{"id":40646,"date":"2025-02-27T16:39:50","date_gmt":"2025-02-27T11:39:50","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=40646"},"modified":"2025-02-27T16:39:50","modified_gmt":"2025-02-27T11:39:50","slug":"shamoili-buxoriyda-imom-dorimiy-haqida-qanday-ma%ca%bclumotlar-keltirilgan-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiy nomi bilan mashhur Hofiz Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdusamad Dorimiy Samarqandiy yurtimizdan chiqqan ilk yirik muhaddislardandir. Alloma to\u02bbqqiz sahih hadis to\u02bbplami sirasiga kiradigan \u201cMusnad\u201d asarini ta\u02bclif etgan. Ulamolar bu to\u02bbplamni \u201cSunani Dorimiy\u201d deb nomlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiy 181\/797 yili Samarqand shahrida dunyoga kelgan. Yoshligidayoq Qur\u02bconi karimni to\u02bbliq yod olgan, movarounnahrlik muhaddislardan hadis o\u02bbrgangan. U ilm talabida islom olamining barcha yirik ilmiy markazlarini aylanib chiqqan. Jumladan, Bag\u02bbdod, Shom, Hijoz va Misrdagi ulamolardan hadis tinglagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiy haqida unga zamondosh bo\u02bblgan ulamolar ko\u02bbplab ijobiy fikrlar bildirgan. Xususan, Is\u02bchoq ibn Dovud Samarqandiy bunday degan: \u201cShoshlik bir do\u02bbstim kelib: \u201cAhmad ibn Hanbalning oldiga bordim va unga Ibn Munzirni tavsiflab, maqtay boshladim. Shunda Ahmad ibn Hanbal: \u201cUni tanimayman. Darhaqiqat, oldimizda birodarimizning gapi cho\u02bbzilib ketdi. Sen Abdulloh ibn Abdurahmonni tanimasang, nima qilib yuribsan? O\u02bbsha kishining etagini mahkam tutgin\u201d, dedi. So\u02bbng bu gapini uch marta takrorladi\u201d. Bu Ahmad ibn Hanbalning Imom Dorimiyga hurmati qanchalar katta bo\u02bblganini bildiradi. Imom Dorimiy siqa (ishonchli) sanagan roviylarni Imom Ahmad ham siqa (ishonchli) hisoblagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdusamad ibn Sulaymon Balxiy bunday degan: \u201cAhmad ibn Hanbaldan Yahyo Hammoniy haqida so\u02bbradim. Shunda u: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmonning u haqdagi gapi uchun uni tark qildik. Chunki u (Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy) imomdir\u201d, dedi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiy faqat Samarqandda emas, balki butun islom olamida hadis ilmi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan olim sifatida katta shuhrat qozongan. Muhaddis o\u02bbzidan keyin Muslim ibn Hajjoj va Abu Iso Termiziy kabi hadis ilmida peshqadam bo\u02bblgan shogirdlarni qoldirgan. Abd ibn Humayd Keshiy: \u201cDunyoda Abdulloh ibn Abdurahmon kabi kishi yo\u02bbqdir\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbsha davrda ulamo va muhaddislar Imom Dorimiydan hadis tinglash uchun Samarqandga kelgan. Chunki o\u02bbsha davrda Samarqandda hadis ilmi rivojlangan va ko\u02bbplab muhaddislar ilmiy faoliyat olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriyning \u201cShamoili Buxoriy\u201d risolasida Imom Buxoriy bilan birga Imom Dorimiy haqida ham ba\u02bczi qiziqarli ma\u02bclumotlar keltirilgan. Unda Imom Buxoriy va Imom Dorimiy o\u02bbrtasidagi do\u02bbstona munosabatlari, ularning bir-biriga hurmat-ehtiromi va birgalikdagi ilmiy faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAli ibn Hujrning bunday deganini eshitdim: \u201cXuroson uch buyuk insonni yetishtirib chiqardi. Ular: Abu Zur\u02bca, Muhammad ibn Ismoil va Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiydir. Mening nazdimda ularning ziyrakrog\u02bbi, ilmlirog\u02bbi va faqihrog\u02bbi Muhammaddir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiyning ustozi Muhammad ibn Bashshor bunday deydi: \u201cDunyoning hofizlari to\u02bbrttadir: Rayda Abu Zur\u02bca, Nishopurda Muslim ibn Hajjoj, Samarqandda Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy va Buxoroda Muhammad ibn Ismoil Buxoriy\u201d. Bu e\u02bctirofga ko\u02bbra dunyo hofizlarining yarmini Movarounnahrdan yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cSolih ibn Yunus menga bunday hikoya qilib berdi: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon Dorimiydan Solim ibn Abu Hafsaning hadisi haqida so\u02bbrashdi. Imom Dorimiy: \u201cBiz Muhammad ibn Ismoil bilan birga hadis yozgan edik. Shunda Muhammad ibn Ismoil: \u201cSolim zaifdir\u201d, degan edi\u201d, dedi. \u201cO\u02bbzingiz nima deysiz?\u00bb deyilgan edi, u: \u201cMuhammad mendan ko\u02bbra biluvchiroq emasmi?