{"id":40588,"date":"2025-02-25T09:58:57","date_gmt":"2025-02-25T04:58:57","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=40588"},"modified":"2025-02-24T18:15:57","modified_gmt":"2025-02-24T13:15:57","slug":"arab-bo%ca%bblmagan-sahobalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz","title":{"rendered":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBarcha insonlar hazrati Odam alayhissalomning farzandlaridirlar. Odam esa tuproqdan yaratilgan\u201d<a href=\"#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a> jumlasidan shunday xulosaga kelsak bo\u02bbladiki, islom dinining insonlarga munosabati va ularni baholashda irqning va irqchilikning ahamiyati yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAlbatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog\u02bbingiz taqvodorrog\u02bbingizdir\u201d<a href=\"#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ya\u02bcni, ustunlik va yuksaklik boshqa narsada emas, taqvodadir. Kishi taqvosi o\u02bblchoviga ko\u02bbra qadr-qimmatga ega bo\u02bbladi yoki qadrini yo\u02bbqotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dini, tili, rangi, mamlakati va millatidan qat\u02bci nazar barcha xalqlar va insonlar yaratilishlari jihatidan bir taroqning tishlari kabi teng ekanini Payg\u02bbambar alayhissalom ham ta\u02bckidlaganlar<a href=\"#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisga ko\u02bbra, islomning eng afzal va qadrli nasli \u2013 sahobalar naslidir<a href=\"#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida turli shakllarda tasnif etilishi mumkin bo\u02bblgan bu qadrli nasldan faqat millat jihatdan arab bo\u02bblmaganlarini ko\u02bbrib chiqamiz va ularni tanishtirishga harakat qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Arab bo\u02bblmagan sahobalarning soni<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahobalarning umumiy soni haqida aniq ma\u02bclumot yo\u02bbq. Bu masalada Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam va sahobalar davridan kelgan,\u00a0 aniq raqamlarni ko\u02bbrsatuvchi hech qanday rivoyat mavjud emas. Aslida, buning imkoni ham yo\u02bbq, chunki sahobalar bugungidek chegaralari ma\u02bclum bo\u02bblgan va turli davrlarda aholi soni hisoblangan bir mamlakatda yashamaganlar, balki turli shahar va qishloqlarga tarqalgan<a href=\"#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>, bir qismi doimiy yashaydigan, bir qismi esa ko\u02bbchib yuradigan jamoalardan iborat bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo turli vaqtlarda turli sabablarga ko\u02bbra bir joyga jamlangan ba\u02bczi sahoba guruhlaridan ba\u02bczi raqamlar hadis kitoblariga kiritilgan. Madina davrida Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko\u02bbrsatmalari bilan aholi sonini hisoblash amalga oshirilganligi ma\u02bclum<a href=\"#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Bu hisoblash (ro\u02bbyxatga olish)ning qachon amalga oshirilgani aniq bo\u02bblmagani<a href=\"#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a> kabi, hisoblash natijasida olingan raqamlar ham turli xil ko\u02bbrinishda rivoyat qilingan: 500<a href=\"#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>, 600-700 atrofida<a href=\"#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a> va 1500<a href=\"#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a> kabi turli raqamlar keltirilgan<a href=\"#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>. Hijratning 8-yili (630)da amalga oshirilgan Makka yurishlarida 10.000 sahoba qatnashgani haqida rivoyatlar mavjud<a href=\"#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>. Imom Shofe\u02bciy rahmatullohi alayh (vaf. 204\/819) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko\u02bbrgan va u kishidan rivoyat qilgan sahobalarning soni 60.000 bo\u02bblganini keltirgan<a href=\"#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Zur\u02bca Roziy (vaf. 264\/877) Payg\u02bbambar alayhissalom bilan Tabuk jangida (9\/630) 70.000 kishi qatnashgani<a href=\"#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>, Vido hajida esa 114.000 kishi ishtirok etganini keltirgan<a href=\"#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>. Abu Muso Madiniy (vaf. 581\/1185) esa, Payg\u02bbambar alayhissalom vafotlari sirasida u zotni ko\u02bbrgan va u kishidan hadis rivoyat qilgan sahobalarning soni 100.000 dan ortiq bo\u02bblganini aytadi<a