrlarda har qanday davlatdagi moddiy farovonlik va to\u02bbkin-sochinlikning ta\u02bcminlanishi, shubhasiz, birinchi navbatda dehqonlar faoliyati bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan. Barcha davrlarda va barcha davlatlarda bo\u02bblgani singari, qoraxoniylar davrida ham dehqonlar alohida ijtimoiy qatlam hisoblangan [8:330-331].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Savdogarlar.<\/strong> Savdogarlar faqat turli mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yuritadigan insonlargina bo\u02bblib qolmay, shu bilan birga, dunyoda bo\u02bblayotgan turli yangiliklarni ham tarqatadigan toifa hisoblangan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Chorvadorlar.<\/strong> Qoraxoniylar asosan chorvachilik bilan shug\u02bbullanuvchi ko\u02bbchmanchi qarluqlar qabilasidan kelib chiqqan. Chorvachilik keyingi davrlarda ham ko\u02bbchmanchi qabilalar hayotida muhim o\u02bbrin tutgan. Shu bois, chorvadorlar ham alohida ijtimoiy qatlam hisoblangan [5:663-666].<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Hunarmandlar.<\/strong> Yuqorida nomi sanab o\u02bbtilgan 11 ta qatlamning barchasining faoliyati, shubhasiz, hunarmandlar bilan bog\u02bbliqdir. Aynan hunarmandlar mazkur qatlamlar vakillarining mehnat qurollarini ishlab chiqaradigan toifa sanalgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong> Kambag\u02bballar.<\/strong> Kambag\u02bbal qatlamning qora avom xalq toifasidan farqi, katta ehtimol bilan, ularning qora xalqdan farqli ravishda nisbatan madaniyatli va faqat qorin dardi bilan yashamaydigan qatlam ekanidir [6:367].<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi fikrlardan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, vazir jamiyatga nisbatan, hozirgi ifoda bilan aytganda, Radkliff-Braun tipidagi strukturaviy-funksional qarashga ega. Unga ko\u02bbra, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi turli guruhlar yoki sinflardan tashkil topgan, ularning mazkur jamiyatdagi o\u02bbrni, asosan, muayyan kasbiy rollar bilan belgilanadi. Har bir sinf yoki tarkibiy komponentning vazifasi \u2013 uning umumiy ijtimoiy tizimning uyg\u02bbunligi va saqlanishiga qo\u02bbshadigan hissasidir. Barcha qatlamlar, hatto qora avom xalq ham, ijtimoiy tuzum uchun zarur unsur hisoblanadi. Ijtimoiy integratsiya har birining o\u02bbziga xos, ammo bir-birini to\u02bbldiruvchi xususiyati va funksiyasiga asoslanadi. Bu davrda hukmdor saroyi ijtimoiy tuzumning eng ustun instituti sanalgan. Turli ijtimoiy qatlamlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, intellektual ma\u02bcrifat, ma\u02bcnaviy qulaylik va hokazolarni ta\u02bcminlasa, hukmdor saroyi butun jamiyat funksiyalarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, uni tashqi tajovuzdan himoya qilish orqali ichki va tashqi xavfsizlikni ta\u02bcminlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir qatlam jamiyat farovonligi uchun muayyan funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda, hukmron institut tan olishi kerak bo\u02bblgan ma\u02bclum huquq va talablar to\u02bbplamidan foydalanadi. Hukmdor saroyining asosiy vazifalaridan biri \u2013 huquqlarni himoya qilish va bu talablarni amalga oshirishdir. Ular orasida adolatli va halol muomala qilish huquqi, bajarilgan ish uchun yaxshi va tez haq olish huquqi, insoniy munosabatda bo\u02bblish huquqi, o\u02bbz qatlamiga mos keladigan munosabatda bo\u02bblish huquqi va eng muhimi, moddiy jihatdan nochor ahvolga tushmaslik va hayotning barcha asosiy ehtiyojlaridan bahramand bo\u02bblish huquqidir. Aynan shu oxirgi huquq davlat ichidagi tinchlik va xavfsizlik uchun asos bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hukmdor bu huquqlarni e\u02bctirof etish va ta\u02bcminlash orqali xalq hurmatini qozonadi. Muvaffaqiyatli boshqaruv ko\u02bbplab murakkab ijtimoiy munosabatlar to\u02bbplamini o\u02bbrnatish va saqlashni talab qiladi. Bu muomala qilinadigan odamlarning tabiatini yaxshi tushunishni talab qiladi. Bunday tushunish faqat bilim bilan amalga oshadi [12:232-238].<strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmud ibn Sulaymon Kataib a\u02bclam al-axyor min fuqaho an-No\u02bbmon al-muxtor. O\u02bbzR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondi. Qo\u02bblyozma. \u2116 2929.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muminov A.K. Xanafitskiy mazxab v Sentralnoy Azii \/ Redaktor: S.M.Prozorov. Almat\u044b: Qazaq ensiklopediyas\u044b. 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nasafiy Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad. Al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand \/ Nashrga tayyorlovchi: Yusuf al-Hodiy. \u2013 Tehron: Oyinai meros. 1420\/1999.