\u00bb dedi\u201d. Ushbu ma\u02bclumotga ko\u02bbra, Imom Dorimiy va Imom Buxoriy birgalikda bir ustozdan hadis yozib olgan. Ya\u02bcni, qanchadir muddat davomida ikkalasi birgalikda bir joyda ta\u02bclim olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon Dorimiydan Muhammad ibn Ka\u02bcbning \u201cYolg\u02bbonchi faqat o\u02bbzini o\u02bbzi haqoratlagani uchun yolg\u02bbon gapiradi\u201d degan hadisi haqida so\u02bbradi. U: \u201cMuhammad bu hadisni sahih hisoblagan. U mendan ko\u02bbra olimroq. Chunki, uning tashvishi faqat hadisdir\u201d, dedi. Keyin: \u201cMuhammad Allohning yaratgan bandalari ichra eng ziyragidir. U Allohning Kitobida va Payg\u02bbambari sollallohu alayhi vasallamning tilida buyurilgan va qaytarilgan narsalarni teran anglaydi. Muhammad ibn Ismoil Qur\u02bcon qiroat qilsa, uning qalbi, ko\u02bbzi va qulog\u02bbi ham shu bilan mashg\u02bbul bo\u02bbladi. Go\u02bbyo Qur\u02bcon hikoyatlari ko\u02bbzi oldida gavdalanadi, halol va harom narsalar yana ham aniq namoyon bo\u02bbladi\u201d, dedi\u201d. Demak, Imom Dorimiy Imom Buxoriyning Qur\u02bcon qiroat qilganini va bu amalni o\u02bbta chuqur ixlos bilan ado etganini ko\u02bbrgan, buni alohida e\u02bctirof etib, boshqalarga ham bildirib qo\u02bbygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy bunday deydi: \u201cSulaymon ibn Mujolid menga: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiydan Muhammad haqida so\u02bbradim. U: \u201cBizning olimrog\u02bbimiz, faqihrog\u02bbimiz, ilmga tirishqoqrog\u02bbimiz Muhammad ibn Ismoil bo\u02bbladi\u201d, dedi\u201d, deb maktub yozdi\u201d. Demak, Imom Dorimiy Imom Buxoriyning ilmi va fiqh bobidagi mohirligini e\u02bctirof etib, boshqalarga maqtagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAbu Said Muaddibdan eshitdim. U: \u201cMen Abdulloh ibn Abdurahmondan eshitganman\u201d, dedi. Abdulloh ibn Abdurahmon: \u201cMuhammadning hadis o\u02bbrganishi bizning o\u02bbrganishimizga o\u02bbxshamasdi. U biror kishining hadisini muhokama qilsa, uning shaxsiyatini ham to\u02bbliq o\u02bbrganib chiqardi\u201d, dedi\u201d. Bu yerda Imom Dorimiy Imom Buxoriyning hadis ilmida mohir ekanini e\u02bctirof etayapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy bunday yozadi: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmonning kotibi Is\u02bchoq menga bunday hikoya qilgan edi: \u201cAbdulloh mendan Muhammad ibn Ismoilning \u201cAdabul mufrad\u201d kitobi haqida so\u02bbradi. \u201cMutolaa qilishim uchun kitobni menga keltirib bergin\u201d, dedi. U mendan kitobni olib, uch oycha o\u02bbqidi. Undan kitobni qaytarib olayotib: \u201cBiror ortiqcha gap yoki zaif hadisga ko\u02bbzingiz tushdimi?\u00bb dedim. U: \u201cIbn Ismoil odamlarga faqat sahih hadis aytadi. Muhammadning hadislari inkor qilinmaydi\u201d, dedi\u201d. Demak, Imom Dorimiy Imom Buxoriyning \u201cAdabul mufrad\u201d kitobini olib o\u02bbqigan va undagi hadislarning sahihligini e\u02bctirof etgan.<\/span><\/p>\n<p class=\"\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAbu Is\u02bchoq Marvaziydan eshitdim. U: \u201cMen Ali ibn Hujrning oldiga Abdulloh ibn Abdurahmon u bilan va\u02bcdalashgan soatda kirdim. Shunda Ali ibn Hujrning: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning odobi va Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning ilmi haqida xohlaganingizcha gapiravering\u201d, deganini eshitdim\u201d, dedi\u201d. Bu yerda Ali ibn Hujr Imom Dorimiyning odobi va Imom Buxoriyning ilmini e\u02bctirof etayapti.<\/span><\/p>\n<p class=\"\" style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy bunday deydi: \u201cMuhammad ibn Laysdan eshitdim. Uning oldida Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy va Muhammad ibn Ismoil Buxoriy tilga olindi. Jamoadagi ba\u02bczilar Abdullohni Muhammaddan ustun qo\u02bbydi. Muhammad ibn Lays: \u201cAgar Abdullohni ustun qo\u02bbysangiz, uni faqat she\u02bcriyat va arab tili bobida shunday qiling. Ilmda uni Muhammaddan ustun qo\u02bbymang\u201d, dedi\u201d. Ushbu ma\u02bclumotdan Imom Dorimiyning she\u02bcriyat va arab tilida mohir bo\u02bblganini bilib olamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cHoshid ibn Ismoildan eshitganman. U bunday deb aytardi: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon o\u02bbzi tekshirishga qiynalgan ba\u02bczi hadislarni boshqalarga bildirmay menga berar va ularni Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga taqdim qilishimni, istardi. Faqat unga bildirmasligimni so\u02bbrardi. Muhammad ibn Ismoilga har safar taqdim etganimda, u: \u201cO\u02bbsha kelgan joyidanmi?