{"id":41004,"date":"2025-03-18T10:20:51","date_gmt":"2025-03-18T05:20:51","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=41004"},"modified":"2025-03-17T18:32:02","modified_gmt":"2025-03-17T13:32:02","slug":"ramazon-saboqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz","title":{"rendered":"RAMAZON SABOQLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar!<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro\u02bbza farz qilindi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Shoyad taqvodor bo\u02bblsangiz\u201d.<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(Baqara surasi, 183-oyat)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>Muhammad sollallohu <\/em><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><em>alayhi vasallam dedilar:<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cAlloh taolo: \u201c<\/em><\/strong><strong><em>Odam bolasining har qanday ishi uning o\u02bbzi uchun, faqat ro\u02bbza mustasno, ro\u02bbzani Men uchun tutadi, uning ajrini ham O\u02bbzim beraman<\/em><\/strong><strong><em>\u201d, dedi\u201d.<br \/>\n<\/em><\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">(Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy <\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">rivoyat qilgan)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Poklanish, mehr-oqibat, insonparvarlik, bag\u02bbrikenglik, ezgulik va saxovat oyi bo\u02bblgan muborak Ramazonda hammaning ko\u02bbngliga shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Parvardigorga shukrona tuyg\u02bbusi ingan, barchaning qalbidan shunday saodatli oylarning yana ko\u02bbpini ko\u02bbrish umidi joy olgan. Qalblarga imon nurini baxsh etadigan ushbu ulug\u02bb oyni mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilalar bag\u02bbrida, el-yurt davrasida o\u02bbtkazayotgan har bir yurtdoshimiz buning uchun Haq taologa cheksiz shukrona keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Joriy yilning 1-martidan musulmon dunyosida, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, har yilgi ro\u02bbza tartibi joriy bo\u02bbldi \u2013 insonlar kunduzlari yeyish-ichishdan, turli ko\u02bbngilxushliklardan o\u02bbzini tiyish barobarida, qalbi va ruhini poklashga kirishdi. Kimdir pursaxovat bo\u02bblib ketib, odamlarga turli yeguliklarni ulashyapti, iftorliklar tashkil etyapti. Yana kimdir mehribonlik uylariga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko\u02bbrsatyapti. Bunday xayrli ishlarni amalga oshirayotganlar imkon qadar anonim holda ish tutyapti. Ya\u02bcni, bunda riyo ham, sum\u02bca<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> ham yo\u02bbq. Ular xalqimizning <em>\u201cYaxshilik qil, daryoga tashla, baliq ko\u02bbradi, baliq ko\u02bbrmasa ham Xoliq ko\u02bbradi\u201d<\/em> naqli asosida harakat qilyapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: <em>\u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarning eng saxiysi edilar. U zotning eng kuchli saxiyliklari Ramazonda \u2013 Jabroil alayhissalom u zot bilan uchrashganda namoyon bo\u02bblar edi. Jabroil alayhissalom Ramazonning har tunida u zot bilan uchrashib, ikkisi Qur\u02bcondan dars qilishardi. Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilikda erkin shamoldan ham saxiy bo\u02bblib ketar edilar\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardan birida qaysidir bir davlatda Ramazon oyida saxovat egalari amal qiladigan odat haqida yozishdi. Yo\u02bbq, ular uyma-uy yurib, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatmas ekan. Duch kelgan mahallaga borib, baqqolning oldiga kirar va \u201cqarz daftari\u201dni ochtirib, yordamga eng ko\u02bbp muhtoj bo\u02bblgan oilalarning pulini to\u02bblab ketarkan. Ba\u02bczilari saxovati jo\u02bbsh urib, butun daftarni \u201cyopib\u201d yuborar ekan. Shu tariqa muhtoj odamlar bu yordam kimdan ekanini hech ham bilolmay qolarkan. Saxovat egasi ham uni bilmas va tanimas ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonda bunday insonlar yo\u02bbq, deb o\u02bbylasak, katta xato qilgan bo\u02bblamiz. Bizning pursaxovat hamyurtlarimiz o\u02bbz amallari haqida eng kichik ijtimoiy tarmoqda eng kichik xabar yozilishini ham istamagani uchun bu ishlarni mutlaqo maxfiy tarzda amalga oshiradi. Bunga keksa aptekachini misol keltirish mumkin. Uning mahallasida qand kasalligiga chalingan