{"id":41190,"date":"2025-03-28T16:08:24","date_gmt":"2025-03-28T11:08:24","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41190"},"modified":"2025-03-28T16:56:11","modified_gmt":"2025-03-28T11:56:11","slug":"chokardiza-qabristoni-qachon-tashkil-topgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz","title":{"rendered":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Chokardiza qabriston bo\u02bblib shakllanishidan oldin mashhur olim Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning bog\u02bbi<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> bo\u02bblib, keyinchalik undan Xoja Abu Lays Samarqandiyning qo\u02bbliga o\u02bbtgan<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>. Bog\u02bbning o\u02bbzi shahar devorining tashqarisida, Samarqandni qo\u02bbriqlaydigan qal\u02bcacha yonida barpo etilgani bois shu nom bilan atalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cMadinai munavvaradagi Baqi\u02bc va Makkai mukarramadagi Muallo qabristonlarini aytmaganda, Chokardizadan buzurgroq qabriston yo\u02bbqdir\u201d<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Bu maskan qanday qilib musulmon olamida mashhur uch qabristonning biri bo\u02bblib qoldi? Quyida shu haqda so\u02bbz boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bog\u02bbning o\u02bbz o\u02bbrnini qabristonga bo\u02bbshatishiga mana bu voqea sabab bo\u02bblgan. Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy 221\/835-yil muharram\/dekabr oyining dushanba (3\/27) kuni vafot etgan va chorshanba (5\/29) kuni<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a> Chokardizadagi o\u02bbz bog\u02bbiga dafn qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy \u201cTarixul kabir\u201d asarida Samarqandiy nisbasi bo\u02bblgan uch roviy \u2013 Ibrohim ibn Shammos Abu Is\u02bchoq Samarqandiy, Is\u02bchoq ibn Ibrohim Abu Ali Samarqandiy va Ahmad ibn Ayyub Samarqandiy haqida ma\u02bclumot bergan. Ularning har biri hadis sohasida ishonchli shaxslar bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Hasan Doraqutniy: \u201cIbrohim ibn Shammos Samarqandiy bo\u02bblib, siqa (ishonchli, adolati va zehni yuqori darajada o\u02bbtkir roviy)dir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Shammos<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a> sunnat va jamoat ahlidan bo\u02bblib, jasur, olim, fozil, ilmiga amal qiluvchi, hadis rivoyat qilishda ishonchli va mustahkam bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy rivoyat qilgan hadislar ishonchliligi bilan ajralib turgan. U Baqiya ibn Validdan, u Hakam ibn Abdullohdan, u Zuhriydan, u Said ibn Musayyibdan, u Oisha roziyallohu anhodan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning <strong><em>\u201cIlmim ziyoda bo\u02bblmaydigan kunimga Alloh baraka bermasin\u201d<\/em><\/strong> deganlarini rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cHidoyatga boshlovchilar imomi\u201d, \u201cMusulmonlar aqidasini isloh etuvchi\u201d, \u201cAhli sunna peshvosi\u201d bo\u02bblgan Abu Mansur Moturidiy 944-yili vafot etgach, Chokardiza (Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Shammos Samarqandiy qabri yoni)ga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab allomalar merosini o\u02bbrganishga bo\u02bblgan davlat darajasidagi e\u02bctibor, ayniqsa, yaqin besh yillikda bu boradagi ishlar salmog\u02bbi ortib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi \u201cImom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy hayotda tarixiy voqelik bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Movarounnahr allomalarining bag\u02bbrikenglik, mo\u02bbtadillik va ma\u02bcrifat tamoyillariga asoslangan ta\u02bclimoti, ularning bebaho ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini tadqiq etish \u2013 to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshlovchi mayoq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Chokardizada dafn etilgan ba\u02bczi allomalar:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Abu Qosim Hakim Samarqandiy (vaf.953), Abu Lays Samarqandiy (vaf.983), Faxrul Islom Abu Yusr Pazdaviy (vaf.1089), Abu Bakr Muhammad Yorkasiy (vaf.1126), Abu Sa\u02bcd Abdurahmon (vaf.1015), Abu Hafs