href=\"#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turganidek, umumiy sahobalar soni haqida aniq raqamlar mavjud emas. Eng to\u02bbg\u02bbri va asosli raqam shubhasiz, sahobalar tarjimayi hollari haqida yozilgan asarlar<a href=\"#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>da keltirilgan raqamlar bo\u02bbladi. Ularning eng muhimlaridan biri Ibn Hajar Asqaloniyning (vaf. 852\/1148) \u201cAl-Isoba fi tamyizis sahoba\u201d asari bo\u02bblib, unda 11027<a href=\"#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a> ism va kunya sohiblarining biografiyasi qayd etilgan. Ammo ular orasida takrorlari, muhazramlar va sahobalar sirasiga noto\u02bbg\u02bbri kiritilganlar ham borligini inobatga olsak, bu raqam yanada kamayadi. Shunga ko\u02bbra, hayot yo\u02bbli (tarjimayi holi) ma\u02bclum bo\u02bblgan umumiy sahobalarning soni 10.000 dan oshmasligi aniq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman olganda, sahobalar soni haqida so\u02bbz yuritib bo\u02bblgandan keyin, endi arab bo\u02bblmagan sahobalarning ular orasidagi holati haqida ko\u02bbrib chiqamiz. Tug\u02bbilgan kunidan e\u02bctiboran habashiy bir enaga ayolning qo\u02bblida voyaga yetkazilgan<a href=\"#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>, vafot etganidan keyin ham habashiy bir sahoba tomonidan qabrga qo\u02bbyilgan<a href=\"#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a> Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida arab bo\u02bblmagan unsurlar muhim rol o\u02bbynagan bo\u02bblishi shubhasiz. Ammo ularning qaysi millatdan bo\u02bblgani va miqdori haqida ma\u02bclumot beruvchi klassik manbalar yoki zamonaviy tadqiqotlar mavjud emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qullik tizimi keng rivojlangan islomdan oldingi davrda Arabiston yarim orolida ko\u02bbplab miqdorda chetdan keltirilgan qullar ham mavjud bo\u02bblgan. Ularning aniq miqdori haqida ham manbalarda hech qanday ma\u02bclumot uchramaydi. Islom diniga da\u02bcvatning boshlanganidan keyin esa ko\u02bbchib yurishda hech qanday cheklov bo\u02bblmagani bois tashqaridan kelgan va Payg\u02bbambar alayhissalom bilan ko\u02bbrishgan kishilarning soni aniqlanmagan, shuning uchun ularning sonini aniqlash yoki taxmin qilish mumkin emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biroq, hadis kitoblarida turli sabablarga ko\u02bbra bir joyga jamlangan arab bo\u02bblmagan unsurlar bilan bog\u02bbliq turli raqamlar keltirilgan. Makka davridayoq taxminan 20 kishi atrofidagi habashiylar Payg\u02bbambar alayhissalomning huzurlariga kelib, Qur\u02bconni tinglagan va islomni qabul qilishgan<a href=\"#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>. Madina davrida esa, hijratning 3-yili (624)da Badr jangida arab bo\u02bblmagan 6 kishi qatnashgani rivoyat qilinadi<a href=\"#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>. Musulmonlarning Habashistonga qilgan hijratidan keyin (615), ularning islom diniga da\u02bcvati natijasida katta miqdordagi habashiylarning musulmon bo\u02bblganliklari kuzatiladi. Islomni qabul qilgan habashiylar jamoa bo\u02bblib Madinaga kelganlar. Ularning soni 32<a href=\"#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a>, 40<a href=\"#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>, 60<a href=\"#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a> va 70<a href=\"#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a> kishidan iborat bo\u02bblgan jamoalardan iborat bo\u02bblgani keltiriladi. Najoshiy As\u02bchamaning (vaf. 9\/630) Payg\u02bbambar alayhissalom huzurlariga 12 rohibni jo\u02bbnatgani rivoyat qilinadi<a href=\"#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>. Shuningdek, Payg\u02bbambar alayhissalom yuborgan islomga da\u02bcvat maktubiga musulmon bo\u02bblgani haqida yozilgan javob maktubini va 60 kishidan iborat jamoa bilan o\u02bbg\u02bbli Arma (Arha) ibn As\u02bchama<a href=\"#_ftn28\" name=\"_ftnref28\">[28]<\/a>ni Madinaga jo\u02bbnatgan, ammo ular mingan kemaning Qizil dengizda cho\u02bbkishi natijasida barchalari halok bo\u02bblgan<a href=\"#_ftn29\" name=\"_ftnref29\">[29]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlaridan keyin (622), yahudiylardan musulmon bo\u02bblgan Abdulloh bin Salomning (vaf. 43\/663) vositachiligida dastlab 6-7 kishidan iborat yahudiylar jamoasi islomni qabul qilgani ma\u02bclum<a href=\"#_ftn30\" name=\"_ftnref30\">[30]<\/a>. Bani Qurayza yurishi (5\/627) oldidan