bir ayol bo\u02bblib, har hafta yo har oy dorixonadan bir dori sotib olarkan. Kunlardan bir kun aptekachi omonatini topshiradi. Bir necha kun o\u02bbtib, haligi ayol yana dorixonaga keladi va o\u02bbsha dorini sotib olmoqchi bo\u02bbladi. Marhumning o\u02bbrnida endi ota kasbini egallagan o\u02bbg\u02bbli ishlayotgan bo\u02bbladi. U boyagi dori uchun nisbatan ancha katta narx aytadi. Ayol hayron bo\u02bbladi, doim falon so\u02bbmga sotib olib kelganini aytadi. O\u02bbg\u02bbil biroz o\u02bbylanib turib, nihoyat gap nimada ekanini anglaydi va yanglishganini aytib, uzr so\u02bbraydi. Otasining an\u02bcanasini davom ettirib, ayolga haligi dorini arzon narxda sotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mana shu satrlarni o\u02bbqiyotgan har bir yurtdoshimiz kamida bitta, bo\u02bblmasa, bir nechta shunday odamni bilishi, tanishiga shubha yo\u02bbq. Lekin biz anonim tarzda bo\u02bblsa ham ovoza qilgimiz kelmaydi. Bu o\u02bbrinda ibrat va e\u02bctirof tarzida bir chimdim gap ochilgani esa, eng katta istisnodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hamyurtlarimizning qalblaridagi saxovatga yanada ko\u02bbproq intilish hissi, mamlakatimizdagi umumiy ijtimoiy Ramazon muhiti shunday amallarda namoyon bo\u02bblayotgan esa, davlatimiz e\u02bctibori ijtimoiy manzarada yaqqol namoyon bo\u02bblyapti. Ma\u02bcnaviy poklanish, sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda bo\u02bbladigan mohi Ramazonni milliy an\u02bcana va qadriyatlarimizga mos tarzda, yuksak saviyada o\u02bbtkazish, yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Endi bu muqaddas oyning o\u02bbzi haqida fikr yuritsak. Shahri Ramazonda islom ummati ibodat, sabr, saxovat va riyozatga boshqa oylardagiga qaraganda kattaroq va kuchliroq mas\u02bculiyat bilan yondashadi. Kundalik ibodatlar barobarida, Qur\u02bcon tilovati, xayrli amallar va sadaqani ko\u02bbpaytiradi, zakot beradi. Qandaydir sabab bilan namoz o\u02bbqimay qo\u02bbyganlar ayni shu oyda islomning bu ruknini yana bajara boshlaydi. Shu sababli ham musulmonlar Ramazon oyini o\u02bbzgacha intiqlik bilan kutadi, uni boshqacha taqvo bilan o\u02bbtkazadi. Bu oyda ko\u02bbpchilik shu choqqacha bosib o\u02bbtgan hayot yo\u02bbli to\u02bbg\u02bbrisida kengroq mushohadaga beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazonda Yaratganga qalbini taslim etib, kunduzlari yeyish-ichishdan, turli ko\u02bbngilxushliklardan voz kechgan inson o\u02bbz irodasini chiniqtirib, pishitib boradi. Oziq-ovqat va ichimlikdan tiyilishda katta hikmat bor. Inson bir parcha nonga, bir xo\u02bbplam suvga zor bo\u02bblganlarning ahvolini ich-ichidan his etadi. Bu tuyg\u02bbu unda rahm-shafqat, saxovat va bag\u02bbrikenglik fazilatlarini rivojlantiradi. Inson qo\u02bbli ochiqroq bo\u02bbla boradi, miskinlarga yordamini kuchaytirishga harakat qiladi. Poklik, ibodat va taqvo uning qalbini yumshatadi va o\u02bbz qusurlaridan xalos bo\u02bblishiga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu bois ham butun islom olamida Ramazon oyi orziqib kutiladigan, Haq taologa yaqinlashish imkonini beradigan muborak va quvonchli palla sanaladi. U Parvardigorning bandalarga ulug\u02bb inoyati va ulkan ajru savob ne\u02bcmatidir. Zero, bu kunlar tan uchun ne\u02bcmatlardan tiyilish davri bo\u02bblsa, qalb uchun orom onlaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karimda Alloh taolo bunday marhamat qiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cRamazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu fyrqondan iborat ochiq bayonotlar bo\u02bblib, Qur\u02bcon tushirilgandir. Sizdan kim y oyda hozir bo\u02bblsa, ro\u02bbzasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo\u02bblsa, bas, sanog\u02bbini boshqa kunlardan tutadi. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi, qiyinchilikni xohlamaydi. Sanog\u02bbini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug\u02bblashingiz uchun. Shoyad shukr qilsalaringiz\u201d<\/strong> (<em>Baqara surasi, 185-oyat<\/em>).