Umar Dizakiy (vaf.1118), Abulmaoliy Qays Marg\u02bbinoniy (vaf.1132), Abu Hasan Ali (Burhoniddin) Mapg\u02bbinoniy (vaf.1197), Najmiddin Abu Hafs Umar Nasafiy (1142-yil vafot etgan va Abu Mansur Moturidiy yoniga dafn etilgan), Abu Muhammad Yusuf Ustrushaniy (vaf. 1133), Abu Nasr Ahmad Sog\u02bbarjiy (vaf.1130), Shamsiddin Muhammad (Hakim) So\u02bbzaniy (1174-yil vafot etgan va Abu Hafs Umar Nasafiy qabri yoniga dafn etilgan), Bakr Ustrushaniy (vaf.1125), Bakr Xarqoniy (vaf.1131), Abu Bakr Muhammad Xarqoniy (vaf.1128), Abu Muhammad Abdulhamid Qatavoniy (vaf.1129), Abu Umar Usmon Qatavoniy Samarqandiy (vaf.1120) kabi allomalar Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Mexrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori,\u00a0PhD<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Abu Tohir xoja. Samariya \/ Tahrir hay\u02bcati: B. Ahmedov va boshq. \u2013 T.: Kamalak, 1991. \u2013 B. 37.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy. Qandiya \/ Qadimiy kitoblar tarjimasi [Matn]: risola \/ Kattayev K. Kattayeva G. \u2013 T.: Qaqnus, 2020. \u2013 B. 16.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy. Qandiya \/ Qadimiy kitoblar tarjimasi [Matn]: risola \/ Kattayev K. Kattayeva G. \u2013 T.: Qaqnus, 2020. \u2013 B. 16.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Xatib Bag\u02bbdodiy. Tarixi Bag\u02bbdod \/ Mustafo Abduqodir Ato tahqiqi. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 2004. J. 6. \u2013 B. 99.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Alloma haqida batafsil qarang: Nematov A. \u201cTarixul kabir\u201dda nomlari kelgan samarqandlik hadis roviylari \/\/ bukhari.uz. 2024-yil 28-fevral.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Chokardiza qabriston bo\u02bblib shakllanishidan oldin mashhur olim Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Shammos Samarqandiyning bog\u02bbi[1] bo\u02bblib, keyinchalik undan Xoja Abu Lays Samarqandiyning qo\u02bbliga o\u02bbtgan[2]. Bog\u02bbning o\u02bbzi shahar devorining tashqarisida, Samarqandni qo\u02bbriqlaydigan qal\u02bcacha yonida barpo etilgani bois shu nom bilan atalgan. \u201cMadinai munavvaradagi Baqi\u02bc va Makkai mukarramadagi Muallo qabristonlarini aytmaganda, Chokardizadan buzurgroq qabriston yo\u02bbqdir\u201d[3]. Bu maskan qanday &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":38551,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639,3711],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-03-28T11:08:24+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-03-28T11:56:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"475\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz\",\"name\":\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg\",\"datePublished\":\"2025-03-28T11:08:24+00:00\",\"dateModified\":\"2025-03-28T11:56:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg\",\"width\":660,\"height\":475},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-03-28T11:08:24+00:00","article_modified_time":"2025-03-28T11:56:11+00:00","og_image":[{"width":660,"height":475,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"3 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz","name":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg","datePublished":"2025-03-28T11:08:24+00:00","dateModified":"2025-03-28T11:56:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/moturidi0611.jpg","width":660,"height":475},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41190&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"CHOKARDIZA QABRISTONI QACHON TASHKIL TOPGAN?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41190"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41190"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41190\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41206,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41190\/revisions\/41206"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/38551"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41190"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41190"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41190"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}