\u00bb derdi\u201d. Ushbu ma\u02bclumotga qaraydigan bo\u02bblsak, ikki buyuk muhaddis turli shaharlarda birgalikda ta\u02bclim olgan, ilmiy faoliyat olib borgan va bir-biri bilan fikr almashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Dorimiy hijriy 255 yili zulhijja oyining sakkizinchi (milodiy 869 yil 16 noyabr) kuni vafot etgan va arafa kuniga to\u02bbg\u02bbri kelgan juma kuni dafn qilingan. Imom Buxoriy ustoz Dorimiyning vafoti haqida eshitganida, ko\u02bbzidan yosh to\u02bbkib, ilm ahli katta judolikka uchraganini aytgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu risolada keltirilgan ma\u02bclumotlardan qo\u02bbyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiy va Imom Buxoriy bir necha shaharda birgalikda ta\u02bclim olgan va ilmiy faoliyat yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Buxoriy Samarqandga kelganida, shahardagi to\u02bbrt yuz muhaddis yetti kun davomida uni imtihon qilgan. Demak, o\u02bbsha davrda bu shaharda buyuk muhaddis bilan tenglashish salohiyatiga ega bo\u02bblgan yoki tenglashishga harakat qilgan to\u02bbrt yuz muhaddis istiqomat qilgan. Mana shunday muhaddislarning yetishib chiqishida Imom Dorimiyning xizmati katta bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Buxoriyning Imom Dorimiyga hurmati nihoyatda yuqorida bo\u02bblgan. Imom Buxoriy \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan boshqa asarlarida Imom Dorimiydan hadis rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiy ham Imom Buxoriyni qattiq hurmat qilgan. Uning ilmi va ziyrakligini alohida e\u02bctirof etib, ko\u02bbp maqtagan. Shu bilan birga, Imom Dorimiy o\u02bbzi yozgan hadislarni Imom Buxoriyga tekshirtirib olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiy Samarqandda hadis ilmining rivojlanishiga katta hissa qo\u02bbshgan va hadislarni orasiga yolg\u02bbon ma\u02bclumotlar kirib qolishidan himoya qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* O\u02bbsha davrda Samarqand dunyoning ilm-fan rivojlangan shaharlaridan biri bo\u02bblgan. Bu shahardan ko\u02bbplab zabardast ulamo va muhaddislar yetishib chiqqan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiyning \u201cSunani Dorimiy\u201d asari to\u02bbqqiz sahih hadis to\u02bbplami sirasiga kirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiy o\u02bbzidan keyin Muslim ibn Hajjoj va Abu Iso Termiziy kabi hadis ilmida peshqadam bo\u02bblgan shogirdlar qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">* Imom Dorimiy Samarqandda yashab ilmiy faoliyat olib borgani uchun u yerga dunyoning turli o\u02bblkalaridan ulamo va muhaddislar hadis o\u02bbrganish uchun kelgan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><b>Abduvosi SHONAZAROV,<\/b><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><b>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/b><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\" data-rx-type=\"paragraph\" data-rx-first-level=\"true\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><b>ilmiy xodimi<\/b><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Imom Dorimiy nomi bilan mashhur Hofiz Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdusamad Dorimiy Samarqandiy yurtimizdan chiqqan ilk yirik muhaddislardandir. Alloma to\u02bbqqiz sahih hadis to\u02bbplami sirasiga kiradigan \u201cMusnad\u201d asarini ta\u02bclif etgan. Ulamolar bu to\u02bbplamni \u201cSunani Dorimiy\u201d deb nomlagan. Imom Dorimiy 181\/797 yili Samarqand shahrida dunyoga kelgan. Yoshligidayoq Qur\u02bconi karimni to\u02bbliq yod &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":34349,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3661],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-02-27T11:39:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg\",\"datePublished\":\"2025-02-27T11:39:50+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-27T11:39:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-02-27T11:39:50+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz","name":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg","datePublished":"2025-02-27T11:39:50+00:00","dateModified":"2025-02-27T11:39:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/bukhari_buxoriy2024_10.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40646&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSHAMOILI BUXORIY\u201dDA IMOM DORIMIY HAQIDA QANDAY MA\u02bcLUMOTLAR KELTIRILGAN?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40646"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=40646"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40646\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40647,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40646\/revisions\/40647"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/34349"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=40646"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=40646"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=40646"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}