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Haq taolo O\u02bbzining abadiy mo\u02bbjizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat bo\u02bbladigan Kitobi bo\u02bblmish Qyr\u02bconi karimni nozil qilish vaqti etib Ramazoni sharifni ixtiyor etganining o\u02bbzi bu oyning fazilati naqadar yuksak ekanini ko\u02bbrsatadi. Po\u02bbza ibodatini ayni Ramazon oyida tutishni farz qilgani esa nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilatdir. Hijratning ikkinchi yilida nozil bo\u02bblgan bu amr musulmonlar uchun shunisi bilan ahamiyatliki, Ramazonda jannat darvozalari ochilib, do\u02bbzax eshiklari yopiladi, shaytonlar esa bandalarni haq yo\u02bbldan og\u02bbdirmasligi uchun zanjirband qilinadi. Uning birinchi o\u02bbn kunligi \u2013 rahmat, ikkinchisi \u2013 mag\u02bbfirat, oxirgisi \u2013 jahannamdan xalos bo\u02bblish davri ekani Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko\u02bbplab hadislarida bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so\u02bbzlarini keltirgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong><em>\u201cQodir Alloh aytadi: \u201cOdam bolasining har qanday ishi uning o\u02bbzi uchun, faqat ro\u02bbza mustasno, ro\u02bbzani Men uchun tutadi, uning ajrini ham O\u02bbzim beraman\u201d. Ro\u02bbza qalqondir, sizlardan biringiz ro\u02bbza tutsa, har qanday yomonlikdan saqlansin va ovozini balandlatmasin. Kimdir unga yomon gapirsa yo janjallashmoqchi bo\u02bblsa, \u201cMen ro\u02bbzadorman!\u201d desin. Muhammadning joni qo\u02bblida bo\u02bblgan Zotga qasamki, ro\u02bbzadorning og\u02bbzidan keladigan hid Allohning nazdida mushku anbardan ham yaxshiroqdir. Ro\u02bbza tutgan banda uchun ikki quvonchli holat bor: u iftor vaqti ne\u02bcmatlarga yetishganidan quvonadi, Parvardigoriga yo\u02bbliqqanda esa, ro\u02bbza tutganidan masrur bo\u02bbladi\u201d<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon inson instinktlarini, nafsini jilovlash oyidir. Ro\u02bbza tutgan inson tashqi olamini ozoda saqlash, fe\u02bclini yaxshilash, til va ko\u02bbzni tiyishdan tashqari, ichki dunyosini ham poklaydi \u2013 tubanlik va razolatga boshlovchi o\u02bby-xayollardan chekinadi. Riyo va sum\u02bca qilmaydi, dili va ruhini tarbiyalaydi. Shunday qilmas ekan, uning ro\u02bbzasi quruq ochlik va tashnalik bilan o\u02bbziga jabr yetkazishdan boshqa narsa bo\u02bblmay qoladi. Alloh qalbi toza bo\u02bblmagan bandaning oziq-ovqat va ichimliklardan tiyilishidan behojatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazon avvalo qalbni poklash, fe\u02bclni ayb va nuqsonlardan xoli qilish oyidir. Yil davomida yig\u02bbilib qolgan xatolarni mulohaza qilib, ularni takrorlamaslik yo\u02bblini mahkam tutish qobiliyatiga mana shu oyda erishish imkoniyati ko\u02bbproq bo\u02bbladi. Chunki nafsning jilovlanishi insonni faqat yaxshi tomonga o\u02bbzgartirishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qadr kechasi Ramazon oyida ekani barchamizga yaxshi ma\u02bclum. U Qudrat kechasi bo\u02bblish bilan birga, qadar (taqdir) tuni ham sanaladi. Shu kechada Yaratganga astoydil aytilgan istig\u02bbfor va qilingan tavba bandaning taqdirida azob o\u02bbrnini rahmat egallashiga ko\u02bbproq yo\u02bbl ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ramazonda inson o\u02bbzini bemaza o\u02bby-xayollar, bekorchi va oldi-qochdi gap-so\u02bbzlar, behuda xatti-harakatlardan ihota qilishi, yomon odatlarni tark etishi bilan komillik yo\u02bbliga o\u02bbtadi. Sog\u02bblom turmush tarzining foydalarini o\u02bbz jismu tani va ruhiyatida his etib, afzalliklariga guvoh bo\u02bbladi. Bularning barchasi shukronalikni kuchaytiradi. Har yili jism va ruhni shunday riyozatdan o\u02bbtkazish orqali insonning ichki dunyosi o\u02bbzgaradi. Bora-bora u faqat Ramazonda emas, umuman, butun hayoti davomida taqvodorroq, saxiyroq, rahmliroq bo\u02bbladi. Ya\u02bcni, endi Ramazon tugagan bo\u02bblsa-da, bu xayrli ishlar ham yakun topdi, degani bo\u02bblmaydi. Iyd al-fitr bayram qilinganidan keyin ham inson o\u02bbz o\u02bby-xayollari va xatti-harakatlari nazoratini bo\u02bbshashtirmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonimiz haqida so\u02bbz yuritadigan bo\u02bblsak, yurtimizda Ramazon oyiga davlat darajasida e\u02bctibor beriladi. Har yili Ramazon oyini, Iyd al-fitr bayramini munosib o\u02bbtkazish to\u02bbg\u02bbrisida Prezident qarorlari qabul qilinishi bu fikrning yorqin dalilidir. Boshqa mamlakatlarda buning mislini topish mushkul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bir necha yildan buyon tarovih namozlari chog\u02bbida qilinadigan xatmi Qur\u02bcon ham go\u02bbzal tarzda tartibga solinganiga guvoh bo\u02bblib kelyapmiz. Mana, namozxonlarga qulay bo\u02bblishi uchun butun