yahudiylardan, Misr Muqovqisiga yuborilgan (7\/628) Islomga da\u02bcvat maktubi natijasida qibtiylardan, Yamanga islom da\u02bcvati yetganidan keyin (10\/63) Abnodan guruh-guruh bo\u02bblib musulmon bo\u02bblganlar haqida rivoyatlar mavjud, ammo ularning aniq soni haqida xabar berilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turganidek, umumiy sahobalar soni haqida aniq raqam berilmagani kabi, arab bo\u02bblmagan sahobalar haqida ham aniq raqam keltirilmagan. Shuning uchun, sahobalarning tarjimai hollari haqida yozilgan asarlarga murojaat qilinishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sahobalarning tarjimai hollarini o\u02bbz ichiga olgan va topish mumkin bo\u02bblgan barcha asarlar ko\u02bbrib chiqilib, bir natijaga erishishga harakat qilindi. Aniqlangan 120 kishidan iborat ro\u02bbyxat shubhasiz, aniq raqam emas. Bu raqam sahoba bo\u02bblgan va arab bo\u02bblmagani aniq bo\u02bblgan shaxslarni o\u02bbz ichiga oladi. Shubhali ko\u02bbrilganlar, aniqlanmaganlar, birorta asarlarda keltirilmaganlar va ismi berilmay habashiy<a href=\"#_ftn31\" name=\"_ftnref31\">[31]<\/a>, ajamiy<a href=\"#_ftn32\" name=\"_ftnref32\">[32]<\/a>, habashiy cho\u02bbri<a href=\"#_ftn33\" name=\"_ftnref33\">[33]<\/a> va nubiylik keksa ayol<a href=\"#_ftn34\" name=\"_ftnref34\">[34]<\/a> kabi nisbalar bilan kelgan ko\u02bbplab kishilar inobatga olinsa, bu raqam yanada ko\u02bbpayishi aniq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asli habash bo\u02bblgan sahobalar<\/strong><strong>. <\/strong><strong>Ismi bilan tanilganlar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Osim Habashiy roziyallohu anhu<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asli habashistonlik bo\u02bblgan sahoba<a href=\"#_ftn35\" name=\"_ftnref35\">[35]<\/a>. Habashistondan Arab yarim oroliga qul qilib olib kelinib, sotilgani ehtimoldan yiroq emas. Tug\u02bbilgan sanasi va yoshligi haqida ma\u02bclumot yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivoyat qilinishicha, Osim roziyallohu anhu Madina davrida Zur\u02bca Shakariy<a href=\"#_ftn36\" name=\"_ftnref36\">[36]<\/a> roziyallohu anhu ismli bir sahoba tomonidan qo\u02bbylariga cho\u02bbponlik qilishi maqsadida sotib olingan va barakotli bo\u02bblishi uchun duo olish maqsadida payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib borilgan<a href=\"#_ftn37\" name=\"_ftnref37\">[37]<\/a>. Osimning qayerda va qachon vafot etgani noma\u02bclum.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahiyra Rohib Habashiy Shomiy roziyallohu anhu<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Shomiy<a href=\"#_ftn38\" name=\"_ftnref38\">[38]<\/a> nisbasi bilan zikr etilgan sakkiz rohiblardan biri. Yoshligida Habashistondan Shomga rohib bo\u02bblish maqsadida borib qaytgani yoki Shomdan rohib bo\u02bblib Habashistonga kelgani va shu joyda istiqomat qilgani keltiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bahiyra Rohib roziyallohu anhu musulmonlarning Habashistonga qilgan hijratidan keyin (615-yil) musulmon bo\u02bblgan. Badr jangi (624-yil)dan keyin Najoshiy As\u02bchama<a href=\"#_ftn39\" name=\"_ftnref39\">[39]<\/a>dan ruxsat olib, 40 kishidan iborat bir guruh safida<a href=\"#_ftn40\" name=\"_ftnref40\">[40]<\/a> Madinaga kelgan va musulmonlar bilan Uhud jangida (625-yil) ishtirok etgan<a href=\"#_ftn41\" name=\"_ftnref41\">[41]<\/a>. Payg\u02bbambar alayhissalomning jiyanlari Ja\u02bcfar ibn Abu Tolib<a href=\"#_ftn42\" name=\"_ftnref42\">[42]<\/a> (vaf. 629) bilan Haybar jangi (628-yil)dan so\u02bbng Madinaga kelgani rivoyat qilingan<a href=\"#_ftn43\" name=\"_ftnref43\">[43]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Qur\u02bconi karimning \u201cBiz (Qur\u02bcondan) ilgari Kitob (Tavrot, Injil) bergan zotlar (yahudiy va nasroniylarning mo\u02bbminlari) unga (Qur\u02bcon)ga imon keltirurlar\u201d<a href=\"#_ftn44\" name=\"_ftnref44\">[44]<\/a> mazmunidagi oyati karimasi Bahiyra va uning do\u02bbstlari haqida nozil bo\u02bblgan<a href=\"#_ftn45\" name=\"_ftnref45\">[45]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibnul Asir (vaf. 630\/1232) mazkur Bahiyra Rohib bilan Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam yoshliklarida Shomda uchratgan Bahiyrani<a href=\"#_ftn46\" name=\"_ftnref46\">[46]<\/a> ayni bir kishi deb o\u02bbylagan<a href=\"#_ftn47\" name=\"_ftnref47\">[47]<\/a>. Holbuki, ular ikki alohida kishidir<a href=\"#_ftn48\" name=\"_ftnref48\">[48]<\/a>. Ibn Hajarning (vaf. 852\/1148) keltirishicha, Ibn Adiy Jurjoniy<a href=\"#_ftn49\" name=\"_ftnref49\">[49]<\/a> (vaf. 365\/975) Bahiyra Rohibdan \u201cPayg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: \u201cKishi bir qadah xamr ichsa&#8230;\u201d lafzi bilan boshlangan hadisni eshitdim\u201d deganini rivoyat qilib, bu hadisning zaif va munkar ekanini zikr qilgan<a href=\"#_ftn50\" name=\"_ftnref50\">[50]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bahiyra Rohibning vafot etgan joyi va sanasi ma\u02bclum emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a> Ibn Sa\u02bcd. Tabaqot. 