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Saidov M.M. Jili\u0449a Samarkanda v epoxu Karaxanidov \/\/ Nauka i mir. Mejdunarodn\u044by nauchn\u044by jurnal, \u2116 12. V\u044bp. 52. 2017.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xodjayev A., D.Turdiyeva D. Qoraxoniylar xoqonligi tarixi Xitoy Xalq Respublikasi olimlari tadqiqotlarida. \u2013 T.: Fan ziyosi. 2021.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusuf Xos Hojib. Qutadg\u02bbu bilig (Saodatga yo\u02bbllovchi bilim) \/ Nashrga tayyorlovchi: Qayum Karimov. \u2013 T.: Fan. 1971.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusuf Xos Hojib. Qutadg\u02bbu bilig (Saodatga eltuvchi bilim). \u2013 T.: Akademnashr, 2015.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusuf Xos Hojib. Qutadg\u02bbu bilig (Bilim saodati) \/ Tabdil: Abduhamid Pardayev. Mas\u02bcul muharrir: Manzar Abdulxayr. \u2013 T.: Yangi asr avlodi, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Yusuf Has Hacib. Kutadgu Bilig \/ \u00c7ev.: Ay\u015feg\u00fcl \u00c7akan. \u2013 \u0130stanbul: T\u00fcrkiye \u0130\u015f Bankas\u0131 K\u00fclt\u00fcr Yay\u0131nlar\u0131, 2018.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Maksudov F.,Bullion E. et al. Nomadic Urbanism at Tashbulak: A New Highland Town of the Karakhanids \/\/ Urban Cultures of Central Asia from the Bronze Age to the Karakhanids: Learnings and Conclusions from New Archaeological Investigations and Discoveries. Proceedings of the First International Congress on Central Asian Archaeology held at the University of Bern, 4\u20136 February 2016 \/ Edited by Ch. Baumer, M. Novak. Harrasowitz Verlag. 2019.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">McClary, Richard. Medieval Monuments of Central Asia. Qarakhanid Architecture of the 11th and 12th Centuries. \u2013 Edinburgh: Edinburgh University Press, 2020.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Toshova Sh. Features of the Karakhanid Craftsmanship \/\/ Turkic Studies Journal. Vol. 1. 2024.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Zekiye Eglar, Paul J. Magnarella. A View of Social Classes in the Eleventh Century Karakhanid State \/\/ Anthropos. Bd. 66. H. 1\/2. 1971. \u2013 P.232-238.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BAHODIR MUSAMETOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alfraganus universiteti v.b. dotsenti, PhD<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraxoniylar davlati g\u02bbarbda Qoraqum cho\u02bblidan sharqda Lobnor ko\u02bbligacha, shimolda Balxash ko\u02bblidan janubda Amudaryogacha bo\u02bblgan ulkan hududni o\u02bbz ichiga olgan. Aholining etnik tarkibi ham murakkab bo\u02bblib, ularning bir qismi turkiy, yana bir qismi fors va arab tillarida so\u02bbzlashgan. Bundan tashqari, ularning ijtimoiy hayoti bir xil bo\u02bblmagan. Ular yashagan joylarning geografik sharoiti, iqtisodiy asoslari, qonun-qoidalari turlicha bo\u02bblgan. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":41211,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-04-01T06:47:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"407\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz\",\"name\":\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg\",\"datePublished\":\"2025-04-01T06:47:03+00:00\",\"dateModified\":\"2025-04-01T06:47:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg\",\"width\":660,\"height\":407},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-04-01T06:47:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":407,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz","name":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg","datePublished":"2025-04-01T06:47:03+00:00","dateModified":"2025-04-01T06:47:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI(Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/qoraxoniylar0104.jpg","width":660,"height":407},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41210&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"QORAXONIYLAR DAVRIDA AHOLINING IJTIMOIY QATLAMLARI (Yusuf Xos Hojibning \u201cQutadg\u02bbu bilig\u201d asari asosida)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41210"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41210"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41210\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41212,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41210\/revisions\/41212"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/41211"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41210"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41210"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41210"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}