mamlakat bo\u02bbylab tarovih namozining vaqti bir xil qilib belgilandi. Qaysi kuni Mus\u02bchafi sharifning qayeridan qayerigacha o\u02bbqilishi aniq ko\u02bbrsatib berildi. Ya\u02bcni, turli sabablarga ko\u02bbra o\u02bbzi qatnab yurgan masjidga emas, boshqasiga borib qolgan odam hech qanday xavotir va tashvishsiz ibodatini bemalol kelgan joyidan davom ettiraveradi. Bundan ortiq yana nima qilish mumkin \u2013 qori Qur\u02bconni to\u02bbliq o\u02bbqib beradi, namozxonlar unga ergashaveradi. Ba\u02bczilarga erish tuyulishi mumkindir, lekin baribir aytish kerak, masjidlarga kirish uchun chiptaxonalar oldida navbatga turilmaydi yo alohida ruxsatnoma olinmaydi. Masjidlarimiz havo sovugan vaqtlarda isitiladi, jazirama kunlari salqinlatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Har yili tele- va radiokanallarimizda aynan iftorlik va saharlik paytlariga mo\u02bbljallab ma\u02bcrifiy ko\u02bbrsatuv va eshittirishlar tayyorlanadi. Muxtasar aytganda, ro\u02bbzadorlar nafaqat jisman, balki ma\u02bcnan o\u02bbz-o\u02bbzini tarbiyalab, takomillashtirib borishi uchun barcha choralar ko\u02bbrilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Fozillar aytadi: \u201cXamr pulga olinadi, tilovat va zikr \u2013 bepul, zino pul talab qiladi, ayoliga mehrli bo\u02bblish \u2013 bepul, diskotekaga pul bilan kiriladi, masjidga kirish \u2013 bepul. Demak, Haq taolo jahannamni pullik qilib, jannatni bepul qilib qo\u02bbyibdi!\u201d Ro\u02bbzador inson bu gaplar zamiridagi hikmatni anglab olishga, ana shu hayotiy tamoyillarga qat\u02bciy amalga qilishga o\u02bbrganishga osonlik bilan muyassar bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Anvar BOBOYEV,<br \/>\n<\/strong><\/span><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Riyo odamlar ko\u02bbrishi, sum\u02bca boshqalar eshitishi uchun qilinadigan ishlardir.<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro\u02bbza farz qilindi. Shoyad taqvodor bo\u02bblsangiz\u201d. (Baqara surasi, 183-oyat) \u00a0 Muhammad sollallohu alayhi vasallam dedilar: \u201cAlloh taolo: \u201cOdam bolasining har qanday ishi uning o\u02bbzi uchun, faqat ro\u02bbza mustasno, ro\u02bbzani Men uchun tutadi, uning ajrini ham O\u02bbzim beraman\u201d, dedi\u201d. (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan) Poklanish, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":40900,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"RAMAZON SABOQLARI\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"RAMAZON SABOQLARI\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-03-18T05:20:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-03-17T13:32:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz\",\"name\":\"RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg\",\"datePublished\":\"2025-03-18T05:20:51+00:00\",\"dateModified\":\"2025-03-17T13:32:02+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"RAMAZON SABOQLARI\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"RAMAZON SABOQLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"RAMAZON SABOQLARI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"RAMAZON SABOQLARI","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-03-18T05:20:51+00:00","article_modified_time":"2025-03-17T13:32:02+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz","name":"RAMAZON SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg","datePublished":"2025-03-18T05:20:51+00:00","dateModified":"2025-03-17T13:32:02+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"RAMAZON SABOQLARI","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/roza-ramazon.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=41004&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"RAMAZON SABOQLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41004"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=41004"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41004\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":41007,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/41004\/revisions\/41007"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/40900"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=41004"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=41004"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=41004"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}