1\/25.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a> Hujurot, 13.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a> Ajluniy. Kashful xafo. 2\/326.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a> Ahmad ibn Hanbal. Musnad. 2\/328.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a> Accac. Sunna. \u2013 B. 405.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a> Oki\u00e7. \u0130slamiyette ilk n\u00fcfus sayimi. A.\u00dcl.F.D., 1958. \u2013 B. 11.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a> Bu hodisaning hijratning 1-yili sodir bo\u02bblgani rivoyat etilgani kabi hijratning 6-yili (628)da erishilgan Xudaybiya sulhi asnosida bo\u02bblgani ham rivoyat qilingan. S\u0131ddiki. Hadis edebiyat\u0131. \u2013 B. 40.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a> Buxoriy. Jihod, 181.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a> Muslim. Imon, 67.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a> Buxoriy. Jihod, 181.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a> A\u015f\u0131k, Sahabe ve hadis rivayeti. \u2013 B. 29.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a> Accac. Sunna. \u2013 B. 406.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a> Ibn Kasir. Ixtisaru ulumil hadis. \u2013 B. 185.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a> Ibn Kasir. Ixtisaru ulumil hadis. \u2013 B. 185.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a> Ko\u00e7yi\u011fit. Hadis tarihi. \u2013 B. 75.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a> Suyutiy. Tadribur roviy. J. 2. \u2013 B. 221.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a> Kattoniy. ar-Risolatul mustatrafa. \u2013 B. 126.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a> \u00c7akan. Hadis yedebiyat\u0131. \u2013 B. 242.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a> Ummu Ayman Habashiyya.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a> Shukron Habashiy.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a> Ibn Is\u02bchoq. Siyra. \u2013 B. 199.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref22\" name=\"_ftn22\">[22]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 188.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref23\" name=\"_ftn23\">[23]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref24\" name=\"_ftn24\">[24]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. J. 1. \u2013 B. 56.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref25\" name=\"_ftn25\">[25]<\/a> Ibn Kasir. Tafsir. J. 3. \u2013 B. 157.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref26\" name=\"_ftn26\">[26]<\/a> Ibn Kasir. Tafsir. J. 3. \u2013 B. 157.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref27\" name=\"_ftn27\">[27]<\/a> Tabariy. Jomi\u02bcul bayon. J. 10. \u2013 B. 507.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref28\" name=\"_ftn28\">[28]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 112.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref29\" name=\"_ftn29\">[29]<\/a> Hamidullah. Vesdik. \u2013 B. 104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref30\" name=\"_ftn30\">[30]<\/a> Tabariy. Jomi\u02bcul bayon. J. 7. \u2013 B. 120.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref31\" name=\"_ftn31\">[31]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 4. \u2013 B. 163.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref32\" name=\"_ftn32\">[32]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. J. 5. \u2013 B. 528.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref33\" name=\"_ftn33\">[33]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. J. 7. \u2013 B. 438.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref34\" name=\"_ftn34\">[34]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 4. \u2013 B. 477.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref35\" name=\"_ftn35\">[35]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 46.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref36\" name=\"_ftn36\">[36]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. J. 2. \u2013 B. 257.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref37\" name=\"_ftn37\">[37]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 46.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref38\" name=\"_ftn38\">[38]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref39\" name=\"_ftn39\">[39]<\/a> Zahabiy. Siyar. 1\/28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref40\" name=\"_ftn40\">[40]<\/a> Qurtubiy. Jomi\u02bc. 13\/296.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref41\" name=\"_ftn41\">[41]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref42\" name=\"_ftn42\">[42]<\/a> Ibn Abdulbarr. Isti\u02bcob 1\/211.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref43\" name=\"_ftn43\">[43]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. 1\/56.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref44\" name=\"_ftn44\">[44]<\/a> Qasas, 52-oyat.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref45\" name=\"_ftn45\">[45]<\/a> Qurtubiy. Jomi\u02bc. 13\/296.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref46\" name=\"_ftn46\">[46]<\/a> Muhammed R\u0131za. Muhammed. 35.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref47\" name=\"_ftn47\">[47]<\/a> Ibnul Asir. Usdul g\u02bboba. 1\/56.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref48\" name=\"_ftn48\">[48]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref49\" name=\"_ftn49\">[49]<\/a> Suyutiy. Tabaqotul huffoz. 380.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"#_ftnref50\" name=\"_ftn50\">[50]<\/a> Ibn Hajar. Isoba. J. 1. \u2013 B. 143.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<br \/>\nImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cBarcha insonlar hazrati Odam alayhissalomning farzandlaridirlar. Odam esa tuproqdan yaratilgan\u201d[1] jumlasidan shunday xulosaga kelsak bo\u02bbladiki, islom dinining insonlarga munosabati va ularni baholashda irqning va irqchilikning ahamiyati yo\u02bbq. Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qilgan: \u201cAlbatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog\u02bbingiz taqvodorrog\u02bbingizdir\u201d[2]. Ya\u02bcni, ustunlik va yuksaklik boshqa narsada emas, taqvodadir. Kishi taqvosi o\u02bblchoviga ko\u02bbra qadr-qimmatga ega &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":40589,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2025-02-25T04:58:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2025-02-24T13:15:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"559\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz\",\"name\":\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg\",\"datePublished\":\"2025-02-25T04:58:57+00:00\",\"dateModified\":\"2025-02-24T13:15:57+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"description\":\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg\",\"width\":660,\"height\":559},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2025-02-25T04:58:57+00:00","article_modified_time":"2025-02-24T13:15:57+00:00","og_image":[{"width":660,"height":559,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz","name":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg","datePublished":"2025-02-25T04:58:57+00:00","dateModified":"2025-02-24T13:15:57+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"description":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/02\/sahobalar2502.jpg","width":660,"height":559},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=40588&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ARAB BO\u02bbLMAGAN SAHOBALAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40588"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=40588"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":40590,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/40588\/revisions\/40590"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/40589"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=40588"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